25.11.2020 yildagi 745-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika hududlarida oʻrmonzorlar, shuningdek, Orol dengizi va Orolboʻyi hududlarida “yashil qoplamalar” barpo etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon xoʻjaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, mamlakatimizda ekologik holatni yaxshilash, choʻl va togʻoldi hududlarda, Orol dengizining suvi qurigan tubida va Orolboʻyi hududlarida “yashil qoplamalar” barpo etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining respublika hududlarida oʻrmonzorlar, shuningdek, Orol dengizining suvi qurigan tubida va Orolboʻyi hududlarida “yashil qoplamalar” barpo etish (keyingi oʻrinlarda — respublika hududlarida oʻrmonzorlar barpo etish) ishlarini davom ettirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarida 2021-yilda oʻrmonzorlar, shuningdek, Orol dengizining suvi qurigan tubida va Orolboʻyi hududlarida “yashil qoplamalar” barpo etish hajmlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda respublika boʻyicha jami oʻrmonzor barpo etilishi rejalashtirilgan 560 ming gektar yer maydonining 375 ming gektari — Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi oʻrmon fondi yerlari va Orol dengizining suvi qurigan hududlarida, 172 ming gektari — Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi Orolboʻyi hududlarida hamda 13 ming gektari — boshqa hududlardagi oʻrmon fondining togʻ, vodiy va toʻqay yerlarida barpo etilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda respublika hududlarida oʻrmonzorlar barpo etiladigan maydonlarni belgilangan tartibda xatlovdan oʻtkazsin, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda 2021-yil davomida respublika hududlarida barpo etiladigan oʻrmonzorlar uchun tegishli maydonlar hududlar kesimida aniqlanishini va ularning xaritasi ishlab chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonzorlar barpo etish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha yer maydonlarining doimiy foydalanish huquqi asosida davlat oʻrmon fondiga ajratilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorga ilovada koʻrsatilgan hududlar va belgilangan hajmlarda oʻrmonzorlar, shuningdek, “yashil qoplamalar” oʻz muddatida va sifatli barpo etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududlarida oʻrmonzorlarning oʻz muddatida barpo etilishi boʻyicha doimiy monitoring yuritsin va uning bajarilishini muvofiqlashtirib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orol dengizining suvi qurigan tubida va Orolboʻyi hududlarida “yashil qoplamalar” barpo etish uchun talab etiladigan choʻl oʻsimliklarining urugʻlari sifatli tayyorlanishini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda respublika hududlarida oʻrmonzorlar barpo etishga moʻljallangan loyihalar yuzasidan aniq takliflarni ishlab chiqib, Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik trast jamgʻarmasi mablagʻlarini jalb etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Orol dengizining suvi qurigan tubida va Orolboʻyi hududlarida “yashil qoplamalar” barpo etishni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari hokimliklari mahalliy budjetlarining prognozga nisbatan oshirib bajarilgan qismi hisobiga ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik trast jamgʻarmasi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda “yashil qoplamalar” — himoya oʻrmonzorlari barpo etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 15-fevraldagi 132-son qaroriga asosan “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasiga ajratilishi belgilangan 100 mlrd soʻm mablagʻdan 57 mlrd soʻm oʻtkazib berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati yuqorida qayd etilgan qarorda nazarda tutilgan mablagʻlarning qoldiq qismi boʻlgan 43 mlrd soʻm maqsadli mablagʻlar oʻn kun muddatda grafik asosida Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining hisobvaragʻiga oʻtkazib berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Xorazm va Navoiy viloyatlari hokimliklari Orol dengizining suvi qurigan tubi va Orolboʻyi hududlarida “yashil qoplamalar” barpo etish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha ishchi-xodimlarning jalb etish, ularni oziq-ovqat, maxsus kiyim-kechaklar va ichimlik suvi bilan uzluksiz taʼminlash, choʻl oʻsimliklari urugʻlari zaxirasini jamgʻarish va ekish uchun uzluksiz yetkazib berish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish vositalari bilan taʼminlash, vaqtinchalik bino va inshootlar qurish, aviatsiya, aloqa va boshqa xizmatlarini jalb etishni hamda zarur texnika va asbob-uskunalarni sotib olish va boshqa tadbirlarni tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan birgalikda zaruratga koʻra, qoʻnish maydonchalari tashkil etilishini, ishchi-xodimlarni hududdagi yashash joyidan “yashil qoplamalar” barpo etish joyigacha boʻlgan masofaga tashish uchun tadbirkorlik subyektlaridan shartnoma asosida zarur avtobus va urugʻ tashish uchun yuk tashishga moʻljallangan transport vositalari ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Orol dengizining suvi qurigan tubida va Orolboʻyi hududlarida “yashil qoplamalar” barpo etish hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida yerlarni oʻzlashtirish, yer maydonlarini tomchilatib sugʻorish tizimini yaratish ishlariga oʻz kuch va vositalarini jalb etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimidagi tegishli oʻrmon xoʻjaliklariga Orol dengizining suvi qurigan tubida va Orolboʻyi hududlarida “yashil qoplamalar” barpo etish uchun jalb etilgan ishchi-xodimlar joylashgan vaqtinchalik yashash maskanlarini, istisno tariqasida, ajratilgan hajmlar doirasida va aholiga belgilangan narx asosida mavsum davomida suyultirilgan uglevodorod gazi bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining murojaatiga asosan Orol dengizining suvi qurigan tubida va Orolboʻyi hududlarida belgilangan tartibda zarur aloqa vositalaridan foydalanish imkoniyatini yaratishda koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq tanlov eʼlon qilingan muddatlarda Orol fojiasining salbiy oqibatlarini kamaytirish, oʻsimlik va hayvonot dunyosini samarali muhofaza qilish hamda oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish muammolarini hal etishga qaratilgan ilmiy loyihalarni tanlovlar asosida tashkil etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi N.J. Bakirov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 25-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
745-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-noyabrdagi 745-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarida 2021-yilda oʻrmonzorlar, shuningdek, Orol dengizining suvi qurigan tubida va Orolboʻyi hududlarida “yashil qoplamalar” barpo etish hajmlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

gektarda

T/r

Hududlar nomi

Jami oʻrmon barpo qilish

Shu jumladan:

Orol dengizining qurigan tubi va Orolboʻyi hududida

Yongʻoq mevalilar

Boshqa daraxt turlari

jami

shundan pavlovniya

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

374645

374598

47

2.

Andijon

321

255

66

18

3.

Buxoro

96178

96140

38

6

4.

Jizzax

1849

1550

299

12

5.

Qashqadaryo

3017

1517

1500

18

6.

Navoiy

63075

61000

1898

177

6

7.

Namangan

860

588

272

24

8.

Samarqand

1327

1067

260

25

9.

Surxondaryo

2360

1851

509

12

10.

Sirdaryo

70

70

5

11.

Toshkent

976

827

149

24

12.

Fargʻona

172

93

79

18

13.

Xorazm

15150

15150

Jami:

560000

546888

9646

3466

168

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2020-y., 09/20/745/1559-son)