Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.09.1995 19.04.1994 yildagi 216-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.09.1995
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAHSULOTLAR VA TOVARLARNI SOTISh BOʻYIChA RESPUBLIKA YaRMARKALARINI TAShKIL ETISh VA ULARNI OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 26-sentabrdagi 375-sonli “Birja va yarmarka savdosini, fyuchers asosidagi shartnoma munosabatlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 21-yanvardagi Farmonini va Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston ulgurji va birja savdosi boʻyicha respublika aksionerlik uyushmasi “Oʻzulgurjibirjasavdo”ni tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 14-martdagi 136-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Adliya vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Korxonalar va tashkilotlar ixtiyorida qoladigan mahsulotlar va tovarlarni sotish boʻyicha respublika yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizom”ni 1-ilovaga, respublika tovar-xomashyo birjalarida va respublika yarmarkalarida sotib olingan mahsulotlarni chetga olib chiqib ketishning Vaqtinchalik tartibini 2-ilovaga muvofiq tasdiqlash toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 23-aprelda mahsulotlar sotish boʻyicha yarmarkalar va birja savdosi oʻtkazish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Bojxona bosh boshqarmasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi, Oʻrta Osiyo Temir yoʻl boshqarmasi, boshqa tegishli vazirliklar va idoralar 1994-yil 21-yanvardagi Farmonning yarmarkalarda va birjalarda sotib olingan mahsulotlar va tovarlarni (eksport qilish taqiqlangan mahsulotlar va tovarlar bundan istisno) respublika tashqarisiga olib chiqib ketish, tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, litsenziyasiz va boj poshlinalarisiz amalga oshirilishi haqidagi 11-bandi qoidalariga ogʻishmay amal qilsinlar va soʻzsiz bajarsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Birinchi birja savdolari Oʻzbekbirlashuvning koʻrgazma majmuida oʻtkazilsin. Oʻzbekbirlashuv rahbariyati (Abdugʻaniyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja va koʻrgazma-yarmarka tuzilmalari ishini tashkil etish uchun bino bilan, birja va kimoshdi savdosi oʻtkazish uchun zal bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja savdosining borishini xorijiy shaxslar, shu jumladan, diplomatik korpus kuzatishi uchun ular tegishlicha joylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar uch kun muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar va tashkilotlar ixtiyorida qoladigan, ulgurji savdo yarmarkasida sotish uchun tarmoq korxonalari tomonidan taklif etiladigan mahsulotlar va tovarlarning natura va pul ifodasidagi hajmlari roʻyxatini “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasiga taqdim etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulgurji yarmarkada, mulkchilik shaklidan va hududiy mansubligidan qatʼi nazar, sheriklar, yuridik va jismoniy shaxslar qatnashishlarini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahar hokimligi boshqa shaharlardan kelgan yarmarka qatnashchilarining yashashi uchun mehmonxonalarda oʻrinlar bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzdavteleradio” kompaniyasi, ommaviy axborot vositalari birja savdosiga tayyorgarlikning borishini, uning oʻtishini keng yoritsinlar va uni reklama qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasi yarmarka va birjadagi birinchi savdo yakunlarini koʻrib chiqsin, respublika yarmarkasi va tovar-xomashyo birjasi faoliyat koʻrsatishining samaradorligini oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yarmarka va birjaning 1994-yilning birinchi yarim yilligidagi ish yakunlari boʻyicha yarmarkalarni tashkil etish toʻgʻrisidagi Nizomga (1-ilova) va Respublika birjasi va yarmarkasida sotib olingan mahsulotlarni chetga olib chiqib ketish tartibiga (2-ilova) tegishli toʻldirishlar kiritsinlar hamda ularni doimiy amal qiladigan etib tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish komplekslarning rahbarlari — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 7-apreldagi 138f-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 19-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
216-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 19-apreldagi 216-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar va tashkilotlar ixtiyorida qoladigan mahsulotlar va tovarlarni sotish boʻyicha respublika yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAQTINChALIK NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom tadbirkorlikni rivojlantirish, barcha jismoniy va yuridik shaxslarga teng huquqli sharoitlarni yaratish, yarmarka savdosi qoidalariga rioya qilish maqsadida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yarmarkani tashkil etish va oʻtkazishni “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasining xoʻjalik hisobidagi doimiy ishlaydigan respublika tovar-xomashyo birjasi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik hisobidagi, doimiy ishlaydigan yarmarka oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga, Prezidentning farmonlariga, hukumat farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Doimiy ishlaydigan yarmarka savdosini oʻtkazish hamda barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tovarlar bozorida savdo bitimlarini tuzishda qulay shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, tovarlar va mahsulotlar, texnologik asbob-uskunalar, yangi ilmiy-texnik ishlanmalar va texnologiyalarning yarmarkalarini, koʻrgazmalarini, vakillarning savdo operatsiyalarini amalga oshirish maqsadida muntazam savdo yigʻilishlarini oʻtkazishlari uchun maxsus jihozlangan binolar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Yarmarkalarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yarmarkalarni oʻtkazishdan oldin korxonalar, tashkilotlar, boshqa bozor tuzilmalari va tadbirkorlar bilan birgalikda talabni oʻrganish, yarmarkalarda sotish uchun taqdim etilayotgan tovarlar va mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning takliflarini, foydalanilmayotgan mahsulotni, zarur asbob-uskunalarni, texnologiyalarni va ikkilamchi resurslarni aniqlash, kataloglarni hamda zarur maʼlumotlarni eʼlon qilish ishlari amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yarmarka qatnashchilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xaridorgir tovarlarni sotish uchun taklif etuvchi Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa mamlakatlarning har qanday korxonalari, tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslari yarmarka qatnashchilari boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yarmarka komissiyasi bilan yarmarkaga qoʻyilayotgan tovarlarning sotuvchilari, xaridorlari oʻrtasida tuziladigan bitimlar tovarlarni yarmarkada sotish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yarmarkalar oʻtkazishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yarmarkalarni tashkil etish va ularga operativ rahbarlik qilish uchun yarmarka qoʻmitalari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yarmarka qoʻmitasi tarkibiga davlat va tijorat tuzilmalarining vakillari kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yarmarka qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarmarka savdolarini oʻtkazish davrlarini, muddatlarini va joylarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarmarkaning ishchi organlari (direksiya, hakamlik, shartnomalarni hisobga olish (byurosi) guruhini), komissiyalar va yarmarkaning oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan boshqa organlar tartibini aniqlaydi va tashkil qiladi, ularning rahbarlarini kelishib oladi hamda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarmarkani tashkil etish va oʻtkazish hamda shartnomalar tuzish bilan bogʻliq masalalarni hal etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalda tuzilgan savdo bitishuvlaridan olinadigan vositachilik haqi, yigʻimlar miqdorini va ularni undirish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarmarkani tashkil etish va oʻtkazish xarajatlari miqdorini va ularni taqsimlash tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori sifatli va xaridorgir mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarish, eskirgan, sifati past mahsulotlarni, shuningdek, xaridorgir boʻlmagan mahsulot turlarini ishlab chiqarmaslik toʻgʻrisida korxonalarga takliflar kiritadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarmarkaga xizmat koʻrsatishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar va vositachi tashkilotlarning doimiy ishlaydigan vakolatxonalarini joylashtirish va ularning ishlashi uchun mavjud maydonlarni, shuningdek, texnik vositalarni ijaraga yoki boshqa shartlarda beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotni yetkazib berish va oldi-sotdi borasida tuzilayotgan shartnomalar, sotish toʻgʻrisidagi takliflar va sotishga taqdim etilayotgan mahsulotni xarid qilish buyurtmalari haqidagi maʼlumotlar asosida yarmarkada sotish uchun taklif etilayotgan mahsulotlar boʻyicha talab va takliflar konyunkturasini tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarmarkalarda tuzilgan mahsulot yetkazib berish, oldi-sotdi shartnomalari va tovar ayirboshlash bitimlari boʻyicha joriy (erkin va tijorat) narxlarning hisobini yuritadi, oʻrtacha darajani aniqlagan holda joriy narxlar vedomostlarini tuzadi, ularni eʼlon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarmarka faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan boshqaruvchilik, tovarshunoslik va yuridik maslahatlar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yarmarka qoʻmitasining qarorlari protokollar bilan rasmiylashtiriladi va yarmarka qoʻmitasi raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yarmarka qoʻmitasi aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan hollarda yarmarka qoʻmitasining qarori koʻpchilik ovoz bilan, ovozlar teng boʻlgan hollarda esa yarmarka qoʻmitasining raisi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yarmarka qoʻmitasi yarmarka ochilishidan oldin yarmarkani oʻtkazish muddatlari va joyi haqida qatnashuvchilarni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yarmarka ishida mahsulot yetkazib beruvchilar sifatida qatnashish istagini bildirgan korxonalar yarmarka qoʻmitasiga kataloglar, namunalar, modellar, maʼlumotnomalar, reklama-byulletenlarni va shu kabilarni yuboradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yarmarka ishida isteʼmolchi sifatida qatnashish istagini bildirgan korxonalar yarmarka direksiyasiga tegishli bildirish xati yuboradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yarmarkalardan tushadigan daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Doimiy ishlaydigan yarmarka foyda olishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻymaydi va koʻrsatiladigan xizmatlarga eng kam stavkalarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yarmarkalarni oʻtkazishdan olinadigan daromadlar uni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan xarajatlarni qoplashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Doimiy ishlaydigan yarmarka oldi-sotdi ishlarini har qanday valyutada amalga oshirish, quyidagilardan daromad olish huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarmarkalar, koʻrgazmalar, savdo-sotiq yigʻilishlarini tashkil etish, oʻtkazish va ularga xizmat koʻrsatishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarmarkalar, koʻrgazmalar, savdo-sotiq yigʻilishlarida ish oʻrinlarini berishdan, xonalar va maydonlarni ijaraga berishdan, mahsulot yetkazib berish shartnomalarini tuzishda vositachilik xizmatini koʻrsatishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklamalarni tashkil etishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot xizmati koʻrsatishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tijorat-vositachilik xizmatlarini koʻrsatishdan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Doimiy ishlaydigan yarmarkadagi hisobga olish va hisobot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy ishlaydigan yarmarka buxgalteriya, statistika va operativ hisobni yuritadi, tasdiqlangan shakllar boʻyicha buxgalteriya va operativ hisobotlarni tuzadi va uni belgilangan muddatlarda tegishli tashkilotlarga taqdim etadi hamda uning toʻgʻriligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Yarmarkaning boʻlinmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yarmarka respublikaning barcha mintaqalarida vakolatlar bergan holda oʻz filiallarini tashkil etish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Shartnomalarni hisobga olish guruhi (byurosi):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarmarka qatnashchilari-korxonalar vakillarining shartnomalar tuzish boʻyicha vakolatlarini tekshiradi, zarur hisob hujjatlarini yuritadi va yarmarkada tuzilgan shartnomalarni roʻyxatga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomalar tuzish va spetsifikatsiyaga muvofiqlashtirish jarayonini tahlil qiladi, yarmarka qoʻmitasi yoki yarmarka direksiyasining talabi boʻyicha analitik maʼlumotnomalar, qaydnomalar, takliflarni tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni valyuta mablagʻlariga va chet el firmalari bilan ayirboshlash operatsiyalari yoʻli bilan sotish shartnomalari (kontraktlari)ni alohida hisobga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yarmarka hakamligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarmarkaga huquqiy xizmat koʻrsatilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarmarka qatnashchilariga huquqiy masalalar boʻyicha maslahatlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarmarkada tuzilayotgan shartnomalar shartlari boʻyicha yuzaga keladigan kelishmovchiliklarni koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Shartnomalarni tuzish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mahsulot yetkazib berish boʻyicha shartnomalarni tuzish va spetsifikatsiyalarni muvofiqlashtirish bevosita yarmarkada amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur boʻlganda yarmarkada shartnomalar tuzish tartibini yarmarka qoʻmitasi belgilaydi va uni yarmarka qatnashchilariga yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Yarmarkalarda kontraktlar tuzish va eksport-import operatsiyalari boʻyicha hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining yoʻriqnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Korxonalarning vakillari Shartnomalar (kontraktlar) tuzish uchun tegishli ravishda rasmiylashtirilgan vakolatlarga, shuningdek, yetkazib berish shartnomasi (kontrakti) tuzilayotgan mahsulot yoki tovar ishlab chiqaruvchi ixtiyorida qoladigan mahsulot yoki tovar ekanligini tasdiqlovchi birinchi shaxs (yoki uning vazifasini bajaruvchi) va bosh buxgalter tomonidan imzolangan, yumaloq muhr bilan tasdiqlangan tasdiqnomaga ega boʻlishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mahsulotlarni sotish shartnomalari yarmarkalarda korxonalar taqdim etgan mahsulot namunalari va modellari, kataloglar, maʼlumotnomalar, reklama byulletenlari va mahsulotni tavsiflovchi boshqa hujjatlar boʻyicha tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Shartnoma loyihasi va spetsifikatsiya kamida uch nusxada tuziladi, ikkala tomon imzolaganidan keyin bir nusxasi shartnomalarni hisobga olish guruhiga (byurosi)ga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tomonlar ilgari tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatni yarmarkada shartnomalarni hisobga olish guruhida (byurosi)da roʻyxatdan oʻtkazib oʻzgartirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Eʼtirozlar boʻlsa tomonlar bu kelishmovchiliklarni birgalikda koʻrib chiqadilar, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, kelishmovchiliklar protokolini tuzadilar va koʻrib chiqish uchun yarmarka hakamligiga topshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizolar hakamlikda tomonlarning vakillari ishtirokida ariza tushgandan keyingi kundan kechiktirmay koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik majlisining protokoli nizoni koʻrib chiqqan hakamlar tomonidan imzolanadi. Protokoldan koʻchirmalar manfaatdor tomonlarga qaror qabul qilingan kunda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlikning qarori yarmarka qoʻmitasi tomonidan u qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay qayta koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Yarmarka ishini yakunlash va yarmarkalarni tugatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Yarmarka direksiyasi belgilangan muddatlarda yarmarka qoʻmitasiga tuzilgan shartnomalar, sotilayotgan mahsulotlar konyunkturasi boʻyicha maʼlumotlarni xabar qiladi, shuningdek, oʻz faoliyati haqida hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi yarmarka tashkilotchilari boʻlgan tashkilotlar bilan birgalikda yarmarkalarning ish yakunlarini koʻrib chiqadi, qondirilmagan ehtiyojlar hajmini va tarkibini manfaatdor korxonalar ishtirokida aniqlaydi, mahsulotni qoʻshimcha ishlab chiqarish va yetkazib berish haqidagi takliflarni ishlab chiqadi, mahsulotni puxta ishlash yoki uni ishlab chiqarishdan olish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Yarmarkani tashkil etish va oʻtkazish xarajatlari yarmarka qatnashchilarining mablagʻlari hisobiga, “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi tasdiqlagan yarmarkani oʻtkazish smetasi doirasida yarmarka qoʻmitasi belgilagan tartibda va miqdorlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 19-apreldagi 216-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika tovar-xomashyo birjalarida va respublika yarmarkalarida sotib olingan mahsulotlarni chetga olib chiqib ketishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAQTINChALIK TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni ragʻbatlantirish, xorijiy sarmoyalarni jalb etish va himoya qilish choralari toʻgʻrisida” 1992-yil 24-iyuldagi va “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 21-yanvardagi farmonlariga muvofiq soʻm-kuponning xarid qobiliyatini mustahkamlash va tadbirkorlikning barcha qatnashchilari, shu jumladan, xorijiy qatnashchilarning imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1994-yil 21-yanvardagi Farmonning 11-bandiga muvofiq har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar, birjalar ishtirokidagi yarmarkalarda korxonalar va xoʻjaliklar ixtiyorida qoladigan mahsulotlar va tovarlarni soʻm-kuponga sotib olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu yarmarkalarda sotib olingan mahsulotlarni (eksport qilish taqiqlangan mahsulotlar bundan istisno) respublikadan chetga olib chiqib ketish, tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, litsenziyalashtirilmaydi va ularga boj poshlinasi solinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bunday tovarlar birjada sotishga tavsiya etilganda qatnashchi-sotuvchi birjaga yoki yarmarka qoʻmitasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur mahsulot haqiqatdan ham korxona va xoʻjalikning ixtiyorida qoldirilgan mahsulot ekanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi. Hujjat birinchi shaxs (yoki uning vazifasini bajaruvchi), bosh buxgalter tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sifat sertifikatini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bitishuv aniq mavjud tovar boʻyicha rasmiylashtiriladi va u fyuchers shaklida boʻlishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ham mahalliy, ham chet ellik qatnashchilarning xohishiga koʻra “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasining barcha aksionerlik savdo firmalari aniq, mavjud tovar boʻyicha konsignatsiya xizmatlari koʻrsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bitishuvlar tuzilgandan keyin birja yoki yarmarka qoʻmitasi yuqorida qayd etilgan barcha hujjatlarning mavjudligini hamda ularning toʻgʻriligini tekshirib, kontraktni birja muhrida “Litsenziyasiz va poshlinasiz Oʻzbekistondan chetga olib chiqib ketishga” shtampi bilan tasdiqlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Bojxona bosh boshqarmasiga chopar orqali joʻnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona kelishilgan jadvalga muvofiq birja choparidan tasdiqlangan kontraktlarni reyestr boʻyicha qabul qiladigan, ularga imzo qoʻyib, roʻyxatga olib, muhr bilan tasdiqlab choparga qaytaradigan masʼul xodimlarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona bir reyestrdagi kontraktlarni bir ish kuni mobaynida rasmiylashtirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Birja yoki yarmarka qoʻmitasi qatnashchilarga ularning bojxonaning “Darhol” belgisi qoʻyilgan kontraktlarini bir sutka muddatda beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kontraktlar sheriklar tomonidan (mahsulotlar sotilayotganda) yuk-transport bojxona deklaratsiyasini toʻldirish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu tartib-qoidalar yuk qiymatining 0,15 foiziga teng boʻlgan boj yigʻimi toʻlashni bekor qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xorijiy sheriklar yarmarka yoki birja savdosida qatnashganlarida viza olish masalalarini ular mustaqil hal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotning litsenziya olinmaydigan tusdaligini tasdiqlovchi boshqa tegishli hujjatlarni taqdim etish tartibi va shakllari birja va yarmarka qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.