20.11.2020 yildagi 737-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.06.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 10-iyuldagi PQ-4389-son va “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qarorlari ijrosini taʼminlash, shuningdek, mahsulotlarni noqonuniy olib kirish, ishlab chiqarish va sotish holatlarining oldini olish, alohida turdagi mahsulotlarning qonuniy aylanmasini taʼminlash mexanizmini tubdan takomillashtirish hamda isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 23-noyabrdagi 944-son qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha tajriba loyihasi (keyingi oʻrinlarda — tajriba loyihasi) doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markirovkalangan sigaret qutisi muvaffaqiyatli ishlab chiqilganligi, shuningdek, tamaki ishlab chiqarish fabrikalarini maxsus server uskunalari bilan qoʻshimcha jihozlash va ularni korxonalarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlariga integratsiya qilish orqali tamaki mahsulotlarini kuzatib borish mexanizmi ishga tushirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol mahsulotlari uchun sinov tariqasida markirovkalangan yorliqlar ishlab chiqilganligi, markirovkalash axborot tizimining tarkibiy qismlari oʻrnatilganligi hamda maʼlumotlarni qayta ishlash markazi faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining ayrim turdagi mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021 — 2024-yillarda identifikatsiya vositalari bilan majburiy raqamli markirovkalash talabi joriy qilinadigan mahsulotlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-iyundagi 269-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2023-y., 09/23/269/0494-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy markirovkalash tizimini samarali joriy qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 10-dekabrga qadar alkogol va tamaki mahsulotlarini markirovkalash va kuzatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 30-dekabrga qadar tajriba loyihasi yakunlariga koʻra boshqa tovarlarni markirovkalash va kuzatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli markirovka qilinishi lozim boʻlgan mahsulotlarni markirovkalash majburiyati ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar zimmasiga yuklanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli markirovka qilinishi lozim boʻlgan mahsulotlarning chakana yoki ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalarga mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimiga ulanish majburiyati yuklanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agregatsiyalangan import kodi boʻyicha maʼlumotlar bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatilmasdan “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirish taqiqlanadi. Bunda markirovka qilinmagan alkogol va tamaki mahsulotlariga identifikatsiya vositalarini bojxona ombori hududida yelimlash talab qilinadi;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 148-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2022-y., 09/22/148/0262-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli markirovka qilinishi lozim boʻlgan mahsulotlarni markirovkalash tartibi joriy etilgan sanadan boshlab oʻn ikki oy muddat oʻtgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi hududida mazkur mahsulotlarni markirovkasiz sotish taqiqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markirovkalanmagan mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish maqsadida mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida vakolatli organlarni real vaqt rejimida xabardor qilish imkoniyatini beruvchi dasturiy mahsulotlar hamda mobil ilovalar joriy etiladi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli markirovka qilinishi lozim boʻlgan mahsulotlar roʻyxatini kengaytirish va ularni joriy qilish muddatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli markirovka qilinishi lozim boʻlgan mahsulotlar roʻyxatini kengaytirish maqsadida mahsulotlarni markirovkalash boʻyicha ixtiyoriy eksperimentlarni amalga oshirish vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-dekabrga qadar “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — “Asl belgisi” MAT) joriy qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar “Asl belgisi” MATning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot aylanmasi yuzasidan barcha bosqichlarni roʻyxatdan oʻtkazish orqali identifikatsiya vositalari yordamida markirovka qilinishi lozim boʻlgan mahsulotlar aylanmasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlashni avtomatlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarni saqlash, olish, oʻtkazish, tarqatish, qayta ishlash, nashr etish, foydalanish va “Asl belgisi” MAT egasi yoki u tomonidan jalb qilingan shaxsning boshqa harakatlariga hamda mazkur maʼlumotlarni himoyalash rejimiga nisbatan Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan tartibda talablar belgilash orqali saqlanadigan maʼlumotlarning cheklanganligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga asosan davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishning zarur sharti hisoblangan intellektual faoliyat natijalariga doir mutlaq huquqlar, boshqa mutlaq huquqlar, yer uchastkasi, boshqa koʻchmas mol-mulk obyekti va oʻzga mol-mulk muayyan shaxsga tegishli boʻlganda taraflar davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni davlat sherigining qaroriga muvofiq toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish asosida tender oʻtkazmasdan tuzishi mumkinligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 57-bandiga muvofiq mazkur mezon davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishning zarur sharti hisoblangan intellektual faoliyat natijalariga doir mutlaq boʻlmagan huquqlarni ham oʻz ichiga olishi mumkinligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy markirovkalash sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasi, Loyiha baholash hujjati (LBH), bitim loyihasini ishlab chiqish hamda davlat-xususiy sheriklik sohasidagi vakolatli davlat organiga kelishish uchun bir hafta muddatda taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol va tamaki mahsulotlarini markirovkalash yuzasidan joriy qilingan tajriba loyihasi natijalarini hisobga olgan holda “Asl belgisi” MATni ishlab chiqish, undan foydalanish va unga texnik xizmat koʻrsatish uchun “CRPT TURON” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — “Asl belgisi” MAT operatori) bilan birgalikda ikki hafta muddatda toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar asosida davlat-xususiy sheriklik bitimini tuzsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Asl belgisi” MAT operatoriga quyidagi vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik bitimi asosida “Asl belgisi” MATni ishlab chiqish va uni “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsion platformasi vositasida Davlat soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazasi bilan integratsiya qilish orqali yoʻlga qoʻyish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Asl belgisi” MATda saqlanadigan maʼlumotlardan ularni himoya qilish talablarini hisobga olgan holda foydalanish imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasining Maʼlumotlarni qayta ishlash markazi quvvatlari asosida “Asl belgisi” MAT ishlashi uchun zarur boʻlgan zaxira server, telekommunikatsiya va boshqa asbob-uskunalarning “Asl belgisi” MAT operatori mablagʻlari hisobidan oʻrnatilishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tariflar boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda markirovka kodlarini taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi 2020-yil 10-dekabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Asl belgisi” MATga texnik xizmat koʻrsatish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy markirovkalanadigan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilarga markirovka kodlarini taqdim etish yuzasidan xizmatlar koʻrsatish uchun yagona toʻlov (tarif) miqdorini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Moliya vazirligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi va “Asl belgisi” MAT operatori bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch kun muddatda hududlarda raqamli markirovkalash tizimi bilan ishlash tartibi yuzasidan oʻqitish dasturini va reja-jadvalni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-yanvarga qadar hududlarga chiqqan holda davlat soliq va bojxona xizmati organlari, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish sohasidagi barcha tadbirkorlik subyektlari masʼul xodimlarining raqamli markirovkalash tizimi bilan ishlash tartibi yuzasidan oʻqitilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Savdo-sanoat palatasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda uni amalga oshirish jarayonlarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 20-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
737-son
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi 737-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021 — 2024-yillarda identifikatsiya vositalari bilan majburiy raqamli markirovkalash talabi joriy qilinadigan mahsulotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Mahsulotning nomi

TIF TN kodi

Majburiy raqamli markirovkalash boshlanadigan sana*

1.

Sigaretlar

2402 20 900 0

2021-yil 1-yanvar

1.1

Boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyus, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar.

2402 10 000 0

2402 20 100 0

2402 90 000 0

2403 11 000 0

2403 19 100 0

2403 19 900 0

2403 91 000 0

2403 99 100 0

2403 99 900 2

2403 99 900 8

2404 11 000 1

2404 11 000 9

2404 12 000 0

2404 19 000 1

2404 19 000 9

2404 91 000 2

2404 91 000 9

2022-yil 1-oktabr

2.

Alkogol mahsulotlari (pivo mahsulotlaridan tashqari)

2204, 2205, 2206, 2207, 2208

2021-yil 1-yanvar

3.

Pivo mahsulotlari

2203

2021-yil 1-aprel

4.

Maishiy texnika

7321, 8403, 8414, 8415, 8418, 8422, 8423, 8450, 8508, 8509, 8510, 8516, 8518, 8519, 8521, 8525, 8527, 8528, 8539, 8540, 9405

2022-yil 15-aprel

5.

Dori vositalari va tibbiy buyumlar

3003, 3004

2022-yil 1-sentabr

6.

Suv va salqin ichimliklar

2009, 2201, 2202

2024-yil 1-mart

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Majburiy raqamli markirovkalash boʻyicha talab 6 oydan kam boʻlmagan muddat mobaynida amalga oshiriladigan tajriba loyihasi yakunlari asosida joriy etiladi.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-iyundagi 269-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2023-y., 09/23/269/0494-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi 737-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy markirovkalash tizimini samarali joriy qilish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirning nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Ishlab chiqarish hajmini, omborlardagi qoldiqlarni va mahsulot real vaqt rejimida joʻnatilishini nazorat qilish maqsadida isteʼmol va texnik etil spirti, shuningdek, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uskunalarini hisobga olish oʻlchov vositalari bilan jihozlash.

1. Isteʼmol va texnik etil spirtini, shuningdek, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uskunalarini, shu jumladan ruxsatsiz quyishning oldini olish maqsadida raqamlangan noyob himoyalash tamgʻalarini joylashtirish yuzasidan texnik reglamentga oʻzgartirishlar kiritish.

2. Uskunalarga, tashish qoidalariga, masofadan boshqarishga va videokuzatuvga, masʼul idoralarning axborot tizimlariga integratsiyalash va boshqa talablarni koʻrsatgan holda isteʼmol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish tartibini ishlab chiqish.

3. Avtomatlashtirilgan oʻlchash moslamalarini, texnik reglamentlarda hamda isteʼmol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish tartibida koʻrsatilgan boshqa maxsus moslamalarni oʻrnatish.

4. Davlat soliq qoʻmitasining maʼlumotlar axborot bazasi bilan integratsiyalash.

2021-yil
15-yanvar




2021-yil
15-mart




2021-yil
1-iyul



2021-yil
1-avgust

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) (R. Boboyev),
“Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov),
Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev)

2.

Isteʼmol va texnik etil spirti, shuningdek, alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga nisbatan oʻlchash moslamalarini majburiy ravishda oʻrnatish nuqtai nazaridan litsenziyalash talablarini kuchaytirish.

1. Hisobga olish moslamalari oʻrnatilishini belgilaydigan talablarni nazarda tutuvchi namunaviy litsenziya shartnomasi loyihasini ishlab chiqish.

2. Hisobga olish moslamalariga talablarni belgilashni nazarda tutuvchi namunaviy litsenziya shartnomasi loyihasini Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishish.

3. Isteʼmol va texnik etil spirti, shuningdek, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda litsenziya shartnomalari yangilanishini taʼminlash.

2021-yil
15-yanvar


2021-yil
1-iyul


2021-yil
1-avgust

Agentlik (R. Boboyev),
“Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov),
Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev)

3.

Tayyor alkogol mahsulotlarini majburiy agregatsiyalash tizimini joriy etish.

1. Tayyor alkogol mahsulotlarini agregatsiyalash yuzasidan ixtisoslashtirilgan aplikatorlarga texnik talablarni ishlab chiqish.

2. Isteʼmol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ixtisoslashtirilgan aplikatorlarni oʻrnatish.

3. Alkogol mahsulotlarini agregatsiyalash jarayonini yoʻlga qoʻyish.

2021-yil
1-fevral


2021-yil
15-mart


2021-yil
1-aprel

Agentlik (R. Boboyev),
“Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov),
Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev)

4.

Chakana va ulgurji savdo subyektlari tomonidan majburiy raqamli markirovka qilinishi lozim boʻlgan mahsulotlarning muomalaga kiritilishining ishonchliligini tekshirish yuzasidan talablarni belgilash.

Chakana va ulgurji savdo qoidalariga oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil
1-fevral

Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

5.

Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy markirovkalash va ishlab chiqarish liniyalarini hisobga olish moslamalari hamda boshqa moslamalar bilan jihozlash talablari buzilganligi yuzasidan javobgarlikni belgilash.

Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy markirovkalash, muomalaga kiritish, muomalada aylanishi va ularning muomaladan chiqarilishi yuzasidan belgilangan talablarni buzganlik uchun javobgarlikni belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda mazkur huquqbuzarlik sodir etganlik uchun markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlarni sotishdan oldingi chorakda olingan tushumning yuz foizigacha miqdorda moliyaviy jarima hamda mansabdor shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqorining ikki yuz baravarigacha jarima solishni nazarda tutish.

2021-yil

15-yanvar

Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorovga zarur hollarda “yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan topshiriqlarni amalga oshirish muddati hamda masʼul ijrochilariga oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2020-y., 09/20/737/1530-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/322/0481-son; 02.04.2022-y., 09/22/148/0262-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son, 02.11.2022-y., 09/22/631/0982-son; 30.06.2023-y., 09/23/269/0494-son; 09.04.2025-y., 09/25/203/0313-son; 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son; 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)