1-ILOVA
|
T/r |
Mahsulotning nomi |
TIF TN kodi |
Majburiy raqamli markirovkalash |
|
1. |
Tamaki mahsulotlari |
2402 90 000 0 |
2021-yil 1-yanvar |
|
2. |
Alkogol mahsulotlari (pivo mahsulotlaridan tashqari) |
2204, 2205, 2206, 2207, 2208 | |
|
Pivo mahsulotlari |
2203 |
2021-yil 1-aprel | |
|
3. |
Dori vositalari va tibbiy buyumlar |
3303, 3004 |
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan muddatlarda* |
|
4. |
Suv va salqin ichimliklar |
2201, 2202 | |
|
5. |
Maishiy texnika |
8403, 8404, 8405, 8414, 8415, 8416, 8418, 8419, 8422, 8423, 8424,8450, 8508, 8509, 8510, 8513, 8516, 8518, 8519, 8521, 8522, 8525, 8527, 8528 |
2-ILOVA
| T/r | Chora-tadbirning nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Amalga oshirish muddati | Masʼul ijrochilar |
| 1. | Ishlab chiqarish hajmini, omborlardagi qoldiqlarni va mahsulot real vaqt rejimida joʻnatilishini nazorat qilish maqsadida isteʼmol va texnik etil spirti, shuningdek, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uskunalarini hisobga olish oʻlchov vositalari bilan jihozlash. | 1. Isteʼmol va texnik etil spirtini, shuningdek, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uskunalarini, shu jumladan ruxsatsiz quyishning oldini olish maqsadida raqamlangan noyob himoyalash tamgʻalarini joylashtirish yuzasidan texnik reglamentga oʻzgartirishlar kiritish. 2. Uskunalarga, tashish qoidalariga, masofadan boshqarishga va videokuzatuvga, masʼul idoralarning axborot tizimlariga integratsiyalash va boshqa talablarni koʻrsatgan holda isteʼmol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish tartibini ishlab chiqish. 3. Avtomatlashtirilgan oʻlchash moslamalarini, texnik reglamentlarda hamda isteʼmol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish tartibida koʻrsatilgan boshqa maxsus moslamalarni oʻrnatish. 4. Davlat soliq qoʻmitasining maʼlumotlar axborot bazasi bilan integratsiyalash. | 2021-yil
| Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) (R. Boboyev), |
| 2. | Isteʼmol va texnik etil spirti, shuningdek, alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga nisbatan oʻlchash moslamalarini majburiy ravishda oʻrnatish nuqtai nazaridan litsenziyalash talablarini kuchaytirish. | 1. Hisobga olish moslamalari oʻrnatilishini belgilaydigan talablarni nazarda tutuvchi namunaviy litsenziya shartnomasi loyihasini ishlab chiqish. 2. Hisobga olish moslamalariga talablarni belgilashni nazarda tutuvchi namunaviy litsenziya shartnomasi loyihasini Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishish. 3. Isteʼmol va texnik etil spirti, shuningdek, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda litsenziya shartnomalari yangilanishini taʼminlash. | 2021-yil
| Agentlik (R. Boboyev), |
| 3. | Tayyor alkogol mahsulotlarini majburiy agregatsiyalash tizimini joriy etish. | 1. Tayyor alkogol mahsulotlarini agregatsiyalash yuzasidan ixtisoslashtirilgan aplikatorlarga texnik talablarni ishlab chiqish. 2. Isteʼmol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ixtisoslashtirilgan aplikatorlarni oʻrnatish. 3. Alkogol mahsulotlarini agregatsiyalash jarayonini yoʻlga qoʻyish. | 2021-yil
| Agentlik (R. Boboyev), |
| 4. | Chakana va ulgurji savdo subyektlari tomonidan majburiy raqamli markirovka qilinishi lozim boʻlgan mahsulotlarning muomalaga kiritilishining ishonchliligini tekshirish yuzasidan talablarni belgilash. | Chakana va ulgurji savdo qoidalariga oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2021-yil | Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), |
| 5. | Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy markirovkalash va ishlab chiqarish liniyalarini hisobga olish moslamalari hamda boshqa moslamalar bilan jihozlash talablari buzilganligi yuzasidan javobgarlikni belgilash. | Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy markirovkalash, muomalaga kiritish, muomalada aylanishi va ularning muomaladan chiqarilishi yuzasidan belgilangan talablarni buzganlik uchun javobgarlikni belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda mazkur huquqbuzarlik sodir etganlik uchun markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlarni sotishdan oldingi chorakda olingan tushumning yuz foizigacha miqdorda moliyaviy jarima hamda mansabdor shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqorining ikki yuz baravarigacha jarima solishni nazarda tutish. | 2021-yil 15-yanvar | Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), |
| 6. | Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash jarayonlarini joriy qilish hamda ulardan foydalanish yuzasidan monitoring olib borish tizimini tasdiqlash. | 1. Ishlab chiqarish liniyalarini jihozlash hamda markirovkalangan mahsulotlarni chiqarish boʻyicha tadbirlarning amalga oshirilishi toʻgʻrisida maʼlumot berish yuzasidan Davlat moliyaviy nazorati departamentining moliya inspektorlari funksional majburiyatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. 2. Moliya inspektorlari tomonidan notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganligi yuzasidan shaxsiy javobgarlik choralarini belgilash. 3. Davriy hisobot va axborotlarni taqdim etish tartibini ishlab chiqish. | 2021-yil | Moliya vazirligi (T. Ishmetov), (Sh. Kudbiyev) |