1-ILOVA
T/r | Vakolatli organning nomi | Hamkorlik masalalari |
1. | Oliy sud | Jinoyat, fuqarolik va oilaviy ishlar boʻyicha sudda ish yuritish bilan bogʻliq masalalar; sud hujjatlarini topshirishga doir topshiriqlarni yuborish va koʻrib chiqish hamda ularni topshirishni tasdiqlash; sud protsessual harakatlarini yuritish va ularni ijro etish boʻyicha topshiriqlarni joʻnatish va koʻrib chiqish; fuqarolik va oilaviy ishlar boʻyicha qarorlar, shuningdek shunday ishlar boʻyicha sud tomonidan tasdiqlangan yarashuv bitimlarini tan olish va ijro etish; sud organlari vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar. |
2. | Bosh prokuratura | Sudning qarori yoki prokurorning roziligi (sanksiyasi) talab qilinadigan protsessual harakatlarni amalga oshirish; hukmni tan olish va ijro etish boʻyicha iltimosnomalar; topshiriqni ijro qilish jarayonida huquqiy yordam soʻrayotgan davlatning vakolatli vakillari ishtirok etishi haqidagi iltimoslarni joʻnatish va koʻrib chiqish; prokurorning fuqarolik protsessida ishtirok etishi toʻgʻrisidagi soʻrovlarini yuborish va koʻrib chiqish; jinoiy taʼqibni amalga oshirish, shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish va (yoki) hukmni ijro etish uchun ushlab berish; dastlabki tergovni amalga oshirish bilan bogʻliq topshiriqlar; ish yurituvdagi jinoyat ishlari bilan bogʻliq masalalar; qamoqda saqlanayotgan yoki jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasida oʻtayotgan shaxsni vaqtincha topshirish, shuningdek uni tranzit tarzida oʻtkazish; prokuratura organlari vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar. |
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti | Jinoiy yoʻl bilan olingan pul mablagʻlari va mol-mulkni, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni qidirish va xatlash (tortib olish) boʻyicha iltimoslarni joʻnatish va koʻrib chiqish; ish yurituvdagi jinoyat ishlari bilan bogʻliq masalalar; Departamentning vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar. | |
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi | Jinoyat, fuqarolik va oilaviy ishlar boʻyicha mol-mulk daʼvolari berilgan soʻralayotgan ahdlashuvchi tomonlar hududida istiqomat qiluvchi shaxslarning manzillari, ish joyi va daromadlarini aniqlash haqida huquqiy yordam berish toʻgʻrisidagi soʻrovlarni yuborish va koʻrib chiqish; jinoyat ishlari boʻyicha sudlarning hukmlari (qarorlari)ni zararni qoplash qismi boʻyicha tan olish va ijro etish boʻyicha iltimosnomalarni joʻnatish va koʻrib chiqish; ish yurituvdagi ijro hujjatlari bilan bogʻliq masalalar. | |
3. | Ichki ishlar vazirligi | Sudning qarori yoki prokurorning roziligi (sanksiyasi) talab qilinadigan protsessual harakatlarga taalluqli boʻlmagan ish yurituvdagi jinoyat ishlari bilan bogʻliq masalalar; sudning qarori yoki prokurorning roziligi (sanksiyasi) talab qilinmaydigan protsessual harakatlar bilan bogʻliq topshiriqni (soʻrovnomani) ijro qilish jarayonida huquqiy yordam koʻrsatishni soʻrayotgan davlatning vakolatli vakillari ishtirok etishi haqidagi iltimoslarni joʻnatish va koʻrib chiqish; ahdlashuvchi tomonlar fuqarolarining huquqlarini amalga oshirish uchun, zarur boʻlganda, jismoniy shaxslarning roʻyxatga olingan joylari (manzillari)ni aniqlash boʻyicha soʻrovlarni joʻnatish va koʻrib chiqish; shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish boʻyicha soʻrovlarni joʻnatish va koʻrib chiqish; fuqarolikka tegishlilikni aniqlash boʻyicha soʻrovlarni joʻnatish va koʻrib chiqish; sudlanganlik haqida maʼlumotlarni taqdim qilish va ayblov hukmlari haqida xabar berish; ichki ishlar organlari vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar. |
4. | Davlat xavfsizlik xizmati | Sudning qarori yoki prokurorning roziligi (sanksiyasi) talab qilinmaydigan protsessual harakatlarni amalga oshirish; dastlabki tergovni amalga oshirish bilan bogʻliq topshiriqlar va ish yurituvdagi jinoiy ishlar bilan bogʻliq masalalar; Davlat xavfsizlik xizmati organlari vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar. |
5. | Adliya vazirligi | Notarial harakatlar bilan bogʻliq maʼlumotlarni talab qilish boʻyicha soʻrovlarni joʻnatish va koʻrib chiqish; pul majburiyatlariga nisbatan notarial hujjatlar va notariuslarning ijro xatlarini tan olish va ijro qilish haqidagi iltimosnomalarni joʻnatish va koʻrib chiqish; adliya organlari sohasiga oid, shuningdek mazkur Roʻyxatda koʻrsatilmagan boshqa fuqarolik va oilaviy masalalar. |
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish haqida hujjatlarni yuborish boʻyicha soʻrovlarni joʻnatish va koʻrib chiqish; yuridik shaxslar va boshqa tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatdan oʻtganligi bilan bogʻliq maʼlumotlarni talab qilish boʻyicha soʻrovlarni joʻnatish va koʻrib chiqish. | ||
6. | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi | Umumiy oʻrta taʼlim haqidagi maʼlumotlarni talab qilish boʻyicha soʻrovlarni joʻnatish va koʻrib chiqish. |
61. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi | Vasiylik va homiylikni belgilash va bekor qilish bilan bogʻliq masalalar; farzandlikka olishni belgilash va bekor qilish bilan bogʻliq masalalar. |
7. | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim haqidagi maʼlumotlarni talab qilish boʻyicha soʻrovlarni joʻnatish va koʻrib chiqish. |
8. | Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi | Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning mavjud yoki mavjud emasligi haqida maʼlumotlarni talab qilish boʻyicha soʻrovlarni joʻnatish va koʻrib chiqish. |
9. | “Oʻzarxiv” agentligi | Arxiv maʼlumotnomalari va boshqa arxiv hujjatlari haqida maʼlumotlarni talabqilish boʻyicha soʻrovlarni joʻnatish va koʻrib chiqish. |
10. | Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi | Pensiya va nafaqalar berish bilan bogʻliq maʼlumotlarni talabqilish boʻyicha soʻrovlarni joʻnatish va koʻrib chiqish. |
2-ILOVA
T/r | Vakolatli organning nomi | Hamkorlik masalalari |
1. | Oliy sud | Jinoyat, fuqarolik, oilaviy va iqtisodiy sud ishlarini yuritish bilan bogʻliq masalalar; sud hujjatlarini topshirishga doir topshiriqlarni yuborish va koʻrib chiqish hamda ularni topshirishni tasdiqlash; sud protsessual harakatlarini yuritish va ularni ijro etish boʻyicha topshiriqlarni joʻnatish va koʻrib chiqish; fuqarolik, oilaviy va iqtisodiy ishlar boʻyicha qarorlar, shuningdek shunday ishlar boʻyicha sud tomonidan tasdiqlangan yarashuv bitimlarini tan olish va ijro etish; sud organlari vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar. |
2. | Bosh prokuratura | Sudning qarori yoki prokurorning roziligi (sanksiyasi) talab qilinadigan protsessual harakatlarni amalga oshirish; hukmni tan olish va ijro etish boʻyicha iltimosnomalar; topshiriqni ijro qilish jarayonida huquqiy yordam soʻrayotgan davlatning vakolatli vakillari ishtirok etishi haqidagi iltimoslarni joʻnatish va koʻrib chiqish; prokurorning fuqarolik protsessida ishtirok etishi toʻgʻrisidagi soʻrovlarini yuborish va koʻrib chiqish; qoʻshma tezkor-qidiruv guruhlarini tashkil qilish boʻyicha takliflarni joʻnatish va koʻrib chiqish; jinoiy taʼqibni amalga oshirish, shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish va (yoki) hukmni ijro etish uchun ushlab berish; qamoqda saqlanayotgan yoki jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasida oʻtayotgan shaxsni vaqtincha topshirish, shuningdek uni tranzit tarzida oʻtkazish; jinoyat ishlarini birlashtirish boʻyicha iltimosnomalarni joʻnatish va koʻrib chiqish; dastlabki tergovni amalga oshirish bilan bogʻliq topshiriqlar; ish yurituvdagi jinoyat ishlari bilan bogʻliq masalalar; prokuratura organlari vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar. |
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti | Jinoiy yoʻl bilan olingan pul mablagʻlari va mol-mulkni, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni qidirish va xatlash (tortib olish) boʻyicha iltimoslarni joʻnatish va koʻrib chiqish; ish yurituvdagi jinoyat ishlari bilan bogʻliq masalalar; Departamentning vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar. | |
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi | Fuqarolik, oilaviy, iqtisodiy va jinoyat ishlari boʻyicha mol-mulk daʼvolari berilgan soʻralayotgan ahdlashuvchi tomonlar hududida istiqomat qiluvchi shaxslarning manzillari, ish joyi va daromadlarini aniqlash haqida huquqiy yordam berish toʻgʻrisidagi soʻrovlarni yuborish va koʻrib chiqish; jinoyat ishlari boʻyicha sudlarning jinoyat ishlari yuzasidan hukmlari (qarorlari)ni zararni qoplash, jarimani undirish hamda noqonuniy yoʻl bilan olingan buyumlar, mulk va daromadni davlat foydasiga undirish (konfiskatsiya qilish) qismi boʻyicha, shuningdek jinoyat sodir qilish orqasidan topilgan mulkka, shu jumladan bank hisob varaqalaridagi pul mablagʻlariga (daʼvolarni qondirish maqsadida, agar daʼvolar mulkiy huquqiy maqomni yoki mulk huquqini belgilash bilan bogʻliq boʻlsa) band solish haqidagi sud qarorlarini tan olish va ijro qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqish va yuborish; ish yurituvdagi ijro hujjatlari bilan bogʻliq masalalar. | |
3. | Ichki ishlar vazirligi | Sudning qarori yoki prokurorning roziligi (sanksiyasi) talab qilinadigan protsessual harakatlarga taalluqli boʻlmagan ish yurituvdagi jinoyat ishlari bilan bogʻliq masalalar; sudning qarori yoki prokurorning roziligi (sanksiyasi) talab qilinmaydigan protsessual harakatlar bilan bogʻliq topshiriqni (soʻrovnomalarni) ijro qilish jarayonida huquqiy yordam koʻrsatishni soʻrayotgan davlatning vakolatli vakillari ishtirok etishi haqidagi iltimoslarni joʻnatish va koʻrib chiqish; ahdlashuvchi tomonlar fuqarolarining huquqlarini amalga oshirish uchun, zarur boʻlganda, jismoniy shaxslarning roʻyxatga olingan joylari (manzillari)ni aniqlash boʻyicha soʻrovlarni joʻnatish va koʻrib chiqish; shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish boʻyicha soʻrovlarni joʻnatish va koʻrib chiqish; fuqarolikka tegishlilikni aniqlash boʻyicha soʻrovlarni joʻnatish va koʻrib chiqish; sudlanganlik haqida maʼlumotlarni taqdim qilish va ayblov hukmlari haqida xabar berish; aliment undirish ishlari boʻyicha javobgarni qidirish; ichki ishlar organlari vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar. |
4. | Davlat xavfsizlik xizmati | Sudning qarori yoki prokurorning roziligi (sanksiyasi) talab qilinmaydigan protsessual harakatlarni amalga oshirish; dastlabki tergovni amalga oshirish bilan bogʻliq topshiriqlar va ish yurituvdagi jinoiy ishlar bilan bogʻliq masalalar; Davlat xavfsizlik xizmati organlari vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar. |
5. | Adliya vazirligi | Notarial harakatlar bilan bogʻliq maʼlumotlarni talab qilish boʻyicha soʻrovlarni joʻnatish va koʻrib chiqish; pul majburiyatlariga nisbatan notarial hujjatlar va notariuslarning ijro xatlarini tan olish va ijro qilish haqidagi iltimosnomalarni joʻnatish va koʻrib chiqish; mulkni meros qilib qoldirish holatlari boʻyicha ekspert tadqiqotlarini oʻtkazish; adliya organlari sohasiga oid, shuningdek mazkur Roʻyxatda koʻrsatilmagan boshqa fuqarolik va oilaviy masalalar. |