12.11.2020 yildagi PQ-4892-son
Mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan tashkilotlar rahbarlari joriy yilning 1-dekabriga qadar Surxondaryo viloyatida vakolatxonalar ochilishini ta’minlasin.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S.U. Umurzakov), Surxondaryo viloyati hokimligi (T.A. Bobolov), mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari mazkur qarorning 3-ilovasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun shaxsan mas’ul ekanliklari belgilab qo‘yilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.

1.

S.U. Umurzakov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, Ishchi guruhi rahbari

2.

lavozimi bo‘yicha

investitsiyalar va tashqi savdo vazirining Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan tashqi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha o‘rinbosari, Ishchi guruhi rahbari o‘rinbosari

3.

F.A. Sidikov

tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari

4.

I.R. Irgashev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili

5.

B.K. Abdinazarov

iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari

6.

Sh.X. Xodjayev

energetika vaziri o‘rinbosari

7.

I.R. Mahkamov

transport vaziri vazifasini bajaruvchi

8.

B.Y. Abubakirov

Markaziy bank raisining o‘rinbosari

9.

M.O. Saliyev

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

10.

A.E. Fayzibayev

Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

11.

D.N. Sattarov

“O‘zstandart” agentligi bosh direktori

12.

S.N. Bekenov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

13.

I.K. Ergashev

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori

14.

lavozimi bo‘yicha

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari

15.

A.X. Oripov

Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i

16.

lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasining Afg‘oniston Islom Respublikasidagi elchixonasi savdo va iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi

17.

M.R. Abdullayev

“O‘zbekneftgaz” AJ raisi

18.

J.T. Mirzamaxmudov

“O‘zkimyosanoat” AJ raisi v.b.

19.

Sh.B. Umurzoqov

“O‘zavtosanoat” AJ raisi

20.

M.M. Yunusov

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi

21.

lavozimi bo‘yicha

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi raisi

22.

I.U. Xaydarov

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi

23.

B.Q. Sharipov

Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi

24.

F.A. Boboyev

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi

25.

F.J. Po‘latov

“O‘zdonmahsulot” AJ raisi

26.

S.X. Kariyev

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori

27.

A.K. Mirsoatov

“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ boshqaruvi raisi

28.

S.S. Annaklichev

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi

29.

N.N. Saydullayev

“Asaka” ATB boshqaruvi raisi

30.

U.X. Murodov

Eksportni rag‘batlantirish agentligi direktori

31.

F.J. Raximov

Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati mudiri, Ishchi guruhi kotibi

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son)

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ullar

vazirlik va idoralar

Vazirlar Mahkamasi

I. Savdo uchun qulay sharoitlar yaratish va tegishli kelishuvlarga erishish chora-tadbirlari

1.

Afg‘oniston sanoat va savdo vazirligi bilan Imtiyozli savdo to‘g‘risida �itim tuzish va keyinchalik Erkin savdo to‘g‘risidagi bitimni imzolash bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazish.

1. Tegishli vazirlik va idoralar xodimlaridan iborat bo‘lgan ishchi guruhini tuzish.

2. O‘zaro savdo aylanmasini o‘rganib chiqib, imtiyozli rejim bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish.

3. Afg‘oniston sanoat va savdo vazirligi bilan bu masalada videomuloqot orqali muzokaralar o‘tkazish.

4. Imtiyozli savdo bitimi loyihasini ishlab chiqish, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

5. Imtiyozli savdo bitimini imzolash.

2020-yil noyabr


2020-yil noyabr


2020-yil dekabr



2021-yil yanvar



2021-yil mart

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi

F. Raximov,

A. Kamalov

2.

Afg‘onistonning Qobul va Mozori-Sharif shaharlarida respublikaning tarmoq xo‘jalik birlashmalarining qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlarini yetkazib beruvchi markazlashgan savdo uylarini tashkil etish choralarini ko‘rish.

1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi muassisligida Afg‘onistonning Qobul va Mozori-Sharif shaharlarida savdo uylarini tashkil etish.

2. Afg‘oniston bozoriga olib kirilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar yuzasidan doimiy ravishda marketing tadqiqotlari o‘tkazib turish va ular orqali eksport hajmini oshirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish.

3. Afg‘oniston Islom Respublikasining davlat buyurtmasi asosida va boshqa buyurtmalar uchun mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha tender savdolarida faol ishtirok etish.

4. Amalga oshirilayotgan tadbirlar yuzasidan har oyda tegishli ma’lumotlarni kiritish.

2021-yil I-yarim yillikda



doimiy ravishda




doimiy ravishda



2021-yildan boshlab

Eksportni rag‘batlantirish agentligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zsanoateksport” AJ, “O‘ztreyd” AJ

F. Raximov

3.

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida avtomobilda xalqaro yuk tashuvlarni yanada rivojlantirish va bu borada o‘zaro maqbul huquqiy sharoit yaratish.

1. O‘zbekiston va Afg‘oniston Hukumatlari o‘rtasida avtomobilda xalqaro yuk tashish to‘g‘risidagi Bitim loyihasini kelishish va Bitimda ikki davlat avtotashuvchilarining o‘zaro kelishilgan miqdordagi ruxsatnomalar doirasida kirishi va ularni tranzit yig‘imlaridan ozod etishni nazarda tutish;

2. Bitim loyihasini kelishish va Afg‘onistonga/dan yuk tashishni amalga oshirish uchun chegirmalar va imtiyozlar beri? bo‘yicha Afg‘onistonning mas’ul idoralari bilan muzokaralar o‘tkazish.

3. Bitim loyihasini kelgusidagi ikki tomonlama tadbirlar doirasida imzolash va uning kuchga kirishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2020-yil dekabr







2021-yil yanvar





kelishuvga
ko‘ra

Transport vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi

Sh. Abidov,

F. Raximov

4.

O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasidan tovarlarni olib o‘tishda bojxona rasmiylashtiruvini yanada soddalashtirish.

1. Afg‘onistondan kirib kelayotgan va tranzit yuklarni “G‘alaba” tekshirish stansiyasida zamonaviy usullardan foydalangan holda qo‘shimcha (ruxsatsiz) ochmasdan, tezkor (2 soatgacha) tekshirishni ta’minlash tartibini o‘rnatish.

2. Avtotransport vositalarini kelishilgan marshrut bo‘yicha (“G‘alaba” nazorat stansiyasi va “Termiz Kargo” MChJ) yuklash punktlariga olib borishda bojxona kuzatuvini rasmiylashtirish tartibini soddalashtirish va bojlarni bekor qilish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish.

3. Ushbu tartib va takliflarni hujjatlashtirish va amalda tatbiq etish.

2020-yil noyabr





2021-yil yanvar





2021-yil fevral

Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

A. Kamalov,

F. Raximov

5.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar markirovkasiga o‘zbek, dari, pushtu va ingliz tillarida mahsulot tarkibi, xususiyatlari va boshqa ma’lumotlarni kiritish.

1. Afg‘oniston tomonidan import qilinadigan mahsulotlardan kelib chiqib, mahalliy sanoat mahsulotlari ro‘yxatini shakllantirish.

2. Ushbu tovarlar ishlab chiqaruvchilarini o‘z mahsulotlari markirovkasiga ingliz va afg‘on (dari, pushtu) tillarida mahsulot tarkibi, xususiyatlari va boshqa ma’lumotlarni kiritishga targ‘ibot-tashviqot qilish.

2020-yil

noyabr


2020-yil dekabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Savdo sanoat palatasi,

“O‘zstandart” agentligi

A. Jumanazarov, F. Raximov

6.

Afg‘onistondan O‘zbekiston Respublikasiga pul o‘tkazish va boshqa moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish.

Afg‘onistonning Qobul va Mozori-Sharif shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining filiallarini ochish masalasini Markaziy bank tomonidan o‘rganib chiqish va taklif kiritish.

2020-yil dekabr

Markaziy bank

A. Kamalov

7.

Afg‘oniston xaridorlari uchun O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar namunalari bilan tanishish sharoitini yaratish.

Afg‘oniston hududida Hayraton chegara posti yonida tashkil etilayotgan xalqaro savdo-logistika markazida “Made in Uzbekistan” ko‘rgazma-yarmarkasini tashkil etish hamda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar namunalarini joylashtirish.

2021-yil mart

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

tegishli vazirlik

va idoralar

F. Raximov

8.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2019-yil 1-iyulda Mozori-Sharif shahrida afg‘onistonlik ishbilarmonlar bilan uchrashuvi chog‘ida erishilgan kelishuvlarning to‘liq bajarilishini ta’minlash.

1. Afg‘oniston “Arman LTD” kompaniyasiga mineral o‘g‘it yetkazib berish.

2. Termiz shahrida mehmonxona qurilishini amalga oshirish.

3. Axborot byulletenlari va video materiallarni Afg‘oniston OAV orqali tarqatish.

4. Afg‘onistondagi uchta yog‘-moy korxonalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, shuningdek, yangi zavodlarni qurish muddatlari va shartlarini ishlab chiqish.

5. O‘zbekiston ko‘magida Afg‘onistondagi rekonstruksiya qilish zarur bo‘lgan to‘qimachilik fabrikalarini tanlash, shuningdek, yangi to‘qimachilik korxonalarini qurish shartlari bo‘yicha Afg‘oniston tomoni bilan muzokaralar o‘tkazish.

2020-2021-yillar

Ishchi guruh, Surxondaryo viloyati hokimligi,

Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zkimyosanoat” AJ, “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi

A. Jumanazarov,

F. Raximov,

A. Nazarmuxamedov

9.

Afg‘oniston temir yo‘llarida yuk tashishni yengillashtirish choralarini ko‘rish.

1. Afg‘oniston temir yo‘llari bo‘yicha mas’ul idoralar bilan muzokaralar o‘tkazish.

2. Afg‘oniston temir yo‘llarida yuk tashish stavkasiga 50 foizgacha imtiyoz qo‘llash bo‘yicha tegishli kelishuvni Afg‘oniston tomoni bilan imzolash.

3. Temir yo‘l transportida yuk tashish uchun Afg‘oniston tadbirkorlari tomonidan “kodlar”ni tezkor ravishda olish mexanizmini ishlab chiqish.

2020-yil noyabr



2020-yil noyabr


2020-yil dekabr

Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

Sh. Abidov,

F. Raximov

10.

O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit yuklarni tashish bo‘yicha yengilliklar taqdim etish yo‘li bilan tranzit yuklar hajmini oshirish.

1. O‘zbekiston-Afg‘oniston o‘tkazish punktidan “Termiz Kargo” MChJ logistika markazigacha avtomobilda yuk tashishda Afg‘onistonda ro‘yxatdan o‘tgan avtotransport vositalariga nisbatan sun’iy yo‘ldoshli navigatsiya tizimini qo‘llagan holda:

bojxona kuzatuvi uchun belgilangan yig‘imlardan;

vazn parametrlari belgilangan ko‘rsatkichlardan 10 foizgacha ortiq bo‘lganda, og‘ir vaznli yuklarni tashish uchun maxsus ruxsatnoma olishdan;

“Do‘stlik” ko‘prigidan o‘tganligi uchun undiriladigan yig‘imlardan ozod etish masalasini ishlab chiqish.

2020-yildan boshlab

Transport vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi

Sh. Abidov,

F. Raximov

II. Savdo aylanmasini oshirish chora-tadbirlari

11.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan masofadan turib tanishish va savdo qilish imkoniyatini yaratish.

1. Afg‘oniston xaridorlariga www.cooperation.uz elektron portalining savdo maydonchasidan ingliz tilida foydalanish imkoniyatini yaratish.

2. Ushbu portaldan foydalanishni Afg‘oniston hududida keng targ‘ib qilish.

2020-yil noyabr




2020-yil noyabrdan boshlab

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

A. Kamalov

12.

Afg‘oniston bilan o‘zaro savdo hajmini 2023-yilgacha 2 mlrd AQSh dollariga yetkazish.

1. O‘zaro munosabatlar jarayonida yuzaga keladigan muammolarni o‘z vaqtida hal qilish uchun ikki mamlakatning iqtisodiy subyektlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri ishchi aloqalarni o‘rnatish.

2. Afg‘onistonning Balx va O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati rahbarlari boshchiligida chegara savdosini rivojlantirishda yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish maqsadida O‘zbekiston-Afg‘oniston ishchi komissiyasining ikkinchi yig‘ilishini videomuloqot orqali tashkil etish.

3. Tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda Afg‘onistonga eksport qilinadigan sement, temir, suyultirilgan gaz, un, bug‘doy, tuxum va o‘simlik yog‘i kabi asosiy mahsulotlar narxini pasaytirish, ularning Afg‘oniston bozorida raqobatbardoshligini ta’minlash choralarini ko‘rish.

doimiy ravishda





2020-yil noyabr







2020-yil dekabr

Afg‘oniston bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha idoralararo ishchi guruh (Ishchi guruh), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi,

Surxondaryo viloyati hokimligi, Davlat bojxona qo‘mitasi,

tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektlar

F. Raximov

13.

Tovuqlarni xalqaro standartlar asosida so‘yib, go‘shtini qadoqlab, Afg‘onistonga eksport qilish choralarini ko‘rish.

1. O‘zbekistonda “Halol” sertifikatini joriy qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralarni yakunlash.

2. “O‘zstandart” agentligi tomonidan korxonalarga ISO 22000 va “Halol” standartlarini joriy etish bo‘yicha konsultatsiyalar berish.

3. Mahalliy sarmoyador tadbirkorlar bilan “Halol” standarti asosida qushxonalar tashkil etish.

4. Afg‘onistonlik import qiluvchilar bilan “Halol” standarti asosida qadoqlangan tovuq mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha tegish?i shartnomalar imzolash.

5. Mahsulot yetkazishni boshlash.

2020-yil noyabr



2020-yil dekabr


2021-yil yanvar


2021-yil fevral



2021-yil aprel

“Parrandasanoat” uyushmasi,

“O‘zstandart” agentligi,

Surxondaryo viloyati hokimligi,

Savdo-sanoat palatasi

A. Jumanazarov,

F. Raximov

14.

Marmar va tosh mahsulotlari eksporti hajmlarini oshirish.

1. Afg‘oniston davlati bilan kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish, tabiiy pardozbop toshlar xomashyosi importini yo‘lga qo‘yish hamda ularni qayta ishlagan holda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega pardozbop toshlar ishlab chiqarishni tashkil etish.

2. Marmar va tosh eksporti hajmini yiliga 2,1 mln AQSh dollariga yetkazish.

2020-2021-yillar





2021-yil

dekabr

“O‘zsanoatqurilish-materiallari” uyushmasi,

Surxondaryo viloyati hokimligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Sh. Abidov,

F. Raximov

15.

Xalq iste’mol tovarlarining eksporti hajmini oshirish va yangi turlari eksportini yo‘lga qo‘yish.

1. Xalq iste’mol tovarlari (termos idishlar, sharnirlar, osma qulflar, mebel furniturasi, tish tozalash vositalari, qalam va ruchka, plastmassadan tayyorlangan oshxona idishlari) ishlab ch�qarishni tashkil qilish.

2. Xalq iste’mol tovarlari eksportini yiliga 32,9 mln AQSh dollariga yetkazish.

2021-yildan boshlab

Surxondaryo viloyati hokimligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Sh. Abidov,

F. Raximov

16.

Tamaki mahsulotlarining eksport hajmini oshirish.

1. “Toshkent Tabakko” bosh ofislari (“Japan Tobacco” va “Philip Morris”) bilan Afg‘onistonga eksport qilish bo‘yicha kelishuvlarni imzolash.

2. Tamaki mahsulotlarining yillik eksport hajmini 5,2 mln AQSh dollariga yetkazish.

2021-yildan boshlab

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Surxondaryo viloyati hokimligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

F. Raximov

17.

Gigiyenik vositalar eksportini yo‘lga qo‘yish.

1. Navoiy va Buxoro viloyatlarida bolalar tagliklari ishlab chiqarish quvvatlarini 100 foizga yetkazish.

2. Gigiyenik vositalar eksporti hajmini 17,4 mln dollarga yetkazish.

2020-yil dekabr



2021-yanvardan boshlab

Navoiy va Buxoro viloyatlari hokimliklari,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

F. Raximov, Sh. Abidov

18.

Mebel mahsulotlari eksportini yo‘lga qo‘yish.

1. Surxondaryo viloyatida mebelsozlik yo‘nalishida amalga oshirilishi belgilangan loyihalarning manzilli ro‘yxatini shakllantirish.

2. Loyihalarning quvvatlari hamda eksport imkoniyatlarini tahlil qilgan holda, loyihalarni muddatida ishga tushirish choralarini ko‘rish.

3. Mahsulotlarning xalqaro standartlar asosida ishlab chiqarilishiga hamda sifat ko‘rsatkichlariga rioya qilish.

4. Mebelmahsulotlari yillik eksport hajmini 1,1 mln AQSh dollariga yetkazish.

2020-yil noyabr



doimiy ravishda




doimiy ravishda



2021-yildan boshlab

Surxondaryo viloyati hokimligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

F. Raximov, Sh. Abidov

19.

Bolalar kiyimlari eksportini yo‘lga qo‘yish.

Surxondaryo viloyatidagi ip kalava (6 ta korxona — 40,5 ming tonna) va tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar (2 ta korxona — 3,8 mln dona) hamda respublikaning boshqa hududlaridagi to‘qimachilik matolari ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish hisobiga bolalar kiyimlari yillik eksportini 4,8 mln AQSh dollariga yetkazish.

2021-yildan boshlab

O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,

Surxondaryo viloyati hokimligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

F. Raximov, Sh. Abidov

20.

Afg‘onistondan meva-sabzavot va yong‘oq kabi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va uchinchi davlatlarga reeksport qilish maqsadida olib kirishni tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganish.

1. Afg‘onistonda yetishtiriladigan va O‘zbekistonda tanqis bo‘lgan meva-sabzavot va yong‘oq kabi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxatini shakllantirish.

2. Ushbu mahsulotlarni hamkorlikda qayta ishlash maqsadida O‘zbekiston va Afg‘oniston tomonidan hamkorlar topish va qo‘shma korxonalarni tashkil etish bo‘yicha takliflarni shakllantirish.

3. Tayyor mahsulotlarni reeksport qilish chorasini ko‘rish.

2020-yil noyabr



2020-yil noyabr-dekabr



2021-yil

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo sanoat palatasi,

Surxondaryo viloyati hokimligi

F. Raximov

21.

Afg‘onistonga eksport qilish uchun un, non mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, meva-sabzavot va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan qiymati 75,6 million AQSh dollariga teng 7ta loyihani amalga oshirish.

1. Loyihalar bo‘yicha biznes-reja va boshqa zarur loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.

2. O‘zbekiston va Afg‘oniston tashabbuskorlari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish va loyihalarni amalga oshirish shartlarini kelishib olish.

3. Loyihalarni amalga oshirish uchun moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

4. Qurilish va ta’mirlash hamda asbob-uskunalarning montaj ishlarini yakunlash.

5. Ishlab chiqarish va eksport faoliyatini boshlash.

2020-yil noyabr


2020-yil noyabr



2020-yil dekabr


2021-yil sentyabr


2021-yil oktyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo sanoat palatasi,

tegishli vazirlik va idoralar,

tijorat banklari

F. Raximov

22.

Zargarlik yo‘nalishidagi hamkorlikni rivojlantirish.

1. Afg‘onistonning Badaxshon hududidagi lojuvard qimmatbaho zargarlik toshlarini qayta ishlash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish.

2. Termiz shahrida afg‘onistonlik investorlar bilan hamkorlikda lojuvard qimmatbaho zargarlik toshlarini qayta ishlash bo‘yicha korxona tashkil etish.

3. Ishlab chiqarish faoliyatini va Afg‘oniston hamda uchinchi mamlakatlarga mahsulot eksportini boshlash.

2020-yil noyabr


2021-yil yanvar


2021 yil iyun

“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi,

Surxondaryo viloyati hokimligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

A. Jumanazarov, F. Raximov

23.

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish.

1. “Termiz Xalqaro savdo markazi” hududida Afg‘oniston kompaniyalari ishtirokida meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi va qadoqlovchi korxonalarni tashkil etish, keyinchalik ularning mahsulotlarini MDH bozorlariga eksport qilish bo‘yicha hamkorlik qilish.

2. Afg‘onistonda to‘qimachilik va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi va qadoqlovchi korxonalarni tashkil etish hamda ularning mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga bojsiz yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik qilish.

3. Afg‘onistonda O‘zbekiston sanoatining ehtiyojlari uchun mineral xomashyo qazib olishni nazarda tutuvchi korxonalarni tashkil etish bo‘yicha afg‘on tomoni takliflarini o‘rganib chiqish.

2020-2021-yillar





2020-2021-yillar





2020-yil noyabr — 2021-yil mart

Ishchi guruh, Surxondaryo viloyati hokimligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi,O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Davlat geologiya qo‘mitasi, “O‘zkimyosanoat” AJ, “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zqurilishmaterial-lari” uyushmasi

A. Jumanazarov, F. Raximov

III. Infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar

24.

“500 kVt quvvatli “Surxon-Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasini qurish” loyihasining amalga oshirilishini tezlashtirish.

1. Loyihaning moliyalashtirilishi Osiyo taraqqiyot banki tomonidan tasdiqlangandan so‘ng Afg‘oniston tomoni bilan qurilish bo‘yicha tegishli kelishuvga erishish.

2. “Surxon-Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasining O‘zbekiston hududidagi qismini qurish ishlarini yakunlash.

3. Loyiha doirasida Afg‘oniston hududidagi qurilish ishlarini boshlash.

4. Afg‘onistonda elektr energiyasini boshqarish va hisobga olish avtomatlashtirilgan tizimini (ASKUE) tatbiq etish va Qobuldagi elektr taqsimlash tarmoqlarini yangilashda hamkorlik qilish.

2020-yil noyabr



2021-yil mart


2021-yil avgust



2020-2021-yillar

Energetika vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

A. Jumanazarov

25.

Pokiston dengiz portlariga chiqish imkoniyatini beradigan “Mozori-Sharif-Qobul” temir yo‘lini qurish loyihasining barcha jihatlarini muhokama qilish va amalga oshirish.

1. Afg‘onistonning Transport vazirligi va boshqa tegishli idoralari ishtirokida Ishchi guruhi tashkil etish.

2. O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston transport vazirlari o‘rtasida trans-afg‘on temir yo‘lining optimal, iqtisodiy jihatdan foydali yo‘nalishini tezkor o‘rganish va tanlash bo‘yicha muzokaralar olib borish.

3. O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston davlat rahbarlari nomidan loyihani moliyalashtirish uchun AQSh Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasining va boshqa xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb etish uchun qo‘shma murojaat jo‘natish.

4. Tegishli hujjatlarni tayyorlash.

5. Loyihaning amalga oshirilishini boshlash.

2020-yil noyabr



2020-yil dekabr





2020-yil dekabr






2021-yil iyun

2021-yil sentyabr

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Transport vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

Sh. Abidov,

F. Raximov

26.

O‘zbekiston va Afg‘oniston oliy ta’lim vazirliklari o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlik qilish.

1. Afg‘onistonning arxitektura va qurilish sohasidagi salohiyatini oshirish maqsadida ushbu sohadagi O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikni rivojlantirish masalasini o‘rganib chiqish.

2. Afg‘oniston fuqarolarini O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida grant asosida magistratura va doktoranturada (PhD) o‘qitish uchun kvotalar ajratish masalasini o‘rganib chiqish.

3. Takliflar asosida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorini tasdiqlash.

4. Qabul qilingan qaror haqida afg‘on tomonini xabardor qilish.

2020-yil dekabr




2020-yil dekabr



2021-yil fevral

2021-yil mart

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Tashqi ishlar vazirligi

B. Onorboyev

27.

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan “A?g‘oniston fuqarolarini o‘qitish markazi” faoliyatini takomillashtirish.

1. O‘quv markazining afg‘on bitiruvchilari uchun diplomlarni rasmiylashtirish to‘g‘risidagi murojaatini o‘rganib chiqib, takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2. Termiz ta’lim markazining 2 yillik kurslarini tugatgan Afg‘onistonning 96 nafar fuqarosiga “o‘zbek tili va adabiyoti” ixtisosligi bo‘yicha bakalavr diplomini berish va ularni legalizatsiya qilish masalasini hal etish.

3. “Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish markazi”da “Tadbirkorlik asoslari” yo‘nalishini tashkil etish.

4. Surxondaryo viloyatidagi korxona va tashkilotlarning malakali mutaxassislari tomonidan amaliy seminarlar tashkil etish.

2020-yil noyabr



2020-yil dekabr





2021-yil mart


doimiy ravishda

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Tashqi ishlar vazirligi,

Surxondaryo viloyati hokimligi

B. Onorboyev

28.

Afg‘oniston hududida, jumladan Hayraton shahridagi “quruq portlar”ni modernizatsiya qilish va kengaytirish.

1. O‘zbekistonning Afg‘onistondagi elchixonasi orqali afg‘on tomonidan “quruq portlar” bo‘yicha takliflarni olish.

2. “Quruq portlar” bo‘yicha taklifni o‘rganish va tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

3. Afg‘onistondagi “quruq portlar”ni modernizatsiya qilish bo‘yicha tegishli shartnomani imzolash.

4. Modernizatsiya ishlarini boshlash.

2020-yil noyabr


2020-yil dekabr



2021-yil yanvar

2021-yil mart

Transport vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

Sh. Abidov,

F. Raximov

29.

Toshkent shahri hamda Qobul va Mozori-Sharif shaharlari o‘rtasida doimiy to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlarni tiklash.

1. Afg‘onistonning “KamAir” va “Ariana Afghan Airlines” kompaniyalari hamda “Uzbekistan Airways” AJ va “Uzbekistan Airports” AJ o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish.

2. Ikki tomonlama kelishuvni imzolash.

3. Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlarni amalga oshirish.

2020-yil noyabr



2020-yil dekabr
2021-yil yanvar

Transport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

Sh. Abidov,

F. Raximov

30.

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida avtomobil transporti to‘g‘risida bitim imzolash.

1. Bitim loyihasini ishlab chiqish va tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2. Bitim loyihasini afg‘on tomoni bilan kelishish.

3. Kelishilgan hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

4. Bitimni imzolash.

2020-yil noyabr

2020-yil dekabr

2021-yil yanvar

2021-yil fevral

Transport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi

Sh. Abidov,

F. Raximov

31.

Afg‘onistonning qadimiy shaharlaridagi madaniyat va san’at yodgorliklarini qayta tiklash.

1. O‘zbekiston va Afg‘oniston mutaxassislari o‘rtasida ishchi guruhini tashkil etish, madaniyat va san’at yodgorliklari ro‘yxatini shakllantirish.

2. Ishchi guruhi a’zolari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish va amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda ularning moliyalashtirish manbalarini kelishish.

3. Madaniyat va san’at yodgorliklarini joyiga borib o‘rganish.

4. Loyihani amalga oshirish yuzasidan tegishli shartnomani imzolash.

5. Saralab olingan madaniyat va san’at yodgorliklarini qayta tiklash bo‘yicha ishlarni boshlash.

2020-yil noyabr



2021-yil yanvar



2021-yil mart

2021-yil aprel


2021-yil may

Madaniyat vazirligi, Qurilish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, loyihalash va pudratchi tashkilotlar

Sh. Abidov,

F. Raximov

32.

Afg‘onistondagi infratuzilma obyektlari — avtomobil va temir yo‘llari, fuqarolik va sanoat obyektlarini qurish uchun tender savdolarisiz to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida O‘zbekistonning loyihalash va pudrat tashkilotlarini jalb qilish.

1. Afg‘onistondagi qurilish obyektlari ro‘yxatini o‘zbek tomoniga taqdim etish.

2. Afg‘onistonning tegishli idoralari tomonidan har bir obyekt bo‘yicha taqdimotlar tayyorlash.

3. O‘zbekistonning loyiha va pudratchi tashkilotlariga Afg‘onistonda qurilishi rejalashtirilayotgan bino va obyektlar taqdimotini tashkil etish.

4. Tegishli shartnomalarni imzolash va qurilish ishlarini tashkil etish.

2020-yil dekabr


2021-yil fevral



2021-yil mart


kelishuv asosida

Qurilish vazirligi, Transport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, loyihalash va pudratchi tashkilotlar

Sh. Abidov,

F. Raximov

IV. Ikki tomonlama hamkorlik

33.

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tadb�rlar o‘tkazish.

1. O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasining ikkinchi yig‘ilishini o‘tkazish.

2. O‘zbekiston va Afg‘onistonda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forumlar, milliy ko‘rgazmalar va savdo yarmarkalarini tashkil etish.

3. O‘zbek-Afg‘on davlat va xususiy sektorlar muloqotining (PPD) uchinchi anjumanini o‘tkazish.

4. Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikka oid sakkizinchi xalqaro konferensiyani (RECCA VIII) Toshkentda tashkil etish.

5. Ikki mamlakat ilm-fan va madaniyat arboblarining (Al-Beruniy, Alisher Navoiy va Gavharshod begim) yubileylarini nishonlash.

2021-yil


2020-2021-yillar



2021-yil


2021-yil



2020-2021-yillar

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, tegishli vazirlik va idoralar

F. Raximov