12.11.2020 yildagi PF-6109-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati va Toshkent shahrida maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori texnologiyalarga asoslangan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish, mintaqaviy savdoni rivojlantirish, mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga olib chiqish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, chegaraoldi va respublikaning boshqa viloyatlarini bogʻlovchi, qulay hududda joylashgan maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish ularning hududida yangi kompleks ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va savdo infratuzilmasini rivojlantirishni taqozo etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligining “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi negizida ishlab chiqaruvchilar, eksport qiluvchilar va xaridorlar uchun saqlash, transport va boshqa zamonaviy xizmatlar infratuzilmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi hududini qisqartirish hisobiga tegishli infratuzilma obyektlari bilan taʼminlangan “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi (keyingi oʻrinlarda — Termiz xalqaro savdo markazi) hamda “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati hokimligi (T.A. Bobolov) Davlat xavfsizlik xizmati (A.A. Azizov) bilan birgalikda “Termez Cargo Centre” MChJni Termiz xalqaro savdo markazi ishtirokchilari reyestriga oʻrnatilgan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Termiz” erkin iqtisodiy zonasi hamda Termiz xalqaro savdo markazi tarkibiga kiruvchi hududlarning chegaralarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termiz xalqaro savdo markazi faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish dasturini tasdiqlash, shuningdek, tovarlarni olib kirish, olib chiqish, tegishli bojxona rejimlarini rasmiylashtirish, mahsulotlarni realizatsiya qilish, xorijiy fuqarolar va transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi, ushbu hududda boʻlishi hamda undan chiqishi bilan bogʻliq tartibni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Termiz xalqaro savdo markazi hududida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy texnologiyalar asosida mahsulotlarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash, saralash va qadoqlash xizmatlari hamda elektron savdo portallari tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yagona darcha” va interaktiv mexanizmlar asosida bojxona, soliq, sertifikatsiya, fitosanitariya, veterinariya, transport, bank va valyuta ayirboshlash, mobil aloqa hamda mijozlar uchun tibbiyot va mehmonxona, avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish va boshqa xizmatlar yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Afgʻoniston Islom Respublikasi fuqarolari va ushbu davlat hududidan kiruvchi boshqa davlat fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning, istisno tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizasini rasmiylashtirmasdan, shaxsiy va pasport nazoratidan oʻtgan holda (vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtmasdan) oʻn kun davomida hududga kirish, hududda boʻlish va undan chiqish tartibi joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar tomonidan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga realizatsiya qilinadigan hamda Afgʻoniston Islom Respublikasi hududiga olib chiqiladigan tovarlar va xizmatlar eksportga tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el tovarlari “erkin bojxona zonasi” bojxona rejimiga rasmiylashtirish orqali joylashtiriladi hamda, istisno tariqasida, ushbu tovarlar bilan chakana savdo operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsat etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan xorijiy davlat fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar harakatlanish hujjatlari asosida alohida nazorat oʻtkazish punkti orqali oʻtadi va ortga qaytishga faqat kirgan nazorat oʻtkazish punkti orqali ruxsat etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Termiz xalqaro savdo markazi hududiga Afgʻoniston Islom Respublikasi tomonidan kirish va undan chiqish “Termiz-avtoyoʻl” oʻtkazish punktidan maxsus texnik vositalari bilan jihozlangan alohida yoʻlak (koridor) orqali belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida Toshkent shahrining Sergeli tumanida “Sergeli industrial parki” kichik sanoat zonasi (keyingi oʻrinlarda — Sergeli industrial parki) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi, “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi va “Sergeli industrial parki” kichik sanoat zonasi faoliyatini rivojlantirish boʻyicha ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruhi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruhining (A.N. Aripov) asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Termiz” erkin iqtisodiy zonasi, Termiz xalqaro savdo markazi va Sergeli industrial parki hududiga salohiyatli investorlarni jalb qilish va yuqori texnologik jahon bozorida raqobatbardosh yangi mahsulot ishlab chiqarish va sifatli xizmatlar koʻrsatilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Termiz” erkin iqtisodiy zonasi, Termiz xalqaro savdo markazi va Sergeli industrial parki obyektlarining qurilishi va faoliyatini yoʻlga qoʻyishga masʼul boʻlgan vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Termiz” erkin iqtisodiy zonasi, Termiz xalqaro savdo markazi va Sergeli industrial parki tashqi muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasi qurilishi boʻyicha loyihalarning oʻz vaqtida ishlab chiqilishi, qurilishini moliyalashtirish manbalarini aniqlash va ularning amalga oshirilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasi zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan oʻn kun muddatda ustav fondlarini shakllantirish uchun Termiz xalqaro savdo markazi va Sergeli industrial parki direksiyalariga 5,0 mlrd soʻmdan mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi, Termiz xalqaro savdo markazi va Sergeli industrial parki hududida qurilishi tugallangan obyektlar oʻrnatilgan tartibda foydalanishga qabul qilingandan soʻng Ishchi guruhi tomonidan belgilanadigan qiymatda va tartibda (“Termez Cargo Centre” MChJ obyektlaridan tashqari) “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi, Termiz xalqaro savdo markazi va Sergeli industrial parki direksiyalari (keyingi oʻrinlarda — Direksiyalar) tomonidan oshkora savdolar oʻtkazish yoʻli bilan talabgorlarga sotiladi yoki lizing asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) hisobidan oʻrnatilgan tartibda Surxondaryo viloyati hokimligiga Termiz xalqaro savdo markazi obyektlari qurilishiga 20 mln AQSh dollariga teng miqdorda hamda Toshkent shahar hokimligiga Sergeli industrial parki obyektlari qurilishiga 40 mln AQSh dollariga teng miqdorda kredit ajratish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Termiz xalqaro savdo markazi va Sergeli industrial parki obyektlarini qurishda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma kreditlari Surxondaryo viloyati hokimligiga 4 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davrni va Toshkent shahar hokimligiga 3 yil muddatga, shu jumladan 1 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, yillik foiz stavkasi 6 oylik LIBOR + 2 foizda obyektlar qurilish-montaj ishlarini bajarish hamda zarur infratuzilmalarni barpo etishga Maʼmuriy kengashlar tomonidan tasdiqlanadigan manzilli roʻyxatlarga asosan ajratiladi;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-fevraldagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 06/23/26/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlarning asosiy qarz va foiz toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlash Termiz xalqaro savdo markazi va Sergeli industrial parki obyektlarini investorlarga sotish, lizing yoki ijara shartnomalari asosida taqdim etishdan tushadigan mablagʻlar hamda tegishli hokimliklarning boshqa mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termiz xalqaro savdo markazi va Sergeli industrial parki hududida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari loyiha tashabbuskorlari mablagʻlari, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari hamda tijorat banklari kreditlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati (T.A. Bobolov) va Toshkent shahar (J.A. Artikxodjayev) hokimliklari Jamgʻarmadan Direksiyalarga ajratiladigan kredit mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi, kredit mablagʻlari toʻliq va oʻz vaqtida qaytarilishi uchun shaxsan masʼul ekanliklari belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan Surxondaryo viloyati va Toshkent shahar hokimliklariga ajratiladigan kreditlarni qaytarish prognoz jadvallari 2-3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ichki ishlar vazirligi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Termiz xalqaro savdo markazi hududini qoʻriqlash, jamoat tartibini saqlash hamda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun talab etiladigan shaxsiy tarkib shtat birligini belgilash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi, Termiz xalqaro savdo markazi va Sergeli industrial parki obyektlarini qurish hamda faoliyat koʻrsatishi davrida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Direksiyalarga obyektlarni sotish, lizing va ijaraga berishdan tushgan tushumning Jamgʻarmadan olingan kreditni qaytarishga yoʻnaltirilgan qismi boʻyicha foyda soligʻi stavkasi 2023-yilga qadar 50 foizga kamaytirilgan holda hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2023-yil 1-yanvarga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarni qurishga jalb qilingan loyihachi va bosh pudrat tashkilotlari hamda Direksiyalar qurilish ishlarini amalga oshirishda zarur boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha import qilinadigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, maxsus texnika va qurilish texnikasi, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, metall konstruksiyalarini xorijdan olib kelishda bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimidan tashqari) ozod qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarni qurishga jalb qilingan loyihachi va bosh pudrat tashkilotlari hamda Direksiyalarga qurilish ishlarini amalga oshirish uchun import qilinadigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, maxsus texnika va qurilish texnikasi, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, metall konstruksiyalari uchun hisoblangan qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashni Direksiyalarning kafolat xati asosida 120 kunga qadar kechiktirish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.U. Umurzakov, Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolov hamda Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan chora-tadbirlar natijadorligi toʻgʻrisida 2021-yil 1-mart hamda 1-sentabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 12-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-6109-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PF-6109-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Termiz” erkin iqtisodiy zonasi, “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi va “Sergeli industrial parki” kichik sanoat zonasi faoliyatini rivojlantirish boʻyicha ishchi guruhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Ishchi guruhi rahbari

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari

S.U. Umurzakov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari

J.A. Artikxodjayev

Toshkent shahar hokimi*

T.A. Bobolov

Surxondaryo viloyati hokimi*

M.B. Azimov

Davlat bojxona qoʻmitasi raisi

Sh.D. Qudbiyev

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

A.J. Ortiqov

iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari

S.X. Bekenov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

L.Sh. Qudratov

investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

O.Z. Nasritdinxodjayev

moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

Sh.S. Xidoyatov

qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari

I.R. Mahkamov

transport vaziri vazifasini bajaruvchi

Sh.A. Vafayev

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ijrochi direktori

Sh.A. Abidov

Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudiri, Ishchi guruhi kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruhiga zarur holda vazirlik va idoralar rahbarlari hamda mutaxassislarini jalb qilish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* tegishli hududlarda barpo etiladigan obyektlar masalalarida ishtirok etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PF-6109-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan Surxondaryo viloyati hokimligiga ajratiladigan kreditni qaytarish prognoz
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Kredit summasi

20 000 ming AQSh dollari ekvivalentida

Kredit muddati

4 yil

Imtiyozli davr

2 yil

Foiz stavkasi (oʻzgaruvchan)

6 oylik LIBOR + 2 foiz yillik

Kreditni tashkil etish uchun komissiya

0,3 foiz

Majburiyat boʻyicha komissiya

0,3 foiz yillik

(ming AQSh dollarida)

Toʻlash davri

Tanlab olish*

Toʻlov summasi*

Komissiya

Toʻlanishi kerak boʻlgan jami summa*

Asosiy qarz

Foizlar

Kreditni tashkillashtirish uchun

Majburiyat boʻyicha

2021-yilning I yarim yilligi

10 000,00

-

-

60**

-

60

2021-yilning II yarim yilligi

-

-

106,27**

-

14,38**

120,65

2022-yilning I yarim yilligi

9 000,00

-

115,51

-

14,61

130,12

2022-yilning II yarim yilligi

-

-

373,00

-

1,48

374,48

2023-yilning I yarim yilligi

-

4 000,00

653,02

-

1,49

4 654,51

2023-yilning II yarim yilligi

1 000,00

4 000,00

524,09

-

1,51

4 525,60

2024-yilning I yarim yilligi

-

4 000,00

414,71

-

-

4 414,71

2024-yilning II yarim yilligi

-

4 000,00

279,51

-

-

4 279,51

2025-yilning I yarim yilligi

-

4 000,00

137,48

-

-

4 137,48

Jami

20 000,00

20 000,00

2 603,59

60,00

33,47

22 697,06

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Kreditning haqiqatda olingan miqdori va sanasidan kelib chiqqan holda aniqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
**Haqiqiy toʻlovlar.
(2-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-fevraldagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 06/23/26/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PF-6109-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan Toshkent shahar hokimligiga ajratiladigan kreditni qaytarish prognoz
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Kredit summasi

40000,0 ming AQSh dollari ekvivalentida

Kredit muddati

3 yil

Imtiyozli davr

1 yil

Foiz stavkasi (oʻzgaruvchan)

6 oylik LIBOR + 2 foiz yillik

Kreditni tashkil etish uchun komissiya

0,3 foiz

Majburiyat boʻyicha komissiya

0,3 foiz yillik

(ming AQSh dollarida)

Toʻlash davri

Tanlab olish*

Toʻlov summasi*

Komissiya

Toʻlanishi kerak boʻlgan jami summa*

Asosiy qarz

Foizlar

Kreditni tashkillashtirish uchun

Majburiyat boʻyicha

2020-yilning II yarim yilligi

10 000,0

120,0

120,0

2021-yilning I yarim yilligi

20 000,0

168,4

37,3

205,7

2021-yilning II yarim yilligi

10 000,0

8000,0

393,3

7,6

8 400,8

2022-yilning I yarim yilligi

8000,0

357,9

8 357,9

2022-yilning II yarim yilligi

8000,0

269,9

8 269,9

2023-yilning I yarim yilligi

8000,0

178,9

8 178,9

2023-yilning II yarim yilligi

8000,0

90,0

8 090,0

Jami

40000,0

40000,0

1458,3

120,0

44,9

41623,2

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Kreditning haqiqatda olingan miqdori va sanasidan kelib chiqqan holda aniqlashtiriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2020-y., 06/20/6109/1511-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2023-y., 06/23/26/0101-son)