15.10.2020 yildagi 513-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori, 15.10.2020 yildagi 513-IV-son
Кучга кириш санаси
15.10.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish toʻgʻrisidagi Xalqaro konvensiya qoidalarini bajarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Oʻninchi — Oʻn ikkinchi davriy maʼruzalarini koʻrib chiqish yakunlari yuzasidan BMT Irqiy kamsitishni tugatish boʻyicha qoʻmitasining yakuniy mulohazalari va tavsiyalarini bajarish yuzasidan 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan Milliy harakatlar rejasi haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish toʻgʻrisidagi Xalqaro konvensiya qoidalarini bajarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Oʻninchi — Oʻn ikkinchi davriy maʼruzalarini koʻrib chiqish yakunlari yuzasidan BMT Irqiy kamsitishni tugatish boʻyicha qoʻmitasining yakuniy mulohazalari va tavsiyalarini bajarish yuzasidan 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan Milliy harakatlar rejasini amalga oshirish, shuningdek inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish boʻyicha xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish toʻgʻrisidagi Xalqaro konvensiya qoidalarini bajarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Oʻninchi — Oʻn ikkinchi davriy maʼruzalarini koʻrib chiqish yakunlari yuzasidan BMT Irqiy kamsitishni tugatish boʻyicha qoʻmitasining yakuniy mulohazalari va tavsiyalarini bajarish yuzasidan 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan Milliy harakatlar rejasi (bundan buyon matnda Milliy harakatlar rejasi deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy harakatlar rejasining amalga oshirilishini monitoring qilish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Milliy harakatlar rejasining ijrosini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. Saidov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 15-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
513-IV/KQ-138-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 15-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
513-IV/KQ-138-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 15-oktabrdagi 513-IV/KQ-138-IV-sonli Qoʻshma qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish toʻgʻrisidagi Xalqaro konvensiya qoidalarini bajarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Oʻninchi — Oʻn ikkinchi davriy maʼruzalarini koʻrib chiqish yakunlari yuzasidan BMT Irqiy kamsitishni tugatish boʻyicha qoʻmitasining yakuniy mulohazalari va tavsiyalarini bajarish yuzasidan 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MILLIY HARAKATLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

№

BMT Irqiy kamsitishni tugatish boʻyicha qoʻmitasining tavsiyalari

Tavsiyalarni amalga oshirish boʻyicha tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Masʼul ijrochilar

I. Statistika

1.

5-band. Qoʻmita ishtirokchi-davlatni ishonchli statistik maʼlumotlarni toʻplashning samarali tizimini yaratishga chaqiradi. Qoʻmita, shuningdek, ishtirokchi-davlatga oʻzini oʻzi identifikatsiya qilish prinsipini hisobga olgan holda, muntazam ravishda oʻtkaziladigan milliy roʻyxatga olish uchun huquqiy va institutsional doira yaratishni tavsiya qiladi. Ishtirokchi-davlat Qoʻmitaga oʻzining navbatdagi davriy maʼruzasida oʻz aholisining etnik mansubligi, milliy kelib chiqish tarkibi, va tillari boʻyicha yangilangan statistik maʼlumotlarni, shu jumladan muhojirlar, qochoqlar, boshpana izlovchilar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toʻgʻrisidagi koʻrsatkichlarni, shuningdek tegishli ijtimoiy-iqtisodiy maʼlumotlarni taqdim etishi kerak. Qoʻmita kelgusida ishtirokchi-davlatga barcha etnik guruhlar bilan maslahatlashuvlar oʻtkazishini hamda maʼlumotlar toʻplash metodologiyasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishda ishtirok etishini konstruktiv ravishda taʼminlashi lozimligini tavsiya etadi.

1. Etnik mansublik, milliy kelib chiqish, mamlakat aholisi tomonidan foydalaniladigan tillar masalalari boʻyicha statistik maʼlumotlarni toʻplash tizimini takomillashtirish.

1. Davlat statistika qoʻmitasi huzurida Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish toʻgʻrisidagi Xalqaro konvensiya (bundan buyon matnda Konvensiya deb yuritiladi) talablariga javob beradigan statistik koʻrsatkichlarni ishlab chiqish boʻyicha Ishchi guruhini shakllantirish.

2021-yil

fevral

Davlat statistika qoʻmitasi, IHMM, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Konvensiya normalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha statistik maʼlumotlarni toʻplash, tahlil qilish, umumlashtirish va huquqiy baholash masalalarini tartibga solishni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

1. Konvensiya normalarini hisobga olgan holda “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2020-yil

noyabr

Davlat statistika qoʻmitasi, IHMM, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

3. Oʻzbekistonda yashayotgan millat va elatlar vakillariga nisbatan inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlarning bajarilishini aks ettiruvchi davlat organlari faoliyatining sifat va miqdor koʻrsatkichlari roʻyxatini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Millatlararo munosabatlar va ijtimoiy hayotning turli sohalarida etnik guruhlar vakillarining teng huquqliligini taʼminlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish masalasi boʻyicha statistik axborot tizimini shakllantirishga doir “Yoʻl xaritasi”ni qabul qilish va amalga oshirish.

2021 yil

avgust

Davlat statistika qoʻmitasi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, IHMM, Ombudsman, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, milliy madaniy markazlar

4. Oʻz huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarishda etnik guruhlar vakillari duch kelayotgan masalalarni aniqlash boʻyicha milliy madaniy markazlar bilan maslahatlashuv oʻtkazish.

1. Etnik guruhlarning huquqlarini amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi omillar boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash va ularning huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2021 yil

yanvar

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Ombudsman, Bosh prokuratura, IIV, Adliya vazi?ligi, Xalq taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, milliy madaniy markazlar

II. Irqiy kamsitishni aniqlash va qonunchilik, shuningdek etnik ozchilikning huquqlari

2.

7-band. Konvensiyada koʻzda tutilgan barcha belgilar boʻyicha kamsitishdan huquqiy himoya qilish zarurati toʻgʻrisida eslatib, Qoʻmita irqiy kamsitishni taqiqlovchi umumiy qoʻllanadigan qonunchilik irqiy kamsitishga qarshi samarali kurash uchun zarur vosita ekanligi haqidagi oʻz fikrini tasdiqlaydi. Qoʻmita ishtirokchi-davlatga irqiy kamsitishni bartaraf etish uchun umumiy qoʻllanadigan qonunchilikni qabul qilishi toʻgʻrisidagi quyidagilarni oʻz ichiga olgan tavsiyasini takrorlaydi (CERD/C/UZB/CO/8-9, 5-band):

a) Konvensiyaning 1-moddasiga toʻla muvofiq boʻlgan irqiy kamsitish taʼrifini toʻliq kiritish;

b) Konvensiyaning 5-moddasida koʻrsatilgan barcha huquqlarni amalga oshirish orqali toʻgʻridan toʻgʻri va bilvosita kamsitishni taqiqlash;

c) Konvensiyaning 6-moddasiga binoan Qoʻmitaning 26-sonli (2000-yil) umumiy ta�siyalarini hisobga olgan holda, qonunchilikni buzganlik uchun jazo tayinlash va irqiy kamsitish qurbonlariga yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash choralarini koʻrish;

d) huquqiy himoya va zararning oʻrnini qoplash vositalarini taqdim etish boʻyicha mehanizmlar yaratishni koʻrib chiqish.

11-band. Qoʻmita avvalgi tavsiyalarini yana bir bor takrorlab, ishtirokchi-davlatga etnik ozchilik guruhlariga mansub shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni barcha etnik guruhlar bilan maslahatlashgan holda ishlab chiqish va qabul qilish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrishni tavsiya qiladi (CERD/C/UZB/CO/8-9, 10-band).

1. Oʻzbekiston Respublikasining “Kamsitishga yoʻl qoʻymaslik va tenglik toʻgʻrisida”gi qonunini ishlab chiqish va qabul qilish masalasini oʻrganish.

1. Irqiy kamsitishni tugatish toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha ishchi guruh tuzish. Bundan quyidagilarni kiritish oʻrin olgan:
- Konvensiyaning 1-moddasiga muvofiq milliy qonunchilikda “irqiy kamsitish” taʼrifini;

bevosita va bilvosita kamsitishni taqiqlash;

- qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni belgilash va irqiy kamsitish qurbonlariga yetkazilgan zarar qoplanishini taʼminlash;

- mazkur ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish mexanizmlarini aniqlashtirish va boshqalar.

2021 yil
yanvar

Adliya vazirligi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Bosh prokuratura akademiyasi, Oliy sud, Ombudsman, IHMM, TDYU

2. “Irqiy kamsitish”, “bevosita va bilvosita kamsitish” atamalari maʼnolarini belgilash masalasini huquqiy tartibga solish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish, etnik guruhlarning huquqlarini irqiy kamsitishdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni belgilash.

2021 yil
fevral

Adliya vazirligi, TDYU, Bosh prokuratura akademiyasi, IIV akademiyasi, Sudyalar oliy maktabi, JID�

3. Amaldagi qonunchilikni Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish toʻgʻrisidagi Xalqaro konvensiya qoidalariga muvofiqligi boʻyicha tahlil qilish va Oʻzbekistonda yashovchi etnik guruhlarning, shu jumladan muhojirlar, qochoqlar, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning ijtimoiy-siyosiy, sud-huquq, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalarda huquqlari kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish.

2021 yil
mart

Adliya vazirligi, Huquqiy siyosat tadqiqot instituti, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Bosh prokuratura,

IHMM, Xalq taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sudyalar oliy maktabi, IIV, Madaniyat vazirligi, Markaziy saylov komissiyasi, milliy madaniy markazlar

4. “Kamsitishga yoʻl qoʻymaslik va tenglik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2021-yil
aprel

Adliya vazirli?i, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Ombudsman, Oliy sud, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

5. Ishlab chiqilgan qonun loyihasini jamoatchilik, shuningdek, milliy madaniy markazlar bilan keng muhokamasini oʻtkazish.

2021 yil
iyun

6. “Kamsitishga yoʻl qoʻymaslik va tenglik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil
iyul

III. Konvensiyaning 4-moddasi

3.

9-band. Qoʻmita Konvensiyaning 4-moddasi boʻyicha oʻzining 15-sonli (1993-yil) umumiy tavsiyasiga havola qilib, ishtirokchi-davlatga inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlar bilan Konvensiya 4-moddasining barcha qoidalarini hisobga olgan holda, xususan, etnik guruhlar uchun tinch yigʻilishlar va fikrni ifodalash erkinligiga toʻliq rioya qilishni taʼminlashni tavsiya qiladi. Qoʻmita, shuningdek, irqchilik motivlari qonunchilik va amaliyotda barcha huquqbuzarliklar va jinoyatlar uchun, xususan yangi Jinoyat kodeksining kontekstida umumiy ogʻirlashtiruvchi holat sifatida tan olinishi boʻyicha tavsiyalarini takrorlaydi (CERD/C/ UZB/CO/8-9, 6-band).

1. Konvensiyaning 4-moddasi va amaldagi qonunchilikning mamlakatda istiqomat qiluvchi etnik guruhlar uchun tinch yigʻilishlar oʻtkazish va fikrni ifodalash erkinligi sohasiga muvofiqligini oʻrganish.

1. Ushbu masala boʻyicha xorijiy mamlakatlar qonunchiligi toʻgʻrisida tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash.

2021 yil
yanvar

Adliya vazirligi, TDYU, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Din ishlari boʻyicha qoʻmita

2. Yangi tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksini va Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksini tayyorlashda Qoʻmitaning irqchilik motivlarini barcha huquqbuzarliklar va jinoyatlar uchun umumiy ogʻirlashtiruvchi holat deb tan olish boʻyicha tavsiyasini hisobga olish.

1. Ushbu masala boʻyicha Konvensiya qoidalarining Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi normalari bilan qiyosiy tahlili asosida maʼlumotnoma tayyorlash.

2021 yil
yanvar

Bosh prokuratura,

Bosh prokuratura akademiyasi, IIV, Sudyalar oliy maktabi

IV. Loʻli/ruma holati

4.

13-band. Rumaga nisbatan kam�itish toʻgʻrisida 27-sonli (2000-yil), irqiy kamsitishning gender jihatlari toʻgʻrisida 25-sonli (2000-yil) va Konvensiyadagi maxsus choralar mazmuni va ularni qoʻllash sohasi toʻgʻrisidagi 32-sonli (2009-yil) oʻzining umumiy tavsiyalariga muvofiq, Qoʻmita ishtirokchi-davlatni:

a) loʻli/ruma duch kelgan tuzilmaviy kamsitishga qarshi kurash boʻyicha umumqamrovli siyosatni qabul qilish va kechiktirib boʻlmaydigan ravishda amalga oshirish, hamda bunday siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishda loʻli/ruma bilan maslahatlashish va ularning amaliy ishtirokini taʼminlash;

b) ushbu siyosat loʻli/ruma ayollarining huquqlariga alohida eʼtibor berishini taʼminlash;

c) barcha loʻli/rumalarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlishini taʼminlash boʻyicha tezkor choralarni koʻrish;

d) taʼlimdagi haqiqiy ajratishga chek qoʻyish va barcha loʻli/ruma bolalariga, ayniqsa loʻli/ruma qizlariga alohida eʼtibor qaratib, inklyuziv va sifatli taʼlim olish huquqlaridan foydalanish boʻyicha samarali choralar, shu jumladan, maktabgacha taʼlim muassasalarida loʻli/ruma bolalarining sonini koʻpaytirish maqsadida maxsus choralar qabul qilish yoʻli bilan taʼminlash, loʻli/ruma bolalarining maktabga qatnash koʻrsatkichlarini oshirish va maktab taʼlimini tugatish hamda ularning oʻzlashtirishini oshirish;

e) loʻli/rumani tegishli uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha uzoq muddatli yechimlarni topish uchun loʻli/ruma bilan tezkor maslahatlashuvlar oʻtkazish choralarini koʻrish. Qoʻmita keyingi oʻrinlarda ishtirokchi-davlatga barcha uylarning buzilishini toʻxtatish, majburiy koʻchirishning oldini olish va barcha loʻli/ruma jamoalari uchun doimiy yashash kafolatlarini taʼminlash uchun zarur choralarni koʻrishni tavsiya qiladi.

1. Loʻli/ruma etnik guruhlari huquqlarini taʼminlash va ijtimoiy qoʻllab-�uvvatlash boʻyicha 2020 — 2025-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Loʻli/rumalarning, jumladan loʻli/ruma ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa huquqlarini taʼminlash sohasidagi vaziyat monitoringini oʻtkazish.

2020 yil
noyabr

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Ombudsman, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Bosh prokuratura, IIV, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi

2. Loʻli/ruma etnik guruhiga mansub shaxslar turmush sharoitlari va darajasini yaxshilash boʻyicha takliflar tayyorlash.

2020 yil
dekabr

3. Loʻli/rumalarning Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini olish huquqini taʼminlash choralarini koʻrish.

2021 yil
yanvar

V. Qoraqalpoq etnik guruhi

5.

15-band. Qoʻmita ishtirokchi-davlatga quyidagilarni tavsiya qiladi:

a) Qoʻmitaga qoraqalpoq etnik guruhining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish hamda uning vakillari ijtimoiy hayotda, xususan ommaviy axborot vositalarida oʻz tillaridan foydalanish kabi madaniy huquqlarini amalga oshirishni taʼminlash uchun samarali choralar koʻrish;

b) Qoraqalpoq etnik guruhining Konvensiyada mustahkamlangan huquqlaridan toʻla foydalanishini taʼminlash uchun Konvensiyadagi maxsus choralarning mazmuni va ularni qoʻllash sohasi toʻgʻrisidagi Qoʻmitaning 32-sonli (2009-yil) umumiy tavsiyasiga muvofiq samarali choralar, shu jumladan maxsus choralar koʻrish;

c) qoraqalpoq etnik guruhi aʼzolariga kun kechirishi uchun zarur boʻlgan vositalarni va anʼanaviy turmush tarzini saqlab qolishi ishlarida yordam koʻrsatish, shuningdek, qoraqalpoq tilidan rasmiy til sifatida foydalanishni hurmat qilish va ragʻbatlantirish;

d) Ekologik dasturlar, shu jumladan, 2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha qarorlar qabul qilish jarayonida qoraqalpoq aholisi bilan maslahatlashish va ishtirokini taʼminlash;

e) Qoʻmitaga bunday dasturlarning qoraqalpoq aholisi holatiga taʼsiri toʻgʻrisida umumqamrovli maʼlumot berish.

1. Qoraqalpoq etnik guruhining huquqlari va manfaatlarini amalga oshirish sohasidagi vaziyat toʻgʻrisida maʼruza tayyorlash.

1. Qoraqalpoq etnik guruhining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy huquqlarini taʼminlash sohasidagi vaziyatni kompleks monitoringini oʻtkazish.

2021 yil

yanvar — dekabr

Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Xalq taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qoʻmitasi

2. Qoraqalpoq etnik guruhining huquqlari va manfaatlari amalga oshirilishi sohasidagi vaziyat, shuningdek ekologik dasturlarning qoraqalpoq aholisining ijtimoiy-iqtisodiy holatiga taʼsiri toʻgʻrisida maʼruza tayyorlash.

2022 yil
fevral

3. Oliy Majlis Senatida maʼruzani eshitish.

2022-yil
mart

2. Qoʻmita tavsiyalarini amalga oshirish nuqtai nazaridan 2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturining bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotni tahlil qilish va umumlashtirish.

1. Qoʻmita tavsiyalarini bajarish nuqtai nazaridan qoraqalpoq etnik guruhining rivojlanishi va mintaqaning ekologik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, tahlil qilish va umumlashtirish.

2021-yil
dekabr

Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qoʻmitasi

2. Qoʻmita tavsiyalarining amalga oshirish yuzasidan 2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha Davlat dasturining bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotni Oliy Majlis Senatida eshitish.

2022-yil
mart

VI. Etnik guruhlarni oʻz ona tilida oʻqitish

6.

17-band. Qoʻmita ishtirokchi-davlatga mamlakat boʻylab etnik guruhlarga mansub barcha bolalar uchun maktablarda oʻz ona tilida taʼlim olish imkoniyatini, shuningdek mamlakatning rasmiy davlat tilida sifatli taʼlim olishini taʼminlash bilan bir qatorda uchun zarur choralarni koʻrishni tavsiya qiladi. Qoʻmita yana ishtirokchi-davlatga oliy maʼlumot olish va ishga joylashishda til boʻyicha kamsitishning oldini olish uchun barcha zarur choralarni koʻrishni tavsiya qiladi.

1. Etnik guruhlar uchun oʻz ona tilida taʼlim va tarbiya tizimini shakllantirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining ijrosi holatini barcha taʼlim bosqichlarida oʻrganish.

1. Etnik guruhlar uchun oʻz ona tilida taʼlim va tarbiya tizimini shakllantirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining ijrosini barcha taʼlim bosqichlarida monitoring oʻtkazish.

2020 yil
noyabr — 2021 yil
aprel

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, milliy madaniy markazlar

2. Etnik guruhlarning oʻz ona tilida taʼlim olish masalasi boʻyicha xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish.

2021-yil
may

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga etnik guruhlar uchun oʻz ona tilida taʼlim va tarbiya tizimini barcha taʼlim bosqichlarida yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash hamda kiritish.

2021-yil
iyun

2. Oʻzbekiston Respublikasi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonunining ijrosi holatini oʻrganish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonunining ijrosi holatini monitoring qilish.

doimiy

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

VII. Mahbuslar

7.

19-band. Qoʻmita qamoqdagi yoki sudgacha qamoqda saqlanayotgan shaxslarning etnik tarkibi toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarning jinoyat ishlari boʻyicha odil sudlov tizimini boshqarish va faoliyatida irqiy kamsitish mavjudligi va darajasini baholashdagi ahamiyatini yana bir bor taʼkidlaydi. Shuning uchun Qoʻmita ishtirokchi-davlatga navbatdagi aholini milliy roʻyxatga olish doirasida bunday maʼlumotlarni toʻplash boʻyicha choralarni koʻrishni tavsiya qiladi. Qoʻmita ishtirokchi-davlatga oʻzining navbatdagi davriy maʼruzasida tegishli statistik maʼlumotlarni taqdim etish toʻgʻrisidagi oʻz tavsiyasini takrorlaydi (CERD/C/UZB/CO/ 8-9, 15-band).

1. Jinoyat ishlari boʻyicha odil sudlov sohasida etnik guruhlar tarkibi toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish va umumlashtirishni tergov organlari, sudlar va jinoyatni ijro etish boʻyicha muassasalar amaliyotiga kiritish.

1. Jinoyat ishlari boʻyicha odil sudlov sohasida shaxslarning etnik mansubligi toʻgʻrisidagi statistika hisobotlari shaklini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020 yil
noyabr-dekabr

Bosh prokuratura, IIV, DXX, Oliy sud, Davlat statistika qoʻmitasi

2. Jinoyat ishlari boʻyicha odil sudlov tizimida shaxslarning etnik mansubligi toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni tayyorlash.

2021-yildan boshlab har chorakda

Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, Davlat statistika qoʻmitasi

VIII. Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va boshpana izlovchilar

8.

21-band. Qoʻmita ishtirokchi-davlatga boshpana olish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqish uchun umumqamrovli huquqiy va institutsional asos yaratishni tavsiya qiladi. Shuningdek, u ishtirokchi-davlatga fuqarolikni berishda toʻsiqlarni bartaraf etish va shaxslarning fuqaroligini yoʻqotishining oldini olish uchun, xususan ishtirokchi-davlat fuqaroligini olishda shoshilinch choralar koʻrishni tavsiya qiladi. Qoʻmita ishtirokchi-davlatga 1954-yilgi Apatridlar maqomi va 1961-yilgi Fuqarolikka ega boʻlmaganlikni qisqartirish toʻgʻrisidagi konvensiyalarga qoʻshilishni koʻrib chiqishni tavsiya qiladi.

1. Siyosiy boshpana berish masalalarini tartibga solish boʻyicha milliy qonunchilikni oʻrganish.

1. Siyosiy boshpana berish masalalarini tartibga solish boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash.

2020 yil
oktyabr

IIV, Adliya vazirligi, TIV

2. Oʻzbekiston Respublikasining 1954-yilgi Apatridlar maqomi toʻgʻrisidagi konvensiya va 1961-yilgi Fuqarolikka ega boʻlmaganlikni qisqartirish toʻgʻrisidagi konvensiyaga qoʻshilishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani oʻrganish.

1. 1954-yilgi Apatridlar maqomi toʻgʻrisidagi konvensiya va 1961-yilgi Fuqarolikka ega boʻlmaganlikni qisqartirish toʻgʻrisidagi konvensiyalarni ratifikatsiya qilgan yoki qoʻshilgan xorijiy mamlakatlarning xalqaro tajribasi va amaliyotini oʻrganish asosida mazkur konvensiyalarning amalga oshirish mexanizmlarini oʻrganish boʻyicha Chora-tadbirlar rejasini tayyorlash va amalga oshirish.

2020 yil
noyabr

IIV, TIV, IHMM, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli xulosani kiritish.

2021 yil
fevral

IX. Irqiy kamsitishga oid hujjatlar yuzasidan shikoyatlar

9.

23-band. Qoʻmita oʻzining jinoyat ishlari boʻyicha odil sudlov tizimida ishlarni yuritishda va uni amalga oshirishda irqiy kamsitishning oldini olish toʻgʻrisidagi 31-sonli (2005-yil) umumiy tavsiyalariga asoslanib, ishtirokchi-davlatga irqiy kamsitish bilan bogʻliq shikoyat va sud daʼvolarning yoʻqligi — tegishli maxsus qonunlarning mavjud emasligi, huquqiy himoya vositalari toʻgʻrisidagi axborotlar bilan yetarli darajada taʼminlanmaganligi, rasmiylarning ushbu harakatlar uchun aybdorlarni javobgarlikka tortish istagi yetarli emasligi, jinoyat ishlari boʻyi�a odil sudlov tizimiga ishonmasligidan yoki repressiyaga uchrash qoʻrquvidan dalolat berishi mumkin. Qoʻmita ishtirokchi davlatga aholini, xususan etnik guruhlarni, boshpana izlovchilarni va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni oʻz huquqlaridan, shu jumladan irqiy kamsitish sohasidagi barcha huquqiy himoya vositalaridan xabardor boʻlishini taʼminlash uchun qonunchilik va maʼmuriy choralar koʻrishni tavsiya qiladi.

1. Davlat organlariga, shu jumladan sudlarga irqiy kamsitish boʻyicha shikoyat yoʻqligi sabablarini aniqlashga qaratilgan ijtimoiy tadqiqotlar oʻtkazish.

1. Milliy madaniy markazlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik jamiyatlari vakillarining etnik guruhlarning irqiy kamsitishga qarshi shikoyat qilish huquqini amalga oshirishi boʻyicha ijtimoiy soʻrov oʻtkazish.

2020 yil

noyabr

“Ijtimoiy fikr” markazi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, milliy madaniy markazlar

2. Ijtimoiy tadqiqotl?r natijalari toʻgʻrisida tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash.

2020-yil
dekabr

2. Inson huquqlari va irqiy kamsitishdan huquqiy himoya masalalari boʻyicha etnik guruhlar va apatridlarning huquqiy savodxonligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni qabul qilish.

1. Etnik guruhlar va apatridlar uchun irqiy kamsitish sohasida huquqiy himoya masalalari boʻyicha seminar-treninglar turkumini oʻtkazish.

2021-yil

yanvar-fevral

IIV Akademiyasi,

Bosh prokuratura Akademiyasi, TDYU

2. Boshpana soʻrab murojaat qilganlar va fuqaroligini yoʻqotgan shaxslarga (apatridlarga) bepul yuridik yordam berish.

doimiy

“Madad” NNT,

Adliya vazirligi

X. Boshqa shartnomalarni ratifikatsiya qilish

10.

24-band. Barcha inson huquqlari boʻlinmasligini hisobga olib, Qoʻmita ishtirokchi-davlatni ratifikatsiya qilinmagan halqaro hujjatlarni, xususan irqiy kamsitishga duchor boʻlishi mumkin boʻlgan jamoalarga bevosita taalluqli shartnomalarni, shu jumladan, BMTning Barcha ishchi-migrantlar va ularning oila aʼzolari huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Xalqaro konvensiyasini hamda Xalqaro mehnat tashkilotining uy xizmatchilari uchun munosib mehnat toʻgʻrisidagi 189-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 2011-yil 16-iyun) ratifikatsiya qilish imkoniyatini koʻrib chiqishga undaydi.

1. BMTning Barcha ishchi-migrantlar va ularning oila aʼzolari huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Xalqaro konvensiyasiga hamda Xalqaro mehnat tashkilotining uy xizmatchilari uchun munosib mehnat toʻgʻrisidagi 189-sonli Konvensiyasiga (Jeneva, 2011-yil 16-iyun) Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshilishining maqsadga muvofiqligi masalasini oʻrganish.

1. BMTning Barcha ishchi-migrantlar va ularning oila aʼzolari huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Xalqaro konvensiyasini hamda Xalqaro mehnat tashkilotining uy xizmatchilari uchun munosib mehnat toʻgʻrisidagi 189-sonli Konvensiyasiyasini (Jeneva, 2011-yil 16-iyun) ratifikatsiya qilishning maqsadga muvofiqligini ekspertlar tomonidan oʻrganish.

2020-yil
oktyabr-noyabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, TIV, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli xulosani kiritish.

2020 yil
dekabr

XI. Konvensiyaning 8-moddasidagi tuzatishlar

11.

25-band. Qoʻmita ishtirokchi-davlatga 1992-yil 15-yanvarda Konvensiyaga aʼzo davlatlarning oʻn toʻrtinchi yigʻilishida qabul qilingan va Bosh Assambleyaning 47/111-sonli rezolyutsiyasi bilan maʼqullangan Konvensiyaning 8-moddasi 6-bandiga kiritilgan tuzatishni ratifikatsiya qilishni tavsiya qiladi.

1. Konvensiyaning 8-moddasi 6-bandiga kiritilgan tuzatishni ratifikatsiya qilish maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Konvensiyaning 8-moddasi 6-bandiga tuzatishni ratifikatsiya qilishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi ekspert tekshiruvi.

2022 yil

mart-aprel

IHMM, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, TIV, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli xulosa kiritish.

2022 yil
iyul

XII. Konvensiyaning 14-moddasiga muvofiq ariza

12.

26-band. Qoʻmita ishtirokchi-davlatni Konvensiyaning 14-moddasida koʻzda tutilgan Qoʻmitaning yakka tartibdagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha vakolatini tan olish toʻgʻrisida fakultativ bayonot berishga chaqiradi.

1. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Qoʻmitaning yakka tartibdagi shikoyatlarni qabul qilish va koʻrib chiqish vakolatini tan olishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish.

1. Qoʻmitaning yakka tartibdagi shikoyatlarni qabul qilish va koʻrib chiqish vakolatini tan olish boʻyicha xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish.

2022-yil
fevral

IHMM, Adliya vazirligi, TIV,

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tegishli davlat organlari bilan ushbu masalaning ekspert muhokamasini oʻtkazish.

2022 yil

mart-aprel

3. Qoʻmitaning yakka tartibdagi shikoyatlarni qabul qilish va koʻrib chiqish vakolatini tan olishning maqsadga muvofiqligi masalasi boʻyicha tahliliy maʼlumot tayyorlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

XIII. Durban deklaratsiyasi va Harakatlar dasturi bilan bogʻliq kelgusi chora-tadbirlar

13.

27-band. Oʻzining Durban jarayonlarini koʻrib chiqish boʻyicha konferensiya munosabati bilan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi 33-sonli umumiy tavsiyasi asosida (2009-yil) Qoʻmita ishtirokchi-davlatga Konvensiyani oʻz ichki qonunchiligi doirasida amalga oshirishda 2001-yil sentyabrda Durban deklaratsiyasi va Irqchilikka, irqiy kamsitish, ksenofobiya va u bilan bogʻliq toqatsizliklarga qarshi kurash boʻyicha Butunjahon konferensiyasida qabul qilingan Harakatlar dasturini 2009-yil aprel oyida Jenevada boʻlib oʻtgan Durban shahri konferensiyasining natijalarini hisobga olgan holda amalga oshirish boʻyicha choralar koʻrishni tavsiya qiladi.

Qoʻmita ishtirokchi-davlatdan oʻzining navbatdagi davriy maʼruzasiga tasdiqlangan harakatlar rejalari va Durban deklaratsiyasi va harakat dasturini milliy darajada amalga oshirish boʻyicha koʻrilgan boshqa tadbirlar toʻgʻrisida aniq axborot kiritishni soʻraydi.

1. Durban deklaratsiyasi va Harakatlar dasturining mazmuni toʻgʻrisida aholining va davlat xizmatchilarining xabardorligini oshirish boʻyicha axborot-taʼlim faoliyatini kuchaytirish.

1. Durban deklaratsiyasi va harakatlar dasturining matnini nashr etish va tarqatish.

2021 yil
fevral

IHMM, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasisi

2. Durban deklaratsiyasi va Harakatlar dasturini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrish.

1. Durban deklaratsiyasi va Harakatlar dasturini bajarish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish.

2021 yil
mart

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasisi, TIV, IHMM

2. Oʻzbekiston Respublikasida Durban deklaratsiyasi va Harakat dasturi qoidalarini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va qabul qilish.

2021 yil
aprel-may

3. “Oʻzbekiston Respublikasida Durban deklaratsiyasi va Harakat dasturini amalga oshirish” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

2021 yil
iyun

4. Durban deklaratsiyasi va Harakat dasturini bajarish boʻyicha statistik koʻrsatkichlarni tayyorlash.

2021 yil avgust-sentyabr

Davlat statistika qoʻmitasi, IHMM, TIV, manfaatdor vazirlik va idoralar

XIV. Kelib chiqishi afrikalik shaxslarning xalqaro oʻn yilligi

14.

28-band. Bosh Assambleyaning 2015 — 2024-yillar davrini kelib chiqishi afrikalik boʻlgan shaxslarning xalqaro oʻn yilligi deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi 68/237-sonli rezolyutsiyasiga, shuningdek, ushbu oʻn yillikni amalga oshirish boʻyicha tadbirlar dasturiga taalluqli Bosh Assambleyaning 69/16-sonli rezolyutsiyasiga binoan Qoʻmita ishtirokchi-davlatga mazkur dastur yuzasidan tegishli chora-tadbirlar va siyosatni ishlab chiqish hamda amalga oshirishni tavsiya qiladi. Qoʻmita ishtirokchi-davlatdan oʻzining keyingi maʼruzasiga kelib chiqishi afrikalik boʻlgan shaxslarga nisbatan irqiy kamsitish boʻyicha 34-sonli (2011-yil) umumiy tavsiyalarini hisobga olgan holda, bu borada ular tomonidan qabul qilingan aniq choralar toʻgʻrisida haqiqiy maʼlumotlarni kiri�ishni soʻraydi.

1. Kelib chiqishi afrikalik boʻlgan shaxslarning xalqaro oʻn yilligi toʻgʻrisida aholi va davlat xizmatchilarining xabardorligi darajasini oshirish.

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida kelib chiqishi afrikalik boʻlgan shaxslarning huquqlariga rioya etilishi boʻyicha axborot tadbirlarini tashkil etish (alohida jadvalga muvofiq).

2021 yil

yanvar — dekabr

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Ombudsman, milliy madaniy markazlar

2. Oʻzbekistonda kelib chiqishi afrikalik boʻlgan shaxslarning huquqlariga rioya qilish sohasidagi vaziyatni oʻrganish va bu masalada takliflar ishlab chiqish.

1. Jamiyatning turli sohalarida kelib chiqishi afrikalik boʻlgan shaxslarning huquqlari buzilganligi toʻgʻrisida aniq maʼlumotlarni ularning shikoyatlarini oʻrganish asosida toʻplash.

2021 yil

yanvar — dekabr

Ombudsman, IIV, IHMM, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, milliy madaniy markazlar

2. Kelib chiqishi afrikalik shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish.

2022 yil

fevral

XV. Fuqarolik jamiyati bilan maslahatlashuvlar

15.

29-band. Qoʻmita ishtirokchi-davlatga inson huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyat olib boruvchi fuqarolik jamiyati tashkilotlari, xususan, irqiy kamsitishga qarshi kurash olib borayotgan tashkilotlar bilan keyingi davriy maʼruzani tuzish va ushbu yakuniy mulohazalar boʻyicha keyingi chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida muloqotni davom ettirishni va kengaytirishni tavsiya qiladi.

1. Konvensiya qoidalarining bajarilishi toʻgʻrisida hisobot berish masalalari boʻyicha jamoatchilik eshituvlarini oʻtkazish.

1. Konvensiya qoidalarining bajarilishi toʻgʻrisida hisobot berish masalalari boʻyicha jamoatchilik eshituvlarini oʻtkazish.

2022-yil aprel

IHMM, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Ombudsman, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Milliy madaniy markazlarni muqobil maʼruzalar tayyorlashga, Qoʻmita tavsiyalarini bajarish boʻyicha Milliy harakat rejasini bajarishga va ushbu sohada jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga jalb qilish.

2022 yil

iyun

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi,

Milliy madaniy markazlar

XVI. Axborotning tarqalishi

16.

30-band. Qoʻmita ishtirokchi-davlatning maʼruzalari ular taqdim etilgan paytda jamoatchilik uchun ochik boʻlishini va ushbu maʼruzalar boʻyicha Qoʻmitaning yakuniy mulohazalari Konvensiyani amalga oshiruvchi barcha davlat organlari, shu jumladan munitsipalitetlar uchun ham taqdim etilishi hamda Tashqi ishlar vazirligining veb-saytida rasmiy tillarda, zururat tugʻilganda boshqa keng ishlatiladigan tillarda eʼlon qilinishini tavsiya etadi.

1. Irqiy kamsitishni tugatish boʻyicha Qoʻmitaning yakuniy mulohazalari va tavsiyalarini oʻzbek tiliga tarjima qilish va tarqatish.

1. Yakuniy mulohazalar va tavsiyalarni oʻzbek tiliga tarjima qilishni tashkil etish.

2021 yil
fevral

IHMM

2. Vazirliklar va idoralarga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga Yakuniy mulohaza va tavsiyalarni yuborish.

2021 yil
mart

IHMM, Adliya vazirligi

3. Qoʻmitaning Yakuniy mulohazalari va tavsiyalarini Inson huquqlari boʻyicha Milliy markazning rasmiy veb-saytiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasiga joylashtirish.

2021 yil
aprel

IHMM, Adliya vazirligi

XVII. Yakuniy mulohazalar va tavsiyalarni bajarish boʻyicha keyingi chora-tadbirlar

17.

31-band. Konvensiyaning 9-moddasi 1-bandiga va oʻz tartib qoidalarining 65-qoidasiga muvofiq Qoʻmita ishtirokchi-davlatdan ushbu yakuniy mulohazalar qabul qilinganidan keyin bir yil ichida 13-band s va d kichik bandlari (loʻli/ruma holati) hamda 19-bandda (mahbuslar) keltirilgan tavsiyalarning bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etishni soʻraydi.

1. 13-band s va d kichik bandlari (loʻli/ruma holati) hamda 19-bandning (mahbuslar) bajarilganligi toʻgʻrisida maʼlumot tayyorlash va Qoʻmitaga taqdim etish.

1. 13-band s va d kichik bandlari loʻli/ruma holati) hamda 19-bandning (mahbuslar) bajarilishi toʻgʻrisida maʼlumot tayyorlash.

2020 yil
oktyabr-noyabr

IHMM, IIV, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi,

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. 13-band s va d kichik bandlari loʻli/ruma holati) hamda 19-bandning (mahbuslar) bajarilganligi toʻgʻrisida tayyorlangan maʼlumotlarni taqdim etish.

2020 yil
dekabr

TIV, IHMM

XVIII. Alohida ahamiyatga ega bandlar

18.

32-band. Qoʻmita ishtirokchi-davlatning eʼtiborini yuqoridagi 7-banddagi (irqiy kamsitish tushunchasi va qonun hujjatlari), 9-banddagi (Konvensiyaning 4-moddasi) va 11-banddagi (etnik ozchiliklarning huquqlari) tavsiyalarining alohida ahamiyatiga qaratmoqchi va ?shtirokchi-davlatdan keyingi davriy maʼruzalarida ushbu tavsiyalarni amalga oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar toʻgʻrisida maʼruza taqdim etishlarini soʻraydi.

1. Konvensiyani bajarish boʻyicha Oʻzbekistonning Oʻn uchinchi-Oʻn toʻrtinchi davriy maʼruzalarida Qoʻmitaning yakuniy mulohazalari va tavsiyalarining 7, 9, 11-bandlari bajarilishi haqida batafsil maʼlumot taqdim etish.

1. Qoʻmitaning yakuniy mulohazalari va tavsiyalarining 7, 9, 11-bandlarini bajarish uchun soʻrovlarni tayyorlash va tegishli vazirlik va idoralarga yuborish.

2022 yil
may-iyun

IHMM, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Olingan maʼlumotlarning Konvensiyaning bajarilishi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining Oʻn uchinchi — Oʻn toʻrtinchi davriy maʼruzalari matniga kiritish.

2022 yil
iyul — sentyabr

IHMM

XIX. Navbatdagi davriy maʼruzani tayyorlash

19.

33-band. Qoʻmita ishtirokchi-davlatga oʻzining Oʻn uchinchi va Oʻn toʻrtinchi davriy maʼruza-larini 2022-yil 28 oktabrgacha yagona hujjatda, Qoʻmitaning yetmish birinchi sessiyasida (CERD/C/2007/1) qabul qilgan maʼruzalarni tayyorlash va taqdim etish boʻyicha koʻrsatma-larni hisobga olgan holda ushbu yakuniy mulohazalarda koʻtarilgan barcha masalalarni ularda aks ettirgan holda taqdim etishni tavsiya qiladi. Bosh Assambleya-ning 68/268-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq Qoʻmita ishtirokchi-davlatni davriy maʼruzalar uchun 21200 soʻz chegarasiga rioya qilishga chaqiradi.

1. Konvensiyani bajarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Oʻn uchinchi — Oʻn toʻrtinchi davriy maʼruzalarini tayyorlash.

1. Tegishli vazirlik va idoralarga, NNT ga MHRning bajarilishi toʻgʻrisidagi soʻrovlarni yuborish.

2022 yil
yanvar-fevral

IHMM, manfaatdor vazirlik va idoralar, NNT

2. Konvensiyani bajarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Oʻn uchinchi — Oʻn toʻrtinchi davriy maʼruzalarini olingan maʼlumotlar asosida tayyorlash.

2022 yil
aprel — iyun

IHMM, manfaatdor vazirlik va idoralar, NNT

3. Oliy Majlis palatalari qoʻmita va komissiyalarida Konvensiyani bajarish boʻyicha Oʻzbekistonning Oʻn uchinchi — Oʻn toʻrtinchi davriy maʼruzalari loyihalarining muhokamalarini oʻtkazish.

2022 yil
sentyabr

IHMM,

manfaatdor vazirlik va idoralar

4. Oʻzbekiston Respublikasining Konvensiyani bajarish boʻyicha tayyorlagan Oʻn uchinchi — Oʻn toʻrtinchi davriy maʼruzalarini Qoʻmitaga yuborish.

2022 yil

oktyabr

TIV, IHMM

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 15-oktabrdagi 513-IV/KQ-138-IV-sonli Qoʻshma qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish toʻgʻrisidagi Xalqaro konvensiya qoidalarini bajarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Oʻninchi — Oʻn ikkinchi davriy maʼruzalarini koʻrib chiqish yakunlari yuzasidan BMT Irqiy kamsitishni tugatish boʻyicha qoʻmitasining yakuniy mulohazalari va tavsiyalarini bajarish yuzasidan 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan Milliy harakatlar rejasining amalga oshirilishini monitoring qilish boʻyicha ishchi guruh

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bafayev Shuxrat Gafurovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi, Ishchi guruh rahbari

Matmuratov Batir Djoldasovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi, Ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari

Madumarov Tolibjon Abdumalikovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

Parpiyev Maxmud Mamatovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

Siddikov Riskul Ergashboyevich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

Tuychiyev Anvar Mirzaaxmedovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator

Kadirxanova Malika Akbarovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator

Borisova Elena Mixaylovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi raisi

Djurayev Kodir Asadovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

Pak Viktor Nikolayevich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi aʼzosi

Kusherbayev Rasul Xidraliyevich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi

Choriyev Tavakal Ravshanovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining aʼzosi

Toʻrazoda Batirbek Bekturdi oʻgʻli

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining aʼzosi

Djanibekova Nodira Abdusalomovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining aʼzosi

Tillabayev Mirzatillo Alisherovich

—

Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinchi oʻrinbosari

Maxmudova Robaxon Anvarovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari

Yuldashev

Erkin Turakulovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari

Arziyev Farxod Nuritdinovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

Xolmurodov Dilshod Ibragimovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

Toshev Azamat Boboqulovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

Ketmonov Xatamjon Abduraxmanovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari

Tashkulov Akbar Djurabayevich

—

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosari

Sobirov Shuxratjon Urinbayevich

—

�zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

Muxitdinov Erkin Madorbekovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari

Olimov Qahramon Tanzilovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari

Muxammadiyev Ulugʻbek Nasriddinovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)

Raximova Nigina Xayrullayevna

—

“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktori

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning Oʻninchi — Oʻn ikkinchi birlashgan maʼruzalari boʻyicha yakuniy mulohazalari va tavsiyalari*