03.11.2020 yildagi 685-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

“Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 22-iyundagi PF-6012-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda katta hissa qoʻshgan fuqarolarni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 22-iyundagi PF-6012-son Farmoni bilan “Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishoni taʼsis etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi tavsiflari 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishoni 10-dekabr — Xalqaro inson huquqlari kuni arafasida topshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishoni bilan mukofotlash Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori buyrugʻi asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining buyurtmasiga asosan “Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasini belgilangan tartibda tayyorlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A.X. Saidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 3-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
685-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-noyabrdagi 685-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Koʻkrak nishoni bilan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, inson huquqlari madaniyatini oshirish hamda sohani rivojlantirish ishlariga munosib hissa qoʻshgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari taqdirlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar ham taqdirlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim etish va koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fuqarolik jamiyati institutlari, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha nomzodlar Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markaziga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) har yili 1-oktabrga qadar taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzod boʻyicha taqdim etilgan takliflarga ilova sifatida nomzod haqida maʼlumotnoma, soʻnggi uch yil davomida u tomonidan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish borasida amalga oshirgan ishlari aks ettirilgan tavsifnoma taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish uchun Markaz direktori tomonidan har yili 10-oktabrga qadar komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tarkibiga inson huquqlari sohasidagi fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, olimlar va mutaxassislar, shuningdek, sohada faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlar vakillari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Komissiya yigʻilishida nomzodlarning tegishli hujjatlari oʻrganilib, har yili 10-noyabrga qadar eng munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy xulosa qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Komissiya xulosasi asosida Markaz direktorining koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi har yili 1-dekabrga qadar chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Koʻkrak nishoni har yili 10-dekabr — Xalqaro inson huquqlari kuni arafasida Markaz direktori (yoki uning topshirigʻiga muvofiq boshqa masʼul shaxslar) tomonidan tantanali tarzda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti yoki esdalik sovgʻalari beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar roʻyxati Markazning rasmiy veb-saytida va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta taqdirlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Markaz ushbu Nizomga muvofiq koʻkrak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlarning hujjatlari xolis koʻrib chiqilishi uchun bevosita masʼuldir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-noyabrdagi 685-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishonining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIFI

“Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishonining markazida, koʻtarilayotgan quyosh nurlari hamda tepadan pastga qalinlashib boruvchi radiusga ega boʻlgan koʻk va yashil ranglardagi yarim aylana fonida insonlar, ozodlik va erkinlik ramzi sifatida osmonga koʻtarilayotgan kabutar tasviri aks ettirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishonining aylanasi boʻylab zarhal hoshiya bilan oʻralgan doira ichida “INSON HUQUQLARI HIMOYASI UCHUN” soʻzlari yozilgan. Harflarning balandligi 2,3 millimetr, yozuvlar zarhallangan. Uning pastki qismi markazida faxr-iftixor va sharaf maʼnolarini ifoda etuvchi dafna yaproqlari tasvirlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishonining orqa tomoni markazida olti qatorda harflarning balandligi 2 millimetr boʻlgan “Inson huquqlari himoyasiga qoʻshgan munosib hissasi uchun” soʻzlari yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishonining qalinligi 2,2 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari qavariq doira bilan oʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetrdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qadagʻich eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, lentaning markazidan eni 8 millimetrli och koʻk yoʻl oʻtgan. Uning har ikki tarafidan eni 7 millimetrli yashil rangdagi yoʻllar tushirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-noyabrdagi 685-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishoni guvohnomasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIFI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishoni guvohnomasi 160x110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) yashil rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, ichki burchaklari aylana shaklida boʻlgan toʻq yashil rangli hoshiya bilan oʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda, oraligʻi 3,5 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “INSON NUQUQLARI”, ikkinchi satrda “HIMOYASI UCHUN” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 12 kegl), uchinchi satrda “koʻkrak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 12 kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVOHNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17 kegl) soʻzi yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozuvlar zarhal rangida aks ettirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och yashil rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda, koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “GUVOHNOMA” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzi hamda guvohnoma tartib raqami uchun “№” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GUVOHNOMA” soʻzidan 11 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligʻi 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda, oraligʻi 2 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Inson huquqlari boʻyicha”, ikkinchi satrda “Oʻzbekiston Respublikasi”, uchinchi satrda “Milliy markazi direktorining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undan 5 millimetr pastda oraligʻi 4 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20__ y. “__” _________dagi”, ikkinchi satrda “____-sonli buyrugʻiga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undan 5 millimetr pastda, markazda, uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi catrda “INSON NUQUQLARI”, ikkinchi satrda “HIMOYASI UCHUN” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl), uchinchi satrda “koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi soʻzlardan 9 millimetr pastda, chap tomonda “Direktor” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzi yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2020-y., 09/20/685/1449-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)