30.10.2020 yildagi 676-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 31.10.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofoti bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Matematika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 7-maydagi PQ-4708-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Matematika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 7-maydagi PQ-4708-son qarori 14-bandiga muvofiq matematika sohasidagi fundamental va amaliy ilmiy izlanishlari natijalariga koʻra amaliyotdagi muayyan muammoning yechimini taklif etgan olimlarni mukofotlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofoti taʼsis etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofoti bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov hamda Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 30-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
676-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 676-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofoti bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofoti (keyingi oʻrinlarda — mukofot) bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni tayyorlash va taqdirlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mukofot bilan matematika sohasida fundamental va amaliy ilmiy izlanishlar natijalariga koʻra amaliyotdagi muayyan muammoning yechimini taklif etgan olimlar (shu jumladan, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar) yakka tartibda taqdirlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda kuyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuv — muayyan maqsadda turli manbalarda eʼlon qilingan maʼlumotlarni izlash, qayd qilish va toʻplashga qaratilgan tashkiliy chora-tadbir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy natija — axborot resurslarida eʼlon qilingan va qayd etilgan ilmiy-tadqiqot yoki innovatsion faoliyatning mahsuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy yutuq — yangi bilim yoki muayyan yechimni ifodalovchi intellektual faoliyat natijasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspert baholash — ilmiy natija va ilmiy yutuqlarni alohida ekspert yoki ekspertlar guruhining jamoaviy xulosasi asosida baholash usuli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mukofot bilan taqdirlash bir shaxsga matematika sohasidagi bir yoki bir nechta yutuqlari uchun amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mukofot ikki yilda bir marta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashining (keyingi oʻrinlarda — Kengash) taklifiga koʻra uchga yoʻnalish (fundamental sohadagi tadqiqot, yoshlar oʻrtasidagi tadqiqot va iqtisodiyotning real sektoridagi muammoning yechimini taʼminlagan tadqiqot) boʻyicha beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mukofot bilan taqdirlash uchun nomzodlar boʻyicha takliflar Oʻzbekiston matematika jamiyati (keyingi oʻrinlarda — Matematika jamiyati) tomonidan oʻtkaziladigan doimiy kuzatuvlar asosida shakllantiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlik Matematika jamiyatining takliflari asosida nomzodlar boʻyicha tavsiyanomalarni tayyorlaydi va Kengashga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mukofot bilan taqdirlash tartibi ushbu Nizom ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Matematika sohasidagi yutuqlarni aniqlash uchun kuzatuvlarni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Matematika sohasidagi yutuqlarni aniqlash va mukofot bilan taqdirlanadigan nomzodlarning dastlabki roʻyxatini tayyorlash uchun Matematika jamiyatida doimiy asosda faoliyat olib boruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofotiga nomzodlar boʻyicha takliflarni tayyorlash qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoʻmita Matematika jamiyatiga aʼzo boʻlgan ekspertlardan iborat tarkibda tuziladi va Matematika jamiyatining umumiy yigʻilishi qarori bilan tasdiqlanadi, Qoʻmita raisi, uning oʻrinbosari va kotibi tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita tarkibiga Matematika jamiyati aʼzo si boʻlgan matematika sohasidagi yetakchi xorijiy mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Matematika sohasidagi ilmiy yutuqlarni aniqlash uchun oʻtkaziladigan kuzatuvlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) fundamental sohadagi tadqiqotlar boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy nashrlar jamlangan axborot resurslari, jumladan, umumeʼtirof etilgan indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalaridagi jurnallarda;

davriy chop etiladigan ilmiy va ilmiy-ommabop jurnallarda;

yoshlar oʻrtasidagi tadqiqot boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy nashrlar jamlangan axborot resurslari, jumladan, umumeʼtirof etilgan indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davriy chop etiladigan ilmiy va ilmiy-ommabop jurnallarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning ilmiy taklif va tavsiyalari toʻgʻrisida Internet jahon axborot tarmogʻida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) iqtisodiyotning real sektoridagi muammoning yechimini taʼminlagan tadqiqotlar boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy nashrlar jamlangan axborot resurslari, jumladan, umumeʼtirof etilgan indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalaridagi jurnallarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davriy chop etiladigan ilmiy va ilmiy-ommabop jurnallarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning real sektoridagi muayyaan muammoning yechimini taʼminlagani toʻgʻrisida Internet jahon axborot tarmogʻida eʼlon qilingan ilmiy natijalar koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mukofot bilan taqdirlashda quyidagi ishlar koʻrib chiqilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avval mukofot bilan taqdirlanganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avval koʻrib chiqilgan, biroq Kengash tomonidan mukofot bilan taqdirlash uchun tavsiya etilmagan ilmiy yutuqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor tashkilotlar yoki jismoniy shaxslar tomonidan mukofot bilan taqdirlash uchun ilgari surilgan nomzodlar boʻyicha murojaatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kuzatuv natijalariga koʻra aniqlangan tegishli ilmiy yutuqlar boʻyicha Qoʻmita aʼzolari tomonidan ekspert baholash asosida xulosalar tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mukofot topshiriladigan yilning mart oyiga qadar Qoʻmita tayyorlangan barcha xulosalarni jamlaydi va Qoʻmita yigʻilishida muhokama qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Matematika sohasidagi yutuqlarni aniqlash uchun oʻtkazilgan kuzatuv natijalari va mukofot bilan taqdirlashga taklif etilishi mumkin boʻlgan nomzodlar roʻyxati Qoʻmita yigʻilishi bayoni bilan rasmiylashtiriladi va Matematika jamiyatining umumiy yigʻilishida koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Matematika jamiyati nomzodlarni aniqlash boʻyicha oʻtkazilgan kuzatuvching xolisligini va nomzodlar boʻyicha tayyorlangan takliflarda manfaatdor tashkilot yoki jismoniy shaxslarning aralashuviga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Mukofot bilan taqdirlash uchun nomzodlar boʻyicha tavsiyanomalarni tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mukofot bilan taqdirlash uchun nomzodlar boʻyicha takliflar Matematika jamiyatining umumiy yigʻilishi bayoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofoti bilan taqdirlash uchun taklif etiladigan nomzodlar roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — nomzodlar roʻyxati) shaklida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Matematika jamiyati mukofot topshiriladigan yilning aprel oyiga qadar mukofot bilan taqdirlash uchun nomzodlarga oid takliflarni kuyidagi hujjatlar bilan Vazirlikka kiritadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻllanma xat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita yigʻilishi bayonining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Matematika jamiyatining umumiy yigʻilishi bayonidan koʻchirma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir nomzod toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlarning tegishli yoʻnalish boʻyicha ilmiy yutuqlari toʻgʻrisida maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vazirlik bir oy muddatda nomzodlar roʻyxati va ularga oid hujjatlarni quyidagilarga muvofiqligini oʻrganadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlarni aniqlash boʻyicha oʻtkazilgan kuzatuv natijalari va tayyorlangan takliflarning Nizom talablariga muvofiq tayyorlangani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy yutuqlarni aks etuvchi ilmiy natijalar eʼlon qilingan manbalarning haqqoniyligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy yutuqlar va nomzodlar boʻyicha takliflar tegishli yoʻnalishlar boʻyicha takrorlanmaganligi, avval boshqa yoʻnalishlar boʻyicha Mukofotga taqdim etilmaganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mukofot bilan taqdirlash uchun nomzodlar boʻyicha tavsiyanoma har bir yoʻnalish va nomzod boʻyicha alohida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Matematika jamiyati tomonidan taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablarga javob bermagan taqdirda, Vazirlik tegishli nomzodlar boʻyicha hujjatlarni tuzatib berish yoki tegishli yoʻnalishlar boʻyicha boshqa nomzodlarni kiritishni soʻrab murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kuzatuv natijalarini, nomzodlar boʻyicha takliflar va tavsiyanomalarni rasmiylashtirish qoidalari Kengash tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Vazirlik mukofot topshiriladigan yilning iyun oyi yakuniga qadar mukofot bilan taqdirlash uchun nomzodlar boʻyicha tavsiyanomalar va nomzodlarning ilmiy yutuqlariga oid hujjatlarni Vazirlikning rasmiy blankdagi xati bilan koʻrib chiqish uchun Kengashga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Mukofot bilan taqdirlashga nomzodlar boʻyicha tavsiyanomalarni koʻrib chiqish va takliflarni tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mukofot bilan taqdirlanadiganlar boʻyicha Kengashning taklifi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofotiga nomzodlar boʻyicha taqdimnoma (keyingi oʻrinlarda — taqdimnoma) shaklida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kengash yigʻilishidan ikki hafta oldin Mukofot bilan taqdirlashga tavsiya etilayotgan nomzodlar va ularning ilmiy yutoqlariga oid hujjatlar Kengash aʼzolariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash aʼzolari tomonidan Mukofotga tavsiya etilgan nomzodning ishi koʻrib chiqilayotgan Kengash yigʻilishida uning muallifi ishtirok etmasligi lozim hamda Kengash qarori va ushbu masala bilan bogʻliq boshqa materiallar bilan tanishish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mukofotga tavsiya etish toʻgʻrisidagi qaror Kengash majlisida ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majlisda qatnashayotgan Kengash aʼzolarining uchdan ikki qismining ovozini olgan nomzod boʻyicha taqdimnoma tayyorlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Mukofotga nomzodlarni koʻrib chiqish natijalari Kengash bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Kengash bayonnomasiga nomzodlarning roʻyxati va ishlarining qisqacha tavsifi tegishli ilova bilan tasdiqlanadi, uning asosida taqdimnoma tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Taqdimnoma Kengash raisi imzosi bilan mukofot beriladigan yilning 25-avgustidan kechikmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Mukofotni topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Taqdimnoma maqullangan taqdirda Mukofotga sazovor boʻlganlarga 50 ming AQSh dollari ekvivalentidagi bir martalik pul mukofoti tantanali ravishda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mukofot sovrindoriga pul mukofotini toʻlash bilan bogʻlik xarajatlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Vazirlikka ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Mukofotga sazovor boʻlgan shaxslarga Matematika jamiyati tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish, Oʻzbekistonlik olimlar bilan hamkorlikda ilmiy ishlar olib borish hamda matematika sohasida qilgan ilmiy-tadqiqotlari natijalarini, jumladan, mukofot topshirilgan ishlari natijalarini Oʻzbekistonda qoʻllash tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Mukofotga sazovor boʻlganlar haqida maʼlumotlar respublika matbuot nashrlari va ommaviy axborot vositalarida, jumladan, xorijiy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Mukofot bilan taqdirlash uchun taqdim etilgan nomzodlar boʻyicha materiallar belgilangan tartibda hisobga olinadi, saqlanadi va qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofoti bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofoti bilan taqdirlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Masʼullar

Amalga oshirish mexanizmlari

Muddatlari

1-bosqich

Matematika jamiyati

Matematika sohasidagi ilmiy yutuqlarni aniqlash uchun kuzatuvlar oʻtkazish.

Doimiy

2-bosqich

Matematika jamiyati

1. Xulosalarni jamlash va muhokama qilish.

2. Mukofotga nomzodlarning dastlabki roʻyxatini shakllantirish.

3. Jamiyatning umumiy yigʻilishida koʻrib chiqish uchun kiritish.

Mukofot topshiriladigan yilning mart oyiga qadar

3-bosqich

Matematika jamiyati

1. Nomzodlar roʻyxatini koʻrib chiqish va tasdiqlash.

2. Nomzodlar boʻyicha takliflar va ularga oid hujjatlarni Innovatsion rivojlanish vazirligiga yuborish.

Mukofot topshiriladigan yilning mart oyiga qadar

4-bosqich

Innovatsion rivojlanish vazirligi

1. Nomzodlar roʻyxati va ularga oid hujjatlarni oʻrganish.

2. Nomzodlar boʻyicha tavsiyanomalar va nomzod hamda ilmiy yutuqlarga oid hujjatlarni Vazirlar Mahkamasiga Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashida koʻrib chiqish uchun kiritish.

1 oy muddatda

Mukofot topshiriladigan yilning iyun oyi

5-bosqich

Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashi

1. Nomzodlar boʻyicha takliflar, tavsiyanomalar va ularga oid hujjatlarni qoʻrib chiqish.

2. Nomzodlar boʻyicha taqdimnomani tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasigayuborish.

1 oy muddatda

Mukofot beriladigan yilning
25-avgustiga qadar

6-bosqich

Belgilangan masʼullar, Innovatsion rivojlanish vazirligi

1. Taqdimnoma maʼqullangan taqdirda Mukofotga sazovor boʻlganlarga 50ming AQSh dollari ekvivalentidagi bir martalik pul mukofoti tantanali ravishda topshiriladi.

2. Sovrindorga pul mukofotini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Davlat budjetidan Innovatsion rivojlanish vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.

Belgilangan muddatlarda

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/676/1441-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)