Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-maydagi PQ-4708-son qarori 14-bandiga muvofiq matematika sohasidagi fundamental va amaliy ilmiy izlanishlari natijalariga ko‘ra amaliyotdagi muayyan muammoning yechimini taklif etgan olimlarni mukofotlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofoti ta’sis etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
8. Mukofot bilan taqdirlash tartibi ushbu Nizom ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

Bosqichlar

Mas’ullar

Amalga oshirish mexanizmlari

Muddatlari


1-bosqich

Matematika jamiyati

Matematika sohasidagi ilmiy yutuqlarni aniqlash uchun kuzatuvlar o‘tkazish.

Doimiy


2-bosqich

Matematika jamiyati

1. Xulosalarni jamlash va muhokama qilish.

2. Mukofotga nomzodlarning dastlabki ro‘yxatini shakllantirish.

3. Jamiyatning umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqish uchun kiritish.

Mukofot topshiriladigan yilning mart oyiga qadar


3-bosqich

Matematika jamiyati

1. Nomzodlar ro‘yxatini ko‘rib chiqish va tasdiqlash.

2. Nomzodlar bo‘yicha takliflar va ularga oid hujjatlarni Innovatsion rivojlanish vazirligiga yuborish.

Mukofot topshiriladigan yilning mart oyiga qadar


4-bosqich

Innovatsion rivojlanish vazirligi

1. Nomzodlar ro‘yxati va ularga oid hujjatlarni o‘rganish.

2. Nomzodlar bo‘yicha tavsiyanomalar va nomzod hamda ilmiy yutuqlarga oid hujjatlarni Vazirlar Mahkamasiga Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashida ko‘rib chiqish uchun kiritish.

1 oy muddatda

Mukofot topshiriladigan yilning iyun oyi


5-bosqich

Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashi

1. Nomzodlar bo‘yicha takliflar, tavsiyanomalar va ularga oid hujjatlarni qo‘rib chiqish.

2. Nomzodlar bo‘yicha taqdimnomani tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasigayuborish.

1 oy muddatda

Mukofot beriladigan yilning
25-avgustiga qadar


6-bosqich

Belgilangan mas’ullar, Innovatsion rivojlanish vazirligi

1. Taqdimnoma ma’qullangan taqdirda Mukofotga sazovor bo‘lganlarga 50ming AQSh dollari ekvivalentidagi bir martalik pul mukofoti tantanali ravishda topshiriladi.

2. Sovrindorga pul mukofotini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar Davlat budjetidan Innovatsion rivojlanish vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.

Belgilangan muddatlarda


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi