07.05.2020 yildagi PQ-4708-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Matematika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda matematika 2020-yildagi ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilandi. Oʻtgan davr ichida matematika ilm-fani va taʼlimini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan qator tizimli ishlar amalga oshirildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, ilgʻor ilmiy markazlarda faoliyat yuritayotgan vatandosh matematik olimlarning taklif qilinishi va xalqaro ilmiy-tadqiqotlar olib borilishi uchun zarur shart-sharoit yaratildi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, xalqaro fan olimpiadalarida gʻolib boʻlgan yoshlarimiz va ularning murabbiy ustozlari mehnatini ragʻbatlantirish tizimi joriy etildi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqotlarning oʻzaro integratsiyalashuvini taʼminlash maqsadida Talabalar shaharchasida Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutining (keyingi oʻrinlarda — Institut) yangi va zamonaviy binosi barpo etildi. Matematika sohasidagi fundamental tadqiqotlarni moliyalashtirish hajmi bir yarim barobarga oshirildi, budjet mablagʻlari hisobidan superkompyuter, zamonaviy texnika va asbob uskunalar xarid qilindi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, ilmiy darajali kadrlarni tayyorlashning birlamchi bosqichi sifatida stajyor-tadqiqotlik instituti joriy etildi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, ilm-fan sohasidagi ustuvor muammolarni tezkor bartaraf etish, fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish masalasini Hukumat darajasida belgilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri raisiligida Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashi tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, sohada yechimini topmagan qator masalalar matematika sohasidagi taʼlim sifati va ilmiy-tadqiqot samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruratini koʻrsatmoqda. Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, matematika taʼlimotining taʼlim olish bosqichlari oʻrtasidagi uzviylik toʻliq taʼminlanmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, umumtaʼlim maktablarida matematika darsliklari oʻquvchilarning yoshiga nisbatan fanni oʻzlashtirishni qiyinlashtiruvchi murakkab masalalardan iborat va boshqa fanlarda oʻtiladigan mavzular bilan uygʻunlashtirilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, matematikaga qiziquvchan, xalqaro olimpiadalar gʻoliblari boʻlgan aksariyat iqtidorli yoshlarimiz hududlardan boʻlishiga qaramasdan ularning kelgusi rivojlanishi uchun oliy taʼlim va ilm-fan sohasida zarur shart-sharoit yaratib berilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, matematika sohasidagi ilmiy-tadqiqotning amaliyot va ishlab chiqarish bilan bogʻliqligi zaifligicha saqlanib qolmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, sohadagi olimlarning xorijiy ilmiy va taʼlim muassasalari bilan aloqalari milliy matematikani jahon miqyosiga olib chiqish, xalqaro hamjamiyatda nufuzini oshirish uchun yetarli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlimning barcha bosqichlarida matematika fanini oʻqitish tizimini yanada takomillashtirish, pedagoglarning samarali mehnatini qoʻllab-quvvatlash, ilmiy-tadqiqot ishlarining koʻlamini kengaytirish va amaliy ahamiyatini oshirish, xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar matematika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional, oliy taʼlim tashkilotlari va ilmiy muassasalar oʻrtasidagi yaqin hamkorlikni taʼminlovchi yaxlit tizimni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor xorijiy tajriba asosida maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish boʻyicha zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida matematika fanlarini oʻqitish sifatini oshirish, hududlarda matematika faniga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish hamda yangi maktablarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matematika fani boʻyicha kadrlarni, xususan qishloq joylardagi maktablarning kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish, matematika fani boʻyicha darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarni takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning matematika fani boʻyicha mahalliy va xalqaro fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etishini hamda sovrinli oʻrinlarni egallashini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim berishning onlayn platformasini yaratish va amaliyotga tatbiq etish, masofadan oʻqitish tizimi samaradorligini oshirish, baholash tizimining shaffofligini taʼminlash mexanizmlarini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Matematika fanini bilish darajasini baholash boʻyicha milliy sertifikatlashtirish tizimini joriy qilish, oliy taʼlimning tegishli yoʻnalishlari va mutaxassisliklarida matematika fani boʻyicha mashgʻulotlarni koʻpaytirish hamda taʼlim berish sifatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matematika sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarning ishlab chiqarish bilan uzviy bogʻliqligini taʼminlash, amaliy matematikani rivojlantirish va iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolarni modellashtirish asosida matematik yechimlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matematika sohasida taʼlim olayotgan va ilmiy-tadqiqotlar bilan shugʻullanayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, chet eldagi oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizning ilmiy va taʼlim tashkilotlarini bosqichma-bosqich jahonning matematika fani boʻyicha yetakchi ilmiy markazlari darajasiga yetkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2020 — 2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida matematika fanlari boʻyicha taʼlim sifatini yaxshilash, ilmiy-tadqiqotlarning natijadorligi va amaliy ahamiyatini oshirishning maqsadli dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Fanlar akademiyasi va Innovatsion rivojlanish vazirligining har bir tumanda (shaharda) matematika fanini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktablarni (keyingi oʻrinlarda — Ixtisoslashtirilgan maktablar) bosqichma-bosqich tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi 2020-yil 1-noyabrga qadar Ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etish boʻyicha manzilli dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF-106-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 06/22/106/0314-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan maktablarning nizomlarini, mazkur maktablarda matematika fani oʻqituvchilarini tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-sentabrdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF-106-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 06/22/106/0314-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Fanlar akademiyasi va “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvarga qadar Matematika fanini bilish darajasini baholash boʻyicha milliy sertifikatlash tizimini (keyingi oʻrinlarda — Milliy sertifikatlash tizimi) joriy qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Milliy sertifikatlash tizimi doirasida quyidagilar belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matematikani bilish darajasini baholash va bu toʻgʻrisida milliy malaka sertifikatini (keyingi oʻrinlarda — milliy sertifikat) berish oʻrnatilgan tartibda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan amalga oshiriladi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matematikani bilish darajasini baholash tabaqalashtirilgan holda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtiyoz beriladigan darajadagi milliy sertifikatga ega abituriyent davlat oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirishda matematika fanidan test sinovi topshirishdan ozod etiladi va unga matematika fani uchun belgilangan maksimal ball beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-sentabrdan boshlab Ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani boʻyicha oʻqituvchilari tegishli darajadagi milliy sertifikatga ega boʻlishlari majburiy hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy sertifikatlash tizimi uchun test topshiriqlari bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borishda ekspert sifatida Institut ilmiy xodimlari jalb qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-sentabrdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ilmiy faoliyatga doir davlat dasturiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan 2021-yil 1-yanvarga qadar Milliy sertifikatlash tizimining onlayn platformasini ishlab chiqsin va joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Institut tarkibida 5 ta shtat birligidan iborat Matematika taʼlimi boʻyicha oʻquv-uslubiy materiallarni muvofiqlashtirish laboratoriyasi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, “Matematika taʼlimi boʻyicha oʻquv-uslubiy materiallarni muvofiqlashtirish” laboratoriyasi faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Institutni saqlash uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 2021-yil 1-sentabrdan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq davlat taʼlim muassasalarida qoʻllaniladigan matematika fani boʻyicha darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarni ishlab chiqishda majburiy tartibda Institutning ekspert xulosasi olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 2020-yil 1-sentabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matematika boʻyicha bilim, malaka va koʻnikmalar talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarining oʻquv rejalarida matematika fani uchun ajratilgan soatlar hajmini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar isteʼmolchilari mutaxassislarini jalb etgan holda bitiruvchilarda sohaga oid matematika boʻyicha amaliy bilim, malaka va koʻnikmalarni shakllantirish hamda rivojlantirishga qaratilgan loyiha ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni integrativ fanlararo tayyorlash maqsadida matematika taʼlim yoʻnalishlarida qoʻshimcha fanlarni (biologiya, geologiya, kimyo, fizika va boshqalar) joriy qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Institut huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Matematika fani va taʼlimini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Institut tuzilmasida Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan saqlanadigan 2 shtat birligidan iborat Matematika fani va taʼlimini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqarish guruhi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Fanlar akademiyasining matematika sohasidagi fundamental va amaliy ilmiy izlanishlari natijalariga koʻra amaliyotdagi muayyan muammoning yechimini taklif etgan olimlarni mukofotlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofotini (keyingi oʻrinlarda — Mukofot) taʼsis etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mukofot bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar taqdirlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mukofot ikki yilda bir marta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashining taklifiga koʻra uchta yoʻnalish (fundamental sohadagi tadqiqot, yoshlar oʻrtasidagi tadqiqot va iqtisodiyotning real sektoridagi muammoning yechimini taʼminlagan tadqiqot) boʻyicha beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir yoʻnalish boʻyicha Mukofot sovrindorlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 50 ming AQSH dollari ekvivalentidagi pul mukofoti beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashida Mukofot nomzodlarini koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tavsiyanomasiga koʻra amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdirlash uchun nomzodlar boʻyicha takliflar Oʻzbekiston matematika jamiyati tomonidan oʻtkaziladigan doimiy kuzatuvlar asosida shakllantiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mukofot sovrindoriga pul mukofotini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish 2021-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
(15-bandning beshinchi — yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Moliya vazirligi va Fanlar akademiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofoti bilan taqdirlash tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Buxoro, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutining hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boʻlinmalar) tashkil etilsin hamda ularning namunaviy shtat jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy boʻlinmalar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan Institutni saqlash uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy boʻlinmalar joylashtirilgan bino va inshootlarni saqlash hamda kommunal toʻlovlar boʻyicha xarajatlarni qoplash tegishli oliy taʼlim muassasasining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy boʻlinmalar yuridik shaxs hisoblanmaydi va Institutning tarkibidagi ilmiy boʻlinmalari sifatida faoliyat yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir hududiy boʻlinma tarkibida bir shtat birligidan iborat 2021-yilda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan saqlanadigan va 2022-yildan boshlab toʻliq xoʻjalik hisobiga oʻtkaziladigan Oʻquv markazlari faoliyat yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy boʻlinmalarning rahbarlari Institut direktori tomonidan tegishli oliy taʼlim muassasasining rektori bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy boʻlinmalarning ilmiy-tadqiqot ishlari Institutning ish rejasi va ilmiy-tadqiqot ishlari doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Fanlar akademiyasining Institut huzurida qonun hujjatlariga muvofiq holda matematika ixtisosliklari boʻyicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi ilmiy kengashni (keyingi oʻrinlarda — ilmiy kengash) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Institut rahbariyati ilmiy kengash aʼzolarining yarmidan koʻpi Institutda faoliyat yuritishini, shu jumladan oʻrindoshlik asosida jalb etilishini hamda izlanuvchilarning dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik va maslahatchilik qilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
izlanuvchining dissertatsiyalarini ilmiy seminar va ilmiy kengash yigʻilishlarida koʻrib chiqish hamda muhokama qilish sanasi ilmiy kengash tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
izlanuvchiga tegishli ilmiy darajani berish toʻgʻrisidagi qaror ilmiy kengash tomonidan qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy kengash izlanuvchiga dissertatsiyani muvaffaqqiyatli himoya qilgan kunning oʻzida davlat namunasidagi ilmiy daraja boʻyicha diplomni berish vakolatiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy kengashning tarkibi Institut kengashi tavsiyasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi bilan kelishilgan holda Institut kengashi qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Institut uchun Toshkent shahar Olmazor tumani Universitet koʻchasida yangi qurilgan binoni Institutga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz oʻtkazib berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi “Matematika taʼlimi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4387-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Moliya vazirligi va Fanlar akademiyasi matematika sohasidagi taniqli olimlar haqida turkum badiiy va hujjatli filmlarni suratga olish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 7-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4708-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi PQ-4708-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida matematika fanlari boʻyicha taʼlim sifatini yaxshilash, ilmiy-tadqiqotlarning natijadorligi va amaliy ahamiyatini oshirishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Maktabgacha taʼlim muassasalarida elementar matematika asoslarini oʻqitish sifatini oshirish

Bunda, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlimning elementar matematika asoslarini oʻqitish, tarbiyalanuvchilarda ilk matematik tasavvurni takllantirish boʻyicha tizimli va keng qamrovli ishlarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin shaxsan masʼul etib hisoblanadi.

1.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida ularning yoshiga muvofiq ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish.

1. Bolalarning elementar matematika toʻgʻrisidagi tasavvurlarini rivojlantirish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish.

2. Oʻrganilgan xorijiy tajriba asosida elementar matematika boʻyicha maktabgacha va boshlangʻich taʼlim oʻquv dasturlari va oʻquv-metodik qoʻllanmasini ishlab chiqish hamda ularni oʻzaro muvofiqlashtirish.

3. Oʻquv-metodik majmua asosida bolalarning elementar matematika tasavvurlarini rivojlantirish boʻyicha mashgʻulotlarni tayanch maktabgacha taʼlim muassasalarida tajriba sinov tariqasida oʻtkazish.

4. Tajriba sinov natijalari boʻyicha “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi asosida elementar matematika boʻyicha oʻquv dasturini va oʻquv-metodik qoʻllanma ishlab chiqish.

5. Elementar matematika boʻyicha zamonaviy oʻquv didaktik, koʻrgazmali va tarqatma materiallar, didaktik oʻyinlar, elektron taʼlim resurslarini ishlab chiqish.

6. Elementar matematika boʻyicha oʻquv dasturi va oʻquv-metodik qoʻllanma asosida barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim jarayonini tashkil qilish.

7. “Ilk qadam” va “Ilm yoʻli” oʻquv dasturlari doirasida elementar matematika boʻyicha onlayn-mashgʻulotlar bazasini yaratish va ommalashtirish.

8. Maktabgacha taʼlim tizimidagi malaka oshirish kurslarida mashgʻulot olib boruvchi oʻqituvchilarga bolalarning elementar matematika boʻyicha zamonaviy pedagogik texnologiyalarni oʻrgatish.

2021-yil 1-oktabr



2022-yil 1-iyul




2022-yil 1-sentabr





2023-yil 1-may



2023-yil 1-avgust




2023-yil 1-sentabr




2023-yil 1-dekabr



2023-yil sentabrdan boshlab

Maktabgacha taʼlim vazirligi (Shin),

Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov)

II. Umumtaʼlim muassasalarida matematika fanini oʻqitish sifatini oshirish

Bunda, umumtaʼlim muassasalarida matematika fanini oʻqitish sifatini oshirish, darsliklarni sodda va tushunarli tilda tayyorlash, hududlarda matematika fanini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini samarali tashkil etish va Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti bilan yaqindan hamkorlikda yoshlarni xalqaro fan olimpiadalariga tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov shaxsan masʼul hisoblanadi.

2.

Matematika fanini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktablarning (keyingi oʻrinlarda — Ixtisoslashtirilgan maktablar) moddiy-texnik bazasini yaxshilash.

1. Ixtisoslashtirilgan maktablar binolari, moddiy-texnik va oʻquv-metodik taʼminotining amaldagi holatini toʻliq xatlovdan oʻtkazish.

2. Xatlov natijasi boʻyicha:

Ixtisoslashtirilgan maktablarning bino-inshootlarini taʼmirlash, ularga qoʻshimcha bino qurish;

Ixtisoslashtirilgan maktablarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari, kompyuter sinfi, masofaviy tarzda onlayn dars oʻtish asbob-uskunlari bilan jihozlash, oʻquv-metodik, shu jumladan elektron darslik va multimedia materiallari bilan taʼminlash;

Ixtisoslashtirilgan maktablarning moddiy-texnik va oʻquv-metodik taʼminotini yaxshilash boʻyicha hisob-kitob qilish va moliyalashtirish manbalari yuzasidan takliflar tayyorlash.

3. Tayyorlangan takliflarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

4. Tahlil natijasida zarur deb hisoblangan qurilish-taʼmirlash ishlarini kelgusi yillar uchun shakllantiriladigan investitsiya dasturlariga kiritish chorasini koʻrish.

5. “Zamonaviy maktab” dasturi talablari asosida Ixtisos?ashtirilgan maktablar zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlash.

6. Ixtisoslashtirilgan maktablarning moddiy-texnik va oʻquv-metodik jihatdan taʼminlash ishlariga soha boʻyicha ilgʻor xorijiy moliya institutlarining grant mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrish.

2020-yil 1-sentabr




2020-yil 1-noyabr














2020-yil 1-dekabr



2021-yil
yanvar — avgust




2021-2022-yillar davomida




Doimiy

Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Qoʻchqorov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Qudratov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

4.

Matematika fanidan dars berayotgan oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish.

1. Matematika fani oʻqituvchilarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturini qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish.

2. Malaka oshirish kurslariga akademiklar va oliy taʼlim muassasalarining matematika kafedrasi professor-oʻqituvchilarini jalb etish.

2020-yil 1-iyul



Doimiy

Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov),

Matematika instituti (Ayupov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov)

5.

Matematika fanidan bilimlarni baholash boʻyicha milliy sertifikatlash tizimini joriy etish.

1. Matematika fanidan bilimlarni baholash boʻyicha milliy sertifikatlashtirish tizimiga qoʻyiladigan talablar, sertifikat sohiblariga imtiyoz berishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2. Qaror loyihasini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil 1-iyun





2020-yil 1-iyul

Davlat test markazi (Karimov), Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Matematika instituti (Ayupov)

6.

Maktab oʻquvchilari orasida Al-Xorazmiy nomidagi respublika va hududiy olimpiadalarni oʻtkazish.

1. Al-Xorazmiy nomidagi respublika va hududiy fan olimpiadalarni oʻtkazish tartibini tasdiqlash hamda respublika komissiyasi va ishchi guruhlarni tuzish.

2. Ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda olimpiada topshiriqlarini tayyorlash va olimpiadani ochiq va x?lis tarzda oʻtkazish.

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab

Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Matematika instituti (Ayupov)

7.

Matematika fani oʻquv dasturlarini qayta koʻrib chiqish, oddiy va tushunarli yozilgan ommabop darslik va oʻquv qoʻllanmalarni nashr etish.

1. Matematika fanining oʻquv dasturlarini tanqidiy qayta koʻrib chiqish va rivojlangan davlatlar tajribasini oʻrganish.

2. Matematika fani boʻyicha yangi va tushunarli tilda yozilgan darslik va oʻquv qoʻllanmalar nashr etish rejasini tasdiqlash.

2020-yil 1-avgust



2020-yil 15-avgust

Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Matematika instituti (Ayupov)

8.

Ixtisoslashtirilgan maktablarda “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida dasturlash tillariga oʻqitishni tashkil qilish hamda oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan oʻquvchilarga Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining IT-akademiyasida tahsil olishlari uchun yoʻllanma berish.

1. Ixtisoslashtirilgan maktablarni yuqori tezlikdagi internetga ulash.

2. Ixtisoslashtirilgan maktablarning 7 — 11 sinflari oʻquvchilarini “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida dasturlash tillariga oʻqitishni tashkil qilish.

3. Oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan oʻquvchilarga dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining IT-akademiyasida tahsil olishlari uchun maxsus chegirmalar asosida yoʻllanma berish tizimini yaratish.

2020-yil 1-sentabr



2020/2021 oʻquv yilidan boshlab



2021-yil 1-yanvar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov), Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

9.

Xalq taʼlimi vazirligi huzurida “Ustozlar kengashi”ni tashkil etish.

1. Xalq taʼlimi vazirligi huzurida “Ustozlar kengashi”ning tarkibini shakllantirish va nizomini ishlab chiqish.

2. Xalq taʼlimi vazirligi huzurida “Ustozlar kengashi”ni tashkil etish.

2020-yil 1-sentabr



2020-yil 1-oktabr

Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov)

10.

Oliy taʼlim muassasalari qoshidagi litsey (gimnaziya)lar faoliyatini qayta koʻrib chiqish.

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumanida joylashgan Nukus davlat pedagogika instituti qoshidagi faoliyatini tugatgan akademik litsey negizida Nukus davlat pedagogika institutining matematikaga ixtisoslashtirilgan maktabini tashkil etish choralarini koʻrish.

2. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti qoshidagi aniq fanlarga ixtisoslashgan gimnaziya faoliyatini qayta tiklash.

2020-yil 1-avgust

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Suv xoʻjaligi vazirligi (Xamrayev)

III. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida matematika fanlarini oʻqitish sifatini oshirish

Bunda, iqtisodiyotning real sektori va ishlab chiqarish sohasiga kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarida matematika fanlarining soatlar hajmini koʻpaytirish, yangi va taʼlim bozorida talabgor mutaxassisliklarni ochish hisobidan yoshlarni matematika taʼlimi bilan qamrov darajasini oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov shaxsan masʼul hisoblanadi.

3.1. Matematika yoʻnalishlarida mutaxassislar tayyorlash va oʻqitish sifatini oshirish

11.

Yuqori malakali matematik kadrlarni grant asosida tayyorlash boʻyicha davlat buyurtmasini oshirish.

1. Matematik kadrlarni grant asosida tayyorlash boʻyicha davlat buyurtmasini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2. Matematika boʻyicha qabul parametrlarini oshirish choralarini koʻrish.

2020-yil 15-may



2020/2021 oʻquv yilidan boshlab

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Qoʻchqorov)

12.

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universitetida “Aktuar va moliyaviy matematika” magistratura mutaxassisligini ochish.

1. “Aktuar va moliyaviy matematika” magistratura mutaxassisligi boʻyicha malaka talablari, oʻquv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish.

2. Talabalarni kadrlar buyurtmachilari tashkilotlarida doimiy amaliyot oʻtashlarini taʼminlash.

3. Bitiruvchilarning kadrlar buyurtmachi tashkilotlarida ishga joylashuvi yoki ilmiy-tadqiqotlarni davom etishlari uchun zarur choralar koʻrish.

4. Malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlari mazmunini Markaziy bank va Moliya vazirligi tavsiyalariga asosan shakllantirish.

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Markaziy bank (Nurmuratov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov)

13.

Respublika sanoat ishlab chiqarish korxonalarining texnik-texnologik masalalari yechimini matematik usullar va modellashtirish orqali hal etishga qodir boʻlgan malakali kadrlarni tayyorlash.

1. Oliy taʼlim muassasalarida “Mexanika
va matematik modellashtirish”, “Matematik injiniring (ishlab chiqarish sohalari boʻyicha)” bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari hamda “Moliyaviy matematika” magistratura mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlashni tashkil etish.

2. Tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishi bitiruvchilariga “muhandis-matematik” va “matematika-mexanika oʻqituvchisi” qoʻsh (dual) kvalifikatsiyalarini berishni yoʻlga qoʻyish.

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Qoʻchqorov), tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar

14.

Matematik taʼlimda fanlararo integratsiyani taʼminlash.

1. Matematika bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari bitiruvchilarining muayyan aniq sohalarda amaliy masalalarni yechish koʻnikmalarini rivojlantirish uchun taʼlim dasturlarini fanlar (yoʻnalishlar)aro integrativ prinsip asosida ixtisoslashtirilgan tartibda ishlab chiqish va joriy etish.

2. “Matematik iqtisodiyot”, “Matematik biologiya”, “Matematik fizika” bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

2020-yil 1-iyul








2021/2022 oʻquv yilidan boshlab

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Qoʻchqorov), tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar

15.

Matematika sohasi boʻyicha iqtidorli talabalarning boʻsh vaqtlari mazmunli hamda samarali oʻtkazilishini tizimli yoʻlga qoʻyish.

1. Oʻzbekiston milliy universiteti, Qoraqalpoq, Buxoro, Namangan, Samarqand va Urganch davlat universitetlarida matematika bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni aniqlash.

2. Matematika sohasi boʻyicha iqtidorli talabalar uchun xorijiy va respublika oliy taʼlim muassasalari talabalarini jalb etgan holda yozgi maktablarni tashkil etish va doimiy ravishda oʻtkazib borish.

2020-yil iyun






2021-yildan boshlab

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Matematika instituti (Ayupov), Oʻzbekiston Matematika jamiyati (Aʼzamov)

16.

Matematika fani oʻquv-metodik dasturi mazmun va mohiyatini sohalarga moslashtirish.

Muhandis-texnika bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida oliy matematika kursining oʻquv yuklama hajmlarini, oʻquv dasturi mazmunini sohalarning amaliy vazifalariga muvofiqlashtirib ishlab chiqish va joriy etish.

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar, Matematika instituti (Ayupov), Oʻzbekiston Matematika jamiyati (Aʼzamov)

17.

“Maktabgacha taʼlim” va “Boshlangʻich taʼlim” bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari matematika fani dasturining bugungi kun talablari asosida qayta ishlab chiqish.

1. “Maktabgacha taʼlim” va “Boshlangʻich taʼlim” bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari matematika fani dasturlarini xorijiy ilgʻor tajribalar asosida takomillashtirish.

2. “Maktabgacha taʼlim” va “Boshlangʻich taʼlim” bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari matematika fani dasturida asosiy eʼtiborni mantiqiy fikrlash va oʻyinlar koʻrinishidagi masalalarni yechishga qaratgan holda soddalashtirish.

2020-yil 1iyul





2020-yil 1-avgust

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Matematika instituti (Ayupov), Oʻzbekiston Matematika jamiyati (Aʼzamov), tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar

18.

Oliy matematika fani boʻyicha oʻquv mashgʻulotlar hajmini oshirish.

1. Oliy taʼlim muassasalarida tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha qabul qilingan oʻquv rejalarida “Oliy matematika” fanini toʻliq oʻzlashtirish uchun yangi “Sonlar nazariyasi”, “Matematik modellashtirish”, “Graflar nazariyasi” qismlarini kiritish.

2. 2020/2021 oʻquv yilidan “Oliy matematika” fani boʻyicha oʻqish muddatini fandagi mavjud ayrim qismlar soatini koʻpaytirish hisobidan
2 semestrdan 4 semestrgacha oshirish.

2020-yil iyul







2020-2021 oʻquv yilidan boshlab

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar

19.

Matematika fani boʻyicha oʻquv adabiyotlari (darsliklar)ni turli dasturlar va umumiy metodologik asosda hamda zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari yordamida tushuntiruvchi real misollar, grafik materiallar asosida tayyorlash.

1. Muhandis-texnika, tabiiy fanlar, gumanitar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun matematika fanidan alohida universal darslik yaratishga tanlov va turli grantlar eʼlon qilish.

2. Gumanitar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida oʻqitiladigan matematika fani dasturlarini qayta koʻrib chiqish
va soddalashtirish.

3. Matematika fani boʻyicha zamonaviy axborot texnologiyalari asosidagi animatsiyalar, grafik materiallar asosida oʻquv adabiyotlarini tayyorlash va nashr etish.

2020-yil 1-iyul




2020-yil iyul-avgust




2021-yil 1-iyun

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar

20.

Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining matematik fanlar boʻyicha oʻzlashtirgan bilimlarini iqtisodiyotning real sohasidagi texnologiyalarda, shuningdek, amaliy hamda ilmiy faoliyatda qoʻllay olishini taʼminlash.

1. Mutaxassislikka bevosita aloqasi boʻlmagan fanlarni qisqartirish.

2. Qisqartirilgan fanlar hisobidan muhandis-texnika bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida yangi “Kompyuterli matematik tizimlar” fanini kiritish.

2020-yil iyun-iyul

2020-2021 oʻquv yilidan boshlab

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar

21.

Respublika oliy taʼlim muassasalarini matematika sohasi boʻyicha professor-oʻqituvchilar bilan taʼminlash.

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab respublika oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga matematika mutaxassisliklari boʻyicha oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini toʻliq davlat granti asosida tasdiqlash.

2020-yil iyun

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Qoʻchqorov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), kadrlar isteʼmolchisi boʻlgan tarmoq vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari

22.

Matematika sohasida stajirovka tizimini yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari tajribalari asosida tashkil etish.

1. Yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari tajribalarini oʻrganish.

2. Oʻzbekiston milliy universiteti, Qoraqalpoq, Buxoro, Namangan, Samarqand va Urganch davlat universitetlarida respublika oliy taʼlim muassasalari matematika oʻqituvchilarining stajirovkalarini tashkil etish.

2020-yil 1-avgust


2021-yildan boshlab

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Madjidov), “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (Bekmurodov), tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar

23.

Matematika fani oʻqituvchilarining tayyorgarlik darajasi, dars berish mahorati va metodikasini bilish darajasini muntazam oshirib borish.

1. Matematika oʻqituvchilarini tayyorlash dasturlarini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish:

mustaqil ishlashga oʻrgatish metodikasini kiritish;

multimedia va axborot texnologiyalarini dars mashgʻulotlarida faol qoʻllashni oʻrgatish, amaliy mashgʻulotlar salmogʻini oshirish.

2. Oʻquvchilarga maktab dasturi mavzularini mustaqil oʻrganishlari uchun elektron resurslar va dasturiy platformalar ishlab chiqish hamda ulardan foydalanish sharoitlar yaratish.

2020-yil may — iyul




2020-yil iyun oyidan boshlab

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Oʻzbekiston matematika jamiyati (Aʼzamov), Matematika instituti (Ayupov), tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar

24.

Talabalarda tizimli tahlil koʻnikmalarini rivojlantirish.

Talabalarda tizimli tahlilni oʻz sohasi va hayotiy vaziyatlarda qoʻllay olish koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida tegishli fanlarning oʻquv dasturlarini qayta koʻrib chiqish.

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Madjidov), Matematika instituti (Ayupov)

25.

Kasb-hunar maktablarida matematika fani dasturini ishchi kasblarning xususiyatlarini hisobga olgan ishlab chiqish.

1. Matematika fanining umumiy oʻrta taʼlim tizimi bilan uzviyligini taʼminlash va kasbga yoʻnaltirib oʻqitishni tashkil etish boʻyicha kasb-hunar maktablari uchun oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.

2. Matematika fani oʻquv dasturlarini taʼlim jarayoniga joriy etish va oʻquvchilarning oʻzlashtirishinimonitoring qilish.

2020-yil 1-avgust





Doimiy

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov)

3.2. Matematika sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarning natijadorligi va amaliy ahamiyatini oshirish

26.

Oliy taʼlim tizimida matematika taʼlimi va fani (fundamental, amaliy va innovatsion) rivojlanishini tanqidiy tahlil qilish.

1. Oliy taʼlim tizimida matematika taʼlimi va fani rivojlanishi holatini oʻrganish va tahliliy materiallar tayyorlash.

2. Tahliliy materiallar asosida 2020 — 2023-yillarda oliy taʼlim tizimida matematika fanini rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. “Yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va tizimli amalga oshirish.

2020-yil 1-iyun



2020-yil 1-avgust




2020 — 2023-yillar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Oʻzbekiston Matematika instituti (Ayupov), Oʻzbekiston matematika jamiyati (Aʼzamov), tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar

27.

Oliy taʼlim muassasalarida matematika ilmiy maktablarini shakllantirish va matematika kadrlarining ilmiy salohiyatini oshirish.

1. Matematika fanini oʻqitishda dunyoda yuz berayotgan yangiliklar asosida fan dasturlari va oʻquv adabiyotlarini takomillashtirishga xizmat qiluvchi hamda mavjud muammolarga tez va toʻgʻri yechim topishga yordam beruvchi ilmiy maktablarni shakllantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzurida Oʻzbekiston va xorijda faoliyat olib borayotgan olimlardan iborat Matematiklar kengashini tashkil etish.

2020-yil 20-may








2020-yil 1-dekabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Matematika instituti (Ayupov), Oʻzbekiston Matematika jamiyati (Aʼzamov), tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar

28.

Matematika sohasidagi ilmiy natijalar xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasidagi ilmiy nashrlarda eʼlon qilinishi, xalqaro matematiklar ilmiy hamjamiyatiga yetkazilishi va ular tomonidan eʼtirof etilishini taʼminlash.

1. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga taʼlim va fan sohasidagi ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish, natijalar xalqaro darajada eʼtirof etilishiga erishish uchun sharoitlarni kengaytirish maqsadida dunyo universitetlari reytingini belgilovchi Times Higher Education (THE), Quacquarelli Symonds (QS), Academic Ranking of World Universities (ARWU) Shanxay reyting agentliklari hamda yirik ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasiga ega boʻlgan Elsevier kompaniyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish va ular bilan tuziladigan har birining miqdori 300 ming AQSH dollaridan oshmaydigan shartnomalarni istisno tariqasida davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalida eʼlon joylashtirmasdan va elektron savdolarsiz, tendersiz, toʻgʻridan-toʻgʻri rasmiylashtirish va toʻlovlarni vazirlikning Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirish huquqini berish.

2. Yoshlarni doktorantura va magistraturada tahsil olishlari imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi matematika sohasida alohida tanlovlarni tashkil qilish.

2020-yil 1-avgust





















2020-yil sentabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Madjidov), “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (Bekmurodov), tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar, Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov)

29.

Matematika bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga qabul qilingan talabalarning ilmiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini oshirish, ularning ilmiy faoliyatga boʻlgan motivatsiyasini rivojlantirish.

1. Oliy taʼlim muassasalarining matematika bakalavriat taʼlim yoʻnalishi talabalari oʻrtasida oʻtkaziladigan matematika boʻyicha nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlari magistraturada matematika mutaxassisliklari boʻyicha oʻqishga davlat granti asosida qabul qilish.

2. Oʻzbekiston Milliy Universiteti, Buxoro va Samarqand davlat universitetlarida umumtaʼlim maktablari bitiruvchi sinflari oʻquvchilari oʻrtasida koʻp bosqichli (tuman — viloyat (shahar) — oliy taʼlim muassasasi) matematika fani boʻyicha olimpiada oʻtkazish va 1 — 3 oʻrinlarni egallagan oʻquvchilarni mazkur oliy taʼlim muassasalarining mablagʻlari hisobidan oʻqishga qabul qilish.

3. Matematika fani boʻyicha xalqaro va respublika olimpiadalari gʻoliblarini tayyorlagan professor-oʻqituvchilarga bir marotaba oylik maoshining 100 foizi miqdorida, matematika fani boʻyicha talabalar uchun toʻgaraklar olib borayotgan professor-oʻqituvchilarga oʻquv yili davomida oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan oylik maoshlariga 25 foizi miqdorida ustama haq toʻlab berilishini taʼminlash.

2020-yil sentabr






2021/2022 oʻquv yilidan boshlab







2020/2021 oʻquv yilidan boshlab

Moliya vazirligi (Ishmetov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Matematika instituti (Ayupov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (Sodiqov)

30.

Matematika fanini raqamli texnologiyalar asosida yoshlar oʻrtasida ommalashtirish.

Yoshlar oʻrtasida matematika faniga boʻlgan qiziqishni oshirish, ularning matematika sohasidagi iqtidorini rivojlantirish va metodik qoʻllab-quvvatlash maqsadida Internet tarmogʻida “Yosh matematiklar portali”ni tashkil qilish va uning doimiy faoliyatini taʼminlash.

2020-yil 15-sentabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (Sodiqov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Matematika instituti (Ayupov)

IV. Matematika sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarning natijadorligi va amaliy ahamiyatini oshirish

Bunda, fizik-matematika yoʻnalishidagi ilmiy tashkilotlarda matematika ixtisosliklari boʻyicha ilmiy kadrlarni tayyorlash, stajyor-tadqiqotchilik institutining samaradorligini taʼminlash va matematika sohasidagi ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliy muammolar bilan bogʻliqligini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yuldashev shaxsan masʼul hisoblanadi.

31.

Matematika sohasidagi olimlar va yosh tadqiqotchilarni xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy tadbirlardagi ishtirokini qoʻllab-quvvatlash.

1. Olimlar va yosh tadqiqotchilarning xorijda oʻtkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy tadbirlarda qatnashish xarajatlarini moliyalashtirish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Matematika fani va taʼlimini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlar moliyalashtiriladigan xalqaro ilmiy-amaliy tadbirlar roʻyxatini tasdiqlash.

3. Tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq tadbirlarda ishtirok etish istagida boʻlgan tadqiqotchilarni jalb qilish uchun eʼlon qilish.

4. Jamgʻarmaning yillik xarajatlar smetasiga muvofiq moliyalashtirishni amalga oshirish.

2020-yil 1-iyun




2020-yil 1-iyul





2020-yil 15-iyul



Smetaga muvofiq

Fanlar akademiyasi (Yuldashev),

Matematika instituti (Ayupov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Markaziy bank

(Nurmuratov) va tijorat banklari

32.

Matematika institutining ilmiy va hisoblash asbob-uskunalarini xarid qilish dasturlarini amalga oshirish.

1. Ilmiy va hisoblash asbob-uskunalarini xarid qilish boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish.

2. Takliflarni Jamgʻarma Kuzatuv kengashiga koʻrib chiqish uchun kiritish.

3. Xaridlarni amalga oshirish.

Har yili noyabr oyida

Har yili dekabr oyida

Grafik asosida

Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Matematika instituti (Ayupov),

Markaziy bank (Nurmuratov)

33.

Yirik ilmiy maktablar faoliyatini kengaytirish va ularning barqaror rivojlanishini taʼminlash.

1. Hududlarda Matematika instituti boʻlinmalarini tashkil qilish.

2. Tashkil etiladigan har bir boʻlinmaga matematika sohasidagi ilmiy maktab rahbari boʻlgan akademikni biriktirish.

2021-yil 1-yanvar

Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Matematika instituti (Ayupov), Moliya vazirligi (Ishmetov)

34.

Prezident maktablarida akademiklar maʼruzalarini muntazam ravishda tashkil qilish.

1. Matematika, fizika va texnika sohasidagi akademik va olimlarni Prezident maktablariga biriktirish.

2. Maʼruzalar roʻyxatini ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Maʼruzalarni oʻtkazish.

2020-yil 1-avgust


2020-yil 1-sentabr


Grafik asosida

Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Matematika instituti (Ayupov), Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (Boboxoʻjayev)

35.

Matematika sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari koʻlamini kengaytirish, ularning natijadorligi va amaliy ahamiyatini oshirish.

1. Iqtisodiyot tarmoqlarining matematik yechimni talab etadigan muammolar va jarayonlarini modellashtirishga boʻlgan ehtiyojlarini oʻrganish va ularni shakllantirish.

2. Muayyan muammo yechimiga yoʻnaltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari mavzularini ishlab chiqish.

3. Amaliy natijaga yoʻnaltirilgan ilmiy loyihalar tanlovini eʼlon qilish.

2020-yil 1-iyul




2020-yil 1-oktabr



2020-yil 1-dekabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov)

36.

Ilmiy tadqiqot muassasalari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibini joriy qilish.

1. Mavjud ilmiy tadqiqot muassasalari roʻyxatini shakllantirish.

2. Ilmiy tadqiqot muassasalari faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholashning asosiy koʻrsatkichlari va metodikasini ishlab chiqish.

3. Baholash metodikasi asosida Hukumatning tegishli qarori loyihasini ishlab chiqish.

4. Ilmiy tadqiqot muassasalari faoliyati samaradorligini baholash va reytingini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil 1-iyun


2020-yil 1-avgust



2020-yil 1-oktabr



2020-yil 1-dekabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev)

37.

Olimlarning “Noyabr oʻqishlari” akademik seminarlarini tashkil qilish.

1. Yil davomida yuqori natijalarga erishgan olimlar ruyxatini shakllantirish va ushbu roʻyxatni akademiklik uchun nomzodlar zaxirasi sifatida Fanlar akademiyasi Prezidiumida tasdiqlash.

2. Nukus, Urganch, Samarqand, Navoiy, Fargʻona shaharlarida maʼruzalar va natijalarni muhokama qilish.

Har yili noyabr oyida

Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Matematika instituti (Ayupov)

V. Matematika sohasida taʼlim olayotgan va ilmiy-tadqiqot bilan shugʻullanayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash

Bunda, matematika sohasidagi ilmiy faoliyatni va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvini taʼminlash,ilmiy-taqiqot ishlarining natijalarini amaliyotga joriy etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abdurahmonov shaxsan masʼul hisoblanadi.

38.

Matematika sohasida faoliyat yurituvchi yosh olimlar uchun ilmiy loyihalarni kengaytirish.

1. Iqtisodiyot tarmoqlarining matematik yechimni talab etadigan muammolar va jarayonlarini modellashtirish boʻyicha ehtiyojlari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarining mavzularini ishlab chiqish.

2. Amaliy natijaga yoʻnaltirilgan ilmiy loyihalar tanlovini eʼlon qilish.

2020-yil 1-iyul




2020-yil 1-dekabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov)

39.

Matematika taʼlim yoʻnalishlarida taʼlim olayotgan talabalar va tadqiqotchilar uchun Akademik T.A. Sarimsoqov nomidagi stipendiyani joriy etish.

1. Jamgʻarma tomonidan stipendiyani belgilash tartibini ishlab chiqish va tanlov komissiyasi tarkibini Jamgʻarma Kuzatuv kengashi qarori bilan tasdiqlash.

2. Tanlovni oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash.

2020-yil 20-may



Belgilangan muddatlarda

Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Matematika instituti (Ayupov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov)

40.

Iqtidorli yoshlarni Yoshlar akademiyasi faoliyatiga jalb etish.

1. Iqtidorli yoshlar va talabalar, 40 yoshgacha boʻlgan olimlar va tadbirkorlardan tashkil topgan jamoalarni saralash boʻyicha tanlov eʼlon qilish va oʻtkazish.

2. Iqtidorli va tashabbuskor yoshlar boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasini yangilab borish.

2020-yil 1-avgust




Doimiy

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

41.

Talabalarning matematika fani boʻyicha xalqaro olimpiadalardagi ishtirokini ragʻbatlantirish.

1. Talabalarning xalqaro olimpiadalarda qatnashish xarajatlarini moliyalashtirish tartibini ishlab chiqish va Jamgʻarma Kuzatuv kengashi qarori bilan tasdiqlash.

2. Jamgʻarma mablagʻlari tomonidan ishtirok etish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar moliyalashtiriladigan xalqaro olimpiadalar roʻyxatini tasdiqlash.

3. Tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq xalqaro olimpiadalarda qatnashmoqchi boʻlganlarning buyurtmalarini qabul qilish.

4. Jamgʻarmaning yillik xarajatlar smetasiga muvofiq moliyalashtirishni amalga oshirish.

2020-yil 1-iyun




2020-yil 1-iyul




Olimpiada oʻtkazilishidan ikki oy avval

Smetaga muvofiq

Fanlar akademiyasi (Yuldashev),

Matematika instituti (Ayupov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Markaziy bank

(Nurmuratov)

42.

Yuqori malakali kadrlarga boʻlgan amaldagi va kelgusidagi talab asosida matematika boʻyicha doktoranturaga qabul qilish parametrlarini shakllantirish tizimi boʻyicha takliflar tayyorlash.

1. Doktoranturaga qabul qilish parametrlarini shakllantirish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish.

2. Doktoranturaga qabul kvotalarini shakllantirish metodikasini ishlab chiqish.

3. Metodikani joriy qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2020-yil 1-noyabr



2020-yil 15-dekabr



2021-yil 1-yanvar

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Matematika instituti (Ayupov)

VI. Matematika sohasida taʼlim va ilm-fan masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, matematika fani boʻyicha erishgan yutuqlarimiz haqida dunyo hamjamiyatida keng targʻib qilish

Bunda, chet eldagi oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abdurahmonov shaxsan masʼul hisoblanadi.

43.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofoti darajasini (keyingi oʻrinlarda — Mukofot) jahondagi matematika sohasidagi nufuzli mukofotlar darajasigacha koʻtarish.

1. Mukofot bilan taqdirlash tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2. Mukofot taʼsis etilganligi haqida Xalqaro matematiklar jamiyatini xabardor qilish va uni targʻib etish boʻyicha hamkorlikdagi amaliy ishlarni kelishish.

3. Mukofot boʻyicha talabgorlarni aniqlash va taqdirlash.

4. Mukofotning ilk sovrindorlari boʻyicha Xalqaro matematiklar jamiyati va xalqaro miqyosdagi keng jamoatchilikni xabardor qilish

2020-yil avgust

2020-yil yakuniga qadar


Belgilangan muddatlarda

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Oʻzbekiston matematika jamiyati (Aʼzamov), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov)

44.

Oʻzbekiston matematika jamiyatining xalqaro aloqalarini kengaytirish va Xalqaro matematiklar jamiyatiga toʻlaqonli aʼzo boʻlishini taʼminlash.

1. Oʻzbekiston matematika jamiyatining Xalqaro matematiklar jamiyati yigʻilishlarida doimiy va faol ishtirok etish.

2. Oʻzbekiston matematika jamiyatining Xalqaro matematiklar jamiyatiga toʻlaqonli aʼzo boʻlishini taʼminlash.

3. Oʻzbekiston matematika jamiyatini Xalqaro matematiklar jamiyatiga toʻlaqonli aʼzo boʻlish bilan bogʻliq aʼzolik badallarini Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan toʻlash.

Belgilangan muddatlarda


2023-yilgacha



Aʼzolikka qabul qilingandan soʻng bir oy muddatda

Oʻzbekiston matematika jamiyati (Aʼzamov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev),

Matematika instituti (Ayupov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov)

45.

Umumtaʼlim maktablari, shu jumladan Ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilarini matematika boʻyicha xalqaro olimpiadalardagi ishtirokini taʼminlash.

1. Matematika fani boʻyicha mahalliy fan olimpiadalarida gʻolib boʻlgan oʻquvchilar roʻyxatini shakllantirish.

2. Yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda oʻquvchilarni olimpiadalarga tayyorlash uchun doimiy yangi nazorat materiallarini ishlab chiqish.

3. Mahalliy olimpiadalarda gʻolib boʻlgan hamda matematikaga qiziqishi yuqori boʻlgan oʻquvchilarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash hamda ishtirokini taʼminlash.

4. Xalqaro olimpiadalar gʻoliblari va ularning oʻqituvchilarini oʻrnatilgan tartibda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlash.

5. Matematika fani boʻyicha respublika olimpiadasi gʻoliblariga davlat oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli kirish huquqini taqdim etuvchi sertifikat berish.

Har oʻquv
yilida

Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Moliya vazirligi (Ishmetov)

46.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida matematika fani boʻyicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiadanioʻtkazish.

1. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Xalqaro olimpiadani oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tayyorlash va tasdiqlash uchun Vazirlar mahkamasiga kiritish.

2. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada haqidagi toʻliq maʼlumotlarni aks ettiruvchi veb-sayt yaratish.

3. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiadani yuqori saviyada oʻtkazish.

4. Olimpiada tadbirlarini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish.

2020-yil dekabr

Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Tashqi ishlar vazirligi (Neʼmatov), Moliya vazirligi (Ishmetov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev), matematika instituti (Ayupov), OʻzA (Kuchimov), MTRK (Xodjayev), Matbuot va axborot agentligi (Saidjanov)

47.

Talabalar va oʻquvchilar oʻrtasida “Algoritmlash va dasturlash” olimpiadasini oʻtkazish va uni tashkil qilish uchun elektron platforma ishlab chiqish.

1. Olimpiadani oʻtkazish boʻyicha elektron platformani ishlab chiqish.

2. “Algoritmlash va dasturlash” olimpiadasini oʻtkazish tartibi va muddatlarini belgilash.

3. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari, umumtaʼlim maktablarining bitiruvchilari orasidan olimpiadaga qatnashuvchilar roʻyxatlarini shakllantirish va oʻtkazish.

2020yil 15-iyul



2020-yil 1-oktabr



2020-yil 1-noyabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov), Matematika instituti (Ayupov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashi yigʻilishlarida ushbu maqsadli dastur bajarilishi tizimli koʻrib boriladi, masʼul rahbarlarning hisobotlari eshitiladi va tegishli choralar koʻriladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF-106-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 06/22/106/0314-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi PQ-4708-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlarida hududiy boʻlinmalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY SHTATLAR JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Lavozimlar nomi

Shtatlar soni

1.

Boʻlinma mudiri

1

2.

Bosh ilmiy xodim

1

3.

Yetakchi ilmiy xodim

2

4.

Katta ilmiy xodim

3

5.

Kichik ilmiy xodim

2

6.

Oʻquv markazi rahbari

1

JAMI:

10

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy boʻlinmalar quyidagi oliy taʼlim muassasalari bino va inshootlarida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi boʻlinmasi — Qoraqalpogʻiston davlat universiteti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyatidagi boʻlinmasi — Buxoro davlat universiteti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyatidagi boʻlinmasi — Namangan davlat universiteti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyatidagi boʻlinmasi — Samarqand davlat universiteti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyatidagi boʻlinmasi — Urganch davlat universiteti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv markazi rahbari shtat birliklari 2021-yilda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan saqlanadi va 2022-yildan boshlab toʻliq xoʻjalik hisobiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi PQ-4708-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi “Matematika taʼlimi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4387-son qaroriga kiritilayotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzulmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning umumiy cheklangan soni: 109 nafar, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy-boshqaruv xodimlari (MBX) — 12 nafar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy xodimlar — 95 nafar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandis-texnik xodimlar — 2 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Mazkur xodimlar soni 2021-yil 1-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan, keyinchalik budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Punktir chiziqlar bilan budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan tarkibiy boʻlinmalar koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordamchi xodimlar soni qonunchilikda oʻrnatilgan normativlar boʻyicha belgilanadi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 07/20/4708/0553-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 06/22/106/0314-son; 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)