Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-5723-son Farmoniga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi tuzilmasini takomillashtirish, aholining xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talablarini qondirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 27-oktabr,
PF-6094-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi PF-6094-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5597-son Farmoni 2-bandidagi “eng kam oylik ish haqining” soʻzlari “pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-5723-son Farmoni 2-bandi “b” kichik bandida:
uchinchi xatboshidan “aniqlashda qoʻllaniladi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“davlat mukofotlari (shu jumladan, mukofot pullari), idoraviy mukofotlar, jumladan unvonlar, esdalik va koʻkrak nishonlari uchun nazarda tutilgan mukofotlar, shuningdek, oziq-ovqat va yoʻlkira uchun xarajatlar qiymatini qoplash va shu kabi ayrim kompensatsiyalar miqdorlarini aniqlashda qoʻllaniladi”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollarni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-308-son qarori 1-bandi ikkinchi xatboshisidagi “eng kam oylik ish haqining” soʻzlari “bazaviy hisoblash miqdorining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1252-son qarori rus tilidagi matnida:
a) 2-ilovada:
“Zamestitel ispolnitelnogo direktora — nachalnik upravleniya ucheta i upravleniya sredstvami Pensionnogo fonda” bloki “Nachalnik upravleniya ucheta i upravleniya sredstvami Pensionnogo fonda” bloki bilan almashtirilsin;
“Otdel vnedreniya informatsionnix texnologiy 2” blokidagi “2” raqami “3” raqami bilan almashtirilsin;
“Svodniy otdel analiticheskoy i statisticheskoy raboti 3” blokidagi “3” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin;
b) 5-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“SOSTAV
Nablyudatelnogo soveta vnebudjetnogo Pensionnogo fonda pri Ministerstve finansov Respubliki Uzbekistan
|
Kuchkarov D.A. |
— |
zamestitel Premyer-ministra Respubliki Uzbekistan po finansovo-ekonomicheskim voprosam i sokraщeniyu bednosti — ministr ekonomicheskogo razvitiya i sokraщeniya bednosti Respubliki Uzbekistan, predsedatel Soveta |
|
Ishmetov T.A. |
— |
ministr finansov, zamestitel predsedatelya Soveta |
|
Abruyev J.I. |
— |
zamestitel ministra finansov |
|
Xusanov N.B. |
— |
ministr zanyatosti i trudovix otnosheniy |
|
Shadmanov A.K. |
— |
ministr zdravooxraneniya |
|
Meliyev X.X. |
— |
zamestitel ministra yustitsii |
|
Kudbiyev Sh.D. |
— |
predsedatel Gosudarstvennogo nalogovogo komiteta |
Primechaniye. Pri perexode na druguyu rabotu chlenov Nablyudatelnogo soveta v ego sostav vklyuchayutsya litsa, vnov naznachennie na sootvetstvuyuщiye doljnosti”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 18-dekabrdagi “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tuzilmasini yanada takomillashtirish va boshqaruv xodimlarining sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2450-son qarori 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi “Fermer xoʻjaliklarida hisob tizimini tubdan yaxshilash va ularga bank xizmatlari koʻrsatishni takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3824-son qaroriga 2-ilovaning izohi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“* Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyenti 2 baravarga oshirilgan holda qoʻllaniladi. 2019-yilning 13-dekabridan boshlab qayta hisob-kitob qilinishi natijasida aniqlangan farq boʻyicha toʻlovlar toʻlab berilishi taʼminlanadi”.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-yanvardagi “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori boʻlgan mahsulot va xomashyo turlari bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3479-son qarori 2-bandi “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“paxta texnik chigiti — tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar paxta texnik chigitini toʻliq texnologik sikl (magʻizni yanchish, gidrotermik ishlov berish, presslash, ekstraksiyalash, rafinatsiyalash, dezodoratsiyalash va qadoqlash sexlari)da qayta ishlab olingan tayyor mahsulotlar uchun tegishli gigiyenik xulosa va muvofiqlik sertifikatlariga ega boʻlgan mahalliy korxonalarga. Bunda, tayyor paxta moyi ishlab chiqarishga gigiyenik xulosa va muvofiqlik sertifikatlarini olish uchun paxta texnik chigiti tuman yoki shahar hokimining foydalanishga topshirish dalolatnomasi asosida mulkchilik shaklidan qatʼi nazar mahalliy korxonalarga 5 tonnagacha hajmda sotiladi, sotib olingan paxta texnik chigitini qayta sotish esa faqat birja savdolari orqali amalga oshiriladi. Korxonalarning paxta texnik chigitini toʻliq texnologik siklda maqsadli qayta ishlaganligi hamda ularning mahsulot sifatini tasdiqlovchi gigiyenik xulosa va muvofiqlik sertifikatlariga ega ekanligi ustidan nazorat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-fevraldagi “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4212-son qarori 7-bandining birinchi xatboshisidagi “eng kam oylik ish haqining” soʻzlari “bazaviy hisoblash miqdorining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4235-son qarorida:
muqaddimaning ikkinchi xatboshisidagi “jamoat fondi” soʻzlari “davlat maqsadli jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-bandning ikkinchi, uchinchi va oltinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “jamoat fondi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “davlat maqsadli jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-iyundagi “Aholi punktlarini obodonlashtirish sohasida ishlar samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4351-son qarori 5-bandining “b” kichik bandidagi “eng kam oylik ish haqining” soʻzlari “bazaviy hisoblash miqdorining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga oʻqitishga qaratilgan hamda aholi bandligini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4804-son qaroriga 1-ilovada:
“Ishga marhamat” monomarkazlarini tashkil etish uchun binosi ajratilayotgan taʼlim muassasalari” ustuni “taʼlim muassasalari” soʻzlaridan keyin “va boshqa obyektlar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
7-pozitsiyaning “Ishga marhamat” monomarkazlarini tashkil etish uchun binosi ajratilayotgan taʼlim muassasalari va boshqa obyektlar” ustunidagi “Namangan qurilish va dizayn kasb-hunar kolleji” soʻzlari “Namangan viloyati hokimligi operativ boshqaruvidagi sobiq “Karbonam” masʼuliyati cheklangan jamiyati bino va inshootlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2020-y., 06/20/6094/1413-son)