07.03.2019 yildagi PQ-4235-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, mehnat huquqini kafolatlash va ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining vazifalari qayta ko‘rib chiqildi, tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitalari tuzilmasida xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etildi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va uning hududiy bo‘linmalari, Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etildi, shuningdek, “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni ta’sis etildi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlarini qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi yaratildi.
(muqaddimaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi PF-6094-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2020-y., 06/20/6094/1413-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, xotin-qizlarning huquqlarini kafolatlash, tadbirkorlik sohasida samarali faoliyat yuritish mexanizmlarini yaratishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, uzoq muddat bola parvarishlash bilan band bo‘lgan ayollarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha qayta tayyorlash borasidagi ishlar yetarlicha tashkil etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash, mehnat faoliyatini rag‘batlantirish va odil sudlovga erishish darajasini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qo‘yilsinki, 2019-yil 1-maydan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayollar mehnatini muayyan soha yoki kasblarda qo‘llash bo‘yicha taqiqlar bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavsiyaviy xarakterdagi ayollar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan soha yoki kasblar ro‘yxati tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola parvarishlash ta’tilining kamida uch oyi ota tomonidan foydalanilgan taqdirda, ota yoki onadan biriga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 234-moddasi tartibida qo‘shimcha bir oy nafaqa to‘lanadigan bola parvarishlash ta’tili beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki yoshga to‘lmagan farzandini tarbiyalovchi ota-onalarning biriga ularning ish paytidagi dam olish va ovqatlanish, bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar hisobidan ish beruvchi bilan kelishgan holda kun davomida foydalaniladigan tanaffus vaqtini belgilash huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayollarning pensiya yoshiga to‘lganligi yoki qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi vujudga kelganligi sababli ular bilan tuzilgan nomuayyan muddatli mehnat shartnomasini 60 yoshga to‘lgunga qadar yoki muddatli mehnat shartnomasini muddati tugagunga qadar ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkak va ayollar huquqlari tengligining buzilishi bilan bog‘liq ishlarning sudlarda ko‘rib chiqilishida ayollarga advokatlar tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik xizmat uchun haq ularning xohishiga ko‘ra davlat hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xotin-qizlar qo‘mitalari ko‘magida nodavlat notijorat tashkilot maqomiga ega bo‘lgan “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari”ni (keyingi o‘rinlarda markazlar deb yuritiladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilarni markazlarning asosiy vazifalari etib belgilash tavsiya etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda uzoq muddat bola parvarishlash ta’tilida bo‘lgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushgan ayollarni mehnat bozorida talab etilayotgan kasblar bo‘yicha qayta tayyorlash va ularning ishga joylashishiga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan ayollarni markazlarga jalb etish va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayollarning o‘z biznesini tashkil etish va yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish, biznes g‘oyalarini tayyorlashda konsultativ yordam berish, shu jumladan, loyiha biznes-rejasini tayyorlash, soliqqa tortishning turli rejimlarini tanlash va qo‘llash, buxgalteriya hisobini yuritish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda, faoliyatini boshlayotgan tadbirkor xotin-qizlarga mahallalardagi bo‘sh turgan binolardan joy ajratilishiga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkor ayollarga va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan xotin-qizlarga o‘z biznesini tashkil etishda zarur maslahatlar berish va amaliy yordam ko‘rsatish, shu jumladan, ishonchli hamkorlarni topish, minitexnologiyalar va uskunalar sotib olishda ko‘maklashish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning realizatsiya qilinishiga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norasmiy faoliyat yuritayotgan hunarmand ayollarga ro‘yxatdan o‘tish, “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lish orqali soliqlar va boshqa turdagi imtiyozlardan foydalanishda hamda imtiyozli kredit olishda amaliy yordam ko‘rsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlar biznes-inkubator shaklida xotin-qizlarning tadbirkorlik, hunarmandchilik faoliyatini, shu jumladan, oilaviy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tashkil etiladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi PF-6094-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2020-y., 06/20/6094/1413-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlarni saqlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va asosiy vazifalari amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasiga tijorat banklariga kredit ajratish uchun berilgan resurslardan hisoblangan foizdan kelib tushgan mablag‘lar (bank marjasidan tashqari) hamda xalqaro tashkilotlar grantlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi PF-6094-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2020-y., 06/20/6094/1413-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan xotin-qizlar tuman (shahar) hokimi va tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan shakllantiriladigan ro‘yxat asosida maxsus o‘qitish dasturi bo‘yicha o‘qitiladi;
(4-bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-yanvardagi PF-1-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2025-y., 06/25/1/0022-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus o‘qitish dasturlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan xotin-qizlar orasidan tegishli tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi tavsiyasiga ko‘ra tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 3 yildan kam bo‘lmagan muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan 2019-yil 31-dekabrgacha yillik 8 foizli stavkada, 2020-yil 1-yanvardan — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan esa tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda hamda hududlarda aholi bandligini ta’minlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishni kreditlash tartibi asosida kreditlar ajratiladi;
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-yanvardagi PF-1-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2025-y., 06/25/1/0022-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB hamda “Agrobank” ATBga har yili ajratiladigan 100 milliard so‘m miqdoridagi resurs mablag‘lari kredit mablag‘larining manbai bo‘lib hisoblanadi. Mazkur resurs mablag‘larining kamida 50 foizi qishloq joylarida istiqomat qiluvchi xotin-qizlarning biznesini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi PF-6094-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2020-y., 06/20/6094/1413-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi bir oy muddatda kredit olish uchun tavsiya berish jarayonini adolatli va shaffofligini ta’minlovchi tartibni tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmi qo‘llaniladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 06/22/87/0198-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 06/22/87/0198-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi Adliya vazirligi va Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagilarni nazarda tutuvchi “Erkaklar va ayollar uchun teng huquqlar va imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gender tenglik tushunchasi va turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlarning vazifalari va funksiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvida ishtirok etish, ishga qabul qilish yoki yollash, kredit olish va tadbirkorlik bilan shug‘ullanishda gender tenglikni ta’minlashga oid normalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gender tenglik buzilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni, shuningdek bunday buzilishga olib keladigan qilmishlarni sodir etganlik uchun javobgarlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagilarni nazarda tutuvchi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maishiy, ish joyidagi va ta’lim muassasalaridagi tazyiq va zo‘ravonliklar turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlarning vazifalari va funksiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq va zo‘ravonliklarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni, shuningdek, bunday qilmishlarni sodir etganlik uchun javobgarlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudgacha va sud jarayonida tazyiq va kamsitishlarga duchor bo‘lgan shaxslarni himoya qilishga qaratilgan protsessual kafolatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Xotin-qizlar qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Markaziy saylov komissiyasi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sud, Markaziy bank, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2-ilovaga muvofiq Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan minimal gender ko‘rsatkichlar va boshqa ma’lumotlarning “Gender.stat.uz” veb-saytiga joylashtirilishini va ma’lumotlarni doimiy ravishda yangilanib borilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda markazlarni barcha sharoitlarga ega bo‘lgan xizmat xonalari bilan ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Adliya vazirligi hamda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlarini xotin-qizlarning mehnat va tadbirkorlik huquqlari kamsitilishi holatlari mavjudligi nuqtai nazaridan inventarizatsiya qilib, tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilarga:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.I. Basitxanova zimmasiga ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan samarali amalga oshirilishini muvofiqlashtirish yuzasidan;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-iyuldagi PF-5769-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.07.2019-y., 06/19/5769/3450-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. Ganiyev va O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzoqov zimmasiga Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya bilan hamkorlikda ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar va loyihalarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya tashkilotlari, birinchi navbatda, ayollarni qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning texnik ko‘mak vositalari va kreditlarini jalb qilish bo‘yicha doimiy va tizimli ravishda zarur tashkiliy-amaliy choralar ko‘rish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-sentabrdagi PF-5840-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 06/19/5840/3826-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.K. Narbayeva va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 7-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4235-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 06/22/87/0198-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PQ-4235-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender.stat.uz” veb-saytiga joylashtirilishi lozim bo‘lgan minimal gender ko‘rsatkichlar va boshqa ma’lumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Ko‘rsatkichlar nomlanishi

Ma’lumotlarni shakllantirish uchun mas’ul organ

1.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida haq to‘lanmaydigan uy ishlarini bajarishda sarflangan o‘rtacha soatlar soni

(imkoniyat bo‘lganida, uy ishlarida va bolalarni parvarish uchun sarflangan vaqt alohida ko‘rsatilsin)

Milliy statistika qo‘mitasi

2.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida birgalikda haq to‘lanadigan va haq to‘lanmaydigan uy ishlari uchun sarflangan o‘rtacha soatlar soni (yuklamaning umumiy hajmi)

Milliy statistika qo‘mitasi

3.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida 15 — 24 yosh, 15 yosh hamda undan katta yoshdagilarning (15 +) ishchi kuchida ishtiroki koeffitsiyenti

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

4.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida band bo‘lganlar umumiy sonida o‘zini-o‘zi band qilganlarning ulushi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

5.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida ishchilar tarkibidan band bo‘lganlar ulushi, oilaviy biznesiga daromad olib kelayotganlar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

6.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida ish beruvchilar tarkibidan band bo‘lganlar ulushi

Milliy statistika qo‘mitasi

7.

Ayollar egalik qilayotgan firmalar foizi

Adliya vazirligi

8.

Xotin-qizlar va erkaklarning sektorlar kesimida bandlik foizi

(sektorlar deb, qishloq xo‘jaligi, sanoat, xizmat ko‘rsatish kabi sohalar tushuniladi)

Milliy statistika qo‘mitasi

9.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida qishloq xo‘jaligida band bo‘lmaganlar soniga nisbatan norasmiy sektorda band bo‘lganlar foiz hisobida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

10.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida 15 — 24 yoshlilar o‘rtasida yoshlar ishsizligi koeffitsiyenti

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

11.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida kreditlarni olish imkoniyatiga ega bo‘lgan aholi soni

Milliy statistika qo‘mitasi

12.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida yer mulkiga ega bo‘lgan katta yoshli aholi soni

Davergeodezkadastr qo‘mitasi

13.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida haq to‘lashdagi farq

Milliy statistika qo‘mitasi

14.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida band bo‘lganlar sonidan to‘liq band bo‘lmaganlar ulushi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

15.

25 — 49 yoshlilar 3 yoshgacha bo‘lgan farzandi bilan va farzandsiz uy xo‘jaligida yashayotgan kishilar orasidagi bandlik koeffitsiyenti

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

16.

Tarbiyasi sustkashlik bilan olib borilayotgan 3 yoshga to‘lmagan bolalar soni.

Milliy statistika qo‘mitasi

17.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida internetdan foydalanayotgan shaxslar ulushi

Milliy statistika qo‘mitasi

18.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida mobil/uyali aloqa vositalaridan foydalanayotganlar ulushi

Milliy statistika qo‘mitasi

19.

Ommaviy axborot vositalaridan (radio, televideniye, internet) foydalanayotgan uy xo‘jaliklari ulushi, uy xo‘jaliklari boshlig‘i Xotin-qizlar va erkaklar kesimida

Milliy statistika qo‘mitasi

20.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida yoshlar savodxonligi darajasi (15 — 24 yoshlilar orasida)

Milliy statistika qo‘mitasi

21.

O‘g‘il bolalar va qizlar kesimida boshlang‘ich ta’lim bilan qamrab olinganlarning aniqlashtirilgan koeffitsiyenti

Milliy statistika qo‘mitasi

22.

O‘g‘il bolalar va qizlar kesimida o‘rta ta’lim bilan qamrab olish umumiy koeffitsiyenti

Milliy statistika qo‘mitasi

23.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida maktabdan keyingi ta’lim bilan qamrab olish umumiy koeffitsiyenti

Milliy statistika qo‘mitasi

24.

Boshlang‘ich, o‘rta, maktabdan keyingi ta’lim bilan qamrab olish darajasi bo‘yicha gender tengligi indeksi

Milliy statistika qo‘mitasi

25.

Fan, muhandislik, ishlab chiqarish va qurilish sohalari bitiruvchilari orasida ayollar ulushi

Milliy statistika qo‘mitasi

26.

Maktabdan keyingi ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tarkibida ayollarning ulushi

Milliy statistika qo‘mitasi

27.

O‘g‘il bolalar va qiz bolalar kesimida boshlang‘ich ta’limning 1-sinfiga qabul qilinganlarning aniqlashtirilgan koeffitsiyenti

Milliy statistika qo‘mitasi

28.

O‘g‘il bolalar va qiz bolalar kesimida boshlang‘ich ta’limni tugatganlik koeffitsiyenti

Milliy statistika qo‘mitasi

29.

O‘g‘il bolalar va qiz bolalar kesimida o‘rta ta’limning birinchi bosqich bitiruvchilarning umumiy koeffitsiyenti

Milliy statistika qo‘mitasi

30.

O‘g‘il bolalar va qiz bolalar kesimida boshlang‘ich ta’limdan ta’limning o‘rta bo‘g‘iniga o‘tish koeffitsiyenti (umumiy dasturlar)

Milliy statistika qo‘mitasi

31.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida 25 yosh va undan kattalar ta’lim olganligi darajasi

Milliy statistika qo‘mitasi

32.

15 — 49 yoshli turmushga chiqqan ayollar hamda ittifoqda yashayotgan ayollar orasida kontratseptik vositalaridan keng foydalanilganlik ko‘rsatkichi (%)

Milliy statistika qo‘mitasi

33.

O‘g‘il bolalar va qiz bolalar kesimida 5 yoshga to‘lmagan bolalar o‘limi (holatlar soni)

Milliy statistika qo‘mitasi

34.

Onalar o‘limi koeffitsiyenti

Milliy statistika qo‘mitasi

35.

Perenatal parvarishlash/xizmat ko‘rsatish doirasi (%)

Sog‘liqni saqlash vazirligi

36.

Malakali tibbiyot xodimlari tomonidan parvarish qilingan tug‘ilishlar soni

Sog‘liqni saqlash vazirligi

37.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida 15 yoshlilar va undan kattalar o‘rtasida tamaki mahsulotlarni iste’mol qilish tarqalganligi (%)

Milliy statistika qo‘mitasi

38.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida ortiqcha vazn (semizlikdan) aziyat chekayotgan katta yoshlilar ulushi

Milliy statistika qo‘mitasi

39.

15 — 49 yoshlilar orasida OIV/OITS tashxisi bilan kasallangan ayollar ulushi (soni)

OITS markazi

40.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida retroviruslarga qarshi davolanayotganlar soni

OITS markazi

41.

Xotin-qizlar va erkaklar kesimida 60 — 64 yoshlilar o‘rtacha umr ko‘rishi ehtimoli yuqori bo‘lganlar (%)

Milliy statistika qo‘mitasi

42.

Yoshi kattalarning vafot etishi (sabablar va yosh bo‘yicha toifalari kesimida)

Milliy statistika qo‘mitasi

43.

Vazir (vazirga tenglashtirilgan) lavozimlarda faoliyat ko‘rsatayotgan ayollar ulushi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

44.

Milliy Parlamentda ayollar egallagan lavozimlar (deputatlik o‘rinlari) ulushi

Markaziy saylov komissiyasi

45.

Boshqaruv lavozimlarida faoliyat ko‘rsatayotgan ayollar ulushi

Milliy statistika qo‘mitasi

46.

Ichki ishlar xodimlari sonidan ayollar ulushi

Ichki ishlar vazirligi

47.

Sudyalar orasida ayollar ulushi

Oliy sud

48.

Jinsiy sherigi bo‘lgan, shuningdek so‘nggi 12 oyi davomida amaldagi yoki oldingi jinsiy sheriklari tomonidan jinsiy va/yoki jismoniy zo‘rlanishga duchor bo‘lgan (15 — 49 yoshdagilar) ayollar ulushi

Ichki ishlar vazirligi

49.

Yaqin sherik hisoblanmagan shaxslar tomonidan jinsiy zo‘rlanishga duchor bo‘lgan ayollar, 15 yoshli va undan kattalar (15 — 49 yoshdagi ayollar) ulushi

Ichki ishlar vazirligi

50.

Ayollarning jinsiy organlarida mayib (majruh) qiluvchi operatsiyalar tarqalgani / kesishlar

Sog‘liqni saqlash vazirligi

51.

20 — 24 yoshda turmush qurgan ayollar sonidan 18 yoshga to‘lmasdan qonuniy yoki noqonuniy turmush qurgan ayollar ulushi

Milliy statistika qo‘mitasi

52.

O‘smir qizlar orasida erta tug‘ruqlar foizi

Milliy statistika qo‘mitasi

53.

Homiladorlik va tug‘ish ta’tillari davomida nafaqa olgan fuqarolar soni

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

54.

Homiladorlik va tug‘ish nafaqalar manbalari to‘g‘risida ma’lumotlar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Moliya vazirligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: “Gender.stat.uz” veb-saytiga joylashtirilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlar Milliy statistika qo‘mitasiga taqdim qilinadi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 07/19/4235/2727-son, 20.07.2019-y., 06/19/5769/3450-son; 30.09.2019-y., 06/19/5840/3826-son, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 27.10.2020-y., 06/20/6094/1413-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son, 07.03.2022-y., 06/22/87/0198-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2025-y., 06/25/1/0022-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)