Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 20-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3221-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 28-yanvardagi 2020-03-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3221, 2020-yil 24-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2020-y., 10/20/3221/0203-son) ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Rais Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 30-sentabr,
2020-38-son
Kelishildi:
Moliya vaziri T. IShMETOV
2020-yil 29-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 30-sentabrdagi 2020-38-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. 1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarga oʻtgan yuridik shaxslarning soliqlarini hisoblab chiqish uchun zarur boʻlgan koʻrsatkichlar boʻyicha 13-ilovaga muvofiq.”.
2. 7-ilovadagi yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisob-kitobi mazkur qoʻshimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirdagi 5-ilova bilan toʻldirilsin.
3. Mazkur qoʻshimchalarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirdagi 13-ilova bilan toʻldirilsin.
4. Ushbu qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2020-y., 10/20/3221-1/1400-son)