Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro

muddati

Mas’ul ijrochilar

I.MHXSni joriy etish jarayonini tizimlashtirish va uning natijadorligini oshirish

1.

MHXS va unga tushuntirishlar matnlarini davlat tiliga tarjima qilish.

1. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va ularga tushuntirishlar matnini tan olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

2020-yil 1-iyun

Moliya vazirligi (D. Sultanov),

2. MHXS hujjatlarini davlat tilida talab qilish huquqlaridan voz kechish bo‘yicha MHXS fondi bilan kelishuv tuzish.

2020-yil 1-iyul

buxgalter va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari
(M. Tulaxodjayeva, N. Karimov)

3. MHXS va unga tushuntirishlar matnlarini davlat tiliga tarjima qilish, shuningdek, ularni Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtirish.

kelishuvga muvofiq

4. MHXSning har yili yangilanishini hisobga olgan holda, davlat tilidagi MHXS hujjatlarining dolzarbligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish.

Doimiy ravishda

2.

Buxgalteriya hisobining milliy standartlarini MHXSga uyg‘unlashtirishni hisobga olgan holda ularni takomillashtirish.

1.Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda buxgalteriya hisobining milliy standartlari va MHXS o‘rtasidagi muhim farqlanishlar bo‘yicha keng qamrovli axborotlar tayyorlash.

2020-yil

1-mart

Moliya vazirligi (D. Sultanov),

buxgalter va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari
(M. Tulaxodjayeva, N. Karimov)

2.Buxgalteriya hisobining yangi milliy standartlarini ishlab chiqish va amaldagi milliy standartlarga o‘zgartishlar kiritish.

Doimiy ravishda

3.

MHXSni joriy etishni hisobga olgan holda normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish.

1. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi, jumladan:

MHXSga muvofiq moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida e’lon qilmaslik;

MHXS bo‘yicha sertifikatga ega mutaxassislar soni eng kam miqdor talablariga muvofiq emasligi bo‘yicha ma’muriy javobgarlik choralarini kuchaytirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2020-yil 1-iyul

Moliya vazirligi (D. Sultanov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Soliq hisoboti shakllarini MHXS bo‘yicha tuzilgan moliyaviy hisobotlarga asosan qayta ko‘rib chiqish va unga moslashtirish.

2020-yil 1-oktabr

Davlat soliq qo‘mitasi
(B. Musayev),

Moliya vazirligi (D. Sultanov)

4.

Davlat ulushi ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonalarida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzishni MHXS asosida amalga oshirishga o‘tish.

1. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi veb-saytida davlat ulushi ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonalarida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzishni MHXS asosida amalga oshirishga o‘tish grafigini e’lon qilish.

Har yili
1-iyungacha

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
(S. Bekenov),

Davlat ulushi ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonalari

2. Davlat ulushi ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonalarida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishni MHXS asosida amalga oshirishni tashkil etish.

Grafikka muvofiq

3. Davlat ulushi ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonalarining MHXS asosida e’lon qilinadigan moliyaviy hisobotlari shaffofligi va sifatini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, mazkur sohada amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Moliya vazirligiga ma’lumot taqdim etish.

Har yili

1-aprelgacha

5.

Har yili aksiyadorlik jamiyatlarining e’lon qilinadigan moliyaviy hisoboti MHXSga muvofiqligi bo‘yicha sifat nazoratini amalga oshirish.

1. Aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy hisoboti MHXS asosida e’lon qilinishini ta’minlash choralarini ko‘rish.

Har yili

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi
(O. Nazirov)

aksiyadorlik jamiyatlari

2. Aksiyadorlik jamiyatlarida MHXS joriy qilinganligi to‘g‘risida Moliya vazirligiga axborot taqdim etish.

Har yili
1-aprelgacha

6.

MHXSga bosqichma–bosqich o‘tish chora-tadbirlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlarining texnik ko‘magini jalb etish masalasini ko‘rib chiqish.

1. Xalqaro moliya institutlariga milliy buxgalteriya hisobi tizimini diagnostikadan o‘tkazish va baholashga ko‘maklashish hamda MHXSni qo‘llash infratuzilmasini yaratish masalalari bo‘yicha quyidagilarni o‘z ichiga olgan so‘rovnoma yuborish:

MHXSga o‘tish jarayonida tadbirkorlik subyektlarini uslubiy qo‘llab-quvvatlash;

qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari moliyaviy hisobotlarining axborot berish darajasini oshirish;

davlat sektorida MHXS bo‘yicha kadrlar salohiyatini oshirish.

2020-yil mart

Moliya vazirligi (D. Sultanov)

2. Yuqorida keltirilgan masalalar bo‘yicha ekspertlar bilan hamkorlik qilish va grant shartnomalari imzolashni muhokama qilish.

3. Buxgaltyerlarni milliy sertifikatlash tizimini joriy qilish bo‘yicha takliflar kiritish.

2021-yil davomida

II. Buxgalteriya hisobi va audit ta’lim yo‘n�lishlarida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va oliy ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar

7.

Buxgaltyerlarni xalqaro sertifikatlash doirasida mutaxassislarni MHXS bo‘yicha o‘qitish chora-tadbirlarini ish beruvchilar hamda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash.

1. Aksiyadorlik jamiyatlari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiruvchi yuridik shaxslarda xodimlarning MHXS bo‘yicha o‘qish va malaka oshirish xarajatlarini ish beruvchi tomonidan kafolatli qoplanishi mexanizmini joriy etish.

2020-yildan boshlab

Aksiyadorlik jamiyatlari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiruvchi yuridik shaxslar

2. Aksiyadorlik jamiyatlari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiruvchi yuridik shaxslarda MHXSning amaliy qo‘llanilishi natijalarini har yili o‘rganish va aniqlangan muammolarni tahlil qilish.

Har yili

3. Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari va davlat organlari xodimlarini MHXS bo‘yicha o‘qitish ehtiyojlarini aniqlash.

Har yili

Moliya vazirligi (D. Sultanov)

4. Oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlari, talabalar, bitiruvchilar (oliy ta’lim muassasasini tugatgandan so‘ng olti oy davomida) va davlat organlari xodimlarining buxgaltyerlarni xalqaro sertifikatlash doirasida o‘qitish va imtihonlarni topshirish bo‘yicha xarajatlarini respublika budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplashning har yillik cheklangan qiymatlarini belgilashni nazarda tutuvchi vaqtinchalik tartibini tasdiqlash.

2020-yil 1-iyul

8.

Tajriba-sinov oliy ta’lim muassasalarida “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish va mazkur tajriba loyihasini bosqichma-bosqich respublikadagi sohaga oid boshqa oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirish.

1. Oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish masalalari bo‘yicha MHXS sohasida yetakchi xalqaro professional tashkilotlar bilan muzokaralar o‘tkazish.

2020-yildan boshlab

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Majidov),

Moliya vazirligi (D. Sultanov),

Tajriba oliy ta’lim muassasalari

2. Oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida o‘quv dasturlarini akkreditatsiyadan o‘tkazishning asosiy tartib-taomillari va bosqichlari bilan bog‘liq masalalarni ishlab chiqish uchun xalqaro ekspertlarni taklif etish.

3. O‘quv dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha tajriba-sinov oliy ta’lim muassasalari va akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

4. O‘quv dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish uchun tajriba-sinov oliy ta’lim muassasalari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining mas’ul xodimlarini belgilash.

5. “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari o‘quv dasturlari mazmunini monitoring qilish tizimini shakllantirish, shuningdek, MHXSni qo‘llash bo‘yicha ommabop o‘quv va amaliy materiallarni ko‘paytirish.

9.

Respublikadagi oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari tarkibining MHXS bo‘yicha kasbiy bilimlarini oshirishda xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish.

1. Tizimli asosda o‘quv jarayoniga va pedagog xodimlar malakasini oshirish kurslariga xorijiy mutaxassis va o‘qituvchilarni jalb qilish.

Har yili

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Majidov),

sohaga oid oliy ta’lim muassasalari

2. Xalqaro va respublika darajalarida MHXS bo‘yicha amaliy seminarlar va tanlovlar tashkil etish.

10.

MHXS sohasidagi xalqaro tashkilotlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish asosida “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” ta’lim yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalari va fan dasturlarini qayta ko‘rib chiqish.

1. MHXS bo‘yicha xalqaro professional sertifikatlashtirish dasturlariga mos keladigan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish.

2020-yil 1-avgust

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Majidov),

sohaga oid oliy ta’lim muassasalari

2. MHXSni chuqur o‘rganish, uni amalda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishni nazarda tutuvchi “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha yangilangan o‘quv dasturlarini tasdiqlash va ta’lim jarayoniga joriy qilish.

Har yili

3. Uch yillik o‘qish muddatidan kelib chiqqan holda “Buxgalteriya hisobi va audit” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitishning kunduzgi shakli o‘quv dasturlari va rejalarini qayta ko‘rib chiqish.

2020-yil 1-avgust

11.

Oliy ta’lim muassasalarining “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” yo‘nalishlari bo‘yicha pedagog xodi�larini tezlashtirilgan tarzda o‘qitish maxsus kurslarini tashkil etish, shuningdek, MHXS bo‘yicha pedagog xodimlarning uzluksiz malaka oshirish tizimini takomillashtirish.

1.“Buxgalteriya hisobi” va “Audit” yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qituvchilarni buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotdan akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim muassasalarida MHXS bo‘yicha o‘qitish grafigini tasdiqlash.

Har yili

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Majidov),

oliy ta’lim muassasalari

2. Quyidagilarni:

akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartlari asosida MHXS bo‘yicha malaka oshirish jarayonini tashkil etishda masofaviy va vebinar texnologiyalar dasturlari;

2022-yildan boshlab

o‘qitish, imtihon topshirish va malaka oshirish hamda “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” yo‘nalishlari
va mutaxassisliklari b�yicha pedagog kadrlarning kasbiy faoliyat natijalari bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasi tizimi;

2022-yildan boshlab

buxgalteriya hisobi va audit fanlarini faqat xalqaro sertifikatlash doirasida “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot” yoki “Audit” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risida hujjatga yoxud xalqaro buxgalter sertifikatiga (ASSA, ASSA DipIFR, SRA, CIPA) ega bo‘lgan pedagog xodimlar tomonidan o‘qitish tartibini;

2021/2022 o‘quv yildan boshlab

Xalqaro buxgalter sertifikati (ASSA, ASSA DipIFR, SRA, CIPA) mavjud “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” yo‘nalishidagi pedagog xodimlarning mehnatini munosib rag‘batlantirish tizimini joriy qilish.

Doimiy

ravishda

3. Xalqaro buxgalter sertifikati (ASSA, ASSA DipIFR, SRA, CIPA) mavjudpedagog xodimlarning malakasini oshirish xarajatlari uchun ish beruvchi tomonidan kafolatli to‘lovlarni amalga oshirish.

Har yili

12.

Buxgalteriya hisobi va audit fanlari bo‘yicha o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish.

1. Buxgalteriya hisobi va audit fanlari bo‘yicha xorijiy oliy ta’lim muassasalari amaliyotida joriy etilgan zamonaviy o‘quv adabiyotlarni sotib olish, jumladan elektron kutubxonani yaratish.

Doimiy ravishda

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),

oliy ta’lim muassasalari

2. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining Internet global axborot tarmog‘idan foydalangan holda mustaqil chuqur bilim olishlarini ta’minlash uchun ularni MHXSga doir yangiliklar bilan tezkor tanishtirib boradigan virtual maydon (veb-sayt) yaratish.

2020-yilda vomida

13.

O‘quv jarayoni, imtihon o‘tkazish va uning natijalarini baholash hamda sertifikat berish shaffofligini ta’minlaydigan MHXS bo‘yicha maqsadli o‘qitish dasturlarini tashkil etish orqali xalqaro standartlar asosida kasbiy sertifikatlashning zamonaviy tizimini joriy etish.

1. Buxgaltyerlarni xalqaro sertifikatlash doirasida MHXS bo‘yicha o‘qitishni davom ettirish bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari bilan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tishning dolzarb masalalarini muhokama qilish.

2020-yil davomida

Moliya vazirligi (D. Sultanov),

akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari

Moliya vazirligi

(D. Sultanov)

2. Xalqaro professional tashkilotlar bilan buxgaltyerlarni sertifikatlash bo‘yicha quyidagilarga yo‘naltirilgan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash:

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va ASSA (Association of Chartered Certified Accountants) o‘rtasida tuzilgan memorandum va qo‘shma harakatlar rejasi ijrosi bo‘yicha;

oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish;

mutaxassislarning keng doirasi uchun MHXS bo‘yicha moliyaviy hisob sohasidagi xalqaro kasbiy sertifikatlash bo‘yicha o‘qitish va imtihon topshirish dasturidan foydalanish imkoniyatini ta’minlash.

Memoran-dumga muvofiq

Moliya vazirligi (D. Sultanov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Majidov),

3. Quyidagilar uchun MHXS bo‘yicha o‘qitish va sertifikat olish uchun imtihon topshirishning grafigini tasdiqlash:

davlat organlari xodimlari;

oliy ta’lim muassasalarining pedagog xodimlari.

Har yili

manfaatdor vazirlik va idoralar

III. MHXSning ahamiyati va mazmunini tushuntirish bo‘yicha chora-tadbirlar

14.

Tashkilotlar rahbarlari va buxgalteriya hisobi xizmati xodimlari uchun MHXSni qo‘llash masalalari bo‘yicha faol axborot-uslubiy qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish.

Mavzuli seminarlar, “davra suhbatlari” va boshqa tadbirlarni tashkil etish.

Grafik asosida

Moliya vazirligi (D. Sultanov), buxgalter va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari

(M. Tulaxodjayeva, N. Karimov)

15.

Ushbu qaror talablarini yetkazish va tushuntirish bo‘yicha tadbirlar tashkil etish.

MHXSning ahamiyati to‘g‘risidagi axborotlarni davlat organlari hamda buxgalter va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari veb-saytlarida joylashtirish.

Media-rejaga muvofiq

Moliya vazirligi (D. Sultanov),

Markaziy bank (I. Norkulov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
(S. Bekenov),

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi
(O. Nazirov)

16.

Tadbirkorlik s�byektlari moliyaviy hisobotni MHXS bo‘yicha tayyorlaganda, buxgalteriya hisobining milliy standartlari asosida tayyorlanadigan moliyaviy hisobotni taqdim etishdan ozod etilishi tartibi belgilanganligi haqida tadbirkorlik subyektlarini xabardor qilish.

Tadbirkorlik subyektlariga “soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti” orqali xabarlar yo‘naltirish.

2020-yil davomida

Davlat soliq qo‘mitasi
(B. Musayev)

17.

Aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiruvchi yuridik shaxslarni quyida belgilangan yangi talablar to‘g‘risida xabardor qilish:

2021-yildan boshlab hisob yuritish va 2021-yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni tayyorlash faqat MHXS asosida amalga oshirilishi;

buxgaltyerlarni xalqaro sertifikatlash doirasida “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot” fanini muvaffaqiyatli topshirganlik to‘g‘risida hujjatga yoxud xalqaro buxgalter sertifikatiga (ASSA va ASSA DipIFR, SRA, CIPA, 2022-yil 1yanvardan boshlab esa — ACCA va ACCA DipIFR, CPA) ega bo‘lgan kamida uch nafar mutaxassis miqdorida MHXSni sifatli qo‘llash uchun yetarli bo‘lgan xodimlar sonini bosqichma-bosqich ta’minlash.

1. Aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiruvchi yuridik shaxslarga xabarnomalar yuborish.

2020-yil davomida

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
(S. Bekenov),
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (O. Nazirov),

Markaziy bank (I. Norkulov)

Davlat soliq qo‘mitasi

(B. Musayev)

2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi tegishli ichki hujjatlarni (hisob siyosati, lavozim yo‘riqnomasi, funksional majburiyatlar) qabul qilish:

buxgalteriya xizmati xodimlarining malakasini har yili tegishli lavozim uchun talab etiladigan darajada oshirishni ta’minlash;

MHXS asosida tuzilgan moliyaviy hisobotni MHXS sohasida sertifikatga ega bo‘lgan mutaxassis tomonidan imzolanishi;

sertifikatlangan xodimlar mehnatini munosib rag‘batlantirish tizimini joriy etish;

ushbu qarordan kelib chiqadigan yangi talablar.

Aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari,
davlat ulushi ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari

18.

Buxgalter va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari tomonidan MHXS fondi bilan birgalikda MHXSni joriy qilish va amalda qo‘llash bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani tarqatishda faol ishtirok etish.

1. MHXS fondi va Buxgaltyerlarning xalqaro federatsiyasi (BXF) bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish.

Doimiy ravishda

Moliya vazirligi (D. Sultanov),
buxgalter va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari
(M. Tulaxodjayeva, N. Karimov), manfaatdor vazirlik va idoralar, tadbirkorlik subyektlari

2. Xalqaro tashkilotlarning mutaxassislarini jalb etgan holda quyidagilar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish:

MHXSni dastlab va kelgusida qo‘llash;

MHXS asosida moliyaviy hisobotni tuzish.

2020-yil davomida

3. Xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda MHXSni qo‘llashning dolzarb masalalariga doir seminar
va treninglarni o‘qituvchilar, talabalar va buxgalteriya hisobi xizmati xodimlari ishtirokida tashkil etish.

Media-rejaga muvofiq

1. Birinchi xatboshidan “2020-yil 1-yanvardan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2. “a” kichik bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
3. “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi