16.10.1992 yildagi 474-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.10.1992 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ENERGIYA RESURSLARIGA NARXLARNI DAVLAT YOʻLI BILAN TARTIBGA SOLISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MDH mamlakatlaridan keltirilayotgan energiya manbalari narxlarining oshishi, neft va gaz qazib olish, issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish xarajatlarining qimmatlashishi munosabati bilan hamda issiqlik-energetika majmui tarmoqlari va respublika xalq xoʻjaligining barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qoʻyilsinki, 1992-yil 19-oktabrdan boshlab neft, tabiiy va suyultirilgan gaz, gaz kondensati, elektr, issiqlik energiyasi va koʻmir isteʼmolchilari bilan hisob-kitoblar shartnomaviy (erkin) narxlar va tariflar boʻyicha amalga oshiriladi, budjet, qishloq xoʻjaligi tashkilotlari va aholi bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 10 kun muddat ichida manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga issiqlik-energetika majmui tarmoqlari boʻyicha rentabellikning cheklangan darajalari toʻgʻrisidagi takliflarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, budjet va qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga tabiiy gaz, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va koʻmirni sotish 1992-yil 19-oktabrdan boshlab shartnomaviy narxlar va tariflar boʻyicha amalga oshiriladi, lekin ular 1-ilovaga muvofiq oshirishning cheklangan koeffitsiyentlari qoʻllanilgan holda hozirgi vaqtda amal qiluvchi belgilab qoʻyilgan narxlardan yuqori boʻlmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 1992-yil 1-noyabrdan boshlab aholiga sotiladigan issiqlik, energiya va koʻrsatiladigan xizmatlarning ayrim turlariga chakana narxlar va tariflar oshishining cheklangan koeffitsiyentlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Urush qatnashchilari va faxriylariga, urush va mehnat nogironlariga sotiladigan benzinning imtiyozli narxi 1 litri uchun 10 soʻm miqdorida, har oydagi berish normasini 50 litr qilib belgilagan holda saqlab qolinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar neft va neft mahsulotlari, koʻmir, suyultirilgan gaz, tabiiy gaz va gaz kondesati qoldiqlarini shartnomaviy narxlar darajasigacha qayta hisoblab chiqishni amalga oshirsinlar, qayta baholash mablagʻlarini oʻz oborot mablagʻlarini koʻpaytirishga yoʻnaltirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga sotiladigan mahsulotlar va koʻrsatiladigan xizmatlarning ayrim turlariga imtiyozli narxlar va tariflar belgilanishi munosabati bilan Uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi, Avtomobil transporti vazirligi, “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi, “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi va Oʻzbekbirlashuvga beriladigan dotatsiyalar miqdorini bir hafta muddat ichida aniqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddat ichida yoqilgʻi va energiyaning yangi chakana narxlari preyskurantlarini tasdiqlasin hamda preyskurantlarning barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarga oʻz vaqtida yetkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq bosh boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoqilgʻi-energetika tarmoqlari mahsulotlariga shartnomaviy (erkin) narxlar va tariflarning shakllantirilishi va qoʻllanishining toʻgʻriligini doimiy nazorat qilib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Sanoatda ulgurji narxlar va tariflarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida” 1992-yil 21-yanvardagi 20-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandidagi yoqilgʻi-energetika tarmoqlari mahsulotlariga ulgurji narxlar va tariflar oʻzgarishining cheklangan miqdorlariga tegishli qismi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil benzinini tijorat narxlarida sotish hajmlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida” 1992-yil 28-fevraldagi 90-son qarori, “Respublika shaharlarida yoʻlovchilar tashish tariflari toʻgʻrisida” 1992-yil 13-iyundagi 278-son qarorining shahar va shahar atrofida yoʻlovchilar tashish tariflariga tegishli qismi, “Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-fevraldagi 90-son qaroriga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 1992-yil 4-iyuldagi 306-son qarori, “Aholiga sotiladigan yoqilgʻi, energiya va koʻrsatiladigan xizmatlar narxlari va tariflarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida” 1992-yil 14-avgustdagi 381-son qarorining yoqilgʻi-energetika resurslariga tegishli qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari Q.J. Haqqulov va B.S. Hamidov oʻrtoqlar zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 16-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
474-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 16-oktabrdagi 474-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi isteʼmolchilariga va budjet tashkilotlariga sotiladigan yoqilgʻi-energetika resurslarining amaldagi belgilab qoʻyilgan ulgurji narxlari va tariflarini oshirishning
CHEKLANGAN KOEFFITSIYENTLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baravar
Tabiiy gaz 1,85‎
Elektr energiyasi 10,3‎
Issiqlik energiyasi 9,4‎
Koʻmir 4,7‎
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 16-oktabrdagi 474-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga va yoʻlovchilar tashish uchun sotiladigan yoqilgʻi, energiyaning chakana narxlari va tariflarini oshirishning
CHEKLANGAN KOEFFITSIYENTLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. 1992-yil 19-oktabrdan boshlab

baravar

Suyultirilgan gaz 1,66
Koʻmir 1,4
1 litri uchun soʻm hisobidagi cheklangan chakana narxi
Avtomobil benzini 40‎ soʻmgacha

II. 1992-yil 1-noyabrdan boshlab

baravar

Tabiiy gaz 1,5‎
Elektr energiyasi
qishloq 2,66‎
shahar 2,0‎
Markaziy isitish va issiq suv taʼminoti 5,0‎
Shahar va shahar atrofida yoʻlovchilar tashish 2,0‎
Keyingi tahrirga qarang.