Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1992-YIL 28-FEVRALDAGI 90-SON QARORIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 16-oktabrdagi 474-son “Energiya resurslariga narxlarni davlat yoʻli bilan tartibga solish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi boshqa mintaqalardan oladigan energiya manbalarining narxlari oshganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Avtobenzinni tijorat narxlari boʻyicha sotish hajmlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida” 1992-yil 28-fevraldagi 90-son qaroriga qisman oʻzgartirish kiritilib, 1-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin;
“bozor fondining qolgan 20 foizini urush qatnashchilari va faxriylariga, urush va mehnat nogironlariga A-72, A-76, AI-91, AI-92, AI-93 avtobenzinining 1 litri uchun 4 soʻmdan sotishni tashkil etsin”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 4-iyul,
306-son