|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Soʻnggi toʻrt yil davomida xorijda ishlayotgan fuqarolarga nisbatan munosabat tubdan oʻzgarib, mehnat migrantlari bilan muloqot oʻrnatildi, ularning muammo va ehtiyojlarini oʻrganish hamda hal qilish boʻyicha yangi tizim joriy qilindi. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etildi, mehnat migrantlarining hayoti va sogʻligʻini sugʻurtalash, ularning oila aʼzolari uchun ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti joriy qilindi. Shu bilan birga, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarning reintegratsiyasini taʼminlash, ularning tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish talab etilmoqda. Tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi vakolatli organlarning faoliyatini takomillashtirish, xorijda ishlamoqchi boʻlgan shaxslarni talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitish, fuqarolarning chet elda boʻlish davrida huquqlarini himoya qilish, qaytib kelgan mehnat migrantlarining bandligini taʼminlash, shuningdek, ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida: 1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkillashtirilgan holda xorijda ishga joylashtirish, ular bilan doimiy muloqot qilish va muammolarini tizimli hal qilishni tashkil etish, Vatanga qaytib kelganidan soʻng ish bilan taʼminlash boʻyicha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimliklarining faoliyati qoniqarsiz deb topilsin. 2. Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda quyidagilar uning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin: Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini chet elga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda yuborish hajmini oshirish, ushbu maqsadda vazirlik, idoralar va mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining vazifa va vakolatlari doirasini kengaytirish; tashqi mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari va oʻzbek diasporalari bilan aloqalarni mustahkamlash; xorijga ishlashga ketishdan oldin Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini kasb-hunarga va xorijiy tillarga oʻqitish amaliyotini samarali yoʻlga qoʻyish, ularga kasbiy malakani tasdiqlovchi xalqaro tan olinadigan sertifikatlarni berish tizimini joriy qilish; xorijda murakkab sharoitga tushib qolgan mehnat migrantlarini moliyaviy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularning hayoti va sogʻligʻini sugʻurtalash amaliyotini kengaytirish, ular uchun madaniy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish; chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning haq-huquqlarini taʼminlashga va koʻmaklashishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularga qulay shart-sharoitlarni yaratish; mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni reintegratsiya qilish, shu jumladan ularning bandligini taʼminlash, kasbiy malakasini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini ragʻbatlantirish. 3. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hududiy filiallari ishini tashkil etishning quyidagi tartibi oʻrnatilsin: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hududiy filiallarga umumiy rahbarlik qiladi hamda ularga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi uchun masʼul hisoblanadi; hududiy filial rahbarlari bir vaqtning oʻzida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha yordamchilari hisoblanadi; hududiy filial rahbarlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshligʻi tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi; (3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-149-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 07/22/149/0186-son) (3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son) hududiy filiallar xodimlari tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi ulushini oshirish hamda mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarning bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligiga qarab moddiy ragʻbatlantiriladi; Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hududiy filiallarga mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha metodik yordam koʻrsatadi, xorijiy mehnat bozori hamda salohiyatli ish beruvchilar toʻgʻrisida maʼlumot beradi, xodimlarini ragʻbatlantiradi va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga koʻmaklashadi. 4. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi huquqlar berilsin: xorijiy ish beruvchilar bilan kelishuvlar tuzish hamda tuzilgan kelishuvlarga asosan xorijga fuqarolarni ishga yuborish; Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonalari bilan chet davlatlarda ishlayotgan mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha hamkorlik qilish; xorijiy mamlakatlarning hududiy migratsiya va boshqa davlat organlari bilan aloqalar oʻrnatish va muzokaralar oʻtkazish; xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik qilish; xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning migratsiya sohasini rivojlantirishga ajratiladigan texnik koʻmak mablagʻlari va grantlarini jalb qilish. 5. Quyidagilar: Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga* muvofiq; Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi doirasida Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga* muvofiq; 2020-2021-yillarda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tashqi mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshiriladigan ishlarning asosiy koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq; 2021-yilda xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan madaniy-maʼrifiy tadbirlar dasturi 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2021-yil 1-yanvardan boshlab tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yoʻli bilan xorijga chiqib ketayotgan shaxslar ishga yuborilishidan oldin davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasb-hunarga oʻqitiladi, xorijiy ish beruvchining malaka talablariga javob beradigan shaxslar bundan mustasno. 7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga oʻqitishga qaratilgan hamda aholi bandligini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4804-son qaroriga muvofiq mehnat migratsiyasiga chiqib ketayotgan shaxslarni kasb-hunar va chet tillariga oʻqitish uchun hududlarda “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga oʻqitish markazlari, qisqa muddatli kasb-hunarga oʻqitish kurslari, mahalla aholisini kasb-hunarga oʻqitish maskanlari tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin. 8. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, tasarrufida professional taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda: Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan kollejlar va texnikumlarda mehnat migrantlari uchun qisqa muddatli kasb-hunar va chet tillariga oʻqitish kurslarini 6-ilovaga muvofiq tashkil etsin; qisqa muddatli kurslarning oʻquv dasturlarini xorijiy yirik ish beruvchilarning talablariga moslashtirsin; xorijiy ish beruvchilar va xususiy bandlik agentliklari bilan uzviy aloqalarni oʻrnatsin hamda qisqa muddatli kurslarda ular uchun zarur boʻlgan kasblar boʻyicha malakali mutaxassislarni tayyorlasin; xorijiy yirik oʻquv markazlari bilan ikki tomonlama bitim imzolasin hamda qisqa muddatli kurslar oʻqituvchilarini malaka oshirishga yuborishni tashkil etsin. Belgilansinki, qisqa muddatli kurslarda oʻqitish xarajatlari Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari, ushbu maqsadlarga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, yangi ishchilarni kasbga tayyorlash uchun buyurtma bergan tashkilotlar mablagʻlari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi. 9. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan mehnat migrantlari uchun qisqa muddatli oʻqitish dasturlarini ishlab chiqish, metodik taʼminotni yaratish, xorijdagi yirik korxonalarning malakali mutaxassislarini va yetakchi taʼlim muassasalarining pedagog kadrlarini jalb qilish, oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlim ustalarining pedagogik mahoratini oshirish huquqi berilsin. 10. 2021-yil 1-yanvarga qadar: Toshkent shahar hokimligi Yaponiya ish beruvchilari bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida “Yapon tili va kasbiy malaka” test markazini; Fargʻona viloyati hokimligi Rossiya Federatsiyasining Payvandchilik nazorati milliy agentligi bilan hamkorlikda Fargʻona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida payvandchilar maktabini; Sirdaryo viloyati hokimligi Birlashgan Arab Amirliklarining “Tadbeer” rekruting markazlari bilan hamkorlikda Guliston shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida xizmat sohasida faoliyat koʻrsatadigan ishchilarni tayyorlash oʻquv markazini; Namangan viloyati hokimligi viloyatdagi professional taʼlim muassasalarida davlat-xususiy sheriklik asosida “IT School” oʻquv markazlarini, Yaponiya va Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda chet tillariga oʻqitish va xizmat sohasi boʻyicha kasblarga tayyorlash oʻquv markazlarini tashkil qilsin. 11. Belgilansinki: (11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral) Ijtimoiy reyestrga yoxud “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yoʻli bilan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketayotgan shaxslarga mikroqarzlar berish tartibi joriy qilinadi; (11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral) mikroqarzlar xorijda ishga joylashish (shu jumladan, yoʻl haqini toʻlash va mehnat faoliyatiga ruxsat olish) bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun 10 million soʻmgacha miqdorda bir yil muddatga beriladi; mikroqarz foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin asosiy stavkaning 1,5 baravaridan koʻp boʻlmagan qismi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kompensatsiya qilinadi. Bunda, mikroqarz hamda unga hisoblangan foizlar qarz oluvchining (oila aʼzolarining) topshirigʻiga muvofiq ularning hisobvaraqlariga xalqaro pul oʻtkazmalari tizimlari orqali kelib tushgan mablagʻlardan ushlab qolish yoʻli bilan hamda qonun hujjatlarida koʻrsatilgan boshqa usullarda toʻlanishi mumkin. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bir oy muddatda manfaatdor tijorat banklari bilan mikroqarzlarni berish, ularning taʼminotiga qoʻyiladigan talablar va qaytarish tartibini nazarda tutuvchi kelishuv bitimini tuzsin. 12. 2021-yil 1-yanvardan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yoʻli bilan xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlariga tenglashtiriladi va unga oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun belgilangan soliqlarni toʻlash hamda pensiya miqdorini hisoblash tartibi qoʻllaniladi. 13. Vazirlar Mahkamasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda: 2021-yil 1-yanvarga qadar Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining pasport-viza xizmati vakolatxonasini Oʻzbekiston Respublikasida ochish hamda ushbu vakolatxonada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsatnomani (patentni) tayyorlash, rasmiylashtirish va berish xizmatlarini koʻrsatish; 2021-yil 1-iyunga qadar Bolgariya, Latviya, Isroil, Finlyandiya, Polsha va Kanada bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining mazkur davlatlardagi tashkillashtirilgan mehnat faoliyati toʻgʻrisida hamkorlik bitimlarini tuzish; 2021-yil 1-yanvarga qadar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Yekaterinburg, Novosibirsk, Samara va Ufa shaharlaridagi vakolatxonalarini ochish hamda ushbu vakolatxonalar faoliyatini mazkur hududlardagi Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan muvofiqlashtirish choralarini koʻrsin. (13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-149-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 07/22/149/0186-son) 14. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining chet davlatlarda murakkab moliyaviy ahvolga tushgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, mablagʻlarsiz qolgan fuqarolarga toʻlanadigan bir martalik moddiy yordam miqdorini bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha koʻpaytirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin. 15. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi: 2021-yil 1-yanvarga qadar Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston va Turkiya Respublikalarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga migratsiya va mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish maqsadida mazkur davlatlardagi advokatlik tashkilotlari oʻrtasida ochiq tanlovni oʻtkazsin va tanlov gʻoliblari bilan bitimlar tuzsin; uch oy muddatda mehnat migrantlariga huquqiy yordam berish boʻyicha onlayn platformani yaratsin, xususiy sektorni jalb qilgan holda Rossiya Federatsiyasi hududini doimiy xizmat bilan qamrab oladigan “Call-markaz”ni tashkil qilsin; advokatlik firmalari hamda “Call-markaz”ning xizmatlari qiymatini Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplasin. 16. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligining: xorijiy mamlakatlarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlarini himoya qilish, ularga munosib ish topib berish va boshqa yoʻnalishlarda yaqindan yordam koʻrsatib kelayotgan shaxslarni diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining “faxriy konsuli” hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining “jamoat maslahatchisi” etib tayinlash; “faxriy konsul” va “jamoat maslahatchi”larini davlat mukofotlari bilan taqdirlash va ularga faxriy unvonlar berish amaliyotini joriy qilish; diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonalari huzurida xorijdagi vatandoshlar, ish beruvchilar hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga muntazam ravishda yordam koʻrsatib kelayotgan boshqa shaxslar ishtirokidagi Maslahat kengashlarini tashkil etish; Maslahat kengashlari tomonidan xorijiy davlatlarda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining muammolarini hal qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, xorijiy ekspertlar ishtirokida davra suhbatlarini oʻtkazish, mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tajriba almashish; xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari, ish beruvchilar va Maslahat kengashlarining “labor migration” dasturiy majmuasidan foydalanish imkoniyatlarini oshirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin. (17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-64-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 07/25/64/0154-son) 18. Moliya vazirligi 2021-yil va keyingi yillar uchun Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda mazkur qarorning 11 va 17-bandlarida belgilangan choralarni amalga oshirish uchun Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hamda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasiga zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin. 19. Belgilab qoʻyilsinki, tuman va shahar sektor rahbarlari, mahalla raislari va mehnat inspektorlari xorijga ishlash uchun ketgan fuqarolar oila aʼzolarining: holidan muntazam xabar olib, muammolari va ehtiyojlarini aniqlaydi hamda ularni hal etishda amaliy yordam koʻrsatadi; moddiy va ijtimoiy holatini yaxshilash, ularga zarur tibbiy patronaj xizmatini koʻrsatish, ipoteka kreditlari asosida uy-joylar ajratish, farzandlarining taʼlim olishidagi muammolarini hal qilish, mehnatga layoqatli aʼzolarini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashadi. Tuman va shahar sektor rahbarlari mazkur bandda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining tashqi mehnat migratsiya masalalari boʻyicha yordamchisiga har oyda bir marta axborot berib borsin. 20. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi: bir hafta muddatda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha murojaatlarni qabul qilish imkonini beruvchi uzluksiz ishlaydigan “1282” qisqa raqamli ishonch telefonini tashkil etsin; rivojlangan davlatlardan taklif etilgan ish beruvchilar, malakali mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida xalqaro mehnat yarmarkalari, konferensiya va seminarlarni oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻysin. 21. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida: a) quyidagilar: xorijiy mamlakatlarda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish tartibi va shartlari, chet davlatlarning mehnat va migratsiya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, mehnat bozorida mavjud boʻlgan talab yuqori boʻlgan kasblar, mazkur kasblarga oʻqitadigan taʼlim muassasalari toʻgʻrisida; viloyat, tuman (shahar) hokimliklari va sektorlar, mahalla va mehnat organlari, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan mehnat migratsiyasi sohasi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, chet mamlakatlarda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirmoqchi boʻlgan shaxslarga davlat tomonidan koʻrsatiladigan qoʻllab-quvvatlash choralari toʻgʻrisida maxsus dastur va lavhalarni efirga uzatib borsin; b) ushbu qarorning maqsad va vazifalari keng miqyosda yoritilishini taʼminlasin hamda Oʻzbekiston telekanallarining Rossiya, Qozogʻiston, Turkiya va boshqa davlatlarda efirga uzatish qamrovini yanada kengaytirsin. 22. Mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida: bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari E. Muxitdinov — Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini amalga oshirish va yanada takomillashtirish, tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi ulushini tubdan oshirish, respublikadan tashqariga ishlash uchun ketayotgan fuqarolarning huquqlari himoya qilinishini taʼminlash, xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlarining bandligini taʼminlash choralarini koʻrsin; tashqi ishlar vaziri A. Kamilov — Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va konsullik muassasalarining mehnat migrantlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqot oʻrnatish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha faoliyati samaradorligini oshirsin hamda mazkur jarayonga xorijdagi vatandoshlar tashkilotlarini jalb qilsin; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hududiy filiallarining faoliyatini lozim darajada tashkil qilsin, mehnat migrantlari hamda ular oila aʼzolarining uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash, moliyaviy yordam berish, hayoti va sogʻligʻini himoya qilish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin; (22-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan) Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qoʻchqorov — mazkur qarorda nazarda tutilgan moliyaviy mexanizmlarni toʻliq joriy etish, mehnat migrantlarining pensiya va kredit olish masalalarini hal qilish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirib borsin, shuningdek, ushbu maqsadda ajratilayotgan mablagʻlarning manzilli sarflanishini taʼminlasin; (22-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda) investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L. Kudratov — hukumatlararo komissiyalar doirasida mehnat migratsiyasida boʻlgan shaxslarga mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ushbu masalalar boʻyicha xalqaro bitim va kelishuvlarga erishishga doir ishlarni muvofiqlashtirib borsin. (22-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda) 23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3839-son qarorida: 1-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb yuritiladi)” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmasi (boʻlinmalari)” soʻzlari bilan almashtirilsin; 2-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “Agentlikning” soʻzi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin. 24. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 25. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. Qabul qilingan chora-tadbirlar natijadorligi toʻgʻrisida 2020-yil 1-dekabr hamda 2021-yil 1-iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2020-yil 15-sentabr, PQ-4829-son Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4829-son qaroriga 1-ILOVA Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4829-son qaroriga 4-ILOVA 2020-2021-yillarda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tashqi mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshiriladigan ishlarning asosiy koʻrsatkichlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4829-son qaroriga 6-ILOVA Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlarda qisqa muddatli kasb-hunar va chet tillariga oʻqitish kurslari tashkil etilayotgan professional taʼlim muassasalari roʻyxati
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2020-y., 07/20/4829/1281-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 06/21/34/1164-son, 02.03.2022-y., 07/22/149/0186-son, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son; 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 18.02.2025-y., 07/25/64/0154-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son) |
Постановление Президента Республики Узбекистан О мерах по внедрению системы безопасной, упорядоченной и легальной трудовой миграции За последние четыре года кардинально изменилось отношение к гражданам, работающим за рубежом, установлен диалог с трудовыми мигрантами, внедрена новая система по изучению и решению их проблем и реализации потребностей. Создан Фонд поддержки и защиты прав и интересов граждан, осуществляющих трудовую деятельность за рубежом (далее — Фонд), внедрена практика страхования жизни и здоровья трудовых мигрантов, выделения ипотечных кредитов для членов их семей. Вместе с тем требуется принятие комплексных мер по совершенствованию механизмов поддержки граждан, осуществляющих трудовую деятельность за рубежом, обеспечению реинтеграции лиц, вернувшихся из трудовой миграции, созданию благоприятных условий для занятия ими предпринимательской деятельностью. В целях совершенствования деятельности уполномоченных органов в области внешней трудовой миграции, обучения лиц, желающих работать за рубежом, востребованным профессиям, защиты прав граждан в период их пребывания за рубежом, обеспечения занятости вернувшихся трудовых мигрантов, а также социальной поддержки членов их семей: 1. Признать неудовлетворительной деятельность Министерства занятости и трудовых отношений, Агентства по внешней трудовой миграции, Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимиятов города Ташкента, областей, районов и городов по организованному трудоустройству граждан Республики Узбекистан за рубежом, осуществлению постоянного диалога с ними и организации системного решения их проблем, обеспечению их занятости по возвращении на Родину. 2. Утвердить систему безопасной, упорядоченной и легальной трудовой миграции согласно приложению № 1*, определив ее основными направлениями: увеличение масштабов организованного направления граждан Республики Узбекистан за рубеж для осуществления временной трудовой деятельности, расширение в данных целях спектра задач и полномочий министерств, ведомств и органов исполнительной власти на местах; развитие международного сотрудничества в области внешней трудовой миграции, укрепление связей с организациями соотечественников и узбекскими диаспорами за рубежом; эффективное налаживание практики обучения профессиям и иностранным языкам граждан Республики Узбекистан до выезда на работу за рубеж, внедрение системы выдачи им международно признанных сертификатов, подтверждающих их профессиональную квалификацию; расширение практики финансовой и социальной поддержки трудовых мигрантов, попавших в сложную ситуацию, страхования их жизни и здоровья, организации для них культурно-просветительских мероприятий; реализацию мер, направленных на содействие и обеспечение прав граждан, осуществляющих трудовую деятельность за рубежом, создание для них благоприятных условий; реинтеграцию лиц, вернувшихся из трудовой миграции, включая обеспечение их занятости, повышение профессиональной квалификации и стимулирование предпринимательских инициатив. 3. Установить следующий порядок организации работы региональных филиалов Агентства по внешней трудовой миграции: Председатель Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимы областей и города Ташкента осуществляют общее руководство региональными филиалами, а также несут ответственность за эффективное выполнение возложенных на них задач; начальники региональных филиалов одновременно являются помощниками Председателя Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимов областей и города Ташкента по вопросам внешней трудовой миграции; начальники региональных филиалов назначаются на должность и освобождаются от должности начальником Агентства по внешней трудовой миграции по согласованию с Председателем Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимами областей и города Ташкента, а также Министерством занятости и трудовых отношений; (абзац четвертый пункта 3 в редакции постановления Президента Республики Узбекистан от 1 марта 2022 года № ПП-149 — Национальная база данных законодательства, 02.03.2022 г., № 07/22/149/0186) (абзац пятый пункта 3 исключен Указом Президента Республики Узбекистан от 4 октября 2025 года № УП-178 — Национальная база данных законодательства, 07.10.2025 г., № 06/25/178/0900) материальное поощрение работников региональных филиалов осуществляется в зависимости от эффективности проведенной ими работы по увеличению доли организованной трудовой миграции и обеспечению занятости лиц, вернувшихся из трудовой миграции; Агентство по внешней трудовой миграции оказывает методическую помощь региональным филиалам по вопросам трудовой миграции, представляет информацию о рынке труда за рубежом и потенциальных работодателях, а также содействует укреплению их материально-технической базы и поощряет работников. 4. Предоставить региональным филиалам Агентства по внешней трудовой миграции право: заключать соглашения с иностранными работодателями, а также отправлять граждан за рубеж на основе заключенных соглашений; сотрудничать с дипломатическими представительствами, консульскими учреждениями Республики Узбекистан и представительствами Агентства по внешней трудовой миграции за рубежом в вопросах защиты и поддержки прав трудовых мигрантов, осуществляющих трудовую деятельность в иностранных государствах; устанавливать связи и проводить переговоры с региональными миграционными и другими государственными органами зарубежных государств; сотрудничать с организациями соотечественников за рубежом; привлекать средства технического содействия и гранты иностранных (международных) финансовых институтов и других организаций, выделяемых на развитие сферы миграции. 5. Утвердить: Программу мер, реализуемых Советом Министров Республики Каракалпакстан, хокимиятами областей и города Ташкента в рамках системы безопасной, упорядоченной и легальной трудовой миграции, согласно приложению № 2*; Программу мер, реализуемых дипломатическими представительствами и консульскими учреждениями Республики Узбекистан за рубежом в рамках системы безопасной, упорядоченной и легальной трудовой миграции, согласно приложению № 3*; Основные показатели работы, осуществляемой в 2020-2021 годах в области внешней трудовой миграции Министерством занятости и трудовых отношений, Советом Министров Республики Каракалпакстан, хокимиятами областей и города Ташкента, согласно приложению № 4*; Программу культурно-просветительских мероприятий, проводимых в зарубежных странах в 2021 году, согласно приложению № 5*. * Приложения №№ 2, 3 и 5 не приводятся. 6. Установить порядок, в соответствии с которым с 1 января 2021 года лица, выезжающие за рубеж путем организованной трудовой миграции, до направления на работу обучаются профессиям в государственных и негосударственных образовательных организациях, за исключением лиц, отвечающих квалификационным требованиям иностранного работодателя. 7. Принять к сведению, что в регионах в соответствии с постановлением Президента Республики Узбекистан от 11 августа 2020 года № ПП-4804 «О дополнительных мерах, направленных на привлечение к предпринимательству, повышение трудовой активности и профессиональное обучение бедных и безработных граждан, а также обеспечение занятости населения» организованы моноцентры «Ишга мархамат», центры профессионального обучения, краткосрочные курсы профессионального обучения и пункты профессионального обучения населения махалли для обучения профессиям и иностранным языкам лиц, выезжающих в трудовую миграцию. 8. Министерству высшего и среднего специального образования совместно с Министерством занятости и трудовых отношений, министерствами и ведомствами, имеющими в ведении профессиональные образовательные учреждения, Советом Министров Республики Каракалпакстан и хокимиятами областей в двухмесячный срок: организовать краткосрочные курсы обучения трудовых мигрантов профессиям и иностранным языкам в зданиях колледжей и техникумов, расположенных в Республике Каракалпакстан и областях, согласно приложению № 6*; адаптировать учебные программы краткосрочных курсов к требованиям крупных зарубежных работодателей; установить тесное взаимодействие с зарубежными работодателями и частными агентствами занятости, а также подготовить на краткосрочных курсах квалифицированных специалистов по востребованным для них профессиям; заключить двусторонние соглашения с крупными зарубежными учебными центрами и организовать стажировку преподавателей краткосрочных курсов. Установить, что расходы на обучение на краткосрочных курсах покрываются за счет средств Государственного фонда содействия занятости, средств, выделяемых из Государственного бюджета на данные цели, средств организаций, заказавших профессиональное обучение новых работников, и иных источников, не запрещенных законодательством. 9. Предоставить Министерству занятости и трудовых отношений право осуществлять за счет средств Фонда разработку краткосрочных программ обучения для трудовых мигрантов, создание методического обеспечения, привлечение квалифицированных специалистов крупных предприятий за рубежом и педагогических кадров ведущих образовательных учреждений, повышение педагогического мастерства преподавателей и мастеров производственного обучения. 10. До 1 января 2021 года: хокимияту города Ташкента совместно с работодателями Японии создать тестовый центр «Японского языка и профессиональной квалификации» на базе моноцентра «Ишга мархамат» в городе Ташкенте; хокимияту Ферганской области совместно с Национальным агентством контроля сварки Российской Федерации создать школу сварщиков на базе моноцентра «Ишга мархамат» в городе Фергане; хокимияту Сырдарьинской области совместно с рекрутинговыми центрами «Тadbeer» Объединенных Арабских Эмиратов создать учебный центр по подготовке работников в сфере обслуживания на базе моноцентра «Ишга мархамат» в городе Гулистане; хокимияту Наманганской области на базе профессиональных образовательных учреждений области создать учебные центры «IT School» на основе государственно-частного партнерства, а также совместно с Японией и Объединенными Арабскими Эмиратами — учебные центры по обучению иностранным языкам и профессиональной подготовке в сфере обслуживания. 11. Установить, что: (абзац первый пункта 11 в редакции Указа Президента Республики Узбекистан от 26 декабря 2025 года № УП-258 — Национальная база данных законодательства, 27.12.2025 г., № 06/25/258/1223. Дата вступления в силу — 1 февраля 2026 года) внедряется порядок выдачи микрозаймов лицам, включенным в Социальный реестр либо в одну из тетрадей — «Железную тетрадь», «Женскую тетрадь», «Молодежную тетрадь» и выезжающим за рубеж путем организованной трудовой миграции для осуществления временной трудовой деятельности; (абзац второй пункта 11 в редакции Указа Президента Республики Узбекистан от 26 декабря 2025 года № УП-258 — Национальная база данных законодательства, 27.12.2025 г., № 06/25/258/1223. Дата вступления в силу — 1 февраля 2026 года) микрозаймы выдаются в размере до 10 миллионов сумов сроком на один год для покрытия расходов, связанных с трудоустройством за рубежом (включая оплату проезда, оформление разрешительных документов на осуществление трудовой деятельности); часть процентной ставки микрозайма, превышающей основную ставку Центрального банка, но не более 1,5-кратного размера основной ставки, компенсируется за счет средств Государственного фонда содействия занятости. При этом микрозайм и начисленные по нему проценты в соответствии с поручением заемщика (членов его семьи) могут выплачиваться путем удержания средств, поступивших на их счета через международные системы денежных переводов, а также иными способами, предусмотренными законодательством. Министерству занятости и трудовых отношений в месячный срок заключить с заинтересованными коммерческими банками соглашение, предусматривающее порядок выдачи и возврата микрозаймов, требования, устанавливаемые к их обеспечению. 12. С 1 января 2021 года установить порядок, в соответствии с которым осуществление временной трудовой деятельности за рубежом путем организованной трудовой миграции приравнивается к видам деятельности (работам, услугам), которыми могут заниматься самозанятые лица, и к ним применяется порядок уплаты налогов и исчисления размера пенсии, установленного для самозанятых лиц. 13. Кабинету Министров, Министерству занятости и трудовых отношений, Министерству иностранных дел совместно с заинтересованными министерствами и ведомствами принять меры по: открытию до 1 января 2021 года представительства паспортно-визовой службы Министерства внутренних дел Российской Федерации в Республике Узбекистан и оказанию данным представительством услуг по подготовке, оформлению и выдаче разрешения (патента) на осуществление временной трудовой деятельности; заключению до 1 июня 2021 года соглашений о взаимном сотрудничестве с Болгарией, Латвией, Израилем, Финляндией, Польшей и Канадой по организованной трудовой деятельности граждан Республики Узбекистан в данных государствах; открытию до 1 января 2021 года представительств Агентства по внешней трудовой миграции в городах Екатеринбурге, Новосибирске, Самаре и Уфе, а также координации деятельности данных представительств с дипломатическими представительствами и консульскими учреждениями Республики Узбекистан в данных регионах. (абзац четвертый пункта 13 в редакции постановления Президента Республики Узбекистан от 1 марта 2022 года № ПП-149 — Национальная база данных законодательства, 02.03.2022 г., № 07/22/149/0186) 14. Одобрить предложение Министерства занятости и трудовых отношений об увеличении от одного до двух размеров базовой расчетной величины размера единовременной материальной помощи, выплачиваемой гражданам, попавшим в зарубежных государствах в сложное финансовое положение, оставшихся без документов, подтверждающих личность и средств к существованию. 15. Министерству занятости и трудовых отношений и Министерству иностранных дел: до 1 января 2021 года провести открытый конкурс между адвокатскими организациями Российской Федерации, Республики Казахстан и Турецкой Республики в целях оказания правовой помощи гражданам Республики Узбекистан, осуществляющим временную трудовую деятельность в данных государствах, по вопросам, связанным с нарушениями миграционного и трудового законодательства, а также заключить соглашения с победителями конкурса; в трехмесячный срок создать онлайн-платформу по оказанию правовой помощи трудовым мигрантам, организовать с привлечением частного сектора «Call-центр», оказывающий круглосуточные услуги с охватом территории Российской Федерации; возместить стоимость услуг адвокатских фирм и «Call-центра» за счет средств Фонда. 16. Согласиться с предложениями Министерства занятости и трудовых отношений и Министерства иностранных дел: о назначении «почетным консулом» дипломатических представительств и консульских учреждений Республики Узбекистан, а также «общественным советником» органов исполнительной власти на местах лиц, оказывающих в зарубежных государствах непосредственную помощь гражданам Республики Узбекистан в защите их прав, поиске достойной работы и других направлениях; о внедрении практики присвоения почетных званий и награждения государственными наградами «почетного консула» и «общественного советника»; об образовании при дипломатических представительствах, консульских учреждениях и представительствах Агентства по внешней трудовой миграции Консультативных советов с участием соотечественников за рубежом, работодателей и других лиц, регулярно оказывающих помощь гражданам Республики Узбекистан; о подготовке Консультативными советами предложений по решению проблем граждан Республики Узбекистан, работающих в зарубежных государствах, проведению «круглых столов» с участием зарубежных экспертов, обмену опытом по защите прав и поддержке трудовых мигрантов; о расширении возможностей организаций соотечественников за рубежом, работодателей и Консультативных советов по использованию программного комплекса «labor migration». (пункт 17 утратил силу постановлением Президента Республики Узбекистан от 14 февраля 2025 года № ПП-64 — Национальная база данных законодательства, 18.02.2025 г., № 07/25/64/0154) 18. Министерству финансов при формировании параметров Государственного бюджета на 2021 год и последующие годы предусмотреть выделение необходимых средств Государственному фонду содействия занятости и Государственному фонду поддержки предпринимательской деятельности на реализацию мер, определенных в пунктах 11 и 17 настоящего постановления. 19. Установить, что руководители секторов районов и городов, председатели махаллей и трудовые инспекторы: регулярно навещают членов семей граждан, выехавших за рубеж на работу, выявляют проблемы и потребности, оказывают практическую помощь в их решении; содействуют улучшению материального и социального положения членов семей граждан, выехавших за рубеж на работу, оказанию им необходимых услуг медицинского патронажа, выделению жилья на основе ипотечных кредитов, решению проблем в процессе получения образования их детьми, а также обеспечению занятости трудоспособных членов семьи. Руководителям секторов районов и городов один раз в месяц информировать помощников Председателя Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимов областей и города Ташкента по вопросам внешней трудовой миграции о ходе выполнения задач, определенных в настоящем пункте. 20. Министерству занятости и трудовых отношений: в недельный срок организовать непрерывный «телефон доверия» по короткому номеру «1282», позволяющий принимать обращения по вопросам, связанным с осуществлением временной трудовой деятельности за рубежом; наладить практику проведения международных ярмарок труда, конференций и семинаров с участием работодателей, квалифицированных специалистов и экспертов, приглашенных из развитых государств. 21. Национальной телерадиокомпании Узбекистана, Национальному информационному агентству Узбекистана совместно с Министерством занятости и трудовых отношений и Министерством иностранных дел в средствах массовой информации: а) передавать в эфир специальные передачи и рубрики: о порядке и условиях осуществления временной трудовой деятельности в зарубежных странах, трудовом и миграционном законодательстве иностранных государств, востребованных профессиях, имеющихся на рынке труда, и образовательных учреждениях, обучающих данным профессиям; о проводимой хокимиятами областей, районов (городов), секторами, махаллинскими и трудовыми органами, дипломатическими представительствами и консульскими учреждениями Республики Узбекистан за рубежом работе в области трудовой миграции и мерах государственной поддержки лиц, желающих осуществлять временную трудовую деятельность в зарубежных странах; б) обеспечить широкое освещение целей и задач настоящего постановления и дальнейшее увеличение охвата вещанием телеканалов Узбекистана в России, Казахстане, Турции и других государствах. 22. В целях обеспечения эффективной и своевременной реализации мер, указанных в настоящем постановлении: первому заместителю министра занятости и трудовых отношений Э. Мухитдинову — принять меры по реализации и дальнейшему совершенствованию системы безопасной, упорядоченной и легальной трудовой миграции, кардинальному увеличению доли организованной трудовой миграции, обеспечению защиты прав граждан, выезжающих за пределы республики на работу, обеспечению занятости трудовых мигрантов, вернувшихся из-за рубежа; министру иностранных дел А. Камилову — повысить эффективность деятельности дипломатических представительств и консульских учреждений Республики Узбекистан в зарубежных государствах по установлению прямого и открытого диалога с трудовыми мигрантами, защите их прав и законных интересов с привлечением к данному процессу организаций соотечественников за рубежом; Председателю Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимам областей и города Ташкента — организовать деятельность региональных филиалов Агентства по внешней трудовой миграции на должном уровне, принять необходимые меры по улучшению жилищно-бытовых условий, оказанию финансовой помощи, охране жизни и здоровья трудовых мигрантов и членов их семей; (абзац пятый пункта 22 исключен Указом Президента Республики Узбекистан от 31 октября 2023 года № УП-186) заместителю Премьер-министра — министру экономики и финансов Д. Кучкарову — координировать работу по полному внедрению финансовых механизмов, предусмотренных в настоящем постановлении, решению вопросов получения пенсий и кредитов трудовыми мигрантами, а также обеспечить адресное расходование средств, выделенных на данные цели; (абзац пятый пункта 22 в редакции Указа Президента Республики Узбекистан от 31 октября 2023 года № УП-186) министру инвестиций, промышленности и торговли Л. Кудратову — координировать работу по созданию благоприятных условий для осуществления трудовой деятельности лиц, находившихся в трудовой миграции, достижению международных соглашений и договоренностей по данным вопросам в рамках межправительственных комиссий; (абзац шестой пункта 22 в редакции Указа Президента Республики Узбекистан от 31 октября 2023 года № УП-186) 23. В постановлении Президента Республики Узбекистан от 5 июля 2018 года № ПП-3839 «О дополнительных мерах по дальнейшему совершенствованию системы внешней трудовой миграции Республики Узбекистан»: в абзаце четвертом пункта 1 слова «Агентство по внешней трудовой миграции при Министерстве занятости и трудовых отношений Республики Узбекистан (далее — Агентство)» заменить словами «структурное подразделение (подразделения) Центрального аппарата Министерства занятости и трудовых отношений Республики Узбекистан»; в абзаце восьмом пункта 2 слово «Агентства» заменить словами «Агентства по внешней трудовой миграции при Министерстве занятости и трудовых отношений Республики Узбекистан (далее — Агентство)». 24. Министерству занятости и трудовых отношений совместно с заинтересованными министерствами и ведомствами в двухмесячный срок внести в Кабинет Министров предложения об изменениях и дополнениях в законодательство, вытекающих из настоящего постановления. 25. Контроль за исполнением настоящего постановления возложить на Премьер-министра Республики Узбекистан А.Н. Арипова. О результативности принятых мер информировать Президента Республики Узбекистан до 1 декабря 2020 года и до 1 июля 2021 года. Президент Республики Узбекистан Ш. МИРЗИЁЕВ г. Ташкент, 15 сентября 2020 г., № ПП-4829 (Национальная база данных законодательства, 16.09.2020 г., № 07/20/4829/1281; 16.12.2021 г., № 06/21/34/1164, 02.03.2022 г., № 07/22/149/0186, 01.04.2022 г., № 06/22/95/0267; 10.06.2022 г., № 06/22/150/0516; 11.11.2023 г., № 06/23/193/0844; 18.02.2025 г., № 07/25/64/0154; 12.05.2025 г., № 06/25/84/0432; 07.10.2025 г., № 06/25/178/0900; 27.12.2025 г., № 06/25/258/1223) |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||