15.09.2020 yildagi PQ-4829-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi toʻrt yil davomida xorijda ishlayotgan fuqarolarga nisbatan munosabat tubdan oʻzgarib, mehnat migrantlari bilan muloqot oʻrnatildi, ularning muammo va ehtiyojlarini oʻrganish hamda hal qilish boʻyicha yangi tizim joriy qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etildi, mehnat migrantlarining hayoti va sogʻligʻini sugʻurtalash, ularning oila aʼzolari uchun ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti joriy qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarning reintegratsiyasini taʼminlash, ularning tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish talab etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi vakolatli organlarning faoliyatini takomillashtirish, xorijda ishlamoqchi boʻlgan shaxslarni talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitish, fuqarolarning chet elda boʻlish davrida huquqlarini himoya qilish, qaytib kelgan mehnat migrantlarining bandligini taʼminlash, shuningdek, ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkillashtirilgan holda xorijda ishga joylashtirish, ular bilan doimiy muloqot qilish va muammolarini tizimli hal qilishni tashkil etish, Vatanga qaytib kelganidan soʻng ish bilan taʼminlash boʻyicha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimliklarining faoliyati qoniqarsiz deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda quyidagilar uning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini chet elga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda yuborish hajmini oshirish, ushbu maqsadda vazirlik, idoralar va mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining vazifa va vakolatlari doirasini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari va oʻzbek diasporalari bilan aloqalarni mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijga ishlashga ketishdan oldin Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini kasb-hunarga va xorijiy tillarga oʻqitish amaliyotini samarali yoʻlga qoʻyish, ularga kasbiy malakani tasdiqlovchi xalqaro tan olinadigan sertifikatlarni berish tizimini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijda murakkab sharoitga tushib qolgan mehnat migrantlarini moliyaviy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularning hayoti va sogʻligʻini sugʻurtalash amaliyotini kengaytirish, ular uchun madaniy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning haq-huquqlarini taʼminlashga va koʻmaklashishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularga qulay shart-sharoitlarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni reintegratsiya qilish, shu jumladan ularning bandligini taʼminlash, kasbiy malakasini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini ragʻbatlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hududiy filiallari ishini tashkil etishning quyidagi tartibi oʻrnatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hududiy filiallarga umumiy rahbarlik qiladi hamda ularga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi uchun masʼul hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy filial rahbarlari bir vaqtning oʻzida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha yordamchilari hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy filial rahbarlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshligʻi tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-149-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 07/22/149/0186-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy filiallar xodimlari tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi ulushini oshirish hamda mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarning bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligiga qarab moddiy ragʻbatlantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hududiy filiallarga mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha metodik yordam koʻrsatadi, xorijiy mehnat bozori hamda salohiyatli ish beruvchilar toʻgʻrisida maʼlumot beradi, xodimlarini ragʻbatlantiradi va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy ish beruvchilar bilan kelishuvlar tuzish hamda tuzilgan kelishuvlarga asosan xorijga fuqarolarni ishga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonalari bilan chet davlatlarda ishlayotgan mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlarning hududiy migratsiya va boshqa davlat organlari bilan aloqalar oʻrnatish va muzokaralar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning migratsiya sohasini rivojlantirishga ajratiladigan texnik koʻmak mablagʻlari va grantlarini jalb qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi doirasida Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-2021-yillarda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tashqi mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshiriladigan ishlarning asosiy koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilda xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan madaniy-maʼrifiy tadbirlar dasturi 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2, 3 va 5-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2021-yil 1-yanvardan boshlab tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yoʻli bilan xorijga chiqib ketayotgan shaxslar ishga yuborilishidan oldin davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasb-hunarga oʻqitiladi, xorijiy ish beruvchining malaka talablariga javob beradigan shaxslar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga oʻqitishga qaratilgan hamda aholi bandligini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4804-son qaroriga muvofiq mehnat migratsiyasiga chiqib ketayotgan shaxslarni kasb-hunar va chet tillariga oʻqitish uchun hududlarda “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga oʻqitish markazlari, qisqa muddatli kasb-hunarga oʻqitish kurslari, mahalla aholisini kasb-hunarga oʻqitish maskanlari tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, tasarrufida professional taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan kollejlar va texnikumlarda mehnat migrantlari uchun qisqa muddatli kasb-hunar va chet tillariga oʻqitish kurslarini 6-ilovaga muvofiq tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqa muddatli kurslarning oʻquv dasturlarini xorijiy yirik ish beruvchilarning talablariga moslashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy ish beruvchilar va xususiy bandlik agentliklari bilan uzviy aloqalarni oʻrnatsin hamda qisqa muddatli kurslarda ular uchun zarur boʻlgan kasblar boʻyicha malakali mutaxassislarni tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy yirik oʻquv markazlari bilan ikki tomonlama bitim imzolasin hamda qisqa muddatli kurslar oʻqituvchilarini malaka oshirishga yuborishni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, qisqa muddatli kurslarda oʻqitish xarajatlari Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari, ushbu maqsadlarga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, yangi ishchilarni kasbga tayyorlash uchun buyurtma bergan tashkilotlar mablagʻlari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan mehnat migrantlari uchun qisqa muddatli oʻqitish dasturlarini ishlab chiqish, metodik taʼminotni yaratish, xorijdagi yirik korxonalarning malakali mutaxassislarini va yetakchi taʼlim muassasalarining pedagog kadrlarini jalb qilish, oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlim ustalarining pedagogik mahoratini oshirish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 2021-yil 1-yanvarga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi Yaponiya ish beruvchilari bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida “Yapon tili va kasbiy malaka” test markazini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati hokimligi Rossiya Federatsiyasining Payvandchilik nazorati milliy agentligi bilan hamkorlikda Fargʻona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida payvandchilar maktabini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati hokimligi Birlashgan Arab Amirliklarining “Tadbeer” rekruting markazlari bilan hamkorlikda Guliston shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida xizmat sohasida faoliyat koʻrsatadigan ishchilarni tayyorlash oʻquv markazini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyati hokimligi viloyatdagi professional taʼlim muassasalarida davlat-xususiy sheriklik asosida “IT School” oʻquv markazlarini, Yaponiya va Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda chet tillariga oʻqitish va xizmat sohasi boʻyicha kasblarga tayyorlash oʻquv markazlarini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilansinki:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy reyestrga yoxud “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yoʻli bilan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketayotgan shaxslarga mikroqarzlar berish tartibi joriy qilinadi;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikroqarzlar xorijda ishga joylashish (shu jumladan, yoʻl haqini toʻlash va mehnat faoliyatiga ruxsat olish) bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun 10 million soʻmgacha miqdorda bir yil muddatga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikroqarz foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin asosiy stavkaning 1,5 baravaridan koʻp boʻlmagan qismi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kompensatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, mikroqarz hamda unga hisoblangan foizlar qarz oluvchining (oila aʼzolarining) topshirigʻiga muvofiq ularning hisobvaraqlariga xalqaro pul oʻtkazmalari tizimlari orqali kelib tushgan mablagʻlardan ushlab qolish yoʻli bilan hamda qonun hujjatlarida koʻrsatilgan boshqa usullarda toʻlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bir oy muddatda manfaatdor tijorat banklari bilan mikroqarzlarni berish, ularning taʼminotiga qoʻyiladigan talablar va qaytarish tartibini nazarda tutuvchi kelishuv bitimini tuzsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. 2021-yil 1-yanvardan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yoʻli bilan xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlariga tenglashtiriladi va unga oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun belgilangan soliqlarni toʻlash hamda pensiya miqdorini hisoblash tartibi qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirlar Mahkamasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-yanvarga qadar Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining pasport-viza xizmati vakolatxonasini Oʻzbekiston Respublikasida ochish hamda ushbu vakolatxonada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsatnomani (patentni) tayyorlash, rasmiylashtirish va berish xizmatlarini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-iyunga qadar Bolgariya, Latviya, Isroil, Finlyandiya, Polsha va Kanada bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining mazkur davlatlardagi tashkillashtirilgan mehnat faoliyati toʻgʻrisida hamkorlik bitimlarini tuzish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-yanvarga qadar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Yekaterinburg, Novosibirsk, Samara va Ufa shaharlaridagi vakolatxonalarini ochish hamda ushbu vakolatxonalar faoliyatini mazkur hududlardagi Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan muvofiqlashtirish choralarini koʻrsin.
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-149-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 07/22/149/0186-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining chet davlatlarda murakkab moliyaviy ahvolga tushgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, mablagʻlarsiz qolgan fuqarolarga toʻlanadigan bir martalik moddiy yordam miqdorini bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha koʻpaytirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-yanvarga qadar Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston va Turkiya Respublikalarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga migratsiya va mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish maqsadida mazkur davlatlardagi advokatlik tashkilotlari oʻrtasida ochiq tanlovni oʻtkazsin va tanlov gʻoliblari bilan bitimlar tuzsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda mehnat migrantlariga huquqiy yordam berish boʻyicha onlayn platformani yaratsin, xususiy sektorni jalb qilgan holda Rossiya Federatsiyasi hududini doimiy xizmat bilan qamrab oladigan “Call-markaz”ni tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlik firmalari hamda “Call-markaz”ning xizmatlari qiymatini Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlarini himoya qilish, ularga munosib ish topib berish va boshqa yoʻnalishlarda yaqindan yordam koʻrsatib kelayotgan shaxslarni diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining “faxriy konsuli” hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining “jamoat maslahatchisi” etib tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“faxriy konsul” va “jamoat maslahatchi”larini davlat mukofotlari bilan taqdirlash va ularga faxriy unvonlar berish amaliyotini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonalari huzurida xorijdagi vatandoshlar, ish beruvchilar hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga muntazam ravishda yordam koʻrsatib kelayotgan boshqa shaxslar ishtirokidagi Maslahat kengashlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahat kengashlari tomonidan xorijiy davlatlarda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining muammolarini hal qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, xorijiy ekspertlar ishtirokida davra suhbatlarini oʻtkazish, mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tajriba almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari, ish beruvchilar va Maslahat kengashlarining “labor migration” dasturiy majmuasidan foydalanish imkoniyatlarini oshirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-64-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 07/25/64/0154-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Moliya vazirligi 2021-yil va keyingi yillar uchun Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda mazkur qarorning 11 va 17-bandlarida belgilangan choralarni amalga oshirish uchun Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hamda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasiga zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Belgilab qoʻyilsinki, tuman va shahar sektor rahbarlari, mahalla raislari va mehnat inspektorlari xorijga ishlash uchun ketgan fuqarolar oila aʼzolarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
holidan muntazam xabar olib, muammolari va ehtiyojlarini aniqlaydi hamda ularni hal etishda amaliy yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy va ijtimoiy holatini yaxshilash, ularga zarur tibbiy patronaj xizmatini koʻrsatish, ipoteka kreditlari asosida uy-joylar ajratish, farzandlarining taʼlim olishidagi muammolarini hal qilish, mehnatga layoqatli aʼzolarini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman va shahar sektor rahbarlari mazkur bandda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining tashqi mehnat migratsiya masalalari boʻyicha yordamchisiga har oyda bir marta axborot berib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha murojaatlarni qabul qilish imkonini beruvchi uzluksiz ishlaydigan “1282” qisqa raqamli ishonch telefonini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlangan davlatlardan taklif etilgan ish beruvchilar, malakali mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida xalqaro mehnat yarmarkalari, konferensiya va seminarlarni oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlarda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish tartibi va shartlari, chet davlatlarning mehnat va migratsiya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, mehnat bozorida mavjud boʻlgan talab yuqori boʻlgan kasblar, mazkur kasblarga oʻqitadigan taʼlim muassasalari toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat, tuman (shahar) hokimliklari va sektorlar, mahalla va mehnat organlari, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan mehnat migratsiyasi sohasi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, chet mamlakatlarda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirmoqchi boʻlgan shaxslarga davlat tomonidan koʻrsatiladigan qoʻllab-quvvatlash choralari toʻgʻrisida maxsus dastur va lavhalarni efirga uzatib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushbu qarorning maqsad va vazifalari keng miqyosda yoritilishini taʼminlasin hamda Oʻzbekiston telekanallarining Rossiya, Qozogʻiston, Turkiya va boshqa davlatlarda efirga uzatish qamrovini yanada kengaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari E. Muxitdinov — Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini amalga oshirish va yanada takomillashtirish, tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi ulushini tubdan oshirish, respublikadan tashqariga ishlash uchun ketayotgan fuqarolarning huquqlari himoya qilinishini taʼminlash, xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlarining bandligini taʼminlash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi ishlar vaziri A. Kamilov — Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va konsullik muassasalarining mehnat migrantlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqot oʻrnatish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha faoliyati samaradorligini oshirsin hamda mazkur jarayonga xorijdagi vatandoshlar tashkilotlarini jalb qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hududiy filiallarining faoliyatini lozim darajada tashkil qilsin, mehnat migrantlari hamda ular oila aʼzolarining uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash, moliyaviy yordam berish, hayoti va sogʻligʻini himoya qilish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(22-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qoʻchqorov — mazkur qarorda nazarda tutilgan moliyaviy mexanizmlarni toʻliq joriy etish, mehnat migrantlarining pensiya va kredit olish masalalarini hal qilish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirib borsin, shuningdek, ushbu maqsadda ajratilayotgan mablagʻlarning manzilli sarflanishini taʼminlasin;
(22-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L. Kudratov — hukumatlararo komissiyalar doirasida mehnat migratsiyasida boʻlgan shaxslarga mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ushbu masalalar boʻyicha xalqaro bitim va kelishuvlarga erishishga doir ishlarni muvofiqlashtirib borsin.
(22-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3839-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb yuritiladi)” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmasi (boʻlinmalari)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “Agentlikning” soʻzi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan chora-tadbirlar natijadorligi toʻgʻrisida 2020-yil 1-dekabr hamda 2021-yil 1-iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 15-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4829-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4829-son qaroriga
1-ILOVA

4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-2021-yillarda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tashqi mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshiriladigan ishlarning asosiy koʻrsatkichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar

Kasb-hunarga oʻqitish taʼlim muassasalarini tashkil etish

Vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketayotgan shaxslarni kasbga va chet tillariga oʻqitish

Fuqarolarni tashkillashtirilgan holda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga yuborish

Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar, shuningdek, vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib keta olmagan fuqarolarning bandligini taʼminlash

Mehnat migrantlarining oilalariga moddiy yordam koʻrsatish va ularni qoʻllab-quvvatlash (oilalar soni)

“Ishga marhamat” mono-markazlari

Qisqa muddatli kasb-hunar va chet tillariga oʻqitish kurslari

Kasb-hunarga oʻqitish markazlari

Mahalla aholisini kasb-hunarga oʻqitish maskanlari

Rossiya Federatsiyasiga

Qozogʻiston Respublikasiga

boshqa davlatlarga

2020-2021-yillar

2020-yil

2021-yil

2020-yil

2021-yil

2021-yil

2020-yil
1-dekabrgacha

2021-yil

2020-yil

2021-yil

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1

2

2

8

1 100

2 800

800

1 000

1 000

500

8 700

9 000

2 000

4 000

2.

Andijon viloyati

1

2

3

13

1 700

4 700

3 600

10 000

3 000

1 500

15 000

16 000

5 000

10 000

3.

Buxoro viloyati

1

2

1

8

2 100

3 000

1 500

5 000

1 100

600

2 500

10 000

2 000

4 000

4.

Jizzax viloyati

1

2

2

5

1 200

2 700

1 600

5 000

500

600

3 000

8 000

2 000

4 000

5.

Qashqadaryo viloyati

1

2

4

14

1 600

4 600

2 400

7 000

2 000

1 100

5 000

15 000

3 000

6 000

6.

Navoiy viloyati

1

2

1

6

1 100

2 700

900

2 000

500

400

3 000

4 000

1 000

2 000

7.

Namangan viloyati

1

2

2

14

1 700

3 800

3 500

10 000

3 000

1 400

14 000

15 000

4 000

8 000

8.

Samarqand viloyati

1

2

2

16

1 900

4 800

3 300

7 000

3 000

1 500

5 100

18 000

5 000

10 000

9.

Sirdaryo viloyati

1

2

1

3

500

2 500

900

2 000

500

400

3 000

4 000

1 000

2 000

10.

Surxondaryo viloyati

1

2

2

17

1 700

3 600

2 400

7 000

2 000

1 100

4 000

15 000

3 000

6 000

11.

Toshkent viloyati

1

2

4

11

1 500

3 200

2 100

5 000

3 000

900

8 000

15 000

3 000

6 000

12.

Fargʻona viloyati

1

2

1

11

1 600

4 500

3 600

10 000

3 000

1 400

6 000

16 000

4 000

8 000

13.

Xorazm viloyati

1

2

2

10

1 400

3 100

1 500

5 000

1 100

650

8 000

10 000

2 000

4 000

14.

Toshkent shahri

11

3

1 600

4 000

1 200

2 000

500

650

3 000

5 000

3 000

6 000

Jami

13

37

30

136

20 700

50 000

29 300

78 000

24 200

12 700

88 300

160 000

40 000

80 000

216

70 700

144 200

248 300

120 000

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4829-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlarda qisqa muddatli kasb-hunar va chet tillariga oʻqitish kurslari tashkil etilayotgan professional taʼlim muassasalari roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

Taʼlim muassasalar nomi

Quvvati

Kollejlar

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Nukus transport kolleji

1 050

2.

Andijon viloyati

Asaka oziq-ovqat texnologiyasi va sanoati kolleji

720

3.

Buxoro viloyati

Buxoro neft va gaz sanoati kolleji

900

4.

Jizzax viloyati

Doʻstlik suv xoʻjaligi va melioratsiya kolleji

720

5.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi kommunal xoʻjaligi kolleji

900

6.

Navoiy viloyati

Navbahor suv xoʻjaligi va melioratsiya kolleji

600

7.

Namangan viloyati

Mingbuloq suv xoʻjaligi va melioratsiya kolleji

720

8.

Samarqand viloyati

Samarqand transport kolleji

540

9.

Surxondaryo viloyati

Angor qurilish va kommunal xoʻjaligi kolleji

800

10.

Sirdaryo viloyati

Shirin energetika kolleji

1 060

11.

Toshkent viloyati

Yangiyoʻl oziq-ovqat texnologiyasi kolleji

720

12.

Fargʻona viloyati

Qoʻqon temir yoʻl transporti kolleji

900

13.

Xorazm viloyati

Urganch transport kolleji

1 200

Texnikumlar

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Xoʻjayli koʻp tarmoqli texnikumi

750

2.

Andijon viloyati

Andijon mashinasozlik texnikumi

900

3.

Buxoro viloyati

Buxoro turizm texnikumi

750

4.

Jizzax viloyati

Jizzax xizmat koʻrsatish va servis texnikumi

720

5.

Qashqadaryo viloyati

Beshkent qishloq xoʻjaligi texnikumi

720

6.

Navoiy viloyati

Navbahor koʻp tarmoqli texnikumi

615

7.

Namangan viloyati

Namangan sanoat va iqtisodiyot texnikumi

765

8.

Samarqand viloyati

Samarqand transport va muhandislik kommunikatsiyalari texnikumi

720

9.

Surxondaryo viloyati

Denov Hazarbogʻ agrotexnologiya texnikumi

652

10.

Sirdaryo viloyati

Guliston agrotexnologiyalar texnikumi

615

11.

Toshkent viloyati

Boʻka agrotexnologiya texnikumi

715

12.

Fargʻona viloyati

Fargʻona sanoat va xizmat koʻrsatish texnikumi

1 530

13.

Xorazm viloyati

Urganch agrotexnologiyalar texnikumi

675

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2020-y., 07/20/4829/1281-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 06/21/34/1164-son, 02.03.2022-y., 07/22/149/0186-son, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son; 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 18.02.2025-y., 07/25/64/0154-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)