05.07.2018 yildagi PQ-3839-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ta’kidlansinki, tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolarni tashkillashtirilgan tarzda yig‘ish yuzasidan xalqaro shartnomalar tuzish, ularning respublika tashqarisida ish joylariga xavfsiz tarzda yetib borishini ta’minlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, noqonuniy mehnat migratsiyasining katta oqimi haligacha saqlanib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarni xorijda tashkillashtirilgan tarzda ishga joylashtirish, shuningdek, mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarning bandligini ta’minlash ko‘rsatkichlari past darajada qolishi davom etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi mehnat migratsiyasi tizimini yanada takomillashtirish, uning tashkiliy shakllarini tubdan kengaytirish, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga ketayotgan fuqarolarning mehnat va ijtimoiy huquqlari himoya qilinishini ta’minlash, xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlarini tadbirkorlik va mehnat faoliyatiga jalb etishni kengaytirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qo‘yilsinki, 2018-yil 1-sentabrdan O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida akkreditatsiyadan o‘tish asosida, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakasini, jumladan, kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish va xorijiy tillarni bilish darajasini tasdiqlash borasidagi faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmasi (bo‘linmalari) O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining litsenziyalar berish va akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqish, zarur hujjatlarni tayyorlash funksiyalarini bajaruvchi ishchi organi etib belgilansin.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4829-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2020-y., 07/20/4829/1281-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) yuridik shaxs maqomida tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi xarajatlarni moliyalashtirish Jamg‘armaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zo‘ravonlik, majburiy mehnat va kamsitishdan jabrlangan, mehnat va boshqa huquqlari buzilgan, og‘ir moliyaviy ahvolga tushgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, tirikchilik uchun mablag‘siz qolgan fuqarolarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish, shuningdek, ularga moddiy yordam ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat migratsiyasida bo‘lgan davrda jarohatlanish, baxtsiz hodisa sababli tibbiy xizmat ko‘rsatish talab etilgan fuqarolarga, ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar haqini mehnat migranti hisobidan to‘lash imkoniyati bo‘lmagan hollarda to‘langan mablag‘lar ushbu fuqarolar tomonidan keyinchalik qoplab berilishi sharti bilan, tibbiy xizmat ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga joylashgan davlatning tegishli muassasalari tomonidan tasdiqlangan hollarda respublikadan tashqarida mehnat migratsiyasida bo‘lgan davrda vafot etgan fuqarolarning jasadlarini, shuningdek, xorijdagi mehnat faoliyati vaqtida mehnat qobiliyatini yo‘qotishga olib kelgan shikastlanish yoki jiddiy jarohatlangan fuqarolarni olib kelish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga tashkillashtirilgan tarzda ilgari yuborilgan va ishga joylashgan mamlakatning qonun hujjatlarini buzish oqibatida ushbu mamlakat hududidan chiqarib yuborilgan (deportatsiya qilingan) fuqarolarni, to‘langan mablag‘lar ushbu fuqarolar hisobidan keyinchalik qoplab berilishi sharti bilan, shuningdek, kelishilgan mehnat sharoitlari chet ellik ish beruvchilar tomonidan ta’minlab berilmagan fuqarolarni qaytarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududlarida xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarni ketishdan oldingi moslashtirish, kasbiy tayyorlash, xorijiy tillarga o‘qitish va bilim darajasi yuzasidan test sinovlari o‘tkazish, fuqarolarning kasbiy malakasini tasdiqlash markazlarini tashkil etish hamda jihozlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) vakolatxonalarini tashkil etish va jihozlash;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4829-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2020-y., 07/20/4829/1281-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norasmiy mehnat migratsiyasining oldini olishga qaratilgan, fuqarolarni xorijda ishga tashkillashtirilgan tarzda joylashtirish tizimini takomillashtirish masalalari bo‘yicha axborot-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash uchun tijorat banklarida ochiladigan kredit liniyalari bo‘yicha mehnat migrantlariga mikroqarzlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirgan davrda ularning hayoti va sog‘lig‘ini hamda boshqa tavakkalchiliklarini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta puli summasining o‘rnini qoplash uchun sug‘urta kompaniyalariga bir yo‘la beriladigan subsidiyalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasining Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadigan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PQ-5140-sonli qaroriga asosan o‘ninchi — o‘n ikkinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 07/21/5140/0538-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Jamg‘armaning daromadlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan 115 milliard so‘m miqdoridagi bir martalik beg‘araz moliyaviy yordam;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan tuziladigan litsenziya kelishuvi doirasida fuqarolarni mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga yuboruvchi tashkilotlarning, zaxiralanayotgan mablag‘ ishlatilgan hollarda mablag‘larni to‘ldirish, shuningdek, fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish huquqini beruvchi litsenziya muddati tugatilgan hollarda mablag‘larni qaytarish sharti bilan, bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz ming besh yuz baravari miqdoridagi zaxiralanadigan mablag‘lari;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PQ-5140-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 07/21/5140/0538-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriya mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bir oy muddatda quyidagilarni tasdiqlash bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakalarini tasdiqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkillashtirilgan tarzda yig‘ish tartibi to‘g‘risidagi nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining yangilangan nizomini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni, jumladan, unda jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini nazarda tutgan holda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qo‘yilsinki, 2018-yil 1-avgustdan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy mehnat shartnomalari bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda ixtiyoriy ro‘yxatdan o‘tish taomilini joriy etgan holda, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga eng kam ish haqining to‘rt yarim baravari miqdorida yillik sug‘urta to‘lovlarini ixtiyoriy ravishda to‘lash tartibi joriy etiladi, bunda to‘lovlar amalga oshirilgan davrlar belgilangan tartibda mehnat stajiga qo‘shiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bir oy muddatda minimal rentabelli yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan ijtimoiy korxonalarni davlat-xususiy sheriklik shartlarida tashkil etish mexanizmlarini joriy qilish bo‘yicha, ushbu maqsadlarga O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirishni nazarda tutgan holda, Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agentlik qo‘shilgan qiymat solig‘idan tashqari barcha turdagi soliqlardan ozod qilinsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-sonli Farmoni tahririda — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Agentlikning boshqaruv xodimlari hisobidan mas’ul xodimlarni O‘zbekiston Respublikasining diplomatik pasporti taqdim etiladigan mansabdor shaxslar ro‘yxatiga kiritish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda mehnat qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni kuchaytirish, shuningdek, qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasining bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh.D. Qudbiyevga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 5-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3839-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 07/18/3839/1463-son; 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son, 16.09.2020-y., 07/20/4829/1281-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 07/21/5140/0538-son)