Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT CHEGRASINI MUSTAHKAMLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
“Mudofaa toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini mustahkamlash va chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilarining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat suv xoʻjaligi qurilishi qoʻmitasi, Avtomobil yoʻllari vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi, Aloqa vazirligi, “Oʻzdehqonchilikqurilish”, “Toshkentboshqurilish”, “Obihayot” ishlab chiqarish birlashmasi 1992-1993-yillarda zastavalar, serjantlar tarkibi maktablari, yoʻllar, gazoprovodlar va vodoprovodlar hamda chegara qoʻshinlarining ijtimoiy-maishiy ahamiyatga ega boʻlgan boshqa obyektlari qurilishini va ularning oʻz vaqtida ishga tushirilishini 1-ilovaga* muvofiq taʼminlasinlar.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
“Oʻrtaosiyoqurilish”, “Oʻzgiproqishloqqurilish”, “Oʻzqishloqenergoloyiha”, “Oʻzgiproavtoyoʻl”, “Oʻzgiprogaz”, “Oʻzgiproaloqa”, Oʻzbekiston shaharsozlik, loyihalash ilmiy-tadqiqot instituti, “Oʻzgiproqishloqsuvtaʼminot” loyiha institutlari koʻrsatib oʻtilgan obyektlarni qurish va qayta qurishning loyiha-smeta hujjatlarini uch oy muddat ichida ishlab chiqsinlar.
2. Surxondaryo viloyati hokimligi Milliy xavfsizlik xizmati bilan birgalikda oʻn kun muddat ichida yangi chegara zastavalari qurilishiga yer uchastkalari ajratilishini taminlasin.
3. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi 1992-1993-yillarda chegara qoʻshinlari obyektlari qurilishi uchun 1-ilovaga* muvofiq kapital mablagʻlar limitlari ajratilishini belgilangan tartibda nazarda tutsin.
4. “Oʻzshartnomasavdo”, Oʻzbekiston Respublikasi Binokorlik materiallari sanoati vazirligi, “Oʻzbeksavdo” uyushmasi, Neft mahsulotlari davlat qoʻmitasi, Aloqa vazirligi tegishli nomenklatura boʻyicha 2—6-ilovalarga* muvofiq moddiy-texnika resurslari, asbob-uskunalar va inventar ajratilishini nazarda tutsinlar.
* 2—6-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi chegara qoʻshinlari ehtiyojlari uchun moddiy boyliklarni, istisno tariqasida, haqini oldindan toʻlamasdan berishga ruxsat etilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Milliy xavfsizlik xizmatiga 7-ilovaga* muvofiq qurol-yarogʻ, shuningdek, uning talabnomalari boʻyicha harbiy texnika va ashyoviy mulk ajratishni nazarda tutsin, chegara qoʻshinlarining shaxsiy tarkibini zarur oziq-ovqat bilan markazlashtirilgan tartibda taʼminlasin.
* 7-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga MDHning tegishli respublikalari bilan 8-ilovaga* muvofiq maxsus harbiy texnika sotib olish uchun shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin.
* 8-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
7. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” Milliy xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari boʻlinmalarini uning talabnomalari boʻyicha mashina va mexanizmlar uchun zarur ehtiyot qismlar bilan taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat suv xoʻjaligi qurilishi qoʻmitasi 1992-yil 20-oktabrgacha chegara qoʻshinlarining 6 ta zatavasi bino va inshootlarini asosli tuzatishni xamda 3 ta zastavasini joriy tuzatishni tugallasin. Haqiqatda bajarilgan ishlar uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan bir martalik baholar boʻyicha haq toʻlashga ruxsat berilsin.
9. “Oʻzdavmetallkonsern” 1992-yil oxirigacha Oʻzbekiston Respublikasi MDH Chegara qoʻshinlari boshqarmasining talabnomalari va ishchi chizmalariga muvofiq respublika Davlat chegarasi chizigʻini belgilovchi chegara toʻsinlariga oʻrnatish uchun 100 dona Oʻzbekiston Respublikasi Gerbini tayyorlasin.
10. Toshkent shahar hokimligi 1992-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari boshqarmasining zobitlar tarkibi uchun 16 ta kvartira ajratsin hamda 1993-yilda Toshkent shahrida 56 kvartirali uy qurilishini nazarda tutsin.
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi 1993-yilda koʻrsatib oʻtilgan qurilish uchun kapital mablagʻlar limitlari ajratsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1992-1993-yillarda 1—8-ilovalarda* nazarda tutilgan qurilish, qayta qurish va asosli tuzatish, qurol-yarogʻ, harbiy texnika, aloqa vositalari, muhandislik-texnika vositalari va moddiy resurslar sotib olish uchun Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari boshqarmasiga zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
12. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining ehtiyojlari uchun valyutaga elektron-hisoblash texnikasi, aloqa vositalari va boshqa muhandislik-texnika vositalari sotib olishga doir takliflar kiritsinlar.
13. Surxondaryo viloyati hokimligi viloyat hududida joylashtirilgan ichki qoʻshinlar chegara zastavalari va qismlari xizmatchilariga kundalik ehtiyoj tovarlari keltirilishini tashkil etsin, har bir chegara zastavasiga nohiya hokimliklarini birkitib qoʻysin, ularning ijtimoiy-maishiy masalalarini hal etishga har tomonlama yordam bersin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati (oʻrtoq Aliyev), Mudofaa vazirligi (oʻrtoq Ahmedov) respublika Davlat chegarasining ishonchli qoʻriqlanishini taʼminlasinlar, qoʻshinlarning jangovar tayyorgarligini oshirsinlar, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishni yaxshilasinlar, moddiy-texnika vositalariga ehtiyotlik bilan munosabatda boʻlish boʻyicha qattiq choralar koʻrsinlar.
15. Respublikaning tegishli vazirliklari va idoralari rahbarlariga, Surxondaryo viloyati hokimiga qarorning bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
Vazirliklar va idoralar, Surxondaryo viloyati hokimligi mazkur qarorning qanday bajarilayotganligi toʻgʻrisida yilning har choragida Respublika Vazirlar Mahkamasiga axborot berib tursinlar.
16. Qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi oʻrinbosari oʻrtoq I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 21-sentabr,
437-son