1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.05 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasidagi kreditlash, hisob-kitob, sugʻurta (shuningdek, 07.22.06.01 ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatilayotgan yoki maqbullashtirilayotgan fermer xoʻjaligi yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa subyektlarga ajratilgan yer maydonida sarflangan xarajatlar qiymatini hisoblash va qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fermer xoʻjaligi yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa subyektlar tugatilganda yoxud yer maydoni maqbullashtirilganda, ularga ajratilgan yer maydonida sarflangan xarajatlarni bozor qiymatida hisoblash va qoplashni nazarda tutuvchi Tugatilayotgan yoki maqbullashtirilayotgan fermer xoʻjaligi yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa subyektlarga ajratilgan yer maydonida sarflangan xarajatlar qiymatini hisoblash va qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 24-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
501-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 501-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatilayotgan yoki maqbullashtirilayotgan fermer xoʻjaligi yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa subyektlarga ajratilgan yer maydonida sarflangan xarajatlar qiymatini hisoblash va qoplash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom fermer xoʻjaligi yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa subyektlar (keyingi oʻrinlarda — qishloq xoʻjaligi tashkiloti) tugatilayotganda yoxud maqbullashtirilayotganda, ularga ajratilgan yer maydonida sarflangan xarajatlarni bozor qiymatida hisoblash va qoplash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer maydonida sarflangan xarajatlar — qishloq xoʻjaligi tashkiloti tomonidan ishlab chiqarish faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida ajratilgan yer maydonida bajarilgan ishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer maydonida sarflangan xarajatlarni bozor qiymatida qoplash — qishloq xoʻjaligi tashkiloti tomonidan belgilangan tartibda yer maydonida sarflangan xarajatlarni bozor qiymatida uning tegishli hisobvaragʻiga oʻtkazish yoki boshqa shaklda qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — tugatilayotgan yoki maqbullashtirilayotgan qishloq xoʻjaligi tashkilotining yer uchastkasini ijara huquqi asosida olayotgan qishloq xoʻjaligi tashkiloti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qishloq xoʻjaligi tashkiloti tugatilayotganda yoki maqbullashtirilayotganda, ularga ajratilgan yer maydonida sarflangan xarajatlarni bozor qiymatida hisoblash va qoplash ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yer maydonida sarflangan quyidagi xarajatlar qoplab beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchatlar, koʻp yillik mevali, hosilga kirmagan koʻchatlar va manzarali daraxtlar, ularni parvarishlash, hududni obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish ishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish maqsadida oʻrnatilgan tomchilatib sugʻorish tizimlari, suv chiqarish uchun burgʻilangan quduq, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish nasos stansiyalarini oʻrnatish hamda ariq — zovurlar qazish, ularni taʼmirlashga ketgan xarajatlar (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan subsidiya mablagʻlari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish maqsadida bajarilgan agrotexnik tadbirlar (yerlarni begona oʻtlardan, tosh va boshqa chiqindilardan tozalash, yer maydonlarini tekislash, haydash, ekishga tayyorlash);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun sarflangan xarajatlar, yetkazib berilgan moddiy-texnik resurslar va koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha yuzaga kelgan qarzdorliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish maqsadlari uchun boshqa infratuzilma obyektlari — gaz, elektr, oqava va ichimlik suvi, kanalizatsiya tarmoqlari va yoʻl qurilishiga sarflangan xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorvachilik, baliqchilik va parrandachilik faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida qurilgan inshootlar va boshqa koʻchmas mulk obyektlarini qurish va taʼmirlashga sarflangan xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi doirasida foydalanishdan chiqqan yerlarni qayta foydalanishga kiritish maqsadida sarflangan xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yil hosilidan paxta xomashyosi, boshoqli don, sholi va sabzavot ekinlari yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab — quvvatlash jamgʻarmasining resurslari hisobidan ajratilgan kredit mablagʻlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tugatilayotgan yoki maqbullashtirilayotgan qishloq xoʻjaligi tashkilotining yer maydonida sarflangan xarajatlarning bozor qiymati mazkur Nizomda belgilangan tartibda oʻtkazilgan baholash natijalari asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Qishloq xoʻjaligi tashkiloti tomonidan yer maydonida sarflangan xarajatlarni bozor qiymatida hisoblash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ixtiyoriylik asosida tugatilayotgan yoki maqbullashtirilayotgan qishloq xoʻjaligi tashkiloti rahbari ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan koʻchmas mulkni, shuningdek, bajarilgan ishlar qiymatini aniqlash uchun tegishli baholash tashkilotiga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi tashkilotining koʻchmas mulki yoki bajarilgan ishlari qiymati baholovchi tashkilot tomonidan qishloq xoʻjaligi tashkilotining hisobidan aniqlanadi. Bunda qishloq xoʻjaligi tashkiloti hisobidan koʻchmas mulkni yoki bajarilgan ishlari qiymatini aniqlash xarajatlari (keyingi oʻrinlarda — baholash xarajatlari) tanlovda gʻolib chiqqan talabgor tomonidan qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi tashkilotining yer maydonini maqbullashtirish yoki uni tugatish ishlari tuman (shahar) hokimligi tashabbusi bilan amalga oshirilganda, tuman (shahar) hokimligi baholash tashkilotiga murojaat qiladi hamda baholash xarajatlarini qoplash tuman (shahar) hokimligiga yuklanadi. Bunda, tuman (shahar) hokimligi hisobidan amalga oshirilgan baholash xarajatlari tanlovda gʻolib chiqqan talabgor tomonidan qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qishloq xoʻjaligi tashkilotiga ajratilgan yer maydonida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarining qiymati baholash shaklida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Baholash obyektini baholash toʻgʻrisidagi shartnoma baholovchi tashkilot bilan tuman (shahar) hokimligi yoki qishloq xoʻjaligi tashkiloti oʻrtasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholashni amalga oshirish muddati va boshqa shartlar taraflarning kelishuviga muvofiq shartnomada belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Baholovchi tashkilot yer maydonlarida qurilgan obyektlarning yoki yer maydonlarida sarflangan xarajatlarning bozor qiymatini aniqlash maqsadida tegishli mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etishi mumkin. Bunda baholovchi tashkilot tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri, qishloq xoʻjaligi, suv xoʻjaligi boʻlimlariga murojaat etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri, qishloq xoʻjaligi, suv xoʻjaligi boʻlimi baholovchi tashkilotning murojaatiga asosan uch kun muddatda baholash uchun zarur boʻlgan barcha maʼlumotlarni baholovchi tashkilotga taqdim etilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Baholovchi tashkilot baholash yakuni boʻyicha baholash toʻgʻrisida hisobot (keyingi oʻrinlarda — hisobot) tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholovchi tashkilot shartnoma bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi natijasida buyurtmachiga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Sarflangan xarajatlarning bozor qiymatini qishloq xoʻjaligi tashkilotiga qoplash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Baholash qishloq xoʻjaligi tashkiloti tashabbusi asosida amalga oshirilganda, baholovchi tashkilotning hisoboti nusxasi unga ilovalar bilan birgalikda tashkilot tomonidan tuman (shahar) hokimligiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tuman (shahar) hokimligi hisobot va unga ilova qilingan hujjatlarni ikki kun ichida oʻrganib chiqadi. Agar tuman (shahar) hokimligida baholash natijalari boʻyicha hisobotga nisbatan eʼtirozlar mavjud boʻlsa, uch kun muddatda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda baholash yakunlari boʻyicha hisobotning ishonchliligi yuzasidan ekspertiza oʻtkaziladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza bilan bogʻliq xarajatlar baholash natijalaridan norozi boʻlgan tarafning mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tuman (shahar) hokimligida hisobot boʻyicha eʼtirozlar mavjud boʻlmaganda, tugatilayotgan yoki maqbullashtirilayotgan qishloq xoʻjaligi tashkilotining yer maydoni bir kun ichida Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalarini fermer xoʻjaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq tanlovga qoʻyiladi hamda talabgorlarni hisobotda koʻrsatilgan qoplanishi lozim boʻlgan xarajatlarning bozor qiymati haqida belgilangan tartibda oldindan xabardor qilish taʼminlanadi. Mazkur talab bajarilmagan taqdirda, ushbu yer maydoni boʻyicha tanlov oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qishloq xoʻjaligi tashkilotiga ajratilgan yer maydonida sarflangan xarajatlarni qoplash turlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining kreditlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa obyektni mulk qilib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompensatsiyaning boshqa turlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qishloq xoʻjaligi tashkilotiga ajratilgan yer maydonida sarflangan xarajatlar pul mablagʻlari koʻrinishida qishloq xoʻjaligi tashkilotining bank (depozit) hisobvaragʻiga oʻtkazish yoʻli bilan yoki naqd pul koʻrinishda qoplab berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarajatlar naqd pul koʻrinishida qoplab berilganda xarajatlarning qoplab berilganligi pul mablagʻlarining qishloq xoʻjaligi tashkilotiga kirim qilinganligini isbotlovchi hujjatlar bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Talabgorlar tomonidan boshqa mulk obyektlarini qishloq xoʻjaligi tashkilotiga mulk qilib berish Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar olib qoʻyilayotgan mulkning qiymati qoplab berilayotgan mulkning bozor qiymatidan ortiq boʻlsa, ushbu farq talabgor tomonidan qishloq xoʻjaligi tashkilotiga qoplab berilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qishloq xoʻjaligi tashkilotining yer uchastkasida sarflangan xarajatlari yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga berish tanlovi natijalari asosida olgan fermer xoʻjaligi yoki boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Talabgor tanlov gʻolibi deb eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn kun ichida xarajatlarning bozor qiymatini qishloq xoʻjaligi tashkilotiga toʻliq toʻlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Agar talabgor xarajatlarning bozor qiymatini belgilangan muddatda toʻliq qoplab bermasa, tuman (shahar) hokimligi keyingi kalendar kunidan kechiktirmay quyidagilarga xat yuboradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov gʻolibiga — u gʻolib deb topilgan tanlov natijasining bekor qilinganligi haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻolibdan keyin eng yuqori ball toʻplagan talabgorga — tanlov oʻtkazilayotganda taklif etilgan yer uchastkasi xarajatlar qiymatini oʻn kun mobaynida toʻlash toʻgʻrisidagi taklif haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar gʻolibdan keyin eng yuqori ball toʻplagan talabgor oʻn kun ichida xarajatlarning bozor qiymatini toʻliq qoplasa, u tanlov gʻolibi deb topiladi va unga mazkur yer maydoni yer maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha tuman komissiyasining qarori bilan rasmiylashtiriladi. Tanlov ishtirokchisi oʻn kun ichida xarajatlarning bozor qiymatini toʻliq qoplab bermasa, u xarajatlarni toʻlashdan bosh tortgan hamda tanlov oʻtkazilmagan deb hisoblanadi. Bunda yer maydoni tuman (shahar) hokimligi tomonidan takroran tanlovga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tuman (shahar) hokimning tugatilgan yoki maqbullashtirilgan qishloq xoʻjaligi tashkilotining yer uchastkasini boshqa talabgorga ajratish toʻgʻrisidagi qarori quyidagilardan soʻng qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasida sarflangan xarajatlarning bozor qiymati, baholash xarajatlari tegishli qishloq xoʻjaligi tashkilotining bank hisobvaragʻiga oʻtkazilganida yoki boshqa shaklda qishloq xoʻjaligi tashkilotiga toʻliq qoplab berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi tashkiloti yer maydonini maqbullashtirish yoki uni tugatish tuman (shahar) hokimligi tashabbusi asosida amalga oshirilganda, baholash xarajatlari tanlov gʻolibi tomonidan tuman (shahar) hokimligiga toʻlab berilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tugatilayotgan va maqbullashtirilayotgan qishloq xoʻjaligi tashkilotiga qishloq xoʻjaligi maxsulotlarini yetishtirish uchun hosil yili davrida ajratilgan bank kreditlarining, shu jumladan imtiyozli bank kreditlarining qoplanmagan qismi tanlovda gʻolib boʻlgan talabgorga uch tomonlama dalolatnoma asosida qayta rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tugatilayotgan va maqbullashtirilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonasiga lizing va kredit asosida berilgan qishloq xoʻjaligi texnikalari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun hosil yili davrida ajratilgan imtiyozli va tijorat kreditlari (joriy yil paxta va gʻalla hosilini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlar) qoplanmagan qismi tanlovda gʻolib boʻlgan yoki maqbullashtirish natajasida yer uchastkasi berilgan qishloq xoʻjaligi korxonasiga tomonlarning kelishuviga asosan uch tomonlama dalolatnoma asosida qayta rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Qishloq xoʻjaligi tashkiloti, talabgor va tuman (shahar) hokimligi oʻrtasida yuzaga keladigan nizo boʻyicha kelishuvga erishilmagan taqdirda, ushbu nizo sud tartibida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatilayotgan yoki maqbullashtirilayotgan fermer xoʻjaligi yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa subyektlarga ajratilgan yer maydonida sarflangan xarajatlar qiymatini hisoblash va qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaligi yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa subyektlar tugatilayotganda yoki maqbullashtirilayotganda, ularga ajratilgan yer maydonida sarflangan xarajatlarni bozor qiymatida hisoblash va qoplash tartibi boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Fermer xoʻjaligi yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa subyekt, baholovchi tashkilot
Yer maydonida sarflangan harajatlarning bozor qiymatini aniqlash uchun baholovchi tashkilotga murojaat qiladi.
Kelishuvga erishilmagan taqdirda, uch kun muddatda
2-bosqich
Baholovchi tashkilot
Baholovchi tashkilot tomonidan yer maydonlarida qurilgan obyektlarning yoki ekin maydonlarida sarflangan harajatlarning bozor qiymatini aniqlash maqsadida tegishli mutaxassislarni jalb etishi yoki shu maqsadda tuman yer resurslari va davlat kadastri, qishloq xoʻjaligi, suv xoʻjaligi boʻlimiga murojaat etadi.
Fermer xoʻjaligi yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa subyekt bilan shartnoma tuzilgandan soʻng ikki kun muddatda
3-bosqich
Baholovchi tashkilot, tuman (shahar) hokimligi
Tuman (shahar) hokimligi hisobot va unga ilova qilingan hujjatlarni oʻrganib chiqadi, agar baholash natijalari boʻyicha tuzilgan hisobotdan norozi boʻlgan taqdirda, hisobotning ishonchliligi boʻyicha ekspertiza oʻtkaziladi.
Ikki kun muddatda
4-bosqich
Tuman (shahar) hokimligi
Tuman (shahar) hokimligi tugatilayotgan yoki maqbullashtirilayotgan fermer xoʻjaligi yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa subyektning yer maydoni tanlovga qoʻyilganda, talabgorlarning hisobotda koʻrsatilgan qoplanishi lozim boʻlgan harajatlarning bozor qiymati haqida oldindan xabardor qilinishini taʼminlaydi.
Bir kun muddatda
5-bosqich
Tuman (shahar) hokimligi, talabgor, fermer xoʻjaligi yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa subyekt
Talabgor harajatlarning bozor qiymatini toʻliq toʻlamasa, tuman (shahar) hokimligi keyingi kalendar kunidan kechiktirmay quyidagilarga xat yuboradi:
gʻolibdan keyin eng yuqori ball toʻplagan talabgorga — tanlov oʻtkazilayotganda taklif etilgan yer uchastkasining xarajatlar qiymatini toʻlash toʻgʻrisidagi taklif haqida.
Gʻolibdan keyin eng yuqori ball toʻplagan talabgor oʻn ish kuni ichida harajatlarning bozor qiymatini toʻliq toʻlasa, u tanlov gʻolibi deb hisoblanadi va unga mazkur yer maydoni rasmiylashtiriladi.
Bir kun muddatda
Oʻn kun muddatda
6-bosqich
Tuman (shahar) hokimligi
Tuman (shahar) hokimining fermer xoʻjaligi yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa subyektning yer uchastkasini boshqa talabgorga ajratish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinadi.
Xarajatlarning bozor qiymati fermer xoʻjaligi yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa subyektga toʻliq qoplab berilgandan soʻng
7-bosqich
Tuman (shahar) hokimligi
Tanlov ishtirokchisi oʻn ish kuni davomida harajatlarning bozor qiymatini toʻliq toʻlamasa, u xarajatlarni toʻlashdan bosh tortgan hamda tanlov oʻtkazilmagan deb hisoblanadi. Bunda tuman (shahar) hokimligi tomonidan yer maydoni keyingi tanlovga takroran qoʻyiladi.
Bir kun muddatda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 501-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-yanvardagi 22-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Fermer xoʻjaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 24-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tuman (shahar) hokimining qarori asosida mulkdorga olib qoʻyilgan mol-mulkka teng qiymatli mol-mulk berish va uning koʻrgan zararlarini qoplash, yer uchastkasida sarflangan xarajatlar yoki mulk huquqi bekor qilinishi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini toʻliq hajmda qoplash tegishli yer maydonini uni uzoq muddatli ijaraga berish tanlovi natijalari asosida olgan fermer xoʻjaligi, boshqa qishloq xoʻjaligi tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi. Bunda tuman (shahar) hokimining yer maydonini uzoq muddatli ijaraga berish haqidagi qarori yetkazilgan zarar summasi yoki yer uchastkasida sarflangan xarajatlar qiymati tegishli qishloq xoʻjaligi tashkilotining bankdagi hisobvaragʻida koʻringandan yoki qishloq xoʻjaligi tashkilotiga boshqa shaklda toʻliq qoplab berilgandan soʻng qabul qilinadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-dekabrdagi 1012-son qarori bilan tasdiqlangan Iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan bogʻ va tokzorlarni yaroqsiz deb topish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 7-bandining “e”, “yo”, “j” va “z” kichik bandlari hamda 12-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.