24.08.2020 yildagi 501-son
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
6. Ixtiyoriylik asosida tugatilayotgan yoki maqbullashtirilayotgan qishloq xo‘jaligi tashkiloti rahbari ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan ko‘chmas mulkni, shuningdek, bajarilgan ishlar qiymatini aniqlash uchun tegishli baholash tashkilotiga murojaat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
14. Tuman (shahar) hokimligida hisobot bo‘yicha e’tirozlar mavjud bo‘lmaganda, tugatilayotgan yoki maqbullashtirilayotgan qishloq xo‘jaligi tashkilotining yer maydoni bir kun ichida Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalarini fermer xo‘jaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tanlovga qo‘yiladi hamda talabgorlarni hisobotda ko‘rsatilgan qoplanishi lozim bo‘lgan xarajatlarning bozor qiymati haqida belgilangan tartibda oldindan xabardor qilish ta’minlanadi. Mazkur talab bajarilmagan taqdirda, ushbu yer maydoni bo‘yicha tanlov o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari


1-bosqich

Fermer xo‘jaligi yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa subyekt,
baholovchi tashkilot

Yer maydonida sarflangan harajatlarning bozor qiymatini aniqlash uchun baholovchi tashkilotga murojaat qiladi.

Kelishuvga erishilmagan taqdirda, uch kun muddatda


2-bosqich

Baholovchi
tashkilot

Baholovchi tashkilot tomonidan yer maydonlarida qurilgan obyektlarning yoki ekin maydonlarida sarflangan harajatlarning bozor qiymatini aniqlash maqsadida tegishli mutaxassislarni jalb etishi yoki shu maqsadda tuman yer resurslari va davlat kadastri, qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi bo‘limiga murojaat etadi.

Fermer xo‘jaligi yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa subyekt bilan shartnoma tuzilgandan so‘ng ikki kun muddatda


3-bosqich

Baholovchi tashkilot,
tuman (shahar) hokimligi

Tuman (shahar) hokimligi hisobot va unga ilova qilingan hujjatlarni o‘rganib chiqadi, agar baholash natijalari bo‘yicha tuzilgan hisobotdan norozi bo‘lgan taqdirda, hisobotning ishonchliligi bo‘yicha ekspertiza o‘tkaziladi.

Ikki kun muddatda


4-bosqich

Tuman (shahar)
hokimligi

Tuman (shahar) hokimligi tugatilayotgan yoki maqbullashtirilayotgan fermer xo‘jaligi yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa subyektning yer maydoni tanlovga qo‘yilganda, talabgorlarning hisobotda ko‘rsatilgan qoplanishi lozim bo‘lgan harajatlarning bozor qiymati haqida oldindan xabardor qilinishini ta’minlaydi.

Bir kun muddatda


5-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi, talabgor,
fermer xo‘jaligi yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa subyekt

Talabgor harajatlarning bozor qiymatini to‘liq to‘lamasa, tuman (shahar) hokimligi keyingi kalendar kunidan kechiktirmay quyidagilarga xat yuboradi:

g‘olibdan keyin eng yuqori ball to‘plagan talabgorga — tanlov o‘tkazilayotganda taklif etilgan yer uchastkasining xarajatlar qiymatini to‘lash to‘g‘risidagi taklif haqida.

G‘olibdan keyin eng yuqori ball to‘plagan talabgor o‘n ish kuni ichida harajatlarning bozor qiymatini to‘liq to‘lasa, u tanlov g‘olibi deb hisoblanadi va unga mazkur yer maydoni rasmiylashtiriladi.

Bir kun muddatda




O‘n kun muddatda


6-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

Tuman (shahar) hokimining fermer xo‘jaligi yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa subyektning yer uchastkasini boshqa talabgorga ajratish to‘g‘risidagi qarori qabul qilinadi.

Xarajatlarning bozor qiymati fermer xo‘jaligi yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi boshqa subyektga to‘liq qoplab berilgandan so‘ng


7-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

Tanlov ishtirokchisi o‘n ish kuni davomida harajatlarning bozor qiymatini to‘liq to‘lamasa, u xarajatlarni to‘lashdan bosh tortgan hamda tanlov o‘tkazilmagan deb hisoblanadi. Bunda tuman (shahar) hokimligi tomonidan yer maydoni keyingi tanlovga takroran qo‘yiladi.

Bir kun muddatda

Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)