30.06.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3274
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
20. Mazkur Nizomning 2-ilovasidagi homilador ayolning hayotiga xavf soluvchi tibbiy ko‘rsatmalar natijasida homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatishni amalga oshirish uchun markaziy tuman (shahar) ko‘p tarmoqli poliklinikasi rahbari buyrug‘iga asosan konsilium tashkil etiladi.
24. Mazkur Nizomning 2-ilovasidagi homilador ayolning hayotiga xavf soluvchi tibbiy ko‘rsatmalar natijasida homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish amalga oshirilgandan so‘ng er-xotin yoki ayol o‘z hududidagi skrining markazlarga keyingi homiladorlikkacha tekshirish o‘tkazish uchun yuboriladi.


_________________________ ning rahbari

(tibbiyot muassasasi nomi)

____________________________________

(rahbarning F.I.O.)

_____________________ manzilda yashovchi,

________________________ yilda tug‘ilgan

fuqaro ___________________________dan

(F.I.O.)



Homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatishga ixtiyoriy rozilik
ARIZASI

___________________________________________________________________ da yashovchi fuqaro

(yashash manzili)

__________________________________________________________________________________

(tug‘ilgan yili, yoshi)

______________________________________________________________________________ning

(homilador ayolning F.I.O.)

__________________ haftalik muddatdagi homiladorligini sun’iy ravishda to‘xtatishga va buning uchun muolaja o‘tkazishlariga o‘z ixtiyorim bilan rozilik beraman.
Men shifokordan homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatishning usullari (dori vositalari va jarrohlik yo‘li bilan) hamda bu usullarning afzalliklari, kamchiliklari, homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatishning kutilayotgan oqibatlari, asoratlari, og‘riqsizlantirish usullari, ularning samarasi, kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlari to‘g‘risida hamda homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish tartibiga qat’iy rioya qilingan holda ham muolaja vaqtida va undan keyin kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olishga to‘liq kafolat yo‘qligi, davolovchi shifokor yozib bergan dori vositalarini qabul qilishim lozimligi, jinsiy hayot tartibi haqida va bu tartib buzilganda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar haqida ma’lumot oldim. Homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatishga ishonchim komil bo‘lmasa, mazkur usuldan bosh tortishim mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirildim.
Xomiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish usullari bilan tanishgan holda, homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatishning quyidagi usulini tanladim (keraklisini tagiga chizilsin):
dori vositalari orqali;
jarrohlik yo‘li bilan.

Homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatishni dori vositalari orqali amalga oshirish bayonnomasi, unga qarshi ko‘rsatmalar va muolajani qo‘llashda yuz beradigan nojo‘ya ta’sirlar hamda dori vositalarini qo‘llash yo‘riqnomasi bilan tanishib chiqdim va quyidagilardan birini tanladim (keraklisini tagiga chizilsin):

Dori vositasi(lari)ni uyda qabul qilishga va o‘z vaqtida shifoxonaga murojaat qilishga va homila to‘la tushguncha shifokor nazorati ostida bo‘lishga roziman

Dori vositasi(lari)ni shifoxonada qabul qilishga va homila to‘la tushguncha shifokor nazorati ostida bo‘lishga roziman

Homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatishni jarrohlik usuli bilan amalga oshirish bayonnomasi, jarrohlik yo‘li bilan homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish bosqichlari, jarrohlikdan so‘ng kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar va oqibatlar bilan tanishdim va homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatishni jarrohlik usuli bilan amalga oshirishni tanladim.
Homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatishni amalga oshirish uchun og‘riqsizlantirish usullari bilan tanishdim va quyidagilardan birini tanladim (keraklisini tagiga chizilsin):
verbal usul;
mahalliy usul;
og‘riqsizlantiruvchi dori vositalari orqali;
sedatsiya usuli;
umumiy og‘riksizlantirish orqali;
boshqa usullar.
Homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatishda ehtimoliy asoratlar haqida to‘liq ma’lumotlarni olganligimni, hech qanday tazyiq o‘tkazilmaganligini hamda ongli va ixtiyoriy ravishda homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatishga qaror qabul qilganimni tasdiqlayman.

_______________________

(F.I.O.)

_______________________

(imzo)

_______________________

(ariza to‘ldirilgan sana)

T/r

Tibbiy ko‘rsatmalar nomi

Qarshi ko‘rsatmalar shakli, bosqichi, darajasi, fazasi

Izohlar

Ayrim infeksion va parazitar kasalliklar

1.

Sil kasalligi:

Barcha faol shakllari

a) bakteriologik va gistologik tasdiqlangan nafas a’zolari sil kasalligi

b) bakteriologik va gistologik tasdiqlanmagan nafas a’zolari sili

v) asab tizimi sili

Sil meningiti (tuberkulyozli meningit) — miya po‘stlog‘i sili (bosh miya, orqa miya) homiladorlikni to‘xtatish uchun nisbiy qarshi ko‘rsatma bo‘lib hisoblanadi, konsiliumda individual ravishda hal etiladi.

g) boshqa a’zolar va tizimlar sili

d) suyaklar va bo‘g‘imlar sili

e) siydik yo‘llari sili (ayollarda)

j) ichak va charvi limfatik tugunlari sili

z) miliar sil

Homiladorlikni to‘xtatish uchun nisbiy qarshi ko‘rsatma bo‘lib hisoblanadi, konsiliumda individual ravishda hal etiladi.

2.

Qizilcha

Homiladorlikning o‘n ikki haftasigacha bo‘lgan muddatida to‘xtatish, jumladan homilador ayol qizilcha bilan kasallangan bemor bilan aloqada bo‘lganida, homilador ayolda immunitet mavjud bo‘lmaganda homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish amalga oshiriladi.

O‘sma kasalliklar

3.

Kichik tos sohasidagi kimyoterapiya yoki nur terapiyasini talab etadigan xavfli o‘smalar

Qon va qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari

4.

Ilk bor aniqlangan o‘tkir leykozlar

5.

Miyelodisplastik sindromlar

6.

Yuqori xavf guruhidagi limfomalar

7.

Limfogranulematoz

III-IV bosqichlar

8.

Surunkali miyeloleykoz:

a)tirozinkinaza ingibitorlari bilan davolashni talab etadigan

b) kasallikning so‘nggi bosqichi

Homiladorlikni o‘n ikki haftagacha bo‘lgan muddatida to‘xtatish;

tirozinkinaza ingibitorlari bilan davolash davrida homiladorlik yuzaga kelganda, davolash to‘xtatilishi
va terapiyaning boshqa turlari tavsiya etilishi zarur.

9.

Surunkali miyeloproliferativ �asalliklar

10.

Aplastik kamqonlik

Og‘ir shakli

Homiladorlikning yigirma haftagadan keyingi muddatlarida homiladorlikni saqlab qolish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi.

11.

Gemolitik kamqonlik

O‘tkir gemolitik krizlarning og‘ir qaytalanuvchi kechishi

12.

Idiopatik trombotsitopenik purpura

Surunkali uzluksiz qaytalanuvchan kechishi, terapiyaning har qanday shakliga refrakterlik

Homiladorikning muddatidan qati nazar homiladorlikni saqlab qolish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi.

13.

Porfiriyaning o‘tkir davri, so‘nggi hurujidan 2 yildan kam bo‘lgan davrda “yorug‘” davrning davom etishi

Izoh: 1. Ilk tashxislangan o‘tkir leykoz, miyelodisplastik sindromlar, yuqori xavf limfomalari, limfogranulematoz III-IV bosqichi, surunkali miyeloproliferativ kasalliklar, gemolitik kamqonlik va porfiriyaning o‘tkir hurujida homiladorlikning o‘n ikki haftagacha bo‘lgan muddatida homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish tavsiya etiladi.

2. Homiladorlikni o‘n ikki haftadan keyingi muddatlaridahomilador ayolning hayotiga xavf soluvchi qon va qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari mavjud bo‘lganda, homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish konsilium tomonidan individual ravishda hal qilinadi, bunda shifokor-gematolog ishtiroki ta’minlanishi lozim.

3. Homiladorlikni suniy ravishda to‘xtatish qon komponentlari (yangi muzlatilgan, trombokonsentratlar, eritrotsitar massa) bilan ta’minlash sharoitiga ega bo‘lgan tibbiyot muassasalarida statsionar sharoitda amalga oshiriladi.

Endokrin tizim kasalliklari. Ovqatlanish tartibi va modda almashinuvining buzilishi

14.

Qandli diabet kasalligi og‘ir nefropatiya asorati bilan

15.

Buyrak transplantatsiyasidan keyingi qandli diabet

16.

Qandli diabet proliferativ retinopatiya rivojlanishi bilan

17.

Giperparatireoz

Faol davri (jarrohlikkacha)

Visseral va suyaklarda o‘zgarish bilan bo‘lgan og‘ir kechishi mavjud bo‘lganda homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi.

18.

Akromegaliya

19.

Prolaktinoma

Dopamin agonistlariga rezistentlik va xiazmal buzilishlar mavjud bo‘lganda homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi.

20.

Itsenko-Kushing sindromi

Faol davri

Ruhiy buzilishlar

21.

Surunkali va davomli ruhiy buzilishlar, og‘ir va barqaror og‘riq bilan (psixozlar va aqliy zaiflik) yoki homiladorlik va tug‘ruq ta’sirida zo‘rayishining katta ehtimoli bilan

22.

Irsiy va degenerativ ruhiy buzilishlar

Psixiatriya muassasasi tomonidan bolaning onasi yoki otasida tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

23.

Yaqqol ifodalangan psixogen buzilishlar

24.

Psixoaktiv moddalarni iste’mol qilish bilan bog‘liq ruhiy buzilishlar

25.

Kayfiyat buzilishlari (affektiv buzilishlar)

Homilador ayolda o‘z joniga suiqasd qilish harakatlari mavjud bo‘lganda homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi.

Asab tizimi kasalliklari

26.

Markaziy asab tizimining yallig‘lanish kasalliklari

27.

Asosan markaziy asab tizimini shikastlovchi tizimli atrofiyalar(Gvitington xoreyas�)

Og‘ir kechishi

Kuchli ifodalangandemensiya, psixotik buzilishlar mavjud bo‘lganda homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi.

28.

Harakat nevroni kasalligi (yonbosh amiotrofik skleroz)

Og‘ir kechishi

O‘sib borayotgan bulvar falaj, orqa miyaga xos, mushak atrofiyalari mavjud bo‘lganda homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi.

29.

Parkinsonizm

Og‘ir shakli (o‘ziga o‘zi xizmat qilishning imkoni yo‘qligi)

Parkinsonga qarshi davolash asoratlari (diskineziyalar, ortostatik gipotoniya) mavjud bo‘lganda homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi.

30.

Distoniyalar

Umumlashgan shakllari

31.

Markaziy nerv sistemasining demiyelinizirlovchi kasalliklari (tarqalgan skleroz)

Rivojlanuvchi kechishi

O‘sib borayotgan falajlar, ko‘ruv asablarining atrofiyasi, yutinish, nafas olish, yurak qon-tomir faoliyati buzilishi, tos o‘zgarishlari (siydik tutib tura olmaslik, siydikning o‘tkir tutilib qolishi) mavjud bo‘lganda homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi.

32.

Epilepsiya

Og‘ir kechishi

Epilepsiyaga qarshi terapiya va epileptik psixozlarga rezistentlik, hurujlarning tez-tez kuzatilishi mavjud bo‘lganda homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi.

33.

Miya qon aylanishining o‘tkir buzilishlari (tserebral, orqa miya)

Og‘ir kechishi

Kuchli ifodalangan ong (sopor, koma) va vital funksiyalarning (nafas olish, yurak qon-tomir faoliyati) buzilishlari mavjud bo‘lganda homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi.

34.

Uyqu buzilishi: katalepsiya va narkolepsiya

35.

Nerv chigallari va tutamlarining shikastlanishi

36.

Yallig‘lanishli polinevropatiya, Giyena-Barre sindromi

Og‘ir kechishi

O‘sib borayotgan bo‘shashtiruvchi tetraparez, vital funksiyalar buzilishi mavjud bo‘lganda homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi.

37.

Asab-mushak sinapsi va mushak kasalliklari

38.

Gepatolentikulyar degeneratsiya (Vilson-Konovalov kasalligi)

Og‘ir shakli

Jigar yetishmovchiligi va portal gipertenziya mavjudligi, qizilo‘ngach venalari varikoz kengayishlaridan qon ketish, psixotik buzilishlar mavjud bo‘lganda homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi.

Ko‘z va uning yondosh apparati kasalliklari

39.

Ko‘rish a’zolarining xavfli o‘smalari (yordamchi apparati, ko‘z, ko‘z kosasi)

Aralash kimyoviy nurli davo muolajalari olish davrida va shu muolaja o‘tkazilganidan keyin 3 — 5 yil davomida homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi.

Qon aylanish tizimi kasalliklari

40.

Yurak revmatoid nuqsonlari:

a) revmatoid jarayon faolligi bilan kechadigan yurak nuqsonlari

b) qon aylanishi yetishmovchiligi bilan kechadigan yurak nuqsonlari

2B, 3-darajasi

v) bakterial endokardit asorati bo‘lgan yurak nuqsonlari

g) yurak ritmi buzilishi bilan kechadigan yurak nuqsonlari: tebranuvchi aritmiya, paroksizmal taxikardiyaning tez-tez hurujlari, Morgani-Adams-Stoks hurujlari bilan kechuvchi to‘liq atrioventrikulyar blokada

Homiladorlikning yigirma haftasidan keyingi muddatlarida elektrokardiostimulyator o‘rnatilishi mumkin, bunda homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish amalga oshirilmaydi.

d) homiladorlik davomida yoki anamnezda tromboembolik asoratlar bilan kechadigan yurak nuqsonlari, hamda yurak sohasida tromblar mavjudligi

e) atriomegaliyali yoki kardiomegaliyali yurak nuqsonlari

41.

Yurakning tug‘ma nuqsonlari:

a) qon otilishi nuqsoni bo‘lgan yurak kasalliklari (yurak bo‘lmasi orasidagi to‘siq nuqsoni, yurak qorinchalar orasidagi to‘siq nuqsoni, ochiq arterial naycha):

qon aylanishi yetishmovchiligi 2B-darajasi bilan yondosh kechadigan yurak nuqsonlari;

o‘pka gipertenziyasi bilan kechuvchi yurak nuqsonining 3-darajasi;

bakterial endokardit asorati bo‘lgan yurak nuqsonlari.

O‘pka gipertenziyasi II-IV darajasi

(Xit-Edvards bo‘yicha tasniflash)

b) yurak chap qorinchasi (aorta stenozi, aorta koarktatsiyasi) yoki o‘ng qorinchadan (o‘pka arteriyasi stenozi) qon otilishi qiyinlashgan yurak nuqsonlari:

qon aylanishi yetishmovchiligi 2A-darajasi va undan yuqori darajalar bilan kechadigan yurak nuqsonlari;

poststenotik kengayishi mavjud nuqsonlar (aorta yoki o‘pka arteriyasi anevrizmasi).

v) 3-4 darajali regurgitatsiya va ritmning jiddiy buzilishlari bilan kechadigan atrioventrikulyar klapanlarning tug‘ma nuqsonlari

g) kardiomiopatiyalar:

dilatatsion kardiomiopatiya;

restriktiv kardiomiopatiya;

chap, o‘ng yoki ikkala qorinchalar chiqish traktining kuchli obstruksiyasi bilan kechuvchi gipertrofik kardiomiopatiya;

yurak ritmi jiddiy buzilishlari bilan kechadigan chap qorincha obstruksiyasisiz gipertrofik kardiomiopatiya.

d) Fallo tetradasi

Palliativ jarrohlikdan keyin korreksiya qilinmagan hollarda homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi.

e) Fallo pentadasi

Palliativ jarrohlikdan keyin korreksiya qilinmagan hollarda homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi.

j) Ebshteyn anomaliyasi

Korreksiya qilinmagan hollarda homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi.

z) yurakning murakkab tug‘ma nuqsonlari (magistral tomirlar transpozitsiyasi, atrioventrikulyar kommunikatsiyaning to‘liq shakli, umumiy arterial ustun, yurak yagona qorinchasi, atrioventrikulyar yoki yarim oy qopqoqlari atreziyasi)

i) Eyzenmenger sindromi

k) Lyutambashe sindromi

l) Ayers (Aerza) (sindromi) kasalligi (o‘pka gipertenziyasi bilan kechuvchi o‘pka arteriyasining chegaralangan sklerozi)

42.

Miokard, endokard va perikard kasalligi:

a) har qanday etiologiyali miokardning o‘tkir va o‘tkir osti shakllari

b) surunkali miokardit, qon aylanish yetishmovchiligi 2B va 3-darajasi, ritmningmurakkab va turg‘un buzilishlari — tebranuvchi aritmiya, paroksimal taxikardiya qaytalanuvchi hurujlari, to‘liq atrioventrikulyar blokada, Morgani-Adams-Stoks hurujlari bilan kechadigan miokardioskleroz
va miokardiodistrofiya

v) homiladorlik vaqtida yoki anamnezda qon aylanishi yetishmovchiligi va ritm buzilishlari mavjud vaziyatdagi miokard infarkti

g) bakterial endokardit: o‘tkir va o‘tkir osti bakterial endokardit

d) perikardit: o‘tkir, o‘tkir osti, jarrohlik va konstriktiv perikardit

43.

Yurak ritmi buzilishlari:

a) tebranuvchi aritmiya

Antikoagulyant dori vositalarini qabul qilmasdan homiladorlikni suniy ravishda to‘xtatish amalga oshiriladi.

b) hurujlar tez-tez kuzatiladigan paroksizmal taxikardiya

Homiladorlikning yigirma haftasidan keyingi muddatlarda radiochastotali ablatsiya qo‘llanilishi mumkin.

v)aritmiyaning tez-tez hurujlari bilan kechadigan Volf-Parkinson-Uayt sindromi

Homiladorlikning yigirma haftasidan keyingi muddatlarda radiochastotali ablatsiya qo‘llanilishi mumkin.

g) Morgani-Adams-Stoks hurujlari bilan kechadigan to‘liq atrioventrikulyar blokada va yurak qisqarishlar sonining bir daqiqada 40 tadan kam bo‘lishi

Homiladorlikning yigirma haftasidan keyingi muddatlarda radiochastotali ablatsiya qo‘llanilishi mumkin.

44.

Boshdan kechirilgan kardiojarrohlik amaliyotlaridan keyingi holatlar:

a) mitral komissurotomiyadan keyin:

mitral klapanning tra�matik yetishmovchiligi;

restenoz;

o‘pka gipertenziyasi;

faol revmatizm

b) sun’iy yoki biologik tranplantatlar bilan protezlashdan keyin (revmatik yoki yurak tug‘ma nuqsonlarida) ko‘p klapanli protezlashdagi bir klapan protezi funksiyasining buzilishi

v) yurak tug‘ma nuqsonining palliativ (to‘liqmas) korreksiyasi

g) o‘pka gipertenziyasi qoldiq alomatlari qolgan yurak tug‘ma nuqsonining jarrohlik korreksiyasidan keyin

d) qoniqarsiz natija bilan bajarilgan har qaysi yurak nuqsonining jarrohlik korreksiyasi

45.

Tomir kasalliklari:

a) aorta va uning shoxlari kasalliklari: aortaning har qaysi sohasida joylashgananevrizmalar (ko‘krak, qorin), jumladan rekonstruktiv jarrohlik amaliyotidan keyin, ya’ni magistral arteriya qon tomirlarini (miya, buyrak, taloq, yonbosh) shuntlash va protezlash shuningdek jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda

b) tromboemboliya kasalligi va tromboembolik asoratlar (bosh miya, qo‘l, oyoq, buyraklar arteriyalari, mezenterial qon-tomirlar va o‘pka arteriya shoxlarining tizimli emboliyasi)

46.

Gipertoniya kasalligi, gipertoniya kasalligi o‘tkazilgan terapiyadan samara bo‘lmagan vaziyatda

II-III bosqichlari

Gipotenziv terapiyaning munosibligi konsilium tomonidan individual ravishda hal qilinadi.

Nafas a’zolari kasalliklari

47.

O‘pka kasalliklari natijasida kelib chiqqan, terapevtik davo muolajalari samara bermagan og‘ir nafas yetishmovchiligi

48.

Terapevtik davo muolajalari samara bermagan yuqori o‘pka gipertenziyasi bilan kechuvchi kasalliklar

Ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari

49.

O‘n ikki barmoqli ichak pilorik qismi stenozi va qon ketishi bilan asoratlangan oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi

50.

Jigar yetishmovchiligi bilan kechuvchi yuqori faol surunkali gepatit

Homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal qilinadi.

51.

Portal gipertenziya mavjud holatdagi jigar tsirrozi, qizilo‘ngach varikoz venalaridan qon ketish xavfi, jigar yetishmovchiligi

52.

Jigar o‘tkir yog‘li distrofiyasi

53.

Stenoz va oqmalar bilan asoratlangan, so‘rilish va qon ketishlar bilan kechadigan Kron kasalligi

54.

Yo‘g‘on ichak toksik dilatatsiyasi, profuz
ich ketishlar, ichakdan massiv qon ketish bilan asoratlangan nespetsifik yarali kolit

55.

Seliakiya, ingichka ichakda so‘rilish buzilishi

Tashxis ingichka (o‘n ikki barmoqli ichak) ichakning gistologik tekshiruvi va to‘qima transglutamazasi va gliadinga antitelarni immunologik testlar orqalitekshirish yo‘li bilan tasdiqlanishi lozim.

56.

Qorin devori churrasi

Qorin devori ajralishi bilan kuzatiladigan katta hajmdagi churralar mavjud bo‘lganda homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi.

57.

Ichak tutilishi bilan kechadigan ichak chandiq kasalligi

58.

Ichak yaralari

Homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal qilinadi.

Siydik-ayiruv tizimi kasalligi

59.

O‘tkir glomerulonefrit

60.

Surunkali glomerulonefritning har qanday shakli

huruj davrida: nefrotik sindrom; antigipertenziv terapiyaga rezistent arterial gipertenziya; buyraklar funksiyasining buzilishi (qondagi kreatinin 200 mkmol/l)

Antigipertenziv terapiyaning homilador ayol holatiga mosligi konsilium tomonidan baholanadi.

61.

Har qanday etiologiyali surunkali buyrak yetishmovchiligi

Homiladorlik yuzaga kelgunga qadar har qanday tashxisda qon zardobidagi kreatinin darajasi 200 mkmol/l
(1,8 mg/dl) dan oshmasligi zarur;

Homiladorlikning muddatidan qat’i nazar qon zardobida kreatinin miqdorining progressiv oshib borganda homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish amalga oshiriladi.

62.

Yagona buyrak (tug‘ma yoki nefrektomiyadan keyin), azotemiya, arterial gipertenziya, sil, piyelonefrit, gidronefroz

Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima kasalliklari

63.

Tug‘ma ko‘p sonli artrogrippoz

64.

Axondroplaziya

65.

Distrofik displaziya

66.

Axondrogeneziya

67.

Tugallanmagan osteogenez

68.

Qo‘l-oyoqning tug‘ma yo‘qligi

69.

Revmatoid vaskulit

Huruj davrida

70.

Boshqa a’zolar va tizimlar ishtirokidagi revmatoid artrit

Huruj davrida

Hayot uchun muhim a’zolarni zararlovchi yuqori faollik bo‘lganda homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish amalga oshiriladi.

71.

Katta yoshdagi shaxslarda rivojlanadigan Felti sindromi, Still kasalligi

Huruj davrida

72.

Tugunli poliarteriit

Huruj davrida va (yoki) og‘ir kechishi

Xavfli gipertenziya, ko‘p a’zolar zararlanishi natijasida homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish amalga oshiriladi.

73.

O‘pkani zararlovchi poliarteriit (Cherdj-Stross)

Huruj davrida

O‘pka zararlanishi va qon tuflash natijasida homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish amalga oshiriladi.

74.

Vegener granulematozi

Huruj davrida va (yoki) og‘ir kechishi

O‘pka va buyraklar zararlanishi natijasida homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish amalga oshiriladi.

75.

Aorta yoyi sindromi (Takayasu) (nospetsifik aortoarteriit)

Og‘ir kechishi

Qon aylanishi yetishmovchiligi simptomlari bilan kechuvchi yurak aortal klapanlari zararlanishi natijasida homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish amalga oshiriladi.

76.

Tizimli qizil bo‘richa

O‘tkir kechishi, jarayon yuqori faollikda surunkali kechishi, hayotiy muhim a’zolarning zararlanishi

Buyraklar (nefrotik sindromli nefrit), markaziy asab tizimi (psixoz, episindrom), yurak (endokardit, perikardit), o‘pka (pnevmonit, plevrit) zararlanishi yoki funksiyalarining buzilishi homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish amalga oshiriladi.

77.

Dermato(poli)miozit

Huruj davri va (yoki) uzoq vaqt glyukokortikoidlar katta dozalarini talab etadigan terapiya

78.

Kuchayib boradigan tizimli skleroz (tizimli sklerodermiya)

Jarayonning yuqori faolligida o‘tkir
va surunkali kechishi

Buyrak, o‘pka, yurak zararlanishi, funksiyalarining buzilishi natijasida homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish amalga oshiriladi.

79.

Quruq sindrom (Shegren)

Huruj davrida

Buyrak, o‘pka zararlanishi, gipergamma va (yoki) krioglobulinemik purpura natijasida homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish amalga oshiriladi.

80.

Biriktiruvchi to‘qimaning aralash kasalligi

Huruj davrida

O‘pka, buyrak, yurakni zararlovchi yuqori faollik natijasida homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish amalga oshiriladi.

81.

Ankilozlovchi spondilit (Bexterev kasalligi)

Qon aylanishi buzilishi alomatlari bilan kechadigan aortal qopqoqlar zararlanishida homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish amalga oshiriladi.

Homiladorlik, tug‘ruqlar va tug‘ruqdan keyingi davr

82.

Elbo‘g‘oz

Elbo‘g‘oz 2 yildan kam bo‘lmagan muddatda avval o‘tkazilgan bo‘lsa, homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish amalga oshiriladi.

83.

Xorionepitelioma

84.

Statsionar sharoitda davo choralari o‘tkazilganligiga qaramasdan homiladorlik davrida davomiy kuchli qayd qilish

Davo muolajalarining homilador ayol holatiga mosligi konsilium tomonidan baholanadi.

85.

Homiladorlik davrida teratogen ta’sirga ega dori vositalarini qabul qilish tavsiya etilgan kasalliklar va holatlar

Homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish masalasi konsilium va shifokor-genetik tomonidan individual ravishda qilinadi.

Fiziologik holatlar

86.

Fiziologik holatlar

14 yoshga to‘lgunga qadar homilador ayolning fiziologik yetilmagan holati

Homiladorlikning yigirma ikki haftasigacha bo‘lgan muddatda homiladorlik sun’iy ravishda to‘xtatish amalga oshiriladi, homiladorlikning yigirma ikki haftasidan keyingi muddatlarda homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish masalasi individual ravishda konsilium tomonidan hal qilinadi.

Izoh: Homilador ayolda mazkur Ro‘yxatda mavjud bo‘lmagan kasallik(lar) aniqlansa hamda mazkur kasallik (lar) homiladorlik va tug‘ruq uchun xavf tug‘dirsa yoki homilador ayol salomatligi uchun jiddiy shikast yetkazishi mumkin bo‘lsa, homiladorlikni suniy ravishda to‘xtatish masalasi individual tartibda konsilium tomonidan hal qilinadi.