Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 26-avgustdagi PF-5787-son Farmoni)
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 26-avgustdagi PF-5787-son Farmoni)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 26-avgustdagi PF-5787-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari ― Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduxakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 12-avgust,
481-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 481-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy sport targʻibotini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 4-noyabrdagi 484-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2003-y., 21-son, 205-modda) 9-bandi birinchi xatboshisidan “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasiga” soʻzlari chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyundagi 173-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 6-son, 44-modda) bilan tasdiqlangan Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
a) 23-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“respublika kalendar rejasini shakllantirishda ― Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining, sport turlari boʻyicha respublika sport federatsiyalari (uyushmalari)ning, sport turlari boʻyicha respublika oliy mahorati maktablarining, shuningdek, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining vakillari kiritiladi. Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasini shakllantirish va sport turlari boʻyicha moliyaviy mablagʻlarni taqsimlash komissiyasi tarkibi tegishli Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Shuningdek, komissiya qarorlari tegishli Bosh vazir oʻrinbosari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi”;
b) 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “Oliy mahorat sport maktablari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 28-yanvardagi 18-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 1-son, 7-modda) 4-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 18-noyabrdagi 388-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 46-son, 532-modda) bilan tasdiqlangan Sportning gimnastika turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining I boʻlimi 6-pozitsiyasida:
a) “Moliyalashtirish manbai” ustunidagi “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) “Masʼul bajaruvchilar” ustunidagi “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 17-yanvardagi 15-son qarorining 2-bandida:
a) beshinchi va oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
b) yettinchi ― oʻn ikkinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi ― oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi basseynlar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-yanvardagi 8-son qarorining 3-bandidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Suzish sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 3-maydagi 333-son qarorining 3-bandidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi sportchilarning olimpiya tayyorgarligi markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 27-iyundagi 485-son qarorining 7-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Investitsiya dasturi doirasida davlat budjeti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-avgustdagi 688-son qarori bilan tasdiqlangan Mahalla fuqarolar yigʻinlari raislarining oʻrinbosarlari ― yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizomning 5-bandidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 7-yanvardagi 6-son qarorida:
a) 3-bandning uchinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovaning 17-bandidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish va aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etish toʻgʻrisida” 2019-yil 29-yanvardagi 65-son qarorida:
a) 4-banddagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 32-bandidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 5-ilovada:
2, 8 va 9-pozitsiyalarning “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7 va 10-pozitsiyalarda:
“Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “davlat budjeti mablagʻlari doirasida, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami mablagʻlari, homiylik xayriyalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Ijro uchun masʼullar” ustuniga “Toshkent shahar hokimliklari” soʻzlaridan keyin “, Moliya vazirligi” soʻzlari qoʻshilsin;
11-pozitsiyada:
“Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Ijro uchun masʼullar” ustunidan “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,” soʻzlari chiqarib tashlansin.
14. Vazirlar Mahkamasining “2019 ― 2023-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini toʻgʻrisida” 2019-yil 13-fevraldagi 118-son qarorida:
a) quyidagi mazmundagi 31-band qoʻshilsin:
“31. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqamining yillik harajatlar smetasi tegishli Bosh vazir oʻrinbosari bilan kelishiladi”;
b) 1-ilovaning 44-bandidagi “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaning 21, 37 va 49-pozitsiyalari “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
16. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-iyuldagi 614-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy soha infratuzilmasini yanada takomillashtirish boʻyicha investitsiya loyihalari manzilli roʻyxatining Sport majmualari boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
|
Sport majmualari |
||||||
|
2. |
Yangi qurilish |
7 000 |
0 |
7 000 |
|
|
||
|
1. |
Dehqonobod tumani Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi uchun yakka kurash turlariga ixtisoslashtirilgan sport majmuasi qurish. |
7 000 |
0 |
7 000 |
Investitsiya dasturi doirasida markazlashgan mablagʻlar |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Moliya vazirligi |
”. | |
17. Vazirlar Mahkamasining “2020 ― 2024-yillarda respublikada bolalar va oʻsmirlar sport maktablari, umumtaʼlim maktablarida sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 31-iyuldagi 637-son qarorining 4-bandi “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Sport obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 481-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida” 2008-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 8-9-son, 40-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 27-modda) ilovaning 50-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasining valyuta mablagʻlarini jalb etgan holda bolalar sporti uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-maydagi 114-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 5-son, 41-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Oliy mahorat sport maktablari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 28-yanvardagi 18-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 1-son, 7-modda) 5-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xuquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ–2833-son qarori)” 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 292-modda) ilovaning 39-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-apreldagi 274-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 4-son, 86-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 5-iyuldagi 507-son qarori.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qarori)” 2018-yil 5-iyuldagi 508-son qaroriga 1-ilovaning 28-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan oʻzbekiston respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 22-avgustdagi 680-son qaroriga ilovaning 20-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2019-yil 15-yanvardagi 32-son qaroriga 1-ilovasi 6-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)