1-ILOVA
2-ILOVA
|
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Amalga oshirish muddatlari |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Aholining barcha qatlamlarini, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan keng qamrab olishni taʼminlaydigan innovatsion shakllar va mexanizmlarni ishlab chiqish va joriy etishni tashkil etish | |||||
|
1. |
Oʻtkaziladigan sport tadbirlarining ommaviyligi va muntazamliligini taʼminlagan, respublika mahallalari, tumanlari va mintaqalari boʻyicha tegishli hududlarda aholining jins-yosh tarkibi xususiyatlarini, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda sogʻlom turmush tarzini ommalashtirish, aholining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shugʻullanishga keng jalb etish ishlari doirasida sport muassasalari, ijro etuvchi hokimiyat va joylarda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻzaro hamkorligining namunaviy modelini ishlab chiqish va joriy etish. |
Ijrochilarning qarorlari |
2019-yil 20-fevral |
Ijrochilar mablagʻlari, Jismoniy tarbiya va ommaviy sport tadbirlari Kalendar rejasi (keyingi oʻrinlarda kalendar reja deb ataladi) doirasida budjet mablagʻlari, xayriya ehsonlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. |
Quyidagilar: maktabgacha taʼlim muassasalaridan boshlab taʼlim muassasalarida jismoniy tarbiyaning innovatsion usullarini takomillashtirish va qoʻllash; sport xonalari, zallari va maydonchalarini zamonaviy asbob-uskunalar va inventar bilan jihozlash; taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya-sport faoliyatini kadrlar bilan taʼminlash; taʼlim muassasalarida futbol, velosport, stol tennisi, badminton, yengil atletika, voleybol, basketbol va boshqalar boʻyicha toʻgaraklar va seksiyalar tashkil etish yoʻli bilan bolalar va oʻsmirlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb etish. |
Ijrochilarning qarorlari |
2019-yil 30-fevral |
Ijrochilar mablagʻlari, Xayriya ehsonlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
3. |
Barcha darajalardagi hokimliklar, mulkchilikning barcha shakllaridagi muassasalar, tashkilotlar va korxonalarda jismoniy tarbiya jamoalarini tashkil etish orqali aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb etish, ishlab chiqarish jismoniy tarbiyasini mehnat sharoitlarini yaxshilashga yoʻnaltirilgan tadbirlar tizimiga kiritish, futbol, velosport, stol tennisi, badminton, yengil atletika, voleybol, basketbol, marafon, yarimmarafon va boshqalar boʻyicha sport musobaqalarini muntazamlilik asosida (bir chorakda kamida 1-marta) oʻtkazish. |
Ijrochilarning qarorlari |
2019-yil 20-fevral |
Ijrochilar mablagʻlari, xayriya ehsonlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
4. |
Quyidagilar: |
|
|
|
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Oʻzini oʻzi boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamgʻarmasi |
|
|
fuq�rolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining sport maktablari, sport turlari boʻyicha federatsiyalar va klublar hamda boshqa sport tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligi boʻyicha memorandumlarni imzolash; |
Memorandumlarni imzolash |
2019-yil 30-aprel |
Ijrochilar mablagʻlari | |
|
|
mahalla darajasida va ular oʻrtasida sport va fizkultura-ommaviy tadbirlar oʻtkazish yoʻli bilan yoshlarni maʼnaviy kamol topish va jismonan sogʻlom shaxslar boʻlish ruhida tarbiyalash, ularni foydali mashgʻulotlar bilan qamrab olishni, mafkuraviy tahdidlardan himoya qilishni taʼminlash boʻyicha ishlar doirasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqaruv organlarining sport tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligining samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. |
Kalendar reja |
Har yili | ||
|
5. |
Hayotning zamonaviy tendensiyalari va shart-sharoitlarini hisobga olgan holda bolalar va katta yoshdagilar, istalgan yoshdagi havaskor sportchilar va professionallar uchun moʻljallangan yangi shakldagi ommaviy jismoniy tarbiya va ommaviy tomosha tadbirlarini ishlab chiqish va joriy etish, tadbirlarning ishtirokchilar va tomoshabinlar uchun tomoshabopligi va jozibadorligini oshirish. |
Ijrochilarning qarorlari |
2019-yil 20-fevral |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
|
6. |
Sport yulduzlari ishtirokida sport tadbirlari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari oʻtkazish uchun taʼlim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari, xususiy va biznes tuzilmalarning, sport muassasalarining sport infratuzilmasidan faol foydalanish, bolalar va barcha xohlovchilar uchun yetakchi professional trenerlarni jalb etgan holda ochiq mashqlar va dastxat-sessiyalarni tashkil etish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil 10-mart |
Ijrochilar mablagʻlari, Kalendar reja doirasida budjet mablagʻlari, xayriya ehsonlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
7. |
Aholining turli qatlamlarini qamrab olishni kengaytirishga moʻljallangan oʻtkaziladigan “Sport — hayot tarzi” sport va jismoniy tarbiya — ommaviy mavzuli tadbirlarning turlari xilma-xil boʻlishi va tez-tez oʻtkazilishini, yangi media-texnologiyalardan foydalangan holda faol ishtirokchilarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish choralarini taʼminlash. “Sport — hayot tarzi” sport va jismoniy tarbiya-ommaviy mavzuli tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha Kalendar rejani ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, uni ommaviy axborot vositalari va media-texnologiyalar boʻyicha tarqatish. Aholining turli qatlamlarini jalb etgan holda Kalendar rejaga muvofiq “Sport — hayot tarzi” sport va jismoniy tarbiya — ommaviy mavzuli tadbirlar oʻtkazish. Tadbirlarning faol ishtirokchilarini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirishni taʼminlash. |
Tashkiliy tadbirlar |
Kalendar rejaga muvofiq |
Ijrochilar mablagʻlari, Kalendar reja doirasida budjet mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
8. |
Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan sport taʼlim muassasalarida va chet eldagi yetakchi sport markazlarida taʼlim olish uchun mintaqalardan iqtidorli bolalarni tanlash maqsadida sportning ommaviy turlari boʻyicha sport taʼlim muassasalari oʻrtasida, ayniqsa, qizlar uchun muntazam ravishda mintaqaviy sport musobaqalari oʻtkazish. |
Tashkiliy tadbirlar |
Kalendar rejaga muvofiq |
Ijrochilar mablagʻlari, Kalendar reja doirasida budjet mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Ol�y va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi |
|
9. |
Voyaga yetmagan bolalarning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shugʻullanishiga ota-onalar tomonidan qarshilik koʻrsatish hollarining oldini olish maqsadida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan doimiy monitoring olib borish mexanizmini joriy etish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil 30-may |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamgʻarmasi |
|
10. |
Aholining ijtimoiy muhofaza qilinmagan qatlamlari va qulayroq shart-sharoitlardagi fuqarolar uchun jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shugʻullanish uchun teng imkoniyatlar yaratish, aholining kam taʼminl�ngan qatlamlari (daromadning past darajasi, toʻliq boʻlmagan oila, shu kabilar) bolalari shugʻullanadigan sport muassasalari faoliyatini, shuningdek, chekka tumanlarda (shu jumladan, togʻlik joylar va anklavlar) joylashgan sport muassasalari faoliyatini qoʻshimcha ravishda qoʻllab-quvvatlash. Aholining ijtimoiy himoyalanmagan qatlamlari va fuqarolar uchun jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shugʻullanish uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini koʻrish. Shu jumladan aholining kam taʼminlangan qatlamlari sirasiga kiradigan bolalar shugʻullanadigan chekka tumanlarda joylashgan sport muassasalarini sport asbob-uskunalari va inventar bilan jihozlash uchun Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobiga mablagʻlar ajratish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil 30-sentabr |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamgʻarmasi |
|
II. Ilgʻor jahon tajribasi asosida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirishni ilmiy-metodik taʼminlashni takomillashtirish | |||||
|
11. |
Jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasida, shu jumladan, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni ishlab chiqishni qoʻllab-quvvatlash uchun ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga investitsiyalarni keng jalb etish, fuqarolarda kichik yoshdan boshlab sogʻlom turmush tarziga, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga, sogʻlom, kuchli va amaliy ijobiy qiziqishni singdirishga yoʻnaltirilgan tizimning yanada rivojlanishini taʼminlaydigan normativ-huquqiy bazani shakllantirish. |
Kompleks tadbirlar |
2019-yil 25-iyul |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
12. |
Yangilangan oʻquv rejalari va dasturlar talablarini, shuningdek, yetakchi jahon sport markazlarining ilgʻor tajribasini, innovatsion rivojlanishning tegishli ustuvorliklarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan sifati va mazmuniga koʻra zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik va ommaviy adabiyotlarni, yangi avlod normativ hujjatlarni tayyorlash va nashr etishni tashkil etish. |
Oʻquv, oʻquv-metodik adabiyotlarni tayyorlash va nashr etish |
2019 — 2023-yillar |
Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida, ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Moliya vazirligi |
|
13. |
“Jismoniy tarbiya va sport” ixtisoslashtirilgan nashriyot markazi faoliyatini tashkil etish. Ushbu mavzu boʻyicha matbaa mahsulotlarini tayyorlash, nashr etish va tarqatish, shu jumladan, jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasidagi ilgʻor ilmiy-metodik adabiyotlarni oʻzbek va rus tillariga tarjima qilish ushbu noshirlik markazining asosiy maqsadlari va faoliyati yoʻnalishlari boʻlishi kerak. |
Kompleks tadbirlar |
2019-yil 1-iyul |
Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida, ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlar� |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
|
14. |
Sportning ommaviy turlari boʻyicha oʻzbek va rus tillarida elektron taʼlim resurslarida mashq jarayonini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha metodik tavsiyalarning ochiq respublika maʼlumotlar bazasini tashkil etish. |
Ijrochilarning qarorlari |
2019-yil 20-aprel |
Ijrochilar mablagʻlari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi |
|
III. Yangicha fikrlaydigan trener kadrlarni tanlash va tayyorlashni tashkil etish | |||||
|
15. |
Muayyan koʻnikma va sifatlarga ega boʻlgan abituriyentlarning trenerlik kasbida ishlashga ishtiyoqini aniqlash uchun Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga talabalarni tanlash jarayonini takomillashtirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil 10-iyun |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
16. |
Oliy taʼlim muassasalari va malaka oshirish markazlarida jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv dasturlarini yangilash, amaliy komponentlar ulushini koʻpaytirish, yuqori natijalarni namoyish qiluvchi eng tajribali trenerlar rahbarligida mashgʻulotlarni muntazamlilik asosida oʻtkazish amaliyotini joriy etish. |
Kompleks tadbirlar |
2019-yil 20-avgust |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
17. |
Respublikada hamma joyda oʻquv-mashq jarayoniga yetakchi jahon mutaxassislarini tizimli asosda jalb etishni tashkil etishga koʻmaklashish. |
Ijrochilarning qarorlari |
2019 — 2023-yillar |
Ijrochilar mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi |
|
18. |
Sport tayyorgarligi eng muvaffaqiyatli tizimga ega boʻlgan mamlakatlardan mutaxassislarni jalb etib, yangicha fikrlaydigan trenerlar va maʼmuriy kadrlarni tayyorlash uchun eng yangi sport texnologiyalaridan foydalanib, sport ixtisosligidagi xorijiy oliy taʼlim muassasalari va sportchilarni tayyorlash markazlarining filiallarini tashkil etish. |
Oʻzaro hamkorlik haqida memorandum |
2019 — 2023-yillar |
Ijrochilar mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
19. |
Jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishi boʻyicha sirtqi boʻlimlarga oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish kvotalarini koʻpaytirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining taqdimnomasi boʻyicha respublikaning trener kadrlar yetishmaydigan chekka togʻli va choʻl tumanlaridan (shaharlaridan) abituriyentlarni imtiyozli oʻqishga qabul qilish uchun kvotalar ajratish. |
Ijrochilarning qarorlari |
2019-yil 10-iyun |
Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida, ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
|
20. |
Trener kasbining yuqori maqomi va nufuzini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrish, oʻzini oʻzi toʻlaqonli namoyon qilish va professional oʻsish uchun qulay shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratish, davlatning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun yosh avlodni tarbiyalash bilan shugʻullanadigan inson sifatida trenerning ijobiy qiyofasini shakllantirish. Tuman, ayniqsa chekka tumanlar (shahar) sport maktablari, Olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar trenerlarini viloyat va respublika darajasida sport turlari boʻyicha terma jamoalar bilan oʻquv-mashq yigʻinlarida ishtirok etishga jal? qilish. Tuman va viloyat darajasidagi sport maktablari trenerlarining malakasini yanada oshirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil 25-mart |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamgʻarmasi |
|
IV. Innovatsion fikrlaydigan maʼmuriy kadrlarni tayyor�ash va tanlashni tashkil etish | |||||
|
21. |
Jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasiga maʼmuriy kadrlar tayyorlash jarayoniga sportni boshqarishning maxsus dasturlarini joriy etish, professionallar, menejerlar, sport tibbiyot xodimlari va psixologlar uchun seminarlar oʻtkazish, Sport Management (sportni boshqarish), Sport Leadership (sportda rahbarlik qilish), Sport Administration (sport maʼmuriyatchiligi) yoʻnalishlari boʻyicha yetakchi jahon sport markazlarida tajriba orttirishlarni tashkil etish. |
Kompleks tadbirlar |
2019-2020-yillar |
Ijrochilar mablagʻlari, Kalendar reja doirasida budjet mablagʻlari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
22. |
Sport muassasalari rahbarlarining ular oʻrtasida tajriba almashishni ragʻbatlantirish, rivojlantirish boʻyicha dasturlarda tizimli ishtirok etishini taʼminlash, shuningdek, ishning ilgʻor va eng sa�arali usullarini oʻzlashtirishga intilishda ularni qoʻllab-quvvatlash. |
Tashkiliy tadbirlar |
Har yili |
Ijrochilar mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
23. |
Jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasida davlat siyosati oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq koʻlamda amalga oshirilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hududiy boʻlinmalari va ularning rahbarlarining mustaqilligini oshirish va masʼuliyatini kuchaytirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil 15-iyun |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
|
V. Sport tibbiyotini takomillashtirish, sogʻlom turmush tarzi va sogʻlom ovqatlanishni targʻib qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish | |||||
|
24. |
Taʼlim muassasalarining oʻquv dasturlariga oʻquvchilarning jismoniy faolligini ragʻbatlantiruvchi sogʻlom turmush tarzi yuritish koʻnikmalarini shakllantirish va sogʻlom ovqatlanish boʻyicha tadbirlar va maxsus kurslarni kiritish. |
Tashkiliy tadbirlar |
Muntazam ravishda |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
25. |
Xususiy imoratlar uylarida va koʻp kvartirali uylarda yashaydigan shaxslarning yaqinda joylashgan ijtimoiy maqsaddagi obyektlarning (taʼlim, tibbiyot, sport va dam olish muassasalari) jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlaridan foydalanishini taʼminlash yoʻli bilan ular uchun jismoniy faollikni majburiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish. Taʼlim, sport va dam olish muassasalarida sportning ommaviy turlari boʻyicha sport toʻgaraklari va seksiyalarini tashkil etish. Malakali mutaxassislarni jalb etgan holda tibbiyot jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish obyektlarida davolovchi jismoniy tarbiyani tashkil etish. |
Kompleks tadbirlar |
Doimo |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Yoshlar ittifoqi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamgʻarmasi |
|
26. |
Sportchilar va jismoniy tarbiya bilan shugʻullanuvchi shaxslarning tibbiy xizmatlardan foydalanishini kengaytirish va tibbiy taʼminlash sifatini oshirish, aholini sogʻlomlashtirish uchun jismoniy tarbiyadan faol va samarali foydalanish. Sport turlari boʻyicha terma jamoalar aʼzolarini bir yilda kamida ikki marta sport tibbiyoti boʻlinmalarining koʻp ixtisosli tibbiyot markazlarida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish. Sogʻlomlashtirish va sogʻlom turmush tarzi vositasi sifatida aholi uchun jismoniy tarbiya va sportni targʻib qilish. |
Tashkiliy tadbirlar |
Muntazam ravishda |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Yoshlar ittifoqi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamgʻarmasi |
|
27. |
Reabilitatsiya qiluvchi tibbiyot sohasida innovatsion usullar va texnologiyalardan keng foydalangan holda sportda intensiv jismoniy yuklamalardan, shuningdek, sportchilar va aholi kasallikni boshdan kechirganidan, jarohatlanganidan keyin tiklash tadbirlarini amalga oshirishda sifatli tibbiy yordam koʻrsatilishini tizimli asosda tashkil etish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-2020-yillar |
Ijrochilar mablagʻlari, Kalendar reja doirasida budjet mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
28. |
Aholi sogʻlom turmush tarzining asosi sifatida sogʻlom ovqatlanishni keng tushuntirish ishlarini tashkil etish va targʻib qilishni kuchaytirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil 25-mart |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
29. |
Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligiga qoʻyilayotgan zamonaviy talablarga muvofiq oziq-ovqat xomashyosining asosiy turlarini mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish, almashtirib boʻlmaydigan komponentlar, sport bilan shugʻullanuvchilar uchun maxsus oziq-o�qat mahsulotlari va ovqatga qoʻshiladigan biologik faol qoʻshimchalar bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish. |
Kompleks tadbirlar |
2019-yil 20-may |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK |
|
VI. Seleksiya, seleksioner trenerlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini kuchaytirish yoʻli bilan isteʼdodli sportchilarni tanlash | |||||
|
30. |
Isteʼdodli sportchilarni tanlash va ularning natijalarini nazorat qilish boʻyicha mintaqaviy kengashlar tashkil etish, ularni maqsadli tayyorlash, iqtidorli sportchilarni ixtisoslashtirilgan sport maktablariga, taʼlim muassasalari va sport klublariga tanlashda shaffoflik va xolislikni taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish. |
Ijrochilarning qarorlari |
2019-yil 25-aprel |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (uyushmalar) |
|
31. |
Isteʼdodli sportchilarni aniqlash uchun sport turlari boʻyicha respublika musobaqalari oʻtkazilishini, shu jumladan, uch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarining barcha bosqichlari tanqidiy tahlil qilinishini va monitoring olib borilishini joriy etish. |
Kompleks tadbirlar |
Doimo |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (uyushmalar) |
|
32. |
Jismoniy tarbiya va sport tur�ari boʻyicha sport sohasida ixtisoslashayotgan sport maktablari, taʼlim muassasalari va sport klublari oʻrtasida mintaqaviy, milliy va xalqaro oʻquv-mashq yigʻinlari oʻtkazish. |
Ijrochilarning qarorlari |
Kalendar rejaga muvofiq |
Ijrochilar mablagʻlari, Kalendar reja doirasida budjet mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (uyushmalar) |
|
33. |
Sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston chempionatlari gʻoliblari va sovrindorlarining jahon chempionatlari, Osiyo oʻyinlari va boshqa xalqaro musobaqalarda ishtirokini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish. |
Ijrochilarning qarorlari |
Kalendar rejaga muvofiq |
Ijrochilar mablagʻlari, Kalendar reja doirasida budjet mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (uyushmalar) |
|
34. |
Sport turlari boʻyicha innovatsion tafakkurli seleksioner trenerlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish. Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida sport turlari boʻyicha seleksioner trenerlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha boʻlinma ochish. Seleksioner trenerlar tayyorlash va qayta tayyorlash amaliyotini oʻrganish va ilgʻor tajribani joriy etish. |
Ijrochilarning qarorlari |
2019-yil 25-iyul |
Ijrochilar mablagʻlari, Kalendar reja doirasida budjet mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi, sport federatsiyalari (uyushmalar) |
|
VII. Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni, sogʻlom turmush tarzini ommalashtirish ishlarini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida yuqori darajali axborotlashtirishni va multimedia mahsulotlaridan foydalanishni taʼminlash | |||||
|
35. |
Barcha sport muassasalarining butunjahon Internet axborot tarmogʻidan foydalanishi chora-tadbirlarini koʻrish, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining zamonaviy jozibador saytini yaratish va uning doimiy ishlashini taʼminlash. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2019-yil 10-aprel |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (uyushmalar) |
|
36. |
“Sport — hayot tarzi” xeshtegi ostida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni ommaviylashtirish kompaniyasini tashkil etish va ijtimoiy tarmoqlarda ilgari siljitish, SPORTS.UZ axborot portalini yaratish, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyati ustuvorliklariga yangicha yondashuvlarni aks ettiruvchi l�gotipini yaratish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil 10-may |
Ijrochilar mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
|
37. |
Dolzarb yoʻnalishlarda — jamoatchilik fikri monitoringi, ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazishda (Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri bilan aloqa qilish liniyasini ochish, voqealar kalendari, mashqlar organayzeri, aholi faolligi monitoringi) iSPORT mobil tarmoqlari uchun sport ilovalarini ishlab chiqish. |
Kompleks tadbirlar |
2019 — 2023-yillar |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
|
38. |
Axborot texnologiyalarini va multimedia mahsulotlarini rivojlantirishda zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda oʻquv-mashq jarayoni kompyuterlashtirilishi darajasini oshirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
Doimo |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
|
39. |
Aholi orasida sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalari va jismoniy faollikni targʻib qilish va bunday koʻnikmalarni shakllantirishning foydasi boʻyicha axborot-maʼrifiy faoliyatni kuchaytirish. |
Kompleks tadbirlar |
Doimo |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
40. |
Jismoniy tarbiya va sportning milliy integratsiyalashtirilgan axborot tizimini, shu jumladan, sportchilar faoliyatini roʻyxatga olish va hisobga olish boʻyicha — “Skm-sportsmen”, trenerlarning maʼlumotlar bazasini taʼminlash boʻyicha — “Skm-trener” va respublikaning jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlarini pasportlashtirishni taʼminlash boʻyicha — “Skm-sportinshoot” axborot tizimlari orqali sport natijalari monitoringi va yutuqlarni baholash tizimlarini tashkil etish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari |
2019-yil 10-fevral |
Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
|
41. |
Sport obyektlarida zamonaviy axborot texnologiyalarini (turniketlar, videokuzatuv, hisobot berishning yagona tizimi, mablagʻlar tushishi�ing yagona bazasi va boshqalar) joriy etish. Sport obyektlarida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishga qoʻyiladigan eng kam talablarni belgilash; davlat-xususiy sheriklik shartlarida sport obyektlarida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish boʻyicha tadbirkorlik subyektlarining takliflarini jalb etish va ularning eng yaxshilarini tanlash. |
Kompleks tadbirlar |
2019-yil 30-may |
Ijrochilar mablagʻlari va xayriya ehsonlari |
Madaniyat obyektlari va muassasalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish boʻyicha ishchi guruh, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
42. |
Ilgʻor xorijiy tajriba (Koreya, Xitoy, Turkiya, Germaniya, Buyuk Britaniya) asosida jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasida axborot va statistika maʼlumotlarini toʻplash va ularni puxta ishlash tizimi va usullarini takomillashtirish. |
Kompleks tadbirlar |
2020-yil mart |
Ijrochilar mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
|
VIII. Energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni faol joriy etish asosida davlat sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash | |||||
|
43. |
Zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan, innovatsion qurilish texnologiyalarini faol joriy etish va ulardan foydalanish asosida sport muassasalari infratuzilmasi binolari va obyektlarini, shuningdek, umumtaʼlim muassasalarining sport inshootlarini bosqichma-bosqich qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashni davom ettirish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
Takliflarni tayyorlash |
2019 ?il 15-iyun |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamgʻarmasi mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamgʻarmasi mablagʻlari, Moliya vazirligi |
|
44. |
Umumtaʼlim maktablari va sport muassasalarini eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy ergonomik va ekologik mebel, tegishli uskunalar, zamonaviy sport inventari bilan bosqichma-bosqich jihozlash va toʻliq jihozlashni davom ettirish. |
Kompleks tadbirlar |
2019-yil 10-iyul |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamgʻarmasi mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamgʻarmasi mablagʻlari, Moliya vazirligi |
|
45. |
Mintaqalarning hududiy-iqlim xususiyatlarini hisobga olgan, taniqli xorijiy kompaniyalarning ilgʻor tajribasi asosida qurilish materiallaridan, zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalardan foydalangan holda sport obyektlari loyihalarini ishlab chiqish uchun Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi huzurida ixtisoslashtiri�gan loyiha institutini tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
Takliflarni tayyorlash |
2019-yil 1-aprel |
Budjet mablagʻlari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi |
|
IX. Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni, shuningdek, sogʻlom turmush tarzini ommalashtirish boʻyicha innovatsion chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish | |||||
|
46. |
Ommaviy axborot vositalari, radio, televideniye, butunjahon Internet axborot tarmogʻi, bosma mahsulotlar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar taʼlim muassasalari, korxonalar va tashkilotlarda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanuvchi odamlarning imkoniyatlari va yutuqlarini namoyish qiluvchi tadbirlarni yoritish, shu jumladan, koʻrgazmali materiallar va maʼruza shakllaridan faol foydalanish, jismoniy tarbiya va sport masalalari boʻyicha yagona axborot muhitini shakllantirishdan keng foydalanish yoʻli bilan turli yosh guruhlari orasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni, sogʻlom turmush tarzini, salbiy hodisalar profilaktikasini targʻib qilish boʻyicha ishlarni tizimli asosda kompleks tashkil etish va amalga oshirishga yoʻnaltirilgan doimiy ishlaydigan axborot-targʻibot tizimini shakllantirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil 30-iyun |
Ijrochilar mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi |
|
47. |
Aholining barcha qatlamlarida jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishdan manfaatdorlikni shakllantirish sohasida axborot va taʼlim vositalari samaradorligini oshirish. Jismoniy tarbiya va sportning vositalarini qoʻllashning foydasini targʻib qiluvchi telekoʻrsatuvlar tayyorlash va namoyish qilish; Aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb etish boʻyicha sotsiologik soʻrovlar va tadqiqotlar, reklama kompaniyalari oʻtkazish va ijtimoiy roliklarni namoyish qilish; Teleradio kanallarida jismoniy tarbiya va sport vositalarini qoʻllash masalalari boʻyicha keng tushuntirish ishlarini, shu jumladan, studiyadagi mavzuli va koʻchma telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar turkumlarini, tok-sho�larni tashkil etish. |
Kompleks tadbirlar |
2019-yil 20-noyabr |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
|
48. |
Ommalashtirish jarayonining uzluksizligini taʼminlash, ommaviy dam olish joylarida va yashash joyida shaxsga (oila, maktabgacha, maktab, oʻrta kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari, ishlab chiqarish jamoalari) tarbiyaviy taʼsir koʻrsatishning uzviyligiga rioya qilish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil 20-may |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼli?i vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ittifoqi, sport federatsiyalari (uyushmalar) |
|
49. |
Jismoniy tayyorgarlikning yuqori darajasiga erishishda fuqarolarning jismoniy faolligini ragʻbatlantirish, sogʻlom turmush tarzining muhim elementi sifatida sport faolligini mustahkamlash. Aholining turli qatlamlari orasida sport va jismoniy tarbiya — ommaviy tadbirlarni muntazam oʻtkazish, gʻoliblar va sovrindorlarni qimmatbaho sovrinlar bilan ragʻbatlantirish, shuningdek, har xil nominatsiyalar boʻyicha faol ishtirokchilarni sovrinlar bilan ragʻbatlantirish. Musobaqalarning gʻoliblari va sovrindorlarini “Alpomish” va “Barchinoy”ning jismoniy tayyorgarligi va salomatligi holatini aniqlash boʻyicha test sinovdan oʻtkazish va ragʻbatlantirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
Doimo |
Kalendar reja doirasida budjet mablagʻlari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamgʻarmasi |
|
50. |
Sogʻlom turmush tarzini targʻib qiluvchi bosma va koʻrgazmali mahsulotlarni tarqatish, teleradio dasturlarini namoyish qilish va Internet resurslarini shakllantirish, jismoniy tarbiya va ommaviy sportni ommalashtirishga yetakchi sport mutaxassislarini, sportchilar, siyosatchilar, jamoat arboblarini jalb etish, ijtimoiy reklamadan foydalanish. |
Kompleks tadbirlar |
2019-yil 15-aprel |
Bajaruvchilar mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi |
|
51. |
Davlat, jamoat tashkilotlari, biznes-tuzilmalar va xususiy shaxslarning mavzuli nominatsiyalari boʻyicha sovrinlari uchun “Sport bayrami” milliy festivali, marafonlar, sport musobaqalari va birinchiliklarini muntazamlilik asosida tashkil etish va oʻtkazish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019 yil 10-oktabr |
Kalendar reja doirasida budjet mablagʻlari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamgʻarmasi |