08.08.2020 yildagi HQ-688/08-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy ovqatlanish mahsulotlarining ayrim turlarini maxsus ajratilgan joylarda sotish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 75-sonli qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan viloyat hududida umumiy ovqatlanish taomlarining ayrim turlarini maxsus ajratilgan joylarda sotish tartibini belgilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Viloyat hududida umumiy ovqatlanish maxsulotlari (taomlari) ayrim turlarini maxsus ajratilgan joylarda sotish tartibi (keyingi oʻrinlarda Tartib deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (O. Hazratqulov), Davlat soliq boshqarmasi (A. Bozorov), Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi (Sh. Sherov), Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi (S. Rahimov) Qurilish bosh boshqarmasi (O. Xudoynazarov) va tuman (shahar) hokimliklari ushbu Tartibga rioya etilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror “Qashqadaryo” va “Novosti Kashkadari” gazetalarida eʼlon qilinsin hamda hokimlikning qashqadaryo.uz rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari U. Butayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim Z. MIRZAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarshi sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 8-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HQ-688/08-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimining 2020-yil 8-avgustdagi HQ-688/08-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy ovqatlanish mahsulotlarining ayrim turlarini maxsus ajratilgan joylarda sotish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Tartib Qashqadaryo viloyati hududida majburiy tartibda ustav fondidagi ulushi kamida 51 foiz boʻlgan mahalliy davlat hokimiyati organi muassisligida tashkil etilgan dehqon (oziq-ovqat) bozorlari va savdo komplekslari (keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) hududidaumumiy ovqatlanish maxsulotlari (taomlari) ayrim turlarini maxsus ajratilgan joylarda sotish tartib-qoidalarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 Umumiy ovqatlanish maxsulotlari (taomlari) ayrim turlarini uy sharoitlarida tayyorlab kelingan yoki joylardagi vakolatli organ qarori bilan maxsus ajratilgan joylarda ovqatlanish oʻrinlari tashkil etmasdan donali tayyorlash va sotish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi — yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtgan jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Umumiy ovqatlanish maxsulotlari (taomlari) ayrim turlarini, donali tayyorlash, pishirish va sotish uchun maxsus ajratilgan joylar yengil konstruktiv qurilgan va shaharsozlik, sanitariya va yongʻin xavfsizligi normalari va talablariga javob beradigan, oziq-ovqat mahsulotlarini vaqtincha saqlash, masallik tayyorlash, pishirish va personal shaxsiy gigiyenasiga rioya etish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Tartibda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy ovqatlanish maxsulotlari (taomlari) ayrim turlari — masalligʻi uy sharoitida yoki vakolatli organ tomonidan maxsus ajratilgan joylarda tayyorlanib, ovqat pishirish vositalarida pishiriladigan va sotiladigan donali taomlar (somsa, blinchik, cheburek, manti, xonim, sosiskali kulcha, fast-fud va boshqa donali taomlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus ajratilgan joy — tuman (shahar) hokimliklari tomonidan belgilangan tartibda ajratilgan, umumiy ovkatlanish maxsulotlari (taomlari) ayrim turlari tayyorlanadigan va sotiladigan joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — uy sharoitida yoki maxsus ajratilgan joylarda ovqatlanish joylarini tashkil etmasdan umumiy ovqatlanish maxsulotlari (taomlari) ayrim turlarini tayyorlash va sotish istagini bildirgan yakka tartibdagi tadbirkor;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — tuman (shahar) hokimliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli davlat organlari — viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Davlat soliq boshqarmasi, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi, Qurilish bosh boshqarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylashish sxemasi — vakolatli organ tomonidan maxsus ajratilgan joylarning oldindan tasdiqlangan joylashuvi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Tegishli hududlarda maxsus joylarni ajratish va joylashish sxemasini tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tashkilotlar maʼmuriyati taklifiga binoan umumiy ovqatlanish maxsulotlari (taomlari) ayrim turlarini tayyorlash va sotish uchun maxsus ajratilgan joy tanlangan kundan keyin 1 ish kuni davomida vakolatli davlat organlari (Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshsarmasi va uning tuman (shahar) fshiallari bundan mustasno) bilan kelishish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli davlat organlari mazkur kelishishni 3 ish kunida amalga oshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy ovqatlanish maxsulotlari (taomlari) ayrim turlarini tayyorlash va sotish uchun maxsus ajratilayotgan joyni kelishish asoslari koʻrsatilib rad etilgan taqdirda, vakolatli organlar tomonidan 2 ish kuni davomida yangi taklif tayyorlanib, qayta kelishish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vakolatli davlat organlari bilan kelishish uchun maxsus ajratilayotgan joy alohida koʻrsatilgan holda tashkilot hududining umumiy joylashish sxemasi taqdim etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tashkilot hududidagi maxsus ajratilayotgan joylar sanitariya qoidalari va gigiyena normalari, yongʻindan saqlanish va shaharsozlik normalariga javob bergan taqdirda kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maxsus ajratilgan joylarning soni hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasi, savdo aylanmasining yuqori va pastligi, aholining kunlik isteʼmol talabidan kelib chiqib vakolatli organlar tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Donabay umumiy ovqatlanish maxsulotlari (taomlari) ayrim turlari masalliqlarini uy sharoitida tayyorlab kelib pishirib sotish yoki maxsus ajratilgan joyda tayyorlab, pishirib sotish joylarining joylashish sxemasi tashkilot maʼmuriyati taklifiga binoan vakolatli organlari tomonidan tuziladi hamda joylashuv sxemasi xaritasi tashkilotga kirish joyi qismida koʻrinarli tarzda joylashtirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy ovqatlanish maxsulotlari (taomlari) ayrim turlarini sotish uchun maxsus joylarni ajratish har ikki yilda bir marta qayta koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (taomlarini) maxsus ajratilgan joylarda sotish talab va shartlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Talabgor tashkilot maʼmuriyati bilan tuzilgan ijara shartnomasi asosida uy sharoitida yoki vakolatli organ qarori bilan maxsus ajratilgan joylarda umumiy ovqatlanish maxsulotlari (taomlari) ayrim turlarini tayyorlash va sotish boʻyicha xizmat koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu xizmat koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish davomida nazorat-kassa texnikasi qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy ovqatlanish maxsulotlari (taomlari) ayrim turlarini tayyorlash va sotishni amalga oshirishning majburiy talablari va shartlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya qoidalari va gigiyena normalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻindan saqlanish normalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorlar va ular tomonidan yollangan xodimlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻliq tibbiy koʻrikdan oʻtishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy ovqatlanish mahsulotlari (taomlari) ayrim turlari uy sharoitida tayyorlansa, ovqat masalliqlari vaqtincha saqlanishi, taom tayyorlanishi, pishirilishi jarayoni va foydalaniladigan xonalar hamda jihozlar sanitariya qoidalari va gigiyena normalariga muvofiqligi yakka tartibdagi tadbirkorning zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus ajratilgan joylarda maishiy chiqindilarni yigʻish uchun qopqoqli chiqindi qutilari boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Umumiy ovqatlanish maxsulotlari (taomlari) ayrim turlarini tashkilotlarning kirish yoʻlaklari, avtomobil toʻxtash joylarida, bozor va savdo kompleksi hududida joylashgan savdo magazinlariga kirish yoʻllariga tutash joylar, hojatxona, chiqindixonaga 25 metr va undan kam masofada joylashgan hududlarda tayyorlash va sotishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ushbu Tartibga rioya etilishini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu Tartibga rioya etilishini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ushbu Tartib asosida faoliyat olib boruvchi talabgorlarning soni cheklanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Maxsus ajratilgan joylarda umumiy ovqatlanish maxsulotlari (taomlari) ayrim turlarini tayyorlash va sotish davomida muhandislik- kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish talabgorlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu Tartib talablarini buzgan aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 11/20/HQ-688/08/1156-son)