Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qarori, 30.06.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3273
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Xalqaro shartnomalar (bitmlar)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ishlab chiqish haqidagi uslubiy ko‘rsatmalarni tasdiqlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3273]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2018-yil 13-dekabrdagi SQ-350-III-son “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ishlab chiqish haqidagi uslubiy ko‘rsatmalar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 30-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vaziri R. DAVLETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 30-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligining 2020-yil 30-iyundagi 54, 1-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ishlab chiqish haqidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
USLUBIY KO‘RSATMALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Uslubiy ko‘rsatmalar O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi Qonuniga (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) muvofiq xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ishlab chiqish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Uslubiy ko‘rsatmalar xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va ekspertlar darajasida ishlab chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqish, shuningdek, ularning matnlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari tomonidan foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Uslubiy ko‘rsatmalar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘lmagan xalqaro hujjatlarni ishlab chiqishda ham qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Uslubiy ko‘rsatmalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ahdlashuvchi tomon ― xalqaro shartnomaning mustaqil tomoni sifatida ishtirok etayotgan hamda u kuchga kirganligidan yoki kirmaganligidan qat’i nazar, ushbu xalqaro shartnoma o‘zi uchun majburiy ekanligiga rozilik bildirgan davlat (davlatlar), xalqaro tashkilot (xalqaro tashkilotlar) va (yoki) xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega bo‘lgan boshqa subyekt (boshqa subyektlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatlar ― bitta shaxsning yoki bir nechta shaxsning O‘zbekiston Respublikasi vakili bo‘lish huquqi bo‘lib, bu huquq O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organining (mansabdor shaxsining) qarori asosida amalga oshiriladi va muzokaralarda ishtirok etayotgan tomonga yoki depozitariyga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzokaralar olib borish va xalqaro shartnomaning matnini qabul qilish yoki uning autentikligini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnomani imzolash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma o‘zi uchun majburiy ekanligiga roziligini bildirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnomaga taalluqli boshqa harakatni amalga oshirish maqsadida beriladigan vakolatlar to‘g‘risidagi guvohnoma bilan tegishli tarzda rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi ― O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq xalqaro shartnomalar tuzish huquqi berilgan O‘zbekiston Respublikasi vazirligi, shuningdek boshqa organi;
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 12-fevraldagi 7-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3496, 12.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 10/24/3496/0121-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozitariy ― xalqaro shartnoma qoidalariga muvofiq ushbu xalqaro shartnomaning asl nusxasi o‘ziga saqlash uchun topshiriladigan va mazkur xalqaro shartnomaga nisbatan ushbu xalqaro shartnomada va xalqaro huquqda nazarda tutilgan vazifalarni bajaradigan davlat, xalqaro tashkilot yoki uning bosh ijrochi mansabdor shaxsi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzokaralarda ishtirok etayotgan tomon ― xalqaro shartnomaning matnini tuzish va qabul qilishda ishtirok etayotgan davlat, xalqaro tashkilot va (yoki) xalqaro shartnomalarni tuzish huquqiga ega bo‘lgan boshqa subyekt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ratifikatsiya yorlig‘i ― xalqaro shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan ko‘rib chiqilganligi to‘g‘risida guvohlik beruvchi va xalqaro shartnomaning O‘zbekiston Respublikasi uchun majburiy ekanligiga bo‘lgan rozilikni ifodalovchi maxsus hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilot ― o‘zining ta’sis hujjatiga muvofiq xalqaro xususiyatga ega muayyan vazifalarni bajarish uchun tashkil etilgan va xalqaro huquqning subyekti bo‘lish huquqiga ega bo‘lgan davlatlararo (hukumatlararo) tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnoma ishtirokchisi ― xalqaro shartnomaning mustaqil tomoni sifatida ishtirok etayotgan, xalqaro shartnomaning o‘zi uchun majburiy ekanligiga rozilik bildirgan va o‘zi uchun xalqaro shartnoma kuchga kirgan davlat, xalqaro tashkilot va (yoki) xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega bo‘lgan boshqa subyekt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi ― bitta hujjatdan, ikkita yoki bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan bir nechta hujjatdan iborat bo‘lishidan, shuningdek o‘zining muayyan nomidan va tuzilish usulidan (shartnoma, bitim, konvensiya, akt, pakt, bayonnoma, xatlar yoki notalar almashinuvi hamda xalqaro shartnomaning boshqacha nomlari va tuzilish usullaridan) qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan chet davlat, xalqaro tashkilot yoxud xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega bo‘lgan boshqa subyekt bilan yozma shaklda tuzilgan, xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan xalqaro kelishuv;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini imzolash ― xalqaro shartnomani tuzish bosqichi yoxud O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma o‘zi uchun majburiy ekanligiga bo‘lgan roziligini, agar xalqaro shartnomada imzolash shunday kuchga ega ekanligi nazarda tutilgan bo‘lsa yoki O‘zbekiston Respublikasining va muzokaralarda ishtirok etayotgan boshqa tomonlarning imzolash shunday kuchga ega bo‘lishi kerakligi haqidagi kelishuvi boshqacha tarzda belgilangan bo‘lsa yoki imzolashga shunday kuch berish maqsadi muzokaralarda ishtirok etayotgan tomon vakilining vakolatlaridan kelib chiqsa yoxud muzokaralar vaqtida bildirilgan bo‘lsa, bildirish shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tuzish ― xalqaro shartnomaning mazmunini shakllantirish, uning matnini qabul qilish va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma o‘zi uchun majburiy ekanligiga roziligini bildirishga doir tartib-taomillar ketma-ketligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shimcha shart ― O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomani imzolash, ratifikatsiya qilish, tasdiqlash, qabul qilish yoki unga qo‘shilish chog‘ida qilingan har qanday ta’rifdagi va har qanday nomdagi bir tomonlama rasmiy yozma bayonoti bo‘lib, u orqali xalqaro shartnoma muayyan qoidalarining O‘zbekiston Respublikasiga nisbatan qo‘llanilishi borasida bu qoidalarni istisno qilish yoki ularning yuridik kuchini o‘zgartirish istagi ifodalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalqaro shartnoma quyidagi asosiy belgilarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnoma yozma shaklda tuzilgan bo‘lishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston tomonidan davlat, hukumat yoxud davlat organi, chet el tomonidan ― davlat, hukumat yoki davlat organi, xalqaro tashkilot yoxud xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega bo‘lgan boshqa subyekt xalqaro shartnoma tomonlari bo‘lishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnomada yuridik majburiyat yuklovchi qoidalar keltirilishi lozim, ya’ni uning tomonlari uchun xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan huquq va majburiyatlar yaratishi lozim. Hujjat, agar davlatlardan birining ichki huquqi bilan tartibga solinsa, u xalqaro shartnoma hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish bo‘yicha davlat organi vakolatlari uning nizomida va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlashni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlashda davlat organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnoma tuzish orqali tartibga solishni talab qiladigan muammo yoki masalalarning haqiqatda mavjudligini aniqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi uchun xalqaro shartnomani tuzish maqsadga muvofiqligi va amaliy ahamiyatini aniqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli sohada huquqiy tartibga solishning amaldagi holatini tahlil qilishi (O‘zbekiston Respublikasining amaldagi xalqaro shartnomalarini va milliy qonunchiligini o‘rganishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnoma tuzish natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan moliyaviy-iqtisodiy oqibatlarning yoki boshqa oqibatlarning baholanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnoma loyihasi qoidalarining O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiqligini aniqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi xalqaro shartnoma tuzilishi munosabati bilan ilgari tuzilgan xalqaro shartnomalarning qoidalariga o‘zgartirishlar, ko‘shimchalar kiritilishi yoki uning ishtirokchilari o‘rtasidagi boshqa xalqaro shartnomalarning amal qilishini tugatilishi lozimligini aniqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnoma tuzilishi munosabati bilan qabul qilinishi, o‘zgartirilishi, qo‘shimcha kiritilishi va (yoki) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni aniqlashi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xalqaro shartnoma loyihasi quyidagi talablarga mos kelishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalariga zid kelmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari qoidalarini takrorlamasligi (ayni bir masala bo‘yicha ikkita yoki undan ortiq shartnoma tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazmuni uning obyekti va maqsadlariga mos kelishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z kuchini yo‘qotgan xalqaro shartnomalarga havolalar keltirilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnomalar tuzish va rasmiylashtirish amaliyotiga mos kelishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlashda davlat organi xalqaro shartnoma tuzish darajasidan (davlatlararo, hukumatlararo, idoralararo) qat’i nazar, xalqaro huquq nuqtai nazaridan uning ishtirokchilari davlatlar hisoblanishiga e’tibor qaratishi lozim. Idoralararo xalqaro shartnoma bilan yuklanadigan majburiyatlar nafaqat nomidan shartnoma tuzilgan davlat organlarining, balki tegishli davlatlarning ham majburiyatlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xalqaro shartnoma bo‘yicha o‘z zimmasiga olingan majburiyatlarning buzilishi xalqaro huquq doirasida ularni buzgan tomon uchun huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar aniqlangan hollarda davlat organi xalqaro shartnoma tuzishdan tiyilishi yoki uni xalqaro shartnoma bo‘lmagan xalqaro hujjat sifatida ishlab chiqishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnomaning mavjud emasligi chet el tomoni bilan yuzaga kelgan masalalarni hal etishga yoki hamkorlikning aniq yo‘nalishlari va shakllarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan huquq va majburiyatlar vujudga kelishini nazarda tutmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xalqaro shartnoma loyihasi ekspertlar darajasida ishlab chiqish boshlangunga qadar davlat organining yuridik xizmati tomonidan Qonunga, mazkur Uslubiy ko‘rsatmalarga hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Xalqaro shartnoma loyihasini yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xalqaro shartnoma loyihasiga qo‘yiladigan umumiy talablar quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnoma loyihasining o‘zida ziddiyatli qoidalarning yo‘qligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnoma loyihasini bayon qilish tilining aniqligi, oddiyligi va tushunarliligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnoma loyihasi matnidagi mantiqiy izchillik va qoidalarning o‘zaro bog‘liqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnoma loyihasidagi qoidalarning qisqaligi, normativ ko‘rsatmalar takrorlanishini istisno qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnoma loyihasida berilgan ta’riflarning aniqligi va ravonligi, matnda foydalaniladigan tushunchalar va atamalarning bir xilligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Zarur hollarda xalqaro shartnoma loyihasiga ayni bir xil masala bo‘yicha xalqaro shartnomaning (uning bir qismining) avvalgi va (yoki) keyingi xalqaro shartnomalar bilan o‘zaro nisbatini, shuningdek, xalqaro shartnomalarni yangi xalqaro shartnoma ishtirokchilari o‘rtasida qo‘llashni davom ettirish yoki amal qilishini tugatishni belgilaydigan qoidalar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xalqaro shartnoma loyihasining matnini kompyuter vositasida bosib chiqarishda “Times New Roman” 14 yoki 15 o‘lchamli shriftini qo‘llagan holda Microsoft Word matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoida tariqasida, A4 formatdagi standart qog‘oz varag‘ida, har bir betning hoshiyalari barcha tomondan 3 sm, qator oralig‘i 1 intervalda, birinchi qator xatboshisi 1,27 sm, belgilararo interval oddiy, ko‘lami (masshtab) 100 foiz, siljishlarsiz bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sahifaning tartib raqami varaqning pastki markazidan 2 raqamidan boshlab yoziladi, chekkasidan kolontitulgacha masofa 1 sm bo‘ladi hamda birinchi betida 1 raqami qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xalqaro shartnomaning nomi va uning tarkibiy birliklari sarlavhalari yarim qora shriftda, matn markazga to‘g‘irlangan holda, qo‘shtirnoqlarsiz, qatorlararo birlik intervalda va xatboshisiz yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Imzolanishi rejalashtirilayotgan xalqaro shartnomalar matnlari (bundan idoralararo shartnomalar mustasno) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi buyurtmasiga ko‘ra ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan tayyorlanadigan, “suv belgisi”ga ega maxsus shartnoma qog‘ozida chop etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanishi rejalashtiriladigan, xalqaro shartnoma bo‘lmagan ikki tomonlama xalqaro hujjatlar matnlari ham formatlashga doir talablarni inobatga olgan holda maxsus shartnoma qog‘ozida chop etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo xalqaro shartnomalar va xalqaro shartnoma bo‘lmagan boshqa xalqaro hujjatlar matnlarini tayyorlashda A4 formatidagi standart qog‘ozdan yoki muzokaralarda ishtirok etayotgan tomonlar bilan kelishilgan holda qog‘ozning istalgan boshqa turidan foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Xalqaro shartnomaning tili va atamalariga oid talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xalqaro shartnoma loyihasi O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida va boshqa ahdlashuvchi tomonning tilida bayon etiladi. Boshqa ahdlashuvchi tomon bilan kelishuvga ko‘ra o‘zga til xalqaro shartnomaning tili deb tanlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo‘lishni maqsad qilgan ko‘p tomonlama xalqaro shartnomaning matni O‘zbekiston Respublikasining davlat tiliga norasmiy tarjima qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xalqaro shartnoma loyihasini yoki ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma matnini davlat tiliga tarjima qilish ularni ekspertlar darajasida qayta ishlash bosqichida vakolatiga xalqaro shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalar kiradigan davlat organi tomonidan mustaqil ravishda yoki tarjima qilish xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar jalb qilingan holda ta’minlanadi (qonunchilik hujjatlariga muvofiq yoxud muzokaralarda ishtirok etayotgan tomon bilan kelishuvga ko‘ra uchinchi shaxslar foydalanishi uchun cheklov belgilangan hollar bundan mustasno).
(17-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Xalqaro shartnoma loyihasida foydalaniladigan atamalar va tushunchalar ma’nosi va mazmuniga ko‘ra aynan mos bo‘lishi hamda bir xilda qo‘llanilishi lozim, shuningdek ularga berilgan ta’riflar qoida tariqasida, matnning asosiy qismi boshiga joylashtirilgan holda uning alohida tarkibiy qismida keltiriladi. Xalqaro shartnomaning bir qismi uchun ahamiyatga ega atamalarning ta’riflari uning ushbu qismida keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Xalqaro shartnomadagi atamalar umum qabul qilingan so‘zlar va so‘z birikmalaridan foydalangan holda shakllantiriladi. Ayni bir tushunchalarni belgilash uchun xalqaro shartnoma loyihasida aynan bir xil atamalardan foydalaniladi, turli tushunchalar esa mazmunidan kelib chiqqan holda har xil atamalar bilan belgilanadi. Qo‘llaniladigan atamalar bir nechta ma’noga yoki odatdagidan boshqacha ma’noga ega bo‘lsa, xalqaro shartnoma loyihasida foydalanilayotgan atamaning qanday ma’noni anglatishi ko‘rsatib o‘tiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tushunchalardan foydalanishda O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlaridan, xalqaro hujjatlarda va izohli (ensiklopedik) lug‘atlarda keltirilgan umum qabul qilingan ta’riflardan kelib chiqish lozim. Xalqaro shartnoma loyihasida unchalik tanish bo‘lmagan va maxsus atamalarning, shuningdek, turlicha talqin qilinadigan so‘zlarning ta’riflarini berish maqsadga muvofiq.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xalqaro shartnoma loyihasida noaniq ta’riflardan, umumlashtirilgan fikrlardan, qisqartmalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan umum qabul qilingan qisqartmalar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Xalqaro tashkilotlar va ularning organlari, davlat organlari, tashkilotlar, shuningdek, xalqaro shartnoma loyihasida foydalaniladigan hujjatlar nomlari ularning rasmiy nomlarga mos holda aniq va to‘liq ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnoma loyihasida nomni bir necha marta ko‘rsatish talab qilinsa, shuningdek so‘z birikmasi bilan ifodalanadigan u yoki bu tushuncha bir necha bor qo‘llanilsa, nom yoki tushuncha u ilk bor foydalanilgan tarkibiy qismda to‘liq keltiriladi. Bunda qisqartma (shartli) ifoda bosh kelishikda qavs ichida ko‘rsatiladi va keyingi qoidalarda aynan undan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Shanxay hamkorlik tashkilotining Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (keyingi o‘rinlarda ― ShHT MAT)”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qoida tariqasida, xalqaro shartnoma qoidalari birlik sondan foydalangan holda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“...Tomonlardan har birining vakolatli organi o‘z davlati hududida uning qonunchilik hujjatlariga muvofiq ... amalga oshiradi”;
(23-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vakolatli organlar ro‘yxati har bir Tomon tarafidan aniqlanadi va Bitim kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki protseduralarini bajarganlik to‘g‘risidagi xabarnoma topshirilayotganda depozitariyga taqdim qilinadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Hukumatlararo va idoralararo shartnomalar loyihalarida “qonunchilik” va “hudud” atamalaridan foydalanganda ularni tegishincha “Tomonlar davlatlarining qonunchiligi”, “Tomon davlatining qonunchiligi” va “Tomonlar davlatlarining hududi”, “Tomon davlatining hududi” so‘z birikmalari orqali qo‘llash lozim. Davlatlararo shartnomalarda “Tomonlar qonunchiligi”, “Tomon qonunchiligi” va “Tomonlar hududi”, “Tomon hududi” shakllari qo‘llaniladi. Bunda “qonunchilik” atamasi faqat birlikda qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Xalqaro shartnoma loyihasining asosiy matnida tomonlarning xohish-istaklari yoki maqsadlari bayon etilmasligi lozim (xalqaro shartnoma bo‘lmagan xalqaro hujjatlar matnlari bundan mustasno). Xalqaro shartnoma qoidalari majburiyatlar sifatida shakllantirilishi lozim hamda tomonlarning huquq va majburiyatlarini bayon etishda hozirgi zamonning aniqlik maylidagi fe’llardan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tomonlar quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik qiladilar…”, “Tomonlar ... qoidalar amalga oshirilishini ta’minlaydilar” va hokazo.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qoida tariqasida, xalqaro shartnomalarda va xalqaro shartnoma bo‘lmagan xalqaro hujjatlarda turli atamalardan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnomalarda hamda xalqaro shartnoma bo‘lmagan xalqaro hujjatlarda eng ko‘p foydalaniladigan ayrim so‘zlar va atamalar mazkur Uslubiy ko‘rsatmalarning 1-ilovasida keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Xalqaro shartnomalarda havolalarni qo‘llash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Xalqaro shartnomaning moddalari, bandlari, kichik bandlari yoki xatboshilaridagi uning boshqa moddalari, bandlari, kichik bandlari yoki xatboshilariga havolalar ularning o‘zaro aloqasini ko‘rsatish yoxud takrorlanishlarning oldini olish zarur bo‘lganda qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Nizoli vaziyatlarda realizatsiya qilish taqiqlangan mahsulot mazkur Bitimning 3-moddasiga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalarda mustaqil ekspertizadan o‘tkaziladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Boshqa xalqaro shartnomaning yoki boshqa hujjatning muayyan qoidalariga havolada uning rasmiy nomi, qabul qilingan sanasi keltirilishi, shuningdek, havola qilinayotgan qoida aniq ko‘rsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1974-yil 12-dekabrdagi Davlatlarning iqtisodiy huquqlari va majburiyatlari xartiyasining 27-moddasi 1-bandiga muvofiq har bir davlat jahon savdosi keltiradigan foydadan to‘liq foydalanish huquqiga ega”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Xalqaro shartnomada “mazkur” so‘zidan foydalangan holda faqat xalqaro shartnomaning o‘ziga yoki uning qoidasiga havola qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tomonlar mazkur Bitimning 3-moddasi 1-bandida ko‘rsatilgan tovarlar bo‘yicha bojxona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartibini belgilaydilar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Xalqaro shartnoma loyihalarida o‘z navbatida boshqa normaga havolani aks ettirgan normaga havola qilishdan tiyilish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Xalqaro shartnomaning nomi va tuzilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Xalqaro shartnomaning nomi va tarkibiy qismlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Shartnomaviy-huquqiy amaliyotda xalqaro shartnomalar ko‘pincha shartnoma, bitim, konvensiya va bayonnoma kabi keng tarqalgan nomlarda tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnoma bo‘lmagan xalqaro hujjatlar, qoida tariqasida, deklaratsiyalar, bayonotlar, kommyunike, anglashuv memorandumlari, ahdlashuv bayonnomalari, hamkorlik rejalari va dasturlari shaklida qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday xalqaro hujjatlarda yuridik majburiyat yuklovchi qoidalar keltirilmasligi va ular O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, Konstitutsiyasi va boshqa qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmasligi lozim. Ular, qoida tariqasida, xalqaro hamkorlikning turli tarmoqlarida birgalikda faoliyat olib borish bo‘yicha tomonlarning maqsadlarini va (yoki) siyosiy irodasini ifodalovchi hujjatlar sifatida qaraladi.
(31-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnoma bo‘lmagan xalqaro hujjat loyihasiga, qoida tariqasida, hujjatning yuridik kuchi haqidagi qoida kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur Memorandum xalqaro shartnoma hisoblanmaydi va Tomonlar zimmasiga xalqaro huquqqa muvofiq yuridik majburiyatlar yuklamaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur Memorandum xalqaro shartnoma hisoblanmaydi va Tomonlar uchun xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan biror-bir huquq va majburiyatlar keltirib chiqarmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Xalqaro shartnomaning nomi uning mazmunini va huquqiy tartibga solish predmetini o‘zida aks ettirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ikki tomonlama xalqaro shartnomaning nomida uning tomonlari ko‘rsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatlararo shartnomaning nomida shartnoma “O‘zbekiston Respublikasi bilan ... (boshqa tomon davlatining yoki xalqaro tashkilotning rasmiy nomi) o‘rtasida” tuzilishi ko‘rsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumatlararo shartnomaning nomida “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan ... (boshqa tomon davlatining rasmiy nomi) Hukumati yoki (xalqaro tashkilotning rasmiy nomi) o‘rtasida” tuzilishi ko‘rsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoralararo shartnomaning nomida “(O‘zbekiston Respublikasi davlat organining to‘liq nomi) bilan ... (boshqa tomon davlati idorasining to‘liq nomi yoki xalqaro tashkilotning rasmiy nomi) o‘rtasida” tuzilishi ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xalqaro shartnomaning nomiga tomonlar tilga olingan boshqa xalqaro shartnomaning nomi kiritilsa, xalqaro shartnomaning nomidan keyin tomonlar nomini tushirib qoldirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2006-yil 20-martdagi Xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Bayonnoma” (ya’ni quyidagicha bo‘lmaydi: “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2006-yil 20-martdagi Xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida Bayonnoma”).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Diagonal xalqaro shartnomalarni tuzish (masalan, bir tarafdan davlat nomidan va boshqa tarafdan hukumat nomidan) shartnoma amaliyotiga xos emas. Agar xalqaro shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalar O‘zbekiston Respublikasida hukumat vakolatlariga kirsa, hamkor davlatda esa uning hukumati vakolatlariga kirmasa yoki aksincha bo‘lsa, xalqaro shartnoma davlatlararo darajada tuzilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Xalqaro shartnoma, qoida tariqasida, muqaddima, asosiy qism, yakunlovchi qoidalar va zarur hollarda, ilovalardan iborat bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Xalqaro shartnomaning muqaddimasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Xalqaro shartnomani tuzishdan ko‘zlangan sabablar, maqsad va vazifalarni tushuntirish loyihaning mustaqil qismi hisoblanuvchi kirish qism ― muqaddimada aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqaddima xalqaro shartnoma loyihasining nomidan keyin joylashtiriladi. Muqaddima xatboshilarga bo‘linadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqaddima huquqiy normativ ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olmasligi, moddalarga yoki bandlarga bo‘linmasligi va raqamlanmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnoma loyihasining tarkibiy birliklarida muqaddima bo‘lishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ikki tomonlama xalqaro shartnomada muqaddima hajmi, qoida tariqasida, uch-to‘rt xatboshidan oshmaydi. Ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada muqaddima bu hajmdan ko‘p bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqaddimaga xalqaro shartnomada foydalaniladigan atamalar ta’riflarini kiritish kerak emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Muqaddimaning boshlanishi quyidagi tarzda shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki tomonlama xalqaro shartnoma bo‘lsa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatlararo shartnoma uchun ― “O‘zbekiston Respublikasi va ... (boshqa tomon davlatining yoki xalqaro tashkilotning rasmiy nomi), keyingi o‘rinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumatlararo shartnoma uchun – “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va ... (boshqa tomon davlatining nomi) Hukumati yoki (xalqaro tashkilotnig rasmiy nomi), keyingi o‘rinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoralararo shartnoma uchun – “... (O‘zbekiston Respublikasi davlat organining to‘liq nomi) va ... (boshqa tomon davlati idorasining to‘liq nomi yoki xalqaro tashkilotning rasmiy nomi), keyingi o‘rinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada muqaddima “Ahdlashuvchi Tomonlar” yoki “Tomonlar” so‘zlari bilan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ko‘p tomonlama xalqaro shartnomaning muqaddimasida, shuningdek ikki tomonlama xalqaro shartnomaning muqaddimasida, qoida tariqasida, shartnoma imzolashga vakolatli shaxslar familiyalari va lavozimlari ko‘rsatilmaydi. Shuningdek, “mazkur Shartnomaning ishtirokchi-davlatlari nomidan hukumatlar …” yoxud “Mazkur Shartnoma ishtirokchi-davlatlarining Hukumatlari... ” kabi shakllardan foydalanishdan tiyilish tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Xalqaro shartnomaning muqaddimasiga, shuningdek asosiy matniga hujjatlarga havolalar kiritilganda bunday hujjatlarning nomlari to‘liq, qisqartmalarsiz, ular imzolangan (qabul qilingan) sana ko‘rsatilgan holda keltiriladi. Ular tegishli hujjatlar nomlari bilan solishtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Tomonlar uchun kuchga kirmagan xalqaro shartnomalarga, shuningdek ular tomonidan majburiy deb tan olinmaydigan hujjatlarga havola qilinganda “(hujjatning rasmiy nomi)ga amal qilib”, “(hujjatning rasmiy nomi)ga asoslanib” kabi iboralardan foydalanmaslik zarur. Bunday hollarda “(hujjatning rasmiy nomi) qoidalarini e’tiborga olib”, “(hujjatning rasmiy nomi)ni inobatga olgan holda” kabi iboralardan foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Muqaddimaning oxirgi xatboshisi quyidagicha shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma loyihasida ― “... quyidagilar to‘g‘risida ahdlashib oldilar:”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim, bayonnoma va hokazolar loyihasida ― “... quyidagilar to‘g‘risida kelishib oldilar:”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
anglashuv memorandumi va ahdlashuv bayonnomasi loyihasida ― “… quyidagilar to‘g‘risida o‘zaro anglashuvga erishdilar:”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Xalqaro shartnomaning asosiy matni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Xalqaro shartnomada matnni moddalarga bo‘lish tavsiya etiladi. Xalqaro shartnomaning matni kichik hajmda (bir nechta xatboshidan iborat) bo‘lganda yoxud xalqaro shartnoma xatlar yoki notalar almashinuvi orqali tuzilganda xalqaro shartnoma matnini bandlarga bo‘lishga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Modda xalqaro shartnomaning asosiy tarkibiy elementi hisoblanadi va unda yakunlangan huquqiy qoida keltiriladi. Zarur hollarda, modda bandlar, kichik bandlar, xatboshilarga bo‘linadi. O‘z navbatida bandlar ham kichik bandlar yoki xatboshilarga, kichik bandlar esa xatboshilarga bo‘linishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Moddalar o‘z mazmunini aks ettiradigan nomga ega bo‘lishi mumkin. Bandlar nomlarga ega bo‘lmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Agar xalqaro shartnoma matni moddalarga bo‘linib, ular ham o‘z navbatida bandlarga bo‘linsa, bunday bandlar izchil ketma-ketlikda emas, balki modda doirasida raqamlanadi. Kichik bandlar bandlar tarkibida ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turli tillardagi xalqaro shartnoma matnlarida bandlarni (kichik bandlarni) ifodalashda harfli belgilardan foydalanilganda, aynan bir xil alifbodan (masalan, lotin alifbosidan) foydalanish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Xalqaro shartnoma loyihasining o‘z tuzilishiga ko‘ra katta hajmli va murakkab bo‘lgan matni odatda bo‘limlar va boblarga bo‘linadi, ular nomga ega bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Xalqaro shartnoma loyihasining matnidagi har bir gap, qoida tariqasida, 3-4 qatordan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Xalqaro shartnomaning yakunlovchi qoidalari va ilovalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Xalqaro shartnomaning yakunlovchi qoidalariga uning boshqa xalqaro shartnomalar bilan o‘zaro nisbati, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, nizolarni tartibga solish, xalqaro shartnomaning kuchga kirish shartlari, amal qilish muddati, uni tugatish mumkinligi va tartibi to‘g‘risidagi qoidalarni kiritish zarur. Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshqa xalqaro shartnomalar bilan o‘zaro nisbati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur Bitim Tomonlarning davlatlari ishtirokchilar bo‘lgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga dahl qilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) o‘zgartirish va qo‘shimchalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tomonlarning kelishuviga ko‘ra mazkur Bitimga uning ajralmas qismlari hisoblanadigan hamda alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “xalqaro shartnomaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi bayonnomalar xalqaro shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi” degan qoidalar kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xalqaro shartnomada unga o‘zgartirishlar kiritish tartibi mavjud bo‘lmasa, Xalqaro shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi asosida xalqaro shartnomaga ishtirochilar o‘rtasidagi kelishuv bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) nizolarni tartibga solish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur Bitimni qo‘llash va talqin qilish bilan bog‘liq har qanday nizolar Tomonlar o‘rtasida maslahatlashuvlar va muzokaralar orqali hal etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) kuchga kirishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur Bitim u imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur Bitim Tomonlar tarafidan Bitim kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki protseduralari bajarilganligi haqida so‘nggi yozma xabarnoma diplomatik kanallar orqali olingan sanadan boshlab kuchga kiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur Shartnoma ratifikatsiya qilinishi lozim va ratifikatsiya yorliqlari almashilgan kundan boshlab kuchga kiradi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni bir xalqaro shartnomada uning kuchga kirishining bittadan ortiq usulidan bir vaqtda foydalanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur Bitim imzolangan sanadan e’tiboran kuchga kiradi yoxud agar bir Tomon davlatining qonunchilik hujjatlarida Bitim kuchga kirishi uchun davlat ichki protseduralari bajarilishi nazarda tutilsa, bunday protseduralar bajarilganidan keyin Tomon davlatining qonunchilik hujjatlariga muvofiq kuchga kiradi”;
(48-band “g” kichik bandining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) vaqtinchalik qo‘llanilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning kelishuviga ko‘ra xalqaro shartnoma loyihasiga imzolangan sanadan yoki tomonlar bilan kelishilgan istalgan boshqa vaqtdan e’tiboran xalqaro shartnomani yoki uning ayrim qoidalarini vaqtinchalik qo‘llash to‘g‘risidagi qoida kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-misol (ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur Bitim imzolangan sanadan boshlab vaqtinchalik qo‘llaniladi va depozitariy tomonidan uni imzolagan Tomonlar tarafidan Bitim kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki protseduralari bajarilganligi to‘g‘risida yozma xabarnoma olingan sanadan boshlab 30 kun o‘tgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ichki protseduralarini kechroq bajargan Tomonlar uchun mazkur Bitim depozitariy tomonidan tegishli hujjatlar olingan sanadan boshlab 30 kun o‘tgach kuchga kiradi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-misol (ikki tomonlama xalqaro shartnomada):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur Bitim imzolangan kundan e’tiboran vaqtinchalik qo‘llaniladi va Tomonlar tarafidan Bitim kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki protseduralari bajarilganligi to‘g‘risida so‘nggi yozma xabarnoma diplomatik kanallar orqali olingan sanadan e’tiboran kuchga kiradi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnomaning yoki uning bir qismining vaqtinchalik qo‘llanilishi xalqaro shartnomada faqatgina istisno hollarda, xalqaro shartnoma kuchga kirgunga qadar uning qoidalarini qo‘llash uchun haqiqatda va asoslangan zarurat mavjud bo‘lganda nazarda tutiladi. Xalqaro shartnomaning vaqtincha qo‘llanilishi to‘g‘risidagi qoida xalqaro shartnoma butunligicha yoxud uning aniq qoidalari muayyan vaqtdan boshlab vaqtincha qo‘llanilishi ko‘rsatilgan holda shakllantirilishi kerak. Vaqtincha qo‘llanilishi lozim bo‘lgan qoidalar hajmini aniq belgilash imkonini bermaydigan shakllardan foydalanmaslik lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, quyidagi noto‘g‘ri:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur Bitimning Tomonlar davlatlari qonunchiligiga zid bo‘lmagan qismi u imzolangan sanadan boshlab vaqtincha qo‘llaniladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) qo‘shilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur Bitim u kuchga kirgandan so‘ng depozitariyga qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjatni berish orqali istalgan davlatning qo‘shilishi uchun ochiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shilayotgan davlat uchun Bitim depozitariy tomonidan qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjat olingan sanadan boshlab 30 kun o‘tgach kuchga kiradi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnomada uning obyekti va maqsadlariga qarab, shuningdek, tomonlar kelishuviga ko‘ra, ko‘p tomonlama xalqaro shartnomaga uning ishtirokchilari roziligi bilangina qo‘shilish mumkinligi haqidagi qoida keltirilishi mumkin. Bunda xalqaro shartnomaning tegishli qoidalarida qo‘shilishga rozilikni ifodalash mexanizmi belgilanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur Bitim barcha Tomonlarning roziligi bilan uning maqsadlari va prinsiplarini qo‘llab-quvvatlaydigan boshqa davlatlarning depozitariyga qo‘shilish haqida hujjatlar berish orqali qo‘shilishi uchun ochiq. Depozitariy Tomonlarning bunday qo‘shilishga roziligi haqidagi so‘ngi xabarnomasini olgan kundan boshlab qo‘shilish kuchga kirgan hisoblanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) amal qilish muddati, amal qilishini tugatish, chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnomalar ma’lum muddatga, noma’lum vaqtga tuzilishi mumkin yoki umuman muddatsiz bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur Bitim noma’lum muddatga tuziladi. Tomonlarning har biri depozitariyga mazkur Bitimdan chiqish istagi to‘g‘risida chiqishdan kamida 12 oy oldin yozma xabarnoma yuborib hamda Bitim amal qilgan vaqtda yuzaga kelgan moliyaviy va boshqa majburiyatlarni tartibga solgan holda, undan chiqishga haqli”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, xalqaro shartnoma loyihasiga undan chiqish yoki uning amal qilishini tugatishning alohida shartlari kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) qo‘shimcha shartlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur Bitimga doir qo‘shimcha shartlarga yo‘l qo‘yilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur Bitimning 5 va 6-moddalariga doir qo‘shimcha shartlarga yo‘l qo‘yilmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday qoidalar mavjud bo‘lmaganda, xalqaro huquqda taqiqlanmagan har qanday qo‘shimcha shartlarni qo‘yish mumkin deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Agar xalqaro shartnoma loyihasida jadvallar, grafiklar, xaritalar, sxemalar, ro‘yxatlar keltirilsa, ular ilovalar shaklida rasmiylashtirilishi lozim, tegishli moddalar (bandlar) esa ushbu ilovalarga havolalarga ega bo‘lishi kerak. Ilovalar, qoida tariqasida, imzolanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ilova mazkur Shartnomaning ajralmas qismini tashkil etadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnomaga ilovalar arab raqamlari bilan “№” belgisi qo‘yilmasdan raqamlanadi. Bir nechta ilovaga havolalar keltirilsa, quyidagicha ko‘rsatiladi: “1 ― 4-ilovalarga muvofiq”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilovada uni xalqaro shartnomaning asosiy matni bilan bog‘laydigan sarlavha va belgi bo‘lishi kerak. Mazkur rekvizitlar u qaysi shartnomaga taalluqliligini ko‘rsatuvchi belgi bilan ilovaning yuqori o‘ng burchagiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi fuqarolarining vizasiz safar qilishlari to‘g‘risida Bitimga 1-ilova”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilovalari mavjud xalqaro shartnomaning betlari, qoida tariqasida, izchil ketma-ketlikda raqamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qoida, agar unda ratifikatsiya qilish uchun asoslar mavjud bo‘lsa, xalqaro shartnoma loyihasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnomalar loyihalariga ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qoidalar tomonlardan biri shartnoma ratifikatsiya qilinishi maqsadga muvofiq deb hisoblagan hollarda ham kiritilishi mumkin, bundan idoralararo shartnomalar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Xuddi shuningdek, muzokaralarda qatnashuvchi tomonlarning kelishuvi bo‘yicha xalqaro shartnomalar loyihalariga ularni tasdiqlash (qabul qilish) to‘g‘risidagi shartlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Agar tomonlar xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun turli yuridik tartib-taomillar o‘tkazishi zarur deb hisoblash uchun asoslar mavjud bo‘lsa (masalan, shartnoma bir tomon tarafidan ratifikatsiya qilinadigan, boshqa tomon tarafidan esa tasdiqlanadigan bo‘lsa), qoida tariqasida quyidagi ifodadan foydalaniladi: “Shartnoma Tomonlar tarafidan uning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki protseduralari bajarilganligi to‘g‘risida so‘ngi yozma xabarnoma olingan sanadan boshlab kuchga kiradi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Ikki tomonlama xalqaro shartnomaning amal qilish muddatini aniqlashda uning amal qilish davrlari to‘g‘risidagi shartdan foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur Bitim imzolangan vaqtdan e’tiboran kuchga kiradi va besh yil davomida amalda bo‘ladi. Uning amal qilishi, agar Tomonlarning hech biri navbatdagi besh yillik davr tugashidan kamida olti oy avval boshqa Tomonni mazkur Bitimning amal qilishini tugatish istagi haqida xabardor qilmasa, keyingi besh yillik davrlarga o‘z-o‘zidan uzayaveradi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday ifoda xalqaro shartnoma boshlang‘ich yoki har qanday navbatdagi davr tugaganidan keyingina bir tomonlama tartibda tugatilishi mumkinligini anglatadi. Har bir belgilangan davrlar davomida uni tomonlarning o‘zaro roziligi bilangina tugatish mumkin. Shu sababli bunday qoidalarni xalqaro shartnomaning amal qilishini istalgan vaqt bir tomonlama tartibda tugatish mumkinligi to‘g‘risidagi shartlar bilan bog‘lab bo‘lmaydi. Shuningdek, tomonlarning maqsadiga qarab xalqaro shartnomaning amal qilishi ham bir marta, ham bir necha marta o‘z-o‘zidan uzaytirilishi mumkinligini ham inobatga olish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Matnda tegishli maqsad aniq shakllantirilishi zarur: “…mazkur Bitimning amal qilishi, agar Tomonlarning hech biri boshqa Tomonni uning amal qilishini tugatish istagi to‘g‘risida dastlabki davr tugashidan kamida olti oy avval yozma ravishda xabardor qilmasa, o‘z-o‘zidan besh yilga uzayadi” (bir marta uzaytirilganda) yoxud “mazkur Bitimning amal qilishi, agar Tomonlarning hech biri boshqa Tomonni Bitimning amal qilishini tugatish istagi to‘g‘risida uning amal qilishining boshlang‘ich yoki har qanday keyingi davri tugashidan kamida olti oy avval yozma ravishda xabardor qilmasa, keyingi besh yillik davrlarga o‘z-o‘zidan uzayaveradi” (ko‘p marta uzaytirilganda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Xalqaro shartnomada uning amal qilish muddati ko‘rsatilmasligi, agar uning boshqa qoidalaridan o‘zgacha anglashilmasa, shartnoma noma’lum muddatga tuzilishini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Xalqaro shartnomadagi yakuniy jumla joy va sana, asl nusxalar soni va uning matnlari tuzilgan tillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-misol (ikki tilda xalqaro shartnoma tuzishda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“_______ da 20__ yil “ “ _________ ikki nusxada, har biri o‘zbek va rus tillarida imzolandi, bunda ikkala matn ham bir xil kuchga ega”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-misol (uch tilda xalqaro shartnoma tuzishda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“_______ da 20__ yil “ “ _________ ikki nusxada, har biri o‘zbek, rus va ingliz tillarida imzolandi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-misol (ustuvor tilni aniqlash zarur bo‘lsa):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matndan foydalaniladi” yoki “Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Ikki tomonlama xalqaro shartnoma va memorandumning yakunlovchi qismi namunaviy qoidalari mazkur Uslubiy ko‘rsatmalarning 2 va 3-ilovalarida keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Xalqaro shartnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Xalqaro shartnomani o‘zgartirish (unga tuzatishlar kiritish) xalqaro shartnoma shartlariga hamda xalqaro huquqqa muvofiq uning ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishuvga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Tarkibiy birlikni jiddiy o‘zgartirish talab etilgan taqdirda, uni yangi tahrirda bayon etish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4-moddaning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tomon davlatining markaziy organi vakolati ... Nizom bilan belgilanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Agar tarkibiy birliklarni yangi tahrirda to‘liq bayon qilish zarurati bo‘lmasa, ularning matniga ayrim so‘zlar, iboralar, boshqa raqamlar va belgilarni qo‘shish, ularni chiqarib tashlash yoki almashtirish orqali aniqliklar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5-moddaning ikkinchi xatboshisidan “...” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“12-moddaning ikkinchi xatboshisi “hisoblansin” degan so‘zdan keyin “tegishli ravishda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4-modda uchinchi xatboshisining ikkinchi gapi “chegaralar” degan so‘zdan keyin “Ahdlashuvchi tomonlarning” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3-bandning ikkinchi xatboshisi “tartibi” degan so‘zdan keyin “davlat” degan so‘z bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2-modda “tartibini” degan so‘zdan keyin “tayinlash” degan so‘z bilan to‘ldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Agar xalqaro shartnoma yangi moddalar (bandlar), raqamli belgiga ega boshqa tarkibiy birliklar bilan to‘ldirilsa, yangi moddalar (bandlar), raqamli belgiga ega boshqa tarkibiy birliklar uchun belgi qo‘shgan holda, moddalarning (bandlarning), boshqa tarkibiy birliklarning avvalgi raqamlanishini saqlab qolish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“... quyidagi mazmundagi 10.1-modda bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“...”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“...1-band quyidagi mazmundagi 1.2.1 kichik band bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“...”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Xalqaro shartnoma matnidan raqamli belgiga ega tarkibiy birliklar chiqarib tashlanganda xalqaro shartnoma matnida qolgan raqamli belgiga ega tarkibiy birliklarning avvalgi raqamlanishi o‘z holida saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Xalqaro shartnoma moddasi (bandi) xatboshilar bilan to‘ldirilsa yoki xalqaro shartnomadan xatboshilar chiqarib tashlansa, tarkibiy birliklar yangi tahrirda, qoida tariqasida, qo‘shilgan (chiqarib tashlangan) birliklarni hisobga olgan holda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6-moddada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi yangi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“...”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi ― beshinchi xatboshilar tegishincha to‘rtinchi ― oltinchi xatboshilar deb hisoblansin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5-bandda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi ― beshinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi ― to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qo‘shilgan yoki chiqarib tashlangan xatboshilar modda (band) matnida oxirgi tarkibiy birliklar bo‘lsa, ulardan avvalgi xatboshilar sanalishini o‘zgartirish to‘g‘risida ko‘rsatib o‘tilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “...”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7-moddaning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning, yangi tahrirdagi moddalarning (bandlar, kichik bandlar, xatboshilarning) matni qo‘shtirnoq ichida va qoida tariqasida kursiv bilan ajratib ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Xalqaro shartnoma loyihasini yoki O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani kelishish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Davlat organi o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro shartnoma loyihasini yoki O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqishni boshlash haqida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan materiallar bilan birga tashabbus taklifi kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xalqaro shartnoma tuzish to‘g‘risidagi taklif diplomatik kanallar orqali chet el tomonidan tashabbus qilingan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi uni davlat organiga yuborish bilan bir vaqtda xalqaro shartnoma loyihasini ekspertlar darajasida ishlab chiqishni boshlash haqida o‘z fikrini taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holda davlat organi Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan materiallarni tayyorlaydi va xalqaro shartnoma loyihasini yoki O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqishga kirishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Yuqori turuvchi organlarning prinsipial roziligini talab qiladigan ayrim hollarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi davlat organiga ekspertlar darajasida ishlab chiqishni boshlash haqida qaror qabul qilish uchun tashabbus taklifini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritishni taklif qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori turuvchi organlarning prinsipial roziligini talab qiladigan ayrim hollar mavjud shartnomaviy-huquqiy amaliyotdan, shuningdek tartibga solish predmetidan va xalqaro shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalar xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi (masalan, mudofaa qobiliyati masalalariga daxl qiladigan, strategik obyektlar qurilishini nazarda tutuvchi yoki amalga oshirish katta moliyaviy xarajatlar talab qiladigan xalqaro shartnomalar va hokazolar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Qonunga muvofiq xalqaro shartnomalar loyihalarini yoki O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishish ikki bosqichli tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Birinchi bosqichda davlat organi tomonidan Qonunning 10-moddasiga muvofiq manfaatdor davlat organlari bilan birga xalqaro shartnoma loyihasini yoki O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Qonunning 8-moddasiga muvofiq ekspertlar darajasida ishlab chiqishni boshlash haqida tashabbus taklifini kelishishda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xalqaro shartnoma loyihasi bo‘yicha yoki O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha o‘z takliflari va fikr-mulohazalarini bir vaqtda taqdim etgan bo‘lsa, ekspertlar darajasida ishlab chiqish bosqichida xalqaro shartnoma loyihasini yoki O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga takroran kiritish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organi manfaatdor davlat organlariga xalqaro shartnoma loyihasini yoki O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo‘lishni maqsad qilgan ko‘p tomonlama xalqaro shartnomaning matnini kiritayotganda Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan barcha zarur materiallarni ham ilova qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnoma loyihasiga yoki O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalaga tushuntirish xati davlat organi tomonidan tayyorlanadi va ushbu organ rahbari (uning yo‘qligida ― birinchi o‘rinbosari tomonidan) tomonidan imzolanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda shunga e’tibor qaratish lozimki, xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash yoki ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etish masalasini ekspertlar darajasida ishlab chiqishning butun jarayoni uchun, shu jumladan tayyorlanadigan ilova materiallarning hamda davlat tilidagi va boshqa tildagi xalqaro shartnoma loyihasi autentik tarjimalarining sifati uchun javobgarlik vakolatiga xalqaro shartnomada tartibga solinadigan masalalar kiradigan davlat organi rahbariga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Xalqaro shartnoma loyihasini yoki O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqish chog‘ida manfaatdor davlat organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjat matni bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘z takliflari va fikr-mulohazalarini taqdim etgan holda xalqaro shartnoma loyihasini ishlab chiqishni davom ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yohud ko‘p tomonlama xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish, tasdiqlash, qabul qilish yoki unga qo‘shilish maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida fikrlar taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Xalqaro shartnoma loyihasini yoki O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo‘lishni maqsad qilgan ko‘p tomonlama xalqaro shartnomaning matnini ekspertlar darajasida ishlab chiqish ularni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o‘tkazgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Ikkinchi bosqichda (ekspertlar darajasida qayta ishlash yakunlanganidan keyin) hujjat Qonunning 11-moddasiga muvofiq quyidagilar ilova qilingan holda huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tilidagi yoki zarur hollarda, boshqa tildagi xalqaro shartnoma loyihasi yoki O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo‘lishni maqsad qilgan ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma matni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning 9-moddasi talablariga mos bo‘lgan tushuntirish xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor davlat organlari bilan ekspertlar darajasida ishlab chiqish natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy ekspertizasi natijalari qiyosiy jadval tarzida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ko‘rib chiqilayotgan masala predmetiga oid quyidagi zaruriy materiallarni ham talab qilib olishga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, yuqori turuvchi organ topshirig‘ining yoki xalqaro shartnoma loyihasini yoxud ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ishlab chiqish nazarda tutilgan boshqa hujjatlarning ko‘chirma nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning ekspertlar darajasida qayta ishlash chog‘ida taqdim etilgan xatlaridan ko‘chirma nusxalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy hamkorning salohiyati, hamkorlikning joriy holati, o‘zaro hamkorlikdagi istiqbolli rejalar va loyihalar haqida axborot, xalqaro shartnoma tuzishning amaliy ahamiyatini puxta o‘rganish uchun zarur bo‘lgan statistik va boshqa ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar xalqaro shartnoma loyihasida yoki ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma matnida boshqa xalqaro shartnomalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilsa, qiyosiy jadval;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Uslubiy ko‘rsatmalarning 4-ilovasiga muvofiq shaklda ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma qoidalarining milliy qonunchilik normalariga va O‘zbekiston Respublikasidagi mavjud amaliyotga mos kelishini moddama-modda tahlil qilish bo‘yicha qiyosiy jadval.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Xalqaro shartnomani tartibga solish predmetining o‘ziga xosligidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bosqichida davlat organidan xalqaro shartnoma tuzishning yoki ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada O‘zbekiston Respublikasi ishtirok etishining maqsadga muvofiqligi bo‘yicha batafsil taqdimot tayyorlagan holda ekspert uchrashuvi o‘tkazishni so‘rashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining huquqiy ekspertiza yakunlari bo‘yicha bergan ijobiy xulosasi davlat organi tomonidan xalqaro shartnoma tuzish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taklif kiritish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining tegishli xulosasi olinganidan so‘ng davlat organi Qonunning 13-moddasida ko‘rsatilgan barcha hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xalqaro shartnoma tuzish to‘g‘risidagi taklifni mustaqil ravishda kiritish haqida qaror qabul qilinganda, davlat organi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi so‘rovnomasi bo‘yicha huquqiy ekspertiza yakunlari yuzasidan takliflarni hisobga olgan holda tayyorlangan zarur materiallarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Vazirlar Mahkamasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada O‘zbekiston Respublikasining ishtiroki maqsadga muvofiqligi haqida ma’qullashi olingandan keyin davlat organi xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish, qabul qilish, tasdiqlash yoki O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishini nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda uning kelishilishini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Xalqaro shartnoma loyihasini yoki O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo‘lishni maqsad qilgan ko‘p tomonlama xalqaro shartnomaning matnini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Xalqaro shartnoma loyihasini yoki O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo‘lishni maqsad qilgan ko‘p tomonlama xalqaro shartnomaning matnini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish – bu O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tegishli xulosa tayyorlangan holda xalqaro shartnoma loyihasining qoidalarini yoki O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo‘lishni maqsad qilgan ko‘p tomonlama xalqaro shartnomaning matnini o‘rganish va baholash bo‘yicha faoliyat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Huquqiy ekspertiza natijalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining va Tashqi ishlar vazirligining maxsus blankalarida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan xalqaro shartnoma loyihasi yoki O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo‘lishni maqsad qilgan ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma matni O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi borasida huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi hamda ishlab chiquvchiga tegishli xulosa taqdim etiladi.
(77-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnoma loyihasi yoki ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma matni quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmasdan ishlab chiquvchiga qaytariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun Qonunning 8-moddasi uchinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnoma loyihasining yoki O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo‘lishni maqsad qilgan ko‘p tomonlama xalqaro shartnomaning davlat tilidagi matni bilan uning boshqa tillardagi matnlari o‘rtasida nomuvofiqliklar bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy ekspertizadan o‘tkazish rad etilganligi haqida ishlab chiquvchiga yozma ravishda ma’lum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro shartnoma loyihasi yoki O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo‘lishni maqsad qilgan ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma matni Qonunning 11-moddasida nazarda tutilgan tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnoma loyihasi yoki ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma matni quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmasdan ishlab chiquvchiga qaytariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilova qilingan materiallar asosida tegishli xalqaro shartnomani imzolash, ratifikatsiya qilish, qabul qilish, tasdiqlash yoki unga qo‘shilishning maqsadga muvofiqligini va amaliy ahamiyatini aniqlash imkoni bo‘lmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnoma loyihasini yoki O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqish yakunlanmagan bo‘lsa yoxud ular bo‘yicha barcha manfaatdor organlarning fikri olinmagan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaga Qonunning 9 va 11-moddalari, shuningdek mazkur Uslubiy ko‘rsatmalar talablariga mos keladigan zarur materiallar ilova qilinmagan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnoma loyihasini jiddiy qayta ishlash talab etilsa va bu uning matni tubdan o‘zgarishiga olib kelsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tilidagi va chet tilidagi xalqaro shartnoma matnlari o‘rtasida muvofiqlikni ta’minlash uchun lingvistik ekspertiza, shuningdek boshqa turdagi ekspertizalar o‘tkazish zarurati aniqlangan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy ekspertizadan o‘tkazish rad etilganligi haqida ishlab chiquvchiga yozma ravishda ma’lum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Huquqiy ekspertizadan o‘tkazishda tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish ustuvorligidan va ularning amaliy ahamiyatidan, xalqaro shartnoma turini tanlash asosliligidan, shartnomani imzolash tomonlarning vakolatiga daxldorligi va ular bunday huquqqa egaligidan kelib chiqish tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Agar huquqiy ekspertizadan o‘tkazishda xalqaro shartnoma loyihasining yoki ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma matnining va ilova qilingan materiallarning bildirilgan talablarga mos kelmasligi aniqlansa, ushbu nomuvofiqlik tegishli asoslar bilan birga xulosada aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday nomuvofiqliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi takliflar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnoma loyihasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi xalqaro shartnomasiga yoki normativ-huquqiy hujjatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnoma loyihasiga yoki ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma matniga ilova qilingan materiallarni maromiga yetkazish yuzasidan rasmiylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma bo‘lmagan xalqaro hujjatlari loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Muzokaralar olib borish va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash vakolatlari to‘g‘risidagi guvohnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Muzokaralar olib borish va xalqaro shartnomalar imzolash vakolatlari to‘g‘risidagi guvohnoma O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Qonunning 15 va 16-moddalari talablarini hisobga olgan holda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Vakolatlar to‘g‘risidagi guvohnomani olish uchun davlat organlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan xalqaro shartnomani imzolash to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin eng qisqa muddatda, biroq O‘zbekiston Respublikasida muzokaralar boshlanadigan, xalqaro shartnoma imzolanadigan sanadan yoxud delegatsiya shu maqsadda xorijga chiqib ketishidan kamida 10 kun avval ularni rasmiylashtirish iltimosi bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga so‘rovnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. So‘rovnoma O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi nomiga so‘rayotgan davlat organining blankasidagi rasmiy xatni o‘zida ifodalaydi. So‘rovnomada vakolatlar to‘g‘risidagi guvohnoma kimning nomiga so‘ralayotgan bo‘lsa, bu shaxsning yoki shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi, egallab turgan lavozimlari va ular rasmiy delegatsiya tarkibiga kim sifatida kiritilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar to‘liq ko‘rsatiladi. Shuningdek, bo‘lajak tadbirning to‘liq nomi, u o‘tkaziladigan joy va muddatlar, imzolash uchun tayyorlanayotgan xalqaro shartnomaning to‘liq rasmiy nomi ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro tashkilotlar va boshqa tuzilmalarning xalqaro konferensiyalari, kengashlari, sessiyalariga delegatsiyalarni yuborayotganda, delegatsiyaning vakolatlari haqidagi guvohnomaga taalluqli tartib-taomil qoidalaridan ko‘chirma so‘rovnomaga ilova qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Vakolatlar to‘g‘risidagi guvohnoma, qoida tariqasida, muzokaralar yoki tadbirlar boshlanguniga qadar, xalqaro shartnoma imzolanishidan oldin yoki imzolanayotgan vaqtda beriladi. Ikki tomonlama xalqaro shartnomalar imzolanayotganda, muzokaralarda ishtirok etayotgan tomon bilan vakolatlar to‘g‘risida guvohnomalar almashiladi. Ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalar imzolanayotganda vakolatlar to‘g‘risidagi guvohnoma depozitariyga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Mazkur Uslubiy ko‘rsatmalarni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ishlab chiqish haqida uslubiy ko‘rsatmalarga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnomalarda va xalqaro shartnoma bo‘lmagan xalqaro hujjatlarda eng ko‘p ishlatiladigan so‘zlar va atamalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ishlab chiqish haqida uslubiy ko‘rsatmalarga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki tomonlama xalqaro shartnomaning yakuniy qismi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaviy qoidalari

Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ishlab chiqish haqida uslubiy ko‘rsatmalarga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Memorandumning yakuniy qismi

Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ishlab chiqish haqida uslubiy ko‘rsatmalarga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma nomi)qoidalarining milliy qonunchilik normalariga va O‘zbekiston Respublikasidagi mavjud amaliyotga mos kelishini moddama-modda tahlil qilish bo‘yicha QIYOSIY JADVAL
T/r
Xalqaro shartnoma qoidalari (moddama-modda bayon etiladi)
Milliy qonunchilikda mazkur munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatning yoki huquqni qo‘llashda amaliyotning mavjudligi (tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qoidalari yoki amaliyot batafsil yoritiladi)
Milliy qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yohud yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilishning zarurligi (tegishli o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatning nomi aniq ko‘rsatiladi)
1.
2.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3273/1152-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 13.02.2024-y., 10/24/3496/0121-son)