06.08.2020 yildagi 465-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi budjetini qoʻllab-quvvatlash uchun Fransiya taraqqiyot agentligining 150 million yevro miqdoridagi kreditini jalb qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, budjet, bazaviy infratuzilma va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash uchun tashqi yordam mablagʻlarini jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 22-apreldagi PQ-4691-son qaroriga muvofiq hamda elektr energetika sohasida islohotlarni amalga oshirish, jumladan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-apreldagi 260-son qaroriga muvofiq elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi budjetini qoʻllab-quvvatlash uchun Fransiya taraqqiyot agentligining (keyingi oʻrinlarda ― FTA) 150 million yevro miqdorida (Policy Based Loan) kreditini jalb etish belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Energetika vazirligi va Fransiya taraqqiyot agentligi oʻrtasida 2020-yil 6-iyunda Oʻzbekiston Respublikasiga 150 million yevro miqdorida “Energiya iqlimi” davlat maqsadli kreditini jalb qilish boʻyicha anglashuv memorandumi imzolanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FTA Direktorlar kengashi tomonidan 2020-yil 9-iyulda elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi budjetini qoʻllab-quvvatlash uchun 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda 20 yil muddatda qaytarish sharti bilan 150 million yevro miqdorida kredit (Policy Based Loan) ajratilishi maʼqullanganligi, shuningdek, 2020-yil 15-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi va FTA oʻrtasida muzokaralari oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fransiya taraqqiyot agentligining qarzini soʻndirish hamda ushbu qarz boʻyicha foizlar, vositachilik haqi va boshqa toʻlovlarni toʻlashning prognoz jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FTA krediti Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasining (keyingi oʻrinlarda ― loyiha) amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish, FTA tomonidan ajratilgan kreditdan maqsadli hamda samarali foydalanilishi yuzasidan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FTA asosiy kreditini soʻndirish, shuningdek ular boʻyicha foizlar, majburiyat uchun toʻlovlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi elektr energetikasi sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda budjetni qoʻllab-quvvatlash (Policy Based Loan) uchun FTA tomonidan ajratilgan kredit hisobidan “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatiga loyihani moliyalashtirishga 150 million yevro ekvivalenti miqdoridagi mablagʻlarni AQSH dollarida, oʻn besh yil muddatga uch yillik imtiyozli davri bilan olti oylik LIBOR+1,25 foiz (bunda 0,75 foiz Oʻzbekiston Respublikasi ustamasi) toʻlash sharti asosida kredit ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish, Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan kreditdan maqsadli hamda samarali foydalanilishi yuzasidan masʼul organ etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi budjetini qoʻllab-quvvatlash uchun FTAning 150 million yevro miqdoridagi (Policy Based Loan) kreditini jalb etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi va FTA oʻrtasida qarz bitimini Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolash vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan FTA oʻrtasida imzolangan qarz bitimi boʻyicha oʻrnatilgan tartibda yuridik xulosa berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari ― iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 6-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
465-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-avgustdagi 465-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fransiya taraqqiyot agentligining qarzini soʻndirish hamda ushbu qarz boʻyicha foizlar, vositachilik haqi va boshqa toʻlovlarni toʻlashning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ JADVALI*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qarz summasi

―

150,0 million yevro

Qarz muddati

―

20 yil

Imtiyozli muddat

―

5 yil

Foiz stavkasi**

―

6 oylik Euribor+90 bazis punktlari+TEC 10 har kunlik indeksi

Majburiyat boʻyicha vositachilik haqi

―

0,5% oʻzlashtirilmagan qarz qismi boʻyicha

Boshlangʻich bir martalik toʻlov

―

0,5%

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Yevro

Toʻlov muddatlari

Asosiy qarz boʻyicha toʻlovlar summasi

Foiz summasi

Majburiyat boʻyicha vositachilik haqi toʻlovlari

Boshlangʻich bir martalik toʻlov

Jami toʻlanadigan summa***

2020yil avgust

-

-

-

750 000

750 000

2021-yil fevral

-

391 500

-

-

391 500

2021-yil avgust

-

391 500

-

-

391 500

2022-yil fevral

-

391 500

-

-

391 500

2022-yil avgust

-

391 500

-

-

391 500

2023-yil fevral

-

391 500

-

-

391 500

2023-yil avgust

-

391 500

-

-

391 500

2024-yil fevral

-

391 500

-

-

391 500

2024-yil avgust

-

391 500

-

-

391 500

2025-yil fevral

-

391 500

-

-

391 500

2025-yil avgust

5 000 000

391 500

-

-

5 391 500

2026-yil fevral

5 000 000

378 450

-

-

5 378 450

2026-yil avgust

5 000 000

365 400

-

-

5 365 400

2027-yil fevral

5 000 000

352 350

-

-

5 352 350

2027-yil avgust

5 000 000

339 300

-

-

5 339 300

2028-yil fevral

5 000 000

326 250

-

-

5 326 250

2028-yil avgust

5 000 000

313 200

-

-

5 313 200

2029-yil fevral

5 000 000

300 150

-

-

5 300 150

2029-yil avgust

5 000 000

287 100

-

-

5 287 100

2030-yil fevral

5 000 000

274 050

-

-

5 274 050

2030-yil avgust

5 000 000

261 000

-

-

5 261 000

2031-yil fevral

5 000 000

247 950

-

-

5 247 950

2031-yil avgust

5 000 000

234 900

-

-

5 234 900

2032-yil fevral

5 000 000

221 850

-

-

5 221 850

2032-yil avgust

5 000 000

208 800

-

-

5 208 800

2033-yil fevral

5 000 000

195 750

-

-

5 195 750

2033-yil avgust

5 000 000

182 700

-

-

5 182 700

2034-yil fevral

5 000 000

169 650

-

-

5 169 650

2034-yil avgust

5 000 000

156 600

-

-

5 156 600

2035-yil fevral

5 000 000

143 550

-

-

5 143 550

2035-yil avgust

5 000 000

130 500

-

-

5 130 500

2036-yil fevral

5 000 000

117 450

-

-

5 117 450

2036-yil avgust

5 000 000

104 400

-

-

5 104 400

2037-yil fevral

5 000 000

91 350

-

-

5 091 350

2037-yil avgust

5 000 000

78 300

-

-

5 078 300

2038-yil fevral

5 000 000

65 250

-

-

5 065 250

2038-yil avgust

5 000 000

52 200

-

-

5 052 200

2039-yil fevral

5 000 000

39 150

-

-

5 039 150

2039-yil avgust

5 000 000

26 100

-

-

5 026 100

2040-yil fevral

5 000 000

13 050

-

-

5 013 050

Jami

150 000 000

9 591 750

-

750 000

160 341 750

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Prognoz jadvaliga Fransiya taraqqiyot agentligi taklifiga asosan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** 6 oylik Euribor+90 bazis punktlari+TEC 10 har kunlik indeksi jami foiz stavkasi 0,52 foizga teng deb qabul qilingan. Ushbu foiz stavkalarida kredit Moliya vazirligiga beriladi. Moliya vazirligi tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga kredit qaror matnidagi foiz asosida ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Jami toʻlovlar summasiga kredit mablagʻlarining amalda oʻzlashtirilishi, shuningdek 6 oylik EURIBOR va TEC 10 kunlik indeksi oʻzgarishidan kelib chiqib aniqlik kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2020-y., 09/20/465/1146-son)