27.04.2020 yildagi 260-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilgʻi-energetika sohasida oʻzaro hisob-kitoblarni yanada takomillashtirish va moliyaviy barqarorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-iyuldagi PF-5761-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini idoralararo elektron oʻzaro hamkorlikni qoʻllagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 13-apreldagi 308-son qaroriga muvofiq, respublikada “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini joriy etish boshlangan boʻlib, ushbu tizimning asosiy maqsadi aholiga davlat tomonidan ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va yordam berish bilan bogʻliq tartib-taomillarni avtomatlashtirish hamda ushbu sohada aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishni yanada soddalashtirish belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Vazirlar Mahkamasining “Elektr energetika tarmogʻida tarif siyosatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 13-apreldagi 310-son qarori bilan tasdiqlangan 2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi elektr energetika tarmogʻidagi tarif siyosatining asosiy yoʻnalishlariga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tariflarni belgilashda takroriy subsidiyalash amaliyotini bosqichma-bosqich bekor qilish va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq manzilli subsidiyalar berish orqali aholining kam taʼminlangan va himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha guruhlardagi isteʼmolchilarda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini toʻliq joriy etgandan keyin tabaqalashtirilgan tarifni joriy etish hamda ushbu yoʻnalishlarni amalga oshirishning asosiy prinsiplaridan biri sifatida aholining kam taʼminlangan va himoyaga muhtoj qatlamlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashda elektr energiyasining bazaviy normasini qoʻllash hamda elektr energiyasi uchun tariflar oshganda kompensatsiyalar berish yoʻli bilan taʼminlanishi belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasi (keyingi oʻrinlarda — EHNATni joriy etish loyihasi) doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrnatiladigan barcha elektr hisoblagich va qoʻshimcha asbob-uskunalarga xorijiy va mahalliy ekspertlar ishtirokida yagona texnik talablar ishlab chiqilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EHNATning dasturiy taʼminoti va Respublika maʼlumotlarni qayta ishlash markazi Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan “KT Corporation” (Janubiy Koreya) kompaniyasi tomonidan yaratilganligi va mavjud billing dasturi bilan bogʻlanganligi, respublikada oʻrnatilayotgan barcha elektr hisoblagichlar ushbu dasturlar tomonidan boshqarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energetikasi tarmogʻini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 23-oktabrdagi PQ-3981-son qaroriga muvofiq eng maqbul takliflar asosida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilar — “Toshelectroapparat” MChJ va “Elektron Xisoblagich” MChJdan 2,1 mln dona elektr hisoblagichlar va qoʻshimcha asbob-uskunalar xarid qilinib, mamlakatimizning barcha hududlarida EHNATni joriy etish loyihasiga muvofiq bosqichma-bosqich oʻrnatilayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida EHNATni joriy etish loyihasi doirasida 1,3 mln dona elektron hisoblagichlar oʻrnatilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari “Oʻzinjiniring” RLI tomonidan ishlab chiqilganligi, shu bilan birga bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda qayta koʻrib chiqilishi lozimligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yetkazib berilayotgan elektr hisoblagich va qoʻshimcha asbob-uskunalar uchun toʻlovlar oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilmay qolganligi natijasida “Toshelectroapparat” MChJ oldida 323,3 mlrd.soʻm va “Elektron Xisoblagich” MChJ oldida 313,6 mlrd.soʻm miqdorida kreditor qarzdorlik yuzaga kelganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) Osiyo taraqqiyot banki va Fransiya taraqqiyot agentligi tomonidan elektr energetika sohasidagi islohotlar asosida Oʻzbekiston Respublikasiga budjetni qoʻllab-quvvatlash uchun, mos ravishda 200 mln AQSh dollari hamda 150 mln Yevro miqdorida kredit (Policy Based Loan) ajratilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. EHNATni joriy etish loyihasining asosiy maqsad va vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika boʻyicha barcha elektr energiyasi isteʼmolchilari tomonidan isteʼmol qilinadigan elektr energiyasini toʻliq hisobga olishning hamda elektr energiyasining texnologik sarf meʼyorlarini belgilashning shaffof tizimini oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovni belgilangan muddatlarda toʻliq amalga oshirmagan isteʼmolchilarga elektr energiyasini yetkazib berishni toʻxtatish hamda elektr tarmoqlariga noqonuniy ulangan isteʼmolchilarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar guruhlari kesimida yillik, oylik va kunlik isteʼmol qilish “xulq-atvori”ni (consumer behaviour) tahlil qilib borish va ushbu tahlillar natijasida respublika energiya tizimining ishlash rejimini eng samarador tarzda shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasining tabaqalashtirilgan tariflarini qoʻllash uchun zarur boʻlgan aniq maʼlumotlar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr tarmoqlarining ishlash rejimlaridagi nuqsonlarni, shu jumladan elektr energiyasining texnologik sarfining meʼyordan ortib ketish holatlarini aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. EHNATni joriy etish loyihasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki moliyaviy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirilishi uchun ajratiladigan mablagʻlar miqdori 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejalashtirilgan chora-tadbirlarini amalga oshirish grafigi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning mavjud billing tizimi oʻrniga EHNATni joriy etish loyihasi doirasida eng zamonaviy tamoyillar asosida elektr energiyasi hisobini yuritish, tahlil va prognoz qilishning kompleks dasturiy taʼminotini yaratish haqidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu kompleks dasturiy taʼminotini yaratish uchun yetakchi xorijiy va mahalliy dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchi kompaniyalar oʻrtasida tanlov savdolari asosida shartnoma tuzilishiga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga EHNATni joriy etish loyihasi muvoffaqiyatli yakunlanishi uchun Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida EHNATni joriy etish loyihasini birinchi bosqichi doirasida jalb etilgan “CESI S.P.A / AF Mercados Energy Markets International S.A / Sharifa.com” (Italiya / Ispaniya / Oʻzbekiston) konsalting kompaniyalarining konsorsiumi bilan oʻrnatilgan tartibda qoʻshimcha bitim tuzish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. EHNATni joriy etish loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida Osiyo taraqqiyot banki va Fransiya taraqqiyot agentligi tomonidan ajratilayotgan kreditlar kelib tushishini inobatga olib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi oʻn kun muddatda Osiyo taraqqiyot banki va Fransiya taraqqiyot agentligi bilan elektr energetika sohasidagi “islohotlar matritsasi”ni kelishib, ijrosi boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorning 6-bandi “a” kichik bandi boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlangach, uch kun muddatda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBga EHNATni joriy etish loyihasini moliyalashtirish harajatlari Osiyo taraqqiyot banki va Fransiya taraqqiyot agentligi tomonidan elektr energetika sohasidagi islohotlar asosida budjetni qoʻllab-quvvatlash (Policy Based Loan) uchun ajratilishi rejalashtirilgan kreditlar hisobidan qoplanishini tasdiqlovchi xatni taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBga oʻn kun muddatda xorijiy kredit liniyalari hisobidan bir yil muddatga olti oylik imtiyozli toʻlov (foiz toʻlovlari bilan) davri bilan yillik yetti foiz ustama toʻlash sharti asosida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga EHNATni joriy etish loyihasini moliyalashtirishga 30 mln Yevro miqdorida kredit ajratish tavsiya etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, kredit taʼminoti sifatida Osiyo taraqqiyot banki va Fransiya taraqqiyot agentligi tomonidan elektr energetika sohasidagi islohotlar asosida budjetni qoʻllab-quvvatlash uchun ajratilayotgan kreditlarning EHNATni joriy etish loyihasiga yoʻnaltiriladigan miqdori belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Osiyo taraqqiyot banki va Fransiya taraqqiyot agentligining krediti ajratilguniga qadar “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning krediti boʻyicha barcha toʻlovlar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2020-yilga moʻljallangan investitsiya dasturi doirasida moliyalashtiriladigan loyihalarga yoʻnaltiriladigan oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishiga ruxsat berilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan ajratiladigan kredit teng miqdorlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilar — “Toshelectroapparat” MChJ va “Elektron Xisoblagich” MChJdan yangi xarid qilinadigan elektron hisoblagichlar va ularga zarur boʻlgan qoʻshimcha asbob-uskunalarni moliyalashtirishga oʻrnatilgan tartibda yoʻnaltirilishi belgilab qoʻyilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Osiyo taraqqiyot banki va Fransiya taraqqiyot agentligi tomonidan elektr energetika sohasidagi islohotlar asosida budjetni qoʻllab-quvvatlash (Policy Based Loan) uchun ajratiladigan kreditlar hisobidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga EHNATni joriy etish loyihasini moliyalashtirishdagi haqiqiy harajatlarni qoplash uchun yetarli, lekin 250 mln AQSh dollaridan oshmagan miqdorda, oʻn besh yil muddatga uch yillik imtiyozli davri bilan olti oylik SOFR + 1,25 foiz (bunda 0,75 foiz Moliya vazirligi ustamasi) toʻlash sharti bilan kredit ajratsin.
(6-band “e” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, 0,5 foiz miqdoridagi majburiyat uchun vositachilik haqi va kreditning jami miqdoridan 0,5 foizlik bir martalik toʻlovlar nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Osiyo taraqqiyot banki va Fransiya taraqqiyot agentligi tomonidan elektr energetika sohasidagi islohotlar asosida budjetni qoʻllab-quvvatlash uchun ajratilayotgan mos ravishda, 200 mln AQSh dollari hamda 150 mln Yevro miqdorida kreditlarni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan yoki kafolati ostida tashqi qarzni jalb etish boʻyicha 2020-yilda yangi imzolanadigan dastur va loyihalar roʻyhatiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi oʻn besh kun muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Toshelectroapparat” MChJ va “Elektron Xisoblagich” MChJ oldidagi kreditor qarzdorliklarini toʻlab berishning moliyaviy manbalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2020-yil uchun tasdiqlangan investitsion dasturini maqbullashtirish va moliyalashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzinjiniring” RLI ikki oy muddatda ushbu qarorda keltirilgan moliyalashtirish shartlari asosida EHNATning texnik-iqtisodiy asoslarini qayta ishlab chiqib, tasdiqlash uchun oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik-iqtisodiy asoslarni qayta ishlab chiqish uchun texnik topshiriq Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirliklari bilan kelishilgan holda tasdiqlanishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. EHNATni joriy etish loyihasining muvoffaqiyatli yakunlanishi, kelgusida tizimning barqaror ishlashi va jalb etilgan kreditlarning vaqtida va toʻliq qaytarilishi boʻyicha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbarlarining masʼuliyati belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida EHNATni joriy etish loyihasini birinchi bosqichi doirasida “KT Corporation” (Janubiy Koreya) kompaniyasi bilan tuzilgan qarz shartnoma shartlariga koʻra, loyihani toʻliq amalga oshirgandan soʻng, uning kafolat sinovi va muddatlaridan keyin qolgan qismi uchun toʻlovlar amalga oshirilishini inobatga olgan holda 2012-yil 8-noyabrdagi 2779-UZB-son qarz bitimi muddatini uzaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 27-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
260-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-apreldagi 260-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasining dastlabki moliyaviy parametrlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

ming AQSh doll.

T/r

Xarajatlar turi

Xarajatlar miqdori

Jami

552 000

1.

Hisoblagichlar va boshqa asbob-uskunalar

465 000

2.

Maʼlumotlarni qayta ishlash markazi (bino, asbob-uskunalar, dasturiy taʼminot va boshqalar)

34 000

3.

Elektr energiyasi hisobini yuritish, tahlil va prognoz qilishning kompleks dasturiy taʼminoti (yagona billing tizimi)

15 000

4.

Xorijiy konsultantlar va yagona integratorning xizmat haqi

13 000

5.

Qolgan xarajatlar (ish haqi, materiallar, transport xarajatlari va boshqalar)

15 000

6.

Koʻzda tutilmagan xarajatlar

10 000

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-apreldagi 260-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasining moliyalashtirilishi uchun ajratiladigan mablagʻlar miqdori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

ming AQSh doll.

T/r

Moliyalashtirish manbasi

Umumiy miqdori

Sarflangan miqdori

Ajratiladigan miqdori

Jami

552 000

136 377

415 623

1.

Osiyo taraqqiyot bankining kredit mablagʻlari (2779-UZB)

150 000

96 846

53 154

2.

Osiyo taraqqiyot banki va Fransiya taraqqiyot agentligi mablagʻlari (elektr energetika sohasidagi islohotlar asosida budjetni qoʻllab-quvvatlash uchun ajratilayotgan kredit mablagʻlarining elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasiga yoʻnaltiriladigan miqdori)

250 000

250 000

3.

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

52 800

35 300

17 500

4.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning oʻz mablagʻlari

99 200

4 231

94 969

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-apreldagi 260-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasining rejalashtirilgan chora-tadbirlarini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GRAFIGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish muddati

1.

Maʼlumotlarni qayta ishlash markazini ishga tushirish

2020-yil 30may

2.

Elektr hisoblagichlar va qoʻshimcha asbob-uskunalarni xarid qilish uchun moliyalashtirishni ochish

2020-yil 30-may

3.

Yangi billing tizimini ishlab chiqaruvchisini aniqlash (tanlovni yakunlash)

2020-yil 25-noyabr

4.

Elektr hisoblagichlar va qoʻshimcha asbob-uskunalarni oʻrnatish ishlarini yakunlash

2021-yil 1 iyul

5.

Oʻrnatilgan elektr hisoblagichlarni elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulash ishlarini yakunlash

2021-yil 20 sentyabr

6.

Yangi billing tizimini ishga tushirish

2022-yil 30-may

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2020-y., 09/20/260/0511-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son)