Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 11-fevral,
59-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlari tartibini va Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik pasporti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1995-yil 6-yanvardagi 8-son qaroriga 3-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 1-son, 1-modda):
a) 3-roʻyxat quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi”;
b) 6-roʻyxat quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining oʻrinbosarlari”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy sanoatni boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 18-avgustdagi 405-son qarori 3-bandining uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish tizimi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 19-sentabrdagi 446-son qarorining 5-bandidagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 9-son, 32-modda) “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi” soʻzlari “Savdo-sanoat palatasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Kichik tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 27-maydagi 232-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 5-son, 20-modda):
a) 3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 1-ilovaning 4-bandida:
“Kafolatlar va imtiyozlar mazmuni” ustunidagi “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Qonun hujjatlari” ustunidagi matn quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (39-modda)”;
v) 2-ilovaning uchinchi pozitsiyasida:
“Organning nomi” ustunidagi matn quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi”;
“Kichik biznesni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vazifalari” ustunidagi matn quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlikni, eng avvalo kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmak berish.
Xorijiy sheriklar bilan amaliy muzokaralar va aloqalarni kengaytirishda, eksportbop mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqishda, shuningdek raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlaydigan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish hamda faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarishlarni texnik jihatdan qayta jihozlash uchun xorijiy investitsiyalarni toʻgʻridan-toʻgʻri jalb qilishda tadbirkorlarga yordam koʻrsatish.
Boshqa davlatlarning savdo-sanoat palatalari hamda tadbirkorlar jamoat birlashmalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish.
Tadbirkorlarga keng xizmat turlarini koʻrsatish, jumladan axborot taʼminoti va konsultativ yordam berish, Oʻzbekiston Respublikasi ishlab chiqaruvchilari, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hamda investitsiya imkoniyatlari toʻgʻrisida axborotlar, shuningdek salohiyatli sheriklari va zamonaviy texnologiyalarni sotib olish imkoniyatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritilgan biznes-kataloglar nashr etilishini tashkil qilish.
Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay muhitni shakllantirish, biznes yuritishning umum qabul qilingan xalqaro huquq va normalari tajribasini joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni yaxshilashga yoʻnaltirilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash.
Tadbirkorlarni ifodalash va ularning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini, shu jumladan ularning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan munosabatlarida, shuningdek sudda himoya qilish.
Tadbirkorlik faoliyati uchun taʼlim tizimini rivojlantirish va kadrlar tayyorlashda, tadbirkorlar oʻqishini tashkil etish hamda malakasini oshirishda ularni qoʻllab-quvvatlash”.
5. Vazirlar Mahkamasining “Yangi tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan bank va soliq nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 30-martdagi 146-son qarorining 4-bandidagi “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining “Shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻlovchilar tashish avtomobil transportida ochiq tenderlar tashkil etish va oʻtkazish masalalari toʻgʻrisida” 1999-yil 29-iyuldagi 368-son qaroriga 4-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 44-modda) “Pardayev N.X. — Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi raisining birinchi oʻrinbosari” soʻzlari “Otaxonov F.X. — Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining “Fermerlarni, xususiy tadbirkorlarni hamda kichik biznes boshqa subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 4-martdagi 75-son qaroriga ilovaning 2-bandida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 3-son, 11-modda) “Bajarilishi uchun masʼullar” ustunidagi “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi” soʻzlari “Savdo-sanoat palatasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2000-yil 26-iyundagi 243-son qaroriga 4-ilovaning 10-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 32-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Otaxonov F.X. — Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining oʻrinbosari”.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 22-avgustdagi 347-son qarorining 5-bandida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 8-son, 47-modda):
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “xoʻjalik hisobidagi axborot-maslahat markazlari orqali” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining “Kichik korxonalar, dehqon va fermer xoʻjaliklarini mablagʻ bilan taʼminlash, moddiy-texnik taʼminlash, ularga bojxona imtiyozlari berish, bank xizmatlari va boshqa xizmatlar koʻrsatish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 10-sentabrdagi 366-son qarorining 1-bandidagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 9-son, 52-modda) “Oʻzbekiston tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi” soʻzlari “Savdo-sanoat palatasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 28-noyabrdagi 414-son qaroriga 3-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 73-modda) “Sobirov M.A. — Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi raisi” soʻzlari “Shayxov A.E. — Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun roʻyxatdan oʻtkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 4-bandning uchinchi xatboshidagi “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi huzuridagi axborot-maslahat markazlari” soʻzlari “Savdo-sanoat palatasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Tadbirkorlik subyektlarini (yuridik shaxs tashkil etgan holda) davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish sxemasidagi “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi” hamda “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining” soʻzlari tegishli ravishda “Savdo-sanoat palatasi” hamda “Savdo-sanoat palatasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Vazirlar Mahkamasining “Past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini va obyektlarni xususiylashtirishni jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2003-yil 26-avgustdagi 368-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 78-modda) bilan tasdiqlangan Past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini, past likvidli obyektlarni investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan investorlarga tanlov asosida bepul berish toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandidagi “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi” soʻzlari “Savdo-sanoat palatasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Vazirlar Mahkamasining “Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 11-fevraldagi 65-son qaroriga 2-ilovaning 5.1-kichik bandida “Masʼullar” ustunidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti” hamda “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi” soʻzlari tegishli ravishda “Vazirlar Mahkamasining Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti” hamda “Savdo-sanoat palatasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 25-fevraldagi 87-son qaroriga 1-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 15-modda) “Sobirov M.A. — Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi raisi” soʻzlari “Shayxov A.E. — Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Yevropa Ittifoqi va unga aʼzo davlatlar bilan hamkorligini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 22-martdagi 134-son qarorida:
a) 1-ilova 5.18, 5.19 va 5.50-bandlarining “Bajarish uchun masʼullar” ustunidagi “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi” soʻzlari “Savdo-sanoat palatasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada:
Oʻzbekiston — Yevropa Ittifoqi Hamkorlik kengashining Oʻzbekistonga oid qismi tarkibiga Shayxov A.E. — Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi kiritilsin;
Savdo va investitsiyalar boʻyicha kichik qoʻmitaning Oʻzbekistonga oid qismi tarkibiga Qosimov N.S. — Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining oʻrinbosari kiritilsin;
Adliya, xavfsizlik, ichki ishlar, bojxona hamkorligi va boshqa qoʻshimcha masalalar boʻyicha kichik qoʻmitaning Oʻzbekistonga oid qismi tarkibiga Otaxonov F.X. — Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining oʻrinbosari kiritilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 14-apreldagi 181-son qaroriga 1-ilovada “Sobirov M.A. — Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi raisi” soʻzlari “Shayxov A.E. — Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qarorida:
2, 26, 29 va 44-ilovalardagi Kengashlar tarkibiga Shayxov A.E. — Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi kiritilsin;
28-ilovadagi komissiya tarkibiga Qosimov N.S. — Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining oʻrinbosari kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 30-martdagi 125-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 21-apreldagi 166-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2001-yil 27-iyundagi 276-son qaroriga ilovaning 10-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 34-modda).
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 12-martdagi 121-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 28-modda) ilovaning 4-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 5-6-son, 34-modda; 2005-y., 41-42-son, 316-modda; 2010-y., 23-son, 182-modda; 2014-y., 41-son, 506-modda; 2017-y., 7-son, 89-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 09/18/603/1602-son; 13.04.2019-y., 09/19/300/2929-son, 06.12.2019-y., 09/19/970/4113-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son; 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)