Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.02.2005 30.03.1996 yildagi 125-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.02.2005
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON TOVAR IShLAB ChIQARUVChILAR VA TADBIRKORLAR PALATASI FAOLIYATI MASALALARI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 59-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar hududiy palatalari tomonidan tashkil etiladi.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 21-apreldagi 166-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Palata raisi va uning o‘rinbosarlari Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining yuqori organi — syezd tomonidan saylanadilar, Palataning ijro etuvchi apparatini mablag‘ bilan ta’minlash esa Palata qatnashchilari badallari, shuningdek uning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 21-apreldagi 166-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi o‘ziga yuklangan funksiyalar va vazifalarni amalga oshirish doirasida quyidagi huquqlarga egadir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Palata a’zolariga konsalting, auditorlik, yuridik, axborot xizmatlari, shuningdek kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi tashkilotlar (markazlar, xizmatlar, firmalar) tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyinchalik soliq va boshqa organlarga taqdim etish uchun Palata a’zolari topshirig‘iga binoan buxgalteriya va moliya hisobotlari tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy tusdagi bahslar va nizolarni hal etuvchi komissiyalarga ega bo‘lish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qo‘yilsinki, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar hududiy palatalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar tuman (shahar) palatalarini birlashtiradilar, o‘zlariga berilgan funksiyalarning bajarilishi yuzasidan o‘z a’zolari oldida javob beradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi tarkibiga yuridik shaxs huquqi bilan kirgan holda, o‘z faoliyatini viloyat konferensiyasi tomonidan tasdiqlanadigan hududiy palata Ustaviga muvofiq amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy palatalar raislari O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi prezidiumi bilan kelishgan holda konferensiyalarda saylanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 21-apreldagi 166-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kichik o‘rta va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning asosiy bo‘g‘ini sifatida yuridik shaxs huquqlariga ega bo‘lgan Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarning tuman (shahar) palatalari tashkil etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 21-apreldagi 166-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar tuman (shahar) palatalari tarkibiga ishlab chiqarish va boshqa tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi kichik, o‘rta va xususiy tadbirkorlikning xo‘jalik yurituvchi subyektlari kiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro etuvchi apparatni mablag‘ bilan ta’minlash, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar tuman (shahar) palatalari tomonidan boshqaruv funksiyalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni qoplash uning qatnashchilarining a’zolik badallari, shuningdek o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 21-apreldagi 166-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 21-apreldagi 166-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “Biznes-fond” va “Madad” agentligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining ta’sis syezdini o‘tkazsin, unda respublika palatasi kengashi va prezidiumi tarkibini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar hududiy palatalarining namunaviy ustavlarini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi bilan birgalikda kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun soliq solish, hisobga olish va hisobotning soddalashtirilgan tartibini joriy etish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini 15 kun muddatda ishlab chiqsinlar va ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining ijro etuvchi apparatini Toshkent shahar, Furqat ko‘chasidagi 1-uyga joylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasini telefon va teleks aloqasi, shu jumladan hukumat ATSi aloqasi bilan ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yuqorida qayd etilgan Farmonning 4-bandiga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 31-iyuldagi 273-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Davlat mulki davlat tasarrufidan chiqarilganda va xususiylashtirilganda, obyektlar kimoshdi savdolarida, tanlovlar va birja savdolarida sotilganda haq to‘lashning, tushgan mablag‘larni taqsimlash va hisobga olishning, ushbu mablag‘larning tushishi va ulardan foydalanish ustidan nazorat qilishning Yagona tartibi 3-ilovasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 29-yanvardagi 54-f-son farmoyishining 2 va 3-ilovalariga qisman o‘zgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari V.A. Chjen va M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorning qanday bajarilayotganligi 1996-yil iyul oyida va yil yakuni bo‘yicha ko‘rib chiqilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 30-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 21-apreldagi 166-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 21-apreldagi 166-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 21-apreldagi 166-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 21-apreldagi 166-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 21-apreldagi 166-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)