Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKA TOʻQIMAChILIK TARMOGʻIGA INVESTITSIYaLAR JALB ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Toʻqimachilik sanoatiga investitsiyalar jalb etishni yanada ragʻbatlantirish, tarmoq korxonalarini paxta yetishtirish uchun oʻzining ishonchli xomashyosi bazasi mavjud boʻlishi asosida oqilona joylashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2005—2008-yillarda toʻqimachilik sanoatiga investitsiyalar jalb etish dasturi 1-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Quyidagilar Toʻqimachilik sanoatiga investitsiyalar jalb etish dasturini amalga oshirishning asosiy vazifalari hisoblansin:
paxta tolasini qayta ishlashning tugallangan texnologik sikliga ega boʻlgan zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish;
yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan yuqori sifatli, raqobatbardoshli toʻqimachilik tovarlari ishlab chiqarish;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning kamida 80 foizi miqdorida toʻqimachilik buyumlari eksport qilinishini taʼminlash;
toʻqimachilik korxonalarini, birinchi navbatda, ish bilan taʼminlanmagan mehnat resurslari darajasi yuqori boʻlgan tumanlarda joylashtirish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tasdiqlangan Dasturga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish uchun potensial xorijiy investorlarni tanlash va jalb etish ishlarini tashkil etsinlar, bunda toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning eng koʻp jalb qilinishiga alohida eʼtiborni qaratsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
3. 1-ilovaga* muvofiq Dasturda nazarda tutilgan mahsulotlarni eksportga yetkazib berish boʻyicha oʻz zimmasiga olingan majburiyatlar xorijiy sherik tomonidan bajarilmagan taqdirda unga nisbatan mazkur korxonalarga paxta tolasi va yigirilgan ip sotishni toʻxtatib qoʻyishgacha boʻlgan jarima sanksiyalari qoʻllanadigan tartib belgilansin.
4. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining tasdiqlangan Dasturga kirgan va texnika bilan qayta jihozlashni amalga oshirayotgan korxonalari “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi huzuridagi ekspert kengashi xulosalari asosida oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun keltiriladigan texnologik va yordamchi asbob-uskunalar, texnologik jihozlar va ehtiyot qismlar uchun bojxona toʻlovlari (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod qilinsin.
Quyidagilar:
“Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi huzuridagi yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va zamonaviylashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish Ekspert kengashining shaxsiy tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va zamonaviylashtirish boʻyicha takliflarni “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi huzuridagi Ekspert kengashi tomonidan koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 20-iyundagi PF-3267-son Farmonida va Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 141-son qarorida nazarda tutilgan imtiyozlar “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari uchun 2009-yil 1-yanvargacha boʻlgan davrga uzaytirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarining aksiyalari paketini yoki mulk komplekslarini sotish faqat potensial xaridorlarda “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi huzuridagi Ekspert kengashi tomonidan maʼqullangan aniq investitsiya majburiyatlari mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga, zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy investitsiyalar va kreditlar masalalari boʻyicha idoralararo kengash (R.S. Azimov) bilan kelishgan holda, ushbu qaror bilan tasdiqlangan Toʻqimachilik sanoatiga investitsiyalar jalb etish dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalari roʻyxati va parametrlariga tuzatishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 27-yanvar,
38-son
“Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi huzuridagi yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va zamonaviylashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish ekspert kengashi tarkibi
| 1. | Bahromov A.U. | “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi, kengash raisi |
| 2. | Roʻziqulov R.R. | “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari, kengash raisining oʻrinbosari |
| 3. | Gʻafurov Sh.R. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Apparatining bosh konsultanti (kelishuv boʻyicha) |
| 4. | Ismoilov Sh.N. | “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari |
| 5. | Dogonkin A.P. | Investitsiyalarni jalb qilish va qoʻshma korxonalar tashkil etish bosh boshqarmasi boshligʻi |
| 6. | Muhamedova D.M. | Texnika siyosati va prognozlash bosh boshqarmasi boshligʻi |
| 7. | Sultonov Sh.R. | Toʻqimachilik ishlab chiqarishi boshqarmasi boshligʻi |
| 8. | Karimov X.M. | Tikuv-trikotaj ishlab chiqarishi boshqarmasi boshligʻi |
| 9. | Elbekov U.N. | Moliya-iqtisodiy tahlil boshqarmasi boshligʻi |
| 10. | Muhamadiyev Sh.L. | Marketing va reklama boshqarmasi boshligʻi |
| 11. | Sultonov J.N. | Yuridik boʻlim boshligʻi |
| 12. | Usmonov K.M. | “Engmattijmarkaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi |
| 13. | Inogʻomov X.M. | “Oʻzengsanloyiha” loyihalash instituti direktori |
| 14. | Pirmatov A. | Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining kafedra mudiri |
| 15. | Muhamedov T.G. | Investitsiyalarni jalb qilish va qoʻshma korxonalar tashkil etish bosh boshqarmasining bosh mutaxassisi, kengash kotibi |
Izoh. Ekspert kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaxslar kengash tarkibiga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 27-yanvardagi 38-son qaroriga
3-ILOVA
2005-yil 27-yanvardagi 38-son qaroriga
3-ILOVA
Yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va zamonaviylashtirish boʻyicha takliflarni “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi huzuridagi Ekspert kengashi tomonidan koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi va “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining “Paxta tolasini kompleks qayta ishlaydigan korxonalarni qurish, qayta ixtisoslashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 3-sentabrdagi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 8-sentabrda 1403-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan).
2. Mazkur Nizom paxta tolasini kompleks qayta ishlaydigan korxonalarni qurish, qayta ixtisoslashtirish va zamonaviylashtirishga doir takliflarni koʻrib chiqish va ular boʻyicha “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi huzuridagi ekspert kengashi tomonidan xulosa berish tartibini belgilaydi. Shuningdek, mazkur Tartib yengil sanoatning boshqa tarmoqlari (tikuv-trikotaj, chinni va boshqalar) korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va zamonaviylashtirish, ishlab turgan boshqa korxonalarini qayta jihozlash va zamonaviylashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqishda qoʻllaniladi.
3. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha hisoblab chiqilgan qurilish qiymati 25 mln. AQSh dollaridan ortiq miqdorga teng boʻlgan, shuningdek moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va (yoki) kafolati ostida jalb etilgan kreditlar hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalarga tatbiq etilmaydi.
II. Xulosa olish uchun ariza berish tartibi
4. Paxta tolasini kompleks qayta ishlash boʻyicha mulkchilikning har qanday shaklidagi korxonani qurish, qayta ixtisoslashtirish va zamonaviylashtirish boʻyicha loyiha tashabbuskori (keyingi oʻrinlarda Ariza beruvchi deb yuritiladi) potensial investor bilan loyiha shartlarini ishlab chiqadi va loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashlarini mustaqil ishlab chiqadi yoxud konsalting kompaniyasini jalb etadi.
Texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-dekabrdagi 538-son qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Ariza beruvchi tomonidan yoki jalb etilgan kompaniya tomonidan amalga oshiriladi.
5. Texnik-iqtisodiy asoslash tayyorlangandan keyin Ariza beruvchi “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi huzuridagi Ekspert kengashining koʻrib chiqishi uchun yozma ariza taqdim etadi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:
obyektning tanlangan muhandislik taʼminoti, texnologiyalar, moliyalashtirish manbalari, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarishga dastlabki smeta, mahsulotni sotish uchun menejment va marketing xarajatlari koʻrsatilgan holda loyihaning texnik- iqtisodiy asoslanishi;
asbob-uskunalar yetkazib berish shartlari, uning qiymati, asbob-uskunalarning markasi, texnik tavsiflari, ishlab chiqarilgan yili koʻrsatilgan texnologiya asbob-uskunalari yetkazib berish yuzasidan kontraktlar loyihalari;
ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan mahsulotlarni sotish uchun fyuchers kontraktlari loyihalari (moʻljal bayonnomalari).
Xulosa berish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning ishonchliligi uchun Ariza beruvchi javob beradi.
6. Toʻliq hajmda taqdim etilmagan hujjatlar koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
7. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi huzuridagi Ekspert kengashining xulosasida quyidagi parametrlar boʻyicha baholar aks ettirilishi kerak:
tarmoqda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati va ularning turlarini kengaytirish;
taklif etilayotgan texnologiya jarayoni asbob-uskunalari tizimining komplektliligi;
loyihaning mavjud korxonalar bilan tarmoq ichidagi oʻzaro aloqasi;
loyiha qiymat tavsiflarining muvofiqligi;
xomashyo va tayyor mahsulotni sotish bozorlarini oʻrganish.
Ariza beruvchi zarurat boʻlganda obyektni ekspert baholash uchun “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi huzuridagi Ekspert kengashi aʼzolarining obyektga kirishini taʼminlashi zarur.
III. Xulosa olish uchun arizalarni koʻrib chiqish tartibi va muddatlari
8. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi huzuridagi Ekspert kengashi ikki hafta mobaynida arizani ekspert baholaydi. Zarurat boʻlganda “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tegishli xulosa olish uchun vakolatli konsalting kompaniyasini jalb etadi.
9. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining Investitsiyalarni jalb qilish va qoʻshma korxonalar tashkil etish bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda Bosh boshqarma deb yuritiladi) Ekspert kengashning ishchi organi hisoblanadi.
Ekspert kengashning xulosasini olish uchun tushgan arizalar koʻrib chiqish va Ekspert kengashning qarorini tayyorlash uchun Bosh boshqarmaga yuboriladi.
10. Bosh boshqarma bir kun muddatda taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib, taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligini va mazkur Nizomning 5-bandiga muvofiqligini aniqlaydi.
Hujjatlar toʻliq hajmda va mazkur Nizomning 5-bandiga muvofiq taqdim etilgan taqdirda, Kengash raisi bilan kelishgan holda Ekspert kengash majlisini oʻtkazish sanasi belgilanadi (ariza olingandan keyin 9 kun mobaynida). Ekspert kengash aʼzolariga majlis oʻtkazish sanasi toʻgʻrisidagi axborot, ariza va tegishli xulosani tayyorlash uchun unga ilova qilingan hujjatlar yuboriladi.
Vakolatli konsalting kompaniyasining xulosasi zarur boʻlganda Ariza beruvchi ishtirokida ikki kun muddatda majlis oʻtkaziladi va konsalting kompaniyasi belgilanadi. Jalb etilgan konsalting kompaniyasi tomonidan bajarilgan ishga haq toʻlash Ariza beruvchi va konsalting kompaniyasi oʻrtasida tuziladigan alohida shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ariza bilan hujjatlar mazkur Nizomning 5-bandiga muvofiq toʻliq hajmda taqdim etilmagan taqdirda, Bosh boshqarma uch kun muddatda Ariza beruvchiga sabablarini koʻrsatgan holda ariza koʻrib chiqish uchun Ekspert kengash tomonidan qabul qilinmaganligi toʻgʻrisida yozma shaklda maʼlum qiladi.
Ariza beruvchi koʻrsatib oʻtilgan barcha kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin takroran ariza berishga haqlidir. Takroran taqdim etilgan ariza belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
11. Ekspert kengash aʼzolari taqdim etilgan hujjatlar asosida, majlis oʻtkaziladigan kungacha, quyidagi jihatlar boʻyicha ularning faoliyatiga tegishli boʻlgan yozma xulosani tayyorlaydi:
tarmoqda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati va ularning turlarini kengaytirish;
taklif etilayotgan texnologiya jarayoni asbob-uskunalari tizimining komplektliligi;
loyihaning mavjud korxonalar bilan tarmoq ichidagi oʻzaro aloqasi;
loyiha qiymat tavsiflarining muvofiqligi;
xomashyo va tayyor mahsulotni sotish bozorlarini oʻrganish.
12. Ekspert kengash majlisi belgilangan muddatda oʻtkaziladi va majlis bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Majlisda Kengash raisi raislik qiladi, u boʻlmagan taqdirda — Kengash raisining oʻrinbosari, shuningdek uning vazifalarini vaqtincha bajaruvchi shaxs raislik qiladi.
Ekspert kengash majlisi uning aʼzolarining 75 foizi qatnashgan taqdirda huquqiy vakolatli hisoblanadi. Kvorum taʼminlanmagan taqdirda, majlis 1 kunga kechiktiriladi. Majlis davomida kengash aʼzolarining faoliyatiga tegishli jihatlar boʻyicha ularning xulosalari oʻrganiladi va tegishli qaror chiqariladi.
Bayonnomada oʻtkazilgan majlisning joyi va vaqti, kun tartibi, Kengash raisi, kotib, qatnashgan kengash aʼzolari, ariza beruvchi, uning tomonidan taklif etilayotgan loyiha toʻgʻrisidagi axborot, loyiha boʻyicha kengash aʼzolarining xulosasi va Ekspert kengash qarori koʻrsatiladi.
13. Ekspert kengash taklif etilayotgan loyihani va taqdim etilgan hujjatlarni har tomonlama va xolisona oʻrganib chiqib:
kredit resurslari jalb etilmaydigan loyihalar boʻyicha — arizani Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi va Iqtisodiyot vazirligiga koʻrib chiqish uchun yuborish toʻgʻrisida;
Hukumat kafolatisiz kreditlar jalb etilgan loyihalar boʻyicha — arizani, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi va Iqtisodiyot vazirligi uchun xulosa tayyorlangan holda, moliyalashtiruvchi (korxonaning asosiy hisob raqamlariga xizmat koʻrsatuvchi) tijorat bankiga ekspertizadan oʻtkazish uchun yuborish toʻgʻrisida;
hujjatlar toʻliq hajmda taqdim etilmagan, shuningdek ularda xatolar, ishonchsiz axborot va boshqa kamchiliklar aniqlangan taqdirda ularni bartaraf etish uchun Ariza beruvchiga qaytarib berilishi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
14. Loyiha boʻyicha Ekspert kengash aʼzolarining tegishli xulosalari asosida xulosa tasdiqlanadi va arizani koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga, Iqtisodiyot vazirligiga yoki ekspertizadan oʻtkazish uchun mazkur idoralar tomonidan vakil qilingan moliyalashtiruvchi tijorat bankiga yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Umumlashtirilgan xulosada mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan talablar aks ettirilishi kerak.
Ekspert kengash aʼzolari xulosalarning oʻz faoliyatiga tegishli qismi ishonchliligi uchun javobgar hisoblanadilar.
15. Tasdiqlangan xulosa ilova qilinadigan ariza va boshqa hujjatlar bilan birgalikda bir kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga, Iqtisodiyot vazirligiga yoki ekspertizadan oʻtkazish uchun ushbu idoralar tomonidan vakil qilingan moliyalashtiruvchi tijorat bankiga yuboriladi.
16. Kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin takroran taqdim etilgan arizalar bir hafta muddatda koʻrib chiqiladi.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi yoki vakolatli moliyalashtiruvchi tijorat banki tomonidan Ariza beruvchiga va Ekspert kengashga qaytarilgan hujjatlar boʻyicha ekspertiza oʻn kun muddatda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 5-6-son, 33-modda, 34-36-son, 264-modda; 2006-y., 46-47-son, 454-modda, 48-50-son, 484-modda, 51-52-son, 514-modda; 2008-y., 52-son, 515-modda)