Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 20.06.2003 yildagi PF-3267-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XORIJIY SARMOYA IShTIROKIDAGI KORXONALAR TOMONIDAN TAYYOR ISTE’MOL MOLLARI IShLAB ChIQARIShNI KO‘PAYTIRIShNI RAG‘BATLANTIRIShGA OID QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori sifatli raqobatbardosh tayyor iste’mol mollari ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda ularning turlarini ko‘paytirishni rag‘batlantirish, ichki iste’mol bozorini shunday mollar bilan yanada ko‘proq to‘ldirish, qo‘shma korxonalar barpo etishga xorijiy sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qo‘yilsinki, 2003-yilning 1-iyulidan to 2005-yilning 1-yanvariga qadar tayyor kiyim-kechak (tikuvchilik, trikotaj va charm buyumlar), paypoqlar va poyabzal ishlab chiqarishga ixtisoslashgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari budjetga to‘lanadigan qo‘shimcha qiymat solig‘idan tashqari barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi Vazirlar Mahkamasining Iste’mol mollari ishlab chiqarish va savdo kompleksi, xo‘jalik tuzilmalari bilan birga o‘n kun muddatda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan soliq imtiyozlari joriy etiladigan subyektlar ro‘yxatini aniqlasinlar hamda imtiyozlarni qo‘llash va bo‘shagan mablag‘lardan maqsadli foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, ushbu Farmonning 1-bandiga muvofiq bo‘shaydigan mablag‘lar ishlab chiqarishni texnika bilan qayta qurollantirish va modernizatsiyalash, yangi turdagi tayyor mahsulotlarni o‘zlashtirishga, o‘zining aylanma mablag‘larini to‘ldirishga, xodimlar mehnatini rag‘batlantirishga sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi bo‘shaydigan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solishdan ozod qilingan mablag‘lardan maqsadli foydalanilmagan hollarda ana shu mablag‘lar to‘la hajmda davlat budjetiga undirib olinadi hamda amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan jarima jazolari qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy normativ hujjatlarni mazkur Farmonga muvofiq holga keltirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R. S. Azimov va M. Z. Usmonov zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 20-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3267-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 6-7-son, 88-modda)