30.06.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3271
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining qarori, 30.06.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3271
Кучга кириш санаси
30.06.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3271]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son “Oʻzbekiston Respublikasining “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vaziri Sh. SHERMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 22-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri T. ISHMETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 22-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri A. SHADMANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 22-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124/1-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2020-yil 20-iyundagi 8-mh, 28, 124/1-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son “Oʻzbekiston Respublikasining “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda oʻqituvchilarning tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy tarif stavkasi ― bir stavka dars soati uchun oʻqituvchining maʼlumoti va malaka toifasiga koʻra belgilangan bazaviy haq miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqituvchining tarif stavkasi ― oʻqituvchiga biriktirilgan dars soatlari asosida bir stavka uchun belgilangan bazaviy tarif stavkadan kelib chiqib aniqlanadigan miqdor;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinf komplekti ― oʻquvchilarni belgilangan meʼyorlar asosida bitta sinfga jamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dars soatlari setkasi ― umumiy oʻrta taʼlimning tayanch oʻquv rejasi asosida umumtaʼlim muassasasining sinflar soni, sinf komplektidagi oʻquvchilar soni va tegishli mutaxassislik boʻyicha oʻqituvchilar mavjudligini inobatga olgan holda barcha fanlar boʻyicha shakllantirilgan jami dars soatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron dastur ― umumtaʼlim muassasalari toʻgʻrisida zarur maʼlumotlar kiritiladigan va istalgan vaqtda Internet jahon axborot tarmogʻi orqali ushbu maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatini yaratib beruvchi dastur.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumtaʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Umumtaʼlim muassasalarining sinflari oʻquvchilar sonidan kelib chiqib, quyidagi meʼyorlar asosida komplektlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar hududi va tuman markazlarida 25 ― 35 nafargacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq hududlarida 20 ― 35 nafargacha (olis (togʻli, choʻlli) hududlarda joylashgan umumtaʼlim muassasalari bundan mustasno).
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchilar soni mazkur meʼyorlardan kam boʻlgan hollarda umumtaʼlim muassasasi hamda hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari hamda hududiy iqtisodiyot va moliya organlari bilan kelishilgan holda sinflar komplektlanadi.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 3-oktabrdagi 12-mh-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 29-sentabrdagi 291-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 26-sentabrdagi 11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3271-1, 28.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2025-y., 10/25/3271-1/0989-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari, Respublika oʻgʻil bolalar oʻquv-tarbiya muassasalari, Respublika qiz bolalar oʻquv-tarbiya muassasalari hamda ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarida sinflar tegishliligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgustdagi 173-son “Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi, 2019-yil 17-oktabrdagi 880-son “Respublika oʻquv-tarbiya muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son “Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq komplektlanadi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 3-oktabrdagi 12-mh-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 29-sentabrdagi 291-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 26-sentabrdagi 11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3271-1, 28.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2025-y., 10/25/3271-1/0989-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kam komplektli umumtaʼlim muassasalarida (filiallarda) boshlangʻich sinf oʻquvchilari quyidagi hollarda bitta sinfga birlashtirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilar soni 8 nafargacha boʻlgan I ― IV sinflar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilar soni 12 nafargacha boʻlgan uchta boshlangʻich sinf;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilar soni 24 nafargacha boʻlgan ikkita boshlangʻich sinf (I va III, II va IV sinflar).
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Namunaviy loyihalar boʻyicha qurilmagan, moslashtirilgan binolarda joylashgan, oʻquvchilar soni yetarli boʻlmagan umumtaʼlim muassasalarida, olis (togʻli, choʻlli) hududlarda joylashgan umumtaʼlim muassasalarida, shuningdek, oʻzbek tilida oʻqitilmaydigan umumtaʼlim muassasalarida oʻquvchilar soni sinflarni komplektlashning oʻziga xos shart-sharoitlaridan kelib chiqib, hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari hamda hududiy iqtisodiyot va moliya organlari bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Umumtaʼlim muassasalarida sinflar komplektlarini shakllantirishda sinflar boʻyicha jami oʻquvchilar soni, shu jumladan oʻgʻil va qiz bola oʻquvchilar, inklyuziv taʼlim va yakka tartibda uyda taʼlim oluvchi oʻquvchilar sonining mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan meʼyorlarga muvofiq boʻlishi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilinishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan oqilona foydalanish va ortiqcha xarajatlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida umumtaʼlim muassasalarida mazkur Nizomda belgilangan meʼyorlardan ortiq sinflar komplektlarini shakllantirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Umumtaʼlim muassasalari har yili 30-avgustga qadar taʼlim olayotgan hamda I sinfga qabul qilinayotgan oʻquvchilarning nomma-nom roʻyxatini shakllantiradi hamda elektron dastur orqali maʼlumotlarni tegishliligi boʻyicha hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari hamda hududiy iqtisodiyot va moliya organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinflar komplektini shakllantirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻgʻri va haqqoniy kiritilishi uchun umumtaʼlim muassasasining direktori masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Umumtaʼlim muassasalari tomonidan elektron dastur orqali yuborilgan sinflar komplektini shakllantirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari hamda hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan quyidagi mezonlar asosida koʻrib chiqiladi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hudud (mikrohudud) boʻyicha bir-biriga yaqin boʻlgan umumtaʼlim muassasalaridagi oʻquvchilar soni va sinf komplektini oʻzaro taqqoslash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa umumtaʼlim muassasalaridan kelgan va ketgan oʻquvchilarning umumtaʼlim muassasasi direktori buyrugʻi asosida sanoqqa kiritilganligi yoki sanoqdan chiqarilganligi oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir sinf boʻyicha oʻtgan yilga nisbatan sinf sonining oʻsishi yoki kamayishini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiz va oʻgʻil bolalar sonidan kelib chiqib, sinf oʻquvchilarining guruhlarga toʻgʻri ajratilganligi oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan samarali foydalanish hamda sunʼiy ravishda sinflar sonining koʻpayishi holatlariga yoʻl qoʻymasligini oʻrganish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari hamda hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan koʻrib chiqilgan sinflar komplektini shakllantirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har yili 15-sentabrga qadar tasdiqlanadi yoki aniqlangan xato va kamchiliklarni asoslantirgan holda qayta ishlash uchun yuboriladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta ishlash uchun yuborilgan sinflar komplektini shakllantirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar umumtaʼlim muassasasi tomonidan qayta koʻrib chiqiladi va hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlinmalari hamda hududiy iqtisodiyot va moliya organlariga ikki ish kuni ichida elektron dastur orqali tasdiqlash uchun qaytadan yuboriladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 3-oktabrdagi 12-mh-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 29-sentabrdagi 291-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 26-sentabrdagi 11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3271-1, 28.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2025-y., 10/25/3271-1/0989-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlinmalari hamda hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan koʻrib chiqilgan va tasdiqlangan sinflar komplektini shakllantirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlinmasining oʻz hududidagi umumtaʼlim muassasalarida tashkil etiladigan sinflar komplektlari toʻgʻrisidagi tegishli buyrugʻi qabul qilinadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 3-oktabrdagi 12-mh-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 29-sentabrdagi 291-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 26-sentabrdagi 11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3271-1, 28.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2025-y., 10/25/3271-1/0989-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Har yili yanvar oyida zarurat tugʻilganda sinflar komplektlari mazkur Nizomga asosan qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tegishli moliya yili uchun tuzilgan xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan sinflar sonidan ortiq sinflarni tashkil etish, hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari hamda hududiy iqtisodiyot va moliya organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish uchun umumiy oʻrta taʼlimning tayanch oʻquv rejasi ishlab chiqiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Umumtaʼlim muassasalari umumiy oʻrta taʼlimning tayanch oʻquv rejasi asosida har yili 10-sentabrga qadar umumtaʼlim muassasasining dars soatlari setkasini shakllantiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda taʼlim oʻzbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, tojik, qirgʻiz, turkman tillarida olib boriladigan kam komplektli umumtaʼlim muassasalarida oʻqish, ona tili va adabiyot fanlari boʻyicha dars soatlari setkasi oʻquvchilar taʼlim olishni xohlagan tildan kelib chiqib, umumtaʼlim muassasalari tomonidan hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlinmalari bilan kelishilgan holda shakllantiriladi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 3-oktabrdagi 12-mh-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 29-sentabrdagi 291-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 26-sentabrdagi 11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3271-1, 28.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2025-y., 10/25/3271-1/0989-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Umumtaʼlim muassasalari tomonidan shakllantirilgan dars soatlari setkasi umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan ikki ish kuni ichida koʻrib chiqilib, har yili 15-sentabrga qadar oʻqituvchilarga dars soatlari quyidagi koʻrsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilar (pedagog kadrning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning amal qilish muddatiga koʻra);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dars beradigan fanidan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega oʻqituvchilar (sertifikatning belgilangan darajasi va amal qilish muddatiga koʻra);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar (pedagog kadrning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning amal qilish muddatiga koʻra);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar (pedagog kadrning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning amal qilish muddatiga koʻra);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy maʼlumotli toifasiz oʻqituvchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tayyorlash boʻyicha diplomga ega oʻqituvchilar (oʻqituvchida qayta tayyorlash mutaxassisligi boʻyicha mazkur bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan koʻrsatkichlardan biri yoki bir nechtasi mavjud boʻlganda taalluqliligiga koʻra tegishli koʻrsatkichlar mavjud boʻlgan oʻqituvchilar bilan teng ustuvorlikka ega boʻladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrindoshlik asosida ishlayotgan oliy maʼlumotli oʻqituvchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalarining pedagogika yoʻnalishi boʻyicha uchinchi va undan yuqori kurs talabalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar oʻrta maxsus, professional maʼlumotga ega oʻqituvchilar (faqat boshlangʻich sinflarda dars beruvchi oʻqituvchilar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar umumtaʼlim muassasasining tegishli mutaxassisligi boʻyicha rahbar xodimlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshlangʻich sinflarda oʻqitiladigan fanlar boʻyicha dars soatlarini taqsimlashda oʻqituvchilarning boshlangʻich taʼlim mutaxassisligiga egaligi yoki tegishincha ushbu fanni boshlangʻich sinflarda oʻqitish metodikasi boʻyicha taʼlim olganligi inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan dars soatlari qayta taqsimlanishi mumkin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 3-oktabrdagi 12-mh-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 29-sentabrdagi 291-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 26-sentabrdagi 11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3271-1, 28.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2025-y., 10/25/3271-1/0989-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-avgust)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yuqoridagi koʻrsatkichlar ketma-ketlik asosida ustunlikka ega boʻlgan oʻqituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maksimal dars soati olish imkoniyatiga ega boʻlgan oʻqituvchining yozma roziligi bilan unga ajratilishi mumkin boʻlgan dars soatlari boshqa oʻqituvchilarga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻqituvchi mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan koʻrsatkichlarning bir nechtasiga ega boʻlganda, koʻrsatkichlarning eng ustuvorini inobatga olgan holda dars soatlari taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aynan bir xil koʻrsatkichlar mavjud boʻlgan bir nechta oʻqituvchilar oʻrtasida dars soatlari teng taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Umumtaʼlim muassasalarining oʻqituvchilariga yillik bir yarim stavkadan (yillik 2 322 soat) ortiq dars soatlari belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan taqsimlangan dars soatlari har yili 17-sentabrga qadar elektron dasturga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Homiladorlik va tugʻish taʼtili hamda bola parvarishidan qaytgan oʻqituvchilarga, shuningdek, ishlovchi pensionerlarga dars soatlari mehnat qonunchiligiga asosan mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan koʻrsatkichlar ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻqituvchilarning tarifikatsiya roʻyxatini shakllantirish maqsadida umumtaʼlim muassasasi tomonidan har yili 20-sentabrga qadar elektron dasturga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqituvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan ismi, familiyasi, otasining ismi, diplom boʻyicha maʼlumoti, malaka toifasi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy tarif stavkalari toʻgʻrisida maʼlumotlar, shu jumladan oʻqituvchining tarif stavkalari toʻgʻrisida maʼlumotlar (bunda oʻqituvchining har bir fan uchun maʼlumoti va tegishli malaka toifasi berilgan sanasi va amal qilish muddati koʻrsatiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagogik kengash tomonidan oʻqituvchilar oʻrtasida taqsimlangan dars soatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun qoʻshimcha haq toʻlovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
informatika kabineti mudirligi uchun qoʻshimcha haq toʻlovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqituvchiga biriktirilgan sinf va sinf rahbarligi uchun qoʻshimcha haq toʻlovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyda yakka tartibda mashgʻulotlar olib borayotgan oʻqituvchilarga taqsimlangan dars soatlari va ular boʻyicha oʻqituvchi xodimning tarif stavkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqituvchilarga direktor jamgʻarmasi hisobidan belgilangan har oylik ustamalar miqdorlari (foizi va miqdori koʻrsatiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi meʼyoriy hujjatlarga muvofiq belgilanadigan boshqa ustama va qoʻshimcha toʻlovlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Umumtaʼlim muassasasi direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan elektron dasturga kiritilgan oʻqituvchilarning tarifikatsiya roʻyxati tegishliligi boʻyicha hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari hamda hududiy iqtisodiyot va moliya organlariga har yili 20-sentabrga qadar koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun yuboriladi.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron dasturga oʻqituvchilarning tarifikatsiya roʻyxatining toʻgʻri va haqqoniy kiritilishi uchun umumtaʼlim muassasasi direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari masʼul hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari hamda hududiy iqtisodiyot va moliya organlari har yili 25-sentabrga qadar oʻqituvchilarning tarifikatsiya roʻyxatini koʻrib chiqadi va ularni tasdiqlaydi yoki tasdiqlashni rad etadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari hamda hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan oʻqituvchilarning tarifikatsiya roʻyxati quyidagi mezonlar asosida koʻrib chiqiladi:
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir stavkada ishlovchi oʻqituvchi uchun boshlangʻich I ― IV sinflardagi haftalik oʻquv yuklamasi ― 18 soat va pedagogik yuklamasi ― 18 soatni hamda yuqori V ― XI sinflardagi haftalik oʻquv yuklamasi ― 20 soatni va pedagogik yuklama ― 16 soatni tashkil etadi, bunda oʻqituvchining pedagogik yuklamasi haftalik oʻquv yuklamasiga mos ravishda boshlangʻich I ― IV sinflarda 1,0 koeffitsiyentga, yuqori V — XI sinflarda 0,8 koeffitsiyentga koʻpaytirilgan holda hisoblanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumtaʼlim muassasasining rahbar xodimi (direktor va uning oʻrinbosarlari) tomonidan asosiy lavozimning bir haftada 10 soatgacha hajmda oʻqituvchi lavozimi bilan qoʻshib olib borilganligi (oʻquv yuklamasi yuritilishiga) hamda ular tomonidan bajarilgan dars soatlariga soatbay haq toʻlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumtaʼlim muassasalarining uyda yakka tartibda mashgʻulotlar olib borayotgan oʻqituvchilariga haq toʻlash bazaviy tarif stavkasini oʻquv va pedagogik yuklamalarga boʻlish, ularni yakka tartibda oʻtkazilgan haqiqiy dars soatlariga koʻpaytirish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son “Xalq taʼlimi tizimi xodimlariga haq toʻlashni tartibga solish toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan oʻqituvchining tarif stavkasi hamda lavozim maoshlari miqdoriga qoʻshimcha oyiga 50 foiz toʻlov amalga oshirilganligi (bunda yakka tartibda oʻquvchini uyda oʻqitayotgan oʻqituvchilarning asosiy oylik yuklamasi maktabda boʻlishi shart);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun qoʻshimcha haq oʻqituvchining daftarlar va yozma ishlar boʻyicha tekshiriladigan fanlarning umumiy soatlari va sinf komplektidagi oʻquvchilar sonidan kelib chiqqan holda hisoblanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinf rahbarligi uchun qoʻshimcha haq sinfdagi oʻquvchilar soniga koʻra belgilangan miqdorlar boʻyicha hisoblanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumtaʼlim muassasalarida oʻqituvchilarga bittadan ortiq sinfga rahbarlik qilishga va mehnatini soatbay asosda olib boruvchi oʻqituvchilarga sinfga rahbarlik qilishga yoʻl qoʻyilmasligi (bunda boshlangʻich sinflarda sinf rahbarligi ona tili, oʻqish va matematika fanlaridan dars oʻtadigan oʻqituvchilarga yuklatiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
informatika kabineti mudirligi uchun qoʻshimcha toʻlovlar belgilangan miqdorlar asosida umumtaʼlim muassasasidagi mavjud jihozlangan informatika kabineti soniga koʻra hisoblanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
informatika kabineti mudirligi informatika fani oʻqituvchisiga yuklatilganligi (bunda informatika fani boʻyicha mutaxassis boʻlmagan hollarda matematika yoki fizika fanlari oʻqituvchilariga biriktirilishi mumkin, bir nafar informatika fani oʻqituvchisiga bittadan ortiq informatika kabineti yuklatilganda faqat bitta informatika kabineti mudirligi uchun qoʻshimcha haq belgilanadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
direktor jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustamalar belgilanadigan oʻqituvchilar roʻyxati umumtaʼlim muassasasida tashkil etilgan Ustamalar belgilash, moddiy ragʻbatlantirish va moddiy yordam berish boʻyicha ishchi guruh tomonidan belgilangan talablarga koʻra aniqlanishi va ustamalar miqdorlari oʻqituvchining tarif stavkasiga nisbatan hisoblanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilariga har oylik qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalar amaldagi meʼyoriy hujjatlarga muvofiq belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumtaʼlim muassasasida fanlar boʻyicha vakant soatlar uchun mablagʻlarni rejalashtirish barcha ustama va qoʻshimchalarni (direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan ustamalar bundan mustasno) inobatga olib, bir stavkada ishlovchi oliy maʼlumotli oʻqituvchining bazaviy tarif stavkasi hisobidan kelib chiqqan holda elektron dastur orqali hisoblanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakant sinf rahbarligi boʻyicha qoʻshimcha haq toʻlovlari sinfdagi oʻquvchilar soniga koʻra belgilangan miqdorlarda hisoblanganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻqituvchilarning tarifikatsiya roʻyxati mazkur Nizomning 23-bandidagi mezonlarga muvofiq holda toʻldirilgan boʻlsa, ular hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari hamda hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan tasdiqlanadi.
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomning 23-bandidagi mezonlarga nomuvofiq holda toʻldirilgan oʻqituvchilarning tarifikatsiya roʻyxatini tasdiqlash rad etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari hamda hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan tasdiqlash rad etilgan oʻqituvchilarning tarifikatsiya roʻyxati xato va kamchiliklarni asoslantirgan holda qayta ishlash uchun umumtaʼlim muassasasiga qaytariladi.
(24-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari hamda hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan qaytarilgan oʻqituvchilarning tarifikatsiya roʻyxati umumtaʼlim muassasasi tomonidan ikki ish kuni ichida qayta koʻrib chiqiladi va elektron dastur orqali qayta yuboriladi.
(24-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta yuborilgan oʻqituvchilarning tarifikatsiya roʻyxati hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari hamda hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan bir ish kuni ichida koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.
(24-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻqituvchilarining tarifikatsiya roʻyxati oʻzgartirilishi va qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda oʻqituvchilar oʻrtasida jami dars soatlari rejasi doirasida kiritiladigan oʻzgartirishlar umumtaʼlim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻqituvchilarning tarifikatsiya roʻyxatidagi sinf sonining koʻpayishi yoki kamayishi oqibatida kiritiladigan oʻzgartirishlar tegishli hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari hamda hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan qayta tasdiqlanishi lozim.
(25-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Budjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga muvofiq oshirilgan taqdirda maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari (lavozim maoshlari) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda qayta koʻrib chiqiladi.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta koʻrib chiqilgan bazaviy tarif stavkalari (lavozim maoshlari) asosida oʻqituvchilarning tarifikatsiya roʻyxati elektron dastur orqali qayta shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3271/1117-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 28.10.2025-y., 10/25/3271-1/0989-son)