30.06.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3269
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga ipoteka kreditlari ajratilishining hadli shartlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3269]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Ipoteka toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-maydagi PF-5715-son “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Aholiga ipoteka kreditlari ajratilishining hadli shartlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy banki raisi M. NURMURATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 11-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13/8-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 11-iyundagi 13/8-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga ipoteka kreditlari ajratilishining hadli shartlari toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom tijorat banklari, shu jumladan mikromoliya banklari (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) tomonidan aholiga ipoteka kreditlari ajratilishining hadli shartlarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 10-iyuldagi 14/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 3658, 08.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2025-y., 10/25/3658/0713-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov layoqati — umumiy daromadlarni tahlil qilishdan kelib chiqib aniqlanadigan qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) kredit shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni oʻz vaqtida va toʻliq bajarish qobiliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgarmas foiz stavkasi — kredit boʻyicha toʻlovlarning qisman yoki butun muddati davomida, kredit summasidan foydalanganlik uchun bir xilda hisoblanadigan foiz stavkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgaruvchan foiz stavkasi — kredit boʻyicha toʻlovlarning qisman yoki butun muddati davomida, kredit summasidan foydalanganlik uchun oʻzgaruvchan omilga bogʻlab hisoblanadigan foiz stavkasi;
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3269-1, 21.07.2025-y.) asosan 1-band beshinchi xatboshisining chiqarilish sanasi 2025-yil 24-iyul — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/3269-1/0640-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birgalikda qarz oluvchi — qarz oluvchining ipoteka krediti asosiy summasi va kredit boʻyicha foizlarning har oydagi toʻlovlarida qatnashadigan, shuningdek ipoteka krediti boʻyicha solidar javob beradigan jismoniy shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Aholiga ipoteka krediti banklar tomonidan toʻlovlilik, qaytarishlik, taʼminlanganlik va muddatlilik shartlarida quyidagi maqsadlarga beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilib yakka tartibda uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi qurilgan yoki ikkilamchi bozordan yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi kvartirani sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi qurilgan yoki ikkilamchi bozordan yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uyni oʻzining mavjud uy-joyi yoki koʻp kvartirali uyiga almashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa banklar tomonidan ajratilgan ipoteka kreditlarini mijozlarga qulay shartlarda qayta moliyalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ipoteka krediti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilayotgan uy-joyni u joylashgan yer uchastkasi bilan birga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka krediti hisobiga sotib olinadigan va belgilangan tartibda qarz oluvchi mulkiga oʻtadigan yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi kvartirani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchining mulki boʻlgan va ipoteka krediti hisobiga rekonstruksiya qilinayotgan yakka tartibdagi uy-joyni garovga qoʻygan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muomaladan olib qoʻyilgan va begonalashtirilishi mumkin boʻlmagan koʻchmas mulk ipoteka predmeti boʻlishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ipoteka kreditining muddati, hajmi, foiz stavkasi va boshqa shartlari bankning ichki kredit siyosatiga muvofiq bank va uning mijozi oʻrtasidagi kelishuvga asosan belgilanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3269-1, 21.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/3269-1/0640-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 24-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ipoteka krediti ajratilishida quyidagilarga rioya etilishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka krediti toʻlovida muammo yuzaga kelganida mavjud qarzdorlikni undirib olish uchun huquqiy jihatdan taʼminotga bankning talab huquqi mavjud boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka kreditining foizlarini va asosiy qarzlarini soʻndirish uchun qarzdor toʻlovga layoqatli boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼminotga qabul qilingan koʻchmas mulk garovi bozor narxlaridan kelib chiqib baholangan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditni olishga va monitoring qilishga kerak boʻladigan barcha maʼlumotlar bankning kredit siyosatiga muvofiq hujjatlashtirilgan boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ipoteka kreditini rasmiylashtirish bank tomonidan ajratiladigan boshqa kreditlarga nisbatan uzoq jarayonni tashkil etib, uning barcha bosqichlari bankning ichki kredit siyosatida koʻrsatib oʻtilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bank ichki kredit siyosatida ipoteka kreditlarini olish imkoniyatiga ega boʻlgan potensial qarz oluvchilarga muvofiqlik mezonlarini ishlab chiqishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Qarz oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Banklar qarz oluvchilar bilan kredit ajratish bilan bogʻliq munosabatlarga kirishishda Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisida nizom (roʻyxat raqami 3030, 2018-yil 2-iyul) talablariga qatʼiy amal qilishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qarz oluvchi kredit olish uchun bankka murojaat qilganda, bank ipoteka kreditining asosiy shartlari toʻgʻrisidagi axborot varaqasini kredit olish istagida boʻlgan fuqarolarga bepul tarzda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bank qarz oluvchiga ipoteka krediti boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan oylik toʻlovlar miqdori hamda qarz oluvchining daromadlarini tahlil qilgan holda ushbu toʻlovlarni toʻlash uchun uning imkoniyati yetishi (yoki yetmasligi) haqida tushuntirish beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kredit shartnomasi imzolanmasdan oldin bank qarz oluvchiga ushbu shartnoma loyihasini tanishib chiqish uchun oʻzi bilan olib ketish huquqiga ega ekanligi toʻgʻrisida xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bank qarz oluvchiga kredit shartnomasi imzolangan kunda shartnomaning bitta asl nusxasini kreditni qaytarish jadvalini ilova qilgan holda taqdim etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bank ipoteka krediti boʻyicha tegishli hujjatlarni qabul qilgandan soʻng hujjatlarni koʻrib chiqish va qaror qabul qilish muddatlarini ichki kredit siyosatida belgilashi va belgilangan muddatlar barcha uchun oshkor boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar, kreditni qaytarish jadvali rasmiylashtirilgandan soʻng kredit shartnomasida koʻzda tutilgan foiz stavkasi oʻzgarganda, bank kreditni qaytarish jadvalini yangidan rasmiylashtirib, qarz oluvchiga taqdim qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qarz oluvchi bank foydasiga oʻz hisobidan koʻp kvartirali uydagi kvartiraning toʻliq qiymatini yoʻqolish va shikastlanish xavflaridan sugʻurta qilishda sugʻurta tashkilotini mustaqil tanlash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ipoteka krediti olish uchun buyurtmanomani koʻrib chiqish va buyurtmanoma boʻyicha qaror qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Banklar ipoteka krediti olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxatini mustaqil ravishda shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kredit olish uchun buyurtmanoma va bankning ichki kredit siyosatida koʻrsatilgan barcha zarur hujjatlar bank xodimlari tomonidan qabul qilib olinadi, ushbu hujjatlar oʻrganiladi va ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish va tekshirish natijalariga koʻra, bank ushbu buyurtmanoma boʻyicha ijobiy yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Zarur hollarda, bank ushbu buyurtmanomani qayta koʻrib chiqish boʻyicha qaror qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bank tomonidan ipoteka krediti berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun muddat ichida qarz oluvchiga ipoteka krediti berishning rad etilishi sabablarini aniq va tushunarli koʻrsatgan holda yozma ravishda xabardor qilishi shart.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3269-1, 21.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/3269-1/0640-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 24-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qarz oluvchi bank qarorida koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin ipoteka krediti ajratish toʻgʻrisidagi ariza bilan bankka qaytadan murojaat qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qarz oluvchiga ipoteka krediti ajratish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, bank tomonidan uch kun muddatda bu haqida qarz oluvchini arizada koʻrsatilgan aloqa bogʻlash usullaridan (yozma, elektron pochta, SMS-xabar va boshqa xabarnomalardan) foydalangan holda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Bank tomonidan ipoteka kreditini ajratish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilingandan soʻng:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank va qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) oʻrtasida kredit shartnomasi rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchi oʻz hisobiga va kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda sugʻurta tashkiloti bilan ipoteka obyektini tavakkalchiliklardan sugʻurta qilish shartnomasini tuzadi. Bunda sugʻurta shartnomasida sugʻurta mukofotini har yili toʻlanishi nazarda tutilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi kvartirani sotib olishda belgilangan tartibda uy-joyning oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq ipoteka shartnomasi tuziladi. Ipoteka shartnomasi, shuningdek qonun asosida vujudga kelgan ipoteka belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ipoteka krediti berishda bankning ipoteka bilan taʼminlangan majburiyati boʻyicha huquqlari garov xati bilan tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov xati qarz oluvchi tomonidan tuziladi va ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin, qarz oluvchi hamda bank ishtirokida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan rasmiylashtiriladi va bankka beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Bankning ipoteka krediti berish boʻyicha majburiyati qarz oluvchi tomonidan bankka ipoteka predmetini yoʻqolish va shikastlanish tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish shartnomasini hamda sugʻurta polisini taqdim etgandan, shuningdek ipoteka vujudga kelgandan keyin paydo boʻladi. Ushbu shart kredit shartnomasida belgilab qoʻyilgan boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, yakka tartibdagi uy-joy qurish va qayta qurish uchun ajratiladigan ipoteka kreditlari uchun qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilishi mumkin.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)


Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qarz oluvchiga ajratilgan ipoteka krediti summasi (shu jumladan, qarz oluvchining bankdagi hisobvaragʻida shakllantirilgan mablagʻlari) bank tomonidan shartnomaga muvofiq tegishli hisobvaraqqa oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Qarz oluvchining toʻlovga layoqatini tahlil qilish
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3269-1, 21.07.2025-y.) asosan 24-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 24-iyul — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/3269-1/0640-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3269-1, 21.07.2025-y.) asosan 25-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 24-iyul — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/3269-1/0640-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Banklar kredit berish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda qarz oluvchining joriy qarz yuki koʻrsatkichini hisoblashlari kerak. Qarz yuki koʻrsatkichi Banklarga oʻrnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha toʻlovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3618, 2025-yil 22-aprel) talablariga muvofiq hisob-kitob qilinadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3269-1, 21.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/3269-1/0640-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 24-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3269-1, 21.07.2025-y.) asosan 27-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 24-iyul — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/3269-1/0640-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3269-1, 21.07.2025-y.) asosan 28-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 24-iyul — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/3269-1/0640-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3269-1, 21.07.2025-y.) asosan 29-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 24-iyul — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/3269-1/0640-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Ipoteka kreditlari ajratishda bank tavakkalchiliklarini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Bankning kuzatuv kengashi ipoteka kreditlari bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni boshqarishda quyidagilarni nazorat qilishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilayotgan ipoteka kreditlari bankning risk-appetiti doirasida, jumladan tavakkalchiliklarni boshqarish strategiyasi va biznes rejasi doirasida olib borilayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank boshqaruvidan ipoteka krediti ajratuvchi mutaxassisgacha boʻladigan ipoteka kredit ajratish jarayoni bankning ichki kredit siyosati va tegishli hujjatlarida aks ettirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilarni qamrab olgan informatsion tizimga ega ekanligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka portfeli risk-appetiti doirasida ekanligini aks ettiruvchi maʼlumotlar bazasi shakllanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davriy ravishda hisobotlarni olish imkoniyati mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka portfelining tavakkalchilik darajasini va samaradorligni baholash uchun kerakli maʼlumotlarni jamlanganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Bank ipoteka kreditlarni ajratish bilan bogʻliq tavakkalchiliklar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida quyidagilarni hisobga olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka portfelini diversifikatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka portfelini geografik konsentratsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorning qarz yuki darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditning garov qiymatiga nisbati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka kreditini sugʻurtalash va sugʻurta tashkilotlariga konsentratsiya darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafillarning moliyaviy holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka krediti portfelida maksimum kutilgan yoʻqotishlar, muammoli kreditlar ulushi va hisobdan chiqariladigan ipoteka kreditlari darajasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Foiz oʻzgarishlardan katta zarar koʻrish ehtimolini kamaytirish maqsadida oʻzgaruvchan foiz stavkasiga jalb qilingan mablagʻlarni oʻzgarmas foiz stavkasida boʻlgan ipoteka kreditlariga yoʻnaltirganda foiz tavakkalchiligi bank tomonidan xedjirlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Banklar ipoteka krediti portfelini tahlil qilishda jalb qilingan manbalar va ipoteka kreditlarining muddatlari oʻrtasidagi tafovut, ipoteka portfelining daromadliligi hamda bank regulyativ kapitaliga boʻlgan taʼsiri kabi omillarni hisob-kitob qilib borishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Ipoteka (garov) predmetini baholashga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ipoteka predmetini baholash Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3269-1, 21.07.2025-y.) asosan 35-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 24-iyul — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/3269-1/0640-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Agar ipoteka predmeti bankning talablariga javob bersa, ipoteka kreditining individual parametrlarini aniqlash uchun bank kreditning garovga nisbati koʻrsatkichini hisoblaydi. Kreditning garovga nisbati koʻrsatkichi Banklarga oʻrnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha toʻlovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3618, 2025-yil 22-aprel) talablariga muvofiq hisob-kitob qilinadi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3269-1, 21.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/3269-1/0640-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 24-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3269-1, 21.07.2025-y.) asosan 37-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 24-iyul — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/3269-1/0640-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Ipoteka kreditini qaytarish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Kreditni qaytarish va u boʻyicha foizlarni toʻlash tartibi bank va qarz oluvchi oʻrtasida tuzilgan ipoteka krediti shartnomasi hamda qonunchilik hujjatlari talablari asosida amalga oshiriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Qarz oluvchi tomonidan ipoteka krediti boʻyicha asosiy qarz va unga hisoblangan foiz toʻlovlari belgilangan muddatlarda toʻlanmaganda bank kredit shartnomasi hamda qonunchilik hujjatlari talablari asosida kredit summasi va foiz toʻlovlarini undirish choralarini koʻradi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Kredit toʻlovi boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik yuzaga kelganda muammolarni hal qilishning alternativ usullari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Bank zarur boʻlganda, maksimal uzoq va qimmat undiruv jarayoniga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, qarz oluvchining yuzaga kelgan qiyinchiliklarini yechishda yordam berish boʻyicha maslahatlar beradi va unga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Banklar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish mezonlarini hisobga olgan holda isteʼmolchiga muammolarni hal qilish boʻyicha tavsiyalar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Vujudga kelgan vaziyatlarni hal qilish jarayoni tamoyillari va asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorlarning aniq qiyinchilik darajasini va muntazam toʻlovlarni tiklashga tayyorligini baholash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni toʻplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchilar bilan yuzaga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etishda yordam berish va qarzni toʻlashda kechikishlarning oldini olish maqsadida faol aloqa, shuningdek uning oqibatlari borasida tushuntirish berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditni qaytarishning muqobil mexanizmlarini aniqlash va muhokama qilish (masalan, kredit shartlarini oʻzgartirish, ixtiyoriy ravishda sotish yoki keyinchalik uy-joyga egalik qilish huquqini qayta roʻyxatdan oʻtkazish bilan kredit boʻyicha qarzini boshqa shaxsga oʻtkazish va h.k.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3269/1113-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 22.07.2025-y., 10/25/3269-1/0640-son; 09.08.2025-y., 10/25/3658/0713-son)