12.05.2018 yildagi PQ-3721-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng oʻrganish va targʻib qilish maqsadida yoshlar oʻrtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda mamlakatimizda 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha soha va tarmoqlarda ulkan oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada jamiyat hayotida ezgu qadriyat va anʼanalarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning maʼnaviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ularning qalbida ona Vatanimiz hamda xalqimizga muhabbat va sadoqat tuygʻusini kuchaytirish, barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega boʻlgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qadimiy va betakror diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning yuksak gumanistik gʻoyalarga asoslangan boy maʼnaviy merosi umumbashariy sivilizatsiya va madaniyat, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa boʻlib qoʻshilgani dunyo jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ulugʻ ajdodlarimizning aql-zakovati va badiiy dahosi bilan yaratilgan noyob asarlar, xususan, matematika, mineralogiya, astronomiya, kimyo, tibbiyot, farmatsevtika, meʼmorlik, tarix, adabiyot, sanʼat, ilohiyot, falsafa va boshqa sohalarga oid manbalar nafaqat bizning xalqimiz, balki jahon ahlining bebaho boyligi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ana shunday beqiyos merosimiz asosida tashkil etilgan “Yosh kitobxon” tanlovida 250 ming nafarga yaqin yosh ishtirok etib, tanlov gʻoliblariga “Prezident sovgʻasi” — yengil avtomashina topshirilgani yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyati rivojlanishiga muhim taʼsir oʻtkazdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyuk adib va mutafakkirlarimizning nodir merosi, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur oʻrganish va targʻib etish, yoshlarimizni oʻzlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda jamoatchilik vakillarining mamlakatimiz yoshlari oʻrtasida oʻtkazilgan kitobxonlik tanlovlarini ijobiy baholagan holda, ushbu tanlovlarni oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng oʻrganish va targʻib qilish maqsadida yoshlar oʻrtasida “Yosh kitobxon” tanlovini (keyingi oʻrinlarda tanlov deb ataladi) oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tanlovni yuqori saviyada oʻtkazish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi tashkiliy-amaliy ishlar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti ilmiy-ijodiy ishlar boʻyicha masʼul tashkilotlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan birgalikda oʻn kun muddatda “Yosh kitobxon” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning merosini chuqur oʻrganish maqsadida alohida nominatsiyalar boʻyicha tanlovlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilgi tanlovlarni Vatanimiz tarixi va xalqimizning maʼnaviy hayotida beqiyos oʻrin tutadigan Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammad Rizo Ogahiy, Berdaq singari buyuk mutafakkirlarimiz ijodi va faoliyati, jahon adabiyotining durdona asarlari, shuningdek, “Alpomish”, “Goʻroʻgʻli”, “Kuntugʻmish” kabi xalq dostonlari boʻyicha oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyingi tanlovlarni davrlashtirgan holda davom ettirish uchun tegishli roʻyxatlarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov gʻoliblarini mukofotlash va ragʻbatlantirishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish, xususan, respublika bosqichida birinchi oʻrinni egallagan qatnashchilarni yengil avtomobillar bilan taqdirlash, ikkinchi va uchinchi oʻrin sohiblari va faol ishtirokchilarni ham munosib ragʻbatlantirish choralari nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi tanlov nominatsiyalarida belgilangan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning asarlarini, ularning hayoti va faoliyatiga oid kitob va risolalarni nashrga tayyorlash, chop etish hamda taʼlim muassasalari kutubxonalariga, tegishli veb-saytlarga, axborot-resurs markazlari va keng oʻquvchilar ommasiga yetkazish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga ushbu qaror ijrosi bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari X.M. Sultonov va Q.K. Quranboyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 12-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3721-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-maydagi PQ-3721-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng oʻrganish va targʻib qilish maqsadida yoshlar oʻrtasida “Yosh kitobxon” tanlovlarini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

A. Aripov

—

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, tashkiliy qoʻmita raisi

2.

X. Sultonov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

3.

Q. Quranbayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi — Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi, tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

4.

I. Majidov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

5.

U. Inoyatov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri

6.

B. Sayfullayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri

7.

L. Tangriyev

—

Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori

8.

A. Xadjayev

—

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi

9.

A. Koʻchimov

—

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

10.

Sh. Sirojiddinov

—

A. Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori

11.

S. Saidov

—

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

12.

A. Qodirov

—

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

13.

O. Tadjiyev

—

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining birinchi oʻrinbosari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2018-y., 07/20/3721/0851-son)