14.12.2020 yildagi 781-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash milliy dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash milliy dasturini 2020-2021-yillarda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Dasturni amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi, avvalo, yoshlarning maʼnaviy-maʼrifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan kitoblarni yuksak sifat bilan chop etish, nashriyotlar va ijodkorlar faoliyatiga koʻmaklashish, bolalarga moʻljallangan adabiyotlarni chop etishni qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish, respublikaning olis hududlarida va yoshga doir kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitob savdosini tashkil etish tartiblarini soddalashtirish, yangi nashr etilgan kitoblarni yetkazish va axborot manbalarini tarqatish tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitob yetkazib beruvchilarni zamonaviy ijtimoiy ehtiyojlarga moslashtirish, infratuzilmani yaxshilash, axborot-kutubxona markazlarini chop etiladigan bosma nashrlar va ularning elektron nusxalari bilan toʻldirib borish, elektron kitoblar yaratish, kitoblarni raqamlashtirish va elektron kataloglarni tuzish hamda tizimli ravishda yangilab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining kitobxonlik darajasi va kitobga qiziqishini tizimli oʻrganib borish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan loyiha va tanlovlarni tashkil etish, kutubxonachi kadrlar salohiyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy asarlarga onlayn buyurtma berish, ularni respublika hududiga olib kelish va tarqatish tizimini hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish boʻyicha xalqaro hamkorlikni kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Dastur quyidagilarni nazarda tutuvchi uch bosqichda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqich — 2020-2021-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish boʻyicha tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqich — 2022-2023-yillarda kitobxonlikka oid infratuzilmani mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi bosqich — 2024-2025-yillarda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini jadal rivojlantirish, ularning intellektual salohiyati oʻsishi hisobiga inson kapitali sifatini yaxshilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Dastur ijrosini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar kreditlari (qarzlari), grantlari va texnik koʻmaklashish mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Dasturni amalga oshirish boʻyicha keyingi yillarga (har ikki yilda) moʻljallangan “yoʻl xaritalari”ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Oʻzbekiston Respublikasida 2021-yildan boshlab har yili aprel oyining birinchi haftasini “Kitobxonlik haftaligi” etib belgilash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Dasturda belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Manfaatdor vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda har yili xarajatlar smetasini shakllantirishda ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida Dasturni amalga oshirish uchun mablagʻlar nazarda tutilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 14-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
781-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 781-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MILLIY DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” tamoyili asosida taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qoʻydi. Yangi davr shiddati jamiyat hayotida ezgu qadriyat va anʼanalarni qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning maʼnaviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuygʻusi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda kitobxonlik madaniyatini oshirish alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarda kitob oʻqish koʻnikmasi shakllansa, kamoloti yoʻlida qolgan barcha amallarni kitobning oʻzi oʻrgatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2025-yillarga moʻljallangan kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash milliy dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”, “Axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va Hukumat qarorlari hamda boshqa qonun hujjatlari hamda xalqaro huquqning umumeʼtrof etilgan normalariga muvofiq tayyorlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda kitobxonlik sohasidagi milliy va ilgʻor xorijiy tajriba tahlili asosida Oʻzbekistonda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqish, kitob mahsulotini yaratish, chop etish, yetkazib berish, kitobxonlikni ommalashtirish, ilmiy-metodik taʼminlash, kadrlar tayyorlash, kitobxonlik infratuzilmasini boshqarish bilan bogʻliq masalalar qamrab olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi, aholi, ayniqsa oʻsib kelayotgan yosh avlodning taʼlim-tarbiyasi, dunyoqarashi, kitobxonlik madaniyati shakllanishida katta ahamiyat kasb etib, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim omili sifatida xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Dasturning maqsadlari, vazifalari va asosiy tamoyillari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning maqsadi — kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ijodkorlar, noshirlar va kitob tarqatuvchilar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash tizimini izchil va samarali tashkil etish orqali faol kitobxonlar safini kengaytirish, aholi, ayniqsa, yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturni amalga oshirishda quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitobxonlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashning tarmoqlararo ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish, normativ-huquqiy hujjatlar bazasini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitobxonlik sohasidagi infratuzilmani (kutubxonalar, axborot-resurs markazlari, kitob doʻkonlarini) rivojlantirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish, yangi asarlarni yaratish, tarjima qilish va mualliflarni ragʻbatlantirishning kompleks chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noshirlik, matbaa, axborot-kutubxona va kitob savdosi tashkilotlarining samarali faoliyati uchun qulay sharoitlarni taʼminlash hamda ularga imtiyoz, preferensiyalar berishning iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan kitoblarni, ayniqsa, bolalar adabiyoti, brayl alifbosiga asoslangan adabiyotlar chop etilishi, elektron va audio kitoblar yaratilishini qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika boʻylab kitoblarni tarqatish va xorijiy mamlakatlar bilan kitob almashish uchun shart-sharoitlar yaratish, turli mulkchilik shakllaridagi kitoblarni sotish tarmoqlarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh avlodning oʻqishga boʻlgan qiziqishini yanada kuchaytirish, kitobxonlarni maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish, faol kitobxonlar safini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitobxonlikni rivojlantirish infratuzilmasiga kadrlar tayyorlash va ularning malakasini izchil oshirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitobxonlik madaniyatini qoʻllab-quvvatlashda xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Dasturning dolzarbligi, kitobxonlik madaniyati shakllanishi va rivojlanishidagi muammolar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashning huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida 2017 — 2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning 5 ta qarori qabul qilindi, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi etib belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 19-mart kuni yoshlarni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan beshta muhim tashabbus ilgari surildi. Ushbu beshta tashabbusning toʻrtinchisi, yaʼni aholi, ayniqsa, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatda 11 092 ta kutubxona va axborot resurs markazlari mavjud, shundan, 9911 tasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumtaʼlim maktablarida, 981 ta oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida, 14 tasi hududlarda, 186 tasi tuman (shahar)larda faoliyat koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-2019-yillarda nashriyotlarda darsliklardan tashqari 1 587 nomda 21 640 mingdan ortiq nusxada kitob chop etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2019-yillarda Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan nashriyotlarga 16 018 ta (2017-yilda 4911 ta, 2018-yilda 5334 ta, 2019-yilda 5773 ta) ISBN (International Standard Book number) kitobning xalqaro standart tartib raqami taqdim etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikadagi jami maktablarda badiiy adabiyotlar soni har bir oʻquvchiga oʻrtacha 3 tadan, taʼlim qardosh tilda olib borilayotgan maktablarda esa 1,7 tadan toʻgʻri keladi. Taʼlim qardosh tillarda olib borilayotgan maktablar kutubxonalarining jami adabiyotlar fondi 1,6 mln. nusxadan iborat boʻlib, shundan qardosh tillardagi badiiy adabiyotlar soni 320 mingtani (jami adabiyotlar fondining 20 foizini) tashkil etadi va har bir oʻquvchiga 0,4 ta kitobdan toʻgʻri keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi marta 2019-yil 2 — 4-oktabr kunlari mamlakatimizda ixtisoslashgan “Tashkent book fest — 2019” I Xalqaro kitob koʻrgazma-yarmarkasi tashkil etilib, unda Buyuk Britaniya, Germaniya, Janubiy Koreya, Rossiya, Turkiya, Qozogʻiston va Qirgʻiziston davlatlarining 20 ga yaqin va 30 dan ortiq mahalliy nashriyotlar, 15 ming nafardan ortiq soha mutaxassislari, keng jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maʼrifat karvoni” tadbirlari doirasida 3 milliondan ortiq kitob yoshlarga yetkazib berildi, “Yoshlar kutubxonasi” rukni ostida 59 ta nomda 590 ming ta badiiy adabiyot chop etilib, respublikamizdagi barcha taʼlim muassasalari kutubxonalariga tarqatildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Yosh kitobxon” tanlovi bilan 2017 — 2019-yillar davomida 2 mln 170 mingdan ortiq yoshlar qamrab olinib, 9 nafar tanlov gʻoliblari boʻlgan yosh kitobxonlar Prezident sovgʻasi “Spark” avtomashinasi sovrindori boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda kitobxonlik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida quyidagi muammolar mavjud:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitobxonlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash tizimi mavjud emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
badiiy, maʼrifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan adabiyotlarni chop etish, ular bilan taʼlim muassasalarini taʼminlash, milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining yetuk asarlarini saralash, tarjima qilish ishlari puxta oʻylangan tizim asosida tashkil etilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chop etiladigan kitoblarni nashriyotlardan hududlarga arzon narxlarda yetkazish, onlayn buyurtma berish va manzilga yetkazish tizimi sust rivojlangan, shuningdek, aholiga xizmat koʻrsatishda elektron kitob shakllaridan keng foydalanish yaxshi yoʻlga qoʻyilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim va madaniyat muassasalari uchun kitob xarid qilishga mablagʻlar yetarli darajada mavjud boʻlgan manbalar hisobidan jalb etilmayapti, kitob sotishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan taʼlim muassasalari, kutubxonalar va mahallalarda yangi kitoblar taqdimotini oʻtkazish, mutolaa madaniyatini oshirish, shu jumladan, ommaviy-axborot vositalari orqali targʻibot-tashviqot qilishga qaratilgan tadbirlar yetarli emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi, ayniqsa, yoshlar orasida badiiy jihatdan yuksak, intellektual saviyani oʻstirishga xizmat qiladigan kitoblarga boʻlgan talab chuqur tahlillar asosida oʻrganilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitoblarni chop etish hamda aholiga yetkazib berishni oʻz ichiga olgan boshqaruv tizimining, shuningdek, jahon adabiyotining eng sara namunalarini oʻzbek tiliga va oʻzbek adabiyotining eng yaxshi asarlarini chet tillariga tarjima qilish ishlari tizimli yoʻlga qoʻyilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitob tarqatish tizimini yanada rivojlantirish va aholining keng qatlamini qamrab olish, kitob mahsulotlarining narxini shakllantirish va sotish boʻyicha aniq mexanizmlar ishlab chiqilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud axborot-kutubxona muassasalari aholining keng qatlamlariga xizmat koʻrsatish uchun zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan yetarli darajada taʼminlanmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chop etilayotgan kitoblarni aholi oʻrtasida ommaviy axborot vositalari orqali targʻib qilish, taʼlim muassasalari, kutubxonalar, mahallalarda kitob mualliflari bilan ijodiy uchrashuvlarni tashkil etish hamda taʼlim muassasalari, ayniqsa, maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda oʻqish madaniyati va mutolaa koʻnikmalarini shakllantirish tizimli yoʻlga qoʻyilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning maʼnaviy-maʼrifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan kitoblarni yuksak sifat bilan chop etish, joylarga, taʼlim muassasalariga vaqtida va maqbul narxlarda yetkazish, milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilish, yoshlarda bolalikdan boshlab kitob, jumladan, elektron kitob oʻqish koʻnikmasini shakllantirish, jamiyatda mutolaa madaniyatini yuksaltirishning kompleks chora-tadbirlari ishlab chiqilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Dasturni amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturni amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi, avvalo, yoshlarning maʼnaviy-maʼrifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan kitoblarni yuksak sifat bilan chop etish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noshirlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va yanada rivojlantirish, sogʻlom raqobatga asoslangan bosma va elektron kitoblar bozorini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarga, taʼlim muassasalariga maqbul narxlarda yangi nashr etilgan kitoblarni yetkazish tizimini tubdan takomillashtirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish bilan bogʻliq ishlarni tashkil etishning huquqiy asoslarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitob savdosini tashkil etish chora-tadbirlarini belgilovchi mezonlarni soddalashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar bazasini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot manbalarini (kitoblar, gazetalar, jurnallar, qogʻoz va elektron hujjatlar ommaviy axborot vositalarini) tarqatish tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshga doir kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlarni belgilash, maktabgacha taʼlim, maktab, professional taʼlim, oliy taʼlim va korxonalar, tashkilotlar, muassasalarda kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan manzilli dasturlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish boʻyicha moddiy-texnik bazani (kutubxonalar holati, kitoblar bilan taʼminlash, sohalar boʻyicha kitoblarni koʻpaytirish) takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat, tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari fondlarini hududda chop etiladigan barcha bosma nashrlarning (kitob, jurnal, gazeta va boshqa nashrlarning) majburiy bosma va elektron nusxalari bilan toʻldirib borish tizimini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning kitobxonlik darajasi va kitobga qiziqishini turli sotsiologik soʻrovlar orqali oʻrganish, natijalarni eʼlon qilish orqali ijodkorlar va nashriyotlar faoliyatiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kutubxonachi kadrlar salohiyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitob ishlab chiqaruvchi infratuzilmani rivojlantirish va ularning zamonaviy ijtimoiy ehtiyojlarga muvofiqligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining kitob mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirishda qulaylik yaratish maqsadida mualliflik huquqlarini buzmagan holda elektron kitoblar yaratish tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz nashriyotlarida mavjud kitoblarning elektron katalogini yaratish va tizimli ravishda yangilab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy asarlarga onlayn buyurtma berish, ularni respublika hududiga olib kelish va tarqatish tizimini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarga moʻljallangan adabiyotlarni chop etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning chekka hududlarida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda chop etilgan kitoblarni raqamlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan loyiha va tanlovlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish boʻyicha xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Dasturni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur quyidagi chora-tadbirlardan iborat 3 ta bosqichda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) birinchi bosqichda (2020-2021-yillar) tashkiliy-huquqiy mexanizmlar yaratishga qaratilgan chora-tadbilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitobxonlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash tizimini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muammolarning tizimli-tahliliy tavsifi, Oʻzbekistonda kitobxonlik rivojlanishining hozirgi holati va keyingi bosqichlarining maqsadli hamda ustuvor yoʻnalishlarini belgilab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tajribani hisobga olgan holda infratuzilma mustahkamlanishining samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturni muvaffaqiyatli amalga oshirish va kitobxonlikni rivojlantirish infratuzilmasining doimiy ishlashi uchun tashkiliy shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning oʻrta va uzoq muddatli maqsadlari va mexanizmlarini aniqlashtirish, mavjud ijobiy tajribani umumlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlar boʻyicha tanlov asosida ilgʻor mexanizmlar, dolzarb loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shu jumladan, ularni amalga oshirish natijalarini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ilmiy, metodik asoslarni va axborot bilan taʼminlash, shu jumladan, axborot almashish tizimining muhim elementlarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikkinchi bosqich (2022-2023-yillar) kitobxonlikka oid infratuzilmani mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitobxonlik bilan bogʻliq mavjud infratuzilmalarni mustahkamlash va yangilarini tizimli ravishda barpo etishni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitobxonlikni rivojlantirish boʻyicha infratuzilmalarni boshqarish tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish boʻyicha asosiy maqsadlar monitoringini olib borish tizimini muntazam ravishda takomillashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) uchinchi bosqich (2024-2025-yillar) yoshlarning kitobxonlik madaniyatini jadal rivojlantirish, ularning madaniy savodxonligi oʻsishi hisobiga inson kapitali sifatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning asosiy natijalariga erishish, maqsadli parametrlari koʻrsatilgan inson kapitalini yetakchi rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan mezonlarga muvofiq baholash mezonlariga oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitob va oʻqish madaniyatini oshirish, aholining madaniy barkamolligini rivojlantirish uchun indikatorlarni yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Dasturni qoʻllab-quvvatlash va mablagʻ bilan taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar kreditlari (qarzlari), grantlari va texnik koʻmaklashish mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(5-bobning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Kutilayotgan natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning amalga oshirilishi kelgusida quyidagi natijalarga olib kelishi kutilmoqda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi, ayniqsa, yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ular orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish, kitobxonlik madaniyatini rivojlangan davlatlar bilan taqqoslanadigan darajaga koʻtarish hamda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini jadal rivojlantirishga, ularning madaniy savodxonligi oʻsishi orqali inson kapitali sifatini yaxshilashga erishiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitobxonlikni ommalashtirish, infratuzilma va oʻquv tizimi, kitobxonlik bilan bogʻliq muammolarni ilmiy-metodik oʻrganish tizimi yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitobxonlikni rivojlantirish, infratuzilma, shuningdek, muassasalar va boshqaruv tizimi oʻrtasida tegishli ijtimoiy-madaniy makonni tartibga solishni taʼminlaydigan samarali axborot almashish tizimi yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitobxonlik madaniyati rivojlangan va faol rivojlanayotgan mamlakatlar bilan taqqoslanadigan darajaga koʻtariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining oʻqiyotgan, faol oʻqiyotgan kitobxonlar ulushining doimiy monitoringi yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitobxonlikni targʻib qilish boʻyicha targʻibot tadbirlarida ishtirok etadigan fuqarolar ulushi ortadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kutubxonalar faoliyati takomillashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish muammolari ilmiy oʻrganiladi va targʻib qilish usullari ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitobxonlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash tizimi yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitobxonlikni rivojlantirish infratuzilmasining doimiy ishlashi uchun shart-sharoitlar yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ilmiy, metodik asoslar va axborot bilan taʼminlash, shu jumladan, axborot almashish tizimining muhim elementlari yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 781-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash milliy dasturini 2020-2021-yillarda amalga oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbai

Masʼul ijrochilar

1.

“Kitobxonlik haftaligi” doirasida tadbirlar tashkil etish.

Haftalik doirasida kitob xarid qilgan shaxslarga oʻsha kun davomida jamoat transportlaridan bepul foydalanish imkoniyatini yaratish.

1. Ishchi guruh tuzish.

2. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

3. “Kitobxonlik haftaligi” doirasida tadbirlar tashkil etish.

2020 yil dekabr


2021-yil yanvar


2021-yil mart-aprel

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Xalq taʼlimi vazirligi,

Transport vazirligi

2.

Nashriyotlar tomonidan yozuvchilarga ajratiladigan gonorar masalasini takomillashtirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

1. Hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil avgust

-

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi

3.

Kitob nashr etish sohasida rassom, dizayner va badiiy muharrirlarni moddiy ragʻbatlantirishni tartibga solish.

“Bosma mahsulotlar uchun badiiy-grafika va fotosurat ishlariga mualliflik haqini toʻlash tartibi va stavkalari toʻgʻrisidagi nizom” loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil iyun

-

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Badiiy akademiya, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

4.

Kitobxonlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash tizimini ishlab chiqish, “Eng yaxshi kitobxon hudud”, “Eng yaxshi kitobxon mahalla”, “Eng yaxshi kitobxon taʼlim muassasasi” reytingini joriy etish.

1. Ekspertlar jamoasini shakllantirish.

2. Baholash tizimini yaratish.

3. Baholash tizimi asosida hududlar reytingini aniqlab borish.

4. Reyting natijalarini eʼlon qilib borish.

2020-yil dekabr

2021-yil yanvar

har yarim yillikda


doimo

-

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvvatlash vazirligi

5.

Oʻzbekistonda kitobxonlik rivojlanishining mavjud holatini aniqlash boʻyicha anʼanaviy soʻrovnoma oʻtkazish (yilda bir marta).

1. Soʻrovnoma obyektini belgilab olish.

2. Soʻrovnoma matnini shakllantirish.

3. Soʻrovnomani aholi orasida OAV hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirish.

4. Soʻrovnoma natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumot tayyorlash.

2021-yil yanvar


2021-yil fevral


2021-yil aprel


doimo

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

MTRK, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

6.

Kitobxonlik yoʻnalishida uchraydigan muammolarni muhokama qilib boruvchi “Kitobxonlar kengashi” faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Kengash aʼzolari tarki�ini shakllantirish.

2. Kitobxonlar kengashini tuzish.

3. Kengash yigʻilishlarida kitobxonlik bilan bogʻliq muammolar va ularning yechimlarini muhokama qilib borish.

2021-yil yanvar


2021-yil fevral


har chorakda

doimo

-

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi

7.

“Yosh kitobxon” respublika tanlovini oʻtkazish.

1. Tanlov nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Tanlovning saralash bosqichlarini oʻtkazish.

3. Tanlovning mahalliy bosqichlarini oʻtkazish.

4. Tanlovning hududiy bosqichlarini oʻtkazish.

5. Tanlovning respublika bosqichini oʻtkazish.

2021-yil yanvar


2021-yil yanvar


2021-yil fevral


2021-yil fevral-mart

mart

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi,
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi,
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,
Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

8.

Aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida oilaviy kitob oʻqish anʼanasini yoʻlga qoʻyish maqsadida “Eng yaxshi kitobxon oila” respublika tanlovini oʻtkazish.

1. Tanlov nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Tanlovning saralash bosqichlarini oʻtkazish.

3. Tanlovning mahalliy bosqichlarini oʻtkazish.

4. Tanlovning hududiy bosqichlarini oʻtkazish.

5. Tanlovning respublika bosqichini oʻtkazish.

2020-yil dekabr


2021-yil fevral


aprel


may


iyun

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi,
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Yoshlar ishlari agentligi,
Respublika Maʼnaviyat va Maʼrifat markazi,
“Mahalla” xayriya jamoat fondi

9.

“Kitob mutolaasidagi eng koʻp tinglovchi auditoriyasini yigʻish” loyihasini amalga oshirish.

1. Ishchi guruhni tuzish.


2. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.


3. Loyihani amalga oshirish.

2021-yil fevral


2021-yil II chorak

2021-yil iyul

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi,
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,
Xalq taʼlimi vazirligi

10.

“Inson hayoti davomida oʻqishi lozim boʻlgan 100 kitob” loyihasi.

1. Ekspertlar jamoasini shakllantirish.

2. Kitoblar roʻyxatini shakllantirish.

3. Loyiha doirasida asarlarning elektron versiyasini turli formatlarda (matnli, ovozli) audiokitob, audioertak tayyorlash.

4. Asarlarning maxsus mobil ilovalarini yaratish.

2021-yil yanvar


2021-yil fevral


2021-yil fevral

2021-yil

fevral-mart

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi,
Xalq taʼlimi vazirligi

11.

Umumtaʼlim maktabi boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Oʻqish olimpiadasi”ni tashkil etish

1. Ishchi guruhni tuzish.


2. Olimpiada nizomini ishlab chiqish.


3. Olimpiadani oʻtkazish.

2021-yil oktyabr


2021-yil noyabr


2021-2022 oʻquv yili davomida

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Xalq taʼlimi vazirligi

12.

Oliy taʼlim muassasalarida “Kelajak kutubxonasi” loyihasini amalga oshirish.

1. Ishchi guruhni tuzish.


2. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish.


3. Loyihani amalga oshirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.


4. Loyihani amalga oshirish.

2021-yil yanvar


2021-yil fevral


2020-2021 oʻquv yilida


doimo

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar

13.

Harbiy qism va muassasalarda xizmat qilayotgan yosh harbiy xizmatchilar oʻrtasida “Jaloliddin Manguberdi”, “Alpomish”, “Temur tuzuklari bilimdoni” kabi tanlovlarni oʻtkazish.

1. Vazirliklar va idoralarning qoʻshma qarorini imzolash.

2. Tanlovning saralash, hududiy va respublika bosqichlarini oʻtkazish.

2020-yil dekabr


2021-yil mobaynida

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Mudofaa vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,

Milliy gvardiya,
FVV, Davlat bojxona qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi

14.

“Kitobxonlik bekatlari” loyihasini amalga oshirish

1. Kitoblarni yuklab olish imkonini beruvchi QR kodlar yozilgan plakatlarni tayyorlash.

2. Plakatlarni temir yoʻl va avtobus bekatlariga joylashtirish.

2021-yil mobaynida


2021-yilda

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari va mahalliy budjet mablagʻlari

Axborot va ommaviy kommun�katsiyalar agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, mahalliy hokimliklar

15.

Kitobxonlik madaniyatini oshirishda davlat va jamoat arboblari, Hukumat aʼzolari va jamoat tashkilotlari vakillari, yozuvchi va shoirlar, sportchilar va estrada xonandalarini keng jalb qilgan holda reklama roliklarini tayyorlash.

1. Ishchi guruhni tuzish.

2. Reklama roliklari ssenariysini tayyorlash.

3. Reklama roliklarini tasvirga olish.

4. Roliklarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda muntazam yoritib borish.

2021-yil yanvar

2021-yil yanvar

2021-yil I chorak

2021-yil mobaynida

Ijrochilarning byudje� va budjetdan tashqari mablagʻlari

MTRK,
Madaniyat vazirligi,
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi,
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,
Yoshlar ishlari agentligi

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/781/1619-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)