Hujjat 23.06.2020 sanasi holatiga | Hujjat 16.08.2024 sanasi holatiga |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining |
| |
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida | Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida |
Soʻnggi yillarda inson huquqlarini himoya qilishning qonunchilik va tashkiliy-huquqiy bazasini mustahkamlash, inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish va xalqaro majburiyatlarni bajarish, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirishga doir tizimli ishlar olib borilmoqda. | Soʻnggi yillarda inson huquqlarini himoya qilishning qonunchilik va tashkiliy-huquqiy bazasini mustahkamlash, inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish va xalqaro majburiyatlarni bajarish, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirishga doir tizimli ishlar olib borilmoqda. |
Hozirgi vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi inson huquqlari boʻyicha 80 dan ortiq xalqaro hujjatlarga, jumladan Birlashgan Millatlar Tashkilotining (keyingi oʻrinlarda — BMT) 6 ta asosiy shartnomasi va 4 ta fakultativ protokoliga qoʻshilgan boʻlib, ularning amalga oshirilishi yuzasidan BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashi va shartnomaviy qoʻmitalariga muntazam ravishda milliy maʼruzalarni taqdim etib kelmoqda. | Hozirgi vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi inson huquqlari boʻyicha 80 dan ortiq xalqaro hujjatlarga, jumladan Birlashgan Millatlar Tashkilotining (keyingi oʻrinlarda — BMT) 6 ta asosiy shartnomasi va 4 ta fakultativ protokoliga qoʻshilgan boʻlib, ularning amalga oshirilishi yuzasidan BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashi va shartnomaviy qoʻmitalariga muntazam ravishda milliy maʼruzalarni taqdim etib kelmoqda. |
Bundan tashqari, milliy qonunchilikni inson huquqlari sohasidagi xalqaro-huquqiy standartlar bilan uygʻunlashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrilmoqda. | Bundan tashqari, milliy qonunchilikni inson huquqlari sohasidagi xalqaro-huquqiy standartlar bilan uygʻunlashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrilmoqda. |
Shu bilan birga, inson huquqlari sohasida uzoq muddatli strategiyaning qabul qilinishi ushbu sohada davlat siyosatining samarali amalga oshirilishiga, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat munosabati shakllanishiga, mamlakatning xalqaro maydondagi obroʻsi yanada mustahkamlanishiga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy va siyosiy-huquqiy reyting hamda indekslardagi mavqeyi yaxshilanishiga xizmat qiladi. | Shu bilan birga, inson huquqlari sohasida uzoq muddatli strategiyaning qabul qilinishi ushbu sohada davlat siyosatining samarali amalga oshirilishiga, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat munosabati shakllanishiga, mamlakatning xalqaro maydondagi obroʻsi yanada mustahkamlanishiga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy va siyosiy-huquqiy reyting hamda indekslardagi mavqeyi yaxshilanishiga xizmat qiladi. |
Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish mexanizmini yanada takomillashtirish, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi ijrosini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni samarali va oʻz vaqtida amalga oshirish maqsadida: | Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish mexanizmini yanada takomillashtirish, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi ijrosini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni samarali va oʻz vaqtida amalga oshirish maqsadida: |
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalari normalarini bajarish yuzasidan masʼul davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin: | 1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalari normalarini bajarish yuzasidan masʼul davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin: |
xalqaro tashkilotlarning inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha tavsiyalarini amalga oshirishga qaratilgan milliy harakat rejalari (“yoʻl xaritalari”)ning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash; | xalqaro tashkilotlarning inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha tavsiyalarini amalga oshirishga qaratilgan milliy harakat rejalari (“yoʻl xaritalari”)ning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash; |
qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining tavsiyalarini bajarishga toʻsqinlik qilayotgan sabab va sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish hamda bartaraf etish; | qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining tavsiyalarini bajarishga toʻsqinlik qilayotgan sabab va sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish hamda bartaraf etish; |
Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari boʻyicha xalqaro majburiyatlarini bajarish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasi va fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlikni amalga oshirish. | Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari boʻyicha xalqaro majburiyatlarini bajarish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasi va fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlikni amalga oshirish. |
2. Xalqaro tashkilotlar, jumladan BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining tavsiyalarini inobatga olgan holda, shuningdek, inson huquqlarini taʼminlash va himoya qilish boʻyicha dolzarb masalalarni har tomonlama oʻrganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qoʻllash amaliyoti va ilgʻor xorijiy tajribani tahlil qilish hamda keng jamoatchilik muhokamasi, xalqaro va milliy maslahatlashuvlar natijasida ishlab chiqilgan: | 2. Xalqaro tashkilotlar, jumladan BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining tavsiyalarini inobatga olgan holda, shuningdek, inson huquqlarini taʼminlash va himoya qilish boʻyicha dolzarb masalalarni har tomonlama oʻrganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qoʻllash amaliyoti va ilgʻor xorijiy tajribani tahlil qilish hamda keng jamoatchilik muhokamasi, xalqaro va milliy maslahatlashuvlar natijasida ishlab chiqilgan: |
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Milliy strategiya) 1-ilovaga muvofiq; | Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Milliy strategiya) 1-ilovaga muvofiq; |
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq; | Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq; |
Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari xabarnomalari va qarorlarini koʻrib chiqish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. | Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari xabarnomalari va qarorlarini koʻrib chiqish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. |
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq: | 3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq: |
a) Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) Milliy strategiya va “Yoʻl xaritasi”ning amalga oshirilishi yuzasidan: | a) Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) Milliy strategiya va “Yoʻl xaritasi”ning amalga oshirilishi yuzasidan: |
muntazam monitoring olib borib, chora-tadbirlar sifatli va oʻz vaqtida ijro etilishi boʻyicha taklif va tavsiyalarni tegishli vazirlik va idoralarga kiritib boradi; | muntazam monitoring olib borib, chora-tadbirlar sifatli va oʻz vaqtida ijro etilishi boʻyicha taklif va tavsiyalarni tegishli vazirlik va idoralarga kiritib boradi; |
doimiy ravishda aniq koʻrsatkichlar va erishilgan natijalar aks ettirilgan batafsil axborotni oʻz veb-saytida joylashtirib boradi; | doimiy ravishda aniq koʻrsatkichlar va erishilgan natijalar aks ettirilgan batafsil axborotni oʻz veb-saytida joylashtirib boradi; |
har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan maʼlumot kiritadi; | har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan maʼlumot kiritadi; |
axborot-tahliliy sharhlar tayyorlanishi, xorijiy tillarga tarjima qilinishi va eʼlon qilinishini taʼminlaydi; | axborot-tahliliy sharhlar tayyorlanishi, xorijiy tillarga tarjima qilinishi va eʼlon qilinishini taʼminlaydi; |
b) “Yoʻl xaritasi”da belgilangan masʼul ijrochilar oʻzlariga yuklatilgan vazifalar ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har oyning 5-sanasiga qadar Markazga taqdim etadi. Bunda, vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari “Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalarning toʻliq, sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgardir; | b) “Yoʻl xaritasi”da belgilangan masʼul ijrochilar oʻzlariga yuklatilgan vazifalar ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har oyning 5-sanasiga qadar Markazga taqdim etadi. Bunda, vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari “Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalarning toʻliq, sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgardir; |
v) Milliy strategiya va “Yoʻl xaritasi”ning ijro holati yuzasidan har olti oyda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlislarida vazirlik va idoralarning axboroti tinglanadi. | |
| |
a) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga: | a) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga: |
Inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarga rioya etilishi boʻyicha parlament komissiyasini tuzish; | Inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarga rioya etilishi boʻyicha parlament komissiyasini tuzish; |
vazirlik va idoralar rahbarlarining Milliy strategiya va “Yoʻl xaritasi”ning ijro holati yuzasidan axborotini har chorakda eshitish va tanqidiy muhokama qilish; | vazirlik va idoralar rahbarlarining Milliy strategiya va “Yoʻl xaritasi”ning ijro holati yuzasidan axborotini har chorakda eshitish va tanqidiy muhokama qilish; |
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlariga vazirlik va idoralar hududiy boʻlinmalari rahbarlarining Milliy strategiya va “Yoʻl xaritasi”ning hududlar kesimida ijro etilishi yuzasidan axborotini har chorakda eshitish va tanqidiy muhokama qilish tavsiya etilsin. | b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlariga vazirlik va idoralar hududiy boʻlinmalari rahbarlarining Milliy strategiya va “Yoʻl xaritasi”ning hududlar kesimida ijro etilishi yuzasidan axborotini har chorakda eshitish va tanqidiy muhokama qilish tavsiya etilsin. |
| |
inson huquqlarini himoya qilish va inson huquqlari madaniyatini oshirishda koʻrsatgan xizmatlari uchun har yili Xalqaro inson huquqlari kunida topshiriladigan “Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishonini taʼsis etish; | inson huquqlarini himoya qilish va inson huquqlari madaniyatini oshirishda koʻrsatgan xizmatlari uchun har yili Xalqaro inson huquqlari kunida topshiriladigan “Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishonini taʼsis etish; |
har ikki yilda yuqori saviyada hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy davlatlar mutaxassislari va faxriy mehmonlar ishtirokida Inson huquqlari boʻyicha Samarqand forumini oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin. | har ikki yilda yuqori saviyada hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy davlatlar mutaxassislari va faxriy mehmonlar ishtirokida Inson huquqlari boʻyicha Samarqand forumini oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin. |
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda: | 6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda: |
“Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida Hukumat qarorini qabul qilsin; | “Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida Hukumat qarorini qabul qilsin; |
Inson huquqlari boʻyicha Samarqand forumini 2020-yilda Samarqand shahrida oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin. | Inson huquqlari boʻyicha Samarqand forumini 2020-yilda Samarqand shahrida oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin. |
| |
bir oy muddatda Inson huquqlari boʻyicha Samarqand forumi konsepsiyasi va uni oʻtkazish reglamentini ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; | bir oy muddatda Inson huquqlari boʻyicha Samarqand forumi konsepsiyasi va uni oʻtkazish reglamentini ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; |
uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda davlat oliy taʼlim muassasalari, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga ixtisoslashtirilgan muassasalar (universitet, institut, markaz, fakultet, kurslar), shuningdek, umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari” va “Bola huquqlari” boʻyicha oʻquv kurslari (darsliklari)ni joriy etish boʻyicha takliflarni kiritsin. | uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda davlat oliy taʼlim muassasalari, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga ixtisoslashtirilgan muassasalar (universitet, institut, markaz, fakultet, kurslar), shuningdek, umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari” va “Bola huquqlari” boʻyicha oʻquv kurslari (darsliklari)ni joriy etish boʻyicha takliflarni kiritsin. |
8. Belgilansinki, Markaz xodimlarining lavozim maoshiga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 30 foizigacha, fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 60 foizigacha qoʻshimcha haq toʻlanadi. | 8. Belgilansinki, Markaz xodimlarining lavozim maoshiga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 30 foizigacha, fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 60 foizigacha qoʻshimcha haq toʻlanadi. |
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur Farmonda koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 2020-yilgi Davlat budjeti parametrlari doirasida belgilangan tartibda moliyaviy mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin. | 9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur Farmonda koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 2020-yilgi Davlat budjeti parametrlari doirasida belgilangan tartibda moliyaviy mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin. |
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Xalqaro press-klub va Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda: | 10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Xalqaro press-klub va Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda: |
ushbu Farmonning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmogʻida tushuntirilishini; | ushbu Farmonning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmogʻida tushuntirilishini; |
Milliy strategiyaning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi xolis va toʻliq maʼlumotlarning keng jamoatchilikka tezkor yetkazilishini taʼminlasin. | Milliy strategiyaning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi xolis va toʻliq maʼlumotlarning keng jamoatchilikka tezkor yetkazilishini taʼminlasin. |
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-dekabrdagi PQ-4056-son qarori bilan tasdiqlangan Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin. | 11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-dekabrdagi PQ-4056-son qarori bilan tasdiqlangan Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin. |
12. Markaz manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. | 12. Markaz manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. |
13. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin. | 13. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV |
| |
| |
| |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PF-6012-son Farmoniga 1-ILOVA | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PF-6012-son Farmoniga 1-ILOVA |
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi | Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi |
Oʻzbekistonda inson huquqlarini ragʻbatlantirish, himoya qilish va ularga rioya qilish masalalari davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi doirasida shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni taʼminlash sohasida aniq maqsadga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. | Oʻzbekistonda inson huquqlarini ragʻbatlantirish, himoya qilish va ularga rioya qilish masalalari davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi doirasida shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni taʼminlash sohasida aniq maqsadga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. |
Mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash masalasi xalqimiz uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratib berishga qaratilgan demokratik islohotlarning bosh mezoniga aylanib bormoqda. | Mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash masalasi xalqimiz uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratib berishga qaratilgan demokratik islohotlarning bosh mezoniga aylanib bormoqda. |
Inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlar milliy qonunchilikka va huquqni qoʻllash amaliyotiga tizimli hamda bosqichma-bosqich implementatsiya qilinmoqda. Bugungi kunda Oʻzbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan 80 dan ortiq inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro hujjatlar normalari milliy qonunchilikda oʻz aksini topmoqda. | Inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlar milliy qonunchilikka va huquqni qoʻllash amaliyotiga tizimli hamda bosqichma-bosqich implementatsiya qilinmoqda. Bugungi kunda Oʻzbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan 80 dan ortiq inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro hujjatlar normalari milliy qonunchilikda oʻz aksini topmoqda. |
Amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar insonlar hayotini, dunyoqarashini hamda turmush tarzini oʻzgartirmoqda. Jamiyatda “Yangi Oʻzbekistonni birgalikda barpo etamiz” degan ulugʻvor maqsad shakllandi va “Jamiyat — islohotlar tashabbuskori” degan yangi gʻoya kundalik faoliyatimizga faol kirib bormoqda. | Amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar insonlar hayotini, dunyoqarashini hamda turmush tarzini oʻzgartirmoqda. Jamiyatda “Yangi Oʻzbekistonni birgalikda barpo etamiz” degan ulugʻvor maqsad shakllandi va “Jamiyat — islohotlar tashabbuskori” degan yangi gʻoya kundalik faoliyatimizga faol kirib bormoqda. |
| |
Inson huquq va erkinliklarini taʼminlashda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq va Virtual qabulxonalari, shuningdek, Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha qabulxonalari alohida oʻrin egallamoqda. | Inson huquq va erkinliklarini taʼminlashda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq va Virtual qabulxonalari, shuningdek, Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha qabulxonalari alohida oʻrin egallamoqda. |
Sud-huquq sohasini yanada demokratlashtirish, Konstitutsiya ustuvorligi, qonun oldida tenglik, insonparvarlik, adolatlilik, sud hokimiyatining mustaqilligini taʼminlash, sud jarayonida tortishuv tamoyillarini tatbiq etish, aholining odil sudlovga boʻlgan ishonchini oshirish, “Xabeas korpus” institutini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar majmui qabul qilindi. | Sud-huquq sohasini yanada demokratlashtirish, Konstitutsiya ustuvorligi, qonun oldida tenglik, insonparvarlik, adolatlilik, sud hokimiyatining mustaqilligini taʼminlash, sud jarayonida tortishuv tamoyillarini tatbiq etish, aholining odil sudlovga boʻlgan ishonchini oshirish, “Xabeas korpus” institutini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar majmui qabul qilindi. |
Inson huquq va erkinliklarini taʼminlashda, nizolarni sudgacha hal qilishda va taraflarni yarashtirishda advokatlarning vakolatlari sezilarli darajada kengaytirilmoqda. | Inson huquq va erkinliklarini taʼminlashda, nizolarni sudgacha hal qilishda va taraflarni yarashtirishda advokatlarning vakolatlari sezilarli darajada kengaytirilmoqda. |
Sudlarda ishlarni koʻrib chiqishda adolatni, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash uchun “Elektron odil sudlov” tizimi joriy etildi. Aholiga bepul yuridik yordam koʻrsatish tizimi, shuningdek, Advice.uz huquqiy maʼlumotlar tizimining imkoniyatlarini kengaytirish hamda fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar xizmatini koʻrsatuvchi “Madad” nodavlat notijorat tashkilotini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilindi. | Sudlarda ishlarni koʻrib chiqishda adolatni, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash uchun “Elektron odil sudlov” tizimi joriy etildi. Aholiga bepul yuridik yordam koʻrsatish tizimi, shuningdek, Advice.uz huquqiy maʼlumotlar tizimining imkoniyatlarini kengaytirish hamda fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar xizmatini koʻrsatuvchi “Madad” nodavlat notijorat tashkilotini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilindi. |
Maʼmuriy, jinoiy, jinoyat-protsessual va jinoyat-ijroiya qonunchiligi takomillashtirib borilmoqda hamda insonparvarlik tamoyiliga yanada moslashtirilmoqda. Afv etish va jamoat birlashmalarining kafilligi ostida shaxslarni jazodan ozod qilishning mutlaqo yangi tizimi joriy etildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Jasliq qoʻrgʻonida joylashgan ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasining yopilishi muhim insonparvar voqelik boʻldi. Qabul qilinayotgan chora-tadbirlar natijasida ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning soni 2,5 baravar kamaydi. | Maʼmuriy, jinoiy, jinoyat-protsessual va jinoyat-ijroiya qonunchiligi takomillashtirib borilmoqda hamda insonparvarlik tamoyiliga yanada moslashtirilmoqda. Afv etish va jamoat birlashmalarining kafilligi ostida shaxslarni jazodan ozod qilishning mutlaqo yangi tizimi joriy etildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Jasliq qoʻrgʻonida joylashgan ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasining yopilishi muhim insonparvar voqelik boʻldi. Qabul qilinayotgan chora-tadbirlar natijasida ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning soni 2,5 baravar kamaydi. |
Oʻzbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining (keyingi oʻrinlarda — BMT) Inson huquqlari taʼlimi sohasidagi butunjahon dasturida faol ishtirok etmoqda. “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi” va BMTning Inson huquqlari sohasida taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi deklaratsiyasi qoidalarini amalga oshirish boʻyicha Milliy harakat dasturining ijrosi yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari, taʼlim muassasalari aholi orasida umuminsoniy qadriyatlar, inson huquqlarini hurmat qilish va rioya qilish tamoyillarini ommalashtirishga, shuningdek, fuqarolarning huquqiy axborotdan foydalanishini taʼminlash jarayoniga keng jalb etilgan. | Oʻzbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining (keyingi oʻrinlarda — BMT) Inson huquqlari taʼlimi sohasidagi butunjahon dasturida faol ishtirok etmoqda. “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi” va BMTning Inson huquqlari sohasida taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi deklaratsiyasi qoidalarini amalga oshirish boʻyicha Milliy harakat dasturining ijrosi yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari, taʼlim muassasalari aholi orasida umuminsoniy qadriyatlar, inson huquqlarini hurmat qilish va rioya qilish tamoyillarini ommalashtirishga, shuningdek, fuqarolarning huquqiy axborotdan foydalanishini taʼminlash jarayoniga keng jalb etilgan. |
Fuqarolarning siyosiy huquqlari va erkinliklari, fikr, soʻz va vijdon erkinligini taʼminlashda jamiyat va davlat boshqaruvidagi keng qamrovli tub oʻzgarishlar katta ahamiyatga ega. Parlament va jamoatchilik nazoratining samarali mexanizmlari mustahkamlanmoqda. Vazirlar Mahkamasining parlament oldidagi masʼuliyati sezilarli darajada kuchaytirildi. “Elektron parlament” va “Elektron hukumat” tizimi rivojlantirilmoqda, davlat xizmatlarining turlarini kengaytirish, ularning imkoniyatlari, sifati va tezkorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilinmoqda. | Fuqarolarning siyosiy huquqlari va erkinliklari, fikr, soʻz va vijdon erkinligini taʼminlashda jamiyat va davlat boshqaruvidagi keng qamrovli tub oʻzgarishlar katta ahamiyatga ega. Parlament va jamoatchilik nazoratining samarali mexanizmlari mustahkamlanmoqda. Vazirlar Mahkamasining parlament oldidagi masʼuliyati sezilarli darajada kuchaytirildi. “Elektron parlament” va “Elektron hukumat” tizimi rivojlantirilmoqda, davlat xizmatlarining turlarini kengaytirish, ularning imkoniyatlari, sifati va tezkorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilinmoqda. |
Parlament, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, “Xalq qonunlarning tom maʼnoda yagona manbai va muallifi hisoblanadi” hamda “Barcha muhim qarorlar bevosita xalq bilan muloqot asosida, jamoatchilikning fikrini hisobga olgan holda qabul qilinadi” tamoyillarini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. | Parlament, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, “Xalq qonunlarning tom maʼnoda yagona manbai va muallifi hisoblanadi” hamda “Barcha muhim qarorlar bevosita xalq bilan muloqot asosida, jamoatchilikning fikrini hisobga olgan holda qabul qilinadi” tamoyillarini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. |
Oliy Majlis palatalari tomonidan inson huquqlarining holati toʻgʻrisidagi maʼruzalar, inson huquqlarini taʼminlashda xalqaro va mintaqaviy mexanizmlar bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha milliy harakat rejalari (“yoʻl xaritalari”)ni tasdiqlash amaliyotining yoʻlga qoʻyilishi qonun ijodkorligida yangi muhim qadam boʻldi. | Oliy Majlis palatalari tomonidan inson huquqlarining holati toʻgʻrisidagi maʼruzalar, inson huquqlarini taʼminlashda xalqaro va mintaqaviy mexanizmlar bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha milliy harakat rejalari (“yoʻl xaritalari”)ni tasdiqlash amaliyotining yoʻlga qoʻyilishi qonun ijodkorligida yangi muhim qadam boʻldi. |
Oʻzbekistonda inson huquqlariga rioya qilish va uni himoya qilishning milliy mexanizmlarini yanada mustahkamlash va rivojlantirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. | Oʻzbekistonda inson huquqlariga rioya qilish va uni himoya qilishning milliy mexanizmlarini yanada mustahkamlash va rivojlantirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyati tubdan takomillashtirildi. Bola huquqlari boʻyicha vakil va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil lavozimlari joriy qilindi. | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyati tubdan takomillashtirildi. Bola huquqlari boʻyicha vakil va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil lavozimlari joriy qilindi. |
Fuqarolarning ijtimoiy va madaniy huquqlarini taʼminlashning noyob tizimi yaratildi. “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Yoshlar — kelajagimiz”, “Besh tashabbus” kabi 20 dan ortiq davlat ijtimoiy dasturlari va konsepsiyalari amalga oshirilmoqda. BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida milliy maqsadlarni roʻyobga chiqarish, inson taraqqiyoti boʻyicha yuqori indeksga ega boʻlgan (intellektual salohiyati, savodxonligi, insonning oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi) davlatlar darajasiga erishishga, ijtimoiy sohaga innovatsiyalarni keng joriy etishni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar qabul qilinmoqda. | Fuqarolarning ijtimoiy va madaniy huquqlarini taʼminlashning noyob tizimi yaratildi. “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Yoshlar — kelajagimiz”, “Besh tashabbus” kabi 20 dan ortiq davlat ijtimoiy dasturlari va konsepsiyalari amalga oshirilmoqda. BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida milliy maqsadlarni roʻyobga chiqarish, inson taraqqiyoti boʻyicha yuqori indeksga ega boʻlgan (intellektual salohiyati, savodxonligi, insonning oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi) davlatlar darajasiga erishishga, ijtimoiy sohaga innovatsiyalarni keng joriy etishni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar qabul qilinmoqda. |
Taʼlim va tarbiya sohasida keng koʻlamli tub oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. 2025-yilga borib, 3 — 7 yoshdagi bolalarning 74,5 foizini maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishni nazarda tutuvchi maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi hayotga joriy etilmoqda. 11 yillik maktab taʼlimi tizimi qayta tiklandi. Bugungi kunda davlat, nodavlat va xorijiy oliy oʻquv yurtlarining soni ortib bormoqda. | Taʼlim va tarbiya sohasida keng koʻlamli tub oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. 2025-yilga borib, 3 — 7 yoshdagi bolalarning 74,5 foizini maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishni nazarda tutuvchi maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi hayotga joriy etilmoqda. 11 yillik maktab taʼlimi tizimi qayta tiklandi. Bugungi kunda davlat, nodavlat va xorijiy oliy oʻquv yurtlarining soni ortib bormoqda. |
Oʻzbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotidagi nufuzi oshirilmoqda hamda xalqaro darajada “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” tamoyili asosida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. | Oʻzbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotidagi nufuzi oshirilmoqda hamda xalqaro darajada “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” tamoyili asosida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. |
Sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlar natijasida aholining sifatli tibbiy-sanitariya xizmatlaridan foydalanish imkoniyati oshdi. Eng asosiysi, mamlakatdagi oʻrtacha umr koʻrish darajasi 1990-yildagi 67,2 yoshdan 2020-yilga kelib 74,6 yoshga yetdi, onalar oʻlimi bir yarim baravar hamda bolalar oʻlimi esa, toʻrt baravarga kamaydi. | Sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlar natijasida aholining sifatli tibbiy-sanitariya xizmatlaridan foydalanish imkoniyati oshdi. Eng asosiysi, mamlakatdagi oʻrtacha umr koʻrish darajasi 1990-yildagi 67,2 yoshdan 2020-yilga kelib 74,6 yoshga yetdi, onalar oʻlimi bir yarim baravar hamda bolalar oʻlimi esa, toʻrt baravarga kamaydi. |
Oʻzbekiston iqlim oʻzgarishlari boʻyicha Parij bitimiga qoʻshildi, mamlakatda Ekologik taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasi amalga oshirilmoqda. | Oʻzbekiston iqlim oʻzgarishlari boʻyicha Parij bitimiga qoʻshildi, mamlakatda Ekologik taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasi amalga oshirilmoqda. |
Kam taʼminlangan oilalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, mehnat migrantlari, bolalar, yoshlar, ayollar, katta yoshdagilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, oila institutini mustahkamlash boʻyicha ishlar tubdan qayta koʻrib chiqildi. Oila institutini mustahkamlash boʻyicha konsepsiya qabul qilinib, uning mazmunida oilaviy mojarolarni hal etish mexanizmlari, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish masalalari oʻrin oldi. | Kam taʼminlangan oilalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, mehnat migrantlari, bolalar, yoshlar, ayollar, katta yoshdagilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, oila institutini mustahkamlash boʻyicha ishlar tubdan qayta koʻrib chiqildi. Oila institutini mustahkamlash boʻyicha konsepsiya qabul qilinib, uning mazmunida oilaviy mojarolarni hal etish mexanizmlari, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish masalalari oʻrin oldi. |
| |
Xalqaro saylov standartlarini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi qabul qilinib, uning asosida 2019-yil 22-dekabrda “Yangi Oʻzbekiston — yangi saylovlar” shiori ostida boʻlib oʻtgan saylovlarda ilk bor 5 ta siyosiy partiya ishtirok etdi. Saylovlarning ochiq-oydin, xalqaro standartlar asosida oʻtkazilishini nazorat qilish uchun 50 ga yaqin davlat hamda 10 ta xalqaro tashkilotdan 825 nafar kuzatuvchi, jumladan, birinchi marta Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosining toʻlaqonli missiyasi ishtirok etdi. | Xalqaro saylov standartlarini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi qabul qilinib, uning asosida 2019-yil 22-dekabrda “Yangi Oʻzbekiston — yangi saylovlar” shiori ostida boʻlib oʻtgan saylovlarda ilk bor 5 ta siyosiy partiya ishtirok etdi. Saylovlarning ochiq-oydin, xalqaro standartlar asosida oʻtkazilishini nazorat qilish uchun 50 ga yaqin davlat hamda 10 ta xalqaro tashkilotdan 825 nafar kuzatuvchi, jumladan, birinchi marta Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosining toʻlaqonli missiyasi ishtirok etdi. |
Mamlakatda uzoq vaqtdan beri yashab kelib, Oʻzbekiston fuqarosi degan huquqiy maqomga ega boʻlmagan 50 mingga yaqin yurtdoshlarimizning ana shu muammosi hal etilib, ularni Oʻzbekiston fuqarolari sifatida tan olishning qonuniy choralari koʻrildi. Propiska qilish tizimidan xabar berish xususiyatidagi roʻyxatdan oʻtkazish tizimiga oʻtish boʻyicha ishlar amalga oshirildi. | Mamlakatda uzoq vaqtdan beri yashab kelib, Oʻzbekiston fuqarosi degan huquqiy maqomga ega boʻlmagan 50 mingga yaqin yurtdoshlarimizning ana shu muammosi hal etilib, ularni Oʻzbekiston fuqarolari sifatida tan olishning qonuniy choralari koʻrildi. Propiska qilish tizimidan xabar berish xususiyatidagi roʻyxatdan oʻtkazish tizimiga oʻtish boʻyicha ishlar amalga oshirildi. |
Barcha iqtisodiy va ijtimoiy dasturlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha qabul qilinayotgan investitsion loyihalar yangi ish oʻrinlarini yaratish, shuningdek, mehnat migrantlarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi tashkil etildi. | Barcha iqtisodiy va ijtimoiy dasturlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha qabul qilinayotgan investitsion loyihalar yangi ish oʻrinlarini yaratish, shuningdek, mehnat migrantlarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi tashkil etildi. |
“Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan tamoyil asosida xalqimiz hayotini tubdan yaxshilash boʻyicha olib borilayotgan keng koʻlamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni davom ettirish, aholi farovonligini oshirish va uning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish davlat hokimiyati organlarining bosh vazifalaridan biri boʻlib qoladi. | “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan tamoyil asosida xalqimiz hayotini tubdan yaxshilash boʻyicha olib borilayotgan keng koʻlamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni davom ettirish, aholi farovonligini oshirish va uning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish davlat hokimiyati organlarining bosh vazifalaridan biri boʻlib qoladi. |
Oʻzbekistonda vijdon erkinligi huquqini taʼminlash sohasida keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mamlakatda 16 ta konfessiyaning 2 277 ta diniy tashkilotlari oʻz faoliyatini olib bormoqda. “Jaholatga qarshi maʼrifat” gʻoyasini amalga oshirishga, diniy taʼlim va maʼrifat tizimini rivojlantirishga, diniy xodimlar tayyorlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. | Oʻzbekistonda vijdon erkinligi huquqini taʼminlash sohasida keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mamlakatda 16 ta konfessiyaning 2 277 ta diniy tashkilotlari oʻz faoliyatini olib bormoqda. “Jaholatga qarshi maʼrifat” gʻoyasini amalga oshirishga, diniy taʼlim va maʼrifat tizimini rivojlantirishga, diniy xodimlar tayyorlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. |
Oʻzbekiston xalqaro huquq subyekti sifatida oʻz rivojlanishining yangi bosqichiga koʻtarilmoqda va xalqaro norma ijodkorligining faol ishtirokchisi va yangi xalqaro shartnomalarning tashabbuskori sifatida maydonga chiqmoqda. | Oʻzbekiston xalqaro huquq subyekti sifatida oʻz rivojlanishining yangi bosqichiga koʻtarilmoqda va xalqaro norma ijodkorligining faol ishtirokchisi va yangi xalqaro shartnomalarning tashabbuskori sifatida maydonga chiqmoqda. |
Iqtisodiy, siyosiy-huquqiy reytinglar va indekslardagi pozitsiyani yaxshilash, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish maqsadida xorijiy reyting agentliklari bilan tizimli ravishda yaqindan hamkorlik aloqalari amalga oshirilmoqda. Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi tashkil etildi. | Iqtisodiy, siyosiy-huquqiy reytinglar va indekslardagi pozitsiyani yaxshilash, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish maqsadida xorijiy reyting agentliklari bilan tizimli ravishda yaqindan hamkorlik aloqalari amalga oshirilmoqda. Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi tashkil etildi. |
BMT Bosh Assambleyasining 73-sessiyasida Oʻzbekistonning tashabbusi bilan “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” toʻgʻrisidagi rezolyutsiya qabul qilindi. Oʻzbekiston BMTning Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surdi. | BMT Bosh Assambleyasining 73-sessiyasida Oʻzbekistonning tashabbusi bilan “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” toʻgʻrisidagi rezolyutsiya qabul qilindi. Oʻzbekiston BMTning Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surdi. |
BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari, inson huquqlari boʻyicha maxsus maʼruzachilar instituti bilan hamkorlik izchil ravishda rivojlanib bormoqda. Jumladan, mamlakatimizga tashrif buyurgan BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari, Inson huquqlari boʻyicha kengashining Din va eʼtiqod erkinligi hamda Sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari boʻyicha maxsus maʼruzachilarining tavsiyalarini bajarish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. | BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari, inson huquqlari boʻyicha maxsus maʼruzachilar instituti bilan hamkorlik izchil ravishda rivojlanib bormoqda. Jumladan, mamlakatimizga tashrif buyurgan BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari, Inson huquqlari boʻyicha kengashining Din va eʼtiqod erkinligi hamda Sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari boʻyicha maxsus maʼruzachilarining tavsiyalarini bajarish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. |
Oʻzbekistonning Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalari doirasida xalqaro majburiyatlarini, shuningdek, ushbu tashkilot tomonidan taqdim etilgan paxta yigʻim-terim kampaniyasi monitoringi yakunlari boʻyicha tavsiyalarni bajarishi, shu jumladan, 2017 — 2020-yillarda Oʻzbekistonda munosib mehnat boʻyicha dasturning amalga oshirilishi xalqaro hamkorlar tomonidan ijobiy baholandi. | Oʻzbekistonning Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalari doirasida xalqaro majburiyatlarini, shuningdek, ushbu tashkilot tomonidan taqdim etilgan paxta yigʻim-terim kampaniyasi monitoringi yakunlari boʻyicha tavsiyalarni bajarishi, shu jumladan, 2017 — 2020-yillarda Oʻzbekistonda munosib mehnat boʻyicha dasturning amalga oshirilishi xalqaro hamkorlar tomonidan ijobiy baholandi. |
BMT tashkil etilganidan buyon Osiyo mintaqasida birinchi marta tashkil etilgan Inson huquqlari boʻyicha Osiyo forumi Samarqand shahrida boʻlib oʻtdi. Ushbu Forumda BMT Bosh Assambleyasi 73-sessiyasining asosiy hujjatlaridan biri sifatida tasdiqlangan Inson huquqlari boʻyicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi. Oʻzbekiston parlamenti inson huquqlarining “Samarqand ruhi”ni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqladi. | BMT tashkil etilganidan buyon Osiyo mintaqasida birinchi marta tashkil etilgan Inson huquqlari boʻyicha Osiyo forumi Samarqand shahrida boʻlib oʻtdi. Ushbu Forumda BMT Bosh Assambleyasi 73-sessiyasining asosiy hujjatlaridan biri sifatida tasdiqlangan Inson huquqlari boʻyicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi. Oʻzbekiston parlamenti inson huquqlarining “Samarqand ruhi”ni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqladi. |
2019-yilda Toshkent shahrida Islom hamkorlik tashkilotining Inson huquqlari boʻyicha Mustaqil doimiy komissiyasining VI yillik seminari oʻtkazildi va uning natijalari boʻyicha Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. | 2019-yilda Toshkent shahrida Islom hamkorlik tashkilotining Inson huquqlari boʻyicha Mustaqil doimiy komissiyasining VI yillik seminari oʻtkazildi va uning natijalari boʻyicha Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. |
| |
Mamlakatda inson huquqlari sohasida amaldagi holatni oʻrganish natijalari, shuningdek, BMTning shartnomaviy organlari, Oʻzbekistonga tashrif buyurgan BMTning maxsus maʼruzachilari, Universal davriy hisobot va boshqa xalqaro mexanizmlar doirasida berilgan tavsiyalarning tizimli tahlili shuni koʻrsatmoqdaki, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni taʼminlash maqsadida sohada demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va izchil davom ettirish talab etiladi. | Mamlakatda inson huquqlari sohasida amaldagi holatni oʻrganish natijalari, shuningdek, BMTning shartnomaviy organlari, Oʻzbekistonga tashrif buyurgan BMTning maxsus maʼruzachilari, Universal davriy hisobot va boshqa xalqaro mexanizmlar doirasida berilgan tavsiyalarning tizimli tahlili shuni koʻrsatmoqdaki, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni taʼminlash maqsadida sohada demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va izchil davom ettirish talab etiladi. |
Birinchidan, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish faoliyatini taʼminlashning mexanizmlarini tartibga solishda hamda inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlarni qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotiga implementatsiya qilishdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish zarur. | Birinchidan, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish faoliyatini taʼminlashning mexanizmlarini tartibga solishda hamda inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlarni qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotiga implementatsiya qilishdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish zarur. |
Ikkinchidan, davlat boshqaruvi organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining inson huquqlari sohasidagi faoliyatini oʻzaro hamkorlikda amalga oshirishning aniq mexanizmlari ishlab chiqilmagan. Shuningdek, inson huquqlari sohasida Oʻzbekistonning xalqaro majburiyatlari lozim darajada bajarilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish zarur. | Ikkinchidan, davlat boshqaruvi organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining inson huquqlari sohasidagi faoliyatini oʻzaro hamkorlikda amalga oshirishning aniq mexanizmlari ishlab chiqilmagan. Shuningdek, inson huquqlari sohasida Oʻzbekistonning xalqaro majburiyatlari lozim darajada bajarilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish zarur. |
Uchinchidan, inson huquqlari sohasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini huquqiy tartibga solish, bu sohada zarur dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirishning aniq tartibini belgilash lozim. | Uchinchidan, inson huquqlari sohasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini huquqiy tartibga solish, bu sohada zarur dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirishning aniq tartibini belgilash lozim. |
Toʻrtinchidan, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalar normalarini qoʻllash amaliyotini yanada kengaytirish, ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan shaxslar huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish tizimini takomillashtirish hamda shartnomaviy qoʻmitalarning xabarlarini koʻrib chiqish yuzasidan qarorlarni bajarishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish lozim. | Toʻrtinchidan, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalar normalarini qoʻllash amaliyotini yanada kengaytirish, ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan shaxslar huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish tizimini takomillashtirish hamda shartnomaviy qoʻmitalarning xabarlarini koʻrib chiqish yuzasidan qarorlarni bajarishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish lozim. |
Beshinchidan, insonning shaxsiy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy huquqlari va erkinliklarini taʼminlash kafolatlarini kuchaytirish, jumladan mazkur huquqlarni poymol qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish talab etiladi. | Beshinchidan, insonning shaxsiy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy huquqlari va erkinliklarini taʼminlash kafolatlarini kuchaytirish, jumladan mazkur huquqlarni poymol qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish talab etiladi. |
Oltinchidan, jamiyatda inson huquqlari va erkinliklariga hurmat hissining shakllanishi, xalqaro va mintaqaviy mexanizmlar tavsiyalarining toʻliq bajarilishi uchun sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa davlat organlari xodimlarining inson huquqlari boʻyicha malakasini oshirish ishlarini tizimli yoʻlga qoʻyish zarur. | Oltinchidan, jamiyatda inson huquqlari va erkinliklariga hurmat hissining shakllanishi, xalqaro va mintaqaviy mexanizmlar tavsiyalarining toʻliq bajarilishi uchun sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa davlat organlari xodimlarining inson huquqlari boʻyicha malakasini oshirish ishlarini tizimli yoʻlga qoʻyish zarur. |
Shu munosabat bilan, quyidagi maqsad va vazifalar hamda asosiy yoʻnalishlarni nazarda tutuvchi Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini (keyingi oʻrinlarda — Milliy strategiya) amalga oshirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. | Shu munosabat bilan, quyidagi maqsad va vazifalar hamda asosiy yoʻnalishlarni nazarda tutuvchi Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini (keyingi oʻrinlarda — Milliy strategiya) amalga oshirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. |
| |
Milliy strategiyaning maqsadi — Oʻzbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash boʻyicha izchil olib borilayotgan davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy vazifalari va yoʻnalishlarini belgilab olish hisoblanadi. | Milliy strategiyaning maqsadi — Oʻzbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash boʻyicha izchil olib borilayotgan davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy vazifalari va yoʻnalishlarini belgilab olish hisoblanadi. |
Milliy strategiyaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: | Milliy strategiyaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: |
1) mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini, umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar hamda Oʻzbekistonning inson huquqlari sohasidagi majburiyatlarini, shuningdek, BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining tavsiyalarini hisobga olgan holda qonunchilikni takomillashtirish; | 1) mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini, umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar hamda Oʻzbekistonning inson huquqlari sohasidagi majburiyatlarini, shuningdek, BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining tavsiyalarini hisobga olgan holda qonunchilikni takomillashtirish; |
2) 2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishida parlament va fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish, qonun ustuvorligini mustahkamlash, milliy qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini inson huquqlari boʻyicha xalqaro majburiyatlarga muvofiqlashtirish; | 2) 2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishida parlament va fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish, qonun ustuvorligini mustahkamlash, milliy qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini inson huquqlari boʻyicha xalqaro majburiyatlarga muvofiqlashtirish; |
3) Oʻzbekistonning inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro reytinglar va indekslar (qonun ustuvorligi, norma ijodkorligi sifati, hukumat faoliyati samaradorligi, soʻz va axborot erkinligi, jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash, biznesni olib borish shart-sharoitlari, global raqobatbardoshlik, innovatsion rivojlanish va boshqalar) boʻyicha dunyodagi 50 ta yetakchi mamlakatlar qatoriga kirishini taʼminlash; | 3) Oʻzbekistonning inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro reytinglar va indekslar (qonun ustuvorligi, norma ijodkorligi sifati, hukumat faoliyati samaradorligi, soʻz va axborot erkinligi, jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash, biznesni olib borish shart-sharoitlari, global raqobatbardoshlik, innovatsion rivojlanish va boshqalar) boʻyicha dunyodagi 50 ta yetakchi mamlakatlar qatoriga kirishini taʼminlash; |
4) inson huquqlari buzilishlariga barham berish maqsadida sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlash, prokuratura organlari faoliyatini takomillashtirish va odil sudlov tizimi vakolatlarini mustahkamlash, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha milliy institutlar faoliyati uchun keng sharoitlarni yaratish, inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatini monitoring qilish va baholashning milliy tizimini yanada rivojlantirish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda inson huquqlari madaniyatini shakllantirish; | 4) inson huquqlari buzilishlariga barham berish maqsadida sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlash, prokuratura organlari faoliyatini takomillashtirish va odil sudlov tizimi vakolatlarini mustahkamlash, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha milliy institutlar faoliyati uchun keng sharoitlarni yaratish, inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatini monitoring qilish va baholashning milliy tizimini yanada rivojlantirish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda inson huquqlari madaniyatini shakllantirish; |
5) shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni himoya qilishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xususiy sektor faoliyatining ochiqligi va oʻzaro hamkorligi samaradorligini oshirish, shuningdek, qonun ijodkorligi jarayonida fuqarolik jamiyati institutlari bilan maslahatlashuvlarni oʻtkazish amaliyotini takomillashtirish; | 5) shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni himoya qilishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xususiy sektor faoliyatining ochiqligi va oʻzaro hamkorligi samaradorligini oshirish, shuningdek, qonun ijodkorligi jarayonida fuqarolik jamiyati institutlari bilan maslahatlashuvlarni oʻtkazish amaliyotini takomillashtirish; |
6) jinoyatchilikning, ayniqsa odam savdosi, korrupsiya, qiynoqqa solish, uyushgan va transmilliy jinoyatchilikning oldini olish va bu illatlarga qarshi kurashish, shuningdek, ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar va mahkumlarni saqlash joylari tizimida odil sudlovga va inson huquqlariga rioya etilishini taʼminlash; | 6) jinoyatchilikning, ayniqsa odam savdosi, korrupsiya, qiynoqqa solish, uyushgan va transmilliy jinoyatchilikning oldini olish va bu illatlarga qarshi kurashish, shuningdek, ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar va mahkumlarni saqlash joylari tizimida odil sudlovga va inson huquqlariga rioya etilishini taʼminlash; |
7) aholining imkoniyati cheklangan, kam taʼminlangan guruhlar huquqlarini BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarining “hech kimni orqada qoldirmaslik” tamoyiliga muvofiq himoya qilishni taʼminlash, davlat va jamiyatning alohida himoyasiga muhtoj boʻlgan shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda ularga xizmatlar koʻrsatish sifatini oshirish; | 7) aholining imkoniyati cheklangan, kam taʼminlangan guruhlar huquqlarini BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarining “hech kimni orqada qoldirmaslik” tamoyiliga muvofiq himoya qilishni taʼminlash, davlat va jamiyatning alohida himoyasiga muhtoj boʻlgan shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda ularga xizmatlar koʻrsatish sifatini oshirish; |
8) din, soʻz va fikr erkinligi, maʼlumot olish, kamsitishga yoʻl qoʻymaslik, gender tenglikni taʼminlash, barchaning sifatli taʼlim va tibbiy xizmatlardan teng foydalanishi, keksa odamlarning ijtimoiy integratsiyasi, bolalar, yoshlar, ayollar, nogironligi boʻlgan shaxslar va migrantlar huquqlarini himoya qilish sohalarida huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish; | 8) din, soʻz va fikr erkinligi, maʼlumot olish, kamsitishga yoʻl qoʻymaslik, gender tenglikni taʼminlash, barchaning sifatli taʼlim va tibbiy xizmatlardan teng foydalanishi, keksa odamlarning ijtimoiy integratsiyasi, bolalar, yoshlar, ayollar, nogironligi boʻlgan shaxslar va migrantlar huquqlarini himoya qilish sohalarida huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish; |
9) oila institutini, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish, oilada zoʻravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashishni huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa jihatlardan qoʻllab-quvvatlash darajasini oshirish; | 9) oila institutini, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish, oilada zoʻravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashishni huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa jihatlardan qoʻllab-quvvatlash darajasini oshirish; |
10) insonning iqtisodiy huquqlarini taʼminlash, xususiy mulkchilik va davlat-xususiy sheriklik aloqalarini rivojlantirish; | 10) insonning iqtisodiy huquqlarini taʼminlash, xususiy mulkchilik va davlat-xususiy sheriklik aloqalarini rivojlantirish; |
11) taʼlimning sifati va barcha darajadagi qamrovini oshirish, uzluksiz taʼlim tizimini rivojlantirish, oʻqitish tizimining inklyuzivligi va undan barchaning foydalana olishini taʼminlash; | 11) taʼlimning sifati va barcha darajadagi qamrovini oshirish, uzluksiz taʼlim tizimini rivojlantirish, oʻqitish tizimining inklyuzivligi va undan barchaning foydalana olishini taʼminlash; |
12) inson huquqlari sohasida axborot-maʼrifiy faoliyatining sifati hamda manzilligini yaxshilash; | 12) inson huquqlari sohasida axborot-maʼrifiy faoliyatining sifati hamda manzilligini yaxshilash; |
13) davlatlararo munosabatlarni, xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini uygʻunlashtirish, inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomaviy organlarning tavsiyalarini sifatli va oʻz vaqtida bajarish maqsadida innovatsion tamoyillarni joriy etish; | 13) davlatlararo munosabatlarni, xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini uygʻunlashtirish, inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomaviy organlarning tavsiyalarini sifatli va oʻz vaqtida bajarish maqsadida innovatsion tamoyillarni joriy etish; |
14) BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashi aʼzoligiga Oʻzbekiston Respublikasi saylanishini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 14) BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashi aʼzoligiga Oʻzbekiston Respublikasi saylanishini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
| |
1. Shaxsiy va siyosiy huquqlarni himoya qilish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar: | 1. Shaxsiy va siyosiy huquqlarni himoya qilish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar: |
shaxsiy va siyosiy huquqlariga oid xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan davlat organlari va mansabdor shaxslarning masʼuliyatini oshirish; | shaxsiy va siyosiy huquqlariga oid xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan davlat organlari va mansabdor shaxslarning masʼuliyatini oshirish; |
xalqaro huquq prinsiplari, normalari hamda Oʻzbekistonning xalqaro shartnomalari sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan keng qoʻllanilishi, xalqaro huquq ustuvorligi prinsipini amalga oshirishning samarali mexanizmini yaratish; | xalqaro huquq prinsiplari, normalari hamda Oʻzbekistonning xalqaro shartnomalari sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan keng qoʻllanilishi, xalqaro huquq ustuvorligi prinsipini amalga oshirishning samarali mexanizmini yaratish; |
sudlarning mustaqilligini va xolisligini taʼminlash maqsadida sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirish hamda “Xabeas korpus” institutini yanada takomillashtirish yoʻli bilan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashda sud hokimiyatining rolini oshirish; | sudlarning mustaqilligini va xolisligini taʼminlash maqsadida sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirish hamda “Xabeas korpus” institutini yanada takomillashtirish yoʻli bilan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashda sud hokimiyatining rolini oshirish; |
sud jarayonlarida tenglik va tortishuv tamoyillarini toʻliq joriy qilish, advokaturani mustaqil, ishonchli huquqni himoya qiluvchi institutga aylantirish, malakaviy yuridik yordam sifatini hamda advokat kasbining nufuzini oshirish, inson huquqlari sohasida ixtisoslashgan huquqshunoslarni tayyorlash tizimini takomillashtirish; | sud jarayonlarida tenglik va tortishuv tamoyillarini toʻliq joriy qilish, advokaturani mustaqil, ishonchli huquqni himoya qiluvchi institutga aylantirish, malakaviy yuridik yordam sifatini hamda advokat kasbining nufuzini oshirish, inson huquqlari sohasida ixtisoslashgan huquqshunoslarni tayyorlash tizimini takomillashtirish; |
jinoyat protsessida jabrlanuvchi va guvohlarning, shu jumladan voyaga yetmagan jabrlanuvchi va guvohlarning huquqlari va xavfsizligini taʼminlash mexanizmini takomillashtirish; | jinoyat protsessida jabrlanuvchi va guvohlarning, shu jumladan voyaga yetmagan jabrlanuvchi va guvohlarning huquqlari va xavfsizligini taʼminlash mexanizmini takomillashtirish; |
prokuratura organlari faoliyatining xalqaro standartlarga muvofiq shakllarini joriy etish, prokuratura faoliyati oshkoraligini va uning jamiyat oldida hisobdorligini taʼminlash, prokuratura tizimi boshqaruvida kollegial organlar rolini kuchaytirish; | prokuratura organlari faoliyatining xalqaro standartlarga muvofiq shakllarini joriy etish, prokuratura faoliyati oshkoraligini va uning jamiyat oldida hisobdorligini taʼminlash, prokuratura tizimi boshqaruvida kollegial organlar rolini kuchaytirish; |
fuqarolarni tengsizlikning har qanday koʻrinishlaridan hamda aholining zaif qatlam vakillarini kamsitishlardan himoya qilishni taʼminlash; | fuqarolarni tengsizlikning har qanday koʻrinishlaridan hamda aholining zaif qatlam vakillarini kamsitishlardan himoya qilishni taʼminlash; |
shaxsiy hayot daxlsizligi hamda shaxsga doir maʼlumotlarni himoyalash huquqini taʼminlash mexanizmini yanada takomillashtirish; | shaxsiy hayot daxlsizligi hamda shaxsga doir maʼlumotlarni himoyalash huquqini taʼminlash mexanizmini yanada takomillashtirish; |
Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tili va madaniyatini rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni taʼminlash mexanizmini takomillashtirish; | Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tili va madaniyatini rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni taʼminlash mexanizmini takomillashtirish; |
bepul yuridik yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish, voyaga yetmagan bolalarga nisbatan alohida munosabatni nazarda tutadigan odil sudlov institutlarini joriy etish, bolaning manfaatlarini birinchi navbatda taʼminlash prinsipini qonunchilik va amaliyotga yanada samaraliroq joriy etish; | bepul yuridik yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish, voyaga yetmagan bolalarga nisbatan alohida munosabatni nazarda tutadigan odil sudlov institutlarini joriy etish, bolaning manfaatlarini birinchi navbatda taʼminlash prinsipini qonunchilik va amaliyotga yanada samaraliroq joriy etish; |
odam savdosiga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish, bolalar va ayollar fohishabozligi va pornografiyasining sabablari hamda sharoitlarini aniqlashga kompleks yondashuvni shakllantirish, shuningdek, odam savdosidan jabrlanganlarni xalqaro standartlarga muvofiq identifikatsiya qilish va reabilitatsiya qilish mexanizmini yanada takomillashtirish; | odam savdosiga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish, bolalar va ayollar fohishabozligi va pornografiyasining sabablari hamda sharoitlarini aniqlashga kompleks yondashuvni shakllantirish, shuningdek, odam savdosidan jabrlanganlarni xalqaro standartlarga muvofiq identifikatsiya qilish va reabilitatsiya qilish mexanizmini yanada takomillashtirish; |
aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini, saylov madaniyatini oshirish, demokratik, adolatli va erkin saylovlarga oid xalqaro standartlarni hisobga olgan holda saylovlarni tashkil etish va oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish, saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish; | aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini, saylov madaniyatini oshirish, demokratik, adolatli va erkin saylovlarga oid xalqaro standartlarni hisobga olgan holda saylovlarni tashkil etish va oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish, saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish; |
inson huquqlari va erkinliklariga oid xalqaro standartlarni taʼminlashda, jismoniy va yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy shikoyatlari institutini joriy etishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining roli va oʻrnini oshirish; | inson huquqlari va erkinliklariga oid xalqaro standartlarni taʼminlashda, jismoniy va yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy shikoyatlari institutini joriy etishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining roli va oʻrnini oshirish; |
davlat hokimiyati tizimida parlamentning rolini kuchaytirish, mamlakat ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalarini hal etishda, shuningdek, ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirishda parlamentning vakolatlarini yanada kengaytirish, parlamentning qonun ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish, jumladan, havolaki qonun normalaridan voz kechib, toʻgʻridan-toʻgʻri tartibga soluvchi qonun normalarini qabul qilish amaliyotini kengaytirish; | davlat hokimiyati tizimida parlamentning rolini kuchaytirish, mamlakat ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalarini hal etishda, shuningdek, ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirishda parlamentning vakolatlarini yanada kengaytirish, parlamentning qonun ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish, jumladan, havolaki qonun normalaridan voz kechib, toʻgʻridan-toʻgʻri tartibga soluvchi qonun normalarini qabul qilish amaliyotini kengaytirish; |
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining rolini yanada kuchaytirish; | inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining rolini yanada kuchaytirish; |
inson huquqlari sohasida fuqarolik jamiyati institutlarini faollashtirish va qoʻllab-quvvatlash. | inson huquqlari sohasida fuqarolik jamiyati institutlarini faollashtirish va qoʻllab-quvvatlash. |
2. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni himoya qilish hamda barqaror rivojlanish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar: | 2. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni himoya qilish hamda barqaror rivojlanish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar: |
iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarni taʼminlashning samarali omili sifatida Kambagʻallikni qisqartirish dasturini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish; | iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarni taʼminlashning samarali omili sifatida Kambagʻallikni qisqartirish dasturini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish; |
xususiy mulk daxlsizligi kafolatlarini taʼminlashning samarali mexanizmlarini takomillashtirish, jismoniy va yuridik shaxslarning, ayniqsa tadbirkorlarning iqtisodiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, inson huquqlari sohasida tadbirkorlik tuzilmalari ishtirokini yanada kengaytirishga doir qonunchilikni takomillashtirish; | xususiy mulk daxlsizligi kafolatlarini taʼminlashning samarali mexanizmlarini takomillashtirish, jismoniy va yuridik shaxslarning, ayniqsa tadbirkorlarning iqtisodiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, inson huquqlari sohasida tadbirkorlik tuzilmalari ishtirokini yanada kengaytirishga doir qonunchilikni takomillashtirish; |
sogʻliqni saqlash tizimining samaradorligi, hammabopligi va inklyuzivligi boʻyicha rivojlangan davlatlar darajasiga erishish, sogʻliqni saqlash xizmatlari qamrovini kengaytirish, shuningdek, bemorlar huquqlarining xalqaro standartlarga muvofiq himoya qilinishini, xavfsiz, samarali, yuqori sifatli va arzon dori-darmonlar va vaksinalardan foydalanish imkoniyatini taʼminlash; | sogʻliqni saqlash tizimining samaradorligi, hammabopligi va inklyuzivligi boʻyicha rivojlangan davlatlar darajasiga erishish, sogʻliqni saqlash xizmatlari qamrovini kengaytirish, shuningdek, bemorlar huquqlarining xalqaro standartlarga muvofiq himoya qilinishini, xavfsiz, samarali, yuqori sifatli va arzon dori-darmonlar va vaksinalardan foydalanish imkoniyatini taʼminlash; |
reproduktiv huquqlarni himoya qilish va OITS tarqalishining oldini olish, oilani rejalashtirish boʻyicha xizmatlardan foydalanishda ayollar va erkaklarning imkoniyatlarini kengaytirish, reproduktiv sogʻliq va jinsiy tarbiya masalalari boʻyicha oʻquv kurslarini joriy qilish; | reproduktiv huquqlarni himoya qilish va OITS tarqalishining oldini olish, oilani rejalashtirish boʻyicha xizmatlardan foydalanishda ayollar va erkaklarning imkoniyatlarini kengaytirish, reproduktiv sogʻliq va jinsiy tarbiya masalalari boʻyicha oʻquv kurslarini joriy qilish; |
ishchi-xodimlar huquqlarini himoya qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini, shu jumladan davlat xizmatchilari, tibbiyot xodimlarini, pedagoglarni mehnat shartnomalarida nazarda tutilmagan ishlardan, majburiy mehnatning barcha shakllaridan himoya qilishni takomillashtirish; | ishchi-xodimlar huquqlarini himoya qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini, shu jumladan davlat xizmatchilari, tibbiyot xodimlarini, pedagoglarni mehnat shartnomalarida nazarda tutilmagan ishlardan, majburiy mehnatning barcha shakllaridan himoya qilishni takomillashtirish; |
mehnat migrantlari va ular oila aʼzolarining huquqlarini himoya qilish, mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha BMT shartnomaviy organlari va Xalqaro mehnat tashkilotining tavsiyalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish; | mehnat migrantlari va ular oila aʼzolarining huquqlarini himoya qilish, mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha BMT shartnomaviy organlari va Xalqaro mehnat tashkilotining tavsiyalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish; |
davlat organlarida, nodavlat va xususiy tashkilotlarda, ayniqsa, qarorlar qabul qilish bilan bogʻliq yuqori lavozimlarda ayollarning teng vakilligini taʼminlash siyosatini takomillashtirish, jamoatchilik ongida erkaklar va ayollarning oʻrni haqidagi tushunchalarni oʻzgartirishga qaratilgan saʼy-harakatlarni amalga oshirish; | davlat organlarida, nodavlat va xususiy tashkilotlarda, ayniqsa, qarorlar qabul qilish bilan bogʻliq yuqori lavozimlarda ayollarning teng vakilligini taʼminlash siyosatini takomillashtirish, jamoatchilik ongida erkaklar va ayollarning oʻrni haqidagi tushunchalarni oʻzgartirishga qaratilgan saʼy-harakatlarni amalga oshirish; |
Aholini ijtimoiy himoya qilish konsepsiyasini ishlab chiqish, shuningdek, keksalar, yolgʻiz keksalar bilan ishlash, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yaxlit tizimni yaratish, ijtimoiy sugʻurtaga oid qonun hujjatlarini qabul qilish; | Aholini ijtimoiy himoya qilish konsepsiyasini ishlab chiqish, shuningdek, keksalar, yolgʻiz keksalar bilan ishlash, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yaxlit tizimni yaratish, ijtimoiy sugʻurtaga oid qonun hujjatlarini qabul qilish; |
“Mehribonlik uylari”da tarbiyalangan yoshlarning ijtimoiy moslashuvi, xususan, ularni ish, uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha alohida dastur ishlab chiqish, shuningdek, moddiy va ijtimoiy imtiyozlar berish orqali farzandlikka oluvchi ota-onalarni ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi tashkiliy-huquqiy tizimni takomillashtirish; | “Mehribonlik uylari”da tarbiyalangan yoshlarning ijtimoiy moslashuvi, xususan, ularni ish, uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha alohida dastur ishlab chiqish, shuningdek, moddiy va ijtimoiy imtiyozlar berish orqali farzandlikka oluvchi ota-onalarni ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi tashkiliy-huquqiy tizimni takomillashtirish; |
“Oʻzbekiston yoshlari — 2025” konsepsiyasini ishlab chiqish, unda yoshlarni ijtimoiy-siyosiy hayotga jalb qilish, shuningdek, maʼnaviy va jismoniy barkamol avlodni voyaga yetkazishning amaliy chora-tadbirlarini belgilash; | “Oʻzbekiston yoshlari — 2025” konsepsiyasini ishlab chiqish, unda yoshlarni ijtimoiy-siyosiy hayotga jalb qilish, shuningdek, maʼnaviy va jismoniy barkamol avlodni voyaga yetkazishning amaliy chora-tadbirlarini belgilash; |
fuqarolarning pensiya olish huquqini taʼminlash mexanizmini takomillashtirish, shu jumladan, ushbu tizimning elektron shaklga oʻtkazilishini taʼminlash; | fuqarolarning pensiya olish huquqini taʼminlash mexanizmini takomillashtirish, shu jumladan, ushbu tizimning elektron shaklga oʻtkazilishini taʼminlash; |
maktabgacha taʼlim tizimini yanada rivojlantirish (2025-yilgacha 3 — 7 yoshdagi bolalarning 74,5 foizini maktabgacha taʼlim bilan, shuningdek, 6 yoshli bolalarning 100 foizini qamrab olishni taʼminlash), bolalarni intellektual rivojlantirish, parvarish qilish va sogʻlomlashtirishni taʼminlovchi maktabgacha taʼlim-tarbiya tizimini rivojlantirish; | maktabgacha taʼlim tizimini yanada rivojlantirish (2025-yilgacha 3 — 7 yoshdagi bolalarning 74,5 foizini maktabgacha taʼlim bilan, shuningdek, 6 yoshli bolalarning 100 foizini qamrab olishni taʼminlash), bolalarni intellektual rivojlantirish, parvarish qilish va sogʻlomlashtirishni taʼminlovchi maktabgacha taʼlim-tarbiya tizimini rivojlantirish; |
butun umr davomida oʻqishga boʻlgan imkoniyatlarni ragʻbatlantirish, boshlangʻich va umumiy oʻrta taʼlimni yangi sifat darajasiga koʻtarish, oʻrta maxsus, oliy, kasb-hunar va qoʻshimcha taʼlim olish imkoniyatini barcha uchun taʼminlash, shuningdek, yoshlarning oliy taʼlim bilan qamrab olinishini kengaytirish, oliy oʻquv yurtlarida davlat grantlari boʻyicha kvotalarni oshirish; | butun umr davomida oʻqishga boʻlgan imkoniyatlarni ragʻbatlantirish, boshlangʻich va umumiy oʻrta taʼlimni yangi sifat darajasiga koʻtarish, oʻrta maxsus, oliy, kasb-hunar va qoʻshimcha taʼlim olish imkoniyatini barcha uchun taʼminlash, shuningdek, yoshlarning oliy taʼlim bilan qamrab olinishini kengaytirish, oliy oʻquv yurtlarida davlat grantlari boʻyicha kvotalarni oshirish; |
toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatini barcha uchun taʼminlash, suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha targʻibotni kuchaytirish, suv xoʻjaligi va sanitariya holatini yaxshilashda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini kengaytirish; | toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatini barcha uchun taʼminlash, suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha targʻibotni kuchaytirish, suv xoʻjaligi va sanitariya holatini yaxshilashda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini kengaytirish; |
urbanizatsiya koʻrsatkichlarining izchil oʻsishini taʼminlash, respublika shaharlarini tarixiy qadriyatlari va takrorlanmasligini saqlab qolgan holda, dunyoning zamonaviy megapolislari modeli boʻyicha rivojlantirish, “aqlli va xavfsiz shaharlar” konsepsiyasini hayotga tatbiq etish, madaniy va tabiiy meros obyektlarini muhofaza qilish boʻyicha saʼy-harakatlarni kuchaytirish; | urbanizatsiya koʻrsatkichlarining izchil oʻsishini taʼminlash, respublika shaharlarini tarixiy qadriyatlari va takrorlanmasligini saqlab qolgan holda, dunyoning zamonaviy megapolislari modeli boʻyicha rivojlantirish, “aqlli va xavfsiz shaharlar” konsepsiyasini hayotga tatbiq etish, madaniy va tabiiy meros obyektlarini muhofaza qilish boʻyicha saʼy-harakatlarni kuchaytirish; |
aholining qulay tabiiy muhitda yashash huquqini taʼminlash maqsadida yer, suv, oʻrmon, yer osti boyliklari, atmosfera havosini, oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, ulardan samarali foydalanish hamda choʻllanishga qarshi kurashish, yerlarning degradatsiya jarayonlarini va biologik xilma-xillikning yoʻqotilishini toʻxtatish. | aholining qulay tabiiy muhitda yashash huquqini taʼminlash maqsadida yer, suv, oʻrmon, yer osti boyliklari, atmosfera havosini, oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, ulardan samarali foydalanish hamda choʻllanishga qarshi kurashish, yerlarning degradatsiya jarayonlarini va biologik xilma-xillikning yoʻqotilishini toʻxtatish. |
3. Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni qonunchilikka va huquqni qoʻllash amaliyotiga implementatsiya qilish hamda monitoring qilish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar: | 3. Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni qonunchilikka va huquqni qoʻllash amaliyotiga implementatsiya qilish hamda monitoring qilish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar: |
Oʻzbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalarning mazmuni toʻgʻrisida aholi hamda davlat organlari vakillarining xabardorligini oshirish; | Oʻzbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalarning mazmuni toʻgʻrisida aholi hamda davlat organlari vakillarining xabardorligini oshirish; |
maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishning protsessual tartibini takomillashtirish, ushbu tizimga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish; | maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishning protsessual tartibini takomillashtirish, ushbu tizimga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish; |
davlat va jamiyat oʻrtasida oʻzaro yaqin hamkorlik oʻrnatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasining huquqiy asoslarini mustahkamlash; | davlat va jamiyat oʻrtasida oʻzaro yaqin hamkorlik oʻrnatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasining huquqiy asoslarini mustahkamlash; |
inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar faoliyatining huquqiy asoslarini, qiynoqlarning oldini olish boʻyicha milliy preventiv mexanizmni yanada takomillashtirish, ozodlikdan mahrum qilish joylarida va boshqa yopiq muassasalarda inson huquqlari buzilishlarining oldini olish; | inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar faoliyatining huquqiy asoslarini, qiynoqlarning oldini olish boʻyicha milliy preventiv mexanizmni yanada takomillashtirish, ozodlikdan mahrum qilish joylarida va boshqa yopiq muassasalarda inson huquqlari buzilishlarining oldini olish; |
Bola huquqlari boʻyicha vakilning huquqiy maqomi va faoliyatini takomillashtirish; | Bola huquqlari boʻyicha vakilning huquqiy maqomi va faoliyatini takomillashtirish; |
vasiylik va homiylik tizimini isloh qilish yoʻli bilan bolalarning oilada yashash va tarbiyalanish huquqini taʼminlash, yetim va ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, bola huquqlariga oid xalqaro standartlar qoidalarini implementatsiya qilish va mazkur sohada huquqni qoʻllash amaliyoti ustidan samarali parlament va jamoatchilik nazoratini taʼminlash; | vasiylik va homiylik tizimini isloh qilish yoʻli bilan bolalarning oilada yashash va tarbiyalanish huquqini taʼminlash, yetim va ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, bola huquqlariga oid xalqaro standartlar qoidalarini implementatsiya qilish va mazkur sohada huquqni qoʻllash amaliyoti ustidan samarali parlament va jamoatchilik nazoratini taʼminlash; |
nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish va ularga rioya etishni tizimli ravishda monitoring qilish. | nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish va ularga rioya etishni tizimli ravishda monitoring qilish. |
4. Inson huquqlari sohasida huquqiy savodxonlikni oshirish, jumladan bu borada axborot tarqatish, taʼlim berish faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar: | 4. Inson huquqlari sohasida huquqiy savodxonlikni oshirish, jumladan bu borada axborot tarqatish, taʼlim berish faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar: |
inson huquqlari va gender masalalari boʻyicha uzluksiz taʼlim tizimini rivojlantirish, jamiyatda qonunga hurmatni shakllantirishning zamonaviy usullarini joriy etish; | inson huquqlari va gender masalalari boʻyicha uzluksiz taʼlim tizimini rivojlantirish, jamiyatda qonunga hurmatni shakllantirishning zamonaviy usullarini joriy etish; |
inson huquqlari boʻyicha professional jurnalistlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, jurnalistik tekshiruvlarning huquqiy va tashkiliy asoslarini takomillashtirish; | inson huquqlari boʻyicha professional jurnalistlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, jurnalistik tekshiruvlarning huquqiy va tashkiliy asoslarini takomillashtirish; |
oliy taʼlim muassasalari hamda kadrlarni, shu jumladan sudyalar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish oʻquv markazlarida, shuningdek, maktabgacha taʼlim va umumtaʼlim muassasalarida, akademik litsey va kollejlarda “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” oʻquv kurslarini joriy etish; | oliy taʼlim muassasalari hamda kadrlarni, shu jumladan sudyalar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish oʻquv markazlarida, shuningdek, maktabgacha taʼlim va umumtaʼlim muassasalarida, akademik litsey va kollejlarda “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” oʻquv kurslarini joriy etish; |
inson huquqlari sohasidagi fundamental va innovatsion tadqiqotlarni kengaytirish, ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy salohiyati, ilmiy tadqiqotlari va ishlanmalarining samaradorligini oshirish, ularning ushbu sohadagi xalqaro tadqiqotlarga integratsiyalashuvini taʼminlash, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish; | inson huquqlari sohasidagi fundamental va innovatsion tadqiqotlarni kengaytirish, ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy salohiyati, ilmiy tadqiqotlari va ishlanmalarining samaradorligini oshirish, ularning ushbu sohadagi xalqaro tadqiqotlarga integratsiyalashuvini taʼminlash, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish; |
inson huquqlari sohasida axborot tarqatish boʻyicha ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada kuchaytirish, jurnalistlar va blogerlarning axborot olish va tarqatishga boʻlgan huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish. | inson huquqlari sohasida axborot tarqatish boʻyicha ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada kuchaytirish, jurnalistlar va blogerlarning axborot olish va tarqatishga boʻlgan huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish. |
5. Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, xorijiy mamlakatlarning inson huquqlari boʻyicha milliy institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar: | 5. Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, xorijiy mamlakatlarning inson huquqlari boʻyicha milliy institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar: |
inson huquqlarini himoya qilish va ularga rioya qilish, BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish boʻyicha BMT, Yevropa Ittifoqi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi organlari va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan ikki tomonlama va koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish; | inson huquqlarini himoya qilish va ularga rioya qilish, BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish boʻyicha BMT, Yevropa Ittifoqi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi organlari va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan ikki tomonlama va koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish; |
Oʻzbekistonning inson huquqlari sohasidagi, jumladan bolalar, ayollar, nogironligi boʻlgan shaxslar, keksalar, migrantlarning huquqlarini hurmat qilish va himoya qilish masalalari boʻyicha xalqaro hujjatlarga qoʻshilishi masalalarini koʻrib chiqish; | Oʻzbekistonning inson huquqlari sohasidagi, jumladan bolalar, ayollar, nogironligi boʻlgan shaxslar, keksalar, migrantlarning huquqlarini hurmat qilish va himoya qilish masalalari boʻyicha xalqaro hujjatlarga qoʻshilishi masalalarini koʻrib chiqish; |
Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyani qabul qilish boʻyicha Oʻzbekistonning tashabbuslarini, 2021 — 2023-yillarga boʻlgan muddatda Inson huquqlari boʻyicha kengashga aʼzo etib saylanishi uchun Oʻzbekiston nomzodini, shuningdek, inson huquqlari boʻyicha BMT organlariga aʼzo boʻlishi uchun milliy ekspertlarning nomzodlarini ilgari surish; | Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyani qabul qilish boʻyicha Oʻzbekistonning tashabbuslarini, 2021 — 2023-yillarga boʻlgan muddatda Inson huquqlari boʻyicha kengashga aʼzo etib saylanishi uchun Oʻzbekiston nomzodini, shuningdek, inson huquqlari boʻyicha BMT organlariga aʼzo boʻlishi uchun milliy ekspertlarning nomzodlarini ilgari surish; |
inson huquqlari masalalari boʻyicha xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, shu jumladan, inson huquqlari boʻyicha muloqotlarni muntazam ravishda oʻtkazish; | inson huquqlari masalalari boʻyicha xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, shu jumladan, inson huquqlari boʻyicha muloqotlarni muntazam ravishda oʻtkazish; |
BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari va inson huquqlari masalasi yuzasidan xalqaro hamkorlar bilan oʻzaro manfaatli aloqalarni kuchaytirish. | BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari va inson huquqlari masalasi yuzasidan xalqaro hamkorlar bilan oʻzaro manfaatli aloqalarni kuchaytirish. |
| |
Milliy strategiyani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari ishtirok etadilar. Shuningdek, Milliy strategiyani amalga oshirishda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilinadi. | Milliy strategiyani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari ishtirok etadilar. Shuningdek, Milliy strategiyani amalga oshirishda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilinadi. |
Milliy strategiyaning sifatli va samarali bajarilishini nazorat qilishning quyidagi tizimi yoʻlga qoʻyiladi: | Milliy strategiyaning sifatli va samarali bajarilishini nazorat qilishning quyidagi tizimi yoʻlga qoʻyiladi: |
1) Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi yuzasidan: | 1) Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi yuzasidan: |
muntazam monitoring olib borib, chora-tadbirlar sifatli va oʻz vaqtida ijro etilishi boʻyicha taklif va tavsiyalarni tegishli vazirlik va idoralarga kiritib boradi; | muntazam monitoring olib borib, chora-tadbirlar sifatli va oʻz vaqtida ijro etilishi boʻyicha taklif va tavsiyalarni tegishli vazirlik va idoralarga kiritib boradi; |
doimiy ravishda aniq koʻrsatkichlar va erishilgan natijalar aks ettirilgan batafsil axborotni oʻz veb-saytida joylashtirib boradi; | doimiy ravishda aniq koʻrsatkichlar va erishilgan natijalar aks ettirilgan batafsil axborotni oʻz veb-saytida joylashtirib boradi; |
har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan maʼlumotni kiritib boradi; | har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan maʼlumotni kiritib boradi; |
axborot-tahliliy sharhlar tayyorlanishi, xorijiy tillarga tarjima qilinishi va eʼlon qilinishini taʼminlaydi; | axborot-tahliliy sharhlar tayyorlanishi, xorijiy tillarga tarjima qilinishi va eʼlon qilinishini taʼminlaydi; |
2) Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”da belgilangan masʼul ijrochilar oʻzlariga yuklatilgan vazifalar ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har oyning 5-sanasiga qadar Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markaziga taqdim etadi; | 2) Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”da belgilangan masʼul ijrochilar oʻzlariga yuklatilgan vazifalar ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har oyning 5-sanasiga qadar Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markaziga taqdim etadi; |
3) Milliy strategiyaning ijro holati yuzasidan har olti oyda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlislarida vazirlik va idoralarning axboroti tinglanadi; | 3) Milliy strategiyaning ijro holati yuzasidan har olti oyda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlislarida vazirlik va idoralarning axboroti tinglanadi; |
4) Oliy Majlis palatalari vazirlik va idoralar rahbarlarining Milliy strategiya va uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning ijro holati yuzasidan axborotini har chorakda eshitib, tanqidiy muhokama qilib boradi; | 4) Oliy Majlis palatalari vazirlik va idoralar rahbarlarining Milliy strategiya va uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning ijro holati yuzasidan axborotini har chorakda eshitib, tanqidiy muhokama qilib boradi; |
5) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari vazirlik va idoralar hududiy boʻlinmalari rahbarlarining Milliy strategiya va uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning hududlar kesimida ijro holati yuzasidan axborotini har chorakda eshitib, tanqidiy muhokama qilib boradi. | 5) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari vazirlik va idoralar hududiy boʻlinmalari rahbarlarining Milliy strategiya va uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning hududlar kesimida ijro holati yuzasidan axborotini har chorakda eshitib, tanqidiy muhokama qilib boradi. |
Milliy strategiyaning toʻliq va tizimli amalga oshirilishi seminarlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlar doirasida ommaviy axborot vositalarida keng yoritib boriladi. | Milliy strategiyaning toʻliq va tizimli amalga oshirilishi seminarlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlar doirasida ommaviy axborot vositalarida keng yoritib boriladi. |
Shuningdek, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish borasida Oʻzbekistonda qabul qilinayotgan chora-tadbirlar hamda ularning natijalari toʻgʻrisida jamoatchilik hamda xalqaro hamjamiyat tizimli ravishda xabardor qilib boriladi. | Shuningdek, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish borasida Oʻzbekistonda qabul qilinayotgan chora-tadbirlar hamda ularning natijalari toʻgʻrisida jamoatchilik hamda xalqaro hamjamiyat tizimli ravishda xabardor qilib boriladi. |
Milliy strategiyaning barcha chora-tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi. | Milliy strategiyaning barcha chora-tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi. |
Milliy strategiyani amalga oshirish boʻyicha hamkorlik doirasida xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining mablagʻlari, grantlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar ham jalb qilinishi mumkin. | Milliy strategiyani amalga oshirish boʻyicha hamkorlik doirasida xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining mablagʻlari, grantlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar ham jalb qilinishi mumkin. |
| |
Milliy strategiya doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish orqali quyidagi natijalarga erishish nazarda tutiladi: | Milliy strategiya doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish orqali quyidagi natijalarga erishish nazarda tutiladi: |
inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlarni qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotiga implementatsiya qilishning samaradorligi oshadi hamda milliy qonunchilik takomillashtiriladi; | inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlarni qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotiga implementatsiya qilishning samaradorligi oshadi hamda milliy qonunchilik takomillashtiriladi; |
inson huquqlari boʻyicha xalqaro majburiyatlarni bajarish yuzasidan qonun hujjatlaridagi kamchiliklar bartaraf etiladi, xalqaro tashkilotlarning inson huquqlari sohasidagi tavsiyalarini bajarish samaradorligi oshiriladi; | inson huquqlari boʻyicha xalqaro majburiyatlarni bajarish yuzasidan qonun hujjatlaridagi kamchiliklar bartaraf etiladi, xalqaro tashkilotlarning inson huquqlari sohasidagi tavsiyalarini bajarish samaradorligi oshiriladi; |
inson huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy va boshqa kompleks chora-tadbirlar tizimi yaratiladi, xalqaro majburiyatlarning lozim darajada bajarilishi ustidan parlament, hududiy vakillik organlari va jamoatchilikning samarali nazorati taʼminlanadi; | inson huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy va boshqa kompleks chora-tadbirlar tizimi yaratiladi, xalqaro majburiyatlarning lozim darajada bajarilishi ustidan parlament, hududiy vakillik organlari va jamoatchilikning samarali nazorati taʼminlanadi; |
aholining inson huquqlari sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirish, jumladan bu borada axborot tarqatish, taʼlim berishning faoliyati yanada takomillashtiriladi, jamiyatda inson huquqlari madaniyati yanada yuksaladi; | aholining inson huquqlari sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirish, jumladan bu borada axborot tarqatish, taʼlim berishning faoliyati yanada takomillashtiriladi, jamiyatda inson huquqlari madaniyati yanada yuksaladi; |
inson huquqlari sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar bilan hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarish orqali mamlakatning inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro reytinglar va indekslar boʻyicha koʻrsatkichlari yaxshilanadi. | inson huquqlari sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar bilan hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarish orqali mamlakatning inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro reytinglar va indekslar boʻyicha koʻrsatkichlari yaxshilanadi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PF-6012-son Farmoniga 2-ILOVA | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PF-6012-son Farmoniga 2-ILOVA |
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish boʻyicha | Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish boʻyicha |
| |
|
T/r |
Tadbirlarning nomlanishi |
Amalga oshirish shakli |
Muddati |
Masʼul ijrochilar |
Kutilayotgan natija (indikator) |
|
I. Shaxsiy va siyosiy huquqlarni himoya qilish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar |
|
1. |
BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining tavsiyalarini amalga oshirish maqsadida qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash.
Bunda:
inson huquq va erkinliklari sohasida davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlarining Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan oʻzaro hamkorligini belgilash;
BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari tavsiyalarining bajarilishi yuzasidan milliy harakat rejalarini tayyorlash va qabul qilishning yagona tizimini, shuningdek davlat organlari va mansabdor shaxslarning ularni oʻz vaqtida bajarishi boʻyicha javobgarligini belgilash;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarga rioya etilishi holati toʻgʻrisidagi yillik axborotni taqdim etish va koʻrib chiqish tartib-taomillarini mustahkamlash nazarda tutiladi. |
Chora-tadbirlar majmui |
2020-yil
1-dekabr |
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Adliya vazirligi, IIV, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti |
BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining tavsiyalarini davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshirish mexanizmlari takomillashtiriladi |
|
2. |
Xalqaro majburiyatlardan kelib chiqib “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
favqulodda holatni joriy etishda vujudga kelishi mumkin boʻlgan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normalar, favqulodda holatni joriy etish asoslari va tartibi;
favqulodda holatda qoʻllaniladigan choralar va cheklovlar, ushbu davr uchun joriy etiladigan maxsus davlat boshqaruv organlari, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari kafolatlari hamda boshqa maxsus qoidalar nazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi |
2021-yil
1-yanvar |
Vazirlar Mahkamasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Adliya vazirligi, IIV, DXX, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz |
Favqulodda holat joriy etishda vujudga kelishi mumkin boʻlgan munosabatlar qonuniy tartibga solinadi |
|
3. |
“Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy tadbirlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
ommaviy tadbirlar, madaniy va boshqa tadbirlar tushunchalarini qonun bilan belgilash;
ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi;
ommaviy tadbirlar oʻtkazilayotgan vaqtda jamoatchilik tartibi va xavfsizlikni taʼminlash;
ommaviy tadbirlar oʻtkazishga boʻlgan huquqlar kafolatlarini mustahkamlashnazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi |
2021-yil 20-mart |
IIV, Milliy gvardiya, DXX, Bosh
prokuratura, Adliya vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Oliy Majlisning
Inson huquqlari boʻyicha vakili |
Fuqarolar tomonidan ommaviy tadbirlarni oʻtkazishning huquqiy mexanizmlari takomillashtiriladi |
|
4. |
Davlat organlarining tegishli xodimlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining inson huquqlari sohasidagi malakasini Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi inson huquqlari boʻyicha malaka oshirish oʻquv kurslarida muntazam ravishda oshirishni tashkil etish. |
Chora-tadbirlar majmui |
2021-yil 1-yanvardan boshlab |
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Davlat organlari xodimlarini inson huquqlari sohasida muntazam malaka oshirish tizimi yaratiladi |
|
5. |
“Sudlar tomonidan xalqaro huquq prinsiplari va normalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorini qabul qilish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarori |
2020-yil 20-noyabr |
Oliy sud, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz |
Sudlar tomonidan inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalarini qoʻllash amaliyoti yanada kengaytiriladi |
|
6. |
Inson huquqlari boʻyicha xalqaro majburiyatlarga rioya etish masalalariga bagʻishlangan amaliy qoʻllanma, sharh va uslubiy adabiyotlarni tayyorlash va nashr etish.
Davlat organlari xodimlari, shu jumladan, sudyalar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini inson huquqlari masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro mexanizmlar tavsiyalari matnlari bilan taʼminlash. |
Chora-tadbirlar majmui |
2020-yil
1-oktabrdan boshlab |
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, IIV, Adliya vazirligi |
Davlat organlari xodimlari va mansabdor shaxslarning inson huquqlari boʻyicha bilim va koʻnikmalari oshiriladi |
|
7. |
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish.
Bunda:
jinoiy jazolarning muqobil turlarini oqilona va mutanosib ravishda qoʻllashni taʼminlash;
ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarni birinchi marotaba sodir etgan, shuningdek, aholining ijtimoiy zaif qatlamlari (voyaga yetmaganlar, keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, homilador ayollar va qarmogʻida voyaga yetmagan bolalari boʻlgan yolgʻiz shaxslar)ga nisbatan insonparvarlik tamoyilini taʼminlash;
terrorizm, ekstremizm va korrupsiyaviy jinoyatlarni, shu bilan birga uyushgan guruh hamda jinoiy uyushma tarkibida qiynoqqa solish usullaridan foydalangan holda jinoyat sodir etishda aybdor boʻlgan shaxslarga nisbatan keskin jinoiy siyosatni davom ettirish nazarda tutiladi. |
Kodeks loyihasi |
2021-yil
1-may |
Bosh prokuratura, IIV, DXX, Oliy sud, Adliya vazirligi |
Xorijiy tajriba inobatga olingan holda jinoyat qonunchiligi normalari unifikatsiya qilinadi va liberallashtiriladi, jinoiy javobgarlik va jazo tizimini takomillashtiriladi |
|
8. |
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish.
Bunda:
xalqaro standartlar va inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro mexanizmlarning tavsiyalarini hisobga olgan holda odil sudlovga oid huquqni taʼminlash hamda “Xabeas korpus” institutini yanada takomillashtirish;
sud jarayoni ishtirokchilarining huquqlarini taʼminlash mexanizmini yanada kuchaytirish, advokatlarning protsessual huquqlarini yanada kuchaytirish orqali taraflarning oʻzaro tortishuv tamoyilini amalda roʻyobga chiqarish, ularning haqqoniy mustaqilligini taʼminlash, shuningdek, jinoyat ishi boʻyicha himoyachining ishtiroki shart boʻlgan ishlarga oid asoslarni kengaytirish;
voyaga yetmaganlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan jinoyat-protsessual normalarni takomillashtirish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash, shuningd�k, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarni profilaktika qilish va oldini olish boʻyicha choralarni kuchaytirish;
mahkumlarga nisbatan amnistiya va afv etish shaklidagi insonparvarlik aktlarini qoʻllash tartibini takomillashtirish nazarda tutiladi. |
Kodeks loyihasi |
2021-yil
20-may |
Bosh prokuratura, IIV, DXX, Oliy sud, Adliya vazirligi |
Jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari kafolatlari xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtiriladi |
|
9. |
Sudyalar hamjamiyati organlarifaoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirish.
Bunda:
sudyalar hamjamiyati tushunchasi, sudyalar hamjamiyati organlarining sud tizimidagi oʻrnini belgilash;
sudyalar hamjamiyati organlarining vazifalari,funksiyalariva vakolatlarinibelgilash;
sudyalar hamjamiyati organlarini shakllantirish, shu jumladan ushbu organlarga nomzod koʻrsatish tartibini belgilash;
sudyalar hamjamiyati organlarining sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlashdagi rolini huquqiy mustahkamlash nazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi |
2020-yil
1-oktabr |
Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud |
Sud mustaqilligini taʼminlash maqsadida sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantiriladi |
|
10. |
“Advokatura va advokatlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
advokatlik faoliyatini tashkil etish, advokatlar mustaqilligi kafolatlari va ularning daxlsizligini taʼminlash;
advokaturani aholi ishonchini qozongan institutga aylantirish, professional huquqiy yordam sifatini oshirish va advokat kasbining nufuzini oshirish;
sud jarayonida tenglik va tortishuv tamoyillarini toʻliq taʼminlash nazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi |
2021-yil
1-iyul |
Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi,Oliy sud, Bosh prokuratura |
Xalqaro standartlar asosida advokatlik faoliyatining huquqiy asoslari va kafolatlari yanada takomillashtiriladi hamda advokatlik kasbining nufuzi oshiriladi |
|
11. |
Xalqaro standartlarga asosan prokuratura organlari faoliyatini takomillashtirish.
Bunda:
xalqaro standartlarga muvofiq prokuratura faoliyati ustidan nazorat mexanizmlarini takomillashtirish;
prokuratura faoliyatining shaffofligini va uning jamiyat oldidagi hisobdorligini taʼminlash,prokurorlar malakasini uzluksiz oshirish;
prokuratura tizimi boshqaruvida kollegial organlar rolini kuchaytirish nazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi |
2021-yil 1-iyun |
Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz |
Prokuratura organlari faoliyati xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi |
|
12. |
“Teng muomala qilish va kamsitmaslik toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini tayyorlash.
Bunda:
“kamsitish”, “toʻgʻridan-toʻgʻri, bilvosita va koʻp marta kamsitish”, “kamsitish belgilari” tushunchalarini qonunchilikka kiritish;
irqi, jinsi, tili, dini, siyosiy qarashlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy, sinfiy yoki boshqa holatlardan qatʼi nazar jamiyat hayotining turli sohalarida fuqarolarni kamsitilish yuzaga kelishidan toʻliq himoya qilinishini taʼminlash;
fuqarolar huquqlarini himoya qilishning usullari va vositalarini takomillashtirish, shuningdek, fuqarol�rning huquq va erkinliklarini himoya qilish boʻyicha samarali mexanizmni joriy qilish nazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi |
2021-yil 1-aprel |
Adliya vazirligi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi,
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Oliy sud, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti |
Jamiyat hayotining turli sohalarida fuqarolarni kamsitilishdan himoya qilishning qonuniy asoslari takomillashtiriladi |
|
13. |
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunning yangi tahririloyihasini ishlab chiqish. |
Qonun loyihasi |
2020-yil
1-oktabr |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida),
Vazirlar Mahkamasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita,
Adliya vazirligi |
Mamlakatda vijdon erkinligini taʼminlashning huquqiy mexanizmlari takomillashtiriladi |
|
14. |
BMTning Inson huquqlari boʻyicha qoʻmitasi tavsiyalarini inobatga olgan holda sud zalida temir panjaralardan foydalanish tartibini qayta koʻrib chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil 20-may |
Oliy sud, IIV, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz |
Sudlanuvchilarni sud zalida boʻlishlari xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi |
|
15. |
“Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy maqomi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish. |
Qonun loyihasi |
2020-yil 1-sentabr |
Vazirlar Mahkamasi, TIV, IIV, Adliya vazirligi |
Chet elliklar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy maqomi qonuniy mustahkamlanadi |
|
16. |
“Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonun ijrosi yuzasidan parlament va jamoatchilik monitoringini oʻtkazish.
Shaxsiy maʼlumotlarni tartibga soluvchi qonunchilik va himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
Chora-tadbirlar majmui |
2021-yil 1-yanvardan boshlab |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti |
Shaxsga doir maʼlumotlarni tartibga soluvchi qonunchilik takomillashtiriladi |
|
17. |
2019 — 2021-yillarda Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini amalga oshirish, kam sonli millatlarning ijtimoiy va madaniy huquqlarini taʼminlash.
Bunda:
Oʻzbekiston Respublikasida yashayotgan barcha millat va elatlarning tili va madaniyati rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlarni taʼminlash mexanizmini takomillashtirish;
ularning mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini yanada oshirish;
kam sonli millat vakillarining taʼlim olish huquqini taʼminlash, ularning tillarida oʻquv adabiyotlarini yaratish nazarda tutiladi. |
Chora-tadbirlar majmui |
2020-yil
1-oktabrdan boshlab |
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Adliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz
|
Mamlakatdagi barcha millat va elatlarning barcha sohalardagi huquqlarini taʼminlash mexanizmlari takomillashtiriladi |
|
18. |
“Bepul yuridik yordam toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish.
Bunda:
bepul yuridik yordam sohasida xalqaro standartlar va xalqaro tajribani hisobga olish;
kam taʼminlangan va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan fuqarolar uchun jinoiy, maʼmuriy, fuqarolik ishlari boʻyicha davlat tomonidan bepul yuridik yordam olish imkoniyatlarini kengaytirish nazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi |
2021-yil 1-noyabr |
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz |
Xalqaro standartlar asosida bepul yuridik xizmatdan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi |
|
19. |
Voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovni amalga oshirish tizimini takomillashtirish, bola manfaatlarini taʼminlashning eng ustun tamoyillarini amaliyotga yanada samarali tatbiq etish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi va Chora-tadbirlar majmui |
2021-yil
1-noyabr |
Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, IIV, Adliya vazirligi, Bola huquqlari boʻyicha vakil |
Voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovni amalga oshirishning xalqaro standartlarga muvofiq tizimi shakllantiriladi |
|
20. |
Bolalar va ayollar savdosigaqarshi kurashish, odam savdosidan jabr koʻrgan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, shuningdek, uysiz, qarovsiz va nazoratsiz qolgan bolalarni aniqlash, bolalar va ayollar pornografiyasini targʻib qiluvchi sabablar va shart-sharoitlarni oldini olishga tizimli yondashish. |
Amaliy chora-tadbirlar majmui |
2020-yil 1-iyuldan boshlab |
Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi, IIV, Bosh prokuratura, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Bola huquqlari boʻyicha vakil |
Odam savdosidan jabr koʻrganlarning huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari takomillashtiriladi |
|
21. |
Aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini, saylov madaniyatini oshirish, demokratik, adolatli va erkin saylovlarga oid xalqaro standartlarni hisobga olgan holda saylovlarni tashkil etish va oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish. |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va Chora-tadbirlar majmui |
2020 — 2025-yillar |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Markaziy saylov komissiyasi,
Adliya vazirligi,
Jamoatchilik palatasi |
Milliy saylov qonunchiligi va tizimi xalqaro standartlar asosida yanada takomillashtiriladi |
|
22. |
Qonun normalarining Konstitutsiyaga muvofiqligini oʻrganish yuzasidan Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish tartibini soddalashtirish,uning subyektlari doirasini kengaytirish.
Bunda:
qonunlarning Konstitutsiyaga muvofiqligini koʻrib chiqish boʻyicha Konstitutsiyaviy sudga masala kiritish huquqiga ega boʻlgan subyektlar qatoriga fuqarolar va yuridik shaxslarn� kiritish;
Konstitutsiyaviy sudda oʻrganib chiqish uchun masala kiritish huquqiga ega boʻlgan subyektlarqatoriga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzur?dagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlariva qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasimilliy markazini kiritish nazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi |
2020-yil 1-iyul |
Oliy Majlis palatalari
(kelishuv asosida),
Konstitutsiyaviy sud,
Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti |
Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish tartibi soddalashtiriladi va unga murojaat kirituvchi subyektlar doirasi kengaytiriladi |
|
23. |
Inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishini nazorat qilish boʻyicha parlament komissiyasini tashkil qilish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-avgust |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz |
Inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishi boʻyicha parlament nazorati kuchaytiriladi |
|
24. |
BMTning shartnomaviy qoʻmitalarida inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekistonning milliy maʼruzalarini tayyorlash va koʻrib chiqish natijalarini deputatlar va senatorlar tomonidan muntazam eshitib borish, shartnomaviy qoʻmitalarning tavsiyalarini amalga oshirish boʻyicha Milliy harakatlar rejalarini Oliy Majlis palatalari tomonidan tasdiqlanishi amaliyotini takomillashtirish. |
Amaliy chora-tadbirlar majmui |
2020-yil
1-avgustdan boshlab |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Oliy sud, Bosh prokuratura, Oliy Majlisning
Inson huquqlari boʻyicha vakili, vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari |
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekistonning milliy maʼruzalarini tayyorlash va koʻrib chiqishda parlament va fuqarolik jamiyati institutlarining keng ishtiroki taʼminlanadi |
|
25. |
“Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.
Bunda:
jamoatchilik nazoratining har bir shakliniamalga oshirish mexanizmlari va tartib-taomillarini belgilash;
inson huquq va erkinliklariga taalluqli xalqaro va milliy huquqiy normalarning amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha “jamoat inspektori”, “jamoat kuzatuvchisi”, “jamoat komissiyasi” institutlarini shakllantirish;
inson huquqlari sohasidagi qonunlar samaradorligini baholash va ilmiy asoslangan hamda chuqur oʻylangan jamoatchilik monitoringi tizimini shakllantirish nazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi,Chora-tadbirlar majmui |
2021-yil 1-mart |
Adliya vazirligi, Jamoatchilik palatasi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Oliy Majlisning
Inson huquqlari boʻyicha vakili, fuqarolik jamiyati institutlari |
Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmi va tartib-taomillari, ularning huquqiy asoslari takomillashtiriladi |
|
26. |
Oʻzbekiston Respublikasining Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi kodeksi loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
fuqarolarning nodavlat va notijorat tashkilotlariga birlashish huquqi va uni amalga oshirish usullari;
nodavlat va notijorat tashkilotlarini tashkil etish, roʻyxatga olish, ularning faoliyatini olib borish va tugatishning huquqiy asoslari va boshqalar nazarda tutiladi. |
Kodeks loyihasi |
2020-yil 1-avgust |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Adliya vazirligi,
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi |
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslari hamda roʻyxatdan oʻtkazish tartibi yanada takomillashtiriladi,
ularning davlat boshqaruv organlari faoliyatini monitoring qilish mexanizmi mustahkamlanadi |
|
27. |
Inson huquqlari va manfaatlari sohasidagi vaziyatni yaxshilash sohasida davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar hamkorligi yakunlariga bagʻishlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarning yillik Milliy forumini oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. |
Chora-tadbirlar majmui |
2020-yil
1-noyabrdan boshlab |
Jamoatchilik palatasi, Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi |
Nodavlat notijorat tashkilotlarning inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha faoliyati qoʻllab-quvvatlashning yangi mexanizmi yaratiladi |
|
28. |
Fuqarolik jamiyati institutlarini yanada qoʻllab-quvvatlash.
Bunda:
Oʻzbekistonda inson huquqlari holati, shu jumladan inson huquqlari boʻyicha xalqaro hujjatlar bajarilishini monitoring qilishda jamoatchilik nazorati rolini oshirish;
inson huquqlari boʻyicha xalqaro konvensiyalar bajarilishi toʻgʻrisida davlat organlari va mansabdor shaxslar hisobotlarining jamoatchilikmuhokamasinitashkil etish nazarda tutiladi. |
Chora-tadbirlar majmui |
2020 — 2025-yillar |
Jamoatchilik palatasi,
“Yuksalish” umummilliy harakati, fuqarolik jamiyati institutlari |
Nodavlat notijorat tashkilotlar inson huquqlarini himoya qilish masalalariga yanada kengroq jalb qilinadi |
|
II. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni himoya qilish hamda barqaror rivojlanish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar |
|
29. |
Insonning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini taʼminlashning samarali omili sifatida Kambagʻallikni qisqartirish dasturini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish.
Bunda:
kambagʻallik tushunchasi, uni hududiy xususiyatlardan kelib chiqib aniqlash mezonlari va baholash usullarini qamrab olgan metodologiyani ishlab chiqish;
aholi, ayniqsa yoshlar va ayollarda tadbirkorlik va biznes yuritishning zamonaviy koʻnikmasini shakllantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar;
tadbirkorlik tashabbuslarini, eng avvalo, joylardagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga koʻmaklashuvchi tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashning samarali mexanizmlari;
tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar, jumladan mikromoliyalash xizmatlaridan keng foydalanishi, shuningdek, davlat xaridlarida ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
band boʻlmagan aholini qayta tayyorlash va ishsiz fuqarolarni zarur kasblarga oʻqitish boʻyicha keng koʻlamli dasturlarni amalga oshirish nazarda tutiladi. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-avgust |
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Kambagʻallikni qisqartirish orqali aholining turli qatlamlari farovonligi yaxshilanadi |
|
30. |
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
insonning fuqarolik-huquqiy munosabatlarda vujudga keladigan huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid ilgʻor xalqaro standartlarni implementatsiya qilish;
xususiy mulkning daxlsizligi kafolatlarini taʼminlaydigan, jismoniy va yuridik shaxslarning, ayniqsa tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiladigan samarali fuqarolik-huquqiy mexanizmlarni belgilash;
fuqarolik-huquqiy javobgarlik institutinitakomillashtirish, jumladan, zararni qoplashning adolatli tartibinitaʼminlash nazarda tutiladi. |
Kodeks loyihasi |
2020-yil 1-sentabr |
Adliya vazirligi, Bosh prokuratura,Moliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz |
Xalqaro standartlarga muvofiq fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy mexanizmlar joriy etiladi |
|
31. |
BMTning Inson huquqlari nuqtai nazaridan tadbirkorlik faoliyatining asosiy tamoyillarini amalga oshirish boʻyicha Milliy harakatlar rejalarini ishlab chiqish. |
Milliy harakatlar rejalari loyihalari |
2020-yil 1-iyuldan boshlab |
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Biznes ombudsman, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi |
Tadbirkorlik faoliyatida xalqaro standartlarga asosan inson huquqlari kafolatlari mustahkamlanadi |
|
32. |
Oʻzbekiston Respublikasi Tadbirkorlik kodeksi loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini toʻliq kodifikatsiya qilish, milliy iqtisodiyotning bozor munosabatlariga oʻtishini hisobga olgan holda, tadbirkorlik faoliyatini monopoliyaga qarshi tartibga solishni tubdan qayta koʻrib chiqish;
tadbirkorlik erkinligini taʼminlaydigan huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoit va kafolatlarni kuchaytirish;
iqtisodiy huquq va erkinliklar sohasidagi xalqaro standartlarni hisobga olgan holda tadbirkorlarning ijtimoiy masʼuliyatini oshirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash;
tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashganlik, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini cheklash yoki toʻxtatish, ularga zarar yetkazishga qaratilgan noqonuniy va asossiz harakatlarni sodir etganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish;
tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalasida jamoatchilik nazorati mexanizmlarini kengaytirish nazarda tutiladi. |
Kodeks loyihasi |
2022-yil 20-yanvar |
Biznes ombudsman, Adliya vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlari toʻliq kodifikatsiya qilinadi, tadbirkorlik subyektlari faoliyatining huquqiy asoslari yanada mustahkamlanadi |
|
33. |
“Xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
obyektlarni xususiylashtirishda, ulardan foydalanayotgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda taʼminlashning samarali mexanizmlarini belgilab berish;
xususiylashtirishda shaffoflik va oshkoralik prinsiplariga asoslangan mexanizmni yaratish;
davlat obyektlari yoki boshqa ommaviy mulk obyektlarini xususiylashtirishda antikorrupsiyaviychoralarni kuchaytirishnazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi |
2021-yil 15-yanvar |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi |
Xususiylashtirish faoliyatining huquqiy asoslari va mexanizmlari takomillashtiriladi |
|
34. |
“Ijtimoiy tadbirkorlik asoslari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
ijtimoiy tadbirkorlikning asoslari;
ijtimoiy tadbirkorlik subyektlarini aniqlashningtartibi va mezonlari nazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi |
2020-yil 1-sentabr |
Adliya vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Moliya vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi |
Ijtimoiy tadbirkorlikning asoslari va uni ragʻbatlantirish boʻyicha munosabatlar huquqiy tartibga solinadi |
|
35. |
“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.
Bunda xalqaro tan olingan isteʼmolchilar huquqlarining himoyasini kuchaytirishga oid normalarni belgilash nazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi |
2021-yil 20-yanvar |
Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi |
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi |
|
36. |
Fuqarolarning tibbiy xizmatdan foydalanish huquqini toʻlaqonli taʼminlanishiga yoʻnaltirilgan amaliy chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish.
Bunda:
Oʻzbekistonning sogʻliqni saqlash tizimi samaradorligi boʻyicha jahonni rivojlangan mamlakatlari darajasiga erishishi;
tibbiy sugʻurta sohasinitakomillashtirish;
aholining har tomonlama sifatli sogʻliqni saqlash xizmatlari qamrab olinishi, shu jumladan xavfsiz, samarali, sifatli va arzon narxlardagi asosiy dori-darmonlar va vaksinalardan foydalanishini taʼminlash;
2030-yilga qadar onalar oʻlimini uchdan bir qismga, bir yoshgacha boʻlgan goʻdaklar va besh yoshgacha boʻlgan bolalar oʻlimini ikki barobar, yurak-qon tomir, saraton, diabet va surunkali nafas olish kasalliklaridan erta oʻlim darajasini 30 foizga qisqartirish;
reproduktiv salomatliksohasida, OITS, gepatit S va tuberkulyozga qarshi kurashishda keng qamrovli sogʻliqni saqlash xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlash nazarda tutiladi. |
Amaliy chora-tadbirlar majmui |
2020-yildan boshlab |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi |
Mamlakatning sogʻliqni saqlash tizimi takomillashtiriladi va aholining har tomonlama sifatli sogʻliqni saqlash xizmatlari bilan qamrab olinishi taʼminlanadi |
|
37. |
Oʻzbekiston Respublikasining Sogʻliqni saqlash kodeksi loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
sogʻliqni saqlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish, idoralararo hamkorlik qilish;
sogʻliqni saqlash tizimini moliyalashtirish;
sanitariya-epidemiologik nazoratnitashkil qilish;
sogʻliqni saqlash sohasida taʼlim va ilmiy faoliyat normasini belgilash nazarda tutiladi. |
Kodeks loyihasi |
2020-yil 1-dekabr |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
Mamlakatdagi sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasining huquqiy asoslari zamonaviy xalqaro mexanizmlar asosida mustahkamlanadi |
|
38. |
“Majburiy tibbiy sugʻurta toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish.
Bunda:
majburiy tibbiy sugʻurtalashning huquqiy asoslari, mexanizmlari va joriy etish bosqichlari;
majburiy tibbiy sugʻurtalash subyektlarini, ushbu sohadagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish boʻyicha vakolatli organni, ularning huquq va majburiyatlarini belgilash;
majburiy tibbiy sugʻurtalash dasturlarini moliyalashtirish mablagʻlarini shakllantirish manbalari nazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi |
2021-yil 1-mart |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi |
Majburiy tibbiy sugʻurta munosabatlari huquqiy jihatdan tartibga solinadi |
|
39. |
Xodimlarning, shu jumladan, davlat xizmatchilari, tibbiyot xodimlari va pedagoglarning mehnat shartnomalarida nazarda tutilmagan, ularning mehnat huquqlarini amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan mehnatning turli shakl?aridan himoya qilishningtashkiliy-huquqiy mexanizmlarinitakomillashtirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-oktabr |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi |
Barcha turdagi xodimlarning mehnat huquqlari buzilishi holatlarini bartaraf etishning huquqiy mexanizmlari takomillashtiriladi |
|
40. |
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
ishga qabul qilish boʻyicha qonun hujjatlarida koʻzda tutilmagan talablarni ilgari surish orqali xotin-qizlarning ish beruvchilar tomonidan kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik, xotin-qizlar uchun taqiqlangan kasbiy faoliyat sohalarini qisqartirish;
ayrim sohalarda yoki kasb-hunarlarda ayollar mehnatini qoʻllashni taqiqlashni bekor qilish, ayollarning sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan tarmoqlar yoki kasblar roʻyxatini aniqlash;
ish beruvchining tashabbusi bilan xodimning pensiya yoshiga yetishi yoki qonun hujjatlariga muvofiq 60 yoshga toʻlgunga qadar yoshga doir pensiya olish huquqi yuzaga kelishi munosabati bilan muddatsiz tuzilgan mehnat shartnomasining, shuningdek, uning amal qilish muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasining bekor qilinishini taqiqlash;
xususiy sektorda mehnatga haq toʻlash tizimini tartibga solish va takomillashtirish orqali mehnatga yarasha munosib ish haqi toʻlanishini taʼminlash;
kasanachilik bilan shugʻullanuvchi shaxslarning huquqiy maqomi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish, shuningdek, ularning mehnat sohasidagi huquqlari kafolatlarini kuchaytirish;
jamoaviy mehnat nizolaritoʻgʻrisidagi normalarni takomillashtirish nazarda tutiladi. |
Kodeks loyihasi |
2020-yil 1-avgust |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi,
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi |
Mehnat munosabatlarini tartibga solish xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi, Xotin-qizlarning mehnat munosabatlarida kamsitilishining oldini olish boʻyicha qonunchilik takomillashtiriladi |
|
41. |
“Mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Xususan:
jamiyat, davlat va inson manfaatlariga daxldor migratsiya muammolarini hal etish, migratsiya sohasidagi munosabatlarning barqarorligini taʼminlash;
mehnat migrantlari huquqlariga oid xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish nazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi |
2021-yil 20-aprel |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, IIV, Adliya vazirligi, TIV |
Mehnat migrantlari huquqlariga oid xalqaro standartlar milliy qonunchilikka implementatsiya qilinadi |
|
42. |
Mehnat munosabatlari va mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilikni takomillashtirishhamda mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish. |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2020-yil
1-dekabr |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,
Adliya vazirligi |
Mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilik takomillashtiriladi |
|
43. |
“Barcha mehnatkash-migrantlar va ularning oila aʼzolarining huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi konvensiyani ratifikatsiya qilish masalasini oʻrganish boʻyicha chora-tadbirlar majmuini tayyorlash va amalga oshirish. |
Tavsiyalar,
Chora-tadbirlar majmui |
2020-yil 1-dekabr |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, TIV, IIV, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Oliy Majlisning
Inson huquqlari boʻyicha vakili, Adliya vazirligi |
Mehnatkash-migrantlar va ular oila aʼzolarining huquqlarini himoya qilish masalasi har tomonlama oʻrganiladi |
|
44. |
Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida gender tenglikni taʼminlash va zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Bunda:
2021 — 2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining gender tengligi strategiyasiniishlab chiqish;
BMT Xavfsizlik Kengashining 1325-rezolyutsiyasini (Ayollar, tinchlik va xavfsizlik toʻgʻrisida) bajarish boʻyicha Milliy harakat rejasini ishlab chiqish;
xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy sohada oʻz huquq va manfaatlarini roʻyobga chiqarishda qoʻllab-quvvatlash dasturlarini kengaytirish, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga koʻmaklashish uchun zamonaviy texnologiyalar, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish;
oilada ayollarni zoʻravonlikdan himoya qilishning mexanizmlari va huquqiy bazasining xalqaro standartlarga toʻla muvofiqligini taʼminlash;
aholining gender tengligi boʻyicha ongini oshirish;
ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, ayniqsa siyosiy faoliyat va qarorlar qabul qilish jarayonida gender tenglikni taʼminlash uchun samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil 1-aprel |
Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasi,
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, IIV |
Barcha sohalarda gender tenglikni amalga oshirish boʻyicha tash?iliy chora-tadbirlar amalga oshiriladi, ayollarni zoʻravonlikdan himoya qilishning mexanizmlari takomillashtiriladi, shuningdek, ayollarning siyosiy faoliyat va qarorlar qabul qilish jarayonidagi ishtiroki oshiriladi |
|
45. |
Aholini ijtimoiy himoya qilish Konsepsiyasini ishlab chiqish.
Bunda:
ijtimoiy nafaqa toʻlashning mukammal tizimini joriy etish, jumladan, kam taʼminlangan oilalarga koʻmak koʻrsatish qamrovini kengaytirish;
kam taʼminlangan va daromadi past aholi qatlamini aniqlash mezonlarinibelgilash;
nafaqa tayinlashdagi mezonlarni qayta koʻrib chiqish va uni belgilashda ochiq va adolatli tizimni yaratish;
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga bozor tamoyillari asosida ajratilgan ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat budjeti hisobidan subsidiyalar toʻlash tizimini takomillashtirish;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj yakka-yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga “Muruvvat” va “Saxovat” uylarida statsionar sharoitda tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish;
ajratilayotgan ijtimoiy toʻlovlar miqdorini qayta koʻrib chiqish;
ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy xizmatlarni bir-biriga muvofiqlashtirish;
yagona reyestr tashkil qilish orqali ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy xizmatlarni yagona axborot kommunikatsiya tizimiga oʻtkazish;
“Mehribonlik uylari”da tarbiyalangan yoshlarning ijtimoiy moslashuvi, xususan ularni ish, uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha alohida dastur ishlab chiqish nazarda tutiladi. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-oktabr |
Vazirlar Mahkamasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi |
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj turli qatlamlarini xalqaro standartlarga muvofiq himoya qilinishining huquqiy mexanizmlari takomillashtiriladi |
|
46. |
“Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi qonunni qabul qilish.
Bunda:
ish oʻrinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi
mahalliy mehnat organlariga murojaat etgan ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlar turlari;
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlar;
haq toʻlanadigan jamoat ishlarinitashkil etish;
ish qidirayotgan shaxslarni hamda ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishnazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi, amaliy chora-tadbirlar majmui |
2020-yil 1-avgust |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
vazirlik va idoralar |
Aholini ish bilan taʼminlash sohasi va bandlikka koʻmaklashish markazlari faoliyati takomillashtiriladi |
|
47. |
“Oʻzbekiston yoshlari — 2025” Konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish.
Bunda Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning yangicha va xalqaro standartlarga mos mexanizmlarini yaratish nazarda tutiladi. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-avgust |
Yoshlar ittifoqi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi |
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda xalqaro standartlarga mos mexanizmlar yaratiladi |
|
48. |
“Ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
ijtimoiy sugʻurta tushunchasi, uning turlari va amalga oshirish shartlari;
sugʻurtalangan shaxslarning huquq va majburiyatlari;
nogironlik, dafn marosimi, boquvchisini yoʻqotganlik boʻyicha nafaqalar, ish paytida mayib boʻlganlik uchun tovon puli kabi toʻlovlarni amalga oshirishva ularning miqdorini aniqlash tartibi nazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi |
2020-yil 1-sentabr |
Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi,
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi |
Ijtimoiy sugʻurta munosabatlari huquqiy jihatdan tartibga solinadi |
|
49. |
2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish ustidan taʼsirchan parlament, deputatlik va jamoatchilik nazoratini taʼminlash. |
Amaliy chora-tadbirlar majmui |
2020-yil 1-iyuldan boshlab |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Maktabgacha taʼlim vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,Yoshlar ittifoqi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Konsepsiyada belgilangan vazifalarni toʻliq amalga oshirilishi ustidan taʼsirchan parlament nazorati oʻrnatiladi |
|
50. |
Har tomonlama adolatli va sifatli taʼlimni taʼminlash maqsadida “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning yangi tahririni qabul qilish.
Bunda ayollar va erkaklar uchun sifatli oʻrta maxsus, oliy, kasbiy va qoʻshimcha taʼlim olish, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun barcha darajadagi taʼlim va kasbiy-texnik tayyorgarlikdanteng foydalanish imkoniyatini taʼminlash nazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi, amaliy chora-tadbirlar majmui |
2020-yil 1-avgust |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida),
Vazirlar Mahkamasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
Ijtimoiy zaif qatlamning taʼlim olishi kafolatlarining huquqiy asoslari yaratiladi |
|
51. |
Ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Bunda:
ichimlik suvini yetkazib berish sifati va xavfsizligini taʼminlash, kafolatlangan manbalardan foydalanish, zamonaviy texnika va texnologiyalarni tatbiq etish;
2030-yilgacha shahar aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasini 98 foizga va qishloq aholi punktlarini ichimlik suv bila? taʼm?nlanganlik darajasini 85 foizga yetkazish;
oqava suv inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilishga oid choralarni ishlab chiqish;
2030-yilgacha shahar markazlarida oqava xizmatlar taʼminotini 31 foizga yetkazish;
mavjud yer osti va yer usti suv manbalaridan oqilona foydalanish hamda oqava suvlarni sifatli tozalashga qaratilgan aniq choralar nazarda tutiladi. |
Konsepsiya loyihasi, amaliy chora-tadbirlar majmui |
2020-yil 1-sentabr |
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash sharoitlari yaxshilanadi |
|
52. |
Shahar va aholi punktlarining ochiqligi, xavfsizligi va ekologik barqarorligini taʼminlash boʻyicha mintaqaviy dasturlarni amalga oshirish.
Bunda:
arzon uy-joylar va kommunal xizmat koʻrsatish, xavfsiz, arzon va ekologik barqaror transport xizmatlaridan foydalanishni taʼminlash;
aholining urbanizatsiya koʻrsatkichlarining izchil oʻsishini taʼminlash, respublikamiz shaharlarini dunyoning zamonaviy rivojlangan megapolislari modeli asosida, ularning tarixiy takrorlanmasligi, shuningdek turistik jozibadorligini saqlagan holda rivojlantirish, “aqlli va xavfsiz shaharlar” konsepsiyasini ishlab chiqish;
madaniy va tabiiy meros obyektlarini himoya qilish va asrab-avaylash borasidagi saʼy-harakatlarni faollashtirish;
tijorat va boshqa tashkilotlarning ekologiya va sanitariya normalariga rioya qilishini taʼminlash;
shahar va boshqa aholi punktlarida nogironligi boʻlgan shaxslar dam olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, bolalar uchun yashil hududlar, dam olish bogʻlari, oʻyin maydonchalarini kengaytirish nazarda tutiladi. |
Aholi punktlarini kompleks va barqaror rivojlantirish va ularni boshqarishning mintaqaviy dasturlari,
amaliy chora-tadbirlar majmui |
2020-yil
1-noyabrdan boshlab |
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qurilish vazirligi,
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,Yoshlar ittifoqi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Urbanizatsiya darajasi oshiriladi, shahar va aholi punktlarida xavfsizlik va ekologik barqarorlik taʼminlanadi |
|
53. |
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
uy-joy sohasidagi davlat boshqaruvini qayta koʻrib chiqish, uy-joy siyosatini tartibga solishning samarali mexanizmlarini joriy etish;
davlat va jamoat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda qurilish, rekonstruksiya qilish va buzish ishlarini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish;
jismoniy va yuridik shaxslarning uy-joydan foydalanishda qonunchilik va normativ hujjatlarga rioya etishdagi masʼuliyatini oshirish;
uy-joy obyektlarini qurishga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilishni ragʻbatlantiruvchi mexanizmlar nazarda tutiladi. |
Kodeks loyihasi, amaliy chora-tadbirlar majmui |
2020-yil 1-dekabr |
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,
Adliya vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi,
Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
Uy-joy siyosatini tartibga solishning samarali mexanizmlari joriy etiladi, davlat va jamoat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda qurilish, rekonstruksiya qilish va buzish ishlarini amalga oshirish tartibi takomillashtiriladi |
|
54. |
Oʻzbekiston Respublikasining Ekologiya kodeksi loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
ekologiyaga oid qonunchilik bazasini tizimlashtirish;
atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha vakolatli davlat organining faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
atrof-muhitni muhofaza qilishda fuqarolar va jamoat birlashmalarining huquq hamda majburiyatlari;
ekologik nazorat va monitoring turlari hamda ularni amalga oshirish tarti??;
ekologik ekspertizani amalga oshirish tartibi;
oʻsimlik va hayvonot dunyosidan foydalanishga qoʻyiladigan talablar nazarda tutiladi. |
Kodeks loyihasi va amaliy chora-tadbirlar majmui |
2020-yil
1-oktabr |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, IIV, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi |
Xorijiy tajribani inobatga olgan holda ekologiyaga oid qonunchilik normalari unifikatsiya qilinadi,aholining ekologik xavfsizligini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi |
|
III. Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni qonunchilikka va huquqni qoʻllash amaliyotiga implementatsiya qilish hamda monitoring qilish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar |
|
55. |
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro hujjatlarning mazmuni toʻgʻrisida aholi hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari vakillarining xabardorligini oshirish boʻyicha axborot-taʼlim tizimini takomillashtirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi va amaliy chora-tadbirlar majmui |
2020-yil 1-iyuldan boshlab |
TIV, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Adliya vazirligi, Oliy Majlisning
Inson huquqlari boʻyicha vakili, IIV, Bosh prokuratura |
Aholining inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalar boʻyicha tizimli xabardor qilish mexanizmi joriy qilinadi |
|
56. |
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish.
Bunda:
maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishning protsessual tartibini takomillashtirish;
maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish (elektron bayonnoma, elektron maʼmuriy ish va boshqalar);
jabrlanuvchi arizasiga asosan yuritiladigan maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni tugatish tartibini joriy qilish;
maʼmuriy jazo choralari tizimini liberallashtirish;
jarima jazosini ixtiyoriy ijro etishni ragʻbatlantirishning differensial tartibini joriy etish;
maʼmuriy javobgarlikka tortishga vakolatli boʻlgan organlar va mansabdor shaxslar toifasini maqbullashtirish nazarda tutiladi. |
Kodeks loyihasi |
2021-yil 20-yanvar |
Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV |
Maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha ish yuritishning protsessual tartibi takomillashtiriladi, jumladan, protsess ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma tuzishga vakolatli boʻlgan organlar va mansabdor shaxslarning toifasi maqbullashtiriladi |
|
57. |
Jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish, davlat va jamiyat oʻrtasida oʻzaro yaqin hamkorlik oʻrnatish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Bunda Jamoatchilik palatasining:
faoliyatining huquqiy asoslari;
maqsad va vazifalari, huquq, majburiyatlari va funksiyalari;
tarkibini shakllantirish tartibi;
aʼzosi maqomi, faoliyati kafolatlari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, ular vakolatini toʻxtatish va tugatish tartibi;
davlat organlari bilan oʻzaro hamkorligi;
faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan taʼminlashtartibi nazarda tutiladi. |
Qonun loyihasi |
2020-yil 1-avgust |
Jamoatchilik palatasi, Adliya vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz,
fuqarolik jamiyati institutlari |
Jamoatchilik palatasi faoliyatining huquqiy asoslari qonun orqali belgilanadi, jamoatchilik nazoratining aniq mexanizmi mustahkamlanadi |
|
58. |
Qiynoqlarning oldini olish boʻyicha institutsional mexanizmlarni takomillashtirish.
Bunda:
Oʻzbekiston Respublikasi Qiynoqning oldini olish qoʻmitasi faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
BMTning Qiynoqlarga qarshi konvensiyasiningFakultativ protokoliga qoʻshilish masalasini koʻrib chiqish. |
Chora-tadbirlar majmui |
2020-yil 20-dekabr |
Bosh prokuratura, IIV, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, TIV, Adliya vazirligi, Oliy Majlisning
Inson huquqlari boʻyicha vakili |
Qiynoqlarning oldini olishning huquqiy asoslari takomillashtiriladi va borada qatʼiy nazorat oʻrnatiladi |
|
59. |
Ozodlikdan mahrum qilish joylarida jazo muddatini oʻtayotgan shaxslarhuquqlarini himoya qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish, shu jumladan, penitensiar muassasalar xodimlarini muntazam oʻqitishni tashkil etish, mahkumlar huquqlariga bagʻishlangan oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlash va chop etish. |
Chora-tadbirlar majmui |
2021-yil
1-yanvardan boshlab |
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, IIV, Adliya vazirligi, Oliy Majlisning
Inson huquqlari boʻyicha vakili |
Ozodlikdan mahrum qilish joylarida jazo muddatini oʻtayotgan shaxslar huquqlarini himoya qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari takomillashtiriladi |
|
60. |
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish.
Bunda:
inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlarga mos ravishda mahkumlar huquqlari doirasini yanada kengaytirish;
mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish, shu jumladan, tintuv jarayonida jismoniy kuch va maxsus vositalar asossiz qoʻllanilishiga yoʻl qoʻymaslik;
jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning shaxsiy xavfsizligini taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni belgilash;
ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning ish haqidan davlat ijtimoiy sugʻurtasiga ajratmalar oʻtkazishga boʻlgan cheklovni bekor qilish orqali davlat pensiya taʼminoti kafolatini kuchaytirish;
mahkumlarni oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida masofaviy oʻqitish shaklini joriy etish orqali ularning taʼlim olishga boʻlgan huquqlarini taʼminlash;
mahkumlarga uchrashuv berish va almashtirishning adolatli hamda shaffof tartibi va talablarini belgilash nazarda tutiladi. |
Kodeks loyihasi |
2020-yil 1-oktabr |
Bosh prokuratura, Oliy sud, IIV, Adliya vazirligi |
Jinoiy jazoni ijro etishda xalqaro standartlarga tayangan holda mahkumlarning huquqlari doirasi kengaytiriladi |
|
61. |
Bola huquqlari boʻyicha xalqaro standartlar normalarini implementatsiya qilish va mazkur sohada qonunchilik ijrosini taʼminlash boʻyicha taʼsirchan parlament, deputatlik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish. |
Chora-tadbirlar majmui |
2020-yil
1-noyabr |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Bola huquqlari boʻyicha vakil, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi |
Bola huquqlari boʻyicha xalqaro standartlar milliy qonunchilik va huquqiy amaliyotga implementatsiya qilinadi |
|
62. |
Bolalarga nisbatan ota-onalik huquqining suiisteʼmol qilinishi va ularga gʻamxoʻrlik qilmaslik holatlarini aniqlash, ota-onalarga maslahat-metodik yordam koʻrsatishning samarali tizimini yaratish.
Bunda:
bolalarga qarshi zoʻravonlikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish;
bolalarga nisbatan ota-onalik huquqini suiiste?mol qilish holatlarini aniqlash boʻyicha oʻquv muassasalarida tushuntirish-tashviqot tadbirlarini amalga oshirish;
bolalarga nisbatan ota-onalik huquqini suiisteʼmol qilish holatlarini aniqlash boʻyicha pedagogik va tibbiy xodimlarning malakasini oshirish nazarda tutiladi. |
Chora-tadbirlar majmui,
Axloq kodeksi loyihasi |
2020-yil 1-dekabr |
Bola huquqlari boʻyicha vakil,Bosh prokuratura, IIV, Adliya vazirligi,Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi |
Bolalarga nisbatan ota-onalik huquqining suiisteʼmol qilinishi va ularga gʻamxoʻrlik qilmaslik holatlari aniqlanadi,
maslahat-metodik yordam koʻrsatishning yangi tizimi yaratiladi |
|
63. |
“Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi qonunni qabul qilish. |
Qonun loyihasi |
2020-yil 1-sentabr |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
Nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini taʼminlash sohasidagi umumeʼtirof etilgan xalqaro norma va standartlar milliy qonunchilikka implementatsiya qilinadi |
|
IV. Inson huquqlari sohasida huquqiy savodxonlikni oshirish, jumladan bu borada axborot tarqatish, taʼlim berish faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar |
|
64. |
Jamiyatda huquqiy tarbiya, huquqiy madaniyat va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Bunda:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini tizimli oʻrganishning samarali mexanizmlarini joriy qilish;
inson huquq va erkinliklarini himoya qilish boʻyicha metodik yordam koʻrsatuvchi va resurs markazlari vazifasini bajaruvchi “inson huquqlari masalalari boʻyicha maʼrifat uylari”ni tashkil etish;
inson huquqlari boʻyicha maqsadli mavzularni maktabgacha, umumiy oʻrta va oliy taʼlim muassasalarining tegishli oʻquv dasturlariga, shuningdek, malaka oshirish kurslarining dasturlariga kiritish nazarda tutiladi. |
Chora-tadbirlar majmui |
2020-yildan boshlab |
Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Jamiyatda huquqiy tarbiya, huquqiy madaniyat va inson huquqlari madaniyatini yuksaltiriladi |
|
65. |
Bola huquqlarini taʼminlash va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish sohasida chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish.
Bunda:
taʼlimning barcha darajalarida bola huquqlari sohasidagi oʻquv faoliyati samaradorligini oshirish;
bolaning huquq va manfaatlarini himoya qilish usullari va shakllarinitakomillashtirishnazarda tutiladi. |
Amaliy chora-tadbirlar majmui |
2020-yil 1-iyuldan boshlab |
Bola huquqlari boʻyicha vakil, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Adliya vazirligi, IIV |
Taʼlim muassasalarida bola huquqlarini oʻqitish tartibi joriy etiladi |
|
66. |
Xalqaro hamkorlar koʻmagida TDYU, JIDU, Bosh prokuratura akademiyasida “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” mutaxassisligi boʻyicha qoʻshma magistratura yoʻnalishini (konsorsium) joriy qilish. |
Ijrochilarning qoʻshma qarorlari |
2021/
2022 oʻquv yilidan boshlab |
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, TIV, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura |
“Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” mutaxassisligi boʻyicha magistratura yoʻnalishi joriy etiladi |
|
67. |
Xalqaro inson huquqlari kuni topshiriladigan “Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishonini taʼsis etish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-sentabr |
Vazirlar Mahkamasi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Moliya vazirligi |
Inson huquqlarini taʼminlash sohasida faol ishtirok etayotgan shaxslarni ragʻbatlantirishning huquqiy asoslari yaratiladi |
|
68. |
Davlat oliy taʼlim muassasalari, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga ixtisoslashtirilgan muassasalari (universitet, institut, markaz, fakultet, kurslar), shuningdek, umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari” va “Bola huquqlari”ga oid oʻquv kurslari (darsliklari)ni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
Chora-tadbirlar majmui |
2020-yil
1-oktabr |
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, TDYU, JIDU, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
Inson huquqlariga bagʻishlangan adabiyotlar chop etiladi |
|
69. |
Ilmiy faoliyat boʻyicha davlat dasturlari doirasida inson huquqlarini himoya qilishga oid dolzarb tadqiqot mavzularga bagʻishlangan ilmiy loyihalar va innovatsion ishlanmalar tanlovini oʻtkazish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.
Bunda:
inson huquqlari sohasida ilmiy tadqiqotlarni ixtisoslashtirish, salmogʻi va sifatini yaxshilash, inson huquqlari ixtisoslig? boʻyicha ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash maqsadida alohida tarmoqlararo “Inson huquqlari” ixtisoslik shifrini kiritish;
inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini takomillashtirib, “Inson huquqlari” boʻyicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini olish uchun ilmiy kengash faoliyatini yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi. |
Chora-tadbirlar majmui |
2020-yildan boshlab |
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Innovatsion rivojlanish vazirligi, OAK |
Inson huquqlari sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish tartibi takomillashtiriladi |
|
70. |
Fuqarolik va axborot jamiyati rivojlanishining eng muhim omillaridan biri sifatida maʼlumot olish imkoniyatlarini tizimlashtirish, axborot makonida inson huquqlarining erkinligini himoya qilish, kiberxavfsizlik, media madaniyat va onlayn gigiyenaga rioya qilishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Axborot kodeksi loyihasini ishlab chiqish. |
Kodeks loyihasi |
2022-yil 20-yanvar |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, DXX, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
Mamlakatda axborot xavfsizligi, fuqarolarning maʼlumot olish huquqlariga oid qonunlar umumlashtiriladi |
|
V. Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, xorijiy mamlakatlarning inson huquqlari boʻyicha milliy institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar |
|
71. |
BMTning barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish masalasida xorijiy davlatlar, shuningdek inson huquqlari boʻyicha BMT, Yevropa Ittifoqi, YEXHT organlari va tuzilmalari bilan ikki tomonlama hamda koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, ular bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum va bitimlar tuzish, bu sohada fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilish. |
Amaliy chora-tadbirlar majmui |
2020 — 2025-yillar |
Iqtisodiy taraqqiyotva kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, vazirlik va idoralar, Jamoatchilik palatasi |
BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda xalqaro hamkorlik rivojlantiriladi |
|
72. |
Inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalarga, shu jumladan, bolalar, ayollar, nogironligi boʻlgan shaxslar, migrantlar va keksalar huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro shartnomalargaOʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish hamda inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish. |
Amaliy chora-tadbirlar majmui |
2020 — 2025-yillar |
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, TIV, Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy Majlisning
Inson huquqlari boʻyicha vakili, Biznes ombudsman |
Xalqaro shartnomalarga qoʻshilish orqali milliy qonunchiligimiz xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi |
|
73. |
Oʻzbekistonning inson huquqlarini taʼminlash boʻyicha quyidagi xalqaro shartnomalarga qoʻshilishi masalasini koʻrib chiqish:
Yevropa Kengashining Jinoiy faoliyatdan va terrorizmni moliyalashdan olingan daromadlarni aniqlash, olib qoʻyish, musodara qilish toʻgʻrisidagi konvensiyasi (Varshava, 2005-yil 16-may);
Xalqaro Mehnat Tashkilotining 156-sonli “Erkak va ayol xodimlarga: oilaviy majburiyatlarga ega ishchilarga teng munosabat va teng imkoniyatlar toʻgʻrisida”gi konvensiyasi;
Xalqaro Mehnat Tashkilotining 183-sonli “1952-yilga Onalikni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi konvensiyani qayta koʻrib chiqish haqida”gi konvensiyasi;
Xalqaro Mehnat Tashkilotining 17-sonli “Mehnatkashlarga ishlab chiqarish davomida baxtsiz holatlar uchun zararni qoplash toʻgʻrisida”gi konvensiyasi;
Xalqaro Mehnat Tashkilotining 187-sonli “Mehnat xavfsizligi va gigiyenasini taʼminlash asoslari toʻgʻrisida”gi konvensiyasi;
Xalqaro Mehnat Tashkilotining 97-sonli “Mehnatkash-migrantlar toʻgʻrisida”gi konvensiyasi;
Xalqaro Mehnat Tashkilotining 132-sonli “Haq toʻlanadigan taʼtillar (1970-yilda qayta koʻrib chiqilgan) toʻgʻrisida”gi konvensiyasi. |
Chora-tadbirlar majmui |
2020 — 2025-yillar |
Bosh prokuratura, TIV, Adliya vazirligi, IIV, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi |
Xalqaro shartnomalar ratifikatsiya qilish masalalari koʻrib chiqiladi va milliy qonunchilik ular asosida takomillashtiriladi |
|
74. |
“Yoshlar huquqlari toʻgʻrisida”gi konvensiya loyihasining BMT tomonidan qabul qilinishmasalasini xalqaro hamkorlar bilan birgalikda ilgari surishga oid chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish. |
Konvensiya loyihasi,
amaliy chora-tadbirlar majmui |
2020 — 2025-yillar |
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Vazirlar Mahkamasi, TIV, vazirlik va idoralar |
“Yoshlar huquqlari toʻgʻrisida”gi konvensiya loyihasi BMT doirasida muhokama qilinishi taʼminlanadi |
|
75. |
Inson huquqlari va erkinliklari masalasiga doir Oʻzbekiston milliy maʼruzalarini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha yakuniy mulohazalar va tavsiyalarni amalga oshirish uslublarini shartnomaviy organlar va Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissar boshqarmasi bilan muntazam maslahatlashib turish.
Bunda:
BMTning inson huquqlari boʻyicha Kengashi maxsus maʼruzachilari institutlari bilan maqsadli ishlarni tashkil etish;
inson huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarish sohasida ilgʻor xorijiy tajribani Oʻzbekiston sharoitida impl�mentatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish amaliyotini kengaytirish nazarda tutiladi. |
Amaliy chora-tadbirlar majmui |
2020-yil
1-iyuldan boshlab |
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, TIV, Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, Oliy Majlisning
Inson huquqlari boʻyicha vakili, Advokatlar palatasi, fuqarolik jamiyati institutlari |
Inson huquqlari va erkinliklari masalasiga doir ?av?iyalar?i amalga oshirish mexanizmlari yanada takomillashtiriladi |
|
76. |
Har ikki yilda bir marotaba Inson huquqlari boʻyicha Samarqand forumini yuqori tashkiliy darajada oʻtkazish. |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2020-yildan boshlab doimiy asosda |
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, TIV, Moliya vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi |
Inson huquqlari boʻyicha xalqaro hamkorlik uchun yangi muzokara maydoni yaratiladi |
|
77. |
Barqaror rivojlanish maqsadlarini roʻyobga chiqarish boʻyicha global hamkorlikni mustahkamlash va faollashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish uchun tashqi manbalardan qoʻshimcha moliyaviy resurslarni safarbar etish masalasini koʻrib chiqish. |
Amaliy chora-tadbirlar majmui |
2020 — 2025-yillar |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi |
Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish boʻyicha xorijiy hamkorlarning moliyaviy resurslarni jalb qilish masalasi koʻrib chiqiladi |
|
78. |
Inson huquqlarini himoya qilishga taalluqli sifat va miqdor koʻrsatkichlari boʻyicha maʼlumotlarni toʻplashga oid xalqaro talablarni hisobga olgan holda, davlat va nodavlat axborot yigʻish statistik tizimini takomillashtirish.
Bunda:
maʼlumo?larni yigʻish tizimini BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda hech kim chetda qolmasligiga alohida ahamiyat bergan holda ishlab chiqish va joriy qilish;
inson huquqlarini himoya qilish bilan bogʻliq sud statistikasini yanada takomillashtirish maqsadida bu borada yetarli amaliy tajriba hamda koʻnikmalarga ega boʻlgan xorijiy ekspertlarni jalb qilib, sud statistikasi bilan shugʻullanadigan xodimlarning malakasini oshirish nazarda tutiladi. |
Amaliy chora-tadbirlar majmui |
2020-2021-yillar |
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Bosh prokuratura,Davlat statistika qoʻmitasi, Oliy sud, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oliy Majlisning
Inson huquqlari boʻyicha vakili |
Xalqaro standartlarga muvofiq statistik maʼlumotlarni toʻplash tizimi takomillashtiriladi | |
|
T/r
|
Tadbirlarning nomlanishi
|
Amalga oshirish shakli
|
Muddati
|
Masʼul ijrochilar
|
Kutilayotgan natija (indikator)
|
|
I. Shaxsiy va siyosiy huquqlarni himoya qilish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar
|
|
1.
|
BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining tavsiyalarini amalga oshirish maqsadida qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash.
Bunda:
inson huquq va erkinliklari sohasida davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlarining Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan oʻzaro hamkorligini belgilash;
BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari tavsiyalarining bajarilishi yuzasidan milliy harakat rejalarini tayyorlash va qabul qilishning yagona tizimini, shuningdek davlat organlari va mansabdor shaxslarning ularni oʻz vaqtida bajarishi boʻyicha javobgarligini belgilash;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarga rioya etilishi holati toʻgʻrisidagi yillik axborotni taqdim etish va koʻrib chiqish tartib-taomillarini mustahkamlash nazarda tutiladi.
|
Chora-tadbirlar majmui
|
2020-yil
1-dekabr
|
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Adliya vazirligi, IIV, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti
|
BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining tavsiyalarini davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshirish mexanizmlari takomillashtiriladi
|
|
2.
|
Xalqaro majburiyatlardan kelib chiqib “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
favqulodda holatni joriy etishda vujudga kelishi mumkin boʻlgan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normalar, favqulodda holatni joriy etish asoslari va tartibi;
favqulodda holatda qoʻllaniladigan choralar va cheklovlar, ushbu davr uchun joriy etiladigan maxsus davlat boshqaruv organlari, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari kafolatlari hamda boshqa maxsus qoidalar nazarda tutiladi.
|
Qonun loyihasi
|
2021-yil
1-yanvar
|
Vazirlar Mahkamasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Adliya vazirligi, IIV, DXX, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz
|
Favqulodda holat joriy etishda vujudga kelishi mumkin boʻlgan munosabatlar qonuniy tartibga solinadi
|
|
3.
|
“Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy tadbirlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
ommaviy tadbirlar, madaniy va boshqa tadbirlar tushunchalarini qonun bilan belgilash;
ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi;
ommaviy tadbirlar oʻtkazilayotgan vaqtda jamoatchilik tartibi va xavfsizlikni taʼminlash;
ommaviy tadbirlar oʻtkazishga boʻlgan huquqlar kafolatlarini mustahkamlashnazarda tutiladi.
|
Qonun loyihasi
|
2021-yil 20-mart
|
IIV, Milliy gvardiya, DXX, Bosh
prokuratura, Adliya vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Oliy Majlisning
Inson huquqlari boʻyicha vakili
|
Fuqarolar tomonidan ommaviy tadbirlarni oʻtkazishning huquqiy mexanizmlari takomillashtiriladi
|
|
4.
|
Davlat organlarining tegishli xodimlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining inson huquqlari sohasidagi malakasini Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi inson huquqlari boʻyicha malaka oshirish oʻquv kurslarida muntazam ravishda oshirishni tashkil etish.
|
Chora-tadbirlar majmui
|
2021-yil 1-yanvardan boshlab
|
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
Davlat organlari xodimlarini inson huquqlari sohasida muntazam malaka oshirish tizimi yaratiladi
|
|
5.
|
“Sudlar tomonidan xalqaro huquq prinsiplari va normalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorini qabul qilish.
|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarori
|
2020-yil 20-noyabr
|
Oliy sud, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz
|
Sudlar tomonidan inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalarini qoʻllash amaliyoti yanada kengaytiriladi
|
|
6.
|
Inson huquqlari boʻyicha xalqaro majburiyatlarga rioya etish masalalariga bagʻishlangan amaliy qoʻllanma, sharh va uslubiy adabiyotlarni tayyorlash va nashr etish.
Davlat organlari xodimlari, shu jumladan, sudyalar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini inson huquqlari masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro mexanizmlar tavsiyalari matnlari bilan taʼminlash.
|
Chora-tadbirlar majmui
|
2020-yil
1-oktabrdan boshlab
|
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, IIV, Adliya vazirligi
|
Davlat organlari xodimlari va mansabdor shaxslarning inson huquqlari boʻyicha bilim va koʻnikmalari oshiriladi
|
|
7.
|
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish.
Bunda:
jinoiy jazolarning muqobil turlarini oqilona va mutanosib ravishda qoʻllashni taʼminlash;
ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarni birinchi marotaba sodir etgan, shuningdek, aholining ijtimoiy zaif qatlamlari (voyaga yetmaganlar, keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, homilador ayollar va qarmogʻida voyaga yetmagan bolalari boʻlgan yolgʻiz shaxslar)ga nisbatan insonparvarlik tamoyilini taʼminlash;
terrorizm, ekstremizm va korrupsiyaviy jinoyatlarni, shu bilan birga uyushgan guruh hamda jinoiy uyushma tarkibida qiynoqqa solish usullaridan foydalangan holda jinoyat sodir etishda aybdor boʻlgan shaxslarga nisbatan keskin jinoiy siyosatni davom ettirish nazarda tutiladi.
|
Kodeks loyihasi
|
2021-yil
1-may
|
Bosh prokuratura, IIV, DXX, Oliy sud, Adliya vazirligi
|
Xorijiy tajriba inobatga olingan holda jinoyat qonunchiligi normalari unifikatsiya qilinadi va liberallashtiriladi, jinoiy javobgarlik va jazo tizimini takomillashtiriladi
|
|
8.
|
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish.
Bunda:
xalqaro standartlar va inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro mexanizmlarning tavsiyalarini hisobga olgan holda odil sudlovga oid huquqni taʼminlash hamda “Xabeas korpus” institutini yanada takomillashtirish;
sud jarayoni ishtirokchilarining huquqlarini taʼminlash mexanizmini yanada kuchaytirish, advokatlarning protsessual huquqlarini yanada kuchaytirish orqali taraflarning oʻzaro tortishuv tamoyilini amalda roʻyobga chiqarish, ul?rning haqqoniy mustaqilligini taʼminlash, shuningdek, jinoyat ishi boʻyicha himoyachining ishtiroki shart boʻlgan ishlarga oid asoslarni kengaytirish;
voyaga yetmaganlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan jinoyat-protsessual normalarni takomillashtirish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash, shuningdek, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarni profilaktika qilish va oldini olish boʻyicha choralarni kuchaytirish;
mahkumlarga nisbatan amnistiya va afv etish shaklidagi insonparvarlik aktlarini qoʻllash tartibini takomillashtirish nazarda tutiladi.
|
Kodeks loyihasi
|
2021-yil
20-may
|
Bosh prokuratura, IIV, DXX, Oliy sud, Adliya vazirligi
|
Jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari kafolatlari xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtiriladi
|
|
9.
|
Sudyalar hamjamiyati organlarifaoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirish.
Bunda:
sudyalar hamjamiyati tushunchasi, sudyalar hamjamiyati organlarining sud tizimidagi oʻrnini belgilash;
sudyalar hamjamiyati organlarining vazifalari,funksiyalariva vakolatlarinibelgilash;
sudyalar hamjamiyati organlarini shakllantirish, shu jumladan ushbu organlarga nomzod koʻrsatish tartibini belgilash;
sudyalar hamjamiyati organlarining sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlashdagi rolini huquqiy mustahkamlash nazarda tutiladi.
|
Qonun loyihasi
|
2020-yil
1-oktabr
|
Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud
|
Sud mustaqilligini taʼminlash maqsadida sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantiriladi
|
|
10.
|
“Advokatura va advokatlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
advokatlik faoliyatini tashkil etish, advokatlar mustaqilligi kafolatlari va ularning daxlsizligini taʼminlash;
advokaturani aholi ishonchini qozongan institutga aylantirish, professional huquqiy yordam sifatini oshirish va advokat kasbining nufuzini oshirish;
sud jarayonida tenglik va tortishuv tamoyillarini toʻliq taʼminlash nazarda tutiladi.
|
Qonun loyihasi
|
2021-yil
1-iyul
|
Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi,Oliy sud, Bosh prokuratura
|
Xalqaro standartlar asosida advokatlik faoliyatining huquqiy asoslari va kafolatlari yanada takomillashtiriladi hamda advokatlik kasbining nufuzi oshiriladi
|
|
11.
|
Xalqaro standartlarga asosan prokuratura organlari faoliyatini takomillashtirish.
Bunda:
xalqaro standartlarga muvofiq prokuratura faoliyati ustidan nazorat mexanizmlarini takomillashtirish;
prokuratura faoliyatining shaffofligini va uning jamiyat oldidagi hisobdorligini taʼminlash,prokurorlar malakasini uzluksiz oshirish;
prokuratura tizimi boshqaruvida kollegial organlar rolini kuchaytirish nazarda tutiladi.
|
Qonun loyihasi
|
2021-yil 1-iyun
|
Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz
|
Prokuratura organlari faoliyati xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi
|
|
12.
|
“Teng muomala qilish va kamsitmaslik toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini tayyorlash.
Bunda:
“kamsitish”, “toʻgʻridan-toʻgʻri, bilvosita va koʻp marta kamsitish”, “kamsitish belgilari” tushunchalarini qonunchilikk? kiritish;
irqi, jinsi, tili, dini, siyosiy qarashlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy, sinfiy yoki boshqa holatlardan qatʼi nazar jamiyat hayotining turli sohalarida fuqarolarni kamsitilish yuzaga kelishidan toʻliq himoya qilinishini taʼminlash;
fuqarolar huquqlarini himoya qilishning usullari va vositalarini takomillashtirish, shuningdek, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish boʻyicha samarali mexanizmni joriy qilish nazarda tutiladi.
|
Qonun loyihasi
|
2021-yil 1-aprel
|
Adliya vazirligi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi,
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Oliy sud, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti
|
Jamiyat hayotining turli sohalarida fuqarolarni kamsitilishdan himoya qilishning qonuniy asoslari takomillashtiriladi
|
|
13.
|
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunning yangi tahririloyihasini ishlab chiqish.
|
Qonun loyihasi
|
2020-yil
1-oktabr
|
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida),
Vazirlar Mahkamasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita,
Adliya vazirligi
|
Mamlakatda vijdon erkinligini taʼminlashning huquqiy mexanizmlari takomillashtiriladi
|
|
14.
|
BMTning Inson huquqlari boʻyicha qoʻmitasi tavsiyalarini inobatga olgan holda sud zalida temir panjaralardan foydalanish tartibini qayta koʻrib chiqish.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2021-yil 20-may
|
Oliy sud, IIV, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz
|
Sudlanuvchilarni sud zalida boʻlishlari xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi
|
|
15.
|
“Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy maqomi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish.
|
Qonun loyihasi
|
2020-yil 1-sentabr
|
Vazirlar Mahkamasi, TIV, IIV, Adliya vazirligi
|
Chet elliklar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy maqomi qonuniy mustahkamlanadi
|
|
16.
|
“Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonun ijrosi yuzasidan parlament va jamoatchilik monitoringini oʻtkazish.
Shaxsiy maʼlumotlarni tartibga soluvchi qonunchilik va himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.
|
Chora-tadbirlar majmui
|
2021-yil 1-yanvardan boshlab
|
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti
|
Shaxsga doir maʼlumotlarni tartibga soluvchi qonunchilik takomillashtiriladi
|
|
17.
|
2019 — 2021-yillarda Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini amalga oshirish, kam sonli millatlarning ijtimoiy va madaniy huquqlarini taʼminlash.
Bunda:
Oʻzbekiston Respublikasida yashayotgan barcha millat va elatlarning tili va madaniyati rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlarni taʼminlash mexanizmini takomillashtirish;
?larning mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini yanada oshirish;
kam sonli millat vakillarining taʼlim olish huquqini taʼminlash, ularning tillarida oʻquv adabiyotlarini yaratish nazarda tutiladi.
|
Chora-tadbirlar majmui
|
2020-yil
1-oktabrdan boshlab
|
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Adliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz
|
Mamlakatdagi barcha millat va elatlarning barcha sohalardagi huquqlarini taʼminlash mexanizmlari takomillashtiriladi
|
|
18.
|
“Bepul yuridik yordam toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish.
Bunda:
bepul yuridik yordam sohasida xalqaro standartlar va xalqaro tajribani hisobga olish;
kam taʼminlangan va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan fuqarolar uchun jinoiy, maʼmuriy, fuqarolik ishlari boʻyicha davlat tomonidan bepul yuridik yordam olish imkoniyatlarini kengaytirish nazarda tutiladi.
|
Qonun loyihasi
|
2021-yil 1-noyabr
|
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz
|
Xalqaro standartlar asosida bepul yuridik xizmatdan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi
|
|
19.
|
Voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovni amalga oshirish tizimini takomillashtirish, bola manfaatlarini taʼminlashning eng ustun tamoyillarini amaliyotga yanada samarali tatbiq etish.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi va Chora-tadbirlar majmui
|
2021-yil
1-noyabr
|
Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, IIV, Adliya vazirligi, Bola huquqlari boʻyicha vakil
|
Voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovni amalga oshirishning xalqaro standartlarga muvofiq tizimi shakllantiriladi
|
|
20.
|
Bolalar va ayollar savdosigaqarshi kurashish, odam savdosidan jabr koʻrgan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, shuningdek, uysiz, qarovsiz va nazoratsiz qolgan bolalarni aniqlash, bolalar va ayollar pornografiyasini targʻib qiluvchi sabablar va shart-sharoitlarni oldini olishga tizimli yondashish.
|
Amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020-yil 1-iyuldan boshlab
|
Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi, IIV, Bosh prokuratura, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Bola huquqlari boʻyicha vakil
|
Odam savdosidan jabr koʻrganlarning huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari takomillashtiriladi
|
|
21.
|
Aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini, saylov madaniyatini oshirish, demokratik, adolatli va erkin saylovlarga oid xalqaro standartlarni hisobga olgan holda saylovlarni tashkil etish va oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish.
|
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va Chora-tadbirlar majmui
|
2020 — 2025-yillar
|
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Markaziy saylov komissiyasi,
Adliya vazirligi,
Jamoatchilik palatasi
|
Milliy saylov qonunchiligi va tizimi xalqaro standartlar asosida yanada takomillashtiriladi
|
|
22.
|
Qonun normalarining Konstitutsiyaga muvofiqligini oʻrganish yuzasidan Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish tartibini soddalashtirish,uning subyektlari doirasini kengaytirish.
Bunda:
qonunlarning Konstitutsiyaga muvofiqligini koʻrib chiqish boʻyicha Konstitutsiyaviy sudga masala kiritish huquqiga ega boʻlgan subyektlar qatoriga fuqarolar va yuridik shaxslarni kiritish;
Konstitutsiyaviy sudda oʻrganib chiqish uchun masala kiritish huquqiga ega boʻlgan subyektlarqatoriga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlariva qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasimilliy markazini kiritish nazarda tutiladi.
|
Qonun loyihasi
|
2020-yil 1-iyul
|
Oliy Majlis palatalari
(kelishuv asosida),
Konstitutsiyaviy sud,
Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti
|
Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish tartibi soddalashtiriladi va unga murojaat kirituvchi subyektlar doirasi kengaytiriladi
|
|
23.
|
Inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishini nazorat qilish boʻyicha parlament komissiyasini tashkil qilish.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2020-yil 1-avgust
|
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz
|
Inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishi boʻyicha parlament nazorati kuchaytiriladi
|
|
24.
|
BMTning shartnomaviy qoʻmitalarida inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekistonning milliy maʼruzalarini tayyorlash va koʻrib chiqish natijalarini deputatlar va senatorlar tomonidan muntazam eshitib borish, shartnomaviy qoʻmitalarning tavsiyalarini amalga oshirish boʻyicha Milliy harakatlar rejalarini Oliy Majlis palatalari tomonidan tasdiqlanishi amaliyotini takomillashtirish.
|
Amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020-yil
1-avgustdan boshlab
|
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Oliy sud, Bosh prokuratura, Oliy Majlisning
Inson huquqlari boʻyicha vakili, vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari
|
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekistonning milliy maʼruzalarini tayyorlash va koʻrib chiqishda parlament va fuqarolik jamiyati institutlarining keng ishtiroki taʼminlanadi
|
|
25.
|
“Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.
Bunda:
jamoatchilik nazoratining har bir shakliniamalga oshirish mexanizmlari va tartib-taomillarini belgilash;
inson huquq va erkinliklariga taalluqli xalqaro va milliy huquqiy normalarning amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha “jamoat inspektori”, “jamoat kuzatuvchisi”, “jamoat komissiyasi” institutlarini shakllantirish;
inson huquqlari sohasidagi qonunlar samaradorligini baholash va ilmiy asoslangan hamda chuqur oʻylangan jamoatchilik monitoringi tizimini shakllantirish nazarda tutiladi.
|
Qonun loyihasi,Chora-tadbirlar majmui
|
2021-yil 1-mart
|
Adliya vazirligi, Jamoatchilik palatasi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Oliy Majlisning
Inson huquqlari boʻyicha vakili, fuqarolik jamiyati institutlari
|
Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmi va tartib-taomillari, ularning huquqiy asoslari takomillashtiriladi
|
|
26.
|
Oʻzbekiston Respublikasining Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi kodeksi loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
fuqarolarning nodavlat va notijorat tashkilotlariga birlashish huquqi va uni amalga oshirish usullari;
nodavlat va notijorat tashkilotlarini tashkil etish, roʻyxatga olish, ularning faoliyatini olib borish va tugatishning huquqiy asoslari va boshqalar nazarda tutiladi.
|
Kodeks loyihasi
|
2020-yil 1-avgust
|
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Adliya vazirligi,
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi
|
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslari hamda roʻyxatdan oʻtkazish tartibi yanada takomillashtiriladi,
ularning davlat boshqaruv organlari faoliyatini monitoring qilish mexanizmi mustahkamlanadi
|
|
27.
|
Inson huquqlari va manfaatlari sohasidagi vaziyatni yaxshilash sohasida davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar hamkorligi yakunlariga bagʻishlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarning yillik Milliy forumini oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.
|
Chora-tadbirlar majmui
|
2020-yil
1-noyabrdan boshlab
|
Jamoatchilik palatasi, Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi
|
Nodavlat notijorat tashkilotlarning inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha faoliyati qoʻllab-quvvatlashning yangi mexanizmi yaratiladi
|
|
28.
|
Fuqarolik jamiyati institutlarini yanada qoʻllab-quvvatlash.
Bunda:
Oʻzbekistonda inson huquqlari holati, shu jumladan inson huquqlari boʻyicha xalqaro hujjatlar bajarilishini monitoring qilishda jamoatchilik nazorati rolini oshirish;
inson huquqlari boʻyicha xalqaro konvensiyalar bajarilishi toʻgʻrisida davlat organlari va mansabdor shaxslar hisobotlarining jamoatchilikmuhokamasinitashkil etish nazarda tutiladi.
|
Chora-tadbirlar majmui
|
2020 — 2025-yillar
|
Jamoatchilik palatasi,
“Yuksalish” umummilliy harakati, fuqarolik jamiyati institutlari
|
Nodavlat notijorat tashkilotlar inson huquqlarini himoya qilish masalalariga yanada kengroq jalb qilinadi
|
|
II. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni himoya qilish hamda barqaror rivojlanish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar
|
|
29.
|
Insonning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini taʼminlashning samarali omili sifatida Kambagʻallikni qisqartirish dasturini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish.
Bunda:
kambagʻallik tushunchasi, uni hududiy xususiyatlardan kelib chiqib aniqlash mezonlari va baholash usullarini qamrab olgan metodologiyani ishlab chiqish;
aholi, ayniqsa yoshlar va ayollarda tadbirkorlik va biznes yuritishning zamonaviy koʻnikmasini shakllantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar;
tadbirkorlik tashabbuslarini, eng avvalo, joylardagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga koʻmaklashuvchi tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashning samarali mexanizmlari;
tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar, jumladan mikromoliyalash xizmatlaridan keng foydalanishi, shuningdek, davlat xaridlarida ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
band boʻlmagan aholini qayta tayyorlash va ishsiz fuqarolarni zarur kasblarga oʻqitish boʻyicha keng koʻlamli dasturlarni amalga oshirish nazarda tutiladi.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2020-yil 1-avgust
|
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
Kambagʻallikni qisqartirish orqali aholining turli qatlamlari farovonligi yaxshilanadi
|
|
30.
|
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
insonning fuqarolik-huquqiy munosabatlarda vujudga keladigan huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid ilgʻor xalqaro standartlarni implementatsiya qilish;
xususiy mulkning daxlsizligi kafolatlarini taʼminlaydigan, jismoniy va yuridik shaxslarning, ayniqsa tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiladigan samarali fuqarolik-huquqiy mexanizmlarni belgilash;
fuqarolik-huquqiy javobgarlik institutinitakomillashtirish, jumladan, zararni qoplashning adolatli tartibinitaʼminlash nazarda tutiladi.
|
Kodeks loyihasi
|
2026-yil may
|
Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Sudyalar oliy maktabi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz
|
Xalqaro standartlarga muvofiq fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy mexanizmlar joriy etiladi
|
|
31.
|
BMTning Inson huquqlari nuqtai nazaridan tadbirkorlik faoliyatining asosiy tamoyillarini amalga oshirish boʻyicha Milliy harakatlar rejalarini ishlab chiqish.
|
Milliy harakatlar rejalari loyihalari
|
2020-yil 1-iyuldan boshlab
|
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Biznes ombudsman, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi
|
Tadbirkorlik faoliyatida xalqaro standartlarga asosan inson huquqlari kafolatlari mustahkamlanadi
|
|
32.
|
Oʻzbekiston Respublikasi Tadbirkorlik kodeksi loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini toʻliq kodifikatsiya qilish, milliy iqtisodiyotning bozor munosabatlariga oʻtishini hisobga olgan holda, tadbirkorlik faoliyatini monopoliyaga qarshi tartibga solishni tubdan qayta koʻrib chiqish;
tadbirkorlik erkinligini taʼminlaydigan huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoit va kafolatlarni kuchaytirish;
iqtisodiy huquq va erkinliklar sohasidagi xalqaro standartlarni hisobga olgan holda tadbirkorlarning ijtimoiy masʼuliyatini oshirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash;
tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashganlik, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini cheklash yoki toʻxtatish, ularga zarar yetkazishga qaratilgan noqonuniy va asossiz harakatlarni sodir etganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish;
tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalasida jamoatchilik nazorati mexanizmlarini kengaytirish nazarda tutiladi.
|
Kodeks loyihasi
|
2022-yil 20-yanvar
|
Biznes ombudsman, Adliya vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi
|
Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlari toʻliq kodifikatsiya qilinadi, tadbirkorlik subyektlari faoliyatining huquqiy asoslari yanada mustahkamlanadi
|
|
33.
|
“Xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
obyektlarni xususiylashtirishda, ulardan foydalanayotgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda taʼminlashning samarali mexanizmlarini belgilab berish;
xususiylashtirishda shaffoflik va oshkoralik prinsiplariga asoslangan mexanizmni yaratish;
davlat obyektlari yoki boshqa ommaviy mulk obyektlarini xususiylashtirishda antikorrupsiyaviychoralarni kuchaytirishnazarda tutiladi.
|
Qonun loyihasi
|
2021-yil 15-yanvar
|
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi
|
Xususiylashtirish faoliyatining huquqiy asoslari va mexanizmlari takomillashtiriladi
|
|
34.
|
“Ijtimoiy tadbirkorlik asoslari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
ijtimoiy tadbirkorlikning asoslari;
ijtimoiy tadbirkorlik subyektlarini aniqlashningtartibi va mezonlari nazarda tutiladi.
|
Qonun loyihasi
|
2020-yil 1-sentabr
|
Adliya vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Moliya vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi
|
Ijtimoiy tadbirkorlikning asoslari va uni ragʻbatlantirish boʻyicha munosabatlar huquqiy tartibga solinadi
|
|
35.
|
“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.
Bunda xalqaro tan olingan isteʼmolchilar huquqlarining himoyasini kuchaytirishga oid normalarni belgilash nazarda tutiladi.
|
Qonun loyihasi
|
2021-yil 20-yanvar
|
Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi
|
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi
|
|
36.
|
Fuqarolarning tibbiy xizmatdan foydalanish huquqini toʻlaqonli taʼminlanishiga yoʻnaltirilgan amaliy chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish.
Bunda:
Oʻzbekistonning sogʻliqni saqlash tizimi samaradorligi boʻyicha jahonni rivojlangan mamlakatlari darajasiga erishishi;
tibbiy sugʻurta sohasinitakomillashtirish;
aholining har tomonlama sifatli sogʻliqni saqlash xizmatlari qamrab olinishi, shu jumladan xavfsiz, samarali, sifatli va arzon narxlardagi asosiy dori-darmonlar va vaksinalardan foydalanishini taʼminlash;
2030-yilga qadar onalar oʻlimini uchdan bir qismga, bir yoshgacha boʻlgan goʻdaklar va besh yoshgacha boʻlgan bolalar oʻlimini ikki barobar, yurak-qon tomir, saraton, diabet va surunkali nafas olish kasalliklaridan erta oʻlim darajasini 30 foizga qisqartirish;
reproduktiv salomatliksohasida, OITS, gepatit S va tuberkulyozga qarshi kurashishda keng qamrovli sogʻliqni saqlash xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlash nazarda tutiladi.
|
Amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020-yildan boshlab
|
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi
|
Mamlakatning sogʻliqni saqlash tizimi takomillashtiriladi va aholining har tomonlama sifatli sogʻliqni saqlash xizmatlari bilan qamrab olinishi taʼminlanadi
|
|
37.
|
Oʻzbekiston Respublikasining Sogʻliqni saqlash kodeksi loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
sogʻliqni saqlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish, idoralararo hamkorlik qilish;
sogʻliqni saqlash tizimini moliyalashtirish;
sanitariya-epidemiologik nazoratnitashkil qilish;
sogʻliqni saqlash sohasida taʼlim va ilmiy faoliyat normasini belgilash nazarda tutiladi.
|
Kodeks loyihasi
|
2020-yil 1-dekabr
|
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi
|
Mamlakatdagi sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasining huquqiy asoslari zamonaviy xalqaro mexanizmlar asosida mustahkamlanadi
|
|
38.
|
“Majburiy tibbiy sugʻurta toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish.
Bunda:
majburiy tibbiy sugʻurtalashning huquqiy asoslari, mexanizmlari va joriy etish bosqichlari;
majburiy tibbiy sugʻurtalash subyektlarini, ushbu sohadagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish boʻyicha vakolatli organni, ularning huquq va majburiyatlarini belgilash;
majburiy tibbiy sugʻurtalash dasturlarini moliyalashtirish mablagʻlarini shakllantirish manbalari nazarda tutiladi.
|
Qonun loyihasi
|
2021-yil 1-mart
|
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi
|
Majburiy tibbiy sugʻurta munosabatlari huquqiy jihatdan tartibga solinadi
|
|
39.
|
Xodimlarning, shu jumladan, davlat xizmatchilari, tibbiyot xodimlari va pedagoglarning mehnat shartnomalarida nazarda tutilmagan, ularning mehnat huquqlarini amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan mehnatning turli shakl?aridan himoya qilishningtashkiliy-huquqiy mexanizmlarinitakomillashtirish.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2020-yil 1-oktabr
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi
|
Barcha turdagi xodimlarning mehnat huquqlari buzilishi holatlarini bartaraf etishning huquqiy mexanizmlari takomillashtiriladi
|
|
40.
|
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
ishga qabul qilish boʻyicha qonun hujjatlarida koʻzda tutilmagan talablarni ilgari surish orqali xotin-qizlarning ish beruvchilar tomonidan kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik, xotin-qizlar uchun taqiqlangan kasbiy faoliyat sohalarini qisqartirish;
ayrim sohalarda yoki kasb-hunarlarda ayollar mehnatini qoʻllashni taqiqlashni bekor qilish, ayollarning sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan tarmoqlar yoki kasblar roʻyxatini aniqlash;
ish beruvchining tashabbusi bilan xodimning pensiya yoshiga yetishi yoki qonun hujjatlariga muvofiq 60 yoshga toʻlgunga qadar yoshga doir pensiya olish huquqi yuzaga kelishi munosabati bilan muddatsiz tuzilgan mehnat shartnomasining, shuningdek, uning amal qilish muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasining bekor qilinishini taqiqlash;
xususiy sektorda mehnatga haq toʻlash tizimini tartibga solish va takomillashtirish orqali mehnatga yarasha munosib ish haqi toʻlanishini taʼminlash;
kasanachilik bilan shugʻullanuvchi shaxslarning huquqiy maqomi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish, shuningdek, ularning mehnat sohasidagi huquqlari kafolatlarini kuchaytirish;
jamoaviy mehnat nizolaritoʻgʻrisidagi normalarni takomillashtirish nazarda tutiladi.
|
Kodeks loyihasi
|
2020-yil 1-avgust
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi,
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi
|
Mehnat munosabatlarini tartibga solish xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi, Xotin-qizlarning mehnat munosabatlarida kamsitilishining oldini olish boʻyicha qonunchilik takomillashtiriladi
|
|
41.
|
“Mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Xususan:
jamiyat, davlat va inson manfaatlariga daxldor migratsiya muammolarini hal etish, migratsiya sohasidagi munosabatlarning barqarorligini taʼminlash;
mehnat migrantlari huquqlariga oid xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish nazarda tutiladi.
|
Qonun loyihasi
|
2021-yil 20-aprel
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, IIV, Adliya vazirligi, TIV
|
Mehnat migrantlari huquqlariga oid xalqaro standartlar milliy qonunchilikka implementatsiya qilinadi
|
|
42.
|
Mehnat munosabatlari va mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilikni takomillashtirishhamda mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish.
|
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
|
2020-yil
1-dekabr
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,
Adliya vazirligi
|
Mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilik takomillashtiriladi
|
|
43.
|
“Barcha mehnatkash-migrantlar va ularning oila aʼzolarining huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi konvensiyani ratifikatsiya qilish masalasini oʻrganish boʻyicha chora-tadbirlar majmuini tayyorlash va amalga oshirish.
|
Tavsiyalar,
Chora-tadbirlar majmui
|
2020-yil 1-dekabr
|
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, TIV, IIV, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Oliy Majlisning
Inson huquqlari boʻyicha vakili, Adliya vazirligi
|
Mehnatkash-migrantlar va ular oila aʼzolarining huquqlarini himoya qilish masalasi har tomonlama oʻrganiladi
|
|
44.
|
Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida gender tenglikni taʼminlash va zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Bunda:
2021 — 2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining gender tengligi strategiyasiniishlab chiqish;
BMT Xavfsizlik Kengashining 1325-rezolyutsiyasini (Ayollar, tinchlik va xavfsizlik toʻgʻrisida) bajarish boʻyicha Milliy harakat rejasini ishlab chiqish;
xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy sohada oʻz huquq va manfaatlarini roʻyobga chiqarishda qoʻllab-quvvatlash dasturlarini kengaytirish, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga koʻmaklashish uchun zamonaviy texnologiyalar, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish;
oilada ayollarni zoʻravonlikdan himoya qilishning mexanizmlari va huquqiy bazasining xalqaro standartlarga toʻla muvofiqligini taʼminlash;
aholining gender tengligi boʻyicha ongini oshirish;
ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, ayniqsa siyosiy faoliyat va qarorlar qabul qilish jarayonida gender tenglikni taʼminlash uchun samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2021-yil 1-aprel
|
Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasi,
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, IIV
|
Barcha sohalarda gender tenglikni amalga oshirish boʻyicha tash?iliy chora-tadbirlar amalga oshiriladi, ayollarni zoʻravonlikdan himoya qilishning mexanizmlari takomillashtiriladi, shuningdek, ayollarning siyosiy faoliyat va qarorlar qabul qilish jarayonidagi ishtiroki oshiriladi
|
|
45.
|
Aholini ijtimoiy himoya qilish Konsepsiyasini ishlab chiqish.
Bunda:
ijtimoiy nafaqa toʻlashning mukammal tizimini joriy etish, jumladan, kam taʼminlangan oilalarga koʻmak koʻrsatish qamrovini kengaytirish;
kam taʼminlangan va daromadi past aholi qatlamini aniqlash mezonlarinibelgilash;
nafaqa tayinlashdagi mezonlarni qayta koʻrib chiqish va uni belgilashda ochiq va adolatli tizimni yaratish;
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga bozor tamoyillari asosida ajratilgan ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat budjeti hisobidan subsidiyalar toʻlash tizimini takomillashtirish;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj yakka-yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga “Muruvvat” va “Saxovat” uylarida statsionar sharoitda tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish;
ajratilayotgan ijtimoiy toʻlovlar miqdorini qayta koʻrib chiqish;
ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy xizmatlarni bir-biriga muvofiqlashtirish;
yagona reyestr tashkil qilish orqali ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy xizmatlarni yagona axborot kommunikatsiya tizimiga oʻtkazish;
“Mehribonlik uylari”da tarbiyalangan yoshlarning ijtimoiy moslashuvi, xususan ularni ish, uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha alohida dastur ishlab chiqish nazarda tutiladi.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2020-yil 1-oktabr
|
Vazirlar Mahkamasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
Ban?lik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi
|
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj turli qatlamlarini xalqaro standartlarga muvofiq himoya qilinishining huquqiy mexanizmlari takomillashtiriladi
|
|
46.
|
“Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi qonunni qabul qilish.
Bunda:
ish oʻrinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi
mahalliy mehnat organlariga murojaat etgan ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlar turlari;
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlar;
haq toʻlanadigan jamoat ishlarinitashkil etish;
ish qidirayotgan shaxslarni hamda ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishnazarda tutiladi.
|
Qonun loyihasi, amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020-yil 1-avgust
|
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
vazirlik va idoralar
|
Aholini ish bilan taʼminlash sohasi va bandlikka koʻmaklashish markazlari faoliyati takomillashtiriladi
|
|
47.
|
“Oʻzbekiston yoshlari — 2025” Konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish.
Bunda Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning yangicha va xalqaro standartlarga mos mexanizmlarini yaratish nazarda tutiladi.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2020-yil 1-avgust
|
Yoshlar ittifoqi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi
|
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda xalqaro standartlarga mos mexanizmlar yaratiladi
|
|
48.
|
“Ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
ijtimoiy sugʻurta tushunchasi, uning turlari va amalga oshirish shartlari;
sugʻurtalangan shaxslarning huquq va majburiyatlari;
nogironlik, dafn marosimi, boquvchisini yoʻqotganlik boʻyicha nafaqalar, ish paytida mayib boʻlganlik uchun tovon puli kabi toʻlovlarni amalga oshirishva ularning miqdorini aniqlash tartibi nazarda tutiladi.
|
Qonun loyihasi
|
2023 yil 1 yanvar
|
Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi,
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi
|
Ijtimoiy sugʻurta munosabatlari huquqiy jihatdan tartibga solinadi
|
|
49.
|
2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish ustidan taʼsirchan parlament, deputatlik va jamoatchilik nazoratini taʼminlash.
|
Amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020-yil 1-iyuldan boshlab
|
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Maktabgacha taʼlim vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,Yoshlar ittifoqi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
Konsepsiyada belgilangan vazifalarni toʻliq amalga oshirilishi ustidan taʼsirchan parlament nazorati oʻrnatiladi
|
|
50.
|
Har tomonlama adolatli va sifatli taʼlimni taʼminlash maqsadida “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning yangi tahririni qabul qilish.
Bunda ayollar va erkaklar uchun sifatli oʻrta maxsus, oliy, kasbiy va qoʻshimcha taʼlim olish, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun barcha darajadagi taʼlim va kasbiy-texnik tayyorgarlikdanteng foydalanish imkoniyatini taʼminlash nazarda tutiladi.
|
Qonun loyihasi, amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020-yil 1-avgust
|
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida),
Vazirlar Mahkamasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi
|
Ijtimoiy zaif qatlamning taʼlim olishi kafolatlarining huquqiy asoslari yaratiladi
|
|
51.
|
Ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Bunda:
ichimlik suvini yetkazib berish sifati va xavfsizligini taʼminlash, kafolatlangan manbalardan foydalanish, zamonaviy texnika va texnologiyalarni tatbiq etish;
2030-yilgacha shahar aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasini 98 foizga va qishloq aholi punktlarini ichimlik suv bila? taʼm?nlanganlik darajasini 85 foizga yetkazish;
oqava suv inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilishga oid choralarni ishlab chiqish;
2030-yilgacha shahar markazlarida oqava xizmatlar taʼminotini 31 foizga yetkazish;
mavjud yer osti va yer usti suv manbalaridan oqilona foydalanish hamda oqava suvlarni sifatli tozalashga qaratilgan aniq choralar nazarda tutiladi.
|
Konsepsiya loyihasi, amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020-yil 1-sentabr
|
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash sharoitlari yaxshilanadi
|
|
52.
|
Shahar va aholi punktlarining ochiqligi, xavfsizligi va ekologik barqarorligini taʼminlash boʻyicha mintaqaviy dasturlarni amalga oshirish.
Bunda:
arzon uy-joylar va kommunal xizmat koʻrsatish, xavfsiz, arzon va ekologik barqaror transport xizmatlaridan foydalanishni taʼminlash;
aholining urbanizatsiya koʻrsatkichlarining izchil oʻsishini taʼminlash, respublikamiz shaharlarini dunyoning zamonaviy rivojlangan megapolislari modeli asosida, ularning tarixiy takrorlanmasligi, shuningdek turistik jozibadorligini saqlagan holda rivojlantirish, “aqlli va xavfsiz shaharlar” konsepsiyasini ishlab chiqish;
madaniy va tabiiy meros obyektlarini himoya qilish va asrab-avaylash borasidagi saʼy-harakatlarni faollashtirish;
tijorat va boshqa tashkilotlarning ekologiya va sanitariya normalariga rioya qilishini taʼminlash;
shahar va boshqa aholi punktlarida nogironligi boʻlgan shaxslar dam olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, bolalar uchun yashil hududlar, dam olish bogʻlari, oʻyin maydonchalarini kengaytirish nazarda tutiladi.
|
Aholi punktlarini kompleks va barqaror rivojlantirish va ularni boshqarishning mintaqaviy dasturlari,
amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020-yil
1-noyabrdan boshlab
|
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qurilish vazirligi,
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,Yoshlar ittifoqi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
Urbanizatsiya darajasi oshiriladi, shahar va aholi punktlarida xavfsizlik va ekologik barqarorlik taʼminlanadi
|
|
53.
|
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
uy-joy sohasidagi davlat boshqaruvini qayta koʻrib chiqish, uy-joy siyosatini tartibga solishning samarali mexanizmlarini joriy etish;
davlat va jamoat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda qurilish, rekonstruksiya qilish va buzish ishlarini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish;
jismoniy va yuridik shaxslarning uy-joydan foydalanishda qonunchilik va normativ hujjatlarga rioya etishdagi masʼuliyatini oshirish;
uy-joy obyektlarini qurishga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilishni ragʻbatlantiruvchi mexanizmlar nazarda tutiladi.
|
Kodeks loyihasi, amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020-yil 1-dekabr
|
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,
Adliya vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi,
Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari
|
Uy-joy siyosatini tartibga solishning samarali mexanizmlari joriy etiladi, davlat va jamoat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda qurilish, rekonstruksiya qilish va buzish ishlarini amalga oshirish tartibi takomillashtiriladi
|
|
54.
|
Oʻzbekiston Respublikasining Ekologiya kodeksi loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
ekologiyaga oid qonunchilik bazasini tizimlashtirish;
atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha vakolatli davlat organining faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
atrof-muhitni muhofaza qilishda fuqarolar va jamoat birlashmalarining huquq hamda majburiyatlari;
ekologik nazorat va monitoring turlari hamda ularni amalga oshirish tarti??;
ekologik ekspertizani amalga oshirish tartibi;
oʻsimlik va hayvonot dunyosidan foydalanishga qoʻyiladigan talablar nazarda tutiladi.
|
Kodeks loyihasi va amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020-yil
1-oktabr
|
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, IIV, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi
|
Xorijiy tajribani inobatga olgan holda ekologiyaga oid qonunchilik normalari unifikatsiya qilinadi,aholining ekologik xavfsizligini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi
|
|
III. Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni qonunchilikka va huquqni qoʻllash amaliyotiga implementatsiya qilish hamda monitoring qilish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar
|
|
55.
|
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro hujjatlarning mazmuni toʻgʻrisida aholi hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari vakillarining xabardorligini oshirish boʻyicha axborot-taʼlim tizimini takomillashtirish.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi va amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020-yil 1-iyuldan boshlab
|
TIV, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Adliya vazirligi, Oliy Majlisning
Inson huquqlari boʻyicha vakili, IIV, Bosh prokuratura
|
Aholining inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalar boʻyicha tizimli xabardor qilish mexanizmi joriy qilinadi
|
|
56.
|
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish.
Bunda:
maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishning protsessual tartibini takomillashtirish;
maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish (elektron bayonnoma, elektron maʼmuriy ish va boshqalar);
jabrlanuvchi arizasiga asosan yuritiladigan maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni tugatish tartibini joriy qilish;
maʼmuriy jazo choralari tizimini liberallashtirish;
jarima jazosini ixtiyoriy ijro etishni ragʻbatlantirishning differensial tartibini joriy etish;
maʼmuriy javobgarlikka tortishga vakolatli boʻlgan organlar va mansabdor shaxslar toifasini maqbullashtirish nazarda tutiladi.
|
Kodeks loyihasi
|
2021-yil 20-yanvar
|
Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV
|
Maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha ish yuritishning protsessual tartibi takomillashtiriladi, jumladan, protsess ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma tuzishga vakolatli boʻlgan organlar va mansabdor shaxslarning toifasi maqbullashtiriladi
|
|
57.
|
Jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish, davlat va jamiyat oʻrtasida oʻzaro yaqin hamkorlik oʻrnatish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Bunda Jamoatchilik palatasining:
faoliyatining huquqiy asoslari;
maqsad va vazifalari, huquq, majburiyatlari va funksiyalari;
tarkibini shakllantirish tartibi;
aʼzosi maqomi, faoliyati kafolatlari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, ular vakolatini toʻxtatish va tugatish tartibi;
davlat organlari bilan oʻzaro hamkorligi;
faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan taʼminlashtartibi nazarda tutiladi.
|
Qonun loyihasi
|
2020-yil 1-avgust
|
Jamoatchilik palatasi, Adliya vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz,
fuqarolik jamiyati institutlari
|
Jamoatchilik palatasi faoliyatining huquqiy asoslari qonun orqali belgilanadi, jamoatchilik nazoratining aniq mexanizmi mustahkamlanadi
|
|
58.
|
Qiynoqlarning oldini olish boʻyicha institutsional mexanizmlarni takomillashtirish.
Bunda:
Oʻzbekiston Respublikasi Qiynoqning oldini olish qoʻmitasi faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
BMTning Qiynoqlarga qarshi konvensiyasiningFakultativ protokoliga qoʻshilish masalasini koʻrib chiqish.
|
Chora-tadbirlar majmui
|
2020-yil 20-dekabr
|
Bosh prokuratura, IIV, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, TIV, Adliya vazirligi, Oliy Majlisning
Inson huquqlari boʻyicha vakili
|
Qiynoqlarning oldini olishning huquqiy asoslari takomillashtiriladi va borada qatʼiy nazorat oʻrnatiladi
|
|
59.
|
Ozodlikdan mahrum qilish joylarida jazo muddatini oʻtayotgan shaxslarhuquqlarini himoya qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish, shu jumladan, penitensiar muassasalar xodimlarini muntazam oʻqitishni tashkil etish, mahkumlar huquqlariga bagʻishlangan oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlash va chop etish.
|
Chora-tadbirlar majmui
|
2021-yil
1-yanvardan boshlab
|
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, IIV, Adliya vazirligi, Oliy Majlisning
Inson huquqlari boʻyicha vakili
|
Ozodlikdan mahrum qilish joylarida jazo muddatini oʻtayotgan shaxslar huquqlarini himoya qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari takomillashtiriladi
|
|
60.
|
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish.
Bunda:
inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlarga mos ravishda mahkumlar huquqlari doirasini yanada kengaytirish;
mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish, shu jumladan, tintuv jarayonida jismoniy kuch va maxsus vositalar asossiz qoʻllanilishiga yoʻl qoʻymaslik;
jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning shaxsiy xavfsizligini taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni belgilash;
ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning ish haqidan davlat ijtimoiy sugʻurtasiga ajratmalar oʻtkazishga boʻlgan cheklovni bekor qilish orqali davlat pensiya taʼminoti kafolatini kuchaytirish;
mahkumlarni oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida masofaviy oʻqitish shaklini joriy etish orqali ularning taʼlim olishga boʻlgan huquqlarini taʼminlash;
mahkumlarga uchrashuv berish va almashtirishning adolatli hamda shaffof tartibi va talablarini belgilash nazarda tutiladi.
|
Kodeks loyihasi
|
2020-yil 1-oktabr
|
Bosh prokuratura, Oliy sud, IIV, Adliya vazirligi
|
Jinoiy jazoni ijro etishda xalqaro standartlarga tayangan holda mahkumlarning huquqlari doirasi kengaytiriladi
|
|
61.
|
Bola huquqlari boʻyicha xalqaro standartlar normalarini implementatsiya qilish va mazkur sohada qonunchilik ijrosini taʼminlash boʻyicha taʼsirchan parlament, deputatlik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish.
|
Chora-tadbirlar majmui
|
2020-yil
1-noyabr
|
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Bola huquqlari boʻyicha vakil, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi
|
Bola huquqlari boʻyicha xalqaro standartlar milliy qonunchilik va huquqiy amaliyotga implementatsiya qilinadi
|
|
62.
|
Bolalarga nisbatan ota-onalik huquqining suiisteʼmol qilinishi va ularga gʻamxoʻrlik qilmaslik holatlarini aniqlash, ota-onalarga maslahat-metodik yordam koʻrsatishning samarali tizimini yaratish.
Bunda:
bolalarga qarshi zoʻravonlikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish;
bolalarga nisbatan ota-onalik huquqini suiiste?mol qilish holatlarini aniqlash boʻyicha oʻquv muassasalarida tushuntirish-tashviqot tadbirlarini amalga oshirish;
bolalarga nisbatan ota-onalik huquqini suiisteʼmol qilish holatlarini aniqlash boʻyicha pedagogik va tibbiy xodimlarning malakasini oshirish nazarda tutiladi.
|
Chora-tadbirlar majmui,
Axloq kodeksi loyihasi
|
2020-yil 1-dekabr
|
Bola huquqlari boʻyicha vakil,Bosh prokuratura, IIV, Adliya vazirligi,Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi
|
Bolalarga nisbatan ota-onalik huquqining suiisteʼmol qilinishi va ularga gʻamxoʻrlik qilmaslik holatlari aniqlanadi,
maslahat-metodik yordam koʻrsatishning yangi tizimi yaratiladi
|
|
63.
|
“Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi qonunni qabul qilish.
|
Qonun loyihasi
|
2020-yil 1-sentabr
|
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi
|
Nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini taʼminlash sohasidagi umumeʼtirof etilgan xalqaro norma va standartlar milliy qonunchilikka implementatsiya qilinadi
|
|
IV. Inson huquqlari sohasida huquqiy savodxonlikni oshirish, jumladan bu borada axborot tarqatish, taʼlim berish faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar
|
|
64.
|
Jamiyatda huquqiy tarbiya, huquqiy madaniyat va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Bunda:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini tizimli oʻrganishning samarali mexanizmlarini joriy qilish;
inson huquq va erkinliklarini himoya qilish boʻyicha metodik yordam koʻrsatuvchi va resurs markazlari vazifasini bajaruvchi “inson huquqlari masalalari boʻyicha maʼrifat uylari”ni tashkil etish;
inson huquqlari boʻyicha maqsadli mavzularni maktabgacha, umumiy oʻrta va oliy taʼlim muassasalarining tegishli oʻquv dasturlariga, shuningdek, malaka oshirish kurslarining dasturlariga kiritish nazarda tutiladi.
|
Chora-tadbirlar majmui
|
2020-yildan boshlab
|
Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, ?aktabgacha taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
Jamiyatda huquqiy tarbiya, huquqiy madaniyat va inson huquqlari madaniyatini yuksaltiriladi
|
|
65.
|
Bola huquqlarini taʼminlash va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish sohasida chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish.
Bunda:
taʼlimning barcha darajalarida bola huquqlari sohasidagi oʻquv faoliyati samaradorligini oshirish;
bolaning huquq va manfaatlarini himoya qilish usullari va shakllarinitakomillashtirishnazarda tutiladi.
|
Amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020-yil 1-iyuldan boshlab
|
Bola huquqlari boʻyicha vakil, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Adliya vazirligi, IIV
|
Taʼlim muassasalarida bola huquqlarini oʻqitish tartibi joriy etiladi
|
|
66.
|
Xalqaro hamkorlar koʻmagida TDYU, JIDU, Bosh prokuratura akademiyasida “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” mutaxassisligi boʻyicha qoʻshma magistratura yoʻnalishini (konsorsium) joriy qilish.
|
Ijrochilarning qoʻshma qarorlari
|
2021/
2022 oʻquv yilidan boshlab
|
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, TIV, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura
|
“Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” mutaxassisligi boʻyicha magistratura yoʻnalishi joriy etiladi
|
|
67.
|
Xalqaro inson huquqlari kuni topshiriladigan “Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishonini taʼsis etish.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2020-yil 1-sentabr
|
Vazirlar Mahkamasi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Moliya vazirligi
|
Inson huquqlarini taʼminlash sohasida faol ishtirok etayotgan shaxslarni ragʻbatlantirishning huquqiy asoslari yaratiladi
|
|
68.
|
Davlat oliy taʼlim muassasalari, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga ixtisoslashtirilgan muassasalari (universitet, institut, markaz, fakultet, kurslar), shuningdek, umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari” va “Bola huquqlari”ga oid oʻquv kurslari (darsliklari)ni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
|
Chora-tadbirlar majmui
|
2020-yil
1-oktabr
|
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, TDYU, JIDU, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
|
Inson huquqlariga bagʻishlangan adabiyotlar chop etiladi
|
|
69.
|
Ilmiy faoliyat boʻyicha davlat dasturlari doirasida inson huquqlarini himoya qilishga oid dolzarb tadqiqot mavzularga bagʻishlangan ilmiy loyihalar va innovatsion ishlanmalar tanlovini oʻtkazish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.
Bunda:
inson huquqlari sohasida ilmiy tadqiqotlarni ixtisoslashtirish, salmogʻi va sifatini yaxshilash, inson huquqlari ixtisoslig? boʻyicha ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash maqsadida alohida tarmoqlararo “Inson huquqlari” ixtisoslik shifrini kiritish;
inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini takomillashtirib, “Inson huquqlari” boʻyicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini olish uchun ilmiy kengash faoliyatini yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi.
|
Chora-tadbirlar majmui
|
2020-yildan boshlab
|
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Innovatsion rivojlanish vazirligi, OAK
|
Inson huquqlari sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish tartibi takomillashtiriladi
|
|
70.
|
Fuqarolik va axborot jamiyati rivojlanishining eng muhim omillaridan biri sifatida maʼlumot olish imkoniyatlarini tizimlashtirish, axborot makonida inson huquqlarining erkinligini himoya qilish, kiberxavfsizlik, media madaniyat va onlayn gigiyenaga rioya qilishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Axborot kodeksi loyihasini ishlab chiqish.
|
Kodeks loyihasi
|
2022-yil 20-yanvar
|
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, DXX, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
|
Mamlakatda axborot xavfsizligi, fuqarolarning maʼlumot olish huquqlariga oid qonunlar umumlashtiriladi
|
|
V. Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, xorijiy mamlakatlarning inson huquqlari boʻyicha milliy institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar
|
|
71.
|
BMTning barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish masalasida xorijiy davlatlar, shuningdek inson huquqlari boʻyicha BMT, Yevropa Ittifoqi, YEXHT organlari va tuzilmalari bilan ikki tomonlama hamda koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, ular bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum va bitimlar tuzish, bu sohada fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilish.
|
Amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020 — 2025-yillar
|
Iqtisodiy taraqqiyotva kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, vazirlik va idoralar, Jamoatchilik palatasi
|
BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda xalqaro hamkorlik rivojlantiriladi
|
|
72.
|
Inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalarga, shu jumladan, bolalar, ayollar, nogironligi boʻlgan shaxslar, migrantlar va keksalar huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro shartnomalargaOʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish hamda inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish.
|
Amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020 — 2025-yillar
|
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, TIV, Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy Majlisning
Inson huquqlari boʻyicha vakili, Biznes ombudsman
|
Xalqaro shartnomalarga qoʻshilish orqali milliy qonunchiligimiz xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
|
|
73.
|
Oʻzbekistonning inson huquqlarini taʼminlash boʻyicha quyidagi xalqaro shartnomalarga qoʻshilishi masalasini koʻrib chiqish:
Yevropa Kengashining Jinoiy faoliyatdan va terrorizmni moliyalashdan olingan daromadlarni aniqlash, olib qoʻyish, musodara qilish toʻgʻrisidagi konvensiyasi (Varshava, 2005-yil 16-may);
Xalqaro Mehnat Tashkilotining 156-sonli “Erkak va ayol xodimlarga: oilaviy majburiyatlarga ega ishchilarga teng munosabat va teng imkoniyatlar toʻgʻrisida”gi konvensiyasi;
Xalqaro Mehnat Tashkilotining 183-sonli “1952-yilga Onalikni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi konvensiyani qayta koʻrib chiqish haqida”gi konvensiyasi;
Xalqaro Mehnat Tashkilotining 17-sonli “Mehnatkashlarga ishlab chiqarish davomida baxtsiz holatlar uchun zararni qoplash toʻgʻrisida”gi konvensiyasi;
Xalqaro Mehnat Tashkilotining 187-sonli “Mehnat xavfsizligi va gigiyenasini taʼminlash asoslari toʻgʻrisida”gi konvensiyasi;
Xalqaro Mehnat Tashkilotining 97-sonli “Mehnatkash-migrantlar toʻgʻrisida”gi konvensiyasi;
Xalqaro Mehnat Tashkilotining 132-sonli “Haq toʻlanadigan taʼtillar (1970-yilda qayta koʻrib chiqilgan) toʻgʻrisida”gi konvensiyasi.
|
Chora-tadbirlar majmui
|
2020 — 2025-yillar
|
Bosh prokuratura, TIV, Adliya vazirligi, IIV, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi
|
Xalqaro shartnomalar ratifikatsiya qilish masalalari koʻrib chiqiladi va milliy qonunchilik ular asosida takomillashtiriladi
|
|
74.
|
“Yoshlar huquqlari toʻgʻrisida”gi konvensiya loyihasining BMT tomonidan qabul qilinishmasalasini xalqaro hamkorlar bilan birgalikda ilgari surishga oid chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish.
|
Konvensiya loyihasi,
amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020 — 2025-yillar
|
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Vazirlar Mahkamasi, TIV, vazirlik va idoralar
|
“Yoshlar huquqlari toʻgʻrisida”gi konvensiya loyihasi BMT doirasida muhokama qilinishi taʼminlanadi
|
|
75.
|
Inson huquqlari va erkinliklari masalasiga doir Oʻzbekiston milliy maʼruzalarini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha yakuniy mulohazalar va tavsiyalarni amalga oshirish uslublarini shartnomaviy organlar va Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissar boshqarmasi bilan muntazam maslahatlashib turish.
Bunda:
BMTning inson huquqlari boʻyicha Kengashi maxsus maʼruzachilari institutlari bilan maqsadli ishlarni tashkil etish;
inson huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarish sohasida ilgʻor xorijiy tajribani Oʻzbekiston sharoitida implementatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish amaliyotini kengaytirish nazarda tutiladi.
|
Amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020-yil
1-iyuldan boshlab
|
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, TIV, Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, Oliy Majlisning
Inson huquqlari boʻyicha vakili, Advokatlar palatasi, fuqarolik jamiyati institutlari
|
Inson huquqlari va erkinliklari masalasiga doir ?av?iyalar?i amalga oshirish mexanizmlari yanada takomillashtiriladi
|
|
76.
|
Har ikki yilda bir marotaba Inson huquqlari boʻyicha Samarqand forumini yuqori tashkiliy darajada oʻtkazish.
|
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
|
2020-yildan boshlab doimiy asosda
|
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, TIV, Moliya vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi
|
Inson huquqlari boʻyicha xalqaro hamkorlik uchun yangi muzokara maydoni yaratiladi
|
|
77.
|
Barqaror rivojlanish maqsadlarini roʻyobga chiqarish boʻyicha global hamkorlikni mustahkamlash va faollashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish uchun tashqi manbalardan qoʻshimcha moliyaviy resurslarni safarbar etish masalasini koʻrib chiqish.
|
Amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020 — 2025-yillar
|
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
|
Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish boʻyicha xorijiy hamkorlarning moliyaviy resurslarni jalb qilish masalasi koʻrib chiqiladi
|
|
78.
|
Inson huquqlarini himoya qilishga taalluqli sifat va miqdor koʻrsatkichlari boʻyicha maʼlumotlarni toʻplashga oid xalqaro talablarni hisobga olgan holda, davlat va nodavlat axborot yigʻish statistik tizimini takomillashtirish.
Bunda:
maʼlumo?larni yigʻish tizimini BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda hech kim chetda qolmasligiga alohida ahamiyat bergan holda ishlab chiqish va joriy qilish;
inson huquqlarini himoya qilish bilan bogʻliq sud statistikasini yanada takomillashtirish maqsadida bu borada yetarli amaliy tajriba hamda koʻnikmalarga ega boʻlgan xorijiy ekspertlarni jalb qilib, sud statistikasi bilan shugʻullanadigan xodimlarning malakasini oshirish nazarda tutiladi.
|
Amaliy chora-tadbirlar majmui
|
2020-2021-yillar
|
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Bosh prokuratura,Davlat statistika qoʻmitasi, Oliy sud, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oliy Majlisning
Inson huquqlari boʻyicha vakili
|
Xalqaro standartlarga muvofiq statistik maʼlumotlarni toʻplash tizimi takomillashtiriladi
|
|
| |
| |
| |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PF-6012-son Farmoniga 3-ILOVA | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PF-6012-son Farmoniga 3-ILOVA |
Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari xabarnomalari va qarorlarini koʻrib chiqish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi | Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari xabarnomalari va qarorlarini koʻrib chiqish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi |
| |
| |
1. Ushbu Nizom Birlashgan Millatlar Tashkilotining (keyingi oʻrinlarda — BMT) inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining xabarnomalari hamda qarorlarini koʻrib chiqish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibini belgilaydi. | 1. Ushbu Nizom Birlashgan Millatlar Tashkilotining (keyingi oʻrinlarda — BMT) inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining xabarnomalari hamda qarorlarini koʻrib chiqish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibini belgilaydi. |
2. Ushbu Nizomda inson huquqlari boʻyicha quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: | 2. Ushbu Nizomda inson huquqlari boʻyicha quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: |
arizachi — BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organi yoki shartnomaviy qoʻmitasiga yakka tartibdagi xabarnomani taqdim qilgan shaxs yoki uning vakili; | arizachi — BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organi yoki shartnomaviy qoʻmitasiga yakka tartibdagi xabarnomani taqdim qilgan shaxs yoki uning vakili; |
BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari — inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalar bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan BMTning organlari; | BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari — inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalar bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan BMTning organlari; |
BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining qarori — BMTning inson huquqlari boʻyicha tuzilmasi hujjati boʻlib, xabarnoma mazmuni boʻyicha qaror yoki mulohaza koʻrinishida qabul qilinadi; | BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining qarori — BMTning inson huquqlari boʻyicha tuzilmasi hujjati boʻlib, xabarnoma mazmuni boʻyicha qaror yoki mulohaza koʻrinishida qabul qilinadi; |
xabarnoma (yakka tartibdagi shikoyat/ariza) — Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasi ostida boʻlgan shaxsning BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalariga Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlgan xalqaro shartnomalar bilan kafolatlangan huquqning Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan buzilganligi toʻgʻrisidagi yozma murojaati; | xabarnoma (yakka tartibdagi shikoyat/ariza) — Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasi ostida boʻlgan shaxsning BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalariga Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlgan xalqaro shartnomalar bilan kafolatlangan huquqning Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan buzilganligi toʻgʻrisidagi yozma murojaati; |
xabarnomaning maqbulligi — xabarnomaning BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organi yoki shartnomaviy qoʻmitasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish va koʻrib chiqish boʻyicha rasmiy shartlar talablariga mosligi. | xabarnomaning maqbulligi — xabarnomaning BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organi yoki shartnomaviy qoʻmitasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish va koʻrib chiqish boʻyicha rasmiy shartlar talablariga mosligi. |
| |
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — Tashqi ishlar vazirligi) kelib tushgan xabarnoma oʻn ish kuni ichida Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — Adliya vazirligi) yuboriladi. | 3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — Tashqi ishlar vazirligi) kelib tushgan xabarnoma oʻn ish kuni ichida Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — Adliya vazirligi) yuboriladi. |
Umumiy muddat xabarnomaning Tashqi ishlar vazirligiga kelib tushgan kunidan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy nuqtai nazari BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalariga yuborilishiga qadar ikki oydan oshmasligi lozim. | Umumiy muddat xabarnomaning Tashqi ishlar vazirligiga kelib tushgan kunidan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy nuqtai nazari BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalariga yuborilishiga qadar ikki oydan oshmasligi lozim. |
4. Markaz xabarnomaning mazmunidan kelib chiqib, besh ish kuni ichida tegishli davlat organlariga xabarnomani koʻrib chiqish uchun ishchi guruhni shakllantirish maqsadida soʻrovnoma yuboradi. | 4. Markaz xabarnomaning mazmunidan kelib chiqib, besh ish kuni ichida tegishli davlat organlariga xabarnomani koʻrib chiqish uchun ishchi guruhni shakllantirish maqsadida soʻrovnoma yuboradi. |
Davlat organlari xabarnomalarni koʻrib chiqishda Markaz bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash uchun masʼul shaxslarni belgilaydi va uch ish kuni ichida ishchi guruhga kiritish uchun nomzodlarni taqdim etadi. | Davlat organlari xabarnomalarni koʻrib chiqishda Markaz bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash uchun masʼul shaxslarni belgilaydi va uch ish kuni ichida ishchi guruhga kiritish uchun nomzodlarni taqdim etadi. |
Markaz Adliya vazirligi bilan birgalikda besh ish kuni ichida xabarnomaning maqbullik mezonlariga muvofiq kelishi boʻyicha oʻrganish uchun ishchi guruhni shakllantiradi va Oʻzbekiston Respublikasining asoslangan javobini taqdim etish muddatini belgilaydi. | Markaz Adliya vazirligi bilan birgalikda besh ish kuni ichida xabarnomaning maqbullik mezonlariga muvofiq kelishi boʻyicha oʻrganish uchun ishchi guruhni shakllantiradi va Oʻzbekiston Respublikasining asoslangan javobini taqdim etish muddatini belgilaydi. |
Ishchi guruh faoliyatining umumiy muvofiqlashtirish ishlari Markaz tomonidan amalga oshiriladi. | Ishchi guruh faoliyatining umumiy muvofiqlashtirish ishlari Markaz tomonidan amalga oshiriladi. |
5. Markaz tegishli davlat organlaridan xabarnomaning maqbullik mezonlari boʻyicha qoʻshimcha zaruriy axborotni soʻrab olish huquqiga ega. | 5. Markaz tegishli davlat organlaridan xabarnomaning maqbullik mezonlari boʻyicha qoʻshimcha zaruriy axborotni soʻrab olish huquqiga ega. |
6. Tegishli davlat organlari Markaz tomonidan belgilangan muddatlarda (oʻn besh ish kunigacha) BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining tartib-taomillarida (protseduralarida) oʻrnatilgan mezonlarga koʻra tegishli xabarnomaning maqbul yoki maqbul emasligi boʻyicha asoslangan javoblarini yuboradi. | 6. Tegishli davlat organlari Markaz tomonidan belgilangan muddatlarda (oʻn besh ish kunigacha) BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining tartib-taomillarida (protseduralarida) oʻrnatilgan mezonlarga koʻra tegishli xabarnomaning maqbul yoki maqbul emasligi boʻyicha asoslangan javoblarini yuboradi. |
BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari tartib-taomillarida (protseduralarida) oʻrnatilgan mezonlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi: | BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari tartib-taomillarida (protseduralarida) oʻrnatilgan mezonlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi: |
a) arizachi huquqiy himoyaning mavjud milliy vositalaridan, jumladan sud himoyasidan foydalanganligi; | a) arizachi huquqiy himoyaning mavjud milliy vositalaridan, jumladan sud himoyasidan foydalanganligi; |
b) arizachi tomonidan dalil qilib koʻrsatilayotgan inson huquqlarining buzilishi holati tegishli xalqaro shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi uchun kuchga kirgandan keyin yuz bergan boʻlishi; | b) arizachi tomonidan dalil qilib koʻrsatilayotgan inson huquqlarining buzilishi holati tegishli xalqaro shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi uchun kuchga kirgandan keyin yuz bergan boʻlishi; |
v) xabarnoma anonim boʻlmasligi, shuningdek, tegishli xalqaro shartnomalarning ishtirokchisi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasi ostidagi shaxslardan yuborilgan boʻlishi; | v) xabarnoma anonim boʻlmasligi, shuningdek, tegishli xalqaro shartnomalarning ishtirokchisi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasi ostidagi shaxslardan yuborilgan boʻlishi; |
g) shaxs tegishli xalqaro shartnoma buzilishi oqibatida jabrlanganligining yetarli darajada asoslanganligi (tasdiqlovchi dalillarning keltirilganligi, tegishli hujjatlarning ilova qilinganligi); | g) shaxs tegishli xalqaro shartnoma buzilishi oqibatida jabrlanganligining yetarli darajada asoslanganligi (tasdiqlovchi dalillarning keltirilganligi, tegishli hujjatlarning ilova qilinganligi); |
d) ayni bir ish boʻyicha murojaat takroran amalga oshirilmagan boʻlishi (agar avval BMTning inson huquqlari boʻyicha shartnomaviy qoʻmitasi ayni shu murojaat yuzasidan inson huquqlari buzilishi holati mavjud emasligi toʻgʻrisida qaror chiqargan boʻlsa, shikoyat maqbul emas deb topiladi); | d) ayni bir ish boʻyicha murojaat takroran amalga oshirilmagan boʻlishi (agar avval BMTning inson huquqlari boʻyicha shartnomaviy qoʻmitasi ayni shu murojaat yuzasidan inson huquqlari buzilishi holati mavjud emasligi toʻgʻrisida qaror chiqargan boʻlsa, shikoyat maqbul emas deb topiladi); |
e) xabarnoma ishni hal qilishning boshqa xalqaro tartib-taomiliga muvofiq koʻrib chiqilmasligi. | e) xabarnoma ishni hal qilishning boshqa xalqaro tartib-taomiliga muvofiq koʻrib chiqilmasligi. |
7. Ishchi guruh davlat organlaridan kelib tushgan maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda koʻrib chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasining asoslangan javobini tayyorlaydi. | 7. Ishchi guruh davlat organlaridan kelib tushgan maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda koʻrib chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasining asoslangan javobini tayyorlaydi. |
8. Xabarnomaning maqbulligi toʻgʻrisidagi javob Markaz tomonidan, oʻz navbatida, BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalariga taqdim etilishi uchun Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi. | 8. Xabarnomaning maqbulligi toʻgʻrisidagi javob Markaz tomonidan, oʻz navbatida, BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalariga taqdim etilishi uchun Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi. |
Xabarnoma maqbul emasligi sababli rad etilgan taqdirda, uning asoslari tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda koʻrsatiladi. | Xabarnoma maqbul emasligi sababli rad etilgan taqdirda, uning asoslari tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda koʻrsatiladi. |
9. Agar BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari yoki shartnomaviy qoʻmitalari xabarnomaning maqbul emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qilsa, ishchi guruh faoliyati tugatiladi. | 9. Agar BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari yoki shartnomaviy qoʻmitalari xabarnomaning maqbul emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qilsa, ishchi guruh faoliyati tugatiladi. |
10. BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalaridan xabarnomalarning maqbulligi masalalari boʻyicha qoʻshimcha hujjatlar va axborot taqdim qilish toʻgʻrisida soʻrovnoma kelib tushgan taqdirda, ishchi guruh soʻrovnoma Tashqi ishlar vazirligiga kelib tushgan vaqtdan boshlab bir oy ichida javob taqdim etadi. | 10. BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalaridan xabarnomalarning maqbulligi masalalari boʻyicha qoʻshimcha hujjatlar va axborot taqdim qilish toʻgʻrisida soʻrovnoma kelib tushgan taqdirda, ishchi guruh soʻrovnoma Tashqi ishlar vazirligiga kelib tushgan vaqtdan boshlab bir oy ichida javob taqdim etadi. |
| |
11. Maqbul deb topilgan xabarnomada bayon etilgan vajlar va asoslarga davlat axborotini taqdim etishning umumiy muddati olti oydan oshmasligi kerak, tegishli protsessual qonunchilik bilan boshqa muddatlar belgilangan holatlar bundan mustasno. | 11. Maqbul deb topilgan xabarnomada bayon etilgan vajlar va asoslarga davlat axborotini taqdim etishning umumiy muddati olti oydan oshmasligi kerak, tegishli protsessual qonunchilik bilan boshqa muddatlar belgilangan holatlar bundan mustasno. |
12. Markaz besh ish kuni ichida koʻrib chiqish uchun maqbul deb topilgan xabarnomani tahlil qiladi va uning mazmunidan kelib chiqib, tegishli davlat organlari uchun savollarning asosiy roʻyxatini belgilaydi va qoʻyilgan masalalar yuzasidan axborot taqdim qilish uchun soʻrovnomalar yuboradi. | 12. Markaz besh ish kuni ichida koʻrib chiqish uchun maqbul deb topilgan xabarnomani tahlil qiladi va uning mazmunidan kelib chiqib, tegishli davlat organlari uchun savollarning asosiy roʻyxatini belgilaydi va qoʻyilgan masalalar yuzasidan axborot taqdim qilish uchun soʻrovnomalar yuboradi. |
13. Tegishli davlat organlari oʻn besh ish kuni ichida qoʻyilgan masalalar yuzasidan asoslangan dalillarni va tayyorlangan axborotni tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga Markazga taqdim etadi. | 13. Tegishli davlat organlari oʻn besh ish kuni ichida qoʻyilgan masalalar yuzasidan asoslangan dalillarni va tayyorlangan axborotni tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga Markazga taqdim etadi. |
14. Markaz zarurat tugʻilganda (javoblar yetarli boʻlmasa, tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmasa), aniqlik kiritish maqsadida qoʻshimcha soʻrovnomalar yuboradi. | 14. Markaz zarurat tugʻilganda (javoblar yetarli boʻlmasa, tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmasa), aniqlik kiritish maqsadida qoʻshimcha soʻrovnomalar yuboradi. |
15. Markaz Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy ichida davlat organlaridan olingan axborotni umumlashtiradi, Oʻzbekiston Respublikasining javobi loyihasini tayyorlaydi. | 15. Markaz Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy ichida davlat organlaridan olingan axborotni umumlashtiradi, Oʻzbekiston Respublikasining javobi loyihasini tayyorlaydi. |
16. Oʻzbekiston Respublikasining javobi Markaz tomonidan, oʻz navbatida BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalariga taqdim etilishi uchun Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi. | 16. Oʻzbekiston Respublikasining javobi Markaz tomonidan, oʻz navbatida BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalariga taqdim etilishi uchun Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi. |
| |
17. Markaz Tashqi ishlar vazirligi orqali BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organi yoki shartnomaviy qoʻmitasi tomonidan tegishli xabarnoma yuzasidan qabul qilingan qarorning toʻliq matnini oladi va uni oʻz rasmiy veb-saytida joylashtiradi. | 17. Markaz Tashqi ishlar vazirligi orqali BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organi yoki shartnomaviy qoʻmitasi tomonidan tegishli xabarnoma yuzasidan qabul qilingan qarorning toʻliq matnini oladi va uni oʻz rasmiy veb-saytida joylashtiradi. |
18. Markaz BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari qarorlari hisobini reyestr shaklida yuritadi. | 18. Markaz BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari qarorlari hisobini reyestr shaklida yuritadi. |
| |
19. BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari tomonidan tegishli xabarnoma yuzasidan qabul qilingan qaror kelib tushgan vaqtidan boshlab oʻn kun ichida Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Markazga yuboriladi. | 19. BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari tomonidan tegishli xabarnoma yuzasidan qabul qilingan qaror kelib tushgan vaqtidan boshlab oʻn kun ichida Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Markazga yuboriladi. |
20. Markaz BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari tomonidan tegishli xabarnoma yuzasidan qabul qilingan qarorni sud tartibida koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga yuboradi. | 20. Markaz BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari tomonidan tegishli xabarnoma yuzasidan qabul qilingan qarorni sud tartibida koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga yuboradi. |
21. Markaz tegishli davlat organlaridan BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari qarorlarini koʻrib chiqish yuzasidan qabul qilingan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi axborotni soʻrab olish huquqiga ega. | 21. Markaz tegishli davlat organlaridan BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari qarorlarini koʻrib chiqish yuzasidan qabul qilingan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi axborotni soʻrab olish huquqiga ega. |
22. Qabul qilingan yoki rejalashtirilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi axborot Markaz tomonidan, oʻz navbatida, BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalariga taqdim etilishi uchun Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi. | 22. Qabul qilingan yoki rejalashtirilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi axborot Markaz tomonidan, oʻz navbatida, BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalariga taqdim etilishi uchun Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi. |
23. Qabul qilingan chora-tadbirlar toʻgʻrisida davlat axborotini taqdim etishning umumiy muddati BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining tegishli xabarnoma yuzasidan qarori Tashqi ishlar vazirligiga kelib tushgan kundan boshlab besh oyni tashkil etadi. | 23. Qabul qilingan chora-tadbirlar toʻgʻrisida davlat axborotini taqdim etishning umumiy muddati BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining tegishli xabarnoma yuzasidan qarori Tashqi ishlar vazirligiga kelib tushgan kundan boshlab besh oyni tashkil etadi. |
| |
24. BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organi yoki shartnomaviy qoʻmitasi qarorida belgilangan zararni qoplash uchun toʻlov (kompensatsiya) miqdori sud tartibida belgilanadi. | 24. BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organi yoki shartnomaviy qoʻmitasi qarorida belgilangan zararni qoplash uchun toʻlov (kompensatsiya) miqdori sud tartibida belgilanadi. |
| |
25. Kelib tushgan xabarnomalar hamda BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari qarorlarining ijro etilishi ustidan monitoring Markaz tomonidan amalga oshiriladi. | 25. Kelib tushgan xabarnomalar hamda BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari qarorlarining ijro etilishi ustidan monitoring Markaz tomonidan amalga oshiriladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PF-6012-son Farmoniga 4-ILOVA | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PF-6012-son Farmoniga 4-ILOVA |
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha | Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha |
1. 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: | 1. 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: |
“22. Markaz xodimlariga martaba darajalari uchun ustama toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | “22. Markaz xodimlariga martaba darajalari uchun ustama toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. |
Markaz xodimlari uchun avvalgi ish joyida harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka toifalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun berilgan ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar saqlab qolinadi. Bunda, qonun hujjatlariga asosan xodimning oldingi ish joyi boʻyicha mazkur Farmonda belgilangan miqdordan yuqoriroq ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar belgilangan taqdirda, ushbu toʻlovlarni toʻlash yuqoriroq miqdor boʻyicha amalga oshiriladi. | Markaz xodimlari uchun avvalgi ish joyida harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka toifalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun berilgan ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar saqlab qolinadi. Bunda, qonun hujjatlariga asosan xodimning oldingi ish joyi boʻyicha mazkur Farmonda belgilangan miqdordan yuqoriroq ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar belgilangan taqdirda, ushbu toʻlovlarni toʻlash yuqoriroq miqdor boʻyicha amalga oshiriladi. |
Markazda ishlangan davr harbiy va maxsus unvonlarni (martaba darajalarini, malaka toifalarini, diplomatik darajalarni va boshqalarni) olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi”. | Markazda ishlangan davr harbiy va maxsus unvonlarni (martaba darajalarini, malaka toifalarini, diplomatik darajalarni va boshqalarni) olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi”. |
| |
“Markazda amalda boʻlgan mehnat sharoitlari hisobga olingan hamda lavozim maoshi va boshqa toʻlovlar miqdorlari inobatga olingan holda avvalgi ish joyi boʻyicha xodimlar uchun belgilangan barcha imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy himoya choralari”. | “Markazda amalda boʻlgan mehnat sharoitlari hisobga olingan hamda lavozim maoshi va boshqa toʻlovlar miqdorlari inobatga olingan holda avvalgi ish joyi boʻyicha xodimlar uchun belgilangan barcha imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy himoya choralari”. |
3. Quyidagi mazmundagi 231 — 233-bandlar bilan toʻldirilsin: | 3. Quyidagi mazmundagi 231 — 233-bandlar bilan toʻldirilsin: |
“231. Markaz xodimlarining, shu jumladan yordamchi xodimlarning lavozim maoshiga ragʻbatlantirish koeffitsiyenti hisobga olingan holda, davlat organlaridagi koʻp yillik mehnati uchun 2 yildan 5 yilgacha — 0,1; 5 yildan 10 yilgacha — 0,2; 10 yildan 15 yilgacha — 0,3; 15 yildan 20 yilgacha — 0,4; 20 yildan ortiq — 0,5 koeffitsiyentlarda har oylik ustamalar toʻlanadi. Bunda, qonun hujjatlariga asosan xodimning oldingi ish joyi boʻyicha mazkur Farmonda belgilangan miqdordan yuqoriroq ustama belgilangan taqdirda, ustama toʻlash yuqoriroq miqdor boʻyicha amalga oshiriladi. | “231. Markaz xodimlarining, shu jumladan yordamchi xodimlarning lavozim maoshiga ragʻbatlantirish koeffitsiyenti hisobga olingan holda, davlat organlaridagi koʻp yillik mehnati uchun 2 yildan 5 yilgacha — 0,1; 5 yildan 10 yilgacha — 0,2; 10 yildan 15 yilgacha — 0,3; 15 yildan 20 yilgacha — 0,4; 20 yildan ortiq — 0,5 koeffitsiyentlarda har oylik ustamalar toʻlanadi. Bunda, qonun hujjatlariga asosan xodimning oldingi ish joyi boʻyicha mazkur Farmonda belgilangan miqdordan yuqoriroq ustama belgilangan taqdirda, ustama toʻlash yuqoriroq miqdor boʻyicha amalga oshiriladi. |
232. Markaz xodimlarining lavozim maoshiga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 30 foizigacha, fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 60 foizigacha qoʻshimcha haq toʻlanadi. | 232. Markaz xodimlarining lavozim maoshiga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 30 foizigacha, fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 60 foizigacha qoʻshimcha haq toʻlanadi. |
233. Mazkur Nizomning 231, 232 va 24-bandlarida nazarda tutilgan qoidalar “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyati xodimlariga nisbatan ham toʻliq qoʻllaniladi”. | 233. Mazkur Nizomning 231, 232 va 24-bandlarida nazarda tutilgan qoidalar “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyati xodimlariga nisbatan ham toʻliq qoʻllaniladi”. |
4. 24-banddagi “1,7 baravar” soʻzlari “2 baravar” soʻzlari bilan almashtirilsin. | 4. 24-banddagi “1,7 baravar” soʻzlari “2 baravar” soʻzlari bilan almashtirilsin. |
| |