03.08.2017 yildagi 578-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2019-yillarda Toshkent shahrining Chilonzor tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrining Chilonzor tumanini kompleks rivojlantirishni taʼminlash, bunda tumanning ishlab chiqarish va mehnat salohiyatidan oqilona foydalanish, sanoat va xizmat koʻrsatishni yanada rivojlantirish orqali tuman budjetining daromadlar bazasini kengaytirish, muhandislik kommunikatsiya, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholining bandligi, daromadlari va turmush darajasini izchil oshirish maqsadida, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi 2017 — 2019-yillarda Toshkent shahri Chilonzor tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur deb ataladi) maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrining Chilonzor tumanini 2017 — 2019-yillarda kompleks rivojlantirish dasturining asosiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrining Chilonzor tumanini 2017 — 2019-yillarda kompleks rivojlantirish dasturining moliyalashtirish manbalari 1a-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoatni rivojlantirish boʻyicha tadbirkorlik loyihalarining manzilli roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy xom ashyodan, import oʻrnini bosuvchi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish loyihalarning manzilli roʻyxati 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish boʻyicha tadbirkorlik loyihalarining roʻyxati 4-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yanada rivojlantirish loyihalari 5-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash va madaniyat obyektlari holatini yaxshilash tadbirlar rejasi 6-ilovaga* muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2 — 6-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dastur parametrlari bajarilishini taʼminlash boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish boʻyicha respublika ishchi guruhi tarkibi (keyingi oʻrinlarda — Respublika ishchi guruhi deb ataladi) 7-ilovaga muvofiq tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ishchi guruhi (A. Ramatov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari tomonidan Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning belgilangan muddatlarga amalga oshirilishini tahlil qilib borsin va muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muammoli masalalarni muntazam ravishda oʻrganib borsin va ularni hal etish yuzasidan tezkor chora-tadbirlarni koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaruriyat boʻlganda, tayyorlangan va belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlari mavjud boʻlgan taqdirda, Dasturga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent shahar hokimligi tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari, Chilonzor tumani hokimligi hamda loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda bir oy muddatda Dasturdagi koʻrsatkichlardan kelib chiqqan holda tarmoq jadvallari ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tijorat banklariga Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, respublikada ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar va ularga butlovchi buyumlarni xarid qilish uchun belgilangan tartibda kreditlar, shu jumladan chet el valyutasidagi kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahar hokimligi, Chilonzor tumani hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi va Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda Dasturga kiritilgan loyihalar ijrosi doirasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda qurilish uchun yer uchastkalarini ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Dasturga kiritilgan obyektlar loyiha-smeta hujjatlarini sifatli davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini va qurilish-montaj ishlarini bajarishga tegishli ruxsatnomalarni “yagona darcha” markazlari orqali qonunchilikda belgilangan muddatlarda berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Dastur doirasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarida ishlab chiqarishni samarali yoʻlga qoʻyish uchun elektr va tabiiy gaz uzatish tarmoqlariga oʻz vaqtida ulanishini hamda ularga yetkazib beriladigan elektr energiya va tabiiy gaz taʼminotini uzluksiz yetkazib berilishini belgilangan tartibda taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, har yilgi Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda, moliyalashtirish hajmlari va manbalarini aniqlashtirgan holda, ushbu qarorga muvofiq amalga oshirilishi nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini belgilangan tartibda kiritib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilab qoʻyilsinki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hokimligi taklifiga asosan hududda joylashgan 2 qavatli uylar oʻrnida hamda boʻsh yer maydonlarda yangi zamonaviy loyihalar asosida koʻp qavatli turar joy binolarini qurilishiga hududning bosh rejasiga asosan Toshkent shahar hokimligining qarori bilan ruxsat berilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hududidagi avtobus bekatlarni shaharsozlik normalari va qoidalarini hisobga olgan holda zamonaviy oynavand koʻrinishda joylashtirishga istisno tariqasida tuman hokimining qarori asosida ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Toshkent shahar va Chilonzor tumani hokimliklari har chorak yakuni bilan Dasturdagi tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi boʻyicha loyiha tashabbuskorlari faoliyatining natijadorligi yuzasidan shahar va tuman faollari yigʻilishlarida muhokama qilsinlar hamda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisi A. Ramatov, Bosh vazirning oʻrinbosari J. Qoʻchqorov, Toshkent shahar hokimi R. Usmanov va Chilonzor tumani hokimi D. Xidoyatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 3-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
578-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-avgustdagi 578-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrining Chilonzor tumanini 2017 — 2019-yillarda kompleks rivojlantirish dasturining asosiy parametrlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar

Oʻlchov birligi

2017-yil

2018-yil

2019-yil

2017 — 2019-yillar davomida oʻsish surʼati, %

1.

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish

mlrd. soʻm

2 965,2

3 375,2

3 841,9

125,1

2.

Hududiy sanoat mahsulotlari

mlrd. soʻm

2 598,6

2 934,6

3 314,0

136,7

3.

Qurilish ishlari

mlrd. soʻm

702,4

783,9

874,9

128,3

4.

Chakana savdo aylanmasi

mlrd. soʻm

4 060,1

4 535,1

5 065,7

133,1

5.

Xizmatlar jami

mlrd. soʻm

2 899,6

3 346,1

3 861,4

132,2

6.

Kichik va xususiy tadbirkorlikda band boʻlganlar ulushi

%

56,2

56,3

56,7

x

7.

Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi

%

80,8

81,1

82,1

x

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-avgustdagi 578-son qaroriga
1a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrining Chilonzor tumanini 2017 — 2019-yillarda kompleks rivojlantirish dasturining moliyalashtirish manbalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

mln soʻm

T/r

Tadbirlar nomi

Loyiha soni

Oʻzlashtiriladigan mablagʻ

shu jumladan:

Mahalliy budjet mablagʻlari

Maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlari

Xoʻjalik boshqaruv organlari mablagʻlari

Tashabbuskorlar mablagʻlari

Tijorat banki kredit mablagʻlari

Jami

454

1 832 264

13 014

37 727

19 613

1 377 405

383 295

Sanoat va xizmat koʻrsatish sohalaridagi investitsiya loyihalari

200

979358

-

-

-

592 042

383 295

1.

Sanoat sohasi

119

431 136

-

-

-

169 507

257 759

2.

Servis va xizmat koʻrsatish sohasi

65

416 086

-

-

-

290 399

125 536

3.

Import oʻrnini bosuvchi raqobatbardosh loyihalar

16

132 136

-

-

-

132 136

-

Yoʻl-transport va muhandislik kommunikatsiya tizimlarini yanada rivojlantirish boʻyicha loyihalar

202

807 770

0

6 881

18 337

785 363

-

4.

Meʼmoriy koʻrinishini oʻzgartirish

28

686 290

-

6 881

-

682 220

-

5.

Elektr energiyasi taʼminoti

34

2 577

-

-

2 577

-

-

6.

Suv va oqavasuv taʼminoti

33

1 065

-

-

1 065

-

-

7.

Gaz taʼminoti

22

8 192

-

-

8 192

-

-

8.

Issiqlik taʼminotini yaxshilash

5

1 933

-

-

1 933

-

-

9.

Chiqindi yigʻish shahobchalarini sanitar holatini yaxshilash

27

4 570

-

-

4 570

-

-

10.

Yangi mahalla guzarlarini qurish, rekonstruksiya qilish va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish

53

103 143

-

-

-

103 143

-

Ijtimoiy soha infratuzilmasini yanada rivojlantirish boʻyicha loyihalar

47

37 286

6 440

30 846

-

-

-

11.

Maktabgacha taʼlim muassasalari obyektlari

31

11 202

5800

5 402

-

-

-

12.

Umumtaʼlim maktablari obyektlari

13

14 584

640

13 944

-

-

-

13.

Sogʻliqni saqlash sohasi obyektlari

3

11 500

-

11 500

-

-

-

Boshqa tadbirlar

5

7849

6573,5

-

1275,5

-

-

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-avgustdagi 578-son qaroriga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur parametrlari bajarilishini taʼminlash boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish boʻyicha respublika ishchi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guruhi tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ramatov A.J.

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, ishchi guruhi rahbari

2.

Usmanov R.J.

—

Toshkent shahar hokimi, ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosari

3.

Bekenov S.X.

—

Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari, ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosari

4.

Jumaniyazov M.B.

—

Vazirlar Mahkamasining departament mudiri

5.

Mirzayev M.M.

—

Moliya vazirining oʻrinbosari

6.

Shonazarov Sh.T.

—

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

7.

Najimov N.E.

—

Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi direktori

8.

Mubarakshin R.G.

—

“Oʻzbekenergo” AJ raisining birinchi oʻrinbosari

9.

Eshmurodov B.B.

—

“Oʻztransgaz” AJ raisining birinchi oʻrinbosari

10.

Zaripov B.K.

—

“Oʻzqurilishmateriallari” AJ raisi

11.

Jalilov T.A.

—

“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK raisi

12.

Xaydarov I.U.

—

“Oʻzbekyengilsanoat” AJ raisi

13.

Sheraliyev Sh.E.

—

“Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi raisi v.b.

14.

Dustmuratov M.M.

—

“Oʻzfarmsanoat” DAK raisi

15.

Atabayev Sh.X.

—

Markaziy bank raisining oʻrinbosari

16.

Xolmurodov S.X.

—

“Oʻzmilliybank” raisi

17.

Mirsoatov A.Q.

—

“Oʻzsanoatqurilishbank” raisi

18.

Abdullayev A.N.

—

“Xalq banki” raisi

19.

Mullajonov K.K.

—

“Asakabank” raisi

20.

Mullaxanov B.M.

—

“Qishloq qurilish bank” raisi

21.

Musayev O.M.

—

“Ipoteka-bank” raisi

22.

Mamatqulov Gʻ.

—

“Mikrokreditbank” raisi

23.

Xidoyatov D.A.

—

Chilonzor tumani hokimi

24.

Raximov Sh.Z.

—

Vazirlar Mahkamasining bosh mutaxassisi, ishchi guruhi kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Respublika ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda guruh tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.