Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.03.2024 05.04.2018 yildagi 264-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.03.2024
Hujjat 08.02.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-sonli “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-fevraldagi PF-4944-son Farmoni ijrosini taʼminlash, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini aniqlash hamda ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish, sogʻliqni saqlash va moliya organlari hamkorligini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar monitoringini olib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, hududda istiqomat qiluvchi fuqarolarga qonun hujjatlariga muvofiq ijtimoiy himoya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlari doirasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan yuborilgan soʻrovlariga belgilangan tartibda tegishli maʼlumotlar taqdim etilishi uchun tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimlari hamda moliya boʻlimlari masʼuldirlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini qoʻllab-quvvatlash, ularga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish yoʻnalishidagi faoliyatlarini muvofiqlashtirish yuzasidan hamkorlikni yanada kuchaytirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yil yakuniga koʻra fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli tarmoqlarning hisobotlarini eshitish, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni muhokama qilish hamda ularni bartaraf etish toʻgʻrisida hamkorlikda chora-tadbirlar ishlab chiqish amaliyotini joriy etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari ― Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 5-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
264-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 264-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning roʻyxatini shakllantirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning roʻyxatini shakllantirishda va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni tashkil etishda quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniylik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
insonparvarlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktik yoʻnaltirilganlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq yoʻnaltirilganlik va individual yondashuv;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy adolat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar quyidagicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyma-uy yurish chogʻida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan axborot asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxs mustaqil ravishda murojaat etganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan kam taʼminlangan oilalar roʻyxatini shakllantirish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan Kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning roʻyxatini shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning roʻyxatini shakllantirish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda uyma-uy yurish chogida toʻplangan axborotga asosan oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni aniqlab ularning roʻyxatini tuzadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu roʻyxatga ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj shaxs, uning oila aʼzosi yoki vakolatli vakili murojaati yoxud jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan axborot asosida ham qoʻshimcha kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Har oy yakuni boʻyicha tuzilgan roʻyxat tuman (shahar) hokimligiga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman (shahar) hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi roʻyxatni besh ish kuni mobaynida tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan roʻyxat asosida koʻrsatilayotgan xizmatlar turi boʻyicha reyestr tuzadi hamda uch ish kuni mobanida tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimiga va moliya boʻlimiga ijro etish uchun yuboradi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimi tuman (shahar) hokimligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat asosida tegishli shtat birliklari, ijtimoiy xizmat xarajatlarining hisob-kitobini besh ish kuni mobaynida ishlab chiqib, tuman (shahar) moliya boʻlimiga yuboradi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tuman (shahar) moliya boʻlimi taqdim etilgan roʻyxatlar va hisob-kitoblar asosida tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimining tegishli shtat birliklarini va xarajatlar smetasini belgilangan tartibda koʻrib chiqadi va har yilning 1-apreliga qadar roʻyxatdan oʻtkazadi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yil davomida oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritilganda, xarajatlarning moliyalashtirish manbai aniqlangandan soʻng, uch ish kuni mobaynida xarajatlar smetasiga oʻzgartirish kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimi roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasi doirasida belgilangan tartibda tegishli ijtimoiy xizmatlar koʻrsatadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Nogironligi boʻlgan shaxslarning roʻyxatini shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Nogironligi boʻlgan shaxslarning roʻyxatini shakllantirish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi uchastka vrachi uyma-uy yurish chogʻida aniqlagan, kasallikka chalingan shaxslarga davolash-profilaktika muassasasining tegishli mutaxassislariga bir ish kuni mobaynida yoʻllanma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu yoʻllanmani tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi uchastka vrachi kasallikka chalingan shaxs, uning oila aʼzosi yoki vakolatli vakili murojaati yoxud jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan axborot asosida ham kasallikka chalingan shaxslarga davolash-profilaktika muassasasining tegishli mutaxassislariga yoʻllanma berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davolash-profilaktika muassasasidagi tegishli mutaxassis kasallikka chalingan shaxsni kasallik turidan kelib chiqib, bir oy mobaynida belgilangan tartibda Tibbiy-maslahat komissiyasiga kasallikka chalingan shaxsning hujjatlarini tayyorlab yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tibbiy-maslahat komissiyasi raisi yoki masʼul shaxsi kasallikka chalingan shaxsning hujjatlarini kasallik turiga koʻra belgilangan muddatlarda rasmiylashtirib, tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalariga (keyingi oʻrinlarda TIEK deb ataladi) takdim etadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. TIEKlar hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab ikki hafta mobaynida nogironlik guruhi, sababi va muddatini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TIEK maʼlumotnomaning bir qismini nogironligi boʻlgan shaxsga yoki uning vakiliga, ikkinchi qismini Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgarmasiga oʻn kun mobaynida takdim etadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Nogironligi boʻlgan shaxslarning koʻrik ishlaridagi maʼlumotlari uch ish kuni mobaynida “TIEK dasturi”ga tegishli TIEK vrach-eksperti va hamshirasi tomonidan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TIEK dasturi” boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslar roʻyxati har oyda bir marta shakllantiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tegishli tuman (shahar) boʻlimi tomonidan nogironligi boʻlgan shaxs yoki uning vakolatli vakilining nogironlik pensiyasi (nafaqa) olish uchun arizasi va pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi hujjatlari taqdim etilgandan soʻng oʻn kundan kechiktirmasdan pensiya tayinlash masalasi koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya tayinlash rad etilgan taqdirda, tegishli qaror chiqarilgandan keyin besh kun mobaynida arizachiga yoki uning vakolatli vakiliga pensiya tayinlash rad etilgani haqida rad etish sabablari va shikoyat berish tartibi koʻrsatilgan xabarnomani beradi yoki joʻnatadi hamda ayni chogʻda barcha hujjatlarni qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning roʻyxatini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlari

Tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimi

1. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda uyma-uy yurish chogʻida toʻplangan axborotga asosan oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni aniqlab roʻyxatini tuzadi.

Aniqlangan kuni

2. Tuzilgan roʻyxat tuman (shahar) hokimligiga kiritiladi.

Har oy yakuni boʻyicha

Tuman (shahar) hokimligi

1. Taqdim etilgan oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi roʻyxatni tasdiqlaydi.

Besh ish kuni mobaynida

2. Tasdiqlangan roʻyxat asosida koʻrsatilayotgan xizmatlar turi boʻyicha reyestr tuzadi hamda tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimiga va moliya boʻlimiga ijro etish uchun yuboradi.

Uch ish kuni mobaynida

Tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimi

Tuman (shahar) hokimligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat asosida tegishli shtat birliklari, ijtimoiy xizmat xarajatlarining hisob-kitobini ishlab chiqib, tuman (shahar) moliya boʻlimiga yetkazadi.

Besh ish kuni mobaynida

Tuman (shahar) moliya boʻlimi

1. Taqdim etilgan roʻyxatlar va hisob-kitoblar asosida tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimining tegishli shtat birliklarini va xarajatlar smetasini belgilangan tartibda koʻrib chiqadi va roʻyxatdan oʻtkazadi.

Har yilning 1-apreliga qadar

2. Yil davomida oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritilganda, xarajatlarning moliyalashtirish manbai aniqlangandan soʻng, xarajatlar smetasiga oʻzgartirish kiritiladi.

Uch ish kuni mobaynida

Tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimi

Roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasi doirasida tegishli ijtimoiy xizmatlar koʻrsatadi.

Belgilangan tartibda

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarning roʻyxatini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlari

Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi uchastka vrachi

Uyma-uy yurish chogʻida aniqlangan, kasallikka chalingan shaxslarga davolash-profilaktika muassasasining tegishli mutaxassislariga yoʻllanma beradi.

Bir ish kuni mobaynida

Davolash-profilaktika muassasasidagi tegishli mutaxassis

Kasallikka chalingan shaxsni kasallik turidan kelib chiqib, belgilangan tartibda Tibbiy-maslahat komissiyasiga kasallikka chalingan shaxsning hujjatlarini tayyorlab yuboradi.

Bir oy mobaynida

Tibbiy-maslahat komissiyasi

Tibbiy-maslahat komissiyasi raisi yoki masʼul shaxsi kasallikka chalingan shaxsning hujjatlarini rasmiylashtirib, tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (TIEK)ga taqdim etadi.

Kasallik turiga koʻra belgilangan muddatlarda

Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari

TIEKlar hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab nogironlik guruhi, sababi va muddatini belgilaydi.

Ikki hafta mobaynida

TIEK maʼlumotnomaning bir qismini nogironligi boʻlgan shaxsga yoki uning vakiliga, ikkinchi qismini Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga taqdim etadi.

Oʻn kun mobaynida

Nogironligi boʻlgan shaxslarning koʻrik ishlaridagi maʼlumotlari “TIEK dasturi”ga tegishli TIEK vrach-eksperti va hamshirasi tomonidan kiritiladi.

Uch ish kuni mobaynida

“TIEK dasturi” boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslar roʻyxati shakllantiriladi.

Har oyda bir marta

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tegishli tuman (shahar) boʻlimi

Nogironligi boʻlgan shaxs yoki uning vakolatli vakilining nogironlik pensiyasi (nafaqa) olish uchun arizasi va pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi hujjatlari taqdim etilgandan soʻng pensiya tayinlash masalasi koʻrib chiqiladi.

Oʻn kundan kechiktirmasdan

Pensiya tayinlash rad etilgan taqdirda. tegishli qaror chiqarilgandan keyin pensiya tayinlash rad etilgani haqida rad etish sabablari va shikoyat berish tartibi koʻrsatilgan xabarnomani arizachiga yoki uning vakolatli vakiliga beradi yoki joʻnatadi hamda ayni chogʻda barcha hujjatlarni qaytaradi.

Besh kun mobaynida

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 09/20/264/0830-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)