1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.17.00 Nogironlikni belgilash;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatini shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-sonli “O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-fevraldagi PF-4944-son Farmoni ijrosini ta’minlash, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini aniqlash hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish, sog‘liqni saqlash va moliya organlari hamkorligini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatini shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, hududda istiqomat qiluvchi fuqarolarga qonun hujjatlariga muvofiq ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan yuborilgan so‘rovlariga belgilangan tartibda tegishli ma’lumotlar taqdim etilishi uchun tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mas’uldirlar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishidagi faoliyatlarini muvofiqlashtirish yuzasidan hamkorlikni yanada kuchaytirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yil yakuniga ko‘ra fuqarolar yig‘inida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli tarmoqlarning hisobotlarini eshitish, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni muhokama qilish hamda ularni bartaraf etish to‘g‘risida hamkorlikda chora-tadbirlar ishlab chiqish amaliyotini joriy etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari ― O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 5-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
264-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 264-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatini shakllantirish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatini shakllantirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatini shakllantirishda va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni tashkil etishda quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniylik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
insonparvarlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktik yo‘naltirilganlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq yo‘naltirilganlik va individual yondashuv;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy adolat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar quyidagicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyma-uy yurish chog‘ida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan axborot asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxs mustaqil ravishda murojaat etganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan kam ta’minlangan oilalar ro‘yxatini shakllantirish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatini shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatini shakllantirish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda uyma-uy yurish chog‘ida to‘plangan axborotga asosan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni aniqlab, ularning ro‘yxatini tuzadi va tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu ro‘yxatga ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj shaxs, uning oila a’zosi yoki vakolatli vakili murojaati yoxud jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan axborot asosida ham qo‘shimcha kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ro‘yxat asosida tegishli shtat birliklari, ijtimoiy xizmat xarajatlarining hisob-kitobini har oy yakuni bo‘yicha ishlab chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmasiga (keyingi o‘rinlarda — Hududiy boshqarma) yuboradi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Hududiy boshqarma taqdim etilgan ro‘yxatlar va hisob-kitoblar asosida tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodim assistentlarining tegishli shtat birliklarini va xarajatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi va har yili 1-aprelga qadar ro‘yxatdan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga taqdim etadi.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yil davomida o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritilganda, xarajatlarning moliyalashtirish manbai aniqlangandan so‘ng, uch ish kuni mobaynida xarajatlar smetasiga o‘zgartirish kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasi doirasida belgilangan tartibda tegishli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatini shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatini shakllantirish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi uchastka vrachi uyma-uy yurish chog‘ida aniqlagan, kasallikka chalingan shaxslarga davolash-profilaktika muassasasining tegishli mutaxassislariga bir ish kuni mobaynida yo‘llanma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu yo‘llanmani tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi uchastka vrachi kasallikka chalingan shaxs, uning oila a’zosi yoki vakolatli vakili murojaati yoxud jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan axborot asosida ham kasallikka chalingan shaxslarga davolash-profilaktika muassasasining tegishli mutaxassislariga yo‘llanma berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davolash-profilaktika muassasasidagi tegishli mutaxassis kasallikka chalingan shaxsni kasallik turidan kelib chiqib, bir oy mobaynida belgilangan tartibda Tibbiy-maslahat komissiyasiga kasallikka chalingan shaxsning hujjatlarini tayyorlab yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tibbiy-maslahat komissiyasi raisi yoki mas’ul shaxsi kasallikka chalingan shaxsning hujjatlarini kasallik turiga ko‘ra belgilangan muddatlarda rasmiylashtirib, tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalariga (keyingi o‘rinlarda TIEK deb ataladi) takdim etadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. TIEKlar hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab ikki hafta mobaynida nogironlik guruhi, sababi va muddatini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TIEK ma’lumotnomaning bir qismini nogironligi bo‘lgan shaxsga yoki uning vakiliga, ikkinchi qismini Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgarmasiga o‘n kun mobaynida takdim etadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ko‘rik ishlaridagi ma’lumotlari uch ish kuni mobaynida “TIEK dasturi”ga tegishli TIEK vrach-eksperti va hamshirasi tomonidan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TIEK dasturi” bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxati har oyda bir marta shakllantiriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tegishli tuman (shahar) bo‘limi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxs yoki uning vakolatli vakilining nogironlik pensiyasi (nafaqa) olish uchun arizasi va pensiya tayinlash to‘g‘risidagi hujjatlari taqdim etilgandan so‘ng o‘n kundan kechiktirmasdan pensiya tayinlash masalasi ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya tayinlash rad etilgan taqdirda, tegishli qaror chiqarilgandan keyin besh kun mobaynida arizachiga yoki uning vakolatli vakiliga pensiya tayinlash rad etilgani haqida rad etish sabablari va shikoyat berish tartibi ko‘rsatilgan xabarnomani beradi yoki jo‘natadi hamda ayni chog‘da barcha hujjatlarni qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatini shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi
1. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda uyma-uy yurish chog‘ida to‘plangan axborotga asosan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni aniqlab, ro‘yxatini shakllantiradi va tasdiqlaydi.
Aniqlangan kuni
2. Tasdiqlangan ro‘yxat Hududiy boshqarmaga kiritiladi
Har oy yakuni bo‘yicha
2-bosqich
Hududiy boshqarma
1. Taqdim etilgan ro‘yxatlar va hisob-kitoblar asosida tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining tegishli shtat birliklari va xarajatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi hamda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Agentlikka taqdim etadi.
Har yilning 1-apreliga qadar
2. Yil davomida o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritilganda, xarajatlarning moliyalashtirish manbai aniqlangandan so‘ng xarajatlar smetasiga o‘zgartirish kiritadi.
Uch ish kuni mobaynida
3-bosqich
Tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasi doirasida tegishli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatadi.
Belgilangan tartibda
(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatini shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlari
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi uchastka vrachi
Uyma-uy yurish chog‘ida aniqlangan, kasallikka chalingan shaxslarga davolash-profilaktika muassasasining tegishli mutaxassislariga yo‘llanma beradi.
Bir ish kuni mobaynida
Davolash-profilaktika muassasasidagi tegishli mutaxassis
Kasallikka chalingan shaxsni kasallik turidan kelib chiqib, belgilangan tartibda Tibbiy-maslahat komissiyasiga kasallikka chalingan shaxsning hujjatlarini tayyorlab yuboradi.
Bir oy mobaynida
Tibbiy-maslahat komissiyasi
Tibbiy-maslahat komissiyasi raisi yoki mas’ul shaxsi kasallikka chalingan shaxsning hujjatlarini rasmiylashtirib, tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (TIEK)ga taqdim etadi.
Kasallik turiga ko‘ra belgilangan muddatlarda
Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari
TIEKlar hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab nogironlik guruhi, sababi va muddatini belgilaydi.
Ikki hafta mobaynida
TIEK ma’lumotnomaning bir qismini nogironligi bo‘lgan shaxsga yoki uning vakiliga, ikkinchi qismini Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga taqdim etadi.
O‘n kun mobaynida
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ko‘rik ishlaridagi ma’lumotlari “TIEK dasturi”ga tegishli TIEK vrach-eksperti va hamshirasi tomonidan kiritiladi.
Uch ish kuni mobaynida
“TIEK dasturi” bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxati shakllantiriladi.
Har oyda bir marta
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tegishli tuman (shahar) bo‘limi
Nogironligi bo‘lgan shaxs yoki uning vakolatli vakilining nogironlik pensiyasi (nafaqa) olish uchun arizasi va pensiya tayinlash to‘g‘risidagi hujjatlari taqdim etilgandan so‘ng pensiya tayinlash masalasi ko‘rib chiqiladi.
O‘n kundan kechiktirmasdan
Pensiya tayinlash rad etilgan taqdirda. tegishli qaror chiqarilgandan keyin pensiya tayinlash rad etilgani haqida rad etish sabablari va shikoyat berish tartibi ko‘rsatilgan xabarnomani arizachiga yoki uning vakolatli vakiliga beradi yoki jo‘natadi hamda ayni chog‘da barcha hujjatlarni qaytaradi.
Besh kun mobaynida
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 09/20/264/0830-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)