17.06.2020 yildagi 390-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.06.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish obyektlari xavfsizligini taʼminlash, atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza oʻtkazish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertizani tashkil etish, oʻtkazish va xulosasini rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza xulosasini qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza xulosasining dublikatini berish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi va Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi B.V. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 17-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
390-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-iyundagi 390-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza (keyingi oʻrinlarda — ekspertiza) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish obyektlari — yadroviy qurilmalar, saqlash punktlari, yadroviy materiallar, radiatsiyaviy manbalar, radioaktiv moddalar, yadroviy yoqilgʻi, yadroviy reaktorlarning issiqlik ajratuvchi toʻplamlari, ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻi, radioaktiv chiqindilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ekspert (keyingi oʻrinlarda — ekspert) — ekspertizani amalga oshiruvchi malakali mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ (keyingi oʻrinlarda — maxsus vakolatli organ) — Oʻzbekiston Respublikasi sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi — ekspertiza oʻtkazish uchun buyurtmanoma bilan murojaat qilgan tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspert tashkiloti — atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza qismi boʻyicha atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish)ni amalga oshirish uchun litsenziya (keyingi oʻrinlarda — litsenziya)ga ega boʻlgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza — ekspertiza obyektining atom energiyasidan foydalanish sohasida unga qoʻyiladigan xavfsizlik talablariga muvofiqligi tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza obyektlari — atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) xavfsizligini asoslovchi va (yoki) atom energiyasidan foydalaniladigan obyekt xavfsizligining taʼminlanganligini asoslovchi hujjatlar va (yoki) atom energiyasidan foydalaniladigan obyekt haqiqiy holatining xavfsizligi taʼminlanganligini asoslovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza xulosasi — ekspertiza obyektining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalar talablariga muvofiqligi (muvofiq emasligi) toʻgʻrisidagi asosli xulosalarni oʻz ichiga olgan hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maxsus vakolatli organga litsenziya va ruxsatnoma olish uchun buyurtmachi tomonidan taqdim qilingan atom energiyasidan foydalaniladigan obyekt xavfsizligining taʼminlanganligini asoslovchi hujjatlarni va uning haqiqiy holatini va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) xavfsizligini asoslovchi hujjatlari ekspertizadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasidan foydalaniladigan obyekt xavfsizligining taʼminlanganligini va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) xavfsizligini va (yoki) atom energiyasidan foydalaniladigan obyektning haqiqiy holatini tasdiqlovchi xavfsizlikni asoslash boʻyicha hisobotning tuzilishiga qoʻyiladigan talablar maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlariga taalluqli ekspertizani amalga oshirish uchun maxsus vakolatli organ oʻzining ilmiy-texnikaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tashkilotlaridan birini yoki chet davlat tomonidan roʻyxatga olingan va ushbu davlatning vakolatli organi tomonidan taqdim etilgan ekspertizani amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega ilmiy-texnikaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tashkilotini jalb qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi boshqa obyektlarning ekspertizasi maxsus vakolatli organning ekspertizani amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasiga ega tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan ishlarni bajarish uchun litsenziyaga ega boʻlgan boshqa tashkilotlar ham pudrat shartnomasi shartlari asosida subpudratchilar sifatida ekspertizaga jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza oʻtkazish jarayonida ekspert tashkiloti oʻzida oʻrnatilgan sifat menejmenti tizimiga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Turli ekspertiza obyektlarini ekspertizadan oʻtkazishda inobatga olinishi lozim boʻlgan talablar ekspertiza obyektlarining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ekspert tashkiloti, atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) xavfsizligini asoslovchi va (yoki) atom energiyasidan foydalaniladigan obyekt xavfsizligining taʼminlanganligini asoslovchi hujjatlar ishlab chiqishda ishtirok etgan shaxslarni ekspertizaga jalb qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ekspertga u bilan mehnat munosabatlari boʻlgan yoki unga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida tegishli boʻlgan obyektlar ekspertizasida ishtirok etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ekspertizani oʻtkazish muddati ekspertiza obyektining murakkabligiga qarab texnik topshiriqqa muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ekspertiza oʻtkazish va ekspertiza xulosasini berish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ekspertiza xulosasi dublikatini berish ekspertiza xulosasini avval rasmiylashtirib bergan ekspert tashkiloti tomonidan, u faoliyat yuritmayotgan hollarda esa maxsus vakolatli organ tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ekspertizani tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ekspertiza ekspert tashkiloti va buyurtmachi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan texnik topshiriq asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ekspertizani oʻtkazish boʻyicha texnik topshiriqda qolganlardan tashqari quyidagi tematik masalalarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaviy, konstruktorlik va texnologik yechimlarning atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar talablariga, shuningdek faoliyat (ish)ni amalga oshirishda radioaktiv chiqindilar bilan xavfsiz muomala qilish sharoitlarining belgilangan talablarga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat (ish) turini amalga oshirishda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha texnik va tashkiliy chora-tadbirlarning toʻliqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadroviy qurilmalarni jisman himoya qilish, nurlanish manbai, yadroviy materiallar va radioaktiv moddalarni saqlash punktlari, yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarni saqlash, hisobga olishni va nazorat qilishni tashkil etish sharoitlarining xavfsizligini taʼminlash boʻyicha talablarga muvofiqligi, avariya yuz bergan hollarda atom energiyasidan foydalaniladigan obyekt ishchilari va aholini himoya qilish boʻyicha tadbir rejalari va tadbirlarni bajarishga shayligi, shuningdek, sifatni taʼminlash tizimi va zarur muhandislik-texnik taʼminotning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachining amalga oshiriladigan faoliyat (ish) turi xavfsizligi, atom energiyasidan foydalaniladigan obyektning va bajarilayotgan ishlarning xavfsizligini taʼminlashga layoqatliligi, shuningdek, taqdim etilayotgan xizmatlar va bajarilayotgan ishlar sifatining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi meʼyor va qoidalarga javob berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalaniladigan obyektda yadroviy va radiatsiyaviy avariya yuz bergan taqdirda favqulodda holatlarni bartaraf etish uchun kuch va vositalarning mavjudligi va shayligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachining litsenziyalanadigan faoliyat (ish) turini tugatish va atom energiyasidan foydalaniladigan obyektni foydalanishdan xavfsiz chiqarish boʻyicha sharoitlarni taʼminlashga layoqatliligi, shuningdek tegishli loyiha hujjatlarining mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ekspertizani oʻtkazish boʻyicha texnik topshiriqni ishlab chiqish va tasdiqlash buyurtmachining hujjatlari maxsus vakolatli organga kelib tushgan kundan keyin oʻttiz ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertizani oʻtkazish boʻyicha texnik topshiriqda ekspertizaning masalalari, ekspert xulosasiga va uni maxsus vakolatli organga taqdim etish boʻyicha talablar, shuningdek, ekspertizadan oʻtkazilishi kerak boʻlgan hujjatlar roʻyxati va uni oʻtkazish muddati aks etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertizani oʻtkazish boʻyicha texnik topshiriqqa kiritilgan aniq tematik masalalar atom energiyasidan foydalaniladigan obyektning potensial xavfliligiga, amalga oshiriladigan faoliyat (ish) turiga qarab tuziladi. Savollar soni minimal, ammo har taraflama va asoslangan ekspertiza oʻtkazish uchun yetarli boʻlishi zarur. Savollar quyidagilarni qamrab olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi tomonidan faoliyat (ish)ning eʼlon qilingan turini (turlarini) amalga oshirish xavfsizligini asoslashda qabul qilingan meʼyorlar va qoidalar bazasining yetarliligini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning xavfsizligini asoslash va uning haqiqiy holati va (yoki) buyurtmachining faoliyati (ishi) toʻgʻrisidagi maʼlumotni baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eʼlon qilingan faoliyatni (ish) amalga oshirish sharoitini, shu jumladan xodimlarni tayyorlash va ruxsat berish, zarur boʻlgan sifat menejmenti tizimining ishlashini baholash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vakolatli organ tomonidan ekspertiza xulosasini qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingungacha ekspertizani oʻtkazish boʻyicha texnik topshiriqqa maxsus oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertizani oʻtkazish boʻyicha texnik topshiriqqa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) xavfsizligi bilan bogʻliq boʻlgan ilgari maʼlum boʻlmagan holatlar aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalari talablari oʻzgargan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi tomonidan atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) xavfsizligini asoslovchi qoʻshimcha hujjatlar taqdim qilinganda oʻzgartirishlar kiritish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Texnik topshiriq (unga kiritilgan oʻzgartirishlar) maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Maxsus vakolatli organ texnik topshiriq tasdiqlangandan soʻng uch kun ichida uni buyurtmachiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ekspertizani oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ekspertiza quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza oʻtkazish uchun buyurtmanomani qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarni dastlabki baholash hamda ekspertizani amalga oshirish boʻyicha shartnoma tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza obyekti muvofiqligini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza natijalari yuzasidan xulosasini rasmiylashtirish va berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertizaning har bir keyingi bosqichi avvalgi bosqichda ijobiy natijalarga erishilganda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Buyurtmachi ekspertizani amalga oshirish uchun ekspert tashkilotiga maxsus vakolatli organ tomonidan ekspertizani amalga oshirish uchun texnik topshiriq tasdiqlanganidan soʻng besh ish kuni ichida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtirilgan buyurtmanomani bevosita pochta aloqa vositasi orqali yoxud elektron shaklda, uning olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etadi. Elektron shaklda taqdim etilgan buyurtmanoma elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmanomaga ekspertizani amalga oshirish uchun texnik topshiriq ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Notoʻgʻri toʻldirilgan yoki rasmiylashtirilgan buyurtmanoma koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertizani oʻtkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlarning toʻliqligi va ishonchliligi uchun buyurtmachi javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ekspert tashkiloti kelib tushgan buyurtmanoma betlariga raqamlar qoʻyiladigan, tikib bogʻlanadigan va ekspert tashkilotining muhri bilan tasdiqlanadigan jurnalda hujjatlar taqdim etilgan kunda roʻyxatga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert tashkiloti buyurtmanomani olgani haqida belgi ekspertizaga buyurtmanoma berilgan sana hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Buyurtmanoma roʻyxatga olingan kundan boshlab besh ish kuni ichida taqdim etilgan hujjatlar dastlabki baholashdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert tashkiloti tomonidan dastlabki baholash jarayonida ekspertizani amalga oshirish uchun texnik topshiriqni oʻrganib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmanomani va texnik topshiriqni dastlabki baholash natijasi asosida, texnik topshiriqda qoʻyilgan masalalar yuzasidan ekspertizani toʻlaqonli amalga oshirish boʻyicha ekspert tashkilotining imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda buyurtmachiga ekspertizani amalga oshirishni rad etish sabablarini koʻrsatgan holda asoslangan yozma xabarni yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmanomani va texnik topshiriqni dastlabki baholash natijasida, texnik topshiriqda qoʻyilgan masalalar boʻyicha ekspert tashkilotining ekspertizani toʻlaqonli amalga oshirish yuzasidan imkoniyati mavjud boʻlgan taqdirda, buyurtmachi bilan ekspertizani amalga oshirish yuzasidan tegishli shartnoma rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertizani oʻtkazish boʻyicha texnik topshiriqqa maxsus vakolatli organ tomonidan mazkur Nizomning 14-bandiga muvofiq oʻzgartirish kiritilgan holatlarda, bu ishlar buyurtmachi bilan ekspertizani amalga oshirish yuzasidan shartnomaga qoʻshimcha bitim asosida bajarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert tashkiloti shartnoma rasmiylashtirilganidan soʻng ikki ish kuni mobaynida maxsus vakolatli organni rasmiylashtirilgan shartnoma toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus vakolatli organ shartnoma rasmiylashtirilganligi toʻgʻrisidagi xabarni olgan kuni buyurtmachi tomonidan litsenziya va ruxsatnoma olish uchun taqdim qilingan atom energiyasidan foydalaniladigan obyekt xavfsizligining taʼminlanganligini asoslovchi hujjatlarni va uning haqiqiy holatini va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish)ning xavfsizligini asoslovchi hujjatlari toʻplamini ekspert tashkilotining vakiliga imzo qoʻyish orqali tilxat asosida beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza obyektini baholash ishlari buyurtmachi tomonidan shartnomada belgilangan miqdorda oldindan toʻlov amalga oshirilganidan soʻng amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ekspert tashkiloti ekspertiza obyektini baholash uchun ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq ekspert guruhini shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ekspertlar orasidan yetakchi ekspert tayinlanadi va u ekspert guruhiga rahbarlik qilib, ekspertizaning oʻz vaqtida oʻtkazilishi, natijalarni umumlashtirish va ekspertiza xulosasini tayyorlash uchun javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ekspert guruhi ekspertiza obyektining haqiqiy holati va unga qoʻyiladigan atom energiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalar talablariga muvofiqligini baholaydi hamda ekspertiza obyektiga taalluqli hujjatlarning toʻliqligi va ishonchliligini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlaridagi texnik qurilmalar, binolar va inshootlarning haqiqiy holatini baholash uchun ular joyiga chiqqan holda belgilangan tartibda tekshiriladi hamda texnik diagnostikadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Buyurtmachi ekspertizani oʻtkazishda ishtirok etadigan ekspertlar va mutaxassislarning ekspertiza obyektiga kirishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ekspert xulosasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik topshiriqqa toʻliq javob berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsizlikni asoslash toʻgʻrisidagi hisobotga kiritilgan barcha boʻlimlarning tahlili natijalarini oʻz ichiga olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan loyihaviy, muhandislik, texnikaviy va tashkiliy yechimlarning muvofiqligi hamda atom energiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalarning bajarilishi natijalari boʻyicha ilmiy-texnik baho va oqilona xulosalarni oʻz ichiga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ekspertiza oʻtkazish jarayonida, ekspertiza obyektlariga savollar yuzaga kelganda, ekspert tashkiloti mazkur savollarni buyurtmachi bilan muhokama qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert tashkiloti, ekspertizani tashkillashtirgan maxsus vakolatli organga, ekspertizani amalga oshirish jarayonida yuzaga kelgan savollarni muhokama qilish joyi va vaqti toʻgʻrisida xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Maxsus vakolatli organ va (yoki) ekspert tashkilotida oʻtkazilgan tahlil natijalariga koʻra, buyurtmachi tomonidan taqdim qilingan hujjatlarda muayyan hujjatlarga havolalar mavjud boʻlgan taqdirda, mazkur hujjatlar olinishi maxsus vakolatli organ soʻrovnomasi asosida amalga oshiriladi. Soʻrovnoma, ekspertizani amalga oshirish uchun texnik topshiriqni tasdiqlagan mansabdor shaxs tomonidan xat orqali buyurtmachi manziliga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ekspert tashkiloti ekspertiza natijalari boʻyicha atom energiyasidan foydalanish obyekti va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish)ning xavfsizligini asoslash toʻgʻrisida ekspert xulosasini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza xulosasiga, ekspert tashkiloti tomonidan belgilangan roʻyxatdan oʻtkazish tartibiga muvofiq, roʻyxat raqami beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert xulosasi ekspert tashkilotining rahbari tomonidan tasdiqlanib, ushbu tashkilotning muhri qoʻyiladi va maxsus vakolatli organga yuboriladi, unda oʻtkazilgan ekspertizaning ekspertiza topshirigʻi talablariga muvofiqligi baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ekspertiza xulosasini rasmiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ekspertiza xulosasi quyidagi qismlarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kirish qismi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza maqsadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza obyekti nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza oʻtkazish uchun texnik topshiriq toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza oʻtkazish uchun zarur boʻlgan tematik masalalar nomenklaturasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertizaga taqdim etilgan buyurtmachining asoslari (materiallari, hujjatlari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi tomonidan qoʻshimcha asoslar taqdim etilishi toʻgʻrisidagi buyurtmanoma (agar mavjud boʻlsa) yuzasidan maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertizada ishlatilgan meʼyoriy hujjatlar, ekspertiza qatnashchilarining tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻllaniladigan qisqartmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ilmiy (tadqiqot) qismi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachining oʻrganilishi lozim boʻlgan, materiallarning sifat koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspert tadqiqotlarda qoʻllanilgan usullar, metodlar va vositalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspert tadqiqotning borishi va uning natijalari tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza natijalari boʻyicha aniqlangan faktlar va holatlar, ularning ilmiy izohi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ hujjatlar, maʼlumotnoma va adabiy manbalarga havolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xulosalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ekspertiza xulosasi natijalari ekspertlarning oldiga qoʻyilgan savollarga javoblarini oʻzida aks ettirib, ekspert tadqiqotining yakuniy maqsadi, asosiy mohiyati hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ekspertiza xulosasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertizaga taqdim etilgan buyurtmachining asoslari (materiallari, hujjatlari) roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza oʻtkazish jarayonida foydalanilgan meʼyoriy hujjatlar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertlar guruhi tarkibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Ekspertiza xulosasini qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ekspertiza xulosasi rasmiylashtirilgandan soʻng besh ish kuni mobaynida ekspert tashkiloti ekspertiza xulosasini tegishli qaror qabul qilish uchun maxsus vakolatli organga taqdim etadi. Agar koʻrsatilgan muddat tugashi ish kuniga toʻgʻri kelmasa, topshirish muddati keyingi ish kunigacha uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza xulosasining maxsus vakolatli organ haqiqatda taqdim etilganligi muddati devonxona tomonidan kirish xatiga qoʻyilgan sana bilan, agar ekspertiza xulosasi pochta orqali yuborilgan boʻlsa, xat pochta boʻlimi tomonidan qabul qilingan sana bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ekspertiza xulosasi uchta asl nusxada ekspert tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan kuzatuv xati bilan maxsus vakolatli organga taqdim etiladi. Kuzatuv xatida ekspertiza xulosasining roʻyxat raqami koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Kuzatuv xati va unga ilova qilingan ekspertiza xulosasi ish yuritishning amaldagi tartibiga muvofiq qabul qilinadi va qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ekspertiza xulosasini qabul qilish yoki qabul qilmaslik toʻgʻrisidagi qaror, maxsus vakolatli organ tomonidan ekspertiza xulosasi kelib tushgan kundan boshlab yigirma ish kuni mobaynida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qaror qabul qilish malakali mutaxassislar yoki manfaatdor tomonlar (ekspert tashkiloti, buyurtmachi, laboratoriya va boshqalar) vakillarini jalb qilgan holda qoʻshimcha oʻrganishni talab etadigan boʻlsa, ekspert xulosasini koʻrib chiqish muddati maxsus vakolatli organning qaroriga asosan yigirma kungacha uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ekspertiza xulosasini qabul qilish yoki qabul qilmaslik toʻgʻrisidagi qaror quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza xulosasini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza xulosasini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza xulosalari reyestrini yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Maxsus vakolatli organda ekspertiza xulosalarini koʻrib chiqish va reyestrini yuritish uchun javobgar boʻlgan boʻlinma va (yoki) xodimlar tayinlanadi. Ekspertiza xulosalarini koʻrib chiqishda tegishli boʻlim xodimlarining ishtiroki majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ekspertiza xulosalarini koʻrib chiqish ekspertiza obyektining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza xulosasining rasmiylashtirish talablariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertizani oʻtkazish uchun texnik topshiriq talablariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza oʻtkazish talablariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza oʻtkazishda atom energiyasidan foydalanish sohasidagi tegishli norma va qoidalardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertizani oʻtkazish vaqtida tegishli sinovlarni oʻtkazish va ushbu sinovlarda zarur nazorat, sinov, diagnostika uskunalari va oʻlchov vositalaridan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Ekspertiza xulosasini koʻrib chiqishda maxsus vakolatli organ tomonidan ekspert tashkiloti va buyurtmachidan qoʻshimcha maʼlumotlar talab qilinishi mumkin. Zarurat boʻlganda, yuzaga kelgan savollarni muhokama qilish uchun manfaatdor tomonlarning vakillari taklif qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Ekspert xulosasini koʻrib chiqish natijalari salbiy boʻlgan taqdirda ekspertiza xulosasini qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza xulosasini qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, uni rad etishning asoslangan sabablari va kamchiliklarini koʻrsatgan holda (kamchiliklarini bartaraf etib ekspertiza xulosasini qayta taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda) rad etish toʻgʻrisidagi qarorining va ekspertiza xulosasining ikki asl nusxasini ekspert tashkilotining vakiliga tilxat asosida topshiradi yoki ekspert tashkiloti manziliga pochta orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ekspertiza xulosasini qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, ekspert tashkiloti ekspertiza xulosasini rad etish sabablarini hisobga olgan holda koʻrib chiqadi va qaror qabul qilish uchun maxsus vakolatli organga qayta taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza xulosasini qayta topshirishda, kuzatuv xatida ekspertiza xulosasini rad etish toʻgʻrisidagi qarorning sanasi va raqami koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ekspertiza xulosasini koʻrib chiqish natijalari ijobiy boʻlgan taqdirda, ekspertiza xulosasini qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Ekspertiza xulosasini qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti boshligʻi tomonidan imzolanadi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Ekspertiza xulosasini qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorning va ekspertiza xulosasining ikki asl nusxalari ekspert tashkilotining vakiliga tilxat asosida topshiriladi yoki ekspert tashkiloti manziliga pochta orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Maxsus vakolatli organ tomonidan ekspertiza xulosasi boʻyicha qabul qilingan qarorni hamda ekspertiza xulosasini bitta asl nusxasini ekspertizani oʻtkazish uchun shartnoma shartlari toʻliq bajarilgandan keyin ekspert tashkiloti tomonidan uch ish kuni mobaynida buyurtmachiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Ekspertiza xulosalarining asl nusxalari ekspertizani oʻtkazgan ekspert tashkilotida va maxsus vakolatli organda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Ekspertiza xulosasining dublikatini berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Ekspertiza xulosasi yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan holatlarda, buyurtmachi ekspertiza xulosasini avval rasmiylashtirilgan ekspert tashkilotiga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda buyurtmanoma taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza xulosasining yaroqsiz holga kelishi sababli uning dublikatini berishda buyurtmanomaga keyinchalik belgilangan tartibda yoʻq qilish uchun avval berilgan ekspertiza xulosasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza xulosasi dublikati ushbu xulosani ilgari rasmiylashtirgan ekspert tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Shartnoma summasi ekspert tashkilotining ekspertiza xulosasi dublikatini berish uchun sarflagan xarajatlari doirasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Ekspertiza xulosani avval rasmiylashtirgan ekspert tashkiloti ekspert xulosasining dublikatini berish uchun buyurtmachi shartnoma shartlari bajarilgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida ekspertiza xulosasining dublikatini berishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Ekspertiza xulosasining dublikati buyurtmachiga shartnoma shartlarini bajargan taqdirda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Ekspertizani oʻtkazish sifati va natijalarining haqqoniyligi, shuningdek, ekspertiza natijalarini saqlash uchun javobgarlik ekspertizani oʻtkazgan ekspert tashkilotiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Ekspertiza natijalari yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza oʻtkazish va ekspertiza xulosasini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

|

1 bosqich

Buyurtmachi

(ekspertiza oʻtkazish uchun buyurtmanoma bilan murojaat qilgan tashkilot)

Buyurtmachi ekspertizani amalga oshirish uchun ekspert tashkilotiga oʻrnatilgan shakldagi buyurtmanomani va maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan texnik topshiriqni bevosita, uning olingani toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan birga pochta aloqa vositasi orqali yoxud elektron shaklda taqdim etadi.

Elektron shaklda taqdim etilgan buyurtmanoma elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.

Maxsus vakolatli organ tomonidan ekspertizani amalga oshirish uchun texnik topshiriq tasdiqlangan sanadan keyin besh ish kuni mobaynida.



|

2 bosqich

Ekspert tashkiloti

(ekspertizani amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxs)

1. Ekspertizani amalga oshirish uchun taqdim qilingan buyurtmanomani qabul qiladi.

1. Taqdim qilingan kunda.

2. Ekspertizani amalga oshirish uchun buyurtmanomani va texnik topshiriqni dastlabki baholashdan oʻtkazadi.

2. Besh ish kuni mobaynida.



3. Buyurtmanomani va texnik topshiriqni dastlabki baholash natijasi asosida texnik topshiriqda qoʻyilgan masalalar yuzasidan ekspertizani toʻlaqonli amalga oshirish boʻyicha ekspert tashkilotining imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda, buyurtmachiga ekspertizani amalga oshirishni rad etish sabablarini koʻrsatgan holda asoslangan yozma xabarni yuboradi.

3. Bir ish kuni mobaynida.

4. Buyurtmanomani va texnik topshiriqni dastlabki baholash natijasida texnik topshiriqda qoʻyilgan masalalar boʻyicha ekspert tashkilotining ekspertizani toʻlaqonli amalga oshirish yuzasidan imkoniyati mavjud boʻlgan taqdirda, buyurtmachi bilan ekspertizani amalga oshirish yuzasidan tegishli shartnomani rasmiylashtiradi.

4. Oʻn ish kuni mobaynida.



5. Rasmiylashtirilgan shartnoma toʻgʻrisida maxsus vakolatli organni xabardor qiladi.

5. Ikki ish kuni mobaynida

|

3 bosqich

Maxsus
vakolatli organ

(Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi)

Ekspert tashkilotidan tegishli shartnoma rasmiylashtirilganligi toʻgʻrisidagi xabarni olgandan soʻng buyurtmachi tomonidan litsenziya va ruxsatnoma olish uchun taqdim qilingan atom energiyasidan foydalaniladigan obyekt xavfsizligining taʼminlanganligini asoslovchi va atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish)ning xavfsizligini asoslovchi hujjatlar toʻplamini ekspert tashkilotining masʼul vakiliga imzo qoʻyilgan tilxat asosida taqdim etadi.

Buyurtmachi bilan tegishli shartnoma rasmiylashtirilganligi toʻgʻrisidagi xabarni olgan sanada.



|

4 bosqich

Ekspert tashkiloti

Buyurtmachi shartnomada belgilangan miqdordagi toʻlovni amalga oshirgandan soʻng belgilangan tartibda atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertizani amalga oshiradi.

Texnik topshiriqda koʻrsatilgan muddatda.



|

5 bosqich

Ekspert tashkiloti

Ekspertiza xulosasini rasmiylashtirib, uni qabul qilish yoki qabul qilmaslik boʻyicha koʻrib chiqish uchun maxsus vakolatli organga (3 ta asl nusxada) taqdim etadi.

Ekspertiza xulosasi rasmiylashtirilgandan soʻng besh ish kuni mobaynida.

|

6 bosqich

Maxsus
vakolatli organ

1. Ekspertiza xulosasini qabul qilish yoki qabul qilmaslik toʻgʻrisidagi qaror qabul qiladi va uni roʻyxatga olib, tegishli reyestrini yuritadi.

1. Yigirma ish kuni mobaynida. Agar qaror qabul qilish qoʻshimcha oʻrganishni talab etadigan boʻlsa, tegishli soha vakillarini (maxsus laboratoriya va tegishli soha malakali mutaxassislari) yoki manfaatdor tomonlarni (ekspert tashkiloti, buyurtmachi) jalb qilgan holda ekspert xulosasini qoʻshimcha koʻrib chiqish muddati maxsus vakolatli organning qaroriga asosan yigirma ish kunigacha uzaytirilishi mumkin).



2. Ekspertiza xulosasini qabul qilish toʻgʻrisidagi qarorning va ekspertiza xulosasining ikki asl nusxasini ekspert tashkilotining vakiliga tilxat asosida topshiradi yoki ekspert tashkiloti manziliga pochta orqali yuboradi.

2. Bir ish kuni mobaynida.

3. Ekspertiza xulosasini qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, uni rad etishning asoslangan sabablari va kamchiliklarini koʻrsatgan holda (kamchiliklarini bartaraf etib, ekspertiza xulosasini qayta taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda) rad etish toʻgʻrisidagi qarorning va ekspertiza xulosasining ikki asl nusxasini ekspert tashkilotining vakiliga tilxat asosida topshiradi yoki ekspert tashkiloti manziliga pochta orqali yuboradi.

3. Bir ish kuni mobaynida.


Ekspert tashkiloti

Ekspertiza xulosasini rad etish sabablarini hisobga olgan holda koʻrib chiqadi va qaror qabul qilish uchun maxsus vakolatli organga qayta taqdim etadi.

Ekspertiza xulosasini qabul qilish rad etilganligi toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddatda.



Ekspertiza xulosasini maxsus vakolatli organga qayta topshirishda, kuzatuv xatida ekspertiza xulosasini rad etish toʻgʻrisidagi qarorning sanasi va raqami koʻrsatiladi.

|

7 bosqich

Ekspert tashkiloti

Maxsus vakolatli organ tomonidan ekspertiza xulosasi boʻyicha qabul qilingan qaror hamda ekspertiza xulosasining bitta asl nusxasini buyurtmachiga taqdim etadi.

Shartnoma shartlari bajarilgan taqdirda, uch ish kuni mobaynida.

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

____________________________ rahbariga

/ekspert tashkiloti nomi/

Atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza oʻtkazish uchun / atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza xulosasi dublikatini olish uchun

BUYURTMANOMA

____________________________________________________________________________

/buyurtmachining nomi/

atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza oʻtkazishni / atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza xulosasi dublikatini berishingizni / soʻraydi

____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________

/ekspertiza obyektining nomi/

Ilova qilinadigan hujjatlar:

1.___________________________________________________________________________
‎2.___________________________________________________________________________3.___________________________________________________________________________

_______________________________

_______________________

/masʼul rahbarning lavozimi/

/F.I.O./

____________________________________________________________________________

/ekspert tashkiloti nomi/

20___y. “___” _____ da buyurtmanoma va unga ilova qilingan hujjatlar qabul qilinganligini tasdiqlaydi.

____________________________________

_____________

_____________________

/oluvchining F.I.O., lavozimi, imzosi/

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(Ekspert tashkilotining ekspert guruhini shakllantirish haqidagi
‎buyrugʻi shakli)

____________________________________________________________________________

/ekspert tashkiloti/

____________________________________________________________________________

/ekspertiza obyekti/

____________________________________________________________________________

/buyurtmachi/

____________________________________________________________________________

/texnik topshiriq tasdiqlangan sana va raqami/

____________________________________________________________________________

/shartnoma raqami va sanasi/

1. Mazkur ekspertizani amalga oshirish uchun quyidagi tarkibdagi ekspert guruhi shakllantirilsin:

________________________ — ekspert
‎________________________ — ekspert
‎________________________ — ekspert
‎________________________ — mutaxassis
‎________________________ — mutaxassis

2. Ekspertizani amalga oshirish mobaynida _____________________________ yetakchi

ekspert sifatida tayinlansin.

/F.I.O./

Ekspert tashkiloti rahbari‎

__________

____________________

__________

/imzo/

/F.I.O./

/sana/

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 09/20/390/0775-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)