Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

“Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish obyektlari xavfsizligini ta’minlash, atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza o‘tkazish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
18. Buyurtmachi ekspertizani amalga oshirish uchun ekspert tashkilotiga maxsus vakolatli organ tomonidan ekspertizani amalga oshirish uchun texnik topshiriq tasdiqlanganidan so‘ng besh ish kuni ichida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtirilgan buyurtmanomani bevosita pochta aloqa vositasi orqali yoxud elektron shaklda, uning olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etadi. Elektron shaklda taqdim etilgan buyurtmanoma elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Ekspertizani o‘tkazish bo‘yicha texnik topshiriqga maxsus vakolatli organ tomonidan mazkur Nizomning 14-bandiga muvofiq o‘zgartirish kiritilgan holatlarda, bu ishlar buyurtmachi bilan ekspertizani amalga oshirish yuzasidan shartnomaga qo‘shimcha bitim asosida bajarilishi mumkin.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

|

1 bosqich

Buyurtmachi

(ekspertiza o‘tkazish uchun buyurtmanoma bilan murojaat qilgan tashkilot)

Buyurtmachi ekspertizani amalga oshirish uchun ekspert tashkilotiga o‘rnatilgan shakldagi buyurtmanomani va maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan texnik topshiriqni bevosita, uning olingani to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan birga pochta aloqa vositasi orqali yoxud elektron shaklda taqdim etadi.

Elektron shaklda taqdim etilgan buyurtmanoma elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.

Maxsus vakolatli organ tomonidan ekspertizani amalga oshirish uchun texnik topshiriq tasdiqlangan sanadan keyin besh ish kuni mobaynida.



|

2 bosqich

Ekspert tashkiloti

(ekspertizani amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxs)

1. Ekspertizani amalga oshirish uchun taqdim qilingan buyurtmanomani qabul qiladi.

1. Taqdim qilingan kunda.

2. Ekspertizani amalga oshirish uchun buyurtmanomani va texnik topshiriqni dastlabki baholashdan o‘tkazadi.

2. Besh ish kuni mobaynida.



3. Buyurtmanomani va texnik topshiriqni dastlabki baholash natijasi asosida texnik topshiriqda qo‘yilgan masalalar yuzasidan ekspertizani to‘laqonli amalga oshirish bo‘yicha ekspert tashkilotining imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda, buyurtmachiga ekspertizani amalga oshirishni rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda asoslangan yozma xabarni yuboradi.

3. Bir ish kuni mobaynida.

4. Buyurtmanomani va texnik topshiriqni dastlabki baholash natijasida texnik topshiriqda qo‘yilgan masalalar bo‘yicha ekspert tashkilotining ekspertizani to‘laqonli amalgaoshirishyuzasidan imkoniyatimavjud bo‘lgan taqdirda, buyurtmachi bilan ekspertizani amalga oshirish yuzasidan tegishli shartnomani rasmiylashtiradi.

4. O‘n ish kuni mobaynida.



5. Rasmiylashtirilgan shartnoma to‘g‘risida maxsus vakolatli organni xabardor qiladi.

5. Ikki ish kuni mobaynida

|

3 bosqich

Maxsus
vakolatli organ

(Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi)

Ekspert tashkilotidan tegishli shartnoma rasmiylashtirilganligi to‘g‘risidagi xabarni olgandan so‘ng buyurtmachi tomonidan litsenziya va ruxsatnoma olish uchun taqdim qilingan atom energiyasidan foydalaniladigan obyekt xavfsizligining ta’minlanganligini asoslovchi va atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish)ning xavfsizligini asoslovchi hujjatlar to‘plamini ekspert tashkilotining mas’ul vakiliga imzo qo‘yilgan tilxat asosida taqdim etadi.

Buyurtmachi bilan tegishli shartnoma rasmiylashtirilganligi to‘g‘risidagi xabarni olgan sanada.



|

4 bosqich

Ekspert tashkiloti

Buyurtmachi shartnomada belgilangan miqdordagi to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng belgilangan tartibda atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertizani amalga oshiradi.

Texnik topshiriqda ko‘rsatilgan muddatda.



|

5 bosq�ch

Ekspert tashkiloti

Ekspertiza xulosasini rasmiylashtirib, uni qabul qilish yoki qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun maxsus vakolatli organga (3 ta asl nusxada) taqdim etadi.

Ekspertiza xulosasi rasmiylashtirilgandan so‘ng besh ish kuni mobaynida.

|

6 bosqich

Maxsus
vakolatli organ

1. Ekspertiza xulosasini qabul qilish yoki qabul qilmaslik to‘g‘risidagi qaror qabul qiladi va uni ro‘yxatga olib, tegishli reyestrini yuritadi.

1. Yigirma ish kuni mobaynida. Agar qaror qabul qilish qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan bo‘lsa, tegishli soha vakillarini (maxsus laboratoriya va tegishli soha malakali mutaxassislari) yoki manfaatdor tomonlarni (ekspert tashkiloti, buyurtmachi) jalb qilgan holda ekspert xulosasini qo‘shimcha ko‘rib chiqish muddati maxsus vakolatli organning qaroriga asosan yigirma ish kunigacha uzaytirilishi mumkin).



2. Ekspertiza xulosasini qabul qilish to‘g‘risidagi qarorning va ekspertiza xulosasining ikki asl nusxasini ekspert tashkilotining vakiliga tilxat asosida topshiradi yoki ekspert tashkiloti manziliga pochta orqali yuboradi.

2. Bir ish kuni mobaynida.

3. Ekspertiza xulosasini qabul qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, uni rad etishning asoslangan sabablari va kamchiliklarini ko‘rsatgan holda (kamchiliklarini bartaraf etib, ekspertiza xulosasini qayta taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddatni ko‘rsatgan holda) rad etish to‘g‘risidagi qarorning va ekspertiza xulosasining ikki asl nusxasini ekspert tashkilotining vakiliga tilxat asosida topshiradi yoki ekspert tashkiloti manziliga pochta orqali yuboradi.

3. Bir ish kuni mobaynida.


Ekspert tashkiloti

Ekspertiza xulosasini rad etish sabablarini hisobga olgan holda ko‘rib chiqadi va qaror qabul qilish uchun maxsus vakolatli organga qayta taqdim etadi.

Ekspertiza xulosasini qabul qilish rad etilganligi to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan muddatda.



Ekspertiza xulosasini maxsus vakolatli organga qayta topshirishda, kuzatuv xatida ekspertiza xulosasini rad etish to‘g‘risidagi qarorning sanasi va raqami ko‘rsatiladi.

|

7 bosqich

Ekspert tashkiloti

Maxsus vakolatli organ tomonidan ekspertiza xulosasi bo‘yicha qabul qilingan qaror hamda ekspertiza xulosasining bitta asl nusxasini buyurtmachiga taqdim etadi.

Shartnoma shartlari bajarilgan taqdirda, uch ish kuni mobaynida.

____________________________ rahbariga

/ekspert tashkiloti nomi/

Atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energi�sidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza o‘tkazish uchun / atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza xulosasi dublikatini olish uchun

BUYuRTMANOMA

____________________________________________________________________________

/buyurtmachining nomi/

atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza o‘tkazishni / atom energiyasidan foydalanish obyektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza xulosasi dublikatini berishingizni / so‘raydi

____________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________

/ekspertiza obyektining nomi/

Ilova qilinadigan hujjatlar:

1.___________________________________________________________________________
2.___________________________________________________________________________3.___________________________________________________________________________

_______________________________

_______________________

/mas’ul rahbarning lavozimi/

/F.I.O./

____________________________________________________________________________

/ekspert tashkiloti nomi/

20___y. “___” _____ da buyurtmanoma va unga ilova qilingan hujjatlar qabul qilinganligini tasdiqlaydi.

____________________________________

_____________

_____________________

/oluvchining F.I.O., lavozimi, imzosi/


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi