Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.09.2025 01.06.2020 yildagi 345-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.09.2025
Hujjat 12.03.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogolsiz ichimliklarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-sentabrdagi 553-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, alkogolsiz ichimliklarning xavfsizligiga qoʻyiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Alkogolsiz ichimliklarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament (keyingi oʻrinlarda — Texnik reglament) va uni joriy etish sxemasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik reglament rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn sakkiz oy oʻtgach amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq texnik reglamentlar amalga kiritilishi munosabati bilan ularda koʻrsatilgan mahsulotlar va xizmatlarni standartlashtirish boʻyicha ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar majburiylik xususiyatini yoʻqotishi va belgilangan tartibda qoʻllanilishida ixtiyoriylik kasb etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzstandart” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab, Texnik reglament amalga kiritilgunga qadar alkogolsiz ichimliklarni standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni qoʻllashda ularning majburiylik xususiyatini bekor qilish va ixtiyoriyligini taʼminlash yuzasidan belgilangan tartibda chora-tadbirlar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, “Oʻzstandart” agentligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda Texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida aholi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlarining keng xabardor qilinishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyevga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
345-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-iyundagi 345-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogolsiz ichimliklarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Maqsadi va qoʻllash doirasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Alkogolsiz ichimliklarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament (keyingi oʻrinlarda — Texnik reglament) aholi hayoti va salomatligini, atrof-muhitni, yuridik va jismoniy shaxslarning, davlatning mol-mulkini himoya qilish maqsadida alkogolsiz ichimliklarning xavfsizligiga boʻlgan talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Texnik reglamentga 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha keltirilgan alkogolsiz ichimliklar Texnik reglamentni tartibga solish obyektlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Texnik reglament Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan va (yoki) muomalada boʻlgan quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogolsiz ichimliklarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xom ashyo va tarkibiy qismlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogolsiz mahsulotlarni ishlab chiqarish (tayyorlash), saqlash, tashish, sotish va utilizatsiya qilish jarayonlariga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Texnik reglament:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar ozuqasi uchun moʻljallanmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarilishi moʻljallanmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Alkogolsiz ichimliklarga sut va mevalar va (yoki) sabzavotlardan olingan sharbat mahsulotlari kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Atamalar va taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Texnik reglamentni qoʻllash maqsadlari uchun quyidagi atamalar va taʼriflardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarning ifloslanishi — mahsulotga narsa, boʻlak, modda va organizmlarning tushishi natijasida u inson uchun xavfli holatga aylanadigan va Texnik reglament talablariga javob bermaydigan holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
identifikatsiya — aniq bir mahsulotning namunaga va (yoki) uning taʼrifiga muvofiqligini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot tayyorlovchi — mahsulotni tayyorlash bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muomala — alkogolsiz mahsulotlarni xarid qilish (shu jumladan, import qilish), yetkazib berish (shu jumladan, eksport qilish), tashish, saqlash, sotish, utilizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotning taʼrifi — milliy, xalqaro, tashkilot standartlari, texnologik va boshqa tegishli hujjatlar bilan belgilangan mahsulotni tavsiflovchi belgilar, parametrlar, koʻrsatkichlar va talablar toʻplami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchi — alkogolsiz mahsulotni sotuvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish binosi — bevosita mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan bino;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino, asbob va anjomlarga sanitariya ishlovi berish — oziq-ovqat mahsulotlari (xom ashyo)ning ifloslanish manbasiga aylanib qolmasligi uchun bino, asbob va anjomlar yuzasini yuvish yoki boshqacha tarzda ishlov berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogolsiz mahsulotlarni saqlash muddati — hujjatlarda koʻrsatilgan saqlash sharoitlariga rioya qilishda normativ va/yoki texnik hujjatlarda belgilangan xususiyatlarni alkogolsiz mahsulot oʻzida saqlovchi vaqt davri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogolsiz mahsulotning yaroqlilik muddati — alkogolsiz mahsulotlarni saqlash, tashish, sotish paytida xavfsizlik meʼyorlari va qoidalari talablariga rioya qilgan holda foydalanishga yaroqli boʻlgan va muddati oʻtgandan soʻng inson hayoti va salomatligi uchun xavfli boʻlishi mumkin boʻlgan vaqt davri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogolsiz ichimliklarni utilizatsiya qilish — sanitariya meʼyorlari va qoidalari, texnik reglamentlar talablariga javob bermaydigan alkogolsiz ichimliklardan alkogolsiz ichimliklar moʻljallangan va ulardan odatda foydalaniladigan maqsadlardan farqli maqsadlarda foydalanish, yoxud sanitariya meʼyorlari va qoidalari, texnik reglamentlar talablariga javob bermaydigan alkogolsiz ichimliklarni ulardan har qanday maqsadlarda foydalanish va qoʻllash uchun yaroqsiz, shuningdek, ularning odamga, hayvonlarga va atrof-muhitga nomaqbul taʼsirini istisno etuvchi holatga keltirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar — Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati.
(6-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Texnik tartibga solish obektlarini identifikatsiya qilish qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Alkogolsiz ichimliklarni identifikatsiya qilish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot toʻgʻrisidagi ishonchli maʼlumotlarni hisobga olib, mahsulotning asoslangan tanlovi boʻyicha isteʼmolchilar huquqlarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarni nohalol tayyorlovchi (sotuvchi)lardan himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotning, jumladan, uning nomining Texnik reglament talablariga muvofiqligini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotning ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) tomonidan berilgan maʼlumotga muvofiqligini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorning barcha ishtirokchilari manfaatlari muhofazasini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Texnik reglamentda qoʻllanilishiga nisbatan alkogolsiz ichimliklarning texnik tartibga solish obyektlariga tegishliligini belgilash uchun identifikatsiya qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqaradigan tayyorlovchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotning muvofiqligini baholash va tasdiqlash maqsadida — sertifikatlashtirish organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotning Texnik reglament talablariga muvofiqligini tekshirish maqsadida — davlat nazorat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mahsulotni tashqi koʻrinishi, tamgʻasi, ilova qilinadigan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarga asosan identifikatsiya qilish imkoniyati mavjud boʻlmasa, texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan fizik-kimyoviy koʻrsatkichlarni aniqlash yoʻli bilan identifikatsiya qilishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ishlab chiqarish obyektidagi identifikatsiya qilinmagan alkogolsiz ichimliklar (eksport uchun ishlab chiqarilgan alkogolsiz mahsulotlar bundan mustasno) utilizatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Alkogolsiz ichimliklarni muomalaga kiritish koidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Alkogolsiz ichimliklarni Oʻzbekiston Respublikasi ichki bozoriga muomalaga chiqarish muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlganda amalga oshiriladi. Muvofiqlikni baholash (tasdiqlash) jarayonlaridan oʻtgan va Texnik reglament talablariga javob beradigan alkogolsiz ichimliklar muvofiqlik milliy belgisi bilan tamgʻalanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Alkogolsiz ichimliklar xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Alkogolsiz ichimliklar xavfsizligiga qoʻyiladigan umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Alkogolsiz mahsulotlar xavfsizligi Texnik reglamentda belgilangan talablarga rioya qilish yoʻli bilan hamda texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Alkogolsiz ichimliklar Texnik reglamentga 2-ilovada belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo, ingrediyentlar, oziq-ovqat qoʻshimchalari, texnologik vositalar texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oziq-ovqat qoʻshimchalari, texnologik yordamchi vositalar, ularning miqdoriy normalarining qoʻllanilishi hamda ularning xavfsizlik koʻrsatkichlari Texnik reglament talablariga zid boʻlmagan oziq-ovqat qoʻshimchalari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarishda ishlatiladigan suv Texnik reglament va texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob berishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Alkogolsiz mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish, sotish jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Alkogolsiz mahsulotlarni tayyorlovchi Texnik reglament talablarining bajarilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Alkogolsiz mahsulotlarni ishlab chiqarish, tayyorlovchi tomonidan belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan texnologik hujjatlarga (texnologik reglamentlar, qoidalar, texnologik yoʻriqnomalar) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Alkogolsiz mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan ishlab chiqarish binosi (sex, ombor, boʻlim va boshqa binolar) va texnologik uskunalar xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor alkogolsiz ichimliklarning ifloslanishini istisno etadigan holda saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ishlab chiqarish binolari, inshootlar va ularning joylashuvi, kanalizatsiya, yoritish, ventilyatsiya, isitish tizimi xavfsizligi talablari, shuningdek, maishiy binolar, chiqindilarni toʻplash va yoʻq qilish jarayonlari Oʻzbektiston Respublikasining tegishli soha uchun belgilangan qonun hujjatlari talablariga javob berishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlarning ifloslanishini oldini olish maqsadida alkogolsiz mahsulotlarni ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan tartib va shartlarga rioya qilgan holda amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Atrof-muhit va ishlab chiqarish binolariga qoʻyiladigan talablar vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan ekologik meʼyorlarga muvofiq boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mahsulotlarni tashish mazkur maqsadlar uchun yaroqli transport vositalarida amalga oshiriladi. Mahsulot tayyorlovchi tomonidan ushbu mahsulotni tashish uchun belgilangan shartlarga muvofiq, mahsulotning xavfsizligi va saqlanishini taʼminlagan holda yuk joʻnatuvchi tomonidan tashish shartlari belgilanadi. Transport vositalari va/yoki konteynerlarning yuk boʻlinmalari mahsulotning ifloslanishiga olib kelsa bunday hollarda undan boshqa yuklarni tashishda foydalanish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Transport vositalari va/yoki konteynerlardan bir vaqtning oʻzida boshqa oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa yuklarni tashishda foydalanilganda, mahsulotlar ifloslanishi ehtimolining oldini olish maqsadida ular bir-biridan izolyatsiya qilinishini taʼminlash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Suyuq, qadoqlanmagan alkogolsiz mahsulotlarni tashish faqat suyuq oziq-ovqat mahsulotlarini tashish uchun moʻljallangan plombalangan idishlarda amalga oshirilishi kerak. Bunday sisternalar faqat suyuq oziq-ovqat mahsulotlarini tashish uchun moʻljallanganini koʻrsatadigan oʻchmaydigan tamgʻaga ega boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Transport vositalari va konteynerlarning yuk boʻlinmalari konstruksiyasi alkogolsiz mahsulotlarni ifloslanishdan, hayvonlar, jumladan, kemiruvchi va hasharotlarning kirishidan himoya qilinishi, oziq-ovqat mahsulotlarini tashishning belgilangan shartlariga rioya qilinishi monitoringi olib borilishi (konteynerlar bundan mustasno) imkoniyatini hamda sanitariya jihatdan tozalash va/yoki dezinfeksiya qilinishini taʼminlash kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Oziq-ovqat mahsulotlarini tashish uchun moʻljallangan transport vositalari va konteynerlarning yuk boʻlinmalari yuviladigan va zaharsiz materialdan tayyorlanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Alkogolsiz mahsulotlarni tashish uchun transport vositalari va konteynerlaning yuk boʻlinmalari mahsulotlarning ifloslanish manbai boʻlmasligi uchun muntazam ravishda sanitariya jihatdan tozalanishi, davriylik bilan dezinfeksiya, deratizatsiya va dezinseksiya qilinishi kerak. Tozalash, dezinfeksiya, deratizatsiya va dezinseksiya qilinishi davri davomiyligi oziq-ovqat mahsulotlarini tashish sohasidagi xoʻjalik faoliyati ishtirokchilari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Alkogolsiz mahsulotlarning xavfsizligi va Texnik reglament talablariga muvofiqligini taʼminlash uchun ularni sotishni amalga oshiruvchi tashkilotlar ularni qabul qilish va saqlash shartlarini taʼminlashlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Yaroqlilik muddati oʻtgan alkogolsiz mahsulotlarni sotishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Muomaladagi alkogolsiz mahsulotlarga ularning xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Alkogolsiz ichimliklardan utilizatsiya qilish jarayoniga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Texnik reglament talablariga muvofiq kelmaydigan alkogolsiz ichimliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ortga qaytariladi yoki vakolatli organlarning qaroriga asosan utilizatsiya qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Alkogolsiz mahsulotlarni qaytarish yoki utilizatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingunga qadar mahsulot miqdori koʻrsatilgan holda va Texnik reglament talablariga muvofiq alohida saqlanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Alkogolsiz ichimliklarni utilizatsiya qilish uning mulkdori yoki uning mulkdori shartnoma boʻyicha ushbu vazifani bajarishni topshirgan tashkilot tomonidan, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat nazorat organlari, soliq organlari va jamoatchilik vakillaridan tarkib topgan komissiya ishtirokida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Alkogolsiz ichimliklarni utilizatsiya qilish usullari va shartlari uning egasi tomonidan tegishli davlat nazorat organlari bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Isteʼmol uchun yaroqsiz alkogolsiz ichimliklar yoʻq qilishdan oldin yoki yoʻq qilish jarayonida zararsizlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Alkogolsiz ichimliklarning egasi davlat nazorati organlariga uning xaqiqatda utilizatsiya qilinganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Alkogolsiz ichimliklarni qadoqlash va tamgʻalashga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Alkogolsiz ichimliklarni qadoqlash va tamgʻalashga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Alkogolsiz ichimliklar qadoqning butunligi yoki qadoqni berkitgan moslamaning sezilmas tarzda buzilishi ehtimolini istisno qiladigan tarzda qadoqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Alkogolsiz ichimliklarga tegib turadigan qadoqlarni tayyorlash uchun foydalaniladigan materiallar tegishliligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan Oziq-ovqat mahsulotlariga tegib turadigan qadoqlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament talablariga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Alkogolsiz ichimliklarni tamgʻalash Texnik reglament talablariga muvofiq boʻlishi va mahsulot haqida ishonchli maʼlumotlarni oʻzida aks ettirishi hamda tegishliligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-iyuldagi 490-son qarori bilan tasdiqlangan Oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalash yuzasidan uning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament talablariga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Alkogolsiz ichimliklarni tamgʻalash Texnik reglamentga 1-ilovada koʻrsatib oʻtilgan mahsulot nomlarini oʻz ichiga olishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Alkogolsiz ichimliklarning tamgʻasida mahsulotning tasdiqlovchi isbot boʻlmagan, inson organizmiga har qanday funksional taʼsirni aks ettiruvchi maʼlumotlarni joylashtirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Shakar qoʻshib ishlab chiqarilgan alkogolsiz ichimliklarning energetik qiymati original ichimliklar bilan solishtirganda 30 foizga past boʻlgan taqdirda, mahsulot yorligʻida “Pasaytirilgan energetik qiymati bilan” yozuvi boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Alkogolsiz ichimliklarning tamgʻasida uning energetik qiymati 100 millilitrga (kcal/100 cm3 (kJ)) nisbatan kilokaloriyada ifodalangan tarzda koʻrsatilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Alkogolsiz ichimlikning isteʼmol qadogʻida qoʻshimcha tarzda ushbu mahsulotga tegishli maʼlumot tariqasidagi yozuvlar joylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Tarkibida taʼm beruvchi — shakarli spirtlar mavjud boʻlgan alkogolsiz ichimliklar tamgʻasi, bevosita oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibi koʻrsatilgandan keyin “Taʼm beruvchi (taʼm beruvchilar) mavjud. Haddan tashqari koʻp miqdorda isteʼmol qilish holsizlikka olib kelishi mumkin” degan yozuv qoʻshilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Agar alkogolsiz ichimlik tarkibida aspartam mavjud boʻlsa, isteʼmol qadoqogʻida “Tarkibida fenilalanin manbai mavjud” degan yozuv joylashtirilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro tashkilotlar tomonidan tan olingan tasdiqlovchi sertifikatlar (sinov bayonnomalari) mavjud boʻlmagan taqdirda alkogolsiz mahsulotlar tamgʻasida sifat menejmenti tizimining qoʻshimcha xususiyatlari toʻgʻrisida mahsulot standartlari — “Bio”, “Eko”, “Konservantlarsiz”, “GMOlarsiz”, “Ekologik toza mahsulot”, “Halol” (“Halal”), “Organik” (“Organic”) belgilarini qoʻyish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Isteʼmolchilarni chalgʻitishga olib keladigan ishonchsiz maʼlumotlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida mahsulotning tarkibi, xususiyatlari, ozuqaviy qiymati, kelib chiqishi, ishlab chiqarish va foydalanish usuli, shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita alkogolsiz mahsulotlarning sifati va xavfsizligini tavsiflovchi boshqa maʼlumotlar davlat tilida taqdim etilishi hamda toʻliq va ishonchli boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Maʼlumotni isteʼmol qadogʻiga tamgʻalash vositalari mahsulotni saqlash, tashish va sotish paytida maʼlumotlarning mustahkamligini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Alkogolsiz ichimliklarning namunalarini tanlash va sinovlarni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Sinov usullari, shu jumladan alkogolsiz ichimliklarning Texnik reglamentga muvofiqligini baholash uchun zarur boʻlgan namunalarni tanlash usullari texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Alkogolsiz ichimliklarni Texnik reglament talablariga muvofiqligi boʻyicha sinovdan oʻtkazish texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan usullarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Alkogolsiz ichimliklarni baholash (tasdiqlash) shakllari va qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Alkogolsiz ichimliklarning Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash alkogolsiz ichimliklarni majburiy sertifikatlash shaklida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Ariza beruvchi alkogolsiz ichimliklarning Texnik reglamentda belgilangan talablarga muvofiqligini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Ariza beruvchi alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarish jarayonida Texnik reglament va unga tatbiq qilinadigan texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlar talablariga muvofiq barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Texnik reglamentga rioya qilinmaganligi uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Texnik reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Davlat nazoratini amalga oshirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan taʼminlanadi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Oʻtish davri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Texnik reglament kuchga kirgandan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi va alkogolsiz mahsulotlarning xavfsizligi talablarini belgilovchi normativ hujjatlar Texnik reglament bilan muvofiqlashtirilgunga qadar Texnik reglamentga zid boʻlmagan qismlari boʻyicha qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Texnik reglament kuchga kirgunga qadar alkogolsiz ichimliklarga nisbatan ularning muvofiqligini baholashda Oʻzbekiston Respublikasining Milliy sertifikatlashtirish tizimida belgilangan qoidalar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Alkogolsiz ichimliklar uchun Texnik reglament kuchga kirgunga qadar olingan sanitariya-epidemiologiya xulosalari va muvofiqlik sertifikatlari ushbu hujjatlarda belgilangan muddat mobaynida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogolsiz ichimliklarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfsizlik talablari belgilanadigan alkogolsiz ichimliklar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Nomi

Taʼrifi

1.

Alkogolsiz mahsulot

Suv bilan aralashtirish orqali tayyorlanadigan (siroplar, konsentratlar, quruq aralashmalar) alkogolsiz ichimliklar va oziq-ovqat yarim tayyor mahsulotlar.

2.

Alkogolsiz ichimliklarning konsentratlari

Tayyor alkogolsiz ishlab chiqarish mahsulotlarining asosiy komponentlarini toʻlaligicha yoki bir nechta komponentlaridan olinadigan yarim tayyor mahsulotlarni oʻz ichiga oluvchi tayyor alkogolsiz ishlab chiqarish mahsulotlari; konsentratlar keyinchalik tarkibida toʻyingan yoki toʻyinmagan uglerod dioksidi boʻlgan suv (isteʼmol, mineral, tabiiy-oshxona), yetishmaydigan komponentlar bilan aralashtirish uchun qoʻllaniladigan bir yoki bir necha qismlardan iborat boʻlishi mumkin.

3.

Vino va vinomateriallarga asoslangan ichimliklar va kokteyllar

Turli xil vino va vinomateriallari aralashmasi yordamida ishlab chiqarilgan, tarkibida spirt miqdori 1,2 foizdan koʻp boʻlmagan alkogolsiz ichimliklar.

4.

Alkogolsiz ichimliklar

Ichimlik holidagi (tarkibida ichimlik suvi, mineral va tabiiy-oshxona suvi, meva, sabzavot, don yoki boshqa oʻsimlik xom ashyosi (ekstraktlar, infuziyalar), vino va vinomateriallar, konsentratlar, sut mahsulotlari, shakar yoki uning oʻrnini bosuvchi moddalar, taʼm va hid beruvchi qoʻshimchalar, boshqa oziq-ovqat qoʻshimchalari va tarkibiy qismlari, oziq-ovqat boʻyoqlaridan foydalanib tayyorlangan, issiq yoki sovuq holda quyiladigan) toʻyingan yoki toʻyinmagan uglerod dioksidli tayyor alkogolsiz ishlab chiqarish mahsulotlari.

5.

Tiniq boʻlmagan ichimliklar

Ichimlikka xira koʻrinish beradigan tabiiy va (yoki) sintetik kelib chiqishga ega oziq-ovqat moddalari yordamida tayyorlangan alkogolsiz ichimliklar.

6.

Kukunsimon ichimliklar

Qayta tiklash yoʻli bilan alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish uchun moʻljallangan kukun, granulalar yoki tabletka shaklidagi “alkogolsiz ichimliklar” hisoblanadigan turli xil xom ashyolarning aralashmasi.

7.

Meva va/yoki sabzavot sharbatli ichimliklar

Tarkibiga 4 foizdan kam boʻlmagan meva va/yoki sabzavot sharbati qoʻshilgan alkogolsiz ichimliklar.

8.

Oʻsimlik xom ashyoli ichimliklar

Tarkibi ekstraktlar, infuziyalar, dekoatsiyalar, konsentratlar va oʻsimlik, meva, shu jumladan shirin-xushboʻy xom ashyolardan iborat alkogolsiz ichimliklar.

9.

Don xom ashyoli ichimliklar

Don xom ashyosi va uning mahsulotlarini hid-taʼm beruvchi oziq-ovqat qoʻshimchalari, boʻyoqlar va boshqa komponentlar yordamida qayta ishlash asosida ishlab chiqarilgan alkogolsiz ichimliklar.

10.

Xushboʻylashtirgichli ichimliklar

Tabiiy va (yoki) tabiiy bilan bir xil va (yoki) sunʼiy xid beruvchi moddalar yoki ularning aralashmasi (essensiya, efir moylari, emulsiyalar va boshqalar) yordamida ishlab chiqarilgan, tarkibida sharbat boʻlmagan alkogolsiz ichimliklar.

11.

Achitilgan ichimliklarva kvaslar

Tarkibida etil spirtining hajmi 1,2 foizdan oshmaydigan spirt achitqisi yoki spirt va don ekstraktlarining tugallanmagan sut kislotali achitqisi hamda sabzavot, meva, rezavor ekstraktlar va oʻsimliklarning tabiiy shakarli boshqa xom ashyolari va mahsulotlari bilan hid va taʼm beruvchi qoʻshimchalarni qoʻshib yoki qoʻshmasdan ishlov berilgan alkogolsiz ichimliklar.

12.

Maxsus tayyorlangan ichimliklar

Tarkibida ingrediyentlar (jismoniy qiymatga ega, sogʻlik uchun xavfsiz, aniq fizik-kimyoviy xususiyatlarga ega), mavjud xususiyatlari aniqlangan va fan tomonidan oʻrganilgan alkogolsiz ichimliklar; maxsus tayyorlangan ichimliklar tetiklashtiruvchi, sport, diabetik, parhezbop va isteʼmolchilarning muayyan toifasi uchun moʻljallangan boʻlishi mumkin.

13.

Energetik ichimliklar

Tarkibida 150 mg/l dan ortiq kofein va (yoki) inson organizmiga tetiklashtiruvchi taʼsir koʻrsatish uchun yetarli miqdorda boshqa tarkibiy qismlar mavjud ichimliklar.

14.

Gazlangan ichimliklar

Ichimlik idishini ochganda bosimning tushishi hisobiga ichimlikdan qisman pufak shaklida ajralib chiqadigan, tarkibida umumiy massaning 0,2 foizidan kam boʻlmagan miqdorda erigan uglerod dioksidi mavjud alkogolsiz ichimliklar.

15.

Gazlanmagan ichimliklar

Tarkibida umumiy massaning 0,2 foizidan kam miqdorda erigan uglerod dioksidi mavjud alkogolsiz ichimliklar.

16.

Kiritmali ichimliklar

Tarkibida oʻsimliklarning turli tarkibiy qismlari — urugʻ, et (quyqa), pulpa mavjud boʻlgan alkogolsiz ichimliklar.

17.

Funksional ichimliklar

Tarkibida turli oziq-ovqat qoʻshimchalari va taʼm beruvchi moddalar qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan, bir yoki bir qancha funksional oziq-ovqat ingrediyentlar miqdori mavjud, muntazam isteʼmol qilishda, yetarlicha inson organizmining jismoniy funksiyasini ijobiy natija bilan taʼminlash uchun xizmat qiladigan, asosi suvdan iborat suyuq funksional oziq-ovqat mahsuloti.

18.

Tetiklashtiruvchi ichimliklar

Tarkibida inson organizmiga tetiklashtiruvchi taʼsir koʻrsatadigan individual kimyoviy moddalar qoʻshilgan ichimliklar. Tetiklashtiruvchi komponentlarga kofein, glikozidlar, taurin, eleuterozidlar, sxizandrin, glyukuronolakton kiradi.

19.

Alkogolsiz ichimliklar tayyorlash uchun quruq aralashma (keyingi oʻrinlarda quruq aralashma deb ataladi)

Maʼlum bir nisbatda ichimlik yoki tabiiy mineral suv bilan aralashtirish orqali alkogolsiz ichimliklar tayyorlash uchun moʻljallangan quruq oziq-ovqat yarim tayyor mahsuloti.

20.

Sirop

Maʼlum bir nisbatda ichimlik yoki tabiiy mineral suv bilan aralashtirish orqali alkogolsiz ichimliklar tayyorlash uchun moʻljallangan oziq-ovqat yarim tayyor mahsuloti.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogolsiz ichimliklarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogolsiz ichimliklarga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1-jadval

Alkogolsiz ichimliklar tarkibidagi zaharli elementlar va mikotoksinlarning ruxsat etilgan darajasi

Mahsulotlar guruhi

Koʻrsatkichlar

Ruxsat etilgan daraja, mg/kg yoki mg/cm3, dan koʻp emas

Alkogolsiz ichimliklar, jumladan, sharbatli, tetiklashtiruvchi (maxsus tayyorlangan) va sunʼiy-minerallashtirilgan

Zaharli elementlar:

Qoʻrgʻoshin

0,3

Margumush

0,1

Kadmiy

0,03

Simob

0,005

Mikotoksinlar:

Patulin

0,05 — tarkibida olma yoki pomidor yoki oblepixa sharbati boʻlgan alkogolsiz ichimliklar uchun

Kofein

150 — tarkibida kofein boʻlgan ichimliklar uchun
300 — tarkibida kofein boʻlgan maxsus ichimliklar uchun

Xinin

85 — tarkibida xinin boʻlgan ichimliklar uchun

Umumiy minerallar, g/l, koʻp emas

2,0 — sunʼiy minerallashtirilgan ichimliklar uchun

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1a-jadval

Bir dona alkogolsiz tetiklashtiruvchi ichimliklar isteʼmol qadogʻida biologik faol komponentlarining ruxsat etilgan maksimal darajasi

Komponent nomi

Miqdori, mg

Taurin

1200

Glyukuronolakton

750

L-karnitin

900

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

2-jadval

Seziya-137 va Stronsiya-90 radionuklidlarining ruxsat etilgan darajalari

T/r

Oziq-ovqat mahsulotlari guruhi

Seziy-137 solishtirma faolligi,
Bk/kg (l)

Stronsiya-90 solishtirma faolligi,
Bk/kg (l)

1.

Alkogolsiz ichimliklar, jumladan, sharbatli va sunʼiy-minerallashtirilgan ichimliklar

70

100

2.

Pasterizatsiyalanmagan va 30 kundan kamroq muddatga ega boʻlgan konservantlarsiz alkogolsiz ichimliklar

80

70

3.

Alkogolsiz ichimliklar, jumladan, yaroqlilik muddati 30 kun va undan ortiq boʻlgan

80

70

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

3-jadval

Alkogolsiz ichimliklar xavfsizligining mikrobiologik koʻrsatgichlari

Mahsulotlar nomi

Koʻrsatkichlar

Ruxsat etilgan darajasi, mg/kg, koʻp emas

Alkogolsiz ichimliklar, shu jumladan, sharbatli, yaroqlilik muddati 30 kun va undan ortiq boʻlgan:

- shakarda

BGKP* (koliformlar) 100 g da

yoʻl qoʻyilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 100 g da

yoʻl qoʻyilmaydi

Achitqi va mogʻorlar, KOYE**/100 cm3, koʻp emas

15

- tam beruvchilarda

Mezofilli aeroblar miqdori, KOYE/100 cm3, koʻp emas

100

BGKP (koliformlar) 100 g da

yoʻl qoʻyilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 100 g da

yoʻl qoʻyilmaydi

- sharbatli tarkiblar

BGKP (koliformlar) 100 g da

yoʻl qoʻyilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 100 g da

yoʻl qoʻyilmaydi

Achitqi va mogʻorlar, KOYE/40 cm3, koʻp emas

yoʻl qoʻyilmaydi

Alkogolsiz ichimliklar uchun konsentratlar (suyuq, pastasimon), aralashmalar (kukunsimon, tabletkali, granulali va shunga oʻxshash)

KMAFAnM***, KOYE/cm3, (g), koʻp emas (tarkibida bikarbonat natriya boʻlgan konsentratlardan tashqari)

5x104

BGKP (koliformlar) 1,0 g da

yoʻl qoʻyilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da

yoʻl qoʻyilmaydi

Achitqi va mogʻorlar, KOYE/10 cm3, koʻp emas

yoʻl qoʻyilmaydi

Pasterizatsiya qilinmagan siroplar

BGKP (koliformlar) 1,0 g da

yoʻl qoʻyilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da

yoʻl qoʻyilmaydi

Achitqi va mogʻorlar, KOYE/10 cm3, koʻp emas

50

Issiq pasterizatsiyalangan siroplar

BGKP (koliformlar) 1,0 g da

yoʻl qoʻyilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da

yoʻl qoʻyilmaydi

Achitqi va mogʻorlar, KOYE/40 cm3, koʻp emas

yoʻl qoʻyilmaydi

Tozalanmagan kvaslar:

- keglarda

BGKP (koliformlar) 3,0 g da

yoʻl qoʻyilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da

yoʻl qoʻyilmaydi

- quyiladigan

BGKP (koliformlar) 1,0 g da

yoʻl qoʻyilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da

yoʻl qoʻyilmaydi

Pasterizatsiya qilinmagan tozalangan kvaslar:

- polimer shishalarda (PETF)

BGKP (koliformlar) 10,0 g da

yoʻl qoʻyilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da

yoʻl qoʻyilmaydi

- keglarda

BGKP (koliformlar) 3,0 g da

yoʻl qoʻyilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da

yoʻl qoʻyilmaydi

- quyiladigan

BGKP (koliformlar) 1,0 g da

yoʻl qoʻyilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da

yoʻl qoʻyilmaydi

Pasterizatsiya qilingan tozalangan kvaslar

KMAFAnM, KOYE/cm3, koʻp emas

10

BGKP (koliformlar) 10,0 g da

yoʻl qoʻyilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da

yoʻl qoʻyilmaydi

Achitqi va mogʻorlar, KOYE/ g, cm3, koʻp emas

100

Qaynoq alkogolsiz ichimliklar tayyorlash uchun quruq oʻsimlik xom ashyosi

KMAFAnM, KOYE/cm3, koʻp emas

5x105

BGKP (koliformlar) 1,0 g da

yoʻl qoʻyilmaydi

Patogenlar, jumladan, salmonellar 25 g da

yoʻl qoʻyilmaydi

Achitqi va mogʻorlar, KOYE/ g, koʻp emas

100

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* BGKP — ichak tayoqchalari bakteriyalari guruhi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** KOYE — koloniya hosil qiluvchi bakteriyalar soni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** KMAFAnM — mezofil aerob va fakultativ-anaerob mikroorganizmlar soni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

4-jadval

Parazitologik koʻrsatkichlar

Mahsulotlar guruhi

Koʻrsatkichlar

Ruxsat etilgan daraja, mg/kg, koʻp emas

Alkogolsiz ichimliklar, suyuq konsentratlar, siroplar, kvaslar

Gelmint tuxumlari, oddiy patogen ichak kistalari

yoʻl qoʻyilmaydi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-iyundagi 345-son qaroriga

2-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogolsiz ichimliklar xavfsizligi boʻyicha umumiy texnik reglamentni joriy qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

I bosqich

“Oʻzstandart” agentligi,
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

Sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalariga Alkogolsiz ichimliklarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni (keyingi oʻrinlarda — Texnik reglament) yetkazish.

Uch kun
muddatda

II bosqich

“Oʻzstandart” agentligi,
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

1. Alkogolsiz ichimliklarni standartlashtirish boʻyicha mavjud normativ hujjatlar roʻyxatini tuzish va xatlovdan oʻtkazish.

2. Alkogolsiz ichimliklarni standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni qoʻllashda majburiylikni bekor qilish va ixtiyoriylikni taʼminlash toʻgʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qilish.

Bir oy
muddatda

Oʻn kun
muddatda

III bosqich

“Oʻzstandart” agentligi

Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash uchun sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish koʻlamini kengaytirish choralarini koʻrish.

Olti oy
muddatda

IV bosqich

“Oʻzstandart” agentligi,
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

Texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida aholini, davlat organlarini, tadbirkorlik subyektlarini keng xabardor qilishni taʼminlash.

Jadvalga muvofiq

V bosqich

Sanitariya-epidemiologiya xizmati hududiy organi

1. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan sanitariya-epidemiologik xulosani olish uchun ariza va unga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim qilish.

2. Sinovdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda mahsulot namunalarini olish.

3. Laboratoriya sinovlari natijasi ijobiy boʻlganda ariza beruvchiga sanitariya-epidemiologik xulosani berish.

Belgilangan tartibda
(ariza olingan kundan boshlab
14 kundan kechiktirmay)

VI bosqich

Akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari

Muvofiqlik sertifikatini berish yoki qonun hujjatlarining aniq normalari koʻrsatilgan holda muvofiqlik sertifikatini berish rad etilganligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilish.

Uch ish kuni mobaynida

VII bosqich

“Oʻzstandart” agentligi,
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini taʼminlash.

Belgilangan tartibda

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 766-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son)
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2020-y., 09/20/345/0707-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son; 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 02.11.2022-y., 09/22/631/0982-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)