1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.02.00 Monopoliya faoliyati. Raqobatli siyosat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasidagi davlat xizmatlarini koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining “2019-yilda agentliklar, qoʻmitalar, markazlar, davlat inspeksiyalari va davlat boshqaruvi boshqa organlarining faoliyati samaradorligini va maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlari toʻgʻrisida” 2019-yil 4-apreldagi 278-son qaroriga muvofiq hamda tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasidagi davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlarga oldindan rozilik berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga doir bitimlarga oldindan rozilik berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentlarga muvofiq koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy va yuridik shaxslar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXPda elektron davlat xizmatlarini joriy qilish boʻyicha texnik hujjatni oʻn kun muddatda belgilangan tartibda ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga kiritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlari koʻrsatishda ishtirok etuvchi tuzilmalarning YIDXPga ulanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentlarni amalda qoʻllashning samaradorligi va natijadorligi darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv seminarlari tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda YIDXPda ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan ularning faoliyati boʻyicha, jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlari talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolarni qoʻllasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi rahbarlari ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi N.Sh. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 28-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
338-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 338-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlarga oldindan rozilik berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Reglament xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlarni tuzishga oldindan rozilik berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investor — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) oʻz nomidan va oʻz hisobidan oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs, shuningdek, shaxslar guruhi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyekt — ustav fondi (ustav kapitali) aksiyalarga (ulushlarga) boʻlingan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish, olish va sotish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya tashkilotlari — moliya bozorida xizmatlar koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitim — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) boʻyicha oldi-sotdi, ularni meros qilib qoldirish, ustav fondiga kiritish va aksiyalar (ulushlar), garovlar egasining almashuviga olib keladigan boshqa bitimlar va investorga xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning (ulushlarning) tegishli foizlaridan foydalanish va ularni tasarruf etish imkonini beradigan bitimlar, shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondi (ustav kapitali) miqdori koʻpayganda olinadigan aksiyalar (ulushlar) uchun toʻlov sifatida mol-mulkni kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimlar ishtirokchilari — investor hamda investor tomonidan aksiyalar (ulushlar) olinadigan xoʻjalik yurituvchi subyekt.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Reglament:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yoki bir nechta bitimlar natijasida investor tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondi (ustav kapitali) koʻpaytirilgan taqdirda, ustav fondiga (ustav kapitaliga) xoʻjalik yurituvchi subyektning aksiyalari (ulushlari) yoki mol-mulkini olinayotgan aksiyalar (ulushlar) paketi uchun toʻlov hisobidan kiritishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha aksiyalarni chiqarish yoʻli bilan aksiyadorlik jamiyati yoki ulushlar koʻpaytirilgan taqdirda — masʼuliyati cheklangan yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) birlamchi miqdori oʻzgartirilganda — muassis aksiyalari (ulushlari) paketining koʻpayishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektning aksiyalarini (ulushlarini) sovgʻa, qarzni toʻlash tarzida berishga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Reglament:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektni tashkil etishda uning muassislariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan oʻz aksiyalarini olishga doir bitimlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlik jamiyati oʻz ustav fondining (ustav kapitalining) miqdorini saqlab qolgan taqdirda, boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga oʻzgartirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) ishonchli boshqaruvga berilganda, shuningdek, aksiyalar (ulushlar) keyinchalik qayta sotish maqsadida investitsiya vositachilari tomonidan olinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq olishga doir bitimlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarini (ulushlarini) davlat xususiylashtirish dasturlari doirasida olishga doir bitimlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) jismoniy shaxs tomonidan olishga doir bitimlarga, agar soʻrovnoma bilan murojaat etilgan paytda bunday jismoniy shaxs biror-bir xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning (ulushlarning) ellik foizidan ortigʻini tasarruf etmagan boʻlsa, tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlarni tuzish jarayonida raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi vakolatli organning oldindan roziligini olish yoʻli bilan nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi hollarda shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyekt ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlarga vakolatli organning oldindan roziligini olish zarur boʻladi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday shaxs yoki shaxslar guruhi koʻrsatilgan aksiyalarning (ulushlarning) ellik foizidan ortigʻini tasarruf etish huquqini olsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni sotishdan olingan jami tushum bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ortiq boʻlsa yoxud bitim ishtirokchilaridan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) investor tomonidan olish boʻyicha bitimni tuzishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma quyidagilar tomonidan koʻrib chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning barcha hududlarida yoki bir nechta hududida oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar xoʻjalik yurituvchi subyekt va investor yoki shaxslar guruhi hisoblanadigan investorlar respublikaning turli hududlarida joylashgan boʻlsa — ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) xorijiy investorlar tomonidan olishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishda, bitimda ishtirok etayotgan shaxslardan birining jami aktiv balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni sotishdan olingan sof tushumi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ming baravari miqdoridan ortiq boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) respublikaning tegishli hududida oʻz faoliyatini amalga oshiradigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishda, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy boshqarmalari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qimmatli qogʻozlar savdolarining tashkilotchilari qimmatli qogʻozlar savdolarini tashkil etish qoidalariga koʻra, investorni ushbu Reglamentda nazarda tutilgan xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi aksiyalarni olish tartibiga rioya qilishning zarurligi toʻgʻrisida xabardor qilishi shart, qimmatli qogʻozlar mulkdori yoki qimmatli qogʻozlar savdolarini tashkil etish qoidalarida belgilangan tartibda qimmatli qogʻozlarga mulkiy huquq egalari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi investor tomonidan mazkur Reglamentda nazarda tutilgan miqdorda aksiyalarni olish tartibini nazorat qilish maqsadida har yili 15-martdan kechikmay, monopoliyaga qarshi organga aksiyadorlik jamiyatining ustav fondidagi aksiyalarning ellik va undan ortiq foiziga ega boʻlgan shaxslar roʻyxatini elektron shaklda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda — Davlat xizmatlari markazi) va vakolatli organ oʻrtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq Xoʻjalik yurituvchi subyektlar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga oldindan rozilik olish sxemasi boʻyicha koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Shaxslar guruhi deb eʼtirof etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yagona (umumiy) iqtisodiy manfaatga ega boʻlgan hamda “Raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasida nazarda tutilgan shartlarga javob beradigan shaxslar yigʻindisi shaxslar guruhi deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tovarlar (ishlar, xizmatlar) muayyan bozorida xoʻjalik yurituvchi subyekt va investor shaxslar guruhining jami ulushi ularning individual ulushlari, shuningdek, aksiyalari (ulushlari) yoki mulkiy huquqlariga investor yoki xoʻjalik yurituvchi subyekt egalik qiladigan boshqa yuridik shaxslarning ulushlari yigʻindisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vakolatli organ yuridik va jismoniy shaxslarni shaxslar guruhi deb eʼtirof etish uchun zarur boʻlgan quyidagi axborotlarni tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan soʻrab olishga haqlidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlarning taʼsis shartnomalari yoki ustavlarida xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) hammuassislarning ulushlari toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlarning, shuningdek, ularning muassislarining xoʻjalik yurituvchi subyekt taʼsis hujjatlarida ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlari toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorning, shuningdek, uning muassislarining boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) aksiyalar yoki ulushlarga egalik qilish qismiga doir investitsiyaviy faoliyati toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning va (yoki) investorning xizmatlar koʻrsatishga doir asosiy faoliyat turlari hamda ularning muayyan tovar (ishlar, xizmatlar) bozoridagi ulushlari toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda sanab oʻtilgan maʼlumotlar investor tomonidan taqdim etiladi. Agar investorda ushbu axborotlar mavjud boʻlmasa, vakolatli organ tomonidan ular bunday axborotga bevosita ega boʻlgan boshqa shaxslardan soʻrab olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Aksiyalarni (ulushlarni) olishda davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Investor aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlarga oldindan rozilik olish yuzasidan davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan foydalanish uchun elektron tarzda roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi investor nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, investor mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investor soʻrovnoma toʻldirgan kundan oldingi ikki yil mobaynida yoxud agar faoliyat ikki yildan kamroq muddatni tashkil etsa, faoliyat amalga oshirilgan muddat mobaynida olib borgan faoliyat turlari, ishlab chiqargan va realizatsiya qilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlarining nomlari hamda hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtgan ikki kalendar yilga doir moliyaviy (1 va 2-shakl) va statistika hisoboti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxslar guruhining tarkibi toʻgʻrisidagi, bu shaxslarning ushbu guruhga kirish asoslari koʻrsatilgan maʼlumotlarni va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha koʻrib chiqilayotgan bitimlarga taalluqli boshqa axborotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovnomani koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investordan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investor ushbu bandda koʻrsatilgan biror-bir maʼlumotlarni taqdim etish imkoniyati boʻlmaganda, uning sabablarini koʻrsatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xorijiy investor obyektiv sabablarga koʻra moliyaviy hisobotni taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlmasa, ushbu hujjat mavjud boʻlmagan taqdirda ham ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulashlarni) olish boʻyicha istalgan bitimni tuzishga oldindan rozilik olishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot tarkibida tijorat sirining mavjudligi uni vakolatli organga taqdim qilishni rad etish uchun asos boʻlmaydi, bunda xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlar ishtirokchilari vakolatli organga axborot taqdim etishda, tijorat siridan iborat boʻlgan maʼlumotlarning mufassal roʻyxatini koʻrsatishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng investor maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani oʻz ERI bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Shaxs va shaxslar guruhi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlarga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani koʻrib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlarga oldindan rozilik olish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlarga oldindan rozilik olish uchun yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobraqamiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Investor aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlarga oldindan rozilik olish yuzasidan davlat xizmatlaridan foydalanganda, ularni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investor oldindan rozilik olish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Investor yoki uning ishonchli vakili oʻzi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab bir soat ichida uni vakolatli organga yuboradi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ushbu Reglamentning 12-bandida koʻrsatilgan axborot yoki hujjatlarsiz va ularning taqdim etishning imkoniyati boʻlmaganligini izohlovchi sabablar koʻrsatilmagan holda vakolatli organga berilgan soʻrovnoma koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi. Bunday hollarda vakolatli organ soʻrovnomani koʻrib chiqmasdan uch kun mobaynida Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki murojaatchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlarni tuzishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma vakolatli organ rahbarining buyrugʻi bilan tashkil etiladigan maxsus komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha tuziladigan bitimning raqobatni cheklashga taʼsir koʻrsatish holatlarini oʻrganish maqsadida vakolatli organ koʻrib chiqilayotgan bitimga bevosita taalluqli boʻlgan qoʻshimcha axborotni tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan soʻrab olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Soʻrovnomada va unga ilova qilingan hujjatlarda (axborotlarda) kiritilgan holatlar oʻzgargan taqdirda, bitim qatnashchilari bu haqda vakolatli organni ular qaror qabul qilgungacha yozma shaklda xabardor qiladi. Bunday hollarda vakolatli organ oʻzgarishlar toʻgʻrisida axborot olgan kun soʻrovnoma olingan kun hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organga soʻrovnomaga ilova qilingan hujjatlardagi holat oʻzgarganligi haqida axborot taqdim etmaslik, raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Vakolatli organ, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatlarni sodir etishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi murojaatning qanoatlantirilishi tovar yoki moliya bozorida tegishli xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqishda ularda bayon etilgan axborotning ishonchsizligi aniqlansa, investorga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishiga oldindan rozilik berishni rad etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlarga oldindan rozilik olish yuzasidan davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha maxsus komissiya hujjatlarning toʻliq paketi ilova qilingan soʻrovnoma olingan vaqtdan boshlab oʻn kalendar kundan kechikmay, xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlarni tuzishga oldindan rozilik berish yoxud uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda qaror QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan holda rasmiylashtiradi va uni tegishli davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki murojaatchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur boʻlganda, vakolatli organda bitim raqobatni, shu jumladan tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni paydo qilish yoxud kuchaytirish vositasida cheklashga olib kelishiga yoki olib kelishi mumkinligiga asoslar paydo boʻlgan taqdirda, soʻrovnomani koʻrib chiqish muddati koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu toʻgʻrisida davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki investorga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Davlat xizmatlari markazi aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlarga oldindan rozilik berish yoxud uni rad etish toʻgʻrisidagi qaror kelib tushganidan soʻng bir soat mobaynida uni investorning elektron manziliga yuboradi va bu haqda investorni axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Investorning soʻroviga asosan davlat xizmatlari markazi oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qarorni qogʻoz shaklida unga oʻz muhrini qoʻygan holda berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlar ularga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil mobaynida tuzilishi kerak. Bitimlar koʻrsatib oʻtilgan muddatda tuzilmagan taqdirda, qaror oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Vakolatli organ tomonidan investorning soʻrovnomasini koʻrib chiqish muddati mobaynida aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlarga oldindan rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinmagan taqdirda, ushbu Reglamentning 23-bandi ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan muddat oʻtgach, investor bu toʻgʻrisida vakolatli organni yozma shaklda xabardor qilgan holda, xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimni tuzish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ushbu Reglamentning 26-bandida nazarda tutilgan holatda, vakolatli organ investor yoki uning ishonchli shaxsining yozma shakldagi xabari olingandan keyin besh ish kuni mobaynida xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimni tuzish yuzasidan investorga rozilik berish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi shart. Vakolatli organning qarori olingungacha, ularning qabul qilingan va investor yoki uning ishonchli shaxsi tomonidan vakolatli organga yuborilgan yozma shakldagi xabarining sanasi koʻrsatilgan holda taqdim etilgan hujjatlar roʻyxati xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarini (ulushlarini) olish boʻyicha bitimni tuzishga oldindan rozilik olingani toʻgʻrisidagi qarorga tenglashtiriladi va ushbu bitimni tuzish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Zarurat boʻlganda, maxsus komissiya majlisiga xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga oldindan rozilik olish uchun vakolatli organga murojaat qilgan shaxslar (ishonchnoma boʻyicha ularning vakillari), moliya tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha vakolatli davlat organlari vakillari, shuningdek, ushbu bitimni amalga oshirishdan manfaatdor boʻlgan shaxslar taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Vakolatli organ xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlarni tuzishga oldindan rozilik berishga va ularni raqobatni taʼminlashga yoʻnaltirilgan talablarning belgilangan muddatlarda bajarilishiga bogʻliq qilib qoʻyishga haqlidir. Bunda mazkur talablar, shuningdek, ularni bajarish muddatlari ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlarni tuzishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi vakolatli organning qarorida mavjud boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlarni tuzish tegishli investorning tovar yoki moliya bozoridagi ustunlik mavqeyining paydo boʻlishiga yoki kuchayishiga va/yoki raqobatni cheklashga olib kelishi mumkin boʻlsa, ushbu bitimni tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik va/yoki jismoniy shaxslar, vakolatli organning talabiga koʻra, raqobatning zarur shartlarini tiklash boʻyicha choralar koʻrishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Vakolatli organ tovar yoki moliya bozorida hatto xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavkei yuzaga kelishi yoki kuchayishi va (yoki) raqobatning cheklanishi mumkin boʻlgan taqdirda ham, agar xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlar tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar xatti-harakatlari (bitimlari) isteʼmolchilarga sezilarli darajada naf keltirishini isbotlab bersa, xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitim tuzish uchun oldindan rozilik berish haqidagi soʻrovnomani qanoatlantirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Investor xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) mazkur Reglamentning 5-bandi uchinchi xatboshida nazarda tutilgan miqdorda olish uchun bir tomonlama bitimlarni (meros, huquqiy vorislik) tuzishda meros boʻyicha huquqqa ega boʻlgan kundan boshlab, bu toʻgʻrisida oʻn besh kalendar kun mobaynida vakolatli organga bildirishnoma yuborishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bildirishnomada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi va mulk qilib olingan aksiyalar (ulushlar) miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning aksiyalariga (ulushlariga) egalik qilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ ushbu Reglamentda nazarda tutilgan qoʻshimcha axborotni soʻrab olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Xoʻjalik yurituvchi subyektning aksiyalarini (ulushlarini) olish tartibini buzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Vakolatli organning oldindan roziligisiz xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) investor tomonidan olish holati aniqlangan taqdirda, investorga nisbatan raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishi boʻyicha belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishi haqidagi ish vakolatli organning Maxsus komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investorning moliya tashkiloti aksiyalarini olish tartibi buzilganligi haqidagi masala Maxsus komissiya tomonidan koʻrib chiqilayotganda, moliya tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha vakolatli davlat organlarining tegishli mutaxassislari ekspertlar sifatida jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya ishni mazmunan koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki mavqeyini tiklash va raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishlarini toʻxtatish muddati koʻrsatilgan holda, aksiyalarga (ulushlarga) ega boʻlishni rad etish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalarga (ulushlarga) egalik qilishga rozilik berish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Maxsus komissiya qabul qilingan qarordan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) vakolatli organning oldindan roziligini olmasdan olganligi uchun investorga qonun hujjatlariga muvofiq jarima soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda maxsus komissiyaning qarori asosida investorga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrsatma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Vakolatli organning qoʻzgʻatilgan ishni koʻrish natijalari boʻyicha qabul qilgan qarori investorga, moliya tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha tegishli vakolatli davlat organlariga, shuningdek, qimmatli qogʻozlar boʻyicha bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarga qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechikmay yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Maxsus komissiya qarori asosida berilgan koʻrsatma unda belgilangan muddatda bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatmalar investor tomonidan belgilangan muddatida bajarilmagan taqdirda, vakolatli organ uning oldindan berilgan roziligisiz, ustun mavqening paydo boʻlishiga yoki kuchayishiga yoxud raqobatni cheklashga olib keladigan bitimni haqiqiy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Investor vakolatli organning qaroridan (koʻrsatmasidan) norozi boʻlgan taqdirda, qarorni toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga yoxud qarorni (koʻrsatmani) bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ariza bilan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Maxsus komissiyaning xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek, oldindan rozilik olmasdan koʻrsatib oʻtilgan harakatlarni sodir etganlik uchun qoʻzgʻatilgan ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilingan qarori vakolatli organ tomonidan veb-saytda joylashtirilishi va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Vakolatli organ davlat xizmatlari markazi bilan birgalikda har yili kamida bir marotaba xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish tartibi buzilgan bitimlar yuzasidan xatlov oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Davlat xizmatlari markazi va vakolatli organ z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Murojaatchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlarga oldindan rozilik berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga oldindan rozilik olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) 50 foizidan ortigʻini tasarruf etishda, bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushum bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ortiq boʻlsa yoxud bitim ishtirokchilaridan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻlsa ushbu reglamentning 12-bandiga muvofiq zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlaydi va Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
2. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun belgilangan yigʻimlarni toʻlaydi.
1. Xohishiga koʻra
2. Murojaat qilganda
2-bosqich
Davlat xizmatlari markazi, YIDXP
Soʻrovnomani vakolatli organga yuboradi.
1. 1 soat mobaynida
2. Avtomatik tarzda
3-bosqich
Vakolatli organ (Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari)
1. Rozilik olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni roʻyxat boʻyicha qabul qiladi.
2. Maxsus komissiya tomonidan soʻrovnoma koʻrib chiqiladi va oldindan rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
1. Hujjatlar qabul qilingan kunda
2. 10 kun mobaynida
4-bosqich
Vakolatli organ (Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari)
Oldindan rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish toʻgʻrisida qaror Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib m�rojaat etganda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboriladi.
1 kun mobaynida
5-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
1. Qaror kelib tushganidan soʻng uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va bu haqida ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
2. Ariza beruvchi kelib murojaat qilgan taqdirda qarorni elektron yoki qogʻoz koʻrinishida beradi.
1. 1 soat mobaynida
2. Ariza beruvchining soʻroviga koʻra
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlarga oldindan rozilik berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
________________ (sanasi)
________________
(raqam)
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlarga oldindan rozilik berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SOʻROVNOMA
I. (jis.) Investor — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. F.I.O.:
2. Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami, berilgan sanasi va joyi, hujjatni bergan organ):
3. STIR:
4. Manzili:
5. Telefon raqami:
6. Elektron pochta manzili:
7. Soʻrovnoma toʻldiruvchi jismoniy shaxs boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) qatnashishi toʻgʻrisida maʼlumot:
T/r
Xoʻjalik yurituvchi subyekt nomi
STIR raqami
Faoliyat turi
Ulush miqdori foizda %
1.
2.
3.
II. (yur.) Investor — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Toʻliq nomi:
2. Tashkiliy-huquqiy shakli:
3. STIR:
4. Yuridik manzili:
5. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi va joyi:
6. Soʻrovnoma toʻldirgan vaqtdagi muassislari (katnashchilari) tarkibi va ularning jamiyat ustav fondidagi ulushlari miqdori:
T/r
Muassislar tarkibi
Ulushlar
Nominal qiymatda
Foizda %
1.
2.
3.
7. Investor — yuridik shaxs boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) qatnashishi toʻgʻrisida maʼlumot:
T/r
Xoʻjalik yurituvchi subyekt nomi
STIR raqami
Faoliyat turi
Ulush miqdori foizda %
1.
2.
3.
8. Telefon raqami:
9. Elektron pochta manzili:
III. (yur.) Xoʻjalik yurituvchi subyekt — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Toʻliq nomi:
2. Tashkiliy-huquqiy shakli:
3. STIR:
4. Yuridik manzili:
5. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi va joyi:
6. Ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) investor tomonidan olinadigan aksiyalar (ulushlar) miqdori:
7. Soʻrovnoma toʻldirgan vaqtdagi muassislari (qatnashchilari) tarkibi va ularning ustav fondidagi ulushlari miqdori:
T/r
Muassislar tarkibi
Ulushlar
Nominal qiymatda
Foizda %
1.
2.
3.
8. Ustav fondiga investor tomonidan kiritiladigan mol-mulkning qiymati
9. Xoʻjalik yurituvchi subyektning — boshqa jamiyatlarning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) qatnashishi toʻgʻrisida maʼlumot:
T/r
Xoʻjalik yurituvchi subyekt nomi
STIR raqami
Faoliyat turi
Ulush miqdori foizda %
1.
2.
3.
10. Telefon raqami:
11. Elektron pochta manzili:
IV. Ilova qilinadigan hujjatlar:
1. Soʻrovnoma toʻldiruvchi soʻrovnoma toʻldirgan kundan oldingi ikki yil mobaynida yoxud agar faoliyat ikki yildan kamroq muddatni tashkil etsa, faoliyat amalga oshirilgan muddat mobaynida olib borgan faoliyat turlari, ishlab chiqargan va realizatsiya qilgan tovar turlarining nomlari hamda ularning hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni:
2. Oldingi ikki kalendar yilga doir moliya (1 va 2-shakl) va statistika hisoboti:
3. Shaxslar guruhining tarkibi toʻgʻrisidagi, bu shaxslarning ushbu guruhga kirishning asoslari koʻrsatilgan maʼlumotlar:
4. Arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 338-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga doir bitimlarga oldindan rozilik berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. U mumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Reglament xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqish va oldindan rozilik olish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatchi — yuridik shaxs yoki qoʻshib yuborish va qoʻshib olishda ishtirok etayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlardan birining vakolatli vakili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyekt — tovarlarni ishlab chiqarish, sotib olish va sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vakolatli organ xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish boʻyicha bitimga oldindan rozilik beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tegishli bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni sotishdan olingan jami tushumi bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ortiq boʻlsa yoxud ulardan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻlsa, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish boʻyicha bitimlar uchun vakolatli organning oldindan roziligini olish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Reglamentning talablari xoʻjalik yurituvchi subyektlarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra qoʻshib yuborilishi va qoʻshib olinishi hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish quyidagi tarzda boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitta tovar yoki moliya bozorida faoliyatni amalga oshiruvchi ikki yoki bir nechta raqobatlashuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni gorizontal qoʻshib yuborish, qoʻshib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olishdagi har bir ishtirokchi uchun ishlab chiqarishning (ishlarni, xizmatlarni bajarishning) turli bosqichlarida zarur boʻlgan tovarlarni ishlab chiqaradigan va sotadigan, oʻzaro raqobatlashmaydigan ikki yoki bir nechta xoʻjalik yurituvchi subyektlarni vertikal qoʻshib yuborish, qoʻshib olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻrtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga oldindan rozilik olish ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Murojaatchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga doir bitimlarni tuzishga oldindan rozilik olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga (keyingi oʻrinlarda — Davlat xizmatlari markazi) oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi murojaatchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, murojaatchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar va maʼlumotlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovnoma yoʻllash sanasidan oldingi ikki yil mobaynida yoxud agar ushbu muddat ikki yildan kam vaqtni tashkil qilsa, faoliyatni amalga oshirish muddati mobaynida har bir qatnashchi tomonidan amalga oshirilgan faoliyati turlari, ishlab chiqarilgan va sotilgan tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) nomlari, hajmlari, amalga oshirilgan (oshiriladigan) harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtgan ikki kalendar yilga doir moliyaviy (1 va 2-shakl) va statistika hisoboti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovnomani koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnomani toʻldirish qoʻshib yuborish va qoʻshib olishda qatnashuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlardan biri tomonidan yoki tegishli vakolatlar berilgan boshqa ishonchli shaxs (keyingi oʻrinlarda vakolatli vakil deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli vakil ushbu bandda koʻrsatilgan hujjatlar bilan birga vakolatli organga oʻzining vakolatini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot tarkibida tijorat sirining mavjudligi uni vakolatli organga taqdim qilishni rad etish uchun asos boʻlolmaydi, bunda xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish boʻyicha bitimlarning qatnashchilari vakolatli organga axborot taqdim etishda tijorat siridan iborat boʻlgan maʼlumotlarning mufassal roʻyxatini koʻrsatishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Soʻrovnoma toʻldirilganidan soʻng, murojaatchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, anketani oʻz ERI bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish boʻyicha bitimlarga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani koʻrib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish boʻyicha bitimlarga oldindan rozilik olish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish boʻyicha bitimlarga oldindan rozilik olish uchun yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Murojaatchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish boʻyicha bitimlarga oldindan rozilik olish yuzasidan davlat xizmatlaridan foydalanganda, ularni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish boʻyicha bitimlarga oldindan rozilik olish yuzasidan davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Murojaatchi oʻzi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab bir soat ichida uni vakolatli organga yuboradi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar qatnashchilar yoki harakatni amalga oshiruvchi qatnashchilardan biri oʻz faoliyatini respublikaning ikki va undan koʻp hududlarida amalga oshiradigan holatlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimda ishtirok etayotgan shaxslardan birining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni sotishdan olingan jami tushumi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ming baravari miqdoridan ortiq boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻz faoliyatini respublikaning tegishli hududi doirasida amalga oshiradigan holatlarda — Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy organlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu Reglamentning 8-bandida koʻrsatilgan axborot yoki hujjatlarsiz va ularning taqdim etishning imkoniyati boʻlmaganligini izohlovchi sabablar koʻrsatilmagan holda, vakolatli organga berilgan soʻrovnoma koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi. Bunday hollarda vakolatli organ soʻrovnomani koʻrib chiqmasdan uch kun mobaynida Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki murojaatchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma vakolatli organ rahbarining buyrugʻi bilan tuziladigan maxsus komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish boʻyicha tuziladigan bitimning raqobatni cheklashga taʼsir koʻrsatish holatlarni oʻrganish maqsadida vakolatli organ koʻrib chiqilayotgan bitimga bevosita taalluqli qoʻshimcha axborotni tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan soʻrab olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat boʻlganda, maxsus komissiya majlisiga xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga va qoʻshib olishga rozilik olish uchun murojaat qilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning vakillari yoki ularning vakolatli vakillari ishonchnoma boʻyicha taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Soʻrovnomada va unga ilova qilingan hujjatlarda (axborotlarda) keltirilgan holatlar oʻzgargan taqdirda, bitim qatnashchilari bu hakda vakolatli organni ular qaror qabul qilgungacha yozma shaklda xabardor qiladilar. Bunday hollarda vakolatli organ oʻzgarishlar toʻgʻrisida axborot olgan kun soʻrovnoma olingan kun hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organga soʻrovnomaga ilova qilingan hujjatlardagi holatlar oʻzgarganligi haqida axborot taqdim etmaslik, raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha maxsus komissiya hujjatlarning toʻliq paketi ilova qilingan soʻrovnoma olingan vaqtdan boshlab oʻn kalendar kundan kechikmay, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish boʻyicha bitimlarni tuzishga oldindan rozilik berish yoxud uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda qaror QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan holda rasmiylashtiradi va uni tegishli davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki murojaatchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur boʻlganda, vakolatli organda bitim raqobatni, shu jumladan tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni paydo qilish yoxud kuchaytirish vositasida cheklashga olib kelishiga yoki olib kelishi mumkinligiga asoslar paydo boʻlgan taqdirda, soʻrovnomani koʻrib chiqish muddati koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu toʻgʻrisida davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki investorga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Davlat xizmatlari markazi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish boʻyicha bitimlarga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qaror kelib tushganidan soʻng bir soat mobaynida uni murojaatchining elektron manziliga yuboradi va bu hakda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Murojaatchining soʻroviga asosan Davlat xizmatlari markazi oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qarorni qogʻoz shaklda unga oʻz muhrini qoʻygan holda berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga oldindan rozilik berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, komissiya qarorida rad etishning asoslangan sababi koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga oldindan rozilik berishni rad etish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatlarni sodir etishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi murojaatning qanoatlantirilishi tovar yoki moliya bozorida tegishli xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshib yuborish va qoʻshib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning toʻliq hajmda taqdim etilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektining ruxsat berish talablari va shartlariga muvofiq emasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish boʻyicha bitimlarga oldindan rozilik olish yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish boʻyicha bitimlarga oldindan rozilik berishni ushbu Reglamentning 21-bandining toʻrtinchi, beshinchi, oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar boʻyicha rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma tadbirkorlik subyektiga yozma shaklda, rad etish sabablarini, qonunchilikning aniq normalarini hamda tadbirkorlik subyekti koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda yuboriladi. Tadbirkorlik subyekti rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etishga va takroran koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishga haqli boʻlgan muddat ruxsat berish tusidagi hujjatni berishning rad etilganligi toʻgʻrisida yozma shakldagi xabarnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tadbirkorlik subyekti tomonidan ushbu Reglamentning 21-bandi beshinchi-oltinchi xatboshilarda nazarda tutilgan, ruxsat berish tusidagi hujjatni berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, ruxsat berish tusidagi hujjatni berish yoki uni berishni rad etish vakolatli organ tomonidan, rad etish sabablarini bartaraf etganlik toʻgʻrisida tadbirkorlik subyektining murojaati hamda rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi. Tadbirkorlik subyektining murojaati takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish ushbu harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil mobaynida amalga oshirilishi kerak. Agar harakat koʻrsatilgan muddatda sodir etilmasa vakolatli organning qarori oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorning amal qilish muddati oʻtgandan keyin xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish uchun vakolatli organga ushbu Reglamentning 8-bandiga muvofiq hujjatlar taqdim etiladi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Vakolatli organ xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga oldindan rozilik berishga hamda uni raqobatni taʼminlashga yoʻnaltirilgan talablarni bajarishga bogʻliq etib qoʻyishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu harakatlarning sodir etilishi tovar yoki moliya bozorida tegishli xoʻjalik yurituvchi subyektning ustun mavqeyi paydo boʻlishiga yoki kuchayishiga, shuningdek, raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan taqdirda, qoʻshib yuborish va qoʻshib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar vakolatli organ talabiga koʻra raqobatning zarur sharoitlarini tiklash choralarini koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda koʻrsatib oʻtilgan talablar, shuningdek ularni bajarish muddatlari vakolatli organning xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qarorida koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Vakolatli organ tovar yoki moliya bozorida hatto xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik shaxsning ustun mavqeyi vujudga kelishi yoki kuchayishi va raqobatning cheklanishi, nojoʻya oqibatlar yuz berishi mumkin boʻlgan taqdirda ham, agar xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik shaxslar oʻz xatti-harakatlari isteʼmolchilarga sezilarli darajada naf keltirishini isbotlab bersa, harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Moliya tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha vakolatli davlat organlari moliya tashkilotlari tomonidan qoʻshib yuborish va qoʻshib olish boʻyicha harakatlarni sodir etish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishda monopoliyaga qarshi organning koʻrsatib oʻtilgan harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qarorini hisobga oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish yoki qoʻshib olish tartibini buzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Vakolatli organning oldindan roziligini olmasdan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish holatlari aniqlangan taqdirda, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish ishtirokchilari boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi haqida ish qoʻzgʻatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi haqidagi ish vakolatli organning maxsus komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya ishni mazmunan koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning dastlabki holatini tiklash toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlashmani (xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish natijasida tashkil etilgan yuridik shaxsni) saqlab qolish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Maxsus komissiya qabul qilingan qarordan qatʼi nazar, vakolatli organning oldindan roziligini olmasdan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning qoʻshib yuborilganligi, qoʻshib olinganligi uchun ushbu harakatlarni sodir etish haqida qaror qabul qilgan barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarni maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida qonun hujjatlariga muvofiq qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Vakolatli organning qoʻzgʻatilgan ishni koʻrish natijalari boʻyicha qabul qilgan qarori xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, shuningdek, manfaatdor tomonlarga qaror qabul qilingan kundan soʻng besh kalendar kundan kechikmay yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda maxsus komissiya qarori asosida xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrsatma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Vakolatli organning qarori asosida berilgan koʻrsatma unda belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashmaning (xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish natijasida tashkil etilgan yuridik shaxsning) ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib keladigan vakolatli organning oldindan roziligisiz sodir etilgan harakatlar vakolatli organning daʼvosiga koʻra sud tomonidan haqiqiy emas deb hisoblanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar vakolatli organning qaroridan (koʻrsatmasidan) norozi boʻlgan taqdirda, qarorni butunlay yoki qisman haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida sudga yoxud qarorni (koʻrsatmani) bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisida ariza bilan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Maxsus komissiyaning xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek, oldindan rozilik olmasdan koʻrsatib oʻtilgan harakatlarni sodir etganlik uchun qoʻzgʻatilgan ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilingan qarori vakolatli organ tomonidan saytda joylashtirilishi va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Vakolatli organ davlat xizmatlari markazi bilan birgalikda har yili kamida bir marotaba oldindan rozilik olish boʻyicha tartiblarni buzgan holda xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish boʻyicha bitimlar yuzasidan xatlov oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Davlat xizmatlari markazi va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan murojaatchi haqidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Murojaatchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga doir bitimlarga oldindan rozilik berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga oldindan rozilik olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga oldindan rozilik olishda tegishli bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushumi bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ortiq boʻlsa yoxud ulardan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻlsa ushbu reglamentning8-bandiga muvofiq zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlaydi va Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
2. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun belgilangan yigʻimlarni toʻlaydi.
1. Xohishiga koʻra
2. Murojaat qilganda
2-bosqich
Davlat xizmatlari markazi, YIDXP
Soʻrovnomani vakolatli organga yuboradi.
1. 1 soat mobaynida
2. Avtomatik tarzda
3-bosqich
Vakolatli organ (Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari)
1. Rozilik olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni roʻyxat boʻyicha qabul qiladi.
2. Maxsus komissiya tomonidan soʻrovnoma koʻrib chiqiladi va oldindan rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
3. Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali qabul qilingan oldindan rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish toʻgʻrisida qaror haqida xabar beradi.
1. Hujjatlar qabul qilingan kunda
2. 10 kun mobaynida
3. 1 kun mobaynida
4-bosqich
Vakolatli organ (Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari)
Oldindan rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish toʻgʻrisida qaror Davlat xizmatlari markaziga (kelib murojaat etganda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboriladi.
1 kun mobaynida
5-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
1. Qaror kelib tushganidan soʻng uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va bu haqida ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
2. Ariza beruvchi kelib murojaat qilgan taqdirda qarorni elektron yoki qogʻoz shaklida beradi.
1. 1 soat mobaynida
2. Ariza beruvchining soʻroviga koʻra
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga doir bitimlarga oldindan rozilik berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
______________
(sanasi)
______________
(raqam)
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga oldindan rozilik olish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi — Qoʻshib yuborish va qoʻshib olishda ishtirok etayotgan birinchi xoʻjalik yurituvchi subyekt toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Toʻliq nomi:
2. Tashkiliy-huquqiy shakli:
3. STIR:
4. Joylashgan yeri (pochta manzili):
5. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi va joyi:
6. Sodir etish nazarda tutilgan xatti-harakat nomi
7. Telefon raqami:
8. Elektron pochta manzili:
9. Soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdagi muassislari (qatnashchilari) tarkibi va ularning jamiyat ustav fondidagi ulushlari miqdori:
T/r
Muassislar tarkibi
Ulushlar
Nominal qiymatda
Foizda %
1.
2.
10. Qoʻshib olinuvchi yuridik shaxs boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) qatnashishi toʻgʻrisida maʼlumot:
T/r
Xoʻjalik yurituvchi subyekt nomi
STIR raqami
Faoliyat turi
Ulush miqdori foizda %
1.
2.
II. Qoʻshib yuborish va qoʻshib olishda ishtirok etayotgan ikkinchi xoʻjalik yurituvchi subyekt toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Toʻliq nomi:
2. Tashkiliy-huquqiy shakli:
3. STIR:
4. Joylashgan yeri (pochta manzili):
5. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi va joyi:
6. Sodir etish nazarda tutilgan xatti-harakat nomi
7. Telefon raqami:
8. Elektron pochta manzili:
9. Soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdagi muassislari (qatnashchilari) tarkibi va ularning jamiyat ustav fondidagi ulushlari miqdori:
T/r
Muassislar tarkibi
Ulushlar
Nominal qiymatda
Foizda %
1.
2.
10. Qoʻshib olinuvchi yuridik shaxs boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) qatnashishi toʻgʻrisida maʼlumot:
T/r
Xoʻjalik yurituvchi subyekt nomi
STIR raqami
Faoliyat turi
Ulush miqdori foizda %
1.
2.
III. Ilova qilinadigan hujjatlar:
1. Ariza berish sanasidan oldingi ikki yil mobaynida yoxud agar ushbu muddat bir yildan kam vaqtni tashkil qilsa, faoliyatni amalga oshirish muddati mobaynida har bir qatnashchi tomonidan amalga oshirilgan faoliyati turlari, ishlab chiqarilgan va sotilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlarining nomlari hamda ularning hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
2. Amalga oshirilayotgan harakat har bir qatnashchisining oʻtgan ikki kalendar yilga doir moliyaviy (1 va 2-shakl) va statistika hisoboti
3. Arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 338-son qaroriga 3-ILOVA
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 20-avgustdagi 230-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 60-modda) 1-bandi oltinchi xatboshi, shuningdek, qarorga 5-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solish sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2013-yil 27-dekabrdagi 344-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 12-son, 96-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2014-yil 17-iyuldagi 196-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 73-modda) 2-ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 73-modda) ilovaning 45-bandi “b” kichik bandi va 46-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 23-sentabrdagi 274-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 9-son, 84-modda) ilovaning 14-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi 638-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 177-modda) 1-ilovaning 67-bandi “d” kichik bandi va 70-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil oktyabrdagi 810-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 10-son, 229-modda) 1-ilovaning 24 va 25-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son qarori)” 2019-yil avgustdagi 661-son qaroriga ilovaning 29-bandi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son qarori) toʻgʻrisida” 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-son qaroriga ilovaning 40-band “d” kichik bandi va 42-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/338/0700-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son; 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son; 02.05.2024-y., 09/24/256/0320-son)