20.05.2020 yildagi 302-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida” va “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 20-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
302-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 302-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 14-bandga quyidagi mazmundagi toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Import qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining yorliqlarida qayd etilgan mahsulotning yaroqlilik muddatlari Oʻzbekiston Respublikasida amal qiluvchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda qayd etilgan yaroqlilik muddatlaridan farq qilgan taqdirda, akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriya majmualari tomonidan ularning qayd etilgan yaroqlilik muddatiga muvofiqligi va xavfsizlik koʻrsatkichlariga tahlillar oʻtkazilib, ijobiy baholanganidan soʻng respublika hududiga import qilinishiga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar oziq-ovqat mahsulotlari, bolalar oʻyinchoklari, energetik ichimliklar akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalar tomonidan toksikologik tahlillar oʻtkazilib, xavfsizlik koʻrsatkichlari boʻyicha ijobiy baholanganidan soʻng respublika hududiga import qilinishiga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi Oʻzbekiston Respublikasida amal qiluvchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqlik (nomuvofiqlik) toʻgʻrisida berilgan sanitariya-epidemiologik xulosalarning elektron reyestrini yuritadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy veb-sahifasiga joylashtirib boradi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi birinchi — oʻninchi xatboshilar sifatida quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Quyidagilar sanitariya-epidemiologiya xulosasini berishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirib berish vaqtida oziq-ovqat mahsulotining yaroqlilik muddati 60 foizdan kam boʻlganida (ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan umumiy yaroqlilik muddatiga nisbatan foizda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalar tomonidan oʻtkazilgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun tahlil bayonlari boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar bilan zararlanganligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv koʻrsatkichlarning meʼyorlardan yuqoriligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibida genetik modifikatsiyalangan organizmlar (keyingi oʻrinlarda GMO deb ataladi) belgilangan meʼyorlar darajasidan yuqori boʻlganda (amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq tarkibida GMO mavjudligiga tekshiriladigan oziq-ovqat mahsulotlari uchun tatbiq etiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parazitlar yoki ularning tuxumlari aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
laboratoriya sinovlarining salbiy natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitariya-epidemiologiya xulosasini berishni rad etish boʻyicha qaror qabul qilingan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi, uiing hududiy yoki tuman (shahar) markazlari tomonidan uning aniq sabablari va qonun hujjatlarida belgilangan normalarini koʻrsatgan holda ariza beruvchiga yozma shaklda maʼlum qilinadi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagi mazmundagi 161 — 163-bandlar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“161. Oʻtkazilgan laboratoriya tahlillari natijasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan yoki import qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmol qilishga hamda foydalanishga yaroqsiz deb topilgan taqdirda, masʼul sanitariya vrachi tomonidan bir kun muddatda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi. Bunda oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqaruvchi yoki uni olib keluvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, oziq-ovqat mahsulotining qayerdan keltirilganligi, nomi va turi, ogʻirligi, miqdori, toʻplami, ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati, oziq-ovqat mahsulotining qadoq turi, ushbu mahsulotning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga nomuvofiqligi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
162. Tuzilgan dalolatnoma va hujjatlar toʻplami Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi, uning hududiy yoki tuman (shahar) markazi rahbariga taqdim etiladi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi, uning hududiy yoki tuman (shahar) markazi rahbari tomonidan dalolatnoma asosida bir kun muddatda isteʼmolga yaroqsiz deb topilgan oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish, undan foydalanish yoki respublikaga import qilishni taqiqlash toʻgʻrisida qaror imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolga yaroqsiz deb topilgan oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish, undan foydalanish yoki respublikaga import qilishni taqiqlash toʻgʻrisidagi qaror ikki nusxada tayyorlanadi, birinchi nusxasi bir ish kuni ichida arizachiga beriladi, ikkinchi nusxasi — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi, uning hududiy yoki tuman (shahar) markazida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
163. Isteʼmolga yaroqsiz deb topilgan oziq-ovqat mahsuloti turiga qarab, tegishli tashkilotlar bilan kelishgan holda qayta ishlash yoki yoʻq qilish usuli va shartlari belgilanadi. Isteʼmolga yaroqsiz deb topilgan oziq-ovqat mahsulotidan qayta ishlashda foydalanish yoki uni yoʻq qilish usullari va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmol qilishga yoki foydalanishga yaroqsiz deb topilgan taqdirda, yuk egasi oziq-ovqat mahsulotini qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqib ketish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolga yaroqsiz deb topilgan oziq-ovqat mahsuloti qayta ishlashda foydalanish yoki yoʻq qilishga qadar alohida joyda (rezervuarda), hisobda toʻplami, ishlatish (qayta ishlash) yoki yoʻq qilish usullari va shartlari aniq koʻrsatilgan holda saqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolga yoki foydalanish uchun yaroqsiz deb topilgan mahsulotning toʻliq saqlanishi uchun masʼuliyat qonunchilikda belgilangan tartibda uning egasi zimmasiga yuklanadi. Isteʼmolga yaroqsiz deb topilgan mahsulotni qonunchilikda belgilangan tartibda ekspertiza qilish, yoʻq qilish usullari va shartlarini belgilash, qayta ishlash, saqlash, tashish, yoʻq qilish yoki Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqib ketish bilan bogʻliq xarajatlar mahsulotning egasi hisobidan amalga oshiriladi.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2020-y., 09/20/302/0621-son)