11.05.2020 yildagi 278-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.04.2023
 LexUZ sharhi

T/r

Qonun loyihasining ishchi nomi

Qonunni qabul qilish zarurligining asoslanishi va u qabul qilingan taqdirda kutiladigan natijalar

Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha mas’ul ijrochilar

Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati

Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati

Vazirlar Mahkamasi mas’ul tarkibiy bo‘linmasi

1.

“Transport to‘g‘risida”

Qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev huzurida 2020-yil 28-yanvar kuni o‘tkazilgan Transport tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha ustuvor vazifalar to‘g‘risida 6-son yig‘ilish bayonining 4-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida barcha transport turlarini o‘zaro muvozanatlashgan munosabatlarini tartibga solish, transport faoliyatining asosiy prinsiplarini belgilash, yagona transport tizimini shakllantirish, transport sohasida xavfsizlikni ta’minlash nazarda tutiladi.

Transport vazirligi,

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Uzbekistan Airways” AJ, “Uzbekistan Airports” AJ, vazirliklar va idoralar

2020-yil 15-may

2020-yil 1-iyun

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligimasalalari kotibiyati

2.

“Dehkon ho‘jaligi to‘g‘risida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 1-maydagi PQ-4700-son qarorining 3-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlarning yo‘nalishlari va mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, dehqon xo‘jaliklari, shaxsiy tomorqalardan samarali foydalanish, mahsulot yetishtirish hajmini hamda aholi bandligi va daromadini oshirishni ta’minlash nazarda tutiladi.

Adliya vazirligi,

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

2020-yil 1-iyun

2020-yil 1-iyul

Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati

3.

“Shaxsiy tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 1-maydagi PQ-4700-son qarorining 3-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlarning yo‘nalishlari va mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, dehqon xo‘jaliklari, shaxsiy tomorqalardan samarali foydalanish, mahsulot yetishtirish hajmini hamda aholi bandligi va daromadini oshirishni ta’minlash nazarda tutiladi.

Adliya vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allik�i qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

2020-yil 1-iyun

2020-yil 1-iyul

Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati

4.

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 38-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida:

fuqarolar yig‘ini raisini saylash muddatini uzaytirish;

fuqarolar yig‘ini raisi saylovini o‘tkazish jarayonini takomillashtirish va ochiqligini ta’minl�sh;

fuqarolar yig‘ini raisini kun davomida saylash tartibini joriy etish;

fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalarning faoliyatida oshkoralikni kengaytirish;

fuqarolar yig‘ini raisi saylovida ishtirok etadigan fuqarolar vakillarining minimal sonini ko‘paytirish nazarda tutiladi.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Adliya vazirligi, vazirliklar va idoralar

2020-yil 1-iyun

2020-yil 1-iyul

Mahalla, oila va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati

5.

“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”

Qonun loyihasini i�lab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 88-bandida nazarda tutilgan.

Loyihada xalqaro tan olingan iste’molchilar huquqlarining himoyasini kuchaytirishga oid normalarni belgilash ko‘zda tutiladi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi

2020-yil 1-iyun

2020-yil 1-iyul

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati

6.

“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 155-bandida nazarda tutilgan.

Loyihada:

sog‘lomlashtirish orqali iqtisodiy nochor korxonalarni sog‘lomlashtirish tartibotlarining keng qo‘llanilishini rag‘batlantirish;

jismoniy shaxslarning bankrotlik jarayonlarini tartibga soluvchi normalarni joriy etish;

to‘lovga qobiliyatsizlik taomillari qo‘llanilgan korxonalarga nisbatan soliq imtiyozlarini berish tartibini joriy etish nazarda tutiladi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oliy sud, Davlat soliq qo‘mitasi

2020-yil 1-iyul

2020-yil 1-avgust

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati

7.

O‘zbekiston Respublikasining Sog‘liqni saqlash kodeksi

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2019 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturining 7-bandida nazarda tutilgan.

Kodeks loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

Sog‘liqni saqlash sohasida amaldagi qonun normalarini birlashtirish;

sog‘liqni saqlash sohasini aniqlovchi asosiy atamalar;

sog‘liqni saqlash tizimi va tibbiy yordamni tashkil etish;

tibbiy va farmatsevtik faoliyatni belgilash, ko‘rsatiladigan xizmat hajmi va turlarini aniqlash;

sog‘liqni saqlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish, boshqarish va nazorat qilish, shuningdek, idoralararo hamkorlik qilish;

sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish;

sanitariya-epidemiologik nazoratni tashkil qilish;

sog‘liqni saqlash sohasida ta’lim va ilmiy faoliyat normasini belgilash;

sog‘liqni saqlash sohasidagi huquqiy munosabatlarda tomonlarning huquq va majburiyatlari;

tibbiy va farmatsevtik faoliyatning ayrim turlarini huquqiy tartibga solish va boshqalar.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

2020-yil 1-iyul

2020-yil 1-avgust

Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati

8.

“Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-oktabrdagi PQ-4486-son qarori bilan tasdiqlangan Suv resurslarini boshqarish tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 2-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

suv iste’molchilari uyushmalarining huquqiy maqomini mustahkamlash, shuningdek, ularning faoliyatini tubdan rivojlantirish;

suv iste’molchilari uyushmalarining suv resurslarini boshqarish sohasidagi rolini oshirish va vakolatlarini kengaytirish;

suv iste’molchilari uyushmalarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, suv iste’molchilari bilan o‘zaro hamkorlik qilishining samarali mexanizmlarini joriy etish.

Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

2020-yil 1-iyul

2020-yil 1-avgust

Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati

9.

“Xalqlar do‘stligi va umumxalq birdamlik kuni”ni belgilash to‘g‘risida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yilla�da O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 255-bandida nazarda tutilgan.

Loyihada yurtimizda millatlararo totuvlik, do‘stlik va hamjihatlik tuyg‘usini yanada mustahkamlash maqsadida “Xalqlar do‘stligi va umumxalq birdamlik kuni”ni joriy etish nazarda tutiladi.

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Adliya vazirligi

2020-yil 1-iyul

2020-yil 1-avgust

Mahalla, oila va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash,

madaniyat, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati

10.

“Rasmiy statistika to‘g‘risida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 81-bandida nazarda tutilgan.

Loyihada:

rasmiy statistika tushunchasi va uning asosiy prinsiplarini belgilash;

milliy statistika tizimini tashkil etish;

statistika ma’lumotlarini ?shlab chiqish, ulardan foydalanish va e’lon qilish talablarini o‘rnatish;

statistik ma’lumotlarni ishlab chiquvchi vazirliklar va idoralarning vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilash;

rasmiy statistika tizimini muvofiqlashtiruvchi organni belgilash va uning huquqiy maqomini mustahkamlash;

ko‘p yillik va yillik statistika dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibini o‘rnatish;

statistika axborotlarini ishlab chiqish va e’lon qilish ishlarining moliyaviy manbalarini belgilash nazarda tutiladi.

Davlat statistika qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, vazirliklar va idoralar

2020-yil 1-avgust

2020-yil 1-sentabr

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati

11.

“Kichik va o‘rta biznes to‘g‘risida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 83-bandida nazarda tutilgan.

Loyihada:

kichik biznes subyektlari toifasiga oid yangilangan mezonlarni belgilash;

o‘rta biznes subyektlari toifasini joriy etish va tegishli mezonlarni belgilash;

kichik va o‘rta biznes subyektlari huquqlarini va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishga oid mexanizmlarni takomillashtirish;

raqobatbardosh kompaniyalarni yaratish maqsadida kichik va o‘rta biznes subyektlari yiriklashishini rag‘batlantirishga qaratilgan mexanizmlar nazarda tutiladi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Biznes ombudsman, Savdo-sanoat palatasi, Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, vazirlik va idoralar

2020-yil 1-sentabr

2020-yil 1-oktabr

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati

12.

“Savdo to‘g‘risida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 90-bandida nazarda tutilgan.

L�yihada:

ulgurji, chakana, ko‘chma savdo, elektron savdo, yetkazib berish sharti bilan savdo, umumiy ovqatlanish, tarmoqli marketing kabi savdoning turlari va shakllanishining aniq tartibini belgilash hamda savdoning zamonaviy turlarini rivojlantirish;

xaridorgir mahsulotlar turlarini aniqlash, ularga bozor topish, ichki va tashqi bozorlarda sotishda xususiy “treyding” kompaniyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

treyding kompaniyalar, ichki va tashqi savdo faoliyatini tartibga soluvchi qonun loyihalari to‘plamini ishlab chiqish;

komissiya, topshiriq va dilerlik kabi vositachilik shartnomalari asosida savdoni amalga oshirishning mexanizmlarini tartibga solish;

savdoni amalga oshirishda to‘lov shakllarini takomillashtirish;

savdo sohasidagi eskirgan, ortiqcha cheklovlar va to‘siqlarni bartaraf etish;

savdo sohasini rivojlantirish bo‘yicha mas’ul bo‘lgan aniq davlat organini belgilash va sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish nazarda tutiladi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi

2020-yil 1-sentabr

2020-yil 1-oktabr

Makroiq�isodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati

13.

“Biologik xavfsizlik to‘g‘risida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktabrdagi PF-5863-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha mo‘ljallangan atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini 2019 — 2021-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 11-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

davlat organlarining biologik xavfsizlik sohasidagi vakolatlarini belgilash;

biologik xavfsizlikni kuchaytirish;

tabiiy turkumlar va qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan begona turlarni olib kirish va tarqatish ustidan nazorat qilish;

tarkibida jonli modifikatsiyalashtirilgan organizmlar va genetik modifikatsiyalashtirilgan organizmlar bo‘lgan organizmlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, olib kirish, sotish va tarqatish ustidan nazorat qilish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Fanlar akademiyasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston ekologik partiyasi

2020-yil 1-oktabr

2020-yil 1-noyabr

Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati

14.

“Chiqindilar to‘g‘risida” (yangi tahrirda)

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktabrdagi PF-5863-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha mo‘ljallangan atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini 2019 — 2021-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 15-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

chiqindilarni tasniflashning beshta xavflilik sinfi o‘rniga sanoat tarmoqlari va/yoki kimyoviy-fizik xossalari asosida tasniflash tizimini joriy qilish;

imtiyozli kreditlar taqdim etish orqali chiqitsiz va kam chiqitli texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilishni iqtisodiy rag‘batlantirish;

tog‘-kon qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha ishlab chiqarishlarning chiqindilarini qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishni rag‘batlantirish;

sanoat chiqindilarining hosil bo‘lishi va ularni ko‘mish hajmlarini kamaytirish uchun tabiatdan foydalanishdagi iqtisodiy mexanizmlarning rag‘batlantiruvchi rolini takomillashtirish;

sanoat obyektlaridagi xavfli chiqindilarni ekologik jihatdan xavfsiz saqlashni tashkil etishni ta’minlash;

o‘z iste’mol xususiyatlarini yo‘qotgan va tarkibida xavfli moddalar bo‘lgan tovarlarni (simobli termometrlar, batareykalar, simobli lampalar va boshqalar) yig‘ish, foydalanish va/yoki zararsizlantirish tizimini tashkil etish;

tibbiy chiqindilarni yig‘ish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va ko‘mish tizimini tashkil qilish.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, O‘zbekiston ekologik partiyasi

2020-yil 1-oktabr

2020-yil 1-noyabr

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligimasalalari kotibiyati

15.

“Madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 220-bandida nazarda tutilgan.

Loyihada:

“Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlar hamda sohaga oid qonunosti hujjatlarni tanqidiy qayta ko‘rib chiqib, to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi yagona qonun loyihasini ishlab chiqish;

Qurolli mojaro chiqqan hollarda madaniy boyliklarning himoya qilinishi to‘g‘risidagi konvensiya, Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiya, Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya qoidalarini chuqur implementatsiya qilish;

madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish;

madaniy merosni muhofaza qilish sohasidagi amaldagi qonunchilik bazasini mazkur qonunda tizimlashtirish nazarda tutiladi.

Madani�t vazirligi, Fanlar akademiyasi, Adliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiya

2020-yil 1-oktabr

2020-yil 1-noyabr

Mahalla, oila va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati

16.

“Majburiy sug‘urta turlari to‘g‘risida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-son qarori bilan tasdiqlangan 2019-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini jadal rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 2-bandida belgilangan.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

majburiy sug‘urta turlari, ularning umumiy tamoyillari, asosiy tushunchalar, majburiy sug‘urta turlari subyektlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;

majburiy sug‘urta turlarini amalga oshirish shartlari va tartibi;

zararlar (ziyon, shikast)ni kompensatsiya qilishni kafolatlash, shuningdek, majburiy sug‘urta shartnomalarini tuzish ustidan nazorat qilish mexanizmlari;

majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha yagona axborot tizimini shakllantirish va yuritish.

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi, Moliya vazirligi

2020-yil 30-oktabr

2020-yil 30-noyabr

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati

17.

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 120-bandida nazarda tutilgan.

Loyihada “Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida” hamda “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi qonunlarga:

amaldagi qonunlardagi norma va qoidalarning xalqaro talablarga asosan tahlilini o‘tkazishga;

qonunlarga sertifikatlashtirish jarayonlarini takomillashtirish va milliy akkreditatsiya tizimining xalqaro tashkilotlar tomonidan tan olinishining qonuniy asosini yaratishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutiladi.

“O‘zstandart” agentligi, Adliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, vazirliklar va idoralar

2020-yil 1-noyabr

2020-yil 1-dekabr

Sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati

18.

“Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”

(yangi tahrirda)

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 129-bandida nazarda tutilgan.

Loyihada:

oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, realizatsiya qiluvchilar, iste’molchilar va davlat nazorat organlarining huquqlari hamda majburiyatlarini aniq belgilash;

savdo tarmoqlarida nazorat xaridini amalga oshirishning huquqiy mexanizmlarini yaratish;

yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi bo‘yicha ma’muriy javobgarlik choralarini belgilashga oid normalar nazarda tutiladi.

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi, Adliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Bosh prokuratura, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi, “O‘zstandart” agentligi

2020-yil 1-noyabr

2020-yil 1-dekabr

Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati

19.

“Tabiiy monopoliyalar va raqobat to‘g‘risida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Il?, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 149-bandida nazarda tutilgan.

Loyihada:

“Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida” va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunlar normalarini unifikatsiya qilish;

xalqaro tajribani o‘rganish asosida erkin raqobat muhitini olib kirish mumkin bo‘lgan monopoliya sohalariga xususiy sektor uchun yo‘l ochish va raqobat muhitini shakllantirish nazarda tutiladi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi, vazirliklar va idoralar

2020-yil 1-noyabr

2020-yil 1-dekabr

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati

20.

“Davlat qarzi to‘g‘risida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 67-bandida nazarda tutilgan.

Loyihada:

davlat qarzini xalqaro standartlar asosida boshqarish, mazkur jarayonda Parlament rolini oshirish, uni makroiqtisodiy barqarorlik uchun xavfsiz darajada saqlab turish mexanizmlari;

davlat ichki va tashqi qarziga o‘z vaqtida kafolat�i xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash;

davlat qarzini diversifikatsiyalash va unga xizmat ko‘rsatish xarajatlari oshib ketishi xatarlarini pasaytirish;

davlat kafolatini berish mexanizmini takomillashtirish nazarda tutiladi.

Moliya vazirligi, Markaziy bank, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

2020-yil 1-dekabr

2020-yil 30-dekabr

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati

21.

“Ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikas�ni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 195-bandida nazarda tutilgan.

Loyihada:

ijtimoiy sug‘urta tushunchasi, uning turlari va amalga oshirish shartlari;

nogironlik, dafn marosimi, boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha nafaqalar, ish paytida mayib bo‘lganlik uchun tovon puli kabi to‘lovlarni amalga oshirish va ularning miqdorini aniqlash tartibi nazarda tutiladi.

Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, vazirliklar va idoralar

2020-yil 1-dekabr

2020-yil 30-dekabr

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati

22.

“Suv ta’minoti va oqava xizmatlar to‘g‘risida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 206-bandida nazarda tutilgan.

Loyihada:

ichimlik suvi ta’minoti va oqava suv tizimlaridagi munosabatlarni tartibga solish;

iste’molchilarni ichimlik suvi bilan ta’minlash;

oqava suvi xizmatlari bo‘yicha davlat kafolatlarini belgilash nazarda tutiladi.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi

2020-yil 1-dekabr

2020-yil 30-dekabr

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligimasalalari kotibiyati

23.

Uy-joy kodeksi

(yangi tahrirda)

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 211-bandida nazarda tutilgan.

Loyihada:

uy-joy sohasidagi davlat boshqaruvini qayta ko‘rib chiqish;

uy-joy siyosatini tartibga solishning samarali mexanizmlarini joriy etish;

davlat va jamoat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda qurilish, rekonstruksiya qilish va buzish ishlarini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish;

jismoniy va yuridik shaxslarning uy-joydan foydalanishda qonunchilikka va normativ hujjatlarga rioya etishdagi mas’uliyatini oshirish;

uy-joy obyektlarini qurishga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilishni rag‘batlantiruvchi mexanizmlar nazarda tutiladi.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

2020-yil 1-dekabr

2020-yil 30-dekabr

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligimasalalari kotibiyati

24.

“Kinematografiya to‘g‘risida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 229-bandida nazarda tutilgan.

Loyihada:

milliy kinematografiya sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash;

sohani rivojlantirish yo‘nalishlari, bosqichlari va istiqbollarini nazarda tutish;

davlat tomonidan milliy kino mahsulotlari ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash;

Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamg‘armasini moliyalashtirish manbalarini belgilash nazarda tutiladi.

“O‘zbekkino” Milliy agentligi, Madaniyat vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, vazirliklar va idoralar

2020-yil 1-dekabr

2020-yil 30-dekabr

Mahalla, oila va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati

Bosqichlar

Ijrochilar

Tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Vazirliklar
va idoralar

1. Qonun loyihasi bo‘yicha tegishli topshiriqda belgilangan mas’ul tashkilot boshchiligida manfaatdor vazirliklar va idoralarning mutaxassislaridan iborat ishchi guruhni tashkil etish.

2. Ishchi guruh tomonidan qonun loyihasini ishlab chiqishni tashkil etishni muhokama qilish uchun zarur sharoitlar yaratilishi.

Belgilangan muddatlarda


2-bosqich

Ishchi guruh

1. Qonun loyihasini ishlab chiqishni tashkil etish (qonun loyihasi, uning konsepsiyasi, xalqaro tajribani o‘rganish, tegishli tahliliy materiallar tayyorlashni va b.).

2. Qonun loyihasini tegishli topshiriqda belgilangan asosiy ijrochi tashkilotning rahbari huzurida himoyasini amalga oshirish.

3. Qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirish.

4. Zarur hollarda, muhokama qilish natijalari bo‘yicha tushgan takliflar asosida qonun loyihasini qayta ko‘rib chiqish.

Belgilangan muddatlarda


15 kunda


3-bosqich

Asosiy ijrochi tashkilot

1. Qonun loyihasini manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish uchun Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (project.gov.uz) orqali yuborish.

2. Qonun loyihasini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (project.gov.uz) orqali Adliya vazirligiga taqdim etish.

7 kunda


4-bosqich

Adliya vazirligi

1. Qonun loyihasini asosiy ijrochi tashkilot mutaxassisi ishtirokida huquqiy ekspertizadan o‘tkazish.

2. Zarur xollarda qonun loyihasini qayta ko‘rib chiqib, huquqiy ekspertiza natijalari bo‘yicha tegishli xulosa berish.

10 kunda


5-bosqich

Asosiy ijrochi tashkilot

Qonun loyihasi va unga tegishli materiallarni ilova qilgan holda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (project.gov.uz) orqali Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

shu kunning o‘zida


6-bosqich

Vazirlar Mahkamasi tarkibiy bo‘linmasi

1. Qonun loyihasini puxta iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish.

2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari bilan kelishish.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama va himoya qilinishini ta’minlash.

4. Qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish.

1 oyda, agar boshqa�a muddat belgilanmagan bo‘lsa


7-bosqich

Ishchi guruh (Asosiy ijrochi tashkilot, Vazirlar Mahkamasi tarkibiy bo‘linmasi va b.)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatida o‘tkaziladigan muhokamalarda qatnashib, qonun loyihasi himoyasini amalga oshir�sh.

Belgilangan muddatlarda


8-bosqich

Asosiy ijrochi tashkilot

Qonun loyihasi qabul qilinganidan so‘ng uni amalga oshirish Harakatlar rejasi loyihasini tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

3 kunda


9-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

Harakatlar rejasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash.

2 kunda


10-bosqich

Vazirliklar va idoralar

Harakatlar rejasida belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish.

Belgilangan muddatlarda