Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 6-martdagi PQ-4230-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 6-martdagi PQ-4230-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 8-may,
271-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga 3-ilovaga kiritilayotgan qoʻshimcha rus tilidagi matnda berilgan.
2. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari tartibiga quyidagi mazmundagi 91-band qoʻshilsin:
“91. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xorijiy tashuvchilarning davlatlarida boʻlish uchun Oʻzbekiston Respublikasining tashuvchilariga beriladigan muddatlarga mos ravishda Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy tashuvchilarning boʻlish muddatlariga hamda respublika hududida uzoq muddat boʻlish uchun ruxsatnoma faqat asoslangan sabablar mavjudligida taqdim etilishiga nisbatan choralarni koʻrish huquqiga ega”.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son)
5. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 9-sentabrdagi 348-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 9-son, 59-modda) bilan tasdiqlangan Transport-ekspeditorlik korxonalari toʻgʻrisidagi nizom va transport-ekspeditorlik xizmatlari koʻrsatish tartibida:
a) 12-banddagi “sertifikatsiyalash,” soʻzi chiqarib tashlansin;
b) VI-bob oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish toʻgʻrisida” 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 10-modda):
a) 4-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. 1-ilovada nazarda tutilgan xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnomalar berilishini koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligiga yuklansin.
Belgilab qoʻyilsinki, xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnoma tashiladigan yuklarning turi va xususiyatlari hisobga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi va Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining asosli xulosalari olingandan keyin, qatʼiy belgilangan tartibda beriladi”;
b) 5-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilab qoʻyilsinki, qurol-yarogʻ, harbiy texnika va harbiy mol-mulkning, shuningdek, harbiy tarkiblarning tranzitiga ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Transport vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi va Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi (yuk tashiladigan transport turiga qarab), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashining asosli xulosalari olingandan keyin qatʼiy belgilangan tartibda beriladi”;
v) 3-ilovada:
5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi xavfli yuklarning tranzitiga xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha vakolatli organlar hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi (harbiy tarkiblar tranzitidan tashqari), Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (portlovchi moddalarning tranzitida), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlarni, shuningdek harbiy tarkiblarni tranzit tarzida oʻtkazishda xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha vakolatli organlar hisoblanadi.
Havo transportida tranzitni amalga oshirishda “Oʻzaviatsiya” agentligi va Mudofaa vazirligining xulosalarini olish zarur.
Transport vazirligi va Mudofaa vazirligi tranzit yukning xarakteriga koʻra boshqa davlat organlarining xulosalarini talab qilish, shuningdek, tranzit yuk yoki harbiy tarkibga, tashuv shartlariga taalluqli qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim etishni arizachidan soʻrashi mumkin”;
8-bandning birinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Transport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“12. Transport vazirligi xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnoma uchun ariza olinganda yoki Mudofaa vazirligi qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy mol-mulk va harbiy tarkibni tranzit tarzida tashishga ruxsatnoma uchun ariza olinganda zarur hujjatlar olingan kundan boshlab ikki kun mobaynida ularni xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha tegishli vakolatli organlarga belgilangan talablarga muvofiq, tranzitni amalga oshirish mumkinligi toʻgʻrisida asosli xulosalar chiqarish uchun joʻnatadi. Ushbu organlarning asosli xulosalari yetti kun muddatda Transport vazirligi va Mudofaa vazirligiga taqdim etilishi kerak.
Belgilangan talablarga muvofiq, xavfli yuklar tranzitini amalga oshirish mumkinligi toʻgʻrisida vakolatli organlarning asosli xulosalarini olganidan keyin Transport vazirligi oʻsha kunning oʻzida tranzitga ruxsatnoma berish yoxud ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi”;
13-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-bandning oʻn birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Transport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasiga” soʻzlari “Transport vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Transport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini” soʻzlari “Transport vazirligini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
22-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati” soʻzlari “Transport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
28-banddagi “Davavianazorat” inspeksiyasining” soʻzlari “Oʻzaviatsiya” agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
31-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“31. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Oʻztemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi hamda Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi oʻz vakolatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradilar”;
32-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati” soʻzlari “Transport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2021-y., 09/21/125/0195-son)
9. Vazirlar Mahkamasining “Transport sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 21-avgustdagi 360-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 73-modda):
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Belgilansinki:
avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharlararo, xalqaro tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda ularning amal qilishini toʻxtatib qoʻyish, toʻxtatish va bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan qabul qilinadi;
avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda ularning amal qilishini toʻxtatib qoʻyish, toʻxtatish va bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari tomonidan qabul qilinadi”;
b) 9-ilovaning II-boʻlimi 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir talablarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 108-modda):
a) 1-ilovada:
5-banddagi “Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“8. Yoʻnalishli avtobuslar va yoʻnalish taksilari harakati:
a) shahar yoʻnalishlarida — shaharlar hokimliklari yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari tomonidan;
b) shahar atrofi va shaharlararo-viloyatlar ichidagi yoʻnalishlarda — viloyatlar hokimliklari yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar transport boshqarmalari tomonidan;
v) viloyatlararo-shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan tuziladigan jadvallar boʻyicha tashkil etiladi.
9. Yangi yoʻnalishlarni tashkil etish (ochish) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
a) shaharlarda — shaharlar hokimliklari yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari tomonidan yoʻnalish sxemalarini Toshkent shahar IIBB, Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV va viloyatlar IIB yoʻl harakati xavfsizligi hududiy boshqarmalari bilan kelishgan holda;
b) shahar atrofi va viloyatlar ichidagi yoʻnalishlarda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar transport boshqarmalari Toshkent shahri IIBB, Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV va viloyatlar IIB yoʻl harakati xavfsizligi hududiy boshqarmalari bilan birgalikda;
v) viloyatlararo, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi bilan yoʻnalishlar sxemalarini kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan amalga oshiriladi”;
87-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
88-banddagi “Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada:
“1. Talablar avtobuslarda yoʻlovchilar tashishda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash tartibini belgilovchi hujjat hisoblanadi.
2. Mazkur Talablar:
yangi avtobus yoʻnalishlari ochish va ishlab turganlaridan foydalanishni davom ettirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiluvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimliklari;
vazirliklar va idoralar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, oʻz transporti bilan avtobusda tashishlarni amalga oshiruvchi yoki oʻz tizimiga kirmaydigan korxonalar (tashkilotlar) bilan tashish shartnomalari tuzgan tashuvchilar;
Oʻzbekiston Respublikasining sayohat-ekskursiya tashkilotlari;
avtomobil yoʻllari, koʻchalar, sunʼiy inshootlar, temir yoʻldan oʻtish joylari, paromlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlashni taʼminlovchi vazirliklar, idoralar;
yoʻl harakatini boshqarishning texnik vositalarini oʻrnatuvchi va ulardan foydalanuvchi yoʻl, kommunal tashkilotlar, boshqa tashkilotlar;
tashuvchilar va yoʻl tashkilotlarini, yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmatlarini ob-havo sharoitlarining noqulay oʻzgarishlari toʻgʻrisida xabardor qiluvchi gidrometeorologiya tizimi tashkilotlari;
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasida normativlar va qoidalarga rioya qilinishi ustidan nazorat qiluvchi, yoʻl harakatini boshqarish va tashkil etish tadbirlarini amalga oshiruvchi Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati;
haydovchilarni qatnovdan oldin va qatnovdan keyin tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni taʼminlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimi tashkilotlari;
boshqaruv organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan avtomobilda tashish xavfsizligini tashkil etish va taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilinishini nazorat qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari) uchun tatbiq etiladi va majburiy kuchga egadir.
Mazkur Talablar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan avtobuslarda yoʻlovchilar tashishga tatbiq etilmaydi”;
5-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining (uning hududiy boshqarmalarining)” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarining)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
19-banddagi “Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“27. Yoʻnalish hujjatlari:
viloyat (shahar) hokimligida;
yoʻnalish hududi orqali oʻtadigan viloyatlar YHXDX organlarida;
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligida (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarida) tashuvchilarda bir nusxadan saqlash uchun yetarli boʻlgan nusxalarda tuziladi.
Muntazam xalqaro avtobus yoʻnalishi hujjatlari yoʻnalish hududlari orqali oʻtadigan davlat vakolatli organlarida hamda tashuvchilarda bir nusxadan saqlash uchun yetarli boʻlgan nusxalarda tuziladi”;
61-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
65-banddagi “Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligiga (uning hududiy boshqarmasiga), Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi boʻlinmalari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligiga (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalariga), Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
72-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining hududiy boshqarmalari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi (uning hududiy boshqarmalari)” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boshligʻi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatida:
a) 46-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
|
“ |
46. |
Avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilar tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri |
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi |
|
b) quyidagi mazmundagi 461-pozitsiya qoʻshilsin:
|
“ |
461. |
Temir yoʻl transporti obyektlari, mahsulotlari va texnologiyalarini qabul qilish uchun yuridik shaxslarga ular belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan berilgan xulosalar reyestri |
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi |
|
v) 97-pozitsiya chiqarib tashlansin;
g) “Masʼul davlat organlari” ustunidagi 972, 973 va 974-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi”;
d) 119-pozitsiya chiqarib tashlansin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-noyabrdagi 226-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 81-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha bajarilgan ishlarning sifati ustidan nazorat qilish va ularni qabul qilib olish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Ushbu Nizom umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini, xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar koʻchalarini, shuningdek, yoʻl inshootlarini (keyingi oʻrinlarda — obyektlar) qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha (shu jumladan tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish chogʻida) bajarilgan ishlarning sifati ustidan nazorat qilish va ularni qabul qilib olish tartibini belgilaydi”;
b) 3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 4-bandning beshinchi xatboshidagi va 11-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 12-bandning yettinchi xatboshidagi, 14 va 19-bandlardagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 20-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 3-ilovadagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining hududiy inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi “Oʻzyoʻlinspeksiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 4-ilovadagi “Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi yoki “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining hududiy inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi “Oʻzyoʻlinspeksiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) 5-ilovadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 10-son, 58-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl ustaviga kiritilayotgan oʻzgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
14. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-oktabrdagi 289-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 45-son, 482-modda) bilan tasdiqlangan Havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aeroportlari (aerodromlari)ni ochish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
a) 3-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Davavianazorat” inspeksiyasi deb ataladi)” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5, 6, 9, 11 va 13-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Davavianazorat” inspeksiyasi” soʻzlari tegishli kelishikda “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 35-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalarining 54-bandi “g” kichik bandidagi “Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 139-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Yoʻnalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 5-bandning “v” kichik bandiga quyidagi mazmundagi jumla qoʻshilsin:
“Yoʻnalishsiz taksi rangini qonun hujjatlarida talab qilingan rangga muvofiq holga keltirish uchun ularni boʻyamasdan, oʻzi yelimlanadigan materiallardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi”;
b) 6-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“hisoblagich-taksometrlar va radioaloqa vositalari almashtiriladigan priborlarning funksiyalarini taʼminlaydigan maxsus ilovali qurilmalarga (uyali telefonlar, planshetlar, elektron toʻlov tizimlari) almashtirilishi mumkin”;
v) 7-bandning uchinchi xatboshiga quyidagi mazmundagi jumla qoʻshilsin:
“Chek berish yoki yoʻlovchining yurganligini elektron qayd etish imkoniyati mavjud boʻlganda nazorat-kassa apparati talab etilmaydi. Toʻlov terminallari terminallar funksiyalarini taʼminlaydigan maxsus ilovali qurilmalarga (uyali telefonlar, planshetlar, elektron toʻlov tizimlari) almashtirilishi mumkin”;
g) quyidagi mazmundagi 71-band qoʻshilsin:
“71. Yoʻnalishsiz taksilar sifatida foydalaniladigan hamda yagona ichki va tashqi belgilar bilan jihozlangan avtotransport vositalari yoʻnalishli transport vositalari uchun maxsus harakat yoʻnalishida harakatlanishi hamda “Toʻxtash taqiqlanadi” belgisi amal qilish hududida toʻxtashi mumkin”;
d) 12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“12. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi ushbu Nizomning:
yuridik shaxslarga ushbu Nizomning 5 va 6-bandlarida nazarda tutilgan yagona belgilar bilan jihozlangan yoʻnalishsiz taksilarda yoʻlovchilarni tashish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalar berilishi;
yuridik shaxslar tomonidan yoʻnalishsiz taksilarda yoʻlovchi tashishlarni amalga oshiradigan litsenziatlar uchun belgilangan litsenziya talab va shartlariga rioya etilishi qismida nazoratni amalga oshiradi”;
e) 15-banddagi “Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 515-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/515/1223-son)
19. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xalqaro yuk tashiydigan avtotransport vositalariga raqamli nazorat qurilmalarini joriy etish toʻgʻrisida” 2011-yil 22-dekabrdagi 340-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 51-son, 546-modda):
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Oʻzbekistonning Yevropa bitimida qatnashishi bilan bogʻliq Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarini bajarish boʻyicha vakolatli organ etib belgilansin”;
b) 3-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi”.
20. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-apreldagi 109-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 4-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transportida yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarida:
a) 22-bandning “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“v) Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi, prokuratura, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Adliya vazirligi xizmatchilariga, xizmat koʻrsatish hududlari doirasida yoki xizmat safari guvohnomalarida koʻrsatilgan stansiyalargacha xizmat ishlari yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan yoʻlga chiqishlarda tibbiyot xodimlariga, veterinariya va sanitariya nazorati xodimlariga;”;
b) 235-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“235. Mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishining davlat nazoratini Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi, davlat boshqa organlari qonun hujjatlari bilan berilgan oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradilar”.
21. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-iyuldagi 192-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 28-son, 311-modda) bilan tasdiqlangan Texnik jihatdan foydalanishda temir yoʻl transporti xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentga kiritilayotgan oʻzgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartibotlarni liberallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 30-dekabrdagi 379-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y. 12-son, 96-modda) 1-ilovaga kiritilayotgan qoʻshimcha rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
26. Vazirlar Mahkamasining “Shahar yoʻlovchi tashish transporti tizimini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2013-yil 13-noyabrdagi 308-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 11-son, 82-modda):
a) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining Toshkent shahar boshqarmasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent shahar transport boshqarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 11-bandning toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
v) 5-ilovaning 2-bandi uchinchi xatboshidagi va 3-banddagi “Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining Toshkent shahar boshqarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent shahar transport boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
27. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 354-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 2-son, 16-modda) bilan tasdiqlangan Havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkilotiga sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Vazirlar Mahkamasining “Kasb faoliyatining ayrim turlarini va xavfning yuqori manbai bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish uchun tibbiy psixiatriya moneliklari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2014-yil 21-yanvardagi 15-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 1-son, 7-modda) 1-ilovaga kiritilayotgan oʻzgartirish rus tilidagi matnda berilgan.
29. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 9-iyuldagi 184-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan Qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish, qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini hisobga olish roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovaning oʻn ikkinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ maxsus xizmatining yetakchi muhandisi;
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining parvozlarni qidirish, avariyadan qutqarish nazorati boʻyicha bosh mutaxassis-inspektori;
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va “Oʻztemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi mutaxassislari;”.
30. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 204-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 75-modda) bilan tasdiqlangan Chet el noharbiy kemalari va harbiy kemalarning Oʻzbekiston Respublikasi ichki suvlariga, portlariga (reydlariga) kirishi hamda u yerda boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
31. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 1-avgustdagi 213-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalarida:
a) 6-banddagi “Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovaning 34-bandidagi “(Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi va uning hududiy boshqarmalari)” soʻzlari “(Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
32. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11-avgustdagi 226-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 83-modda) bilan tasdiqlangan Parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining havo boʻshligʻida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan sanksiyasiz foydalanishda ogohlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 26-noyabrdagi 322-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 48-son, 570-modda) kiritilayotgan oʻzgartirish rus tilidagi matnda berilgan.
34. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-dekabrdagi 346-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 51-son, 608-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi havo kemalari parvozlarining xavfsizligini taʼminlash davlat dasturiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
36. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2015-yil 3-apreldagi 80-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 4-son, 24-modda) kiritilayotgan oʻzgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
37. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 31-iyuldagi 220-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 7-son, 66-modda) 2-ilovaga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirish rus tilidagi matnda berilgan.
38. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 9-son, 82-modda) bilan tasdiqlangan Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalarining 66-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“66. Tashuvchining oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish boʻyicha majburiyati bajarilishini nazorat qilish:
havo transporti sohasida — havo qatnoviga xizmat koʻrsatuvchi korxonalar va tashkilotlarni belgilangan tartibda tekshirishda va havo kemalari ekspluatantlari, aviatsiya korxonalari va tashkilotlari tomonidan havo kemalari qatnovlari xavfsizligini taʼminlovchi belgilangan qoidalar va normalarga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratiga doir boshqa vakolatlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi tomonidan;
temir yoʻl transporti sohasida — oʻz faoliyatini temir yoʻl transporti sohasida amalga oshiruvchi muassasalar va tashkilotlarning korxonalari obyektlarini belgilangan tartibda tekshirishda hamda Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transportida tashish xavfsizligi taʼminlanishi yuzasidan davlat nazoratiga doir boshqa vakolatlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan;
shahar yoʻlovchilar, avtomobil transporti sohasida — tashuvchilar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishda, avtomobil va daryo transporti sohasidagi axborotni tashuvchilardan soʻrashda va olishda hamda jamoat avtomobil va daryo transporti faoliyatini muvofiqlashtirishga doir boshqa vakolatlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan amalga oshiriladi”.
39. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarining fuqaro aviatsiyasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2016-yil 1-martdagi 58-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 3-son, 14-modda) kiritilayotgan oʻzgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
40. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-maydagi 141-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 5-son, 38-modda) bilan tasdiqlangan Kemalarni qurishda, ulardan foydalanishda, ularni yangidan jihozlashda va taʼmirlashda majburiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 12-avgustdagi 262-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 8-son, 78-modda) bilan tasdiqlangan Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga birinchi navbatda ulanadigan elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxatida:
a) “Vazirliklar” boʻlimiga quyidagi mazmundagi 17-band qoʻshilsin:
“17. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi”;
b) “Agentliklar” boʻlimining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
42. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 31-avgustdagi 287-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 8-son, 83-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
43. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 10-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatida:
a) quyidagi mazmundagi 284-band qoʻshilsin:
“284. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi”;
b) 40-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 45 va 46-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“45. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi.
46. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi”;
g) 55-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“55. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi”.
44. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 18-oktabrdagi 349-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 10-son, 93-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida aviatsiya parvozining asosiy qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish rus tilidagi matnda berilgan.
45. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga transport xizmati koʻrsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisida” 2017-yil 25-apreldagi 238-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 17-son, 300-modda ):
a) 3-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi bilan birgalikda — har yili faoliyat koʻrsatib turgan va yangidan tashkil etilayotgan avtobus yoʻnalishlarida yoʻl sharoitlarining harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligini tekshirsinlar, zarurat boʻlganda, taʼmirlash ishlari oʻtkazilishini taʼminlasinlar”;
oltinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Transport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hududiy boshqarmalarining” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
46. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 239-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 17-son, 301-modda) bilan tasdiqlangan 2018 — 2020-yillar davrida faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich joriy etish jadvalining 68-pozitsiyasi “Tadbirkorlik subyektiga hujjat beruvchi vakolatli organ” ustunidagi “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” DI” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-dekabrdagi 727-sonli qaroriga asosan 2022-yil 4-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2021-y., 09/21/727/1123-son)
48. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 299-modda) bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur boʻlgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning roʻyxatida:
a) “2. Vazirliklar” boʻlimiga quyidagi mazmundagi 21-band qoʻshilsin:
“21. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi”;
b) “4. Agentliklar” boʻlimida 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi”;
v) “7. Inspeksiyalar” boʻlimida:
4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi”;
6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi”;
7-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
49. Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 28-dekabrdagi 1027-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 307-modda) 2-ilovaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
50. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-martdagi 202-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 3-son, 57-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobilda yuk va yoʻlovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
a) 2-bandning yigirmanchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi”;
b) 20-bandning ikkinchi xatboshidagi “ikki” soʻzi “bir” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 21-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organining maxsus hisob raqamiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasi gʻaznachilik hisobvaragʻiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 3-ilovadagi “Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
51. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-martdagi 206-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 3-son, 58-modda) bilan tasdiqlagan Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandi 12-kichik bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“12) Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi:”.
52. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro sifat standartlari va foydalanish xavfsizligiga javob beradigan temir yoʻl mahsulotini ishlab chiqarishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 22-martdagi 211-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 3-son, 61-modda) 2-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
54. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-maydagi 362-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga maʼlumotlar bazasidan real vaqt rejimida foydalanish ruxsat etiladigan davlat organlari va tashkilotlari roʻyxatida:
a) quyidagi mazmundagi 31-band qoʻshilsin:
“31.Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi”;
b) 8-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
55. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 31-maydagi 408-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 133-modda):
a) 1-ilovaning 10-bandi beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 5-bandi birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovaning 3-bandidagi, 4-bandi birinchi xatboshidagi, 29-bandi ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston avtomobil transport agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
56. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 9-iyundagi 434-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 6-son, 144-modda):
a) 5-bandda:
birinchi xatboshidagi va “a” kichik bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzavtotrans” agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“e” kichik banddagi “Oʻzavtotrans” agentligi hududiy boshqarmalari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida havo transportini boshqarish tizimi toʻgʻrisida” 1992-yil 4-fevraldagi 44-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 11-iyuldagi 296-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil transporti sohasida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 5-iyundagi 245-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2001-y., 11-son, 65-modda) 9-ilovaning II-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 1-maydagi 150-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 23-modda) ilovaning 9-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ-186-son qarori)” 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 34-modda) ilovaning 2-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son, 27.08.2020-y., 09/20/515/1223-son; 10.03.2021-y., 09/21/125/0195-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son, 03.12.2021-y., 09/21/727/1123-son, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son; 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son, 08.04.2022-y., 09/22/167/0285-son; , 07.07.2023-y., 09/23/277/0458-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 17.10.2024-y., 09/24/679/0824-son; 02.04.2025-y., 09/25/200/0300-son; 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son; 26.06.2026-y., 09/26/328/0633-son)